Huquq sohasidagi zamonaviy tendensiyalarning dolzarb jihatlari

CC BY f
421-433
2
0
Поделиться
Тургунбоев, О. (2024). Huquq sohasidagi zamonaviy tendensiyalarning dolzarb jihatlari . Узбекистан – стратегия 2030 с точки зрения молодых ученых: экономика, политика и право, 1(1), 421–433. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/strategy-2030-young-scientists/article/view/28776
Отабек Тургунбоев, Университет Мировой Экономики и Дипломатии
“O‘zbekiston - 2030” strategiyasida qonun ustuvorligini ta’minlash masalalari ​
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada xalqaro huquq normalarining tushunchasi, O’zbekiston Respublikasining xalqaro huquq normalarini yaratishdagi ishtiroki, “Xalqaro huquq” tushunchasini aniqlash va uning ta’rifi, xalqaro huquq davlatlararo yoki kengroq ma’noda xalqaro munosabatlarga xos bo‘lgan hodisa va jarayonlarning huquqiy xususiyatlarini ko‘rib chiqishi, xalqaro huquqning rivojlanish tarixi haqida batafsil so’z yuritiladi.


background image

HUQUQ SOHASIDAGI ZAMONAVIY TENDENSIYALARNING DOLZARB

JIHATLARI

Turg‘unboyev Otabek, Jahon iqtisodiyoti va

diplomatiya universiteti, “Xalqaro huquq”

fakulteti, 2-kurs talabasi, e-pochta:

otabekodilov535@gmail.com

Annotatsiya:

Maqolada xalqaro huquq normalarining tushunchasi,

O’zbekiston Respublikasining xalqaro huquq normalarini yaratishdagi

ishtiroki, “Xalqaro huquq” tushunchasini aniqlash va uning ta’rifi, xalqaro

huquq davlatlararo yoki kengroq ma’noda xalqaro munosabatlarga xos

bo‘lgan hodisa va jarayonlarning huquqiy xususiyatlarini ko‘rib chiqishi,

xalqaro huquqning rivojlanish tarixi haqida batafsil so’z yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

norma, prinsip, evolutsiya, fragmentatsiya, xalqaro

tashkilotlar, qonunlar.

Xalqaro huquq bu - davlatlarning do‘stlik va diplomatik

munosabatlarini tartibga solib turuvchi prinsip va normalardan tashkil topgan

alohida huquqiy tizimdir. Bundan tashqari, xalqaro huquqqa bir necha ta’riflar

berilgan, ularning umumiy tushunchasini quyidagicha ifodalash mumkin:

Xalqaro huquq - bu tinchlik va hamkorlikni ta’minlash maqsadida davlatlararo

munosabatlarni tartibga soluvchi yuridik me’yorlar tizimidir. Xalqaro huquq

g‘oyat keng va turli tarmoqlarni o‘z ichiga oluvchi alohida huquqlar tizimidir.

Barcha milliy huquqiy tizimlarga xos bo‘lgan huquqning asosiy xususiyatlari

xalqaro huquqqa ham xosdir. U davlat idora xarakteriga ega bo‘lib, muayyan

ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib turuvchi yuridik normalar tizimidan

iborat. Bu normalarga rioya qilish zarur holatlarda davlat majburiyati orqali

ta’minlanadi. Ichki davlat subyektlari jismoniy, yuridik shaxslar va davlat

organlaridan iborat. Xalqaro huquq subyektlari esa, asosan ustidan hech

qanday hukmronlik bo‘lmagan suveren davlatlardan, xalqaro va davlatlararo

tashkilotlar, mustaqillik uchun kurash olib borayotgan millatlar va xalqlardan

iborat. Xalqaro huquq o‘z harakat predmetiga ega. Bu davlatlararo


background image

munosabatlar, umuman olganda, xalqaro huquq tizimining barcha subyektlari

o‘rtasidagi munosabatlar. Xalqaro huquq normalari uning subyektlari

tomonidan tuziladigan bitimlar orqali yaratiladi. Ichki davlat huquqi singari

xalqaro huquq ham xalqaro normalarga rioya qilishni ta’minlash uchun davlat

tomonidan majbur qilish usulining qo‘llanishini ko‘zda tutadi. Xalqaro huquq

tarixi davlat va huquq umumiy tarixining ajralmas qismi bo‘lib, davlatning

dastlab vujudga kelishi bilan boshlangan. Qadimgi tarix, eng qadimgi davr

tarixi ibtidoiy va qadimgi jamiyat ishlab chiqarish munosabatlari hukm surgan

davrdir. U paytlarda hali yagona xalqaro huquq tizimi shakllanmagan edi.

Xalqaro huquq rivojlangan asosiy mintaqalar ikki daryo oralig‘i va Misr,

Hindiston, Xitoy, Qadimgi Yunoniston hamda qadimgi Rim bo‘lgan. Buni Misr

firavni Ramzes II Xetlar shohi Xatteshul III bilan eramizdan avvalgi 1300-yilda

tuzilgan xalqaro shartnoma misolida yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Bu

shartnoma isyonlarni bostirish, qochoqlarni tutib egalariga qaytarish va

shunga o‘xshash qoidalarni ko‘zda tutgan edi. Buyuk sohibqiron Amir

Temurning “Temur tuzuklari” asari harbiy harakatlarni tartibga solish zarurligi

va urush qonunlari hamda odatlari insonparvarlikka yo‘naltirishga qaratilgan

xalqaro huquq doktrinasining rivojlanishiga progressiv ta’sir ko‘rsatdi.

Chunonchi, XV asr boshlarida Amir Temur Ispaniya va boshqa davlatlar

elchilarini qabul qilayotib, o‘rta asr diplomatiyasida rasmiy qabul va tantanali

marosimlarda elchilar uchun belgilangan imtiyozlar davlatlar o‘rtasidagi

munosabatlarning yaxshilanishiga asos ekanligini ko‘rsatib berdi. Xalqaro

huquq muhim huquqiy kategoriya bo‘lib, xalqaro munosabatlardan, ularning

iqtisodiy, siyosiy, harbiy, madaniy va boshqa xususiyatlardan o‘sib chiqqan.

Shunday qilib, xalqaro huquqning paydo bo‘lishi bevosita davlatlarning

vujudga kelishi va rivojlanishi bilan bog‘liq. Davlatlar taraqqiyotining obyektiv

shart-sharoiti ular o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy va huquqiy

munosabatlarni o‘rnatish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Buning natijasi o‘laroq

huquqning mustaqil tizimi sifatida xalqaro huquqning paydo bo‘lishi va

rivojlanishidir. Hozirgi davr xalqaro huquqi uchun xalqaro tashkilotlar, atrof-

muhitni himoya qilish kabi yangi xalqaro huquq sohalarining vujudga kelishi


background image

bilan xarakterlidir. Yurtimizda huquqiy davlat asoslarini yanada

takomillashtirish va aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish biz

uchun hal qiluvchi vazifa bo‘lib qolmoqda. XXI asr insoniyat jamiyati

hayotining baynalminallashuvidek tarixiy qonuniyatning kuchayish harakati

bilan ajralib turadi. Davlat chegaralarining mavjudligi va har xilligiga qaramay,

yagona xalqaro jamiyatda mamlakatlarning o‘zaro aloqalari o‘sib bormoqda.

Xalqaro munosabatlar nafaqat davlatlar hayotiga, balki har bir alohida

odamga ham katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Xalqaro munosabatlar tizimi

huquqning muayyan sohasi xalqaro huquq bilan tartibga solinadi. U ko‘p yoki

oz darajada davlatlarning, jismoniy va yuridik shaxslarning turli-tuman

aloqalariga ta’sir qiladi. Xalqaro huquqning milliy huquq va davlat ichki

hayotiga ham ta’siri kuchaymoqda. Shu bois, xalqaro huquqni bilish nafaqat

xalqaro munosabatlar bilan bevosita shug‘ullanuvchi mutaxassislar, balki

jahon siyosati va iqtisodiyotida, tadbirkorlikda yo‘l topish, oddiy fuqarolar va

sayyohlar uchun ham ancha ahamiyatli bo‘lib bormoqda. Xalqaro huquqqa

faqat kasbiy nuqtai nazardan qarash noto‘g‘ri bo‘lgan bo‘lardi. Xalqaro huquq

- ko‘p asrlik baynalminal aloqaviy tajribani gavdalantiruvchi, insoniyatning

umumiy madaniy merosining, umuminsoniy madaniyatning muhim

elementidir. U baynalminal ong rivojiga, odamlarni barcha millatlarga hurmat

ruhida tarbiyalashga ko‘maklashadi. Shu yo‘nalishda xalqaro huquqiy

madaniyat milliy va etnik ziddiyatlarni bartaraf etishda katta ahamiyat kasb

etadi. Xalqaro huquqni o‘rganish shu qadar dolzarb bo‘lmoqdaki, bunga BMT

ham e’tibor bermoqda. Xalqaro huquqni o‘rganish va o‘qitishni

rag‘batlantirish, uning ahamiyatini tushunishga ko‘maklashish hamda xalqaro

huquqiy bilimlar ko‘lamini kengaytirish, BMTning xalqaro huquq o‘n yilligining

(1990-1999) asosiy masalalaridan biridir. Xalqaro huquqiy bilimlarni o‘rganish

va tarqatish, o‘qitishda yordam ko‘rsatish bo‘yicha BMTning Dasturi qabul

qilingan. Ushbu ma’ruzaning yozilishida xalqaro tashkilotlar va aksariyat

davlatlar amaliyotidagi dastlabki manbalardan foydalanilgan. Xalqaro

huquqiy normalar talqinida muhim bo‘lgan BMTning Xalqaro sudi qarorlariga

alohida e’tibor berilgan. Albatta, ko‘p hollarda O‘zbekiston Respublikasining


background image

amaliyoti hisobga olingan. Xorijiy mamlakat olimlarining eng yangi

asarlaridan foydalanilgan. Xalqaro huquq normalari asta-sekin milliy huquqiy

tizimning bir qismiga aylanib bormoqda, uning asoslarini bilish jismoniy va

yuridik shaxslarning o‘z huquqlarini mamlakat ichida himoya qilishlari uchun

zarurdir. Afsuski, xalqaro huquqiy bilimlar darajasi nihoyatda past. Turli

davlatlarning huquqni amalga oshiruvchi organlari milliy huquqiy tizimda

xalqaro normalarning yangi vazifasiga tayyor emasligini alohida ta’kidlash

lozim. Xalqaro huquqiy sohada tayyorgarlikning past darajadaligi aksariyat

mamlakatlarning yuristlari uchun xosdir. O‘zbekistonda ham bu muammo

dolzarb bo‘lib turibdi.

Xalqaro huquq normalari - bu davlatlar va boshqa subyektlarning

faoliyati munosabatlarining umummajburiy qoidalari hisoblanadi. Xalqaro

huquqiy normalarning o‘ziga xos xususiyati va tizimi uning tuzilishiga bog’liq.

ko‘pgina normalar faqat dispozitsiyadan iborat, sanksiyalar esa tizim asosida

belgilanadi. Konkret sanksiya normalari qonun buzish holatlarida alohida

shartnomalarda mustahkamlanadi.[1] Malcolm D.Evans fikriga ko‘ra,

an’anaviy xalqaro huquqqa asosan ikki turdagi xalqaro huquqiy manbalar

mavjud. Bular xalqaro huquqning moddiy va rasmiy manbalaridir. Moddiy

manba qoidalar aks etadigan hujjat hisoblanadi. Bularga shartnomalar, BMT

Bosh Assambleyasining rezolyutsiyalari, Birlashgan Millatlar Xalqaro huquq

komissiyasining takliflari va boshqa shu kabi hujjatlar kiritilishi mumkin.

Xalqaro huquqning rasmiy manbasi esa davlatlar tomonidan huquqiy norma

sifatida tan olingan qoidalar hisoblanadi. Xalqaro huquq normalari, avvalo,

xalqaro huquq subyektlarining roziligi bilan yaratiladi. Rozilikni izhor etish

shakli huquqni yaratish jarayoni kabi turlicha bo ‘lishi mumkin. Rozilik berish

tinch kelishuv tarzida bo‘lishi mumkin. Xalqaro-huquqiy normalar o‘zining

mazmun va shakliga ko‘ra bir xil emas. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Jeneva shahrida o‘z ishini boshlagan BMT Inson

huquqlari bo‘yicha kengashi 46-sessiyasining yuqori darajadagi segmentida

so‘zlagan nutqida biz so‘nggi yillar davomida Kengashga a’zo bo‘lish uchun

butun mas’uliyatni anglagan holda intilib kelganimizni alohida ta’kidladilar.


background image

Davlatimiz rahbari qayd etganidek, “Demokratik islohotlarimiz yangi

O‘zbekistonni bunyod etishga qaratilgan bo‘lib, bu o‘zgarishlar ortga

qaytmaydigan tus oldi”. O‘zbekiston ilk bor BMT Inson huquqlari bo‘yicha

kengashining a’zosi sifatida 2021 yil 1-yanvardan o‘z vazifalarini bajarishga

kirishdi. An’anaga ko‘ra, BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining bahorgi

sessiyasi doirasida 22-24-fevral kunlari Jeneva shahrida bo‘lib o‘tgan yuqori

darajadagi segment ishida Prezidentimiz Kengashga a’zo davlat rahbari

sifatida birinchi marta ishtirok etdilar. Segment majlisidan ko‘zlangan maqsad

- dunyo mamlakatlarida inson huquqlarini himoya qilish, shuningdek ushbu

sohada xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda BMT Inson huquqlari

bo‘yicha kengashi mexanizmlari va tartib-taomillarini mustahkamlashning

dolzarb masalalarini yuqori siyosiy darajada muhokama qilishdan iborat.

Yuqori darajadagi segment Inson huquqlari bo‘yicha kengashning yil

davomidagi eng asosiy siyosiy tadbiri hisoblanadi. Mazkur Segment BMTga

a’zo mamlakatlarning inson huquqlari va erkinliklarini rag‘batlantirish hamda

himoya qilish masalalari bo‘yicha umumiy va o‘zaro mutanosib

yondashuvlarini ishlab chiqish va kelishib olish mexanizmi sifatida tuzilgan.

Yig‘ilish kun tartibidan inson huquqlariga rioya etilishi va ularni himoya qilish,

shu jumladan fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni

ta’minlash bilan bog‘liq eng dolzarb masalalar o‘rin oldi.Tadbirda BMT Bosh

kotibi Antoniu Guterrish, Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissar Mishel

Bachelet, qariyb 150 mamlakatdan hukumat rahbarlari, tashqi ishlar vazirlari

va inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar namoyandalari, bir qator xalqaro

va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. O‘zbekiston Prezidenti o‘z

chiqishida

mamlakatimizda

demokratik

o‘zgarishlarni

yanada

chuqurlashtirish va BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi doirasidagi

faoliyatimizning ustuvor yo‘nalishlari haqida atroflicha to‘xtaldilar.

Sohadagi yana bir muhim natija: Prezidentimizning 2020-yil

22

iyundagi Farmoni [2] ga ko‘ra, “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak

nishoni ta’sis etildi. Ushbu ko‘krak nishoni bilan ilk bor inson huquqlari va

erkinliklarini himoya qilishdagi xizmati, inson huquqlarini targ‘ib qilishdagi


background image

faolligi, inson huquqlari sohasidagi ta’lim, yoshlar o‘rtasida inson huquqlarini

himoya qilish an’analarini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi, inson huquqlarini

himoya qiluvchi tashkilotlarni rivojlantirish va boshqarishdagi salmoqli

yutuqlari, inson huquqlari sohasidagi samarali ilmiy faoliyati uchun bir guruh

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ikki nafar chet el fuqarosi

taqdirlandi. E’tibor bering: har 5 yilda Inson huquqlari umumjahon

deklaratsiyasi e’lon qilingan kun - 10 dekabrda BMTning Inson huquqlari

bo‘yicha mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi. Ushbu mukofot 1966

yilda Inson huquqlarini himoya qilishga ulkan hissa qo‘shgan insonlarni

taqdirlash uchun tashkil etilgan. Endilikda O‘zbekiston ham inson huquqlari

bo‘yicha o‘z mukofotini ta’sis etdi. 2020 yildan e’tiboran har yili 10 dekabr -

Xalqaro inson huquqlari kunida “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak

nishoni sovrindorlari tantanali ravishda taqdirlab boriladi. Davlatimiz rahbari

tashabbusi bilan 2020-yil 22-iyunda qabul qilingan Milliy strategiya

mamlakatimizda

inson

huquqlarini

himoya

qilish

mexanizmini

takomillashtirish va inson huquqlari madaniyatini shakllantirish borasida katta

ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu hujjatda inson huquqlari masalasiga tizimli

yondashish va mavjud bo‘shliqlarni, kamchiliklarni bartaraf etish ochiq-oydin

ko‘rsatilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi

Kengashi va Senati Kengashi 2020-yil 25-sentabrda qabul qilgan qo‘shma

qarori [3] bilan Inson huquqlari sohasida O‘zbekiston Respublikasining

xalqaro majburiyatlariga rioya etilishi bo‘yicha Parlament komissiyasi tuzildi

va uning tarkibi hamda Reglamenti tasdiqlandi. Parlament komissiyasining

asosiy maqsadi - inson huquqlari sohasida mamlakatimizning xalqaro

majburiyatlariga rioya etilishiga hamda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston

Respublikasi Milliy strategiyasini amalga oshirishga ko‘maklashishdan iborat.

Yurtboshimiz BMT Bosh Assambleyasi 75-yubiley sessiyasida qayd

etganidek, «Biz uchun gender tenglik siyosati ustuvor masalaga aylandi.

Xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi o‘rni tobora kuchaymoqda. Yangi

Parlamentimizda ayol deputatlar soni ikki barobarga ko‘paydi». Haqiqatan

ham, Oliy Majlisga bo‘lib o‘tgan oxirgi saylovlar natijasida birinchi marotaba


background image

O‘zbekiston parlamentida ayollar soni bo‘yicha BMT tavsiyalari (kamida 30

foiz) to‘liq bajarildi. Qonunchilik palatasiga 32 foiz, ya’ni 48 nafar ayol-

deputatlar saylangani, o‘z navbatida, dunyodagi 190 parlament ichida

O‘zbekiston parlamentining 37-o‘ringa ko‘tarilishini ta’minladi. Vaholanki,

2014 yilda bu ko‘rsatkich bo‘yicha mamlakatimiz 128-o‘rinda edi. Ya’ni, ilgari

biz uchun gender tenglik masalasi ustuvor emasdek tuyulgan. Oqibatda biz

bu borada ancha ortda qolib ketdik. Keyingi davrdagi tahlillar asnosida xotin-

qizlarning jamiyatimizda tutgan o‘rni va nufuzi, ularning boshqaruv

idoralaridagi ishtiroki mutlaqo qoniqarsiz ahvolda ekani ayon bo‘ldi. Shuning

uchun oxirgi 4 yilda mamlakatimizda 2 ta muhim qonun - «Xotin-qizlar va

erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida»gi va

«Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunlar

qabul qilindi. 2020-yilning o‘zida O‘zbekistonda xotinqizlarning hukumat va

jamiyatdagi rolini oshirishga, ularning bandligini ta’minlashga, ayollar

tadbirkorligini rivojlantirishga va muhtoj ayollarni qo‘llab-quvvatlashga

qaratilgan 15 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan. Shu asosda keng

ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Aytaylik, bir tomondan, zo‘ravonlikdan

jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish bo‘yicha joylarda

maxsus markazlar tashkil etilib, ayollarga maxsus «Himoya orderi» berilyapti.

Ikkinchi tomondan, bugungi kunda opa- singillarimiz davlat boshqaruvi

idoralarida samarali faoliyat yuritmoqda. Natijada boshqaruv lavozimlarida

ayollarning ulushi 26,6 foizga yetkazildi.

O‘tgan yildan boshlab davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan ijtimoiy

himoyaga muhtoj qizlarning bilim olish imkoniyatlari yanada kengaytirilib, oliy

ta’lim muassasalariga 4 foizli davlat grantlari ajratildi. Mazkur yangi tizim

asosida 2020-yilda 950 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar o‘qishga qabul

qilindi. Insoniyat taraqqiyoti uchun ulkan imkoniyatlar ochayotgan zamonaviy

globallashuv sharoitlari bir vaqtning o‘zida u ilgari duch kelmagan turli, ba’zan

kutilmagan muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Xalqaro munosabatlarda

o‘zaro ishonch va hamkorlikka putur yetkazuvchi, qarama-qarshilik va

adolatsiz raqobatning kuchayishiga olib keladigan geosiyosiy manfaatlarning


background image

to‘qnashuvi global iqtisodiy inqirozga, jahon bozorlarida beqarorlikka,

energiya narxlarining o‘zgarishini keltirib chiqaradi. Bu esa deyarli barcha

mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tabiiy

resurslar uchun kurash esa davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarning

keskinlashuviga olib keladi. O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, jahon

iqtisodiyotidagi bugungi tendensiyalar, ayrim mintaqalarda vaziyatning

keskinlashuvi, migratsiya jarayonlarining kuchayishi bilan xalqaro

jinoyatchilik: odam savdosi, terrorizm, ekstremizm, narkotik moddalarning

noqonuniy aylanishi va xavfli yuqumli kasalliklarning tarqalishiga sabab

bo‘lmoqda. Jahon makonining o‘zaro chambarchas bog‘liqligi va o‘zaro

bog‘liqligi sharoitida bu hodisalar ham shaxsga, ham butun jamiyat va

davlatlarga jiddiy zarar yetkazishi mumkin, bu esa davlat va jamiyat

boshqaruvida, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda demokratik o‘zgarishlarning

barqarorlik, xavfsizlik, inson huquq va erkinliklari ta’minlashda naqadar zarur

ekanligini yana bir karra tasdiqlaydi. Hozirgi zamonning murakkab sharoitida

O‘zbekiston tashqi siyosatda o‘z yo‘lini tanladi. Mustaqillik va suverenitetni

himoya qilish, mamlakatimizning xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli

subyekti sifatidagi o‘rni va rolini yanada mustahkamlash, rivojlangan

demokratik davlatlar qatoriga kirish, O‘zbekiston atrofida xavfsizlik,

barqarorlik va yaxshi qo‘shnichilik halqasini yaratish davlat tashqi

siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishidir. O‘zbekiston Respublikasining tashqi

siyosati Konstitutsiyaga, “Tashqi siyosat konsepsiyasi to‘g‘risida”, “Xalqaro

shartnomalar to‘g‘risida”gi qonunlarga va boshqa huquqiy hujjatlarga,

shuningdek, mamlakatimiz qo‘shilgan xalqaro konvensiya va shartnomalarga

asoslanadi.

“O‘zbekiston

Respublikasi

Konstitutsiyasi

to‘g‘risida”gi

Konstitutsiyaviy qonunning 17-moddasi “Tashqi siyosat” IV bobida:

“O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli

subyektidir. O‘zbekistonning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi,

kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi,

davlatlarning hududiy yaxlitligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa

davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, xalqaro huquqning umume’tirof


background image

etilgan boshqa tamoyillari va normalariga asoslanadi” degan tamoyillar

mustahkamlab qo‘yilgani shuni tasdiqlaydi. Shuningdek, yangi tahriridagi

Konstitutsiyaning 18-moddasida quyidagi qoidalar belgilangan: “O‘zbekiston

Respublikasi davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ikki tomonlama va ko‘p

tomonlama munosabatlarni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan

tinchliksevar tashqi siyosat yuritadi. O‘zbekiston Respublikasi davlatning,

xalqning, uning farovonligi va xavfsizligining oliy manfaatlaridan kelib chiqib,

ittifoqlar tuzishi, hamdo‘stlik va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi,

shuningdek ulardan chiqishi mumkin”. Qolaversa, mamlakatimizda inson

huquqlarini ta’minlashga katta ahamiyat berilgan. Bugungi kunda O‘zbekiston

xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli subyekti sifatida xalqaro huquqning

umume’tirof etilgan prinsip va normalarini qamrab olgan inson huquqlari

bo‘yicha 80 dan ortiq xalqaro hujjatlarga qo‘shildi. O‘zbekistonda va boshqa

davlatlarda e’tirof etilgan xalqaro huquq tamoyillari va normalari huquqiy

tizimning tarkibiy qismi sifatida belgilangan. Bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri qonunlar, sud

qarorlari, ratifikatsiya hujjatlari yoki xalqaro shartnomalarga qo‘shilish

to‘g‘risidagi hujjatlarda o‘z aksini topadi. Xalqaro huquqning umume’tirof

etilgan tamoyillari va normalari huquq tizimining ajralmas qismi sifatida

konstitutsiyaviy darajada e’tirof etilgan bo‘lib, bu globallashuv sharoitida

davlatning xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni

bajarishga tayyorligini ko‘rsatadi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 15-

moddasiga [4] muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari

xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalari bilan bir

qatorda O‘zbekiston Respublikasi huquq tizimining ajralmas qismi ekanligi

belgilandi. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida

O‘zbekiston Respublikasi qonunida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar

belgilangan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi

qoidalari qo‘llaniladi. Konstitutsiyaga kiritilgan mazkur norma xalqaro

hujjatlarda belgilangan umume’tirof etilgan prinsip va normalarni amaliyotga

bevosita tatbiq etish, ularni milliy qonunchilikka tatbiq etish va boshqa

mexanizmlar orqali ta’minlashni nazarda tutadi. Germaniya, Fransiya,


background image

Ispaniya, Sloveniya va boshqa bir qator davlatlarning konstitutsiyaviy

amaliyotida xalqaro huquqning umume’tirof etilgan tamoyillari va normalari

milliy huquq tizimining ajralmas qismi ekanligi belgilangan. Konstitutsiyada

davlatimizning xalqaro shartnomalari xalqaro huquqning umume’tirof etilgan

prinsip va normalari bilan bir qatorda huquq tizimining ajralmas qismi

ekanligining aks ettirilishi davlatning xalqaro nufuzini yanada oshirish,

fuqarolarning huquq va erkinliklari nafaqat milliy qonunchilikda belgilangan

normalar, balki xalqaro huquq asosida ham himoya qilinishini ta’minlaydi.

Xalqaro huquqning ustuvorligi, birinchidan, O‘zbekiston Respublikasining

qonun hujjatlarini xalqaro hujjatlarga muvofiq ishlab chiqish va qabul qilish,

davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan qarorlar qabul qilishda

xalqaro hujjatlar talablariga rioya etilishini ta’minlaydi, ikkinchidan, u qonun

hujjatlarida nazarda tutilgan masalalarni hal qilish uchun fuqarolarning davlat

organlari bilan munosabatlarida, surishtiruv olib borishda, sud-tergov

amaliyotida va boshqa hollarda xalqaro hujjatlar normalaridan foydalangan

holda o‘z huquqlarini himoya qilishda kafolatlar yaratadi. Ma’lumki, har

qanday davlatning tashqi siyosati birinchi navbatda o‘z xalqi manfaatlarini

himoya qilish va rag‘batlantirishga qaratilgan. Yangi O‘zbekistonni

rivojlantirish strategiyasida mamlakatimizda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash,

samarali tashqi siyosatni amalga oshirishga qaratilgan maqsadlar respublika

davlat hokimiyati organlari faoliyatining muhim

tarkibiy qismi hisoblanadi. Mamlakatning tashqi siyosatini amalga oshirishda

qonun chiqaruvchi organlarning eng muhim vazifalaridan biri tashqi siyosat

va tashqi iqtisodiy faoliyatni samarali amalga oshirish uchun qonunchilik

bazasini takomillashtirishdan iborat. Qonun hujjatlarini ishlab chiqish yoki

ularni takomillashtirishning asosi Konstitutsiyadir. O‘zbekiston taraqqiyotining

hozirgi bosqichida tashqi siyosiy faoliyatini amalga oshirishda hokimiyat

vakillik organlarining imkoniyatlari sezilarli darajada kengaydi. Qonun

chiqaruvchi organlar amaliyotida parlament diplomatiyasi kabi mexanizmdan

keng foydalanilayotgani buning dalilidir. O‘zbekiston Respublikasining BMT,

SHHT, MDH, YEXHT, IHT, TDT va boshqa xalqaro tuzilmalar faoliyatidagi


background image

ishtiroki parlament diplomatiyasini amalga oshirishning ishonchli asosidir.

Barqaror rivojlanish maqsadlariga

erishishda BMT tuzilmaviy bo‘linmalari bilan hamkorlik parlament

diplomatiyasi yo‘nalishlaridan birining yorqin misolidir. Oliy Majlis Qonunchilik

palatasi va Senati tomonidan tashkil etilgan Maxsus parlament komissiyasi

barqaror rivojlanish bo‘yicha milliy maqsadlarga erishish borasida hukumat

tomonidan belgilangan vazifalarning tegishli vazirlik va idoralar tomonidan

bajarilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshirish yuzasidan tizimli

ishlarni amalga oshirmoqda. Shu bilan birga, belgilangan maqsadlarni

amalga oshirish samaradorligini baholash ishlab chiqilgan ko‘rsatkichlarga

muvofiq amalga oshiriladi. Joriy yilning iyun oyida BRMga erishish yo‘lida

parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashga bag‘ishlangan

Buxoro forumi nafaqat parlamentlar va parlamentlararo tuzilmalar o‘rtasidagi

bunday hamkorlikni kengaytirish, balki BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar

bilan hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi. 2022-yil 14-dekabrda BMT

Bosh Assambleyasi tomonidan “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni

jadallashtirishda parlamentlarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi rezolyutsiya

[5] qabul qilingani davlatimiz rahbari tomonidan BMT Bosh Assambleyasining

2020-yildagi 75-sessiyasida ilgari surilgan tashabbusni xalqaro hamjamiyat

qo‘llab-quvvatlayotganining yorqin dalilidir. Bu milliy parlamentlar salohiyatini

mustahkamlash uchun qonun chiqaruvchi organlar o‘rtasidagi hamkorlikni

rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochadi.

O‘zbekiston milliy parlamenti bugungi kunda barcha yaqin va uzoq

xorij davlatlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikka yo‘naltirilgan tinch, ochiq va

pragmatik tashqi siyosatni shakllantirish va amalga oshirishda faol ishtirok

etmoqda. Tashqi siyosiy faoliyatda faol ishtirok etishni ta’minlash maqsadida

Oliy Majlis palatalari tomonidan 57 davlat parlamentlari bilan ikki tomonlama

do‘stlik va hamkorlik guruhlari hamda Yevropa parlamenti bilan hamkorlik

bo‘yicha parlamentlararo qo‘mita tuzilgan. Parlamentlararo hamkorlik

mamlakatlari geografiyasi keng bo‘lib, Markaziy Osiyoning barcha

mamlakatlari, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Osiyo, Yevropa davlatlari,


background image

AQSH, Kanada, Argentinani o‘z ichiga oladi. Parlamentlararo guruhlar,

komissiyalar, qo‘mitalar, kengashlar faoliyati doirasida O‘zbekiston

Respublikasining xorijiy davlatlar bilan siyosiy, iqtisodiy va madaniy-

gumanitar hamkorlikdagi ikki tomonlama o‘zaro hamkorligiga parlament

yordamini ko‘rsatish masalalarini muhokama qilish bo‘yicha muntazam

yig‘ilishlar o‘tkazilmoqda. Markaziy Osiyoni barqarorlik, barqaror rivojlanish

va yaxshi qo‘shnichilik hududiga aylantirish davlatning eng muhim tashqi

siyosiy vazifalaridan biridir. Mintaqada muloqot, konstruktiv hamkorlikni

yo‘lga qo‘yish va yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlash bo‘yicha ushbu ongli

tanlov va qat’iy chora-tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

tomonidan lavozimga kirishishning birinchi kunidayoq boshlangan edi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va

strategik sheriklik muhiti mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash yo‘lida

tomonlarning konstruktiv o‘zaro hamkorligiga xizmat qiluvchi yangi

geosiyosiy vaziyatni yaratishga xizmat qildi. Keyingi yillarda amalga

oshirilayotgan islohotlar samarasida parlamentimiz mamlakatimiz tashqi

siyosatining faol ishtirokchisiga aylandi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, jahon

mamlakatlari o‘rtasida o‘zaro ishonch va hamjihatlikni shakllantirish,

muammolarni hal etish, nizolarning oldini olish, xalqaro hamkorlikning

huquqiy asoslarini yaratishda parlament diplomatiyasi alohida o‘rin tutadi.

Shu yillarda parlament diplomatiyasi geografiyasi kengayib, samaradorligi

ortib bormoqda. Bu, o‘z navbatida, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy

sohalarda uzoq muddatli aloqalarni o‘rnatish imkoniyatini yaratib,

mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga har

tomonlama ko‘mak beradi. Bugun parlament milliy manfaatlarni jahon

maydonida ilgari surishda xalqaro munosabatlarning faol ishtirokchisi sifatida

keng imkoniyatlarga ega bo‘lmoqda. Tinchlik va xavfsizlikni saqlash, barqaror

taraqqiyotga erishish yo‘lida xalqaro va parlamentlararo munosabatlarni

yanada rivojlantirish uchun Oliy Majlisda mustahkam asoslar mavjud.


background image

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Международное праьо. Учебник для вузов. Ответственные

редакторы — проф. Г. В. Игнатенко и проф. О.И. Тиунов. -

М.:

Издательская групла НОРМА-ИНФРА. - М., 1999. - С. 10

2.

https://lex.uz/docs/-5079490

, “Inson huquqlari himoyasi uchun”

ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida O‘zbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 03.11.2020 yil 685-son.

3.

https://lex.uz/docs/-6354839

Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy

huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt qoidalarini bajarish yuzasidan o‘zbekiston

respublikasining uchinchi davriy ma’ruzasini ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha

bmt iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar bo‘yicha qo‘mitasining yakuniy

tavsiyalarini amalga oshirish yuzasidan 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallagan

milliy harakatlar rejasi haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

Senati Kengashining qo‘shma qarori, 19.12.2022 yil 2776-IV-son.

4.

https://lex.

uz/docs/-6445145#-

6445243:~:text=va%20qonunning%20ustunligi

,15%2Dmodda.,O%E2%80%98zbekiston%20Respublikasida%20O%E2%8

0%98zbekiston

, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 15-modda.

5.

https://www.un.int/uzbekistan/news/un-general-assembly-

supports-initiative-president-uzbekistan

, O‘zbekiston Respublikasining

BMTdagi doimiy missiyasi, 2022-yil 14-dekabrdagi maqolasi.

6.

Rashitovna, Kadirova Nargiza. "Analysis of the national

legislature of the Republic of Uzbekistan on consular relations." International

scientific review 1 (32) (2017): 64-67.

7.

Исраилова, Зарина. "О некоторых в опросах конституционной

реформы опыт Узбекистана." in Library 1.1 (2023): 40-45.

Библиографические ссылки

Международное праьо. Учебник для вузов. Ответственные редакторы — проф. Г. В. Игнатенко и проф. О.И. Тиунов. - М.: Издательская групла НОРМА-ИНФРА. - М., 1999. - С. 10

https://lex.uz/docs/-5079490, “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 03.11.2020 yil 685-son.

https://lex.uz/docs/-6354839 Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt qoidalarini bajarish yuzasidan o‘zbekiston respublikasining uchinchi davriy ma’ruzasini ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha bmt iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar bo‘yicha qo‘mitasining yakuniy tavsiyalarini amalga oshirish yuzasidan 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallagan milliy harakatlar rejasi haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qo‘shma qarori, 19.12.2022 yil 2776-IV-son.

https://lex. uz/docs/-6445145#- 6445243:~:text=va%20qonunning%20ustunligi ,15%2Dmodda.,O%E2%80%98zbekiston%20Respublikasida%20O%E2%80%98zbekiston, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 15-modda.

https://www.un.int/uzbekistan/news/un-general-assembly- supports-initiative-president-uzbekistan, O‘zbekiston Respublikasining BMTdagi doimiy missiyasi, 2022-yil 14-dekabrdagi maqolasi.

Rashitovna, Kadirova Nargiza. "Analysis of the national legislature of the Republic of Uzbekistan on consular relations." International scientific review 1 (32) (2017): 64-67.

Исраилова, Зарина. "О некоторых в опросах конституционной реформы опыт Узбекистана." in Library 1.1 (2023): 40-45.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов