T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_3-to’plam_Iyun-2025
276
ISSN:3030-3613
FRAZEOLOGIYANING LINGVISTIK ASOSLARI, STRUKTURASI VA
FUNKSIYALARI
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
Filologiya va tillarni o`qitish
( o`zbek tili ) yo`nalishi 2- kurs talabasi
Abdullayeva Dildora Bahrom qizi
dildor.abdullayeva0812@gmail.com
+998930081208
Annotatsiya:
Ushbu maqolada frazeologiyaning nazariy asoslari, uning
lingvistik tabiati va tilshunoslikdagi o`rni chuqur tahlil qilinadi. Frazeologik
birliklarning tarkibiy tuzilishi, ularning kelib chiqish manbalari va semantik
xususiyatlari haqida ilmiy- nazariy qarashlar bayon etiladi. Shuningdek,
frazeologizmlarning funksional ahamiyati, ularning nutqdagi stilistik vazifalari, adabiy
va so`zlashuv nutqida qo`llanilishi ham tahlil qilinadi. Maqolada frazeoogiyaning
boshqa lingvistik kategoriyalar bilan bog`liqligi ham ko`rib chiqilib, uning tarjima
jarayonidagi o`rni haqida fikr yuritiladi.
Kalit so`zlar:
Frazeologiya, frazeologizm, semantika, turg`un birikmalar,
majoziy ma`no, lingvistika, frazeologik birliklar, tarjima, stilistika.
Kirish
Til inson tafakkuri va madaniyatining eng asosiy ifoda vositasi bo`lib, undagi
har bir birlik turli xil semantik va funksional xususiyatlarga ega. Tilda faqat alohida
so`zlar emas, balki ma`no jihatidan yaxlit bo`lgan turg`un birikmalar ham keng
qo`llaniladi. Ana shunday birliklar frazeologizmlar deb atalib, uar nutqning
obrazliligini oshirish, ekspressiv va emotsional ta`sirini kuchaytirish vazifalarini
bajaradi. Frazeologiya lingvistik tadqiqotlarda muhim yo`nalishlardan biri bo`lib,
uning asosiy obyekti – frazeologik birliklarning semantik, grammatik va funksional
xususiyatlarini o`rganishdan iborat. Mazkur maqolada frazeologiyaning nazariy
asoslari, turkumlanishi, funksional xususiyatlari, tarjima jarayonidagi o`rni va boshqa
lingvistik tizimlar bilan aloqadorligi yoritiladi.
Frazeologiyaning nazariy asoslari
Frazeologiya mustaqil tilshunoslik sohasi sifatida XX asrning o`rtalaridan
boshlab rivojlangan bo`lib, uning asosiy nazariy prinsiplari rus olimi V. V. Vinogradov
tomonidan shakllantirilgan. Vinogradov frazeologizmlarning semantik tuzilishi va
tarkibiy qismlari asosida ularni uch guruhga ajratgan:
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_3-to’plam_Iyun-2025
277
ISSN:3030-3613
1.
Frazeologik birikmalar – tarkibiy qismlari nisbatan mustaqil bo`lib, lekin
umumiy ma`nosi majoziy tus olgan iboralar. Masalan, ko`z ochib yumguncha ( tezda
), qo`l qovushtirib turmoq ( harakat qilmaslik).
2.
Frazeologik butunliklar- semantik jihatdan yaxlit bo`lib, ma`nosi tarkibiy
qismlarining lug`aviy ma`nosidan kelib chiqmaydi. Masalan, og`zi qulog`ida
(xursand), yuragi muzlab ketdi (qo`rqib ketdi).
3.
Frazeologik yoysitmalar – xalq maqollari, hikmatli so`zlar va qanotli iboralar.
Masalan, o`qilgan kitobga chang yo`q, Mehnat- baxt kaliti.
Frazeologizmlar sintaktik jihatdan ham mustahkam birlik hisoblanib, ulardagi
so`zlar o`z o`rnini o`zgartirganda yoki sinonim so`zlar bilan almashtirilganda,
iboraning umumiy ma`nosi buziladi.
Frazeologizmlarning kelib chiqish manbalari
Ularning asosiy manbalari quyidagilardan iborat:
6.
Xalq og`zaki ijodi- xalq maqollari, hikmatli so`zlar, ertaklar va dostonlardan
olingan iboralar. Masalan, yaxshilikka yaxshilik- har kimning ishi, yomonlikka
yaxshilik- faqat mardning ishi.
7.
Diniy manbalar- Qur`on va injil bilan bog`liq iboralar. Masalan, Ko`z ochib
yumguncha( tezkorlik), Qiyomat qoyim bo`ldi ( katta falokat yuz berdi).
8.
Adabiyot va san`at- klassik adabiyot va teatr ijodidan kirib kelgan iboralar.
Masalan, Hamletning dardi (ruhiy iztirobi).
Frazeologizmlarning funksional ahamiyati
Frazeologizmlar tildagi ekspressivlik va obrazlilik imkoniyatlarini kengaytiradi.
Ularning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat:
a)
Ekspressivlik va obrazlilik- majoziy iboralar nutqni ta`sirchan qiladi.
b)
Qisqalik va lo`ndalik- fikrni qisqa va aniq yetkazishga imkon beradi.
c)
Badiiylik va emotsionallik- adabiy asarlarda personajlarning xarakterini jonli
tasvirlash imkonini beradi.
d)
Milliy mantalitet va madaniyat aks etishi- xalq tafakkuti va madaniyati
frazeologizmlar orqali ifodalanadi.
Frazeologizmlarning tarjimasi
Frazeologizmlarning tarjimasi juda murakkab jarayon bo`lib, u uch usulda
amalga oshiriladi:
a)
To`g`ridan- to`g`ri ekvivalent tarjima- adar ikki tilda bir xil ma`no va ifodaga
ega ibora mavjud bo`lsa, uni bevosita tarjima qilish mumkin. Masalan, ingliz tilidagi
Out of sigh, out of mind iborasi o`zbek tiliga Ko`zdan uzoq, ko`ngildan uzoq deb
tarjima qilinadi.
b)
Tafsiriy tarjima- agar ekvivalent topilmasa, frazeologizmlarning ma`nosi
izohlanadi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_3-to’plam_Iyun-2025
278
ISSN:3030-3613
c)
Analitik tarjima- ibora tarkibiy qismlarga ajratilib, unga mos ekvivalent
tanlanadi.
Frazeologiya tilshunoslikning eng muhim va o`ziga xos sohalaridan biri bo`lib,
u tilda ma`no yaxlitligini saqlagan turg`un birikmalarni o`rganadi. Frazeologik birliklar
nafaqat lingvistik nuqtayi nazardan, balki madaniyat, tarix, psixologiya va tarjima
masalalari bilan ham chambarchas bog`liq. Ushbu maqolada frazeologiyaning nazariy
asoslari, kelib chiqish manbalari, lingvistik tuzilishi va funksional xususiyatlari batafsil
tahlil qilinadi.
Frazeologizmlar nutqning obrazliligini oshirish, ekspressiv ta`sirini kuchaytirish
va qisqahamda lo`nda fikr ifodalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ular inson
tafakkurining milliy xususiyatlarini aks ettirib, til va madaniyat o`rtasidagi mustahkam
aloqani namoyon etadi. Shu boisdan, frazeologizmlar turli tillarda o`ziga xos shaklda
namoyon bo`ladi, bu esa ularning tarjima jarayonini qiyinlashtiradi. Shu nuqtayi
nazardan, frazeologik birliklarning tarjimasi nafaqat leksik, balki stilistik va semantik
yondashuvni talab qiladi.
Frazeologiyaning rivojlanishi zamonaviy lingvistika, texnologiya va ijtimoiy
jarayonlar bilan chambarchas bog`liq. Bugungi kunda til doimiy ravishda o`zgarib,
yangi iboralar va frazeologik birliklar shakllanmoqda. Shu bois, frazeologizmlarni
o`rganish jarayonida ularning kelib chiqishini tarixiy, madaniy va mintaqaviy jihatdan
o`rganish zarur. Ayniqsa, dialektologiya va sheva tadqiqotlari asosida o`zbek tilidagi
turli hududiy frazeologik birliklarning farqlarini aniqlash muhimdir.
Bundan tashqari frazeologiyaning sun`iy intellekt va tarjima tizimlaridagi o`rni
ham dolzarb masalalaridan biridir. Hozirda avtomatik tarjima tizimlari frazeologik
birliklarni to`g`ri arjima qilishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Bu esa
frazeologizmlarni sun`iy intellekt asosida chuqur o`rganishda maxsus tarjima
modellarini ishlab chiqish zarurligini ko`rsatadi.
Frazeologik tadqiqotlarning yana bir yo`nalishi – ularning psixolingvistik va
kognitiv jihatlarini o`rganishdir. Inson miyasi frazeologik birliklarni qanday eslaydi va
ularni qachon ishlatadi? Bu savollarga javob topish tilshunoslik va psixologiya
chorrahasida joylashgan muhim tadqiqot yo`nalishlaridan biridir.
Frazeologizmlarning ta`lim jarayonidagi o`rniga ham alohida e`tibor qaratish
lozim. Hozirgi darsliklarda frazeologiyaga yetarli darajada o`rin ajratilmagan. Ularni
zamonaviy o`qitish uslublari- animatsion videolar, interaktiv o`yinlar va elektron
lug`atlar orqali o`rgatish talabetiladi.
Takliflar:
1.
Frazeologizmlarning mashina tarjimasi va sun`iy intellekt bilan bog`lanishi.
Hozirda avtomatik tarjima tizimlari (Google Translate, DeepL, ChatGPT va h.k)
frazeologizmlarni to`g`ri tarjima qilishda muammolarga duch keladi. Frazeologik
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_3-to’plam_Iyun-2025
279
ISSN:3030-3613
birliklarning tarjimasini yanada mukammallashtirish uchun sun`iy intellektga
asoslangan maxsus frazeologik tarjima modellarini yaratish mumkin. Bu orqali ikki til
orasidagi majoziy iboralar aniq va stilistik jihatdan mos keladigan ekvivalent bilan
berilishi mumkin.
2.
Frazeologiyaning kinematografiya va ommaviy madaniyatdagi roli.
Zamonaviy filmlar, seriallar va ijtimoiy tarmoqlarda frazeologizmlarning qo`llanilishi
bo`yicha maxsus tadqiqotlar o`tkazish mumkin. Masalan, “Penthouse” kabi mashhur
seriallardagi frazeologik birliklarni o`zbek tiliga tarjima qilish tajribasi qanday
kichadi? Kinematografiya orqali frazeologik birliklarning ommaviy madaniyatga
ta`siri o`rganilishi mumkin.
3.
Frazeologizmlarning xalqaro taqqoslamasi va interaktiv lug`atlar yaratish.
Frazeologik birliklarni xalqaro miqyosda taqqoslash va ularni maxsus interaktiv
lug`atlar shaklida jamlash kerak. Masalan, ingliz, rus, koreys va o`zbek tillarida bir xil
ma`noni anglatadigan frazeologizmlarni keltirib, ularning fonetik va semantik jihatdan
farqlarini izohlash mumkin. Bunday lug`atlar nafaqat tilshunoslar, balki tarjimonlar,
yozuvchilar va jurnalistlar uchun ham muhim qo`llanma bo`ladi.
4.
Frazeologizmlar va ularning ta`lim jarayonida qo`llanilishi. O`zbek tilini
o`rgatuvchi o`quv qo`llanmalar va darsliklarda frazeologizmlarga yetarlicha e`tibor
qaratilmagan. Ularni dars jarayoniga qo`shish, animatsion videolar orqali tushuntirish,
interaktiv o`yinlar yaratish orqali yosh avlodga oson va qiziqarli tarzda yetkazish
mumkin.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, frazeologiya nafaqat tilshunoslikning muhim qismi, balki
xalq tafakkurining, madaniyati va tarixining ko`zgusidir. Uni chuqur o`rganish orqali
biz nafaqat tilimizni, balki xalqimizning tafakkurini ham yanada kengroq
tushunishimiz mumkin. Zamonaviy texnologiyalar, sun`iy intellekt, tarjima tizimlari
va ta`lim jarayonlari bilan bog`langan holda frazeologiyaning kelajakdagi rivoji yangi
yo`nalishlar va ilmiy izlanishlarga turtki bo`lishi aniq.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
1.
Vinogradov V. V. Russkiy yazyk (Grammaticheskoe uchenie o slave). Moskva,
1972.
2.
Kunin A. V. Angliyskaya frazeologiya- Moskva: Vysshaya shkola, 1984.
3.
Bulaxov M. G. Frazeologiya I istoriya yazykov – Moskva: Nauka, 1990.
4.
O`zbek tilining izohli frazeologik lug`ati- Toshkent: O`zbekiston Milliy
ensiklopediyasi, 2015.
5.
G`ulomov H. O`zbek tilida frazeologik birlikarning tadqiqi- Toshkent, 2019.