Mualliflar

  • Abdullayeva Dildora Bahrom qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.103346

Kalit so‘zlar:

Kalit so`zlar: Semasiologiya so`z ma`nosi sinonimiya antonimiya omonimiya polisemiya metafora metonimiya ma`no o`zgarishi o`zbek tili.

Annotasiya

Annotatsiya: Mazkur maqolada o`zbek tili semasiologiyasining asosiy nazariy 
jihatlari, so`z ma`nosining tarkibi va ularning rivojlanish qonuniyatlari tahlil qilinadi. 
So`z ma`nolarining kengayishi, torayishi va ko`chishi kabi jarayonlar ilmiy nuqtayi 
nazardan  o`rganilib,  ularning  o`zaro  munosabatlari  (sinonimiya,  antonimiya, 
omonimiya,  polisemiya)  misollar  asosida  yoritiladi.  Maqolada  o`zbek  tilidagi 
semasiologik hodisalar qiyosiy tahlil qilinib, ushbu sohaning dolzarbligi va kelajak 
tadqiqotlari uchun istiqbolli yo`nalishlar belgilab beriladi.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

271

ISSN:3030-3613

O`ZBEK TILI SEMASIOLOGIYASI: MA`NO TIZIMI VA UNING

RIVOJLANISH QONUNIYATLARI

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti

Filologiya va tillarni o`qitish

(o`zbek tili) yo`nilishi 2- kurs talabasi

Abdullayeva Dildora Bahrom qizi

dildor.abdullayeva0812@gmail.com

+998930081208

Annotatsiya:

Mazkur maqolada o`zbek tili semasiologiyasining asosiy nazariy

jihatlari, so`z ma`nosining tarkibi va ularning rivojlanish qonuniyatlari tahlil qilinadi.
So`z ma`nolarining kengayishi, torayishi va ko`chishi kabi jarayonlar ilmiy nuqtayi
nazardan o`rganilib, ularning o`zaro munosabatlari (sinonimiya, antonimiya,
omonimiya, polisemiya) misollar asosida yoritiladi. Maqolada o`zbek tilidagi
semasiologik hodisalar qiyosiy tahlil qilinib, ushbu sohaning dolzarbligi va kelajak
tadqiqotlari uchun istiqbolli yo`nalishlar belgilab beriladi.

Kalit so`zlar:

Semasiologiya, so`z ma`nosi, sinonimiya, antonimiya,

omonimiya, polisemiya, metafora, metonimiya, ma`no o`zgarishi, o`zbek tili.

Kirish

Til inson tafakkuri va jamiyat taraqqiyotining eng muhim vositalaridan biridir.

Tilshunoslik fanida so`z va uning ma`nosi alohida o`rganiladigan yo`nalish bo`lib,

semasiologiya

ushbu muhim masalalarni tadqiq etadi. Semasiologiya –

leksikologiyaning so`z ma`nosi bilan bog`liq jihatlarini o`rganadigan bo`limi bo`lib,
so`z va boshqa til birliklarining ma`nosini, ularning o`zgarish jarayonlarini va ma`no
aloqalarini ilmiy asosda tahlil qiladi. Har bir til tizimli hodisa sifatida o`ziga xos
semantik qonuniyatlarga ega bo`lib, so`zlarning ma`no jihatidan o`zgarishi,
kengayishi, torayishi va boshqa semantik munosabatlar bu qonuniyatlar doirasida
shakllanadi.

O`zbek tilining semasiologik jihatlarini o`rganish nafaqat nazariy ahamiyatga

ega, balki amaliy jihatdan ham muhimdir. Chunki so`z ma`nolarining o`zgarishi
ularning o`zaro munosabatlari, sinonimiya, antonimiya, omonimiya kabi hodisalar
tilning rivojlanish jarayonlarini ochib berishda muhim rol o`ynaydi. Masalan, ba`zi
so`zlarning ma`nosi vaqt o`tishi bilan kengayib yoki torayib boradi, ba`zilari esa
metafora, metonimiya yoki boshqa semantik ko`chishlar orqali yangi ma`no kasb etadi.
Ushbu jarayonlarni o`rganish nafaqat tilshunoslar, yozuvchilar va til bilan bog`liq kasb
egalarining faoliyati uchun ham muhim hisoblanadi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

272

ISSN:3030-3613

Hozirgi zamon tilshunosligida semasiologiya mustaqil ilmiy yo`nalish sifatida

rivojlanib, so`z ma`nolari o`rtasidagi munosabatlarni tahlil qilish, ularning o`zgarish
dinamikasini aniqlash va til tizimidagi o`rnini belgilash bilan shug`ullanadi. Ayniqsa,
o`zbek tilida semantik o`zgarishlar, sinonimik va antonimik munosabatlar, polisemiya
hodisalari juda keng ko`lamda uchraydi. Ushbu maqolada o`zbek tili
semasiologiyasining nazariy asoslari, so`z ma`nolarining o`zgarish qonuniyatlari va
ularning o`zaro munosabatlarini chuqur tahlil qilamiz.

Maqolaning maqsadi- o`zbek tilida so`zlarning semantik xususiyatlarini ilmiy

asosda o`rganish, ma`no o`zgarishlari va ular o`rtasidagi bog`liqlikni tahlil qilish
hamda semasiologiyaning amaliy ahamiyatini ko`rsatishdan iborat. Maqolada so`z
ma`nolari, ularning tarkibiy tuzilishi, semantik rivojlanish jarayonlari va ular
o`rtasidagi bog`liqlik haqida ilmiy- nazariy mulohazalar yuritiladi. Shu bilan birga,
semasiologiyaning kelajak tadqiqotlar uchun istiqbollari ham belgilab beriladi.

Semasiologiyaning nazariy asoslari
So`z ma`nosi tushunchasi va uning tarkibiy qismlari. Tilshunoslikda so`z

ma`nosi deganda, muayyan til birliklarining tushuncha yoki predmet bilan
bog`lanilishi tushuniladi. Har bir so`z muayyan lug`aviy ma`noga ega bo`lib, bu ma`no
uning semantik tizimidagi o`rnini belgilaydi. So`z ma`nosi turli tarkibiy qismlardan
iborat bo`lib, ularning har biri til tizimidagi semantik aloqalarni aniqlashda muhim
ahamiyatga ega.

So`z ma`nosining tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
1. Denotativ ma`no. Denotativ (lug`aviy, asosiy) ma`no – so`zning obyektiv

reallikdagi predmet yoki hodisaga nisbatan qo`llanadigan ma`nosi. Bu ma`no so`zning
asosiy mazmunini tashkil etadi. Masalan, Kitob- o`qish uchun mo`ljallangan bosma
nashr. Daryo- suv oqimiga ega tabiiy geografik obyekt.

2. Konnotativ ma`no. Konnotativ ma`no so`zning asosiy lug`aviy ma`nosidan

tashqari, unga bog`langan hissiy, uslubiy yoki madaniy ma`nolarni o`z ichiga oladi.
Masalan, Ona faqat biologik tushuncha emas, balki mehr, muhabbat, ona yurt kabi
kengroq tushunchalarni ham anglatishi mumkin. Tulpor shunchaki ot emas, balki
tezkor va kuchli ot ma`nosini bildiradi.
Konnotativ ma`no quyidagi turlarga bo`linadi:

Ekspressiv ma`no- so`zning hissiy ta`sir kuchi (a`lo, zo`r, ayanchli).

Uslubiy ma`no- so`zning nutq uslubiga bog`liqligi (rasmiy, shevaga xos, badiiy)

Emotsional ma`no- so`zning ijobiy yoki salbiy hissiyot uyg`otish darajasi
(yoqimli, jirkanch va h.k)

3. Grammatik ma`no. Grammatik ma`no so`zning gapdagi sintaktik va morfologik

vazifasini bildiradi. Masalan, Olma so`zini olsak, bunda olma (meva- leksik ma`nosi),


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

273

ISSN:3030-3613

to`rt harfdan iborat, bosh kelishikda, atash ma`nosiga ega, mustaqil so`z turkumiga
mansub va boshqalarni misol qilib olishimiz mumkin.

Semasiologiyaning asosiy yo`nalishlari
Semasiologiya turli yo`nalishlarda tadqiq qilinadigan murakkab fan hisoblanadi.

Uning asosiy yo`nalishlari quyidagilardan iborat:
1. Leksik semasiologiya – so`zlarning leksik ma`nolarini, ularning rivojlanish
jarayonlarini o`rganadi.
2. Grammatik semasiologiya – so`zlarning grammatik ma`nolari va ularning turli
grammatik shakllar orqali qanday ifodalanishini tahlil qiladi.
3. Onomasiologiya – ma`lum bir tushuncha yoki predmetning til tizimida qanday
nomlanishini o`rganadi.
4. Semantik aloqalar tahlili – sinonimiya, antonimiya, polisemiya, hodisalarni
o`rganish.
5. Semasiologiya ushbu yo`nalishlar orqali so`z ma`nolarining o`zgarishini, ularning
nutqdagi va til tizimidagi o`rnini chuqur tahlil qiladi.

O`zbek tilida so`z ma`nolarining o`zgarishi
Til doimiy rivojlanish jarayinida bo`lib, so`zlar vaqt o`tishi bilan yangi ma`nolar kasb
etishi yoki avvalgi ma`nolarini yo`qotishi mumkin. Ushbu o`zgarishlar semantik
taraqqiyot deb ataladi. Semantik o`zgarishlar so`zning kontekstda qo`llanilishi,
madaniy va ijtimoiy omillar, nutqiy ehtiyojlarning ortishi kabi sabablarga ko`ra yuzaga
keladi.
Ma`no kengayishi va torayishi

Ma`no kengayishi- so`zning dastlabki ma`nosi kengayib, yangi predmet yoki
hodisalarni ifodalashga moslashishidir. Masalan, «Ona» - dastlab faqat biologik
ona na`nosida ishlatilgan bo`lsa, hozirda «Ona tilim» «Ona vatan» kabi
iboralarda ham uchraydi. «Oq» – avval faqat rangni bildirgan, hozir esa, «Oq
yuvib, oq taramoq», «Oq yo`l» kabi ma`nolarni ham anglata boshlagan.

Ma`no torayishi- aksincha, so`zning ma`nosi avvalgiga qaraganda torayib,
muayyan predmet yoki hodisani ifodalashga moslashadi. Masalan, «Go`sht»-
qadimda barcha ovqat turini anglatgan, hozir esa faqat hayvon go`shtini
bildiradi. «Meva»- oldin barcha o`simlik mahsulotlariga (sabzavotlarga ham)
nisbatan ishlatilgan, hozirda esa faqat daraxt mevalariga qo`llaniladi.

Ma`no ko`chishi (metafora, metonimiya, sinekdoxa)

a)

Metafora- (o`xshashlik asosidagi ma`no ko`chishi)

Metafora- bir so`zning boshqa bir so`zga o`xshashligi sababli yangi ma`no kasb
etishidir. Masalan, «Ko`z» inson ko`zi degan asosiy ma`nodan «Buloq ko`zi», «Igna
ko`zi», «Uzuk ko`zi» kabi ma`nolarga o`tgan. Til inson tilidan tashqari «Temir til»,
«Olov tili» kabi ilovalarda ham qo`llaniladi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

274

ISSN:3030-3613

b)

Metonimiya- (aloqadorlik asosidagi ma`no ko`chishi)

Metonimiya- bir so`z boshqa bir so`z bilan bog`liq jihati asosida ma`no o`zgarishiga
uchraydi. Masalan, «Shkaf» mebel ma`nosida ishlatiladi, ammo ba`zan ichidagi
narsalarni ham anglatadi. (masalan, «Shkafdan bir kitob olib ber», ya`ni shkafni o`zini
emas, ichidagi kitobni nazarda tutadi).

c)

Sinekdoxa- (butun va qism o`rtasidagi ma`no ko`chishi)

Sinekdoxa- butunning qismi yoki qismning butunga nisbat berilishi orqali ma`no
o`zgarishi. Masalan, «To`rt devor», aslida uy ma`nosida qo`llaniladi. «Qo`l» odam
yoki ishchi kuchi ma`nosida ham ishlatiladi («Yana bir qo`l kerak», ya`ni odam kerak).
Semantik differensiallashuv va birikish jarayonlari

1.

Semantik differensiallashuv- bir so`zning ma`nosi vaqt o`tishi bilan ajralib, turli
yangi ma`nolarga ega bo`lishidir. Masalan, «Yonmoq» avval faqat olovda
yonish ma`nosida ishlatilgan, hozir esa «Havasdan yonmoq», «Yoqilg`I
yonmoq», «Qalb yonmoq» kabi yangi ma`nolar hosil bo`lgan.

2.

Semantik birikish. Bunda aksincha, avval turli so`zlar bilan ifodalangan
tushunchalar bir so`z tarkibida umumlashadi. Masalan, «Bozor» avval faqat
savdo joyini anglatgan bo`lsa, hozirda iqtisodiy tizimni ham ifodalashi mumkin
(«Bozor iqtisodiyoti»).


So`z ma`nolarining o`zaro munosabatari. Sinonimiya, antonimiya, omonimiya va
polisemiya

1.

Sinonimiya- bir xil yoki juda yaqin ma`noli so`zlarning mavjudligi. Masalan,
go`zal, chiroyli, latofatli.

2.

Antonimiya- ma`nosi bir- biriga zid bo`lgan so`zlar. Masalan, katta- kichik,
qora- oq.

3.

Omonimiya- shaklan bir xil, lekin ma`nosi har xil bo`lgan so`zlar. Masalan, ko`r
(ko`zi ojiz), ko`r ( biror narsani ko`r).

4.

Polisemiya- bir so`zning bir nechta bog`liq ma`noga ega bo`lishi. Masalan, yuz
(inson yuzi), yuz (daryoning yuzi, oynaning yuzi va h.k).

O`zbek tilida so`z ma`nolarining o`zgarish tendensiyalari. O`zbek tilida semantik
o`zgarishlarning quyidagi tendensiyalari kuzatiladi:

a)

Texnologik taraqqiyot natijasida yangi ma`nolarning paydo bo`lishi (1. Sichqon
2. Kompyuter sichqonchasi).

b)

Ijodiy metaforalar orqali yangi ifodalar shakllanishi( Tashvish dengizi, umid
nuri)

c)

Sheva va adabiy til o`rtasidagi ta`sirlar natijasida ayrim so`zlarning
umumiylashuvi( Jiyan so`zi hozirda ukavachcha yoki amakivachcha ma`nosida
ishlatiladi).


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

275

ISSN:3030-3613

Men qiyosiy misol va tahlillarga asoslanib, yana bir ma'lumotni aytib oʻtishim kerak.
Ya‘ni boshqa tillar bilan qiyoslaganda, o`zbek tilida metafora ko`chishlari ko`proq
hissiy ma`nolarni ifodalash uchun ishlatiladi, sinonimiya va antonimiya so`z
boyligining o`sishiga xizmat qiladi va polisemiya tilning ixchamligini ta`minlaydi.

Takliflar:

6.

O`zbek tilida yangi ma`no o`zgarishlarini kuzatish va ularni ilmiy asosda tahlil
qilish.

7.

Sinonim va antonim so`zlar lug`atini mukammallashtirish.

8.

Semasiologik hodisalarning tarjima va leksikografiyaga ta`sirini o`rganish.

Xulosa

O`zbek tilida so`z ma`nolarining o`zgarishi tabiiy jarayon bo`lib, bu tilning

doimiy ravishda boyib borishiga xizmat qiladi. Semasiologiyaning o`rganilishi
so`zlarning semantik tizimdagi o`rnini belgilash, ma`no o`zgarishlarini aniqlash va
ularning kommunikativ ahamiyatini ochib berishda muhim ahamiyatga ega.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

1.

Abduazizov А. А. "Tilshunoslik asoslari". - Toshkent: Fan, 2007.

2.

Mahmudov N., Ro'ziyev Y. "O‘zbek tili semasiologiyasi". - Toshkent:
O‘qituvchi, 2010.

3.

Hasanov B. "Hozirgi o‘zbek adabiy tili". - Toshkent: Universitet, 2012.

4.

Saidov A. "Leksikologiya va leksikografiya". -Toshkent: Fan, 2008

5.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati - Toshkent: O‘zME, 2006.



Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

Abduazizov А. А. "Tilshunoslik asoslari". - Toshkent: Fan, 2007.

Mahmudov N., Ro'ziyev Y. "O‘zbek tili semasiologiyasi". - Toshkent:

O‘qituvchi, 2010.

Hasanov B. "Hozirgi o‘zbek adabiy tili". - Toshkent: Universitet, 2012.

Saidov A. "Leksikologiya va leksikografiya". -Toshkent: Fan, 2008

O‘zbek tilining izohli lug‘ati - Toshkent: O‘zME, 2006.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари