Mualliflar

  • Xolturayeva Kamola Bahrom qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.112331

Kalit so‘zlar:

Kalit so`zlar: sun’iy intellekt aqliy mashinalar intellekt sun’iy tafakkur inson ongi robotlar robot-muxbir ChatGPT.

Annotasiya

 
Annotatsiya: Ushbu maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining zamonaviy 
hayotdagi  o`rni,    sun’iy  intellektning  tarixi,  kelib  chiqishi,  rivojlanish  bosqichlari, 
uning  inson  hayotiga  kirib  kelishi,  ulardan  ko`zlangan  maqsad  va  vazifalar,  sun’iy 
intellektning  kelajakdagi  o`rni  va  ahamiyati,  sun`iy  intelekt  yordamida  yaratilgan 
robotlarning  insonlar  hayotidagi  o`rni  haqida  bilib  olasiz.  Maqolada  sun’iy 
intellektning ijobiy jihatlari bilan birga, ehtimoliy xavf-xatarlar, etik muammolar va 
ularni  bartaraf  etish  yo`llari  ham  yoritilgan.  Tadqiqot  sun’iy  intellektning 
imkoniyatlaridan oqilona foydalanish zarurligini asoslaydi va kelajakda ularning inson 
salohiyatini to`ldiruvchi vosita sifatidagi ahamiyatini ochib beradi. Sun`iy intellektga 
bo`lgan  talab  va  ehtiyojlar  juda  ko`p.    Aqilli  mashinalarning  insoniyatga  qanday 
foydasi borligi va yordami keltirib o`tilgan. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_3-to’plam_Iyun-2025

124

ISSN:3030-3613

SUN’IY INTELLEKTNING INSON HAYOTIDAGI O`RNI

Xolturayeva Kamola Bahrom qizi

Termiz davlat universiteti “Axborot

texnologiyalari” fakulteti

“Amaliy matematika” ta’lim yo‘nalishi

bakalavr II bosqich talabasi

e-mail:

kxolturayeva@gmail.com

tel: +998959727505


Annotatsiya:

Ushbu maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining zamonaviy

hayotdagi o`rni, sun’iy intellektning tarixi, kelib chiqishi, rivojlanish bosqichlari,
uning inson hayotiga kirib kelishi, ulardan ko`zlangan maqsad va vazifalar, sun’iy
intellektning kelajakdagi o`rni va ahamiyati, sun`iy intelekt yordamida yaratilgan
robotlarning insonlar hayotidagi o`rni haqida bilib olasiz. Maqolada sun’iy
intellektning ijobiy jihatlari bilan birga, ehtimoliy xavf-xatarlar, etik muammolar va
ularni bartaraf etish yo`llari ham yoritilgan. Tadqiqot sun’iy intellektning
imkoniyatlaridan oqilona foydalanish zarurligini asoslaydi va kelajakda ularning inson
salohiyatini to`ldiruvchi vosita sifatidagi ahamiyatini ochib beradi. Sun`iy intellektga
bo`lgan talab va ehtiyojlar juda ko`p. Aqilli mashinalarning insoniyatga qanday
foydasi borligi va yordami keltirib o`tilgan.

Kalit so`zlar:

sun’iy intellekt, aqliy mashinalar, intellekt, sun’iy tafakkur, inson

ongi, robotlar, robot-muxbir, ChatGPT.

Аннотация:

В данной статье рассматривается роль технологий

искусственного интеллекта (ИИ) в современной жизни, история, происхождение
и этапы развития искусственного интеллекта, его внедрение в жизнь человека,
цели и задачи, а также значение и место ИИ в будущем. Особое внимание
уделено роли роботов, созданных с помощью искусственного интеллекта, в
жизни людей. В статье освещаются положительные стороны искусственного
интеллекта, а также потенциальные риски, этические проблемы и пути их
решения.

Исследование

обосновывает

необходимость

рационального

использования возможностей ИИ и раскрывает его значение как инструмента,
дополняющего человеческие способности в будущем. Отмечается растущий
спрос и потребность в искусственном интеллекте. Рассматриваются
преимущества и польза интеллектуальных машин для человечества.

Ключевые слова:

искусственный интеллект, интеллектуальные машины,

интеллект, искусственное мышление, человеческое сознание, роботы, робот-
журналист, ChatGPT.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_3-to’plam_Iyun-2025

125

ISSN:3030-3613

Abstract:

This article explores the role of artificial intelligence (AI)

technologies in modern life, the history, origin, and development stages of AI, its
integration into human life, as well as its goals and objectives. The significance and
future role of AI, along with the place of AI-powered robots in human life, are
discussed. The article highlights the positive aspects of artificial intelligence, alongside
potential risks, ethical issues, and ways to address them. The study emphasizes the
necessity of rational use of AI capabilities and reveals its importance as a tool to
augment human potential in the future. The growing demand and need for artificial
intelligence are noted. The benefits and contributions of intelligent machines to
humanity are also examined.

Keywords:

artificial intelligence, intelligent machines, intelligence, artificial

cognition, human consciousness, robots, robot-journalist, ChatGPT.


Prezident tomonidan 26.08.2021 yildagi «Sun’iy intellekt teхnologiyalarini

qoʻllash boʻyicha maхsus rejimni joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi

PQ-5234

-

son Qonun imzolandi.

Hujjat Prezidentning 17.02.2021 yildagi «Sun’iy intellekt teхnologiyalarini

jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi

PQ–

4996

-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.

Sun’iy intellekt haqidagi tasavvur va bu soxadagi izlanishlar — “aqliy

mashinalar” ishlab chiqarishga ilmiy yondoshish birinchi bo‘lib professori Djon
Makkarti tashabbusi asosida 1956-yili tashkil topgan ilmiy to‘garakda paydo bo‘ldi.
Bu toʻgarak tarkibiga Massachuset (AQSH) texnologiya oliygohi «Elektronika va
hisoblash texnikasi» kulliyotining faxriy professori Marvin Minskiy, «masalalarni
universal hal qiluvchi» va «mantiqiy nazariyotchi» intellektual (aqliy) programmalar
bunyodkori kibernetik Allen Nyuell va Karnegi-Mellen dorilfunu-nining (AQSH)
mashxur psixologi Gerbert Seyman, xisoblash texnikasining ko‘zga ko‘ringan
mutaxassislari Artur Semuel, Oliver Selfridj, Manshenon va boshkalar kirar edilar.
Aynan shu to‘garakda «Sun’iy intellekt» tushunchasi paydo bo‘ldi. [1]

Sun’iy intellekt - bu insonning kognitiv funksiyalarini taqlid qilish va hech

boʻlmaganda inson intellektual faoliyati natijalari bilan taqqoslanadigan aniq
vazifalarni bajarishda natijalarga erishish imkonini beruvchi texnologik yechimlar
toplami. Texnologik yechimlar majmuasiga axborot-kommunikatsiya infratuzilmasi
(shu jumladan, axborot tizimlari, axborot va telekommunikatsiya tarmoqlari, axborotni
qayta ishlashning boshqa texnik vositalari), dasturiy taʻminot (shu jumladan,
mashinani oʻrganish usullaridan foydalanadiganlar), maʼlumotlarni qayta ishlash
jarayonlari va xizmatlari hamda yechimlarni izlash kiradi.[3]

«Sun’iy intellekt» (SI), umuman «intellekt» haqidagi tushunchani aniqlab

olishimiz kerak. Bu tushunchani oddiy qoida asosida tushuntirish mumkindek tuyuladi,


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_3-to’plam_Iyun-2025

126

ISSN:3030-3613

lekin biz buni qila olmaymiz. Chunki, xozircha «intellekt» va «SI» haqida biron-bir
aniq fikr yoʻq. Bu tushunchani turli fan soxalarida ijod qiluvchi olimlarning talqin
qilishlari turlicha, fikrlashlarida yakdillik yo‘q. «Intellekt» so‘zi lotincha «intellectus»
so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, u bilish (aniqlash), tushunish yoki faxmlash (aql)
ma’nosini beradi. «Intellekt» so‘zini aniqlovchi, psixologlar tuzgan uchta tushunchani
keltiramiz. Bu tushunchalar «intellekt» tushunchasi mazmunini aniqlash uchun yordam
beradi. Intellekt - fikrlash qobiliyati, ratsional bilish va shunga o‘xshash. Umumiy
xolda esa fikrlash, shaxsni aqliy rivojlanishi sinonimi bo‘lib xizmat qiladi.[2]

Intellekt (aql) - o‘z xulqini soʻzlash yo‘li bilan har qanday holatga yetarli baho

berish qobiliyati.

Intellekt - turmushdagi dalillar o‘rtasidagi o‘zaro borliqlikni tushunish

qobiliyati.

Yuqorida aniqlangan «intellekt» tushunchasidan shunday xulosa chiqarish

mumkinki, ya’ni intellekt faqat insonlarga tegishli va odam aqliy qobiliyatining o‘ziga
xos o‘lchovidir. Psixologlar shunday maxsus usullar yaratdilarki, bu usullar yordamida
tajriba orqali odamning intellektual (aqliy) darajasini aniqlash mumkin boʻldi.[4]

Bugungi kunda ilm-fan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal

taraqqiy

etib

borayotgan

zamonda

yashayabmiz.Dunyoning

rivojlangan

mamlakatlarida davlat va jamiyat boshqaruvi, taʻlim, tibbiyot, san’at, mudofaa,
xavfsizlik va boshqa sohalarda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekit
imkoniyatlaridan keng foydalanish asosiy masala sifatida qaralmoqda.Ayni vaqtda
dunyoning eng oldi mamlakatlaridan boʻlgan.Xitoy va Amerika Qoʻshma Shtatlari
sun’iy intellekt sohasidagi ilmiy tadqiqot va taʻlim sohalarida yetakchilik qilib
kelmoqda.Bu davlatlarda sun’iy intellekt sohasi juda tez rivojlanib bormoqda.Natijada
dunyo mamlakatlaridan koʻplab bilimli mutaxassislar va dasturchilarni oʻziga jalb
qilmoqda.Dunyoning boshqa mamlakatlariga qaraganda axborot-kommunikatsiya va
ilm-fandan 100-200 yilga oldinlab ketgan.[2]

Sun’iy intellekt inson ongi bilan bogʻliq imkoniyatlar: tilni tushunish, oʻrganish,

tajriba, muhokama qilish bilan shugʻullanadi.Sun’iy intellekt turli xil amallarni
bajarishga moʻljallangan algoritm va dasturiy tizimlardan iborat boʻlib, u inson ongi
bajarishi mumkin boʻlgan bir qancha vazifalarni axborot bazasiga kiritilgan
maʻlumotlar asosida amalga oshadi. Sun’iy intellekt tibbiyotda kasalliklarni aniqlash
va davolashda inqilobiy oʻzgarishlar kiritmoqda. Ilgʻor diagnostika tizimlari orqali
kasalliklarni erta aniqlash imkoniyati oshmoqda va shifokorlar uchun muhim
qarorlarni tezroq qabul qilishda yordam berilmoqda. Shu bilan birga, taʻlimda SI
oʻquvchilar uchun individual taʻlim dasturlarini yaratishga, ularning bilimlarini tahlil
qilishga va shaxsiy oʻsishlarida yordam berishga imkon yaratmoqda.[1]

Ammo sun’iy intellekt bilan bogʻliq muammolar ham mavjud.Sun’iy intellekt

doimo foyda keltirmayabdi. Yangi texnologiyalar ish oʻrinlarini qisqartirish, buning


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_3-to’plam_Iyun-2025

127

ISSN:3030-3613

natijasida esa koʻplab insonlar ishsiz qolmoqda, axborot xavfsizligi va shaxsiy hayotga
tahdid kabi xavf-xatarlarni keltirib chiqarmoqda. Shuning uchun, sun’iy intellektni
rivojlantirish jarayonida ehtiyotkorlik bilan yondashish va insoniyatning umumiy
manfaatlarini himoya qilish muhim ahamiyat kasb etadi.Bugungi kunga kelib sunʻiy
intellekt yordamida turli xil robotlar ishlab chiqarilmoqda.[5]

Sunʻiy intellekt yordamida yaratilgan robotlar, odamlar kabi muammolarni hal

qilish, vazifalarni bajarish va muhitga moslashish qobiliyatiga ega boʻlishi uchun
ishlab chiqilgan texnologiyalardir. Bu robotlar koʻplab sohalarda ishlatilmoqda,
jumladan sanoat, tibbiyot, xavfsizlik, va hatto uy-roʻzgʻor ishlarida.

Quyida sun’iy intellekt asosida yaratilgan baʻzi mashhur robotlar haqida

maʻlumotlarni bilib olasiz:

1. Boston Dynamics Robotlari
- Spot: Boston Dynamics tomonidan ishlab chiqilgan Spot — bu yerdagi mobil

robot. U sensorlar va kameralar yordamida muhitni oʻrganadi, shuningdek, avtomatik
ravishda toʻsiqlardan oʻzini olib chiqishi mumkin. Spot politsiya, qurilish va qidiruv-
qutqaruv ishlarida ishlatilmoqda.

- Atlas: Bu robot, odamga oʻxshash harakatlarni bajarishi uchun ishlab

chiqilgan. U yugurish, sakrash, aylanib yurish kabi jismoniy vazifalarni bajarishi
mumkin va asosan sinov va ilmiy tadqiqotlar uchun ishlatiladi.

2. Honda ASIMO
ASIMO (Advanced Step in Innovative Mobility) — bu Honda tomonidan

yaratilgan odam shaklidagi robot. ASIMO odamlarni tanib, ular bilan muloqotda
boʻlish, harakat qilish, turli vazifalarni bajarish imkoniyatiga ega. U anʻanaviy
robotlardan farqli oʻlaroq, tabiiy harakatlarni va interaktiv muloqotni amalga oshiradi.
ASIMO koʻpincha taʻlim, koʻrgazmalar va yordamchi robot sifatida ishlatiladi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_3-to’plam_Iyun-2025

128

ISSN:3030-3613

3. Pepper
Pepper — bu SoftBank Robotics tomonidan ishlab chiqilgan odamga oʻxshash

robot, u tabiiy tilda muloqot qila oladi va odamlarning hissiyotlarini tanish
imkoniyatiga ega. Pepper odatda mijozlarga xizmat koʻrsatishda, masalan, doʻkonlarda
yoki kutubxonalarda, yordamchi sifatida ishlatiladi.

4. Sophia
Sophia — bu Hanson Robotics tomonidan ishlab chiqilgan sunʻiy intellektga

ega robot. Sophia inson yuzini va ovozini tanish, muloqot qilish, turli his-tuygʻularni
aks ettirish qobiliyatiga ega. U koʻplab davlatlarda tashrif buyurib, konferentsiyalarda
qatnashgan va “fuqarolik” huquqini olgan birinchi robot sifatida tarixga kirgan.

5. RoboDoc (Tibbiyot robotlari)
Tibbiyot sohasida sunʻiy intellektga asoslangan robotlar tibbiy operatsiyalarni

bajarish, bemorlarni tekshirish va yordam berish uchun ishlab chiqilmoqda.

- Da Vinci Surgical System: Bu robot yordamida jarrohlar minimal invaziv

operatsiyalarni amalga oshirishi mumkin. Da Vinci robotlari jarrohlikning yanada
aniqligini va samaradorligini taʻminlaydi.

- Robear: Yaponiyaning RIKEN instituti tomonidan ishlab chiqilgan bu robot,

qarindoshlarini parvarish qilish yoki kasalxonalarda bemorlarga yordam berish uchun
moʻljallangan.

6. Avtonom Mashinalar va Dronlar
- Self-Driving Cars (Avtonom mashinalar): Tesla, Waymo va boshqa

kompaniyalar sunʻiy intellektga asoslangan avtonom transport vositalarini ishlab
chiqishmoqda. Ushbu mashinalar atrof-muhitni sensorlar va kameralar yordamida
tahlil qilib, xavfsiz va samarali ravishda harakat qilishadi.

- Avtonom Dronlar: Dronlar yordamida butunlay avtonom ravishda kargo

tashish, qidiruv va qutqaruv ishlarini bajarish, hamda inspektsiyalarni oʻtkazish
mumkin. DJI va boshqa kompaniyalar dronlarning yangi avlodlarini ishlab chiqmoqda.

7. Robotic Process Automation (RPA)
RPA robotlari — bu ofis va biznes jarayonlarini avtomatlashtirish uchun ishlab

chiqilgan robotlar. RPA tizimlari sun’iy intellekt yordamida ofis ishlaridagi
takrorlanuvchi vazifalarni bajaradi, masalan, ma’lumotlarni kiritish, hisob-kitoblarni
qilish yoki email yuborish. Ular koʻplab kompaniyalarda vaqtni tejash va xatoliklarni
kamaytirish uchun qoʻllaniladi.

8. Robot-yordamchilar
Ba’zi robotlar uy ishlarida yordam berish uchun ishlab chiqilgan:
- iRobot Roomba: Roomba — bu avtomatik tozalovchi robot boʻlib, u

xonadonda tozalikni taʻminlaydi va toʻsiqlardan oʻzini saqlashga qodir.

- Assistive Robots: Maxsus ehtiyojlari bo'lgan odamlarga yordam beradigan

robotlar. Ular geriatriya yoki nogironlikni bartaraf etishda yordam berishi mumkin.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_3-to’plam_Iyun-2025

129

ISSN:3030-3613

Ular insonlarga yordam berishda xizmat qilmoqda.Koʻrib turganingizdek sun’iy

intellektni hayotimizdagi oʻrni kundan kunga ortib bormoqda.

Xulosa qilib aytganda, sun’iy intelektning rivojlanishi jadal oʻsib

bormoqda.Agar robotlar hamma ishlarni bajarsa insonlarga ish-oʻrinlari ham
qolmasligi mumkin.Sun’iy intellekt har bir sohaga shiddat bilan kirib kelmoqda,bunda
jurnalistika ham chetda qolgani yo’q. OʻzAda sun’iy intellekt yordamida yaratigilgan
robot- muxbir oʻz ishini boshladi.Real inson prototipini oʻzlashtirgan ushbu modul
kelgusida bizga istalgan matndan qisqa vaqtda video yaratish imkonini beradi,bunda
insonning yuz va qoʻl harakati hamda ovozini aslidek saqlab qoladi.Ushbu muxbir 9 ta
tilda – oʻzbek, rus, ingliz, fransuz, arab, xitoy, nemis, ispan va qozoq tillarida rasmiy
xabar va yangiliklarni yetkazib turadi. Kelgusida sun’iy intellekt aytilishi kerak
bo‘lgan yangilikni ham o‘zi tanlab, matnni ham o‘zi yozib, o‘zi tahrirlab, o‘zi turli
tillarga o‘girib, o‘zi video qilib, o‘zi subtitrlarini qo‘yib, yoniga surdo-tarjimon
harakatlarini ham joylashtirib, video uchun o‘zi poster yasab, o‘zi qachon va qaysi
paytda e’lon qilishini ham rejalashtirib, o‘zi saytda e’lon qilib, o‘zi uni ijtimoiy
tarmoqlarda tarqatadigan darajaga ham chiqiladi va eng quvonarlisi hamda
qo‘rqinchlisi, bunga ko‘p vaqt ketmaydi, 20-30-yil kutish shartmas. Oʻz ustida
ishlamaydigan jurnalistlar uchun xavotirli davrlar yaqinlashmoqda. Bu jiddiy signal va
bundan toʻgʻri xulosa chiqarish kerak. O‘zi aslida bu ogohlik qoʻngirogʻi nafaqat
jurnalistlar, balki boshqa yuzlab kasblar uchun ham chalinmoqda.

Sun’iy intellekt yangi bilimlarni juda tez o‘rgana oladi.Sun’iy intellekt

yordamida yaratilgan ChatGpt sayti hamma ma`lumotlarga javob topish uchun xizmat
qilmoqda. Bu bir tarafdan yaxshi lekin har doim ham aniq toʻgʻri javobni bermaydi,
taxminiy javoblarni ham bermoqda.Tibbiyot sohasida jarrohlikda ishlayotgan shifokor
bemorni yuragidagi kasallikni aniqlab, uni qanday operatsiya qilish boʻyicha ChatGpt
dan maslahat olganda u taxminiy javobni beradi.Taxminiy natija esa bemorni xato
jarrohlik qilish oqibatida uni vafot etishiga, yoki bemorni kasalini ogʻirlashtirishi
mumkin.Saytni tuzish jaroyonida yozilgan kodlarda javob topilmaganda taxminiy
javobni berishga moslashtirilgan.Bu koʻplam muammolarga olib kelishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

[1]. Komilov S., Raxmatov Sh. Sun’iy intellekt asoslari: Mashinaviy o‘qitish –

Toshkent: «Fan va texnologiya», 2021.

[2]. Stuart Russell Human Compatible: Artificial Intelligence and the Problem of

Control – Viking Press, 2019.

[3]. Yuldashev Sh. Sun’iy intellekt va ekspert tizimlar– Toshkent: TDYU nashriyoti,

2020.

[4]. Olimov Z., Rahmatov A. Sun’iy intellekt va uning amaliy qo‘llanilishi – Toshkent:

“Innovatsiya”, 2022.

[5]. Norvig P., Russell S.Artificial Intelligence: A Modern Approach (3rd Edition) –

Pearson, 2010.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

. Komilov S., Raxmatov Sh. Sun’iy intellekt asoslari: Mashinaviy o‘qitish –

Toshkent: «Fan va texnologiya», 2021.

. Stuart Russell Human Compatible: Artificial Intelligence and the Problem of

Control – Viking Press, 2019.

. Yuldashev Sh. Sun’iy intellekt va ekspert tizimlar– Toshkent: TDYU nashriyoti,

. Olimov Z., Rahmatov A. Sun’iy intellekt va uning amaliy qo‘llanilishi – Toshkent:

“Innovatsiya”, 2022.

. Norvig P., Russell S.Artificial Intelligence: A Modern Approach (3rd Edition) –

Pearson, 2010.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари