Annotatsiya. Mazkur maqolada Xojanazar Huvaydoning adabiy merosi Qur’on
oyatlari va hadislar asosida tahlil qilinadi. Muallif Huvaydo asarlarida islomiy
manbalar, xususan, Qur’on va hadislarning badiiy va ma’naviy-ta’siriy qatlamini
o‘rganadi. Adibning diniy bilimlarga ega bo‘lgani, shuningdek, diniy-ma’rifiy
mazmundagi g‘oyalarni o‘z asarlarida teran yoritgani ilmiy asoslar bilan ko‘rsatib
beriladi. Maqolada Huvaydoning “Rohati dil” asaridagi diniy terminlar, Qur’on
qissalari, hadis mazmunlari bilan bog‘liq obrazlar misollar orqali tahlil etiladi. Bu
yondashuv adibning ilohiy manbalar bilan bog‘liqligini ochib beradi va uning
asarlarida Qur’oni karim va hadislarning ahamiyatini yoritadi.