Mualliflar

  • Nusratulloyev Shaxzod Amonjon oʻgʻli

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.106344

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: Yevropa Ittifoqi Yevropa davlatlari rivojlanish siyosat hamkorlik do’stona munosabatlar xalqaro maydon sheriklik shartnoma qo’shma organ import eksport investitsiya.

Annotasiya

O‘zbekiston  Respublikasi  o‘z  milliy  manfaatlariga  asoslanib,  ochiq  va  o‘zaro 
foydali tashqi siyosat yuritadi. Respublikaning zamonaviy tashqi siyosiy strategiyasi 
global va mintaqaviy vaziyatning tezkor o‘zgarishi hamda ichki o‘zgarishlardan kelib 
chiqib shakllanadi. O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi va Yevropa mamlakatlari bilan keng 
ko‘lamli hamkorlikka katta ahamiyat beradi. Yevropa davlatlari bilan hamkorlikning 
asosiy  yo‘nalishlari  savdo,  investitsiyalar  va  moliya,  zamonaviy  texnologiyalarni 
transfer qilish, ilm-fan, ta’lim, ekologiya, sog‘liqni saqlash, madaniyat va mintaqaviy 
xavfsizlik kabi sohalarni o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston, shu bilan birga, Yevropaning 
yetakchi davlatlari, jumladan Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Belgiya, Italiya, 
Ispaniya,  Latviya  va  boshqa  mamlakatlar  bilan  ikki  tomonlama  hamkorlikni 
rivojlantirishga alohida e’tibor qaratadi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_5-to’plam_Iyun-2025

249

ISSN:3030-3613

O’ZBEKISTONNING YEVROPA ITTIFOQI BILAN SAVDO IQTISODIY VA

MADANIY ALOQALARI VA UNING KELAJAKDAGI ISTIQBOLLARI

Nusratulloyev Shaxzod Amonjon oʻgʻli

Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti,

magistratura bosqichi, xalqaro munosabatlar va jahon siyosati yoʻnalishi

2-bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

O‘zbekiston Respublikasi o‘z milliy manfaatlariga asoslanib, ochiq va o‘zaro

foydali tashqi siyosat yuritadi. Respublikaning zamonaviy tashqi siyosiy strategiyasi
global va mintaqaviy vaziyatning tezkor o‘zgarishi hamda ichki o‘zgarishlardan kelib
chiqib shakllanadi. O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi va Yevropa mamlakatlari bilan keng
ko‘lamli hamkorlikka katta ahamiyat beradi. Yevropa davlatlari bilan hamkorlikning
asosiy yo‘nalishlari savdo, investitsiyalar va moliya, zamonaviy texnologiyalarni
transfer qilish, ilm-fan, ta’lim, ekologiya, sog‘liqni saqlash, madaniyat va mintaqaviy
xavfsizlik kabi sohalarni o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston, shu bilan birga, Yevropaning
yetakchi davlatlari, jumladan Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Belgiya, Italiya,
Ispaniya, Latviya va boshqa mamlakatlar bilan ikki tomonlama hamkorlikni
rivojlantirishga alohida e’tibor qaratadi.

Kalit so’zlar:

Yevropa Ittifoqi, Yevropa davlatlari, rivojlanish, siyosat,

hamkorlik, do’stona munosabatlar, hamkorlik, xalqaro maydon, sheriklik, shartnoma,
qo’shma organ, import, eksport, investitsiya.

ABSTRACT

The Republic of Uzbekistan pursues an open, mutually beneficial and constructive

foreign policy based on its national interests. The modern foreign policy course of the
republic is based on the rapidly changing situation in the world and in the region, as
well as large-scale changes within the country. Uzbekistan attaches great importance
to mutually beneficial cooperation with the European Union and European countries.
The main areas of cooperation with European countries are trade development,
investment and finance, transfer of modern technologies, science, technology,
education, environment, health, culture and regional security. Uzbekistan pays special
attention to enhancing bilateral cooperation with advanced European countries, in
particular Germany, France, Great Britain, Belgium, Italy, Spain, Latvia and others.

Keywords:

European Union, European countries, development, policy,

cooperation, friendly relations, cooperation, international arena, partnership,
agreement, joint div, import, export, investment.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_5-to’plam_Iyun-2025

250

ISSN:3030-3613

KIRISH

O‘zbekistonning turli qit’alardagi ko‘plab davlatlar va uyushmalar bilan aloqalari

sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tdi. Bojxona boshqaruvi sohasida bojxona to‘lovlari
stavkalari ikki barobarga kamaytirildi, 3 ming 550 nomdagi mahsulotlar va 1 ming 122
turdagi mahsulotlarga aksiz solig‘iga import bojlarining nol stavkalari joriy etildi.
2016-2020-yillarda barcha manbalar hisobidan asosiy kapitalga 89 mlrd dollarlik
investitsiyalar kiritildi, ulardan 19,5 mlrd dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya
va kreditlar hisobiga to‘g‘ri keladi. O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tashqi
savdo aylanmasi 2021 yilga nisbatan 32,1 foizga o‘sib, 1,3 milliard dollarni tashkil
etib, eksport 979,3 million dollar, import esa 280,7 million dollarni tashkil etdi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo aylanmasida Qozog‘istonning ulushi

62 foizni, Qirg‘iziston 17 foizni, Turkmaniston 12 foizni va Tojikiston 9 foizni tashkil
etadi. Transport va logistika sohasidagi hamkorlik katta ahamiyatga ega. “Xitoy –
Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘lini qurish va “Andijon – O‘sh – Irkishtom”
avtomobil yo‘lini to‘liq ishga solish bo‘yicha qo‘shma transport-logistika
kompaniyasini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlar mavjud. Energetika sohasida
hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi, GES-1 qurilishi kabi gidroenergetika loyihalarini
amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi.

2022 yil yakunlari bo‘yicha tashqi savdo aylanmasi 1,3 milliard dollarni (o‘sish

32,1 foiz) tashkil etib, eksport hajmi 979,3 million dollar, import hajmi esa 280,7
million dollar bo‘ldi. Shunga qaramay, Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida hal
qilinishi kerak bo‘lgan bir qancha muammolar mavjud.

ASOSIY QISM

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 9-martda Tojikistonga

bo‘lgan tashrifi davomida chegara muammolarini hal qilishga qaratilgan kelishuv
imzolandi. Shuningdek, 2023-yil boshida Qirg‘izistonga davlat tashrifi chog‘ida
tomonlar o‘zaro munosabatlarni yangi darajaga olib chiqish borasida muvaffaqiyatga
erishgani ta’kidlandi. O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegarani delimitasiya
qilish ishlarining tamomlanishi tarixiy voqea sifatida baholandi. Markaziy Osiyo
hududida chegaralarni delimitasiya va demarkasiya qilishda muhim muammo,
mintaqaning barcha mamlakatlari tomonidan tasdiqlangan huquqiy asosning
yo‘qligidir.

Shuningdek, Rog‘un GESi Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida bir necha yillar

davom etgan suv mojarosining sababi bo‘ldi. Dushanbe administratsiyasi 2018-yil
oxirigacha Rog‘un GESi uchun uch agregatni ishga tushirishi haqida xabar berdi.
Biroq, yirik GESlarni qo‘shnilar ishtirokisiz qurish mojaro potensialini oshishiga olib
kelmoqda, bu esa ekstremistik kuchlarning faollashishi xavfini yaratadi. Ularning har
qanday foydasi qo‘shnichilik aloqalari o‘rnini bosishi mumkin emas. Ijtimoiy-iqtisodiy
ehtiyojlar sababli, Tojikiston va Qirg‘izistonda to‘g‘onlar gidroenergetik salohiyatidan


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_5-to’plam_Iyun-2025

251

ISSN:3030-3613

foydalanish zaruriyati yuzaga kelmoqda, bu esa suv oqimi nazoratining siyosiy vosita
sifatida ishlatilishi xavotirini keltirib chiqaradi. O‘zbekistonda va Qozog‘istonda esa
suv resurslaridan oqilona foydalanish tartibini joriy etish zarurligi oshkor. Orol
dengizining qurishi bu masalani yana bir bor ta’kidlab turibdi.

Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi masalasi ham ahamiyat kasb etmoqda.

Mintaqadagi suv resurslarining 90 foizi sug‘orma dehqonchilik uchun ishlatiladi, bu
esa qishloq xo‘jaligini muhim ehtiyojga aylantiradi. Qishloq xo‘jaligi sektorining
YAIMdagi ulushi 10 foizdan 45 foizgacha bo‘lgan qismini tashkil qiladi. Kelajakda
suv manbalarining kamayishi tahdidi yuzaga kelishi mumkin, chunki muzliklar
Markaziy Osiyo suv resurslarining asosiy manbai hisoblanadi va ularning kismini
Tojikistonga to‘g‘ri keladi. Muzliklar regional suv resurslarining 60 foizini tashkil
etadi. Ob-havo o‘zgarishlari bilan bog‘liq ravishda suv resurslarini boshqarish masalasi
dolzarbligini yo‘qotmaydi, shuning uchun Markaziy Osiyo mamlakatlari bu masalani
yuqori darajada ko‘rib chiqib, zarur dastur va strategiyalar ishlab chiqishi shart.

2022-yil 17-18-noyabr kunlari Samarqand shahrida “Yevropa Ittifoqi va

Markaziy Osiyo” mavzusidagi tadbirlar o‘tkazildi. 17-noyabrda Yevropa Ittifoqining
Markaziy Osiyoda barqaror energiya rivojlantirishga bag‘ishlangan yangi loyihasi
doirasida davra suhbati va “Markaziy Osiyo yoshlari ovozi” forumi o’tkazildi. 18-
noyabrda esa “Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo o‘zaro bog‘liqligi: barqaror
rivojlanish uchun global darvoza” shiori ostida xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning konferensiya

qatnashchilariga murojaatnomasini tashqi siyosiy masalalar bo‘yicha maxsus vakili
Abdulaziz Komilov o‘qib eshittirdi. Prezident o‘z murojaatida bugungi kunda dunyoda
yuz berayotgan murakkab geosiyosiy jarayonlar, global iqtisodiy beqarorlik va
zamonaviy tahdidlar mintaqalar va davlatlar o‘rtasida hamjihatlik va o‘zaro manfaatli
sheriklikni kengaytirishni taqozo qilayotganini ta’kidladi.

Markaziy Osiyoning xavfsizlik va barqarorligini ta’minlash, tahdidlarni oldini

olish uchun samarali mexanizmlar ishlab chiqish dolzarb vazifalardan biridir. Bu
mexanizmlar mintaqa davlatlarida fan-texnologiyalar rivojlanishining ustuvor
yo‘nalishlarini aniqlash bilan birga amalga oshirilishi lozim. Muammolarni hal
qilishda hamkorlikdan foydalanish g‘oyasi, yangi imkoniyatlar eshigini ochadi va
hamjihatlikda muammolar yechimini topish imkoniyatini yaratadi.

Geosiyosiy vaziyat o’zgarishlar bilan bog’liq bo’lishi sababli, davlatlar ko‘p

tomonlama

siyosat

yuritishga

intilmoqda.

Mintaqada

yetakchi

davlatlar

manfaatlarining to‘qnashuvi natijasida regional birlashuv amalga oshishiga to‘sqinlik
qilmoqda. Siyosatchilar buni mintaqa yirik davlatlar manfaatlari to‘qnashadigan hudud
sifatida ko‘rib, bu holat muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligi haqida fikr
bildirmoqdalar. Shuning uchun mintaqaviy muvozanatni saqlash uchun bir-biriga
yordam berish va harakat qilish muhimdir.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_5-to’plam_Iyun-2025

252

ISSN:3030-3613

Germaniya bilan aloqalar keng qamrovli va an’anaviy ravishda rivojlanmoqda,

hamkorlik ko‘plab sohalarni qamrab oladi. Mamlakatlar o‘rtasida mustahkam
qonunchilik bazasi mavjud va yuqori darajadagi siyosiy muloqot doimiy ravishda
davom

etmoqda.

2019-yilning

yanvar

oyida

O‘zbekiston

Prezidenti

Sh.Mirziyoyevning Germaniyaga tashrifi davomida bir qator muhim uchrashuvlar
bo‘lib o’tdi. 2019-yil may oyida Germaniya Prezidenti ham O‘zbekistonga tashrif
buyurdi va muzokaralar o‘tkazildi.

O‘zbekistonda nemis madaniyati va tiliga katta qiziqish mavjud, nemis tili eng

mashhur ikkinchi chet tili hisoblanadi. Oliy ta’lim sohasida Germaniyaning 30 dan
ortiq universitetlari bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan, talabalar va professor-
o‘qituvchilar almashinuvi amalga oshirilmoqda. Toshkent va Berlin, Buxoro va Bonn,
Samarqand va Bremen o‘rtasidagi sheriklik aloqalari madaniy-gumanitar aloqalarni
rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi.

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan o‘zaro manfaatli savdo rejalari o‘rnatilgan.

2019-yilda Yevropa davlatlari bilan savdo aylanmasi 4,0 milliard AQSh dollarsini
tashkil etdi. Bu yil ichida eksport 574,5 million AQSh dollarini, import esa 3,42
milliard AQSh dollarini tashkil etdi. O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari
o‘rtasidagi savdo hajmi 2016-yilga nisbatan deyarli 60 foizga o‘sdi va Germaniya
O‘zbekistonning Yevropadagi asosiy savdo-iqtisodiy sheriklaridan biri bo‘lib
qolmoqda.

XULOSA

Mamlakatimiz Yevropa bilan ikki va koʻp tomonlama istiqbolli munosabatlarni

davom ettiradi. Savdo-sotiq, investitsiya va moliya, yuqori texnologiyalar transferi,
ilmfan, texnika, taʼlim, ekologiya, sogʻliqni saqlash va madaniyat sohalaridagi
hamkorlik, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash Oʻzbekiston —
Yevropa munosabatlarining asosiy ustuvor yoʻnalishlari hisoblanadi. O'zbekistonda
tarixiy jihatdan qisqa bir davrda xalqaro rnunosabatlarni yo'lga qo'yish va rivojlantirish
bobida asrlarga arziydigan ishlar amalga oshirildi. O'zbekiston o'zining tinchliksevar,
yaxshi qo'shnichilik, o'zaro foydali hamkorlikka qaratilgan siyosati va faoliyati bilan
butun dunyoga tanildi, jahon hamjamiyatida o'zining munosib o'rnini egalladi, uning
mavqeyi yildan— yilga mustahkamlanib bormoqda.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI (REFERENCES)

1.

Закон Республики Узбекистан «О внешнеэкономической деятельности». //
Экономика и право, 2000. Вып. 10.

2.

Sh. F. Shamsutdinova, F.Sh. Shamsutdinov – “Chet el mamlakatlar soliq tizimi” –
2011

3.

A. Smith – “An Inquiry into the Nature and Causes of the Wealth of Nations” –
1776


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_5-to’plam_Iyun-2025

253

ISSN:3030-3613

4.

O. Olimjonov - “Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida soliq siyosati” – 19924.

5.

Данные Статкомитета Республики Узбекистан.

6.

Акрамов Э. Турецкая модель социально-экономического развития. //
Экономика и статистика, -Ташкент, 1993, -№4.

7.

www.mfer.uz

- O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar,

investitsiyalar va savdo vazirligining rasmiy sayti.

Bibliografik manbalar

Закон Республики Узбекистан «О внешнеэкономической деятельности». //

Экономика и право, 2000. Вып. 10.

Sh. F. Shamsutdinova, F.Sh. Shamsutdinov – “Chet el mamlakatlar soliq tizimi” –

A. Smith – “An Inquiry into the Nature and Causes of the Wealth of Nations” –

O. Olimjonov - “Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida soliq siyosati” – 19924.

Данные Статкомитета Республики Узбекистан.

Акрамов Э. Турецкая модель социально-экономического развития. //

Экономика и статистика, -Ташкент, 1993, -№4.

www.mfer.uz - O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar,

investitsiyalar va savdo vazirligining rasmiy sayti.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари