T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_1-to’plam_Iyun-2025
288
ISSN:3030-3613
HUVAYDO IJODIGA QUR’ON VA HADISLAR TA’SIRI
Zaripova Dilfuza Baxtiyorovna
Ichki ishlar vazirligi
Buxoro akademik litseyi
Filologiya fanlari bo‘yicha
falsafa doktori (PhD), dotsent
Annotatsiya.
Mazkur maqolada Xojanazar Huvaydoning adabiy merosi Qur’on
oyatlari va hadislar asosida tahlil qilinadi. Muallif Huvaydo asarlarida islomiy
manbalar, xususan, Qur’on va hadislarning badiiy va ma’naviy-ta’siriy qatlamini
o‘rganadi. Adibning diniy bilimlarga ega bo‘lgani, shuningdek, diniy-ma’rifiy
mazmundagi g‘oyalarni o‘z asarlarida teran yoritgani ilmiy asoslar bilan ko‘rsatib
beriladi. Maqolada Huvaydoning “Rohati dil” asaridagi diniy terminlar, Qur’on
qissalari, hadis mazmunlari bilan bog‘liq obrazlar misollar orqali tahlil etiladi. Bu
yondashuv adibning ilohiy manbalar bilan bog‘liqligini ochib beradi va uning
asarlarida Qur’oni karim va hadislarning ahamiyatini yoritadi.
Kalit so‘zlar:
Qur’on, hadis, tasavvuf, diniy obrazlar, g‘azal, diniy-ma’rifiy
g‘oyalar, ilohiy manbalar.
Har qanday zamonda ham farzand tarbiyasi tarbiyachilarning muqaddas burchi
bo‘lib kelgan. Farzandning tarbiyasi ota-onadan katta jismoniy va ruhiy kuch talab
qiladi. Farzand kamolotga yеtguncha tarbiyalash, turmush qurish, mustaqil hayotini
yo‘lga qo‘yish, tinch va xotirjam yashash, o‘zini to‘g‘ri tutish bo‘yicha ota-ona
maslahatlar berish kerak. Voyaga etgan bola esa ota-onasiga hurmat va ehtirom
ko‘rsatishi kerak. Agar ota-onalar kasal bo‘lib qolsa, bolalar har doim mehribon
bo‘lishlari va bemor uchun zarur bo‘lgan hamma narsani qilishlari kerak. Huvaydo
aytganidek, insonning ota-onasi oldidagi xizmatini faqat qarzini qaytarish ehtiyoji deb
hisoblash mutlaqo noto‘g‘ri.
“Ota-onasini kim og‘ritibdur
Xudoning rahmatidin benasibdur”
(“Rohati dil”. –B.69)
(Kim ota-onasini ranjitgan bo‘lsa, u kishi Xudoning rahmatidan benasib bo‘ladi”.
Bu – ota-onaga hurmat qilish, ularni xafa qilmaslik haqida ogohlantiruvchi hikmatli
so‘zdir. Ota-onaning roziligi Xudoning roziligidir, degan yuksak axloqiy qadriyatni
aks ettiradi.
“Ota-onasini og‘ritgan ummat,
Alar hargiz behisht diydori ko‘rmas”.
(“Rohati dil”. –B.69)
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_1-to’plam_Iyun-2025
289
ISSN:3030-3613
(Kimki ota-onasini ranjitgan bo‘lsa, u kishi hech qachon jannatni ko‘rmaydi).
“Bo‘lubdur volidam ham saxti noxush,
Alarning boshlarin olub ba og‘ush.
Alarga dam-badam men suv berurman,
Necha kundur bu xizmatni qilurman,
Haqqi manda alarming qolmag‘ay deb,
Mabodo rozi mandan bo‘lmag‘ay deb,
Dedi payg‘ambari bahri shafoat,
Muningdek aylasang sad sol xizmat,
Ado bo‘lmasturur o‘ndan birisi,
Alarning rizosi, Tangri rizosi”.
(“Rohati dil”. –B.56)
(Onam og‘ir kasal bo‘lib qoldi, boshlarini quchoqlab yig‘ladim. Har daqiqa suv
berdim, qarzdor qolmayin deb, mendan rozi bo‘lsin deb, qancha kun qaradim.
Payg‘ambar dedi:
“
Yuz yil xizmat qilishing kerak, bu xizmating o‘ndan biriga ham
еtmaydi”,− dedi. Ota-onaning roziligi Allohning roziligidir
).
Huvaydo ota-onaga xizmat qilish yuksak axloqiy fazilat ekanligini tinimsiz
singdirib boradi, ularni hamisha bir-birini sevishga chorlaydi.
Qur’oni karimda ota-ona roziligi eng muhim axloqiy va diniy burchlardan biri
sifatida ta’kidlanadi. Alloh taolo bir necha oyatlarda O‘ziga ibodat qilish bilan bir
qatorda ota-onaga yaxshilik qilishni amr etgan. Bu shuni ko‘rsatadiki, ota-onaga
hurmat va itoat, ularning roziligini olish – islom dinida eng yuksak fazilatlardan biridir.
Quyida Qur’onda ota-ona roziligi haqida aytilgan asosiy oyatlar keltiriladi:
“
Rabbing faqat O‘zigagina ibodat qilishingizni va ota-onaga yaxshilik qilishingizni
amr etdi...”
(Isro surasi, 23-oyat)
Bu oyatda Allohga ibodat qilish va ota-onaga yaxshilik qilish yonma-yon tilga
olinmoqda – bu ulug‘lik va muqaddaslik darajasini ko‘rsatadi.
“...Ularning biri yoki har ikkisi huzuringda qarilikka еtsa, ularga “uf” (deyish)
ham demang, ularni jerkimang va ularga yumshoq, go‘zal so‘z
ayting!”
(Isro surasi,
23-oyat).
Bu oyatda ota-onaga hatto “uf” degan eng yеngil
e’tirozli so‘z aytish ham
man etilmoqda. Bu ota-onaga nisbatan muloyimlik va hurmatning eng yuksak
darajasini talab qiladi.
“Va ularga rahm qilgin, meni kichikligimda parvarish qilganlaridek (deya duo
qilgin”
(Isro surasi, 24-oyat).
Bu oyatda ota-onani hurmat qilish bilan birga ular uchun
rahmat tilash, ularning mehnatini qadrlab duo qilish buyriladi.
Qur’oni karimda ota-onaning roziligi – Ollohning roziligi bilan bog‘langan.
Ularning xizmatini qilish, duo qilish, ularni hech ranjitmaslik, ayniqsa, qariganda
g‘amxo‘rlik qilish – musulmonning asosiy burchlaridandir. Ota-onani ranjitish esa
og‘ir gunoh hisoblanadi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_1-to’plam_Iyun-2025
290
ISSN:3030-3613
Hadislarda ham ota-ona roziligi haqida juda ko‘plab ta’kidlar mavjud bo‘lib,
ularning mazmuni shuni anglatadiki: Ollohning roziligi ota-onaning roziligi bilan,
Ollohning g‘azabi esa ota-onaning g‘azabi bilan bog‘liqdir. Quyida eng mashhur va
mazmunli hadislardan namunalar keltiramiz:
“Allohning roziligi ota-onaning roziligidadir, Allohning g‘azabi esa ota-onaning
g‘azabidadir”.
Bu hadis ota-onani rozi qilish orqali Allohni rozi qilish mumkinligini aniq
ko‘rsatadi.
Bir kishi Rasululloh (s.a.v.)dan so‘radi:
“Eng ko‘p yaxshilik qiladigan kimsam kim?”
Rasululloh dedilar:
– “Onang.”
So‘radi:
– “Keyin kim?”
Dedilar:
– “Onang.”
“Keyin-chi?”
–“Onang”
–“Keyin-chi?”
–“Otang”
1
Bu hadis onaning haqqi va mehnatini uch marta ta’kidlab, uning roziligi ayniqsa
muhim ekanini bildiradi.
“Ota-onasi (yoki ularning biri) qariganda oldida bo‘lib, (ularga xizmat
qilmasdan) jannatga kirmagan odamning burni еrga ishqalsin (ya’ni halokatda
bo‘lsin)!”
2
Bu hadis ota-onaning xizmatida bo‘lish – jannatga sabab, e’tiborsizlik esa
halokat sababidir.
“Katta gunohlar orasida Allohga shirk keltirish va ota-onaga osiy bo‘lishdir.”
(Buxoriy, “Al- adab al-mufrad”. –B.53)
Shu bilan birga, boshqa hadisda Rasululloh (s.a.v.) aytganlar: “Ota-onaga yaxshilik
qilish umrni ziyoda qiladi, rizqni kengaytiradi.”
(Buxoriy, “Al- adab al-mufrad”. –
B.49)
Hadislar ota-ona roziligini Allohning roziligi bilan bevosita bog‘laydi. Ota-
onaga yaxshilik qilish, ularni rozi qilish, xizmatda bo‘lish – musulmon uchun eng
savobli va zarur amallardan biridir. Ularni ranjitish esa eng katta gunohlardan biri
sanaladi. Huvaydo ana shu g‘oyalarni o‘z asariga olib kirdi. Qur’on va hadislardan
foydalanib, “Rohati dil”ni o‘z kitobxoniga еtkaza oldi.
1
Al Buxoriy. Al adab al-mufrad.–T.:Movorounnahr, 2006. –B.55
2
O‘sha asar. –B.55.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_1-to’plam_Iyun-2025
291
ISSN:3030-3613
“Rohati dil”da tarbiya bilan bog‘liq holda hayo, xushmuomalalik, rostgo‘ylik,
insonning jismonan kamchiliklari ustidan kulmaslik, chunki bu unga bog‘liq emasligi,
har kimda ham shunga o‘xshash kamchiliklar paydo bo‘lishi mumkinligi haqida so‘z
yuritiladi:
“Kishining aybi bo‘lsa, kulma zinhor,
Sening aybingga ham kulguvchilar bor”.
(Rohati dil. –B.73)
Yuqoridagi bayt adibning folklorizmlardan unumli foydalanganligini isbotlaydi.
Didaktik asarlarning badiiy qiymatini, albatta, xalq maqollari oshiradi. Huvaydo ham
bu usuldan unumli foydalangan.
Og‘izdan ko‘pik chiqib ko‘p gapirish ham yomon odob hisoblanadi. Oz va yaxshi
gapiradigan odam, uni bezatadi. Ko‘p gapiradigan kishi odamlardan haqorat eshitishi
va uyatga tushishi mumkin:
“Kishi ko‘p so‘zlasa tortar azani,
Eshitur xalq aro ko‘p nosazoni
Sanga ko‘p so‘zlamaklik na fond,
Bo‘lar ko‘p so‘zlasang g‘iybatga oid”
(Rohati dil. –B.73).
(Ko‘p gapiradigan odam xalqdan ko‘p norozilik eshitadi, ko‘p gap bu g‘iybat
hisoblanadi ).
Jamiyatda doimo yolg‘on gapiradigan va o‘z so‘zida turolmaydigan odamlar
ham bor. Adib bunday kishilar haqida biror narsani ishonib topshirsang, xiyonat bilan
javob berishini aytadi, ulardan ehtiyot bo‘lishni maslahat beradi. Bog‘bon daraxtning
mevali shoxlarini yaxshi ko‘radi, ularni avaylab asraydi, qiyshiq va unsiz novdalarini
rahm-shafqatsiz kesadi. Jamiyatda voz kechuvchi va yolg‘onchilarga nisbatan
munosabat bunday emas. Firibgarlik hech qachon oshkor etilmaydi, ertami-kechmi bu
sir oshkor bo‘ladi, deb umid qilish soddalikdir. Shunday ekan, yoshlikdan
rostgo‘ylikka ko‘nikish, kerakli ko‘nikmalarni egallash zarur.
Umuman olganda, Xojanazar Huvaydoning ijodida Qur’on va hadislarning
ta’siri chuqur va sezilarlidir. U o‘z davrining diniy-ma’rifiy muhitida yetishgan,
tasavvufiy va axloqiy g‘oyalarga boy she’riyati orqali Qur’on oyatlari va hadislar
mazmunini badiiy ifoda etgan. Adibning ijodiy merosi Qur’on va hadislarning badiiy
talqinidir. U Qur’on va sunnatdagi ma’naviy-axloqiy g‘oyalarni chuqur anglab, ularni
xalq tilida, xalqona ruhda va chuqur tasavvufiy-falsafiy mazmunda ifoda etgan. Bu
jihatlar uning she’riyatini faqat adabiy emas, balki diniy-ma’rifiy meros sifatida ham
qadrlashga asos beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Qur’oni karim. (Alouddin Mansur tarjimasi). –T.: Movorounnahr, 2019. –B.142.
2.
Al Buxoriy. Al adab al-mufrad.–T.:Movorounnahr, 2006. –B.55
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_1-to’plam_Iyun-2025
292
ISSN:3030-3613
3.
A.Худойбердиев. Жизнь и творчества Ходжаназара Хувайдо. –дисс.кан.наук.
–С.163.
4.
Huvaydo. Devon. (Nashrga tayyorlovchi: Q.Ro‘zimatzoda). –T.: Yangi asr avlodi,
2017. –B.9.
5.
Huvaydo. Rohati dil. –T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1994.
6.
Zaripova, D. (2023). Khojanazar Huvaido is a major representative of uzbek
classical literature.
Science and innovation
,
2
(b1), 124-126
7.
Bakhtiorovna, Z. D. (2023). HISTORY OF THE HUVAYDO’S WORKS
STUDY.
EPRA International Journal of Multidisciplinary Research (IJMR)
,
9
(10),
4-7.