Mualliflar

  • Mamatkulova Maxfuza
  • Mamatkulov Abdulxamid
  • Mamatkulov Oybek

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.119038

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: ijro xolati pastanofka tovush tembr ijro uslublari usul.

Annotasiya

                                       
Annotatsiya: Ushbu maqola o‘zbek milliy cholg‘usi bo‘lmish , chang sozida 
ijro etish ko‘nikmalarini egallash, chang cholg‘usida ijrochilik sanatini o‘rganishga 
o‘zinin baxshiyda etgan yosh  musiqachilar  uchun asosiy nazariy va amaliy poydevor 
sifatida qabul qilinishi hususida so ‘z yuritiladi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

65-son_1-to’plam_Iyul-2025

14

ISSN:3030-3613

O`ZBEK MILLIY CHOLG`USI BO`LMISH, CHANG CHOLG`USINI IJRO

ETISH KO`NIKMALARI.

Mamatkulova Maxfuza

Mamatkulov Abdulxamid

Mamatkulov Oybek

Guliston davlat universiteteti

“San’atshunoslik” fakulteti

“An’anaviy xonandalik va

cholg‘u ijrochiligi” kafedrasi

Annotatsiya:

Ushbu maqola o‘zbek milliy cholg‘usi bo‘lmish , chang sozida

ijro etish ko‘nikmalarini egallash, chang cholg‘usida ijrochilik sanatini o‘rganishga
o‘zinin baxshiyda etgan yosh musiqachilar uchun asosiy nazariy va amaliy poydevor
sifatida qabul qilinishi hususida so ‘z yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

ijro xolati

, pastanofka , tovush , tembr, ijro uslublari ,usul.


Ma`lumki har qanday cholg‘uda ijro o‘rgatishdan oldin cholg‘uga nisbatan

to‘g‘ri o‘tirish, uni to‘g‘ri ushlash, gavdani, oyoq- qo‘llarni erkin tutish kabi
ko‘nikmalar o‘zlashtiriladi. Bu ko‘nikmalarning to‘g‘ri o‘zlashtirilishi tijrochilik
xolati (yani pastanofka )ning to‘g‘ri shakllanishiga olib keladi. Bunda, xususan chang
cholg‘usi oldida o‘tirish holati, o‘ng va chap qo‘llarning holati, yani chang cho‘plarini
ushlash, cholg‘uga nisbatan to‘g‘ri qo‘yish va shu kabi elementlarning bir –biri bilan
o‘zaro munosabatda bo‘lishini taminlash eng asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.
Changda ijro etish ko‘nikmalarini egallash- cholg‘uning to‘g‘ri o‘rnatilishi,
sozandaning o‘tirishi, qo‘llarining to‘g‘ri harakatiga bog‘liq. Changni o‘rnatish –
cholg‘uda ijro etishdan avval chang maxsus uchta oyoqchalarga, o‘tirgan ijrochining
tirsaklari balandligida o‘rnatiladi.
Ijrochining o‘tirishi – ijrochi stulda o‘tirishi ,biroq uning suyang‘ichga
suyanmasligi, shu bilan birga, gavdasini oldinga uncha egib yubormasligi kerak. Tepki
mexanizmni ishlatish uchun uning o‘ng oyog‘i bir oz oldinroqqa chiqib turadi.
Qo‘llarning holati – changda ijro etishda ijrochining qo‘llari egilgan bo‘lib,
chang torlpri uning tirsaklaridan pastda turishi kerak. Qo‘llarning yig‘ilgan kaftlari bir
birlpriga qaragan bo‘lishi lozim. Chang sozini o‘tirgan holatda qo‘llarni cholg‘uning
ustida parallel ravishda joylashtirib, o‘ng oyoqni biroz oldinga surib pedalni bosib,
boshni to‘g‘ri tutib, gavda og‘irligini baravar ikki oyoq va qo‘llarga taqsimlangan
holda ijro etishga tayyorgarlik ko‘rishi kerak. Saboq berishning birinchi kunlaridan
boshlaboq o‘qituvchi o‘quvchining changdan chiqayotgan tovushning xususiyatiga
hamda o‘rnashgan torlardan to‘rg‘un, barqaror, intonatsion jihatdan aniq tovushlarni


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

65-son_1-to’plam_Iyul-2025

15

ISSN:3030-3613

hosil qilishga katta yetibor berishi kerak. Chang cholg‘usida ijrochilikni
o‘zlashtirishning asosiy vositalaridan biri bu chang cho‘plaridan foydalanish
qoidasidir.Cho‘plar o‘ng va chap qo‘lda, bir –biriga parallel ravishda to‘g‘ri
harakatlantiriladi.Cho‘plar ko‘rsatkich barmoqlarning birini uch bo‘g‘ini bilan o‘rta
barmoqning ikkinchi bo‘g‘imiga yaqin, bosh barmoq esa cho‘plarning oxiridan 2 – 3
sm yuqoriga joylashgan bo‘ladi.
Chang tovushinig tembri va kuchi ko‘pincha cho‘p bilan torlarning qaysi
qismiga urilishiga bog‘liq. Amalda shu narsa tasdiqlangan : to‘liq va aniq tovush
chiqarish uchun chang cho‘plari xarakdan taxminan 3-4 sm uzoqlikka urilishi lozim.
Biroq bundan torlarning boshqa joylariga urmaslik kerak, degan xulosa chiqmaydi.
Negaki xarakning yaqingroq va uzoqroq joylariga urish bilan kerak bo‘lgan
xarakterdagi kuchli va kuchsiz mayin, yoqimli tovushlarni chalish mumkin.
Cho‘p bilan torga urilgach changdan chiqqan tovush hadeganda so‘na
qolmaydi. Shuning uchun ham diatonik va xromatik gammalar ijro etilganda,
shuningdek, bir xil balandlikdagi (hamohang) no‘talar almashinib chalinganda
tovushlar bir-biriga aralashib chalkash eshitiladi. Ortiqcha tovushlarni o‘z vaqtida tez
so‘ndira bilish chang ijro etuvchining ijrochilik mahoratidan biri sanaladi. Changning
tovushini ikki xil yo‘l bilan so‘ndirish mumkin: maxsus tepki yordamida yoki qo‘l kafti
bilan. O‘ng oyoq yordami bilan ishlaydigan mehanizm changdagi har qanday tovushni
birdaniga so‘ndira oladi.
Changning asosiy tovushqatorida gamma, uchtovushlik, arpedjio, passaj,
mashq, etyudlar ustida mashg‘ulotlarni muntazam ravishda olib borish, cholg‘uchiga –
texnik va badiiy jihatdan tovush chiqarish yo‘llarini o‘zlashtirishda, sozandaning
changda ijrochilik ko‘nikmalarini hosil qilishida muhim vosita sifatida xizmat qiladi.
O‘quvchi tomonidan yangi darsning to‘g‘ri o‘zlashtirilishini o‘qituvchi diqqat
bilan kuzatib borishi, birinchi navbatda o‘qituvchining o‘zi og‘zaki tushuntirishi bilan
birga bir necha marotaba cholg‘uda ijro etib, ko‘rsatib berishi kerak, yani yakka
tartibda, keyin esa jo‘rnavoz bilan birgalikda fortepiano jo‘rligida ijro etib berishi
lozim. Vazmin, ohista suratda ijro etish changchi uchun ijro harakatlarini
o‘zlashtirishga yordam berishi bilan bir qatorda, cholg‘udan taralyotgan tovushning
sifatini yaxshilashga, tiniq chiqishiga ham imkon yaratadi. Chang sozida
tovushlarning hosil etish manbaibu – chang cho‘plaridir, shuningdek, ijro holatining
to‘g‘riligi muhim omildir. Changda tovush xosil qilish asosiy vositalari, yani ijro
uslublari quyidagilardan iborat, bular:

1.

Urma zarb. –

asosiy tovush chiqarish yo‘li. Chang cho‘plarini torlarga birin -

ketin urib tovush hosil qilish;

2.

Cho‘p chertmoq. Riizicato col legno (pizz col legno) –

cho‘plarni orqa yassi

qismi bilan tirnab ( chertib ) chalish;


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

65-son_1-to’plam_Iyul-2025

16

ISSN:3030-3613

3.

Barmoq chertmoq piizicato (pizz) - qo‘l barmoqlari bilan chang torlarini mayin
chertib chalish;

4.

Cho‘p tarak. Col legno (col leg) - cho‘pning orqa yassi qismida chang torlarini
chiqqillatib urib chalish;

5.

Uzma zarb (spikkato). – chang cho‘plarini torlarga urib, yengil, uzib – uzib,
sakratma tovush hosil qilish;

6.

Kalta urma zarb. ( stakkato).- sakratma zarbning yanada qisqa, aniq jaranglashi
orqali tovush xosil qilish ;

7.

Rez (tremolo). – Chang cho‘plarini torlarga tez- tez almashib urib yoki cho‘plar
orqali yassi qismida davomli chertib, rez hosil etish;

8.

Bog‘lama (ligatto ) – tovushlarni bir tekis ulab, cho‘plar bilan torlardan torlarga
uzluksiz mayin o‘tib qalish;

9.

Surdinali (bo‘g‘ma ) kalta zarb ( stakkato kon sordino ) – jaranglab turgan chang
torlarini chap qo‘l barmog‘ibilan tez- tez tovush so‘ndirib ,kalta bo‘g‘iq ovoz
hosil etish;

10.

Tebratma (vibrato) – Cho‘p chertmoq uslubini qo‘llagan holda jaranglayotgan
yon qatoriga tutashgan qismini bo‘sh qo‘lning o‘rta barmog‘i bilan asta
to‘lqinlantirib tebratib chalish;

11.

Cho‘p sirratma ( glissando ) – cho‘pning orqa yalang qismi bilan bir tovushdan
ikkinchi tovushgacha pasdan yuqoriga yoki yuqoridan pastga cho‘plar bilan
tovushlarni sirg‘antirib chalish;

12.

Ohangdosh terma zarb (arpedjio ) – cho‘plarni sakratish va qo‘llarni navbatma
– navbat almashtirish yo‘li bilan sindirilgan uch va to‘rt tovushliklarni chang
diapazoni bo‘ylab tovushlar hosil qilish;

Ishonchimiz komilki chang cholg‘usida ijrochilik sanatini o‘rganishga o‘zinin

baxshiyda etgan yosh musiqachilar uchun asosiy nazariy va amaliy poydevor sifatida
qabul qilinishi hamda mutaxassislarga esa samarali pedagogikfaoliyatini olib borishiga
yo‘naltirilgan qo‘shimcha uslubiy manba bo‘ladi degan umiddamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

A. Odilov, A. Lutfullaev. Chang darsligi . T. 2002.

2.

A. Lutfullaev. O‘zbek milliy cholg‘usozlik tarixi. T. 2005.

3.

Anvar Lutfullaev. O‘zbek xalq cholg‘ularida ijrochilik sanati tarixi. T. 2006

4.

R. Qodirov. Ommabop musiqiy glossariy .T .2016.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar

A. Odilov, A. Lutfullaev. Chang darsligi . T. 2002.

A. Lutfullaev. O‘zbek milliy cholg‘usozlik tarixi. T. 2005.

Anvar Lutfullaev. O‘zbek xalq cholg‘ularida ijrochilik sanati tarixi. T. 2006

R. Qodirov. Ommabop musiqiy glossariy .T .2016.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари