Strategik sheriklik munosabatlarida - O’zbekiston va Ozarbayjon hamkorligi | Узбекистан – стратегия 2030 с точки зрения молодых ученых: экономика, политика и право

Strategik sheriklik munosabatlarida - O’zbekiston va Ozarbayjon hamkorligi

f
40-48
0
Поделиться
Абдуллаева, Р. . (2024). Strategik sheriklik munosabatlarida - O’zbekiston va Ozarbayjon hamkorligi . Узбекистан – стратегия 2030 с точки зрения молодых ученых: экономика, политика и право, 1(1), 40–48. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/strategy-2030-young-scientists/article/view/31331
Раънохон Абдуллаева, Университет мировой экономики и дипломатии
базовый докторант
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

“Strategiya 2030” bu tashqi siyosatimizda, xalqaro munosabatlarga kirishish yolida oldimizga qo'yilgan aniq maqsadlar, islohotlar mexanizmi hisoblanib, ularni amalda tadbiq etish usullarini ishlab chiqish biz tadqiqotchilarning zimmasida. Strategik sheriklik munosabatlariga 0‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasining o'zaro hamkorligini yaxshi na’muna sifatida ko'rishimiz mumkin. Ikki mamlakat uzoq yillar davomida strategik sheriklar maqomida hamkorlik aloqalarini yuritib kelmoqdalar. Keng kolamli sof kooperativ hamkorlik munosabatlari barcha sohalarni qamrab olishga qaratilgan. So'ngi yillarda olib borilgan faol munosabatlar natijasi, ularning ahamiyati, hamda erishilgan yutuqlar va istiqbollar ushbu maqolada o'rin olgan.


background image

STRATEGIK SHERIKLIK MUNOSABATLARIDA -

O’ZBEKISTON VA

OZARBAYJON HAMKORLIGI

Abdullayeva Ra’noxon Alisher

qizi JIDU tayanch doktoranti

Annotatsiya

. “Strategiya 2030” bu tashqi siyosatimizda, xalqaro

munosabatlarga kirishish yo‘lida oldimizga qo‘yilgan aniq maqsadlar, islohotlar

mexanizmi hisoblanib, ularni amalda tadbiq etish usullarini ishlab chiqish biz

tadqiqotchilarning zimmasida. Strategik sheriklik munosabatlariga O‘zbekiston

Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasining o‘zaro hamkorligini yaxshi

na’muna sifatida ko‘rishimiz mumkin. Ikki mamlakat uzoq yillar davomida

strategik sheriklar maqomida hamkorlik aloqalarini yuritib kelmoqdalar. Keng

ko‘lamli sof kooperativ hamkorlik munosabatlari barcha sohalarni qamrab

olishga qar

atilgan. So’ngi yillarda olib borilgan faol munosabatlar natijasi,

ularning ahamiyati, hamda erishilgan yutuqlar va istiqbollar ushbu maqolada

o‘rin olgan.

Kalit so‘zlar:

“Strategiya 2030”, faol hamkorlik, iqtisodiy

ko’rsatkichlar, ikki tomonlama munosabatlar, qo‘shma korxonalar, qo‘shma

loyihalar, transport-

tranzit, Zangezur yo‘lagi.

Zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimidagi o‘zgarishlar strategik

hamkorlik aloqalarining jadallashishiga olib kelmoqda. 2023 yil 11 sentabrda

“Strategiya 2030” to‘g‘risidagi PF 158-sonli farmonqabul qilingach, tashqi

siyosatimizdagi maqsad va islohotlar aniq belgilab berildi. Ularni amalga

oshirish yo‘lida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Jumaladan, V

maqsadimizda “Xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni

izchil davom ettirish maqsadida

Ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib

borish bo‘yicha islohotlar

ketma ket tarzda belgilab qo‘yilgan. Shuningdek,

Strategiyada barcha qo‘shni davlatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik va strategik

sheriklik munosabatlarini jadal rivojlantirish, siyosiy, iqtisodiy, madaniy va

gumanitar yo‘nalishlardagi ikki va ko‘p tomonlama muzokaralarni muntazam va


background image

samarali olib borish masalasi[1] ham o‘rin olgan. Ozarbayjon Respublikasi

bizga geografik jihatdan qo’shni bo‘lmasa-da, tarixiy qardosh va ishonchli

hamkor mamlakat hisoblanadi. So‘ngi yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi

hamkorlik munosabatlari strategik sheriklik darajasiga chiqdi. Bunga ikki davlat

rahbarlarining faol hamkorlik aloqalarning samarali nazorati, hamkorlik

so

halarining kengayib borayotganligi sabab bo‘lmoqda.

2017-

yilda

Shavkat

Mirziyoyev

O‘zbekiston

Prezidenit

etib

saylangach,O‘zbekiston-Ozarbayjon munosabatlarida yangi impusl paydo

bo‘ldi. Ozarbayjon Respublikasi katta delegasiyasi kutib olindi, aloqalarda

d

inamik o‘sish kuzatildi. O‘zbekiston va Ozarbayjon o’rtasida imzolangan

hujjatlar soni 175 dan oshganligi, juda ko’plab sohalar borasida hamkorlik

aloqalari

o‘rnatilganidan

dalolat

beradi.

Ikki

davlat

rahbarlari

imkoniyatlarimizning chegarasi juda kengligi

ga ishonadi. Ishonch o‘zaro

munosabatlarning drayveri vazifasini o‘tamoqda. Shuning uchun ham

O‘zbekiston va Ozarbayjonning ishonchli hamkorlik aloqalarining samarali

natijalari iqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘sishida ko‘zga ko‘rinmoqda. Quyidagi

jadvalga a

sosan savdo aylanmasining yildan yilga sezilarli o‘sish dinamikasi,

hamda eksport va import ko‘rsatkichlarida intensiv o‘sish kuzatilayotgani

fikrimiz isboti.

*

017 y.

2

018 y.

2

019 y.

2

020 y.

2

21 y.

20

2022 y.

Savdoayla

nmasi

(mlnAQShdollarda)

2,4

3

7,1

4

3,8

7

3,7

8

8,8

11

181,2

Eksport

(mlnAQShdollarda)

7,5

2

5,6

3

2,1

5

4,2

5

9

75,

131,6

Import

(mlnAQShdollarda)

,9

4

1,5

1

1,7

2

9,5

2

9

42,

49,4

*(Statistik ma'lumotlar asosida muallif tomonidan ishlab chiqildi.)

2022-

yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi tovar


background image

ayirboshlash hajmi o‘tgan yilga nisbatan 53 foizga, 2023 yilning yanvar- sentabr

oylarida esa 36,4 foizga o‘sgan.[3]Tomonlar o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini

yiliga

1

milliard

dollarga

yetkazish

bo‘yicha

qo‘shma

ishlarni

faollashtirishgabirgalikda harakat qilishmoqda.

Bu o‘rinda, 2023 yilning fevral oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan

O‘zbekiston-Ozarbayjon hududlararo Forumi muhim ro‘l o‘ynadi. O‘zbekiston

va Ozarbayjonning 100 dan ortiq yirik kampaniya vakillari ishtirok etgan ushbu

Forum doirasida Qo‘shma Investitsiya jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida

bit

im imzolandi. Shuningdek, ko‘plab qo‘shma loyihalar yuzasidan ham

kelishuvlar olib borildi va bu o‘z navbatida iqtisodiy munosabatlarning jadal olib

borilayotganini ko‘rsatadi. Jamg‘arma aniq iqtisodiy loyihalarning tez va

samarali faoliyat boshlashida mab

lag‘ bilan ta’minlanishining garovi sifatida

muhimdir. Bu shartnoma doirasida neft-

gaz, kimyo va to‘qimachilik sanoati

hamda qishloq xo‘jaligi sohasida yirik hujjatlar to‘plami imzolandi. Ushbu forum

tadbirkorlik doiralaridagi munosabatlarning to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalar darajasiga

chiqqanligini namoyish etadi. Shuningdek, ishbilarmonlik kengashining

uchinchi yig‘ilishi o‘tkazilganligi, mustaxkam aloqalar ildizi mavjudligi hamda

kelajakda uning kengayishi bevosita ikki tomonlama munosabatlarga ijobiy

ta’sir o‘tkazishini bildiradi.

2022-yilda

Ozarbayjon

Respublikasi

Prezidenti

Ilhom

Aliyev

O‘zbekistonga tashrif buyurganda qabul qilingan “Strategik sheriklikni

chuqurlashtirish va o'zaro hamkorlikni kengaytirish to'g'risida”gi deklaratsiya

ikki davlat hamkorligining yo‘l xaritasi vazifasini bajarmoqda, O‘zbekiston

Prezidenti ta’kidlaganidek, davlatlararo deklaratsiya “mamlakatlarning ikki

tomonlama munosabatlarida yangi bosqichni ochadi”. Iqtisodiy hamkorlik

ko‘lamining tobora kengayib borishi, o‘z navbatida ishonchli hamkorlikning

munosib davomi bo‘lmoqda. Jumladan, Ozarbayjonning Hojig‘abul shahrida

qo‘shma avtomobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi, o‘zbekistonlik pillakorlar

Sheki viloyati bilan hamkorlik olib bormoqda, shuningdek, “O‘zbekneftgaz” va


background image

SOCAR kampaniyasi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish to‘g‘risidagi

kelishuvni imzoladi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning mart oyida

Ozarbayjonga tashrifi chog‘ida, 800 million dollarlik yirik loyihalar haqida

gapirib, birgalikda ulkan salohiyatga ega ekanligimizni, ta’kidladi.[6] Ushbu

salohiyatdan manfaatli foydalanish y

o‘lida har ikki tomon ham ijobiy natijalarga

erishmoqda.

Shuni ham alohida ta’kidlash lozim, O‘zbekiston hududida Ozarbayjon

kapitali ishtirokidagi qo‘shma korxonalar o‘zaro iqtisodiy munosabatlarning

rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy arxiv

ma’lumotlariga asosan,

1998 yilda qo‘shma korxonalar 2 tani tashkil qilgan, 2001 yilda ular 5 taga yetdi.

2007 yilga kelib, Ozarbayjonlik hamkorlar ishtirokidagi qo‘shma korxonalar soni

21 taga yetgan. 2017 yilda 71 ta, 2022 yilda 178 ta, 2023-yil 1-iyul holatiga

ko‘ra, O‘zbekistonda Ozarbayjon kapitali ishtirokidagi 204 ta korxona faoliyat

ko‘rsatmoqda, ulardan 67 tasi qo‘shma korxona va 137 tasi xorijiy korxonalardir.

Joriy yil boshidan buyon 21 korxona tashkil etildi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda

Ozarbayjon kapitali ishtirokidagi 238 ta, Ozarbayjonda esa 53 ta

O‘zbekiston

kompaniyasi

faoliyat ko‘rsatmoqda.[4] Qo’shma korxonalar va xorijiy

korxonalarning

soni

so‘ngi

yillarda

keskin

ko‘payishi,

iqtisodiy

munosabatlardagi ijobiy hamkorliklarning natijasi hisoblanadi.

Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2023-yil avgustda

Ozarbayjon Respublikasiga rasmiy davlat tashrifi davomida bergan bayonotida

“O‘zbekiston bilan Ozarbayjon

o‘rtasida hech qanday

muammoli masalalar yo‘qligini ta’kidlash joiz. Biz qardosh xalqlarimiz

manfaatlari yo‘lida katta salohiyatdan samarali foydalanishning yangi

imkoniyatlari va mexanizmlarini izlash dolzarb ekaniga urg‘u berdik,” - dedi

davlatimiz rahbari.[2] Muzokaralar davomida O‘zbekiston va Ozarbayjonning

Oliy davlatlararo kengas

hini tashkil etish to‘g‘risidagi shartnomaning

imzolangani, ikki tomonlama munosabatlarda yangi bosqichni boshlab berishi


background image

ta’kidlandi.

Davlat rahbarlari savdoni yanada kuchaytirish, kooperatsiya va logistika

infratuzilmasini rivojlantirishga e’tibor qilinishini ham qayd etishdi. Bu bevosita

savdo iqtisodiy hamkorlikning yanada rivojlanishiga, bor imkoniyatlardan

kengroq foydalanib, ikki mamlakat ham manfaatli hamkorlik aloqalarini

mustahkamlashiga olib keladi. Prezidentimiz Ozarbayjonda rasmiy tashrif bilan

bo’lgan vaqtda kengaytirilgan muzokaralar davomida,O‘tgan yilda O‘zbekiston

yuklarini Boku porti orqali tashish hajmi qariyb ikki barobar oshgani,

Mamlakatimiz bundan buyon ham Ozarbayjonning zamonaviy transport

tarmog‘idan foydalanib, yuk tashishni ko‘paytirish niyatida ekanligini ma’lum

qildi. Shu bilan birga, avtomobilsozlik, metallurgiya, energetika, qishloq xo‘jaligi,

elektrotexnika, to‘qimachilik, turizm va boshqa tarmoqlardagi yirik loyihalar

haqidagi muhokamalar, strategik hamkorligimizning samarali davomi

bo’lmoqda desak mubolag’a bo’lmaydi. Bayonot yakunida Prezidentimiz

ta’kidlaganidek, -“Bugungi muzokaralar strategik sheriklik munosabatlarini

mustahkamlashga intilishimiz qat’iy ekanini yana bir bor namoyish etdi. Sa’y-

harakatlarimiz aniq natijal

arga qaratilgan.”[2] Ushbu natijalarga erishish yo‘lida

birgalikda harakat qilish, hamda munosabatlarning jadalashish darajasini

muvozanatda ushlash muhim hisoblanadi. Bu yo‘lda ma’muriy huquqiy hujjatlar

asos sifatida hizmat qiladi. 2023-

2024 yillarga mo‘ljallangan har tomonlama

strategik sheriklikni chuqurlashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”, energetika

sohasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish to‘g‘risida, yoshlarga oid

siyosat va sport sohalaridagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar, Media sohasidagi

hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” hamkorlik aloqalarining yanada

rivojlanishi borasida aniq masalalarni ko‘ndalang qo‘yadi.Imzolangan barcha

bitim va hujjatlarni ijrosi davlat rahbarlarining nazoratida bo’lishi, albatta ikki

tomonlama ham

korlik munosabatlarining samarali olib borilishiga, hamda ko‘p

qirrali sheriklikning muhim yo‘nalishlarini rivojlantirishga olib keladi.

Iqtisodiy hamkorlikning yana bir muhim yo‘nalishi bu transport-tranzit


background image

borasidagi hamkorligi hisoblanadi. O‘zbekiston Ozarbayjon bilan bu yo‘nalishda

uzoq yillar davomida hamkorlik qilib keladi. TRASEKA dasturi asosida Yevropa-

Kavkaz-

Osiyo yo‘nalishi bo‘yicha faol tranzit tovar mahsulotlar tashilgan. Ikki

davlat temir yo‘l ma’muriyati TRASEKA tranzit yo‘lagi bo‘ylab yuk tashish

hajmini oshirish bo‘yicha muvaffaqiyatli hamkorlik qilib kelmoqda. O‘rta

yo‘lakning asosiy loyihalaridan hisoblanmish, Boku-Tbilisi-Axalkalaki-Kars

temir yo‘l liniyasi portlarga chiqish va tranzit tashishlarni amalga oshirish

bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda. Zero, ushbu yo ‘lakning ahamiyati

bevosita Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi uchun

ham muhim. Boku- Tbilisi-Karsning faol harakati muqarrar ravishda mintaqa

mamlakatlari va ularning qo‘shnilarining savdo-iqtisodiy munosabatlarini va ular

orasidagi yo‘lovchi oqimlarini kuchaytiradi va chuqurlashtiradi. O‘zbekiston va

Ozarbayjon o‘rtasidagi har bir uchrashuv, muzokaralarda ikki davlat vakillari

transport logistika sohasining salohiyatidan unumli foydalanish, sarmoyaviy

hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari masalasiga urg’u beradi. Xususan, 2022

yilda dekabrda Ozarbayjonga O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi tashrifi

doirasida “Alyat" erkin iqtisodiy zonasi va "Boku xalqaro dengiz savdo porti"

YoAJ rahbariyati bilan uchrashib, erkin iqtisodiy zona resurslari va

imkoniyatlaridan birgalikda foydalanish asosida sarmoyaviy, transport va

logistika sohasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama

qilingandi. Shuningdek, G.Sulaymonov ta’kidlaganidek, Zamonaviy Ozarbayjon

Alyat xalqaro dengiz porti orqali Xitoy, Markaziy Osiyo va Yevropa o‘rtasida yuk

tashish va ayirboshlashni ta’minlab, tobora muhim tranzit markaziga

aylanmoqda.[8] Jumladan, 2022 yilda Asaka-

Boku yo‘nalishi bo‘yicha birinchi

konteyner poyezdini yetkazib

berdi ya’ni O‘zbekistondagi Asaka logistika

markazidan 50 ta konteynerdan iborat poyezd jo‘natildi va Xodjadavlet

stansiyasi orqali Turkmanistonning Turkmanboshi portiga, keyin Kaspiy dengizi

orqali Ozarbayjonning Alyat portiga yetkazildi.[7] Shuningdek, yangi port

joylashgan hudud mamlakat ichki hududlarini bog‘lovchi mavjud avtomobil va


background image

temir yo‘llar bilan kesishadi va o‘z navbatida yaxshi imkoniyatlarni beradi.

Hamkorlikda portlardan foydalanish, logistik markazlarni tashkil qilish, bevosita

ikki davlat uchun ham manfaatli hisoblanadi.

Hozirda dolzarb masalaga aylangan Zangezur yo‘lagi Ozarbayjonni

Turkiya bilan bog’lovchi muhim quruqlikdagi yo‘l sifatida qaralmoqda.

Ekspertlar tomonidan bu yo‘lak Yevropani Osiyo bilan bog‘laydigan muhim yo‘l

sifatida ta

lqin qilinmoqda. Ushbu yo‘lakning qurilishi Markaziy Osiyo

mamlakatlari uchun manfaatli, jumladan, O‘zabekiston uchun iqtisodiy

aloqalarni yanada kengaytirishda muhim ro‘l o‘ynaydi. Siyosatshunos O‘rxon

G‘afarli ta’kidlaganidek, “Ushbu loyihada ishtirok etuvchi va uning yo'nalishi

bo‘ylab yuk tashuvchi davlatlar uchun bu yo‘lak iqtisodiy taraqqiyotning

qo‘shimcha omili bo‘ladi.” [9] O‘zbekiston sobiq transport vaziri o‘rinbosari

Abdusamat Mo‘minov Trendga bergan eksklyuziv intervyusida Zangezur yo‘lagi

juda

muhim loyiha ekanligi, bu yo‘lak 5-10 million tonnaga yaqin yuklarni tashish

imkoniyatini berishi va Ushbu transport yo‘nalishining foydasi ham uning

geografik qulayligida ekanligini e’tirof etdi. Shuningdek, ushbu loyiha tufayli

O‘zbekiston yuklarini Ozarbayjon hududi orqali tashish sezilarli darajada

oshishini

ta’kidladi.[10]Shunday

qilib,

O‘zbekiston-Ozarbayjon

Respublikalarining transport-tranzit sohasini rivojlantirish omillarini tahlil qilar

ekanmiz, AIR markazi yetakchi maslahatchisi Orxan Baghirov

ta’kidlaganidek,

Zangezur yo‘lagining ochilishi mintaqa rivojiga ijobiy hissa qo‘shadi. Yangi

yo‘lak orqali mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy va ishbilarmonlik aloqalarining

kengayishi butun mintaqa rivojiga yordam beradi. Zangezur yo‘lagi mintaqadan

o‘tuvchi xalqaro transport yo‘laklariga yangi arteriya qo‘shib, Janubiy

Kavkazning

xalqaro

iqtisodiy

aloqalar

tizimidagi

mavqeini

mustahkamlaydi.[5]Shuning uchun bu loyihani O‘zbekiston hukumati qo‘llab

quvvatlashi

muhim.

Baku-Tbilisi-

Qars yo‘nalishining analogi sifatida

qaralayotgan, Sharq va G‘arbni bog‘lash vazifasini o‘z zimmasiga olayotgan

ushbu yo‘lak, O‘zbekistonning savdo iqtisodiy munosabatlarini nafaqat


background image

Ozarbayjon bilan balki, Turkiya bilan va u orqali Yevropa mamlakatlari bilan

ham oshirishiga imkoniyat yaratadi.

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston Respublikasi

Ozarbayjon Respublikasi bilan strategik sheriklik munosabatlarida teng

manfaatlar

doirasida

hamkorlik

qilmoqda.

Ularning

hamkorlik

munosabatlarining qamrovi yildan yilga kengayib, ikki hukumatning faol

aloqalarini mustahkamlab kelmoqda. Ikki davlat rahbarlarining muntazam

nazorati doirasida turli sohalarda katta loyihalar amalga oshirilmoqda va bu

o‘zaro xalqaro munosabatlarning ishonchli, tizimli va doimiy tarzda davom

etishiga mustahkam poydevor vazifasini bajaradi.

Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar:

1.

O‘zbekistonRespublikasiPrezidentiningFarmoni, 11.09.2023 yildagi

PF-158-son

https://lex.uz/ru/docs/-6600413

2.

O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari muzokaralar

Natijalaridan

mamnunligini

bildirdilar23.08.2023

https://president.uz/uz/lists/view/6603

3.

O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va

savdo

vazirligining

rasmiy

sayti

https://miit.uz/oz/news/ozbekiston-va-

ozarbayjon-

ortasidagi-savdo-iqtisodiy-va-sarmoyaviy-hamkorlik-kolami-

kengaymoqda

4.

O‘zbekiston

va

Ozarbayjon

iqtisodiy

sherikligini

chuqurlashtirishning

asosiy

yo‘nalishlari

muhokama

qilindi

https://invest.gov.uz/uz/mediacenter/news/the-main-directions-of- deepening-

the-economic-partnership-between-uzbekistan-and-azerbaijan- were-

discussed/

5.

Orkhan Baghirov The Impact of the opening of Zangezur Corridor

on Regional Transportation and Communication Lines// Analysis Center of


background image

Analysis of International Relations October-2021

6.

Ozarbayjon

Respublikasi

Prezidentining

rasmiy

sayti

https://president.az/ru/articles/view/59072

7.

Ozarbayjonning Alyat porti O‘zbekistondan birinchi konteyner

poyezdini qabul qildi.

https://portnews.ru/news/324351/

8.

Suleymanov G.Q. Caucasus and Asian Countries: Transport

Prospects//Большая Евразия: развитие, безопасность, сотрудничество №

6-1 2023 page 466

9.

Зангезурский коридор нужен тюркскому миру 2 ноябрь 2023

https://vestikavkaza.ru/news/erdogan-prizval-otg-podderzat- azerbajdzan.html

10.

Узбекистан поддерживает инитсиативу Азербайджана по

Запуску Зангезурского коридора 19

май 2023

11.

https://www.trend.az/azerbaijan/business/3750235.html

12.

Мирхамидова,

Махиннора.

"Развитие

дипломатических

отношений и правовых основ сотрудничества между республикой Узбекистан

и Арабскими странами персидского залива." in Library 21.3 (2021): 108-114.

Библиографические ссылки

0‘zbekistonRespublikasiPrezidentiningFarmoni, 11.09.2023 yildagi PF-158-son https://lex.uz/ru/docs/-6600413

0‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari muzokaralar Natijalaridan mamnunligini bildirdilar23.08.2023 https://president.uz/uz/lists/view/6603

0‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining rasmiy saytihttps://miit.uz/oz/news/ozbekiston-va-ozarbayjon-ortasidaqi-savdo-igtisodiy-va-sarmovaviy-hamkorlik-kolami-kenqavmoqda

0‘zbekiston va Ozarbayjon iqtisodiy sherikligini chuqurlashtirishning asosiy yo'nalishlari muhokama qilindi https://invest.qov.uz/uz/mediacenter/news/the-main-directions-of- deepeninq-the-economic-partnership-between-uzbekistan-and-azerbaijan- were-discussed/

Orkhan Baghirov The Impact of the opening of Zangezur Corridor on Regional Transportation and Communication Lines// Analysis Center of Analysis of International Relations October-2021

Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining rasmiy saytihttps://president.az/ru/articles/view/59072

Ozarbayjonning Alyat porti O'zbekistondan birinchi konteyner poyezdini qabul qildi. https://portnews.ru/news/324351/

Suleymanov G.Q. Caucasus and Asian Countries: Transport Prospects/ZBonbiiiaA Евразия: развитие, безопасность, сотрудничество № 6-1 2023 page 466

Зангезурский коридор нужен тюркскому миру 2 ноябрь 2023 https://vestikavkaza.ru/news/erdoqan-prizval-otq-podderzat- azerbajdzan.html

Узбекистан поддерживает инитсиативу Азербайджана по Запуску Зангезурского коридора 19 май 2023

https://www.trend.az/azerbaijan/business/3750235.html

Мирхамидова, Махиннора. "Развитие дипломатических отношений и правовых основ сотрудничества между республикой Узбекистан и Арабскими странами персидского залива." in Library 21.3 (2021): 108-114.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов