Mualliflar

  • Xaydarova Dilafruz Zakirovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.112288

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: diplomatik til diplomatik termin semantik tahlil tarjima nazariyasi pragmalingvistika xalqaro munosabatlar diplomatik matnlar tilshunoslik korpus lingvistikasi madaniyatlararo kommunikatsiya.

Annotasiya

Annotatsiya. Mazkur maqolada diplomatik terminologiyaning mazmun-mohiyati, lingvistik xususiyatlari hamda ularni tadqiq etishning uslubiy asoslari tahlil qilingan. Muallif semantik, pragmatik, tarjimaviy va korpush asosidagi yondashuvlar orqali diplomatik atamalarning chuqur tahlilini beradi. Diplomatik terminlar evolyutsiyasi, yangi siyosiy vaziyatlarda paydo bo‘layotgan iboralar va ularni o‘rganishdagi zamonaviy texnologiyalar roli yoritilgan. Shuningdek, maqolada diplomatik terminologiyani tadqiq qilishning istiqbollari, xususan sun’iy intellekt, madaniyatlararo kommunikatsiya va standartlashtirish bilan bog‘liq yo‘nalishlar ko‘rsatilgan.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

368

ISSN:3030-3613

DIPLOMATIK TERMINLARNI TADQIQ QILISHNING USLUBIY

ASOSLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Xaydarova Dilafruz Zakirovna

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti katta o‘qituvchisi

Annotatsiya.

Mazkur maqolada diplomatik terminologiyaning mazmun-

mohiyati, lingvistik xususiyatlari hamda ularni tadqiq etishning uslubiy asoslari tahlil
qilingan. Muallif semantik, pragmatik, tarjimaviy va korpush asosidagi yondashuvlar
orqali diplomatik atamalarning chuqur tahlilini beradi. Diplomatik terminlar
evolyutsiyasi, yangi siyosiy vaziyatlarda paydo bo‘layotgan iboralar va ularni
o‘rganishdagi zamonaviy texnologiyalar roli yoritilgan. Shuningdek, maqolada
diplomatik terminologiyani tadqiq qilishning istiqbollari, xususan sun’iy intellekt,
madaniyatlararo kommunikatsiya va standartlashtirish bilan bog‘liq yo‘nalishlar
ko‘rsatilgan.

Kalit so‘zlar:

diplomatik til, diplomatik termin, semantik tahlil, tarjima

nazariyasi, pragmalingvistika, xalqaro munosabatlar, diplomatik matnlar, tilshunoslik,
korpus lingvistikasi, madaniyatlararo kommunikatsiya.

Аннотация.

В статье анализируются содержание, лингвистические

особенности дипломатической терминологии и методологические основы их
изучения. Автор дает глубокий анализ дипломатических терминов с
использованием

семантического,

прагматического,

переводческого

и

корпусного подходов. Освещены эволюция дипломатических терминов,
выражения, возникающие в новых политических ситуациях, и роль современных
технологий в их изучении. В статье также обозначены перспективы изучения
дипломатической терминологии, в частности, направлений, связанных с
искусственным

интеллектом,

межкультурной

коммуникацией

и

стандартизацией.

Ключевые слова:

дипломатический язык, дипломатический термин,

семантический анализ, теория перевода, прагмалингвистика, международные
отношения, дипломатические тексты, лингвистика, корпусная лингвистика,
межкультурная коммуникация.


Globallashuv jarayonining kuchayishi, xalqaro aloqalarning kengayishi va

xalqaro tashkilotlar sonining ortishi diplomatik til va terminlarga bo‘lgan ehtiyojni
sezilarli darajada oshirdi. Diplomatik nutqdagi atamalar muayyan ma'no yuklaydi va
ular xalqlar o‘rtasidagi rasmiy, rasmiyatchilikdan holi, lekin siyosiy jihatdan aniq va
ehtiyotkor munosabatlarni ifodalashda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu
maqolada diplomatik terminologiyani o‘rganishning uslubiy asoslari, mavjud


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

369

ISSN:3030-3613

yondashuvlar va kelgusidagi rivojlanish istiqbollari ilmiy nuqtai nazardan ko‘rib
chiqiladi.

Diplomatik terminlar: tushuncha va xususiyatlar.

Diplomatik terminlar — bu

xalqaro siyosiy muloqot, rasmiy bayonotlar, shartnomalar, notalar va boshqa
diplomatik hujjatlarda ishlatiladigan, aniq semantik yuklama va kommunikativ
vazifaga ega bo‘lgan iboralar yig‘indisidir. Ular quyidagi xususiyatlarga ega:

Rasmiylik darajasi yuqori bo‘ladi;

Betaraflik va ehtiyotkorlik asosida tuziladi;

Siyosiy-psixologik ohangga ega;

Milliy madaniyat va siyosiy makon xususiyatlarini aks ettiradi.

Diplomatik va tijorat yozishmalari hujjat turlari orasida eng yoshi va ayni paytda

eng qadimiysi hisoblanadi. Chunki O‘zbekistan mustaqil davlat sifatida tan
olinganidan keyingina shunday hujjatlarni o`zbek tilida yozish masalasi ko`tarildi,
bunga esa hali ko`p vaqt bo’lgani yo‘q. Aslida ushbu yozishmalar yangidan qayta
tug’ildi, desak ham bo’ladi, chunki bunday yozishmalar, ushbu qo`llanma
muqaddimasida ta’kidlanganidek X—XII asrlardayoq mavjud bo’lgan. Ular
“yorliqlar” deb atalgan va o‘ziga xos lisoniy koliplarga, ma’noviy tarkibiy kismlarga
ega bo’lgan. Hozir ham diplomatik va tijorat hujjatlari shakl va lisoniy jihatdan o‘ziga
xos xususiyatlarga ega. Ularni yozishda nimani yozish masalasigina emas, uni qay
yo`sinda yozish masalasi ham muhim bo’lib, bu uning tuzuvchilaridan chuqur malaka
va katta tajribani talab etadi.

Diplomatik yozishmalarda

hujjat turini uning mazmunidan kelib chiqqan holda

to`g`ri tanlash va yozish qonun-qoidalariga to’la va aniq amal qilish, hujjat
yo`llanayotgan mamlakat an’analarini hisobga olish zarurdir. Diplomatik hujjat,
albatta, javob talab qiladi. Hujjatning qaysi turi yuborilgan bo’lsa, shu turi bilan javob
qaytarilishi shart. Bayonotga bayonot bilan, shaxsiy xatga shaxsiy xat bilan javob
beriladi. Xatga imzo qo`yib yuborilgan shaxsiy xatga faqat ismi-sharifi yozilgan, lekin
imzo qo`yilmagan shaxsiy xat bilan javob qaytarish hurmatsizlik hisoblanadi.
Diplomatik hujjatlarning javobsiz qoldirilishi kamdan-kam hollarda yuz beradi va eng
salbiy ma’noni anglatadi. Diplomatik

hujjatlarda hujjat

yuborilayotgan mamlakatning

nomlanishida, shaxsning lavozimi, ismi-sharifini yozishda, unga murojaat shakllarida
biron-bir xatoga yo‘l qo‘yish mutlaqo mumkin emas.

Diplomatik hujjatlar tashqi ko’rinishi jihatidan ham benuqson bo’lishi shart. Ular

a’lo sifatli qog‘ozga bir tekis joylashtirilgan holda bexato yozilishi, hech qanday harf
o`chirilmasligi va to‘g‘irlanmasligi, muhr o‘z o‘rnida qo‘yilishi lozim. O‘tmishda
noma, albatta, hukmdor tamgasi bilan muhrlangan. Shoh muhri xukmdorlik belgisi
hisoblanib, bunday muhrlangan hujjatlarga faqat ikkinchi bir shoh muhri orqaligina
javob berish mumkin bo’lgan. Bu, albatta, mamlakatlarning teng huquqliligining
ifodasi bo’lgan. Hozir ham diplomatik hujjatlar davlat gerbi bilan muhrlanadi. Ular


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

370

ISSN:3030-3613

asosan davlat gerbi tasviri tushirilgan qog‘ozga yoziladi. Muhrning to‘g‘ri va o‘z
o‘rniga qo`yilishiga alohida e’tibor qaratiladi. Muhr qiyshayib krlmasligi, undagi gerb
tasviri, shuningdek, imzo ham aniq ko’rinib gurishi talab qilinadi. Diplomatik hujjatlar
solib yuboriladigan paket (qonvert) xat (qog‘oz) hajmi bilan bir xil bo’lishi kerak.
Diplomatik hujjatlarni pochta orqali

yuborish tavsiya etilmaydi

, ular shaxsan

topshirilishi yoki kur`er (chopar) orqali yuborilishi mumkin. Chopar paketni
vakolatlangan shaxsga topshirishi va undan tilxat olishi kerak.

Diplomatik hujjatlarning shakli, tashqi ko’rinishi qanchalik muhim bo’lmasin,

diqqat-e’tibor asosiy qismga, uning mazmuniga qaratilmogi lozim. Fikrni aniq,
mantiqiy) izchil, asosli hamda ikkinchi tomonning xususiyatlarini hisobga olgan holda
bayon etish zarur. Ushbu hujjatlarda noaniqlik dalillarni noto`g`ri ko’rsatish
bo’lmasligi lozim, chunki uni keyin to`g`rilab yozish yoki alohida to`g`rilab ma’lu mot
berish mumkin emas.

Diplomatik yozishmalar tashqi ishlar vazirliklari tomonidan shu mamlakatning

davlat tilida olib boriladi va biror xalqaro tildagi tarjimasi ilova qilinadi. Elchixonalar
ham yozishmalarni o`z davlat tillarida yoki o`zlari turgan mamlakat tilida olib
borishlari mumkin. Diplomatik hujjatlarda so`zga e’tibor juda kuchli bo’lmogi kerak.
Ularning tili sodda, ravon bo’lib, ko`chma ma’nolardan holi bo’lmog`i, so`z mazmun
bilan mutlaq mos bo’lishi, undan boshqacha ma’no ang - lashilmasligi kerak. «Kosa
tagida nim kosa» qabilidagi ifodalarga diplomatik hujjatlarda o`rin yo`q.Agar so`z
ma’nosida qandaydir ma’no nozikligi yoki mavhumlik bo’lsa, yaxshisi, uni boshqa
so`z bilan almashtirish zarur.

Demaq diplomatik hujjatlar o`ziga xos leksik-uslubiy, grammatik morfologik va

sintaktik xususiyatlarga ega. Leksik-uslubiy jihatdan diplomatik yozishmalar o`z
atamalar tizimiga, qoliplashgan turg`un birikmalariga, sinonim, antonimlar kabi turli
ifoda vositalariga ega. Shuni alohida ta’kidlab o`tish kerakki, xizmat xatlari hissiy-
bo`yoqdor so`zlardan holi bo’lishi

talab etilsa

, diplomatik yozishmalar, aksincha,

hissiy-bo`yoqdor so`zlarga boyligi, maqtov va iltifot suo`zlariga egaligi bilan ajralib
turadi. Maqtov so`zlari diplomatik yozishmalarning eng asosiy turi bo’lmish nota-
bayonotlarning zaruriy qismlaridan biri hisoblanadi. Ularning oz-ko`p qo`llanishiga
ko’ra ushbu hujjatlar ma’lum bir turlarga ham ajratiladi. Chunonchi, notalarda

«Janobi

oliylari», «Hurmatli janob», «Sizga bo’lgan yuksak hurmatimga ishonch
bildirgaysiz»

kabi hurmat-e’zoz so`zlarining ko`p qo`llanishi unga do`stona iliq so`z

qo`llanishi esa rasmiy tus beradi. Diplomatik yozishmalarda sinonimik qatorning
ko`proq uslubiy neytral so`zlari emas, balki ijobiy hissiy-buyoqli va kitobiy uslubga
xos so`zlar ko`p qo`llanadi. Chunonchi,

bildiraman

so`zi o`rnida

izhor etaman, vaqt

o`rnida

fursat, bir marta urnida, bir bora, mansab

o`rnida

lavozim, rahmat

o`rnida

tashakkur, xursand

so`zi o`rnida

mamnun

so`zlari qo`llanadi. Diplomatik

bayonnomada ko`chma ma’noda qo`llanuvchi turun so`z birikmalari,

jumladan

,

bosh


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

371

ISSN:3030-3613

ustiga, boshimiz ko`kka yetdi, ko`nglingizni cho`ktirmang, bir yoqadan bosh chiqarib,
bir tan-u bir jon bo’lib

kabi iboralar, shuningdek xalq maqollari, donolar bisotidan

olingan aforizmlar keng qo`llanadi. Bunday turgun birikmalar yozishmaga ko`tarinki
ruh berishga, ta’sirchanlikni oshirishga xizmat qiladi. Qadimda xalq iboralari
diplomatik hujjatlarda ayniqsa, ko`p qo`llanilgan bo’lib, hozir ham ayrim rasmiy
shaxsiy xatlarda tez-tez uchrab turadi.

Tadqiq uslublari: Diplomatik terminlarni o‘rganishda quyidagi asosiy lingvistik

va interdisiplinar yondashuvlar qo‘llaniladi:

a) Semantik tahlil: Terminlarning ichki mazmunini, ko‘p ma'nolilik, sinonimlik,

antonimlik hollari va konnotativ yukini aniqlash.

b) Pragmalingvistik yondashuv: Terminlarning kommunikativ vazifasini, ya'ni

ular qanday ijtimoiy-siyosiy vaziyatda va qanday maqsadda qo‘llanilishini tahlil qilish.

c) Tarjima nazariyasi: Diplomatik atamalar tarjimasidagi muammolar, ayniqsa

notiqlik va diplomatik kontekstda mos tarjima topish muhimligi.

d) Korpush asosidagi yondashuv: Elektron matnlar bazasidan foydalangan holda

diplomatik matnlardagi atamalarni statistik va kontekstual tahlil qilish.

Amaliy misollar va terminlar evolyutsiyasi: Masalan, “

strategik hamkorlik

”,

xalqaro xavfsizlik

”, “

diplomatik missiya

”, “

nota

”, “

memorandum

” kabi terminlar

so‘nggi yillarda yangicha siyosiy kontekstga ega bo‘lib, semantik kengayish yoki
torayish holatlarini boshdan kechirmoqda. Shuningdek, yangi geopolitik vaziyatlar
yangi terminlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda: “

yumshoq kuch

(soft power)”,

kiberxavfsizlik diplomatiyasi

” kabi.

Rivojlanish istiqbollari: Kelajakda diplomatik terminologiya tadqiqoti quyidagi

yo‘nalishlarda kengayadi:

Sun’iy intellekt va til texnologiyalarini qo‘llash orqali diplomatik matnlarni

avtomatik tahlil qilish;

Multimodal tahlil – matn, video va ovozli nutqda ishlatilgan diplomatik

ifodalarni birgalikda o‘rganish;

Madaniyatlararo kommunikatsiya doirasida diplomatik terminlarning madaniy

kodlarini aniqlash;

O‘zbek tilida diplomatik terminlarning rasmiy ro‘yxatini ishlab chiqish va

standartlashtirish.

Diplomatik terminologiya — zamonaviy tilshunoslik va siyosatshunoslikning

tutash nuqtasida turgan muhim sohaga aylandi. Uning ilmiy asosda tahlil qilinishi
nafaqat til taraqqiyotiga, balki xalqaro aloqalarning sifatli yuritilishiga xizmat qiladi.
Diplomatik til — bu murosaga, muloqotga va o‘zaro hurmatga asoslangan
kommunikatsiya vositasi bo‘lib, uni chuqur o‘rganish har qanday tilshunos yoki
xalqaro munosabatlar mutaxassisi uchun dolzarbdir.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

372

ISSN:3030-3613

Adabiyotlar roʻyxati:

1.

Абдуллаева, З.Ш. (2017).

Дипломатик нутқ маданияти ва унинг миллий

хусусиятлари

. Тошкент: Фан ва технологиялар нашриёти.

2.

Хайдарова , Д.З. и Идальго, Р.М.Р. 2024. СРАВНИТЕЛЬНО-
ТИПОЛОГИЧЕСКОЕ

ИССЛЕДОВАНИЕ

ДИПЛОМАТИЧЕСКИХ

ТЕРМИНОВ В ИСПАНСКОМ И УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКАХ.

Журнал

гуманитарных и естественных наук

. 1, 9 (апр. 2024), 36–46.

3.

Хайдарова Д.З. Фразеологический перевод (на материале испанского и
русского языков) // Вестник науки и образования, 2021. № 6-1(109). С. 51-54.

4.

Садикова, М.К. (2021).

Дипломатик терминология: лингвистик ва

прагматик ёндашувлар

. Тошкент: ЎзМУ нашриёти.

5.

Crystal, D. (2003).

English as a Global Language

(2nd ed.). Cambridge:

Cambridge University Press.

6.

Berridge, G.R. (2015).

Diplomacy: Theory and Practice

(5th ed.). Basingstoke:

Palgrave Macmillan.

7.

Hatim, B., & Mason, I. (1997).

The Translator as Communicator

. London:

Routledge.

8.

Пищальникова, Е.В. (2016).

Язык дипломатии: прагматические аспекты

.

Москва: Изд-во РУДН.

9.

Шарафутдинова, А.Р. (2020).

Проблемы перевода дипломатических текстов

(на материале английского и русского языков)

. Казань: Казанский

федеральный университет.

10.

Sager, J.C., Dungworth, D., & McDonald, P.F. (1980).

English Special Languages:

Principles and Practice in Science and Technology

. Wiesbaden: Brandstetter.

11.

Жаббаров, Х.Т. (2020).

Таржимашуносликка кириш

. Тошкент: Yangi asr

avlodi.

12.

Baker, M. (2011).

In Other Words: A Coursebook on Translation

(2nd ed.).

London: Routledge.


Bibliografik manbalar

Абдуллаева, З.Ш. (2017). Дипломатик нутқ маданияти ва унинг миллий хусусиятлари. Тошкент: Фан ва технологиялар нашриёти.

Хайдарова , Д.З. и Идальго, Р.М.Р. 2024. СРАВНИТЕЛЬНО-ТИПОЛОГИЧЕСКОЕ ИССЛЕДОВАНИЕ ДИПЛОМАТИЧЕСКИХ ТЕРМИНОВ В ИСПАНСКОМ И УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКАХ. Журнал гуманитарных и естественных наук. 1, 9 (апр. 2024), 36–46.

Хайдарова Д.З. Фразеологический перевод (на материале испанского и русского языков) // Вестник науки и образования, 2021. № 6-1(109). С. 51-54.

Садикова, М.К. (2021). Дипломатик терминология: лингвистик ва прагматик ёндашувлар. Тошкент: ЎзМУ нашриёти.

Crystal, D. (2003). English as a Global Language (2nd ed.). Cambridge: Cambridge University Press.

Berridge, G.R. (2015). Diplomacy: Theory and Practice (5th ed.). Basingstoke: Palgrave Macmillan.

Hatim, B., & Mason, I. (1997). The Translator as Communicator. London: Routledge.

Пищальникова, Е.В. (2016). Язык дипломатии: прагматические аспекты. Москва: Изд-во РУДН.

Шарафутдинова, А.Р. (2020). Проблемы перевода дипломатических текстов (на материале английского и русского языков). Казань: Казанский федеральный университет.

Sager, J.C., Dungworth, D., & McDonald, P.F. (1980). English Special Languages: Principles and Practice in Science and Technology. Wiesbaden: Brandstetter.

Жаббаров, Х.Т. (2020). Таржимашуносликка кириш. Тошкент: Yangi asr avlodi.

Baker, M. (2011). In Other Words: A Coursebook on Translation (2nd ed.). London: Routledge.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари