T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_2-to’plam_Iyun-2025
137
ISSN:3030-3613
ARAB VA O‘ZBEK TILLARIDAGI FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING
TARJIMASI: MUAMMOLAR, USULLAR VA MADANIY TAFOVUTLAR
Zamira Z.Tojiyeva
O‘qituvchi. Arab tili tarjima nazariyasi
va amaliyoti kafedrasi O‘zbekiston davlat
jahon tillari universiteti O‘zbekiston
Najimova Ozoda Baxrom qizi
Talaba . Arab tili tarjima nazariyasi
va amaliyoti kafedrasi O‘zbekiston davlat
jahon tillari universiteti O‘zbekiston
ANNOTATSIYA
Mustaqillikka erishilgach, yurtimizda islomshunoslik,
dinshunoslik sohalariga, shuningdek, arab tili va boshqa sharq tillari, sharq xalqlari
madaniyatini o‘rganishga bo‘lgan e’tibor yanada kuchayib, ushbu yo‘nalishlarda bir
qancha tadqiqot ishlari olib borildi. Bu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarning
jadallashuvi va takomillashuviga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan
chiqarilgan farmon va qarorlar ham turtki bo‘ldi. Bu sohada qator qonun hujjatlari va
hukumat qarorlarini qabul qilinganligi fikrimizning yaqqol isbotidir. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyayevning 2020-yil 16-apreldagi “Sharqshunoslik
sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatini
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (PQ-4680) qarorini qabul qilganlari
yurtimizdagi sharq tillariga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirdi.
1
Quyida maqolada arab tilidagi frazeologizmlarning o‘zbek tiliga tarjimasiga
doir holatlarni ko‘rib chiqamiz.
Arab tili qadimiy va ko‘p sonli xalqning tili ekanlgi barchaga ayon. Ekvivalenti
bo‘lmagan frazeologik bırlıklarını tarjima qilishda biz kuzatish, tavsifiy tarjima, leksik
tarjima va qo‘shma tarjima usullaridan foydalanamiz.
“Idiomatik kuzatishlar o‘zlashtirilgan til orqali chet tili prototiplarining (
idiomatik bırlıklar) to‘liq yoki o‘zgartirilgan tuzilishi va ma’nosi natijasida vujudga
keladigan frazeologik bırlıklardır. Ekvivalenti mavjud bo‘lmagan frazeologik
birliklarni tarjima qilishda, iborani boshqa tarjima turlaridan foydalanib tarjima qilish
mumkin bo‘lmaganda yoki boshqa tilda bir xil ma’noga ega frazeologik bırlık mavjud
bo‘lsa-yu, lekin undan foydalanish iboraning buzilishiga olib kelsa, tarjima jarayonida
1
www.lex.uz
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_2-to’plam_Iyun-2025
138
ISSN:3030-3613
o‘z mazmunini yo‘qotadi. Bunday hollarda tarjimonda juda katta mahorat va tajriba
talab qilinadi va tarjimon idiomatik kuzatish orqaligina bu muammoga yechim topa
oladi.
Qo‘shma tarjima jarayonida esa asl frazeologik birlikning boshqa tildagi
ma’nosini to‘liq yetkazish va uni tarjima qilish uchun barcha mavjud imkoniyatlarni
taqdim etish muhimdir. Odatda, qo‘shma tarjimadan foydalanilganda frazeologik
birlikni tushuntiruvchi tavsifiy tarjima berilishi maqsadga muvofiqdir.
Binobarin arab tilidagi frazeologik birliklarini o‘zbek tiliga tarjima qilayotganda
kontekstni tahlil qila bilish, tarjima qilinayotgan xalqning tarıxı, madaniyatı, turmushi
va urf-odatlarini chuqur o‘rganish, shuningdek frazeologik birlikni o‘z tiliga tarjima
qila olish lozim.
R.A.Yusupov esa o‘zining tadqiqotlarida ekvivalenti bo‘lmagan frazeologik
birliklarga: “Boshqa til modeli asosida ilgari noma’lum bo‘lgan tushunchani belgilash”
deb ta’rif beradi.
2
Shuningdek ularni ma’no jihatidan guruhlari, tuzilishiga ko‘ra usullari va tarjima
qilish usullari kabilarga qarab ham tadbiq qilinadi. Ularni bilish iboraning asl
mohiyatini tushunishda yordam beradi.
Frazeologik iboralarning ma’no jihatidan quyidagi guruhlari farqlanadi:
- Idiomatik frazeologizmlar (Idiomalar): Bu guruhdagi iboralar so‘zma-so‘z
tarjima qilinganda mutlaqo boshqa ma’no kasb etadi va ularning ma’nosi butunlay
o‘zgaradi. Masalan, “boshi osmonga yetdi” (juda xursand bo‘ldi), “qo‘li ochiq”
(saxiy). Bunday iboralarning ma’nosi komponent so‘zlarining ma’nosidan kelib
chiqmaydi.
- Semi-idiomatik: ayrim komponentlarning leksik ma’nosi saqlanib qolgan,
lekin ibora to‘liq ko‘chma ma’noni anglatadigan birliklar. Bu turdagi iboralar
tarkibidagi so‘zlardan biri o‘z ma’nosini qisman yo‘qotgan bo‘ladi, lekin iboraning
umumiy ma’nosini taxmin qilish mumkin. Masalan, “so‘z bermoq” (va’da bermoq),
“e’tibor bermoq” (diqqat qilmoq), “ko‘z tashlamoq” (bir oz qaramoq). Bu yerda
“bermoq” fe’li o‘zining “nimanidir birovga uzatmoq” ma’nosini to‘liq saqlamaydi.
- Frazeologik qo‘shilmalar: Bu guruhga kiruvchi iboralar erkin so‘z
birikmalariga juda o‘xshab ketadi, ammo ularning tarkibida bir so‘z o‘zining asl
ma’nosini qisman saqlagan holda barqaror birikma hosil qiladi. Masalan, “ochiq eshik”
(doim mehmonlarga ochiq), “qattiq non” (eski, qotib qolgan non). Bu turdagi
iboralarda komponentlarning ma’nosi umumiy ma’noga nisbatan yaqinroq bo‘ladi.
- Frazeologik ifodalar: Bu iboralar odatda aforizmlar, maqollar, hikmatli so‘zlar
va qanotli iboralardan iborat bo‘ladi. Ular ko‘pincha o‘zgarishsiz ishlatiladi va ularning
2
Yusupov R.A. Rus va tatar tillarining leksik va frazeologik vositalari. – Qozon: Tatar. – 255b
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_2-to’plam_Iyun-2025
139
ISSN:3030-3613
ma‘nosi odatda komponent so‘zlarning ma‘nosidan aniq bo‘ladi. Masalan, “Yetti
o‘lchab bir kes” (biror ishni boshlashdan oldin yaxshilab o‘ylab ko‘rish kerak), “Bilim
– kuch” (bilimning qadr-qimmati).
Frazeologik iboralarning tuzilishiga ko‘ra usullari quyidagicha tavsiflanadi:
- Sintaktik tuzilishga ko‘ra:
So‘z birikmalari shaklida: Aksariyat frazeologik iboralar so‘z birikmalari
shaklida bo‘ladi (ot+fe’l, sifat+ot, ot+ot va boshqalar). Masalan, “qo‘lga kiritmoq”,
“oq oltin”, “jonidan o‘tdi”.
Gap shaklida: Ba’zi frazeologik iboralar gap shaklida bo‘lib, tugallangan fikrni
ifodalaydi. Masalan, “Quloq sol, ey devona, bo‘lmagaysan begona”.
Qo‘shma gap shaklida: Kamdan-kam hollarda frazeologik iboralar qo‘shma
gap shaklida ham uchraydi. Masalan, “Kimki mehnat qilsa, rohat ko‘rar”.
So‘z turkumiga ko‘ra:
Frazeologik iboralar asosan fe’l, ot, sifat, ravish frazeologik iboralariga
bo‘linadi. Bu ularning gapdagi vazifasini belgilaydi.
Fe’lli frazeologik iboralar: “Bosh og‘ritmoq” (bezovta qilmoq), “ko‘z
yummoq” (e‘tiborsiz qoldirmoq).
Sifat so‘z turkumi bilan ifodalangan frazeologik iboralar: “Tili qisqa” (notiq
bo‘lmagan), “yuragi toza” (pokiza).
Ravish so‘z turkumi bilan ifodalangan frazeologik iboralar: “Ko‘z ochib
yumguncha” (juda tez), “bir yo‘la” (darhol).
Yuqorida biz frazeologiyani fan sifatida shakllanib, tilshunos olimlarning ushbu
yo‘nalishda olib borgan ilmiy-tadqiqot ishlari, frazaeologik birliklarning tuzilishi,
ma’nosi va tarjima qilish usullari haqida mulohaza yuritdik. Endi esa tilshunos
olimlarning olib borgan tadqiqotlari asosida arab va o‘zbek tillaridagi frazeologiyalarni
tarjima qilishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammo va qiyinchiliklar ustida
to‘xtalib o‘tamiz. Frazeologik birliklarni o‘rganish jarayoni, ayniqsa ikki yoki undan
ortiq til materiallarini qiyosiy tahlil qilish doirasida olib borilsa, muayyan lingvistik,
madaniy va tarjimaviy muammolarni yuzaga keltiradi. Shu o‘rinda rus tilshunos olimi
V.N.Kommisarov tomonidan berilgan tasnif asosida ishlab chiqilgan klassifikatsiyaga
e’tiborimizni qaratamiz. O‘zining ko‘p yillik izlanishlari orqali bergan quyidagi izohi
hali hamon o‘zini oqlamoqda: “Ikki tilni mukammal egasi bo‘lish bu mukammal
tarjimon dagani emas va albatta ikki tilni mukammal egasi bo‘lish bu o‘sha tilga oid
bo‘lgan barcha sohasidagi matn va utqni nutqni to‘liq mukammal tarjima qildi degani
emas. Tarjimon nafaqat tilni mukammal egallay olgan balki o‘sha xalqning yashash
tarzi,
madaniyati
va
urf-odatlarini
mukammal egallay olishi shart.”
3
V.N.Kommisarovning tadqiqotlari va bergan fikrlari asosida frazeologik birliklarni
3
O‘rinboyev B. O‘zbek tilshunosligi tarixi. Samarqand: SamDU, 1999. – 80b.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_2-to’plam_Iyun-2025
140
ISSN:3030-3613
tarjima qilishdagi muammolar o‘rganilgan. Arab va o‘zbek frazeologik tizimlarining
strukturaviy va semantik o‘ziga xosliklari ularni tadqiq etishda hamda tarjima
jarayonida quyidagi qiyinchiliklarga sabab bo‘ladi:
1. Semantik tafovutlar - Arab va o‘zbek frazeologizmlarining ko‘plab qismi
semantik jihatdan bir-biriga mos kelmaydi. Ya’ni, ular bir xil voqelikni ifodalasa ham,
ma’no soyasida farqlar mavjud. Masalan, o‘zbek tilidagi “ko‘z oldi qorong‘ilashmoq”
iborasi (keskin qo‘rquv, vahima holati) arab tilida to‘g‘ridan-to‘g‘ri mos kelmaydi,
ammo unga yaqin ma’no “ ِهْيَلَع َيِشَغ” (hushini yo‘qotdi) tarzida ifodalanadi.
4
2. Obrazlilikning turfa xususiyati - Frazeologizmlar ko‘pincha milliy obrazlarga
asoslanadi. Masalan, frazeologik iboralarda o‘sha xalqning madaniyati, ijtimoiy kelib
chiqishi, ular hayotidagi muhim ashyolarga oid so‘zlar keng qo‘llaniladi. Arab tilida
cho‘l, quyosh, suv, devon (rasmiy idora) kabi tushunchalar obrazlilik markazida tursa,
o‘zbek tilida esa qishloq hayoti, inson a’zolari, hayvonot dunyosi obrazlariga
tayaniladi. Masalan, arab tilidagi “ ةَّيِوَط ىَلَع ُتيِبَي” (och yotish) iborasi bevosita obrazli
ifoda bo‘lib, o‘zbek tilida “qorni och yotmoq” sifatida izohlab beriladi, ammo bu ibora
o‘zbek tilida frazeologiya sifatida qabul qilinmaydi.
3. Madaniy-diniy asoslar - Arab tilida Qur’on va Hadis asosida shakllangan
ko‘plab frazeologik birliklar mavjud bo‘lib, ularni o‘zbek tiliga tarjima qilishda diniy
yoki tarixiy kontekstni ham inobatga olish talab etiladi. Masalan, “ ِةَّنَجْلا ِبا َوْبَأ ْنِم ُلُخْدَي
ِةَعْبَّسلا” (jannatning yetti eshigidan kiradi) iborasi o‘zbek tilida diniy ma’noni
tushunmaydigan auditoriya uchun tushunarsiz bo‘lishi mumkin.
4. Turg‘unlik darajasidagi farqlar - ba’zi frazeologik birliklar o‘zbek tilida keng
qo‘llanilib, arab tilida esa ular turg‘un birikma shaklida emas balki leksik birlik sifatida
mavjud bo‘lib, turg‘un ibora sifatida tan olinmaydi. Shu sababli, arab tilidagi ko‘plab
iboralarni frazeologik birlik sifatida tahlil qila olmaymiz. Ularni tarjima qilish
jarayonida ham tarjimondan ehtiyotkor bo‘lish talab etiladi.
5. Ekvivalent topishdagi murakkablik – tarjima qilayotganimizda o‘zbek tilidagi
ayrim iboralarga arab tilida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekvivalent topish qiyin. Masalan, “gap
og‘zidan chiqib ketdi” iborasi (tasodifan aytib qo‘yish) arab tilida “ا ًوْهَس ِهِب َه َّوَفَت” (uni
bexos aytdi) tarzida ifodalanadi, ammo bu jumla frazeologik birlik emas, balki
sintaktik ifodadir. Ayrim holatlarda frazelogik ibora oddiy so‘z shaklida ba’zida oddiy
so‘z birikmasi yoki jumlani tarjima qilinayotgan tilda ibora shaklida qo‘llash tarjima
mazmuniga ko‘proq mos kelishi ham kuzatiladi.
6. Pragmatik va uslubiy farqlar – bir tilda mavjud ibora manbaa tilda norasmiy
va tarjima qilinayotgan tilda rasmiy holatda qo‘llanilishi ham mumkin. Masalan, arab
va o‘zbek tilida bir xil vaziyatni ifodalovchi frazeologizmlar nutq uslubi jihatidan har
xil darajada rasmiy yoki norasmiy bo‘lishi mumkin. Masalan, o‘zbek tilidagi “boshi
4
https://conference.uzswlu.uz/conf/article/download/221/276/336
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_2-to’plam_Iyun-2025
141
ISSN:3030-3613
berk ko‘cha” (umidsiz holat) iborasi norasmiy nutqda ishlatilsa, arab tilidagi mos ifoda
“ ٌدوُدْسَم ٌقي ِرَط” yozma nutq kontekstida ishlatiladi.
5
Arab va o‘zbek frazeologiyasini o‘rganishda yuqoridagi muammolar ularning
lingvistik tizimlaridagi tub farqlar bilan bog‘liq bo‘lib, har ikki tilga oid frazeologik
birliklarning strukturaviy, semantik va funksional tahlilini talab etadi. Bu
qiyinchiliklarni yengib o‘tish uchun tadqiqotchidan chuqur tilshunoslik bilimlari bilan
birga, madaniyatshunoslik, diniy manbalarni tahlil qilish ko‘nikmasi ham talab etiladi.
Frazeologik birliklar tarjimasi nafaqat lug‘aviy muvofiqlikni, balki ularning
kontekstual va madaniy ahamiyatini ham hisobga olishni taqozo etadi.
Xulosa
O‘rganilgan adabiyotlar va tilshunos olimlarning izlanishlari asosida shunday
xulosa qilish mumkinki, frazeologizmlar alohida shakllangan til birliklari hisoblanadi
va ular oddiy so‘zlardan deyarli farq qilmaydi. Iboralar gapda alohida ma’no
ifodalovchi, alohida gap bo‘lagi sifatida keluvchi oddiy so‘zlar bilan tengdir. Shu
sababli tarjimon ularni erkin birikma sifatida qabul qiladi va so‘z sifatida tarjima qiladi.
Tarjima qilingan hamma frazeologik birliklar ibora shaklida tarjima qilinishi kerak
yoki, stilistik jihatdan asl nusxasiga yaqinlashtirilgan holatda ifodalanishi kerak. Ya’ni,
frazeologizmlarning tarjimasida ularning ma’nosini har doim frazeologizm orqali
ifodalashga harakat qilish va bu jarayonda iboralarning obrazlilik xususiyati hisobga
olish zarur. Iboraning milliy xususiyatini buzmagan holda tarjima qilinayotgan tildagi
iboraga ham huddi shu kabi milliylik bera olish kerak. Bu narsa tarjima qilinayotgan
matn mazmunidagi o‘ziga xoslikni, bo‘yoqdorligini saqlab qolinishini va asarning
o‘quvchi qalbiga aslidagidek yetib borishini ta’minlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
G‘.Rahimov. Tarjima nazariyasi va amaliyoti. – “Davlat ilmiy nashriyoti”, 2016 –
116 b
2.
Soloduxo E.M. Frazeologiyalar nazariyasi. – Qozon.1989. – 265b.
3.
“ةيوغللا قورفلا” Al-Furooq ul-lughawiyya. Abu Hilal al-Askari. Arabic Language
booksbylanguage_arabic; booksbylanguage. 2017.06.12.
4.
I.G‘ofurov,
O.Mo‘minov,
N.Qambarov
Tarjima
nazariyasi
Tafakkur
bo‘stoni: Toshkent – 2012. 154b.
5.
6.
7.
https://researchedu.org/index.php/openscholar/article/view/5355
5
I.G‘ofurov, O.Mo‘minov, N.Qambarov Tarjima nazariyasi Tafakkur bo‘stoni: Toshkent – 2012. 154b.