T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_1-to’plam_Iyun-2025
194
ISSN:3030-3613
BUXORO VILOYATIDA COVID-19 KASALLIGI TARQALISHIDA AHOLI
HUDUDIY TAQSIMLANISHINING TUTGAN O’RNI
Omonov Olimjon Yunusovich
orcid.org/0009-0003-8268-7052
Buxoro Davlat Tibbiyot Instituti
Mavzuning dolzarbligi:
COVID-19 kasalligi qoʻzgʻatuvchisi boʻlgan ogʻir
oʻtkir respirator koronavirus infeksiyasining (SARS-CoV-2) ning tez suratda
tarqalishi, bu kasallik to’g’risidagi nafaqat klinik ma’lumotlarni , balki kasallikning
ijtimoiy xususiyatlarini ham aniqlash zarurligini ko’rsatdi. Butun dunyo bo’ylab
izlanishlar jarayonida COVID-19 kasalligining juda ko’plab ijtimoiy xususiyatlari
aniqlandi. O’z navbatida olib borilgan tadqiqodlar tahlili orqali kasallikning
tarqalishida aholining hududiy ya’ni territorial taqsimlanishining tutgan o’rni juda
muhim ahamiyatga ega ekanligini ko’rish mumkin. Bu tadqiqodda bemorlarning
shahar yoki qishloq aholisiga mansubligi, COVID-19 kasalligining ma’lum bir
regiyonda qanday darajada tarqalganligini va tarqalish xususiyatlarini aniqlashga
imkon beradi. Kasallikning tarqalishida aholi hududiy taqsimlanishning o’rni yuqori
ekanligini oxirgi paytlarda butun dunyo bo’ylab sayohat qilish imkoniyatlarining
qulayligi va turli xil sayohat imkoniyatlarining mavjudligi bilan bog’lash mumkin.
Ayni ana shu sabab dunyo bo’ylab kasallikning yangi shtammlarini tez fursatda
tarqalishiga imkon berdi. Shunday qilib, tarqalib borayotgan SARS-CoV-2
infeksiyasi ko'pincha statistik ma’lumotlarni tartiblash salohiyatiga ega bo'lgan yuqori
resursli sharoitlarda aniqlansada, ularning kelib chiqishi to’liqligicha aniqlanmagan.
Virusga bog’liq bo’lgan ma’lumotlarni nazorat qilishni yanada murakkablashtiradigan
narsa qishloq aholisi orasida tizimli statistik kuzatuvning mavjud emasligi bo’lib
hisoblanadi .
Dunyo bo’ylab o’tkazilgan bir nechta tadqiqotlar shahar va qishloq jamoalari
o'rtasidagi SARS-CoV-2 infeksiyasining territorial tarqalish farqlarini o'rganib chiqdi.
Boshqa virusli kasalliklar bo'yicha oldingi tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, qishloq joylari
shaharlardan farq qiladigan xususiyatlarga ega va yuqumli kasalliklar, jumladan
parotit, gripp va zoonoz kasalliklarning tarixiy manbalari bo'lgan. Qishloq hududlari
2020-yilda COVID-19 pandemiyasining epitsentriga aylangani, ayniqsa AQShning
Oʻrta Gʻarbiy qismida kasallanishning koʻpayishi va yomon oqibatlarga olib kelgani
haqida xabar axborot berilgan.
AQSHda o’tkazilgan tajribalar qishloq aholisi o’rtasida COVID-19 bilan
kasallanish darajasi nisbatan yuqoriroq ekanligini ko’rsatsa , kasallik tarqalish o’chog’i
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_1-to’plam_Iyun-2025
195
ISSN:3030-3613
sifatida qaraladigan Xitoyda o’rkazilgan tadqiqodlar esa shahar aholisi o’rtasida
kasallik tarqalish darajasining yuqori ekanligini ko’rsatadi.
Bu tadqiqodimiz davomida Buxoro viloyatida 2020-2022- yillar davomida
Buxoro viloyat kasalxonasi va Buxoro viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida yotib
davolangan ikki ming ikki nafar bemorni kasallik tarixlari asosida olib retrospektiv
tahlil davomida yashash manziliga ko’ra, ya’ni shahar yoki qishloq aholisiga
mansubligiga binoan kasallik tarqalish darajasini tahlil qildik
Tadqiqod maqsadi:
Buxoro viloyatida COVID-19 kasalligini tarqalishi bilan
aholi territorial taqsimlanishi o’rtasidagi bog’liqlikni, 2020-va 2022-yillarda viloyat
hududida davolangan bemorlarning kasallik tarixlarini retrospektiv tahlil asosida
aniqlash.
Material va metodlar:
Buxoro viloyat kasalxonasi va Viloyat yuqumli
kasalliklar shifoxonasida 2020-2022- yillar davomida davolangan bemorlarning
passpot ma’lumotlari.
Olingan natijalar:
Biz
o’z
tadqiqodimiz davomida Buxoro viloyat kasalxonasi
va Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida 2020-2022- yillar davomida COVID-19
tashxisi bilan davolangan 2002 nafar bemorning passpot ma’lumotlariga asosan
bemorlarning yashash manziliga ko’ra barcha bemorlarni 2 guruhga ajratdik. Bunga
ko’ra 1-guruh shaharda doimiy ro’yxatdan o’tgan aholi bo’sa 2- guruh qishloqda
doimiy ro’yxatdan o’tgan aholi toifasi bo’lib hisoblanadi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_1-to’plam_Iyun-2025
196
ISSN:3030-3613
Ёш чегарасига кура таснифи
Беморлар сони
Фоиз микдори
шаҳар
1104
55.10%
Қишлоқ
898
44.90%
Yuqoridagi jadvaldan ko’rinib turibdiki, Buxoro viloyati hududida COVID-19
kasalligining tarqalishida shahar va qishloq aholisi o’rtasida deyarli tenglikni kuzatish
mumkin. Izoh sifatida aytish mukinki, jami yotib davolangan 2002 nafar bemorning
55%i ya’ni 1104 nafari shaharda yashaydigan aholi sifatida nisbatan ko’proq ulushga
ega bo’lgan. Bemorlarning qolgan 45%i esa son jihatdan gisoblaganda 898 nafari
qishloq aholisi sifatida tasniflangan. O’z navbatida shuni ko’rish mimkinki Buxoro
viloyatida shahar va qishloq aholisi o’rtasida kasallanish darajasi nisbiy tarzda olib
qaraganda shahar aholisi o’rtasida ko’proq uchrashi aniqlandi.
Xulosa:
COVID-19 kasalliging tarqalishida muhim deb hisoblangan ijtimoiy
xususiyatlar orasida aholining hududiy taqsimlanishi alohida ahamiyatga ega.
O’tkazgan tadqiqodimiz davomida Buxoro viloyatida COVID-19 kasalligining
tarqalishi, shahar aholisi o’rtasida o’rtasida qishloq aholisiga nisbatan ko’proq uchradi.
Ya’ni bundan xulosa qilish mumkinki shahar aholisi o’rtasida koronavirus
infeksiyasining tarqalish darjasi yuqori bo’lib hisoblanadi. Bunga sabab tariqasida
shahar aholisi o’rtasida populyatsiya zichligi hisobidan kommunikativ va integrativ
jarayonlarning yuqori ekanligi bilan tushuntiriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Curtin SC, Spencer MR. Trends in death rates in urban and rural areas: United
States, 1999–2019. NCHS Data Brief, no 417. Hyattsville, MD: National Center for
Health Statistics. 2021. DOI: https://dx.doi.org/10.15620/cdc:109049.
2.
Xu JQ, Murphy SL, Kochanek KD, Arias E. Mortality in the United States, 2020.
NCHS Data Brief, no 427. Hyattsville, MD: National Center for Health Statistics.
2021. DOI: https://dx.doi.org/ 10.15620/cdc:112079.
3.
Ingram DD, Franco SJ. 2013 NCHS urban–rural classification scheme for counties.
National Center for Health Statistics. Vital Health Stat 2(166). 2014.
4.
Ullrich F, Mueller K. COVID-19 Cases and deaths, metropolitan and
nonmetropolitan counties over time (update). Iowa City, IA: RUPRI Center for
Rural Health Policy Analysis. 2022. Available from: https://rupri.public-
health.uiowa.edu/publications/policybriefs/2020/
COVID%20Longitudinal%20Data.pdf.
5.
Centers for Disease Control and Prevention. CDC WONDER. About underlying
cause of death, 1999–2020. 2022. Available from: https://wonder.cdc.gov/ucd-
icd10.html.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_1-to’plam_Iyun-2025
197
ISSN:3030-3613
6.
Murphy SL, Xu JQ, Kochannek KD. Arias E. Deaths: Final data for 2019. National
Vital Statistics Reports; vol 70 no 8. Hyattsville, MD: National Center for Health
Statistics. 2021. DOI: https://dx.doi.org/10.15620/cdc:106058.
7.
World Health Organization. International statistical classification of diseases and
related health problems, 10th revision. 2008 ed. 2009
8.
Davies Nicholas, G. et al. Estimated transmissibility and impact of SARS-CoV- 2
lineage B.1.1.7 in England. Science 372, eabg3055 (2021).
9.
Allen H. et al. Household transmission of COVID-19 cases associated with SARS
CoV-2 delta variant (B.1.617.2): national case-control study. The Lancet Regional
Health – Europe.
10.
Meo, S. A., Meo, A. S., Al-Jassir, F. F. & Klonoff, D. C. Omicron SARS-CoV-2
new variant: global prevalence and biological and clinical characteristics. Eur. Rev.
Med. Pharmacol. Sci. 25, 8012–8018 (2021).
11.
Planas, D. et al. Sensitivity of infectious SARS-CoV-2 B.1.1.7 and B.1.351 variants
to neutralizing antibodies. Nat. Med. 27, 917–924 (2021).
12.
Madhi, S. A. et al. Efficacy of the ChAdOx1 nCoV-19 Covid-19 Vaccine against
the B.1.351 Variant. N. Engl. J. Med. 384, 1885–1898 (2021).
13.
Jangra, S. et al. SARS-CoV-2 spike E484K mutation reduces antidiv
neutralisation. Lancet Microbe 2, e283–e284 (2021).
14.
Chia P. Y. et al. Virological and serological kinetics of SARS-CoV-2 Delta variant
vaccine-breakthrough
infections:
a
multi-center
cohort
study.
2021:
2021.07.28.21261295
15.
Araf, Y. et al. Omicron variant of SARS-CoV-2: Genomics, transmissibility, and
responses to current COVID-19 vaccines. J. Med. Virol. 94, 1825–1832 (2022).
16.
SARS-CoV-2 variants of concern as of 4 August 2022. August 5, 2022. https://
www.ecdc.europa.eu/en/covid-19/variants-concern (accessed August 9, 2022