Mualliflar

  • Mamatkulov Oybek
  • Mamatkulova Maxfuza
  • Mamatkulov Abdulxamid

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.119060

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: risola evritmiya mimesis mutafakkir san’at musiqa kanon.

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu maqolada  o`rta asrlarda sharqning buyuk mutaffakirlari 
risolalarida  musiqaning  tutgan  o‘rni  va  ularning  negizi  ko‘rsatilgan.  Ushbu 
masalalarni hal qilishda olib borilgan tadqiqotlarga va olingan tajribalar natijalariga 
binoan, uchraydigan muammolarni  echimi taklifi berilgan.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

65-son_1-to’plam_Iyul-2025

17

ISSN:3030-3613

O`RTA ASRLARDA SHARQNING BUYUK MUTAFFAKIRLARILARI

RISOLALARIDA MUSIQANING TUTGAN O‘RNI

Mamatkulov Oybek

Mamatkulova Maxfuza

Mamatkulov Abdulxamid

Guliston davlat universiteteti “San’atshunoslik” fakulteti

“An’anaviy xonandalik va cholg‘u ijrochiligi” kafedrasi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada o`rta asrlarda sharqning buyuk mutaffakirlari

risolalarida musiqaning tutgan o‘rni va ularning negizi ko‘rsatilgan. Ushbu
masalalarni hal qilishda olib borilgan tadqiqotlarga va olingan tajribalar natijalariga
binoan, uchraydigan muammolarni echimi taklifi berilgan.

Kalit so‘zlar:

risola, evritmiya, mimesis, mutafakkir, san’at, musiqa, kanon.

Buyuk sharq allomalari Muhammad AlXorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad al-

Farg‘oniy, Abu Ali ibn Sino, Pahlavon Mahmud, Umar Hayyom, Mirzo Ulug‘bek,
Zahiriddin Muhammad Bobur, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Pahlavon
Muhammad, Najmiddin Kavkabiy, Darvish Ali Changiy va boshqa ulug‘
bobokalonlarimiz o‘zlarining risolalarida ijrochilik san’ati, musiqa ilmi va tarixi,
cholg‘u sozlarining tuzilishi, ijroviy uslublari, san’atkorlik qonun - qoidalariga oid
qimmatli ma’lumotlarni bayon etib ketganlar.

Mashhur didaktik asar «Qobusnoma»da ham hofizlik va san’atkorlikning

qoidalariga bag‘ishlangan alohida bob o‘rin olgan. Qadimiy qo‘lyozmalarda X-XII
asrlarda ijod qilgan Abubakr Rubobiy, Bunasr, Buamir va changchi Lukoriy va boshqa
sozanda va hofizlarning nomlari eslab o‘tiladi. IX-X asrda yashagan buyuk shoir Abu
Abdullo Rudakiy o‘z zamonasining chang sozlarini chalishda mohir bo‘lganligi,
ayniqsa «Bo‘yi juyi muliyon» she’rini ushshoq kuyida aytilgani qadimgi
qo‘lyozmalarda ko‘rsatilgan. Adabiyotshunos olim N.Mallaev qadimiy ko‘lyozmalar
asosida X-XII asrlarda tanbur, rubob, kushnog‘ora, qo‘biz, tabl, tanburok, zir, nay,
chag‘ona, shaypur, surnay, karnay, arg‘unan, qonun kabi torli, zarbli va puflab
chaladigan cholg‘u asboblari o‘lkamizda keng tarqalganini va o‘n ikki maqom
taraqqiy topib takomillashganini ko‘rsatib o‘tgan. Tarixiy manbalarga suyanib
A.Semenov yozishicha X-XII asrlarda Buxoro Samarqand Balx kabi shahar
sozandalarining orasida shahar arkalarida va maydonlarida kechayu kunduz to‘xtamay
12 maqomni ijro etuvchilar bo‘lgan ekan. Har bir maqom navbati oldidan ular o‘z
kiyimlarini o‘zgartirib turishgan ekan.

Sharq olimlarining nazariy qarashlari mavjud ijrochilik san’ati tajribasi asosida

shakllangan bo‘lib, ular o‘z risolalarida musiqanig jamiyatda tutgan o‘rni va ahamiyati


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

65-son_1-to’plam_Iyul-2025

18

ISSN:3030-3613

xaqida atroflicha ma’lumot berganlar. Forobiyning ( 873 -950) “Katta musiqa kitobi”
(“ Kitob al-musiqa al-kabir”), Ibn Sinoning ( 980-1037) “Davolash kitobi” (“Kitob
ush-shifo”) qomusidagi “Musiqa xaqida risola”, Al-Xorazmiyning (X asr) “Bilimlar
kaliti”, Safiuddin Urmaviyning (1216 -1294) “Olijanoblik xaqida kitob” yoki
“SHarafiya kitobi”, Jomiyning (1414-1492) “Musiqa xaqida risola” kitoblarida
musiqa ijrochiligi va xalq cholg‘ulari haqida muhim ma’lumotlar bayon etilgan. O‘rta
asrlardayoq SHarqning buyuk mutaffakkirlari musiqiy psixologiya, musiqaning
qalbga, kayfiyatga va inson organizmiga ta’siri masalalarini o‘rganishgan:
Forobiyning «Musiqa haqida katta kitob»i va boshqa asarlari, Ibn Sinoning «Kitob
ash-shifo», «Kitob an-najot», «Donishnoma» kabi asarlarining musiqa haqidagi
bo‘limlari, Abdurahmon Jomiyning «Risolai musiqa» kitobi shular qatorida turadi.

Musiqa psixologiyasi haqidagi yanada qadimiyroq ta’limotlar Qadimgi Misr,

Hindiston, Xitoy olimlari, zardushtiylarning muqaddas kitobi «Avesto»da bayon
etilgan. Pifagorning evritmiya, Arastuning mimesis ta’limotlari shular jumlasidan.
Ular musiqaning inson ongi, shaxsiga, umuman, jamiyat rivojiga ulkan ta’sirini
ta’kidlab o‘tishgan. Masalan, Aflotun «davlatning qudrati unda qanday musiqa, qaysi
lad va qay ritmda yangrayotganligigiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq», – degan.Safiuddin
Urmaviy iste’dodli ud cholg‘uchisi, xonanda, mashhur sozanda sifatida tanilgan. U
Ozarbayjonning Urmiya shahrida tug‘ilgan. Safiuddinning eng katta yutug‘i lad
(“modus”)larning mukammal sitemasini ishlab chiqqanligidadir. Ibn Zaylining (1044
yilda vafot etgan) “Musiqa haqida to‘liq kitob”i (“ Kitob ul-kabi fil musiqiy “) uning
musiqa ilmidagi yagona va bebaho kitobidir. U yangi usulni - musiqada ladlarni harflar
bilan ifodalash usulini ishlab chiqdi. Abdulqodir Marog‘iy ( XV asr), Abdulqodir ibn-
G‘oyibiy (Marog‘iy), Ozarbayjonning Marog‘ shahrida tug‘ilgan bo‘lsada, hayotining
ikkinchi yarmi Temur saroyida Samarqandda o‘tgan va Hirotda vafot etgan. “Musiqa
ilmida ohanglar to‘plami”(“ Jami al-alxan fi-ilm al musiqiy”) risolasida musiqa
xaqidagi ta’limotni - kamoncha etti torli g‘ijjak kabi bir turdagi musiqa cholg‘ulari
borligi haqidagi ma’lumotlar bilan boyitdi. Al-Husaynning (XV asr) Musiqiy
Kanonlarida asosan O‘rta Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan ikki torli musiqa
cholg‘usi - dutor haqida ma’lumot berilgan. Qutbiddin ash-SHeroziy (1236-1310)
eronlik musiqa nazariyotchisi sifatida tanilgan bo‘lib, o‘z risolasida kamonchali tanbur
haqida ibratli mulohazalar bildirgan, hamda inson ovozini musiqa asboblari ichida eng
yoqimli deb hisoblagan. XVII asrda yashagan buxorolik musiqashunos Darvish Ali
o‘z risolasidagi tanbur, chang, qonun, barbot, chag‘ona, ud, rud, rubob, qobuz, g‘ijjak,
shemane, ruxavza, kungura kabi musiqa cholg‘ulari haqida batafsil ma’lumot bergan.

Buyuk SHarq mutafakkirlarining merosi xalq cholg‘ularini o‘rganish sohasida

ham tarixiy qimmatga ega. Abu Nasr Muhammad Forobiyning mashhur asari “Musiqa
xaqida katta kitob” (“Kitob al-musiqa al-kabir”) ulkan ahamiyatga ega. O‘rta asr olimi
bu kitobida ikki xil musiqa ijrochiligi: ohangni inson ovozi (qo‘shiq san’ati) va


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

65-son_1-to’plam_Iyul-2025

19

ISSN:3030-3613

cholg‘ular vositalarida qayta tiklashga ajratadi. Forobiy mohir ijrochi sifatida musiqa
cholg‘ularining jamiyat hayotidagi rolini o‘rganishga ahamiyat beradi va u: “... Jangu-
jadallarda, raqslarda, to‘y-tomoshalarda, ko‘ngil ochar bazmlarda hamda ishq-
muhabbat qo‘shiqlarini kuylashda chalinadigan o‘ziga xos cholg‘ular bor” deb yozgan
edi

O‘rta Osiyoda musiqiy-nazariy ilm rivojiga to‘xtab o‘tish alohida ahamiyatga

ega. Ayni IX-XI asrlarda musiqa faniga asos solinib, O‘rta Osiyoning o‘rta asrda
yashagan olimlarining deyarli barchasi bu masala bilan shug‘ullanar edilar. IX
asrdayoq musiqa haqida risolalar paydo bo‘lib, ularda musiqaning nazariy asoslari
tadqiq etiladi, musiqa asboblari ilmiy tasvirlanadi, taniqli ijrochilar nomi, ularning
repertuari keng tarqalgan musiqa janrlarining nomlari keltiriladi. Abu Ali ibn Sino. (
Avitsenna). YAna bir ulug‘ alloma Abu-Ali Ibn Sino (980- 1037) ham musiqa
nazariyasi bilan shug‘ullangan bo‘lib, 1931 yilda Maxmud al Xavfning Berlinda nashr
etilgan Ibn Sinoning musiqa ijodiga bag‘ishlangan kitobida Abu-Ali Ibn Sinoni katta
musiqa nazariyachisi va uning musiqa asboblari ham kashf etgani to‘g‘risida ma’lumot
beradi. YAna shu kitobda ulug‘ olimning musiqa haqidagi «Kitob un najot» asarining
arabchadan nemischaga tarjimasi berilgan. Abu Ali Inb Sino meditsina, falsafa,
musiqa sohasida «Alqonun fit-tib» («Tib qonun»),

«Kitob ul shifo» («Shifo kitobi»), «Donishnoma», «Risola fial musiqiy sayr mo

fi al shifo» («Musiqa to‘g‘risida» «Shifo»da berilgandan boshqa risola») kabi qator
asarlarni yozdi. Ibn Sinoning musiqaga doir mulohazalari «Kitob ush shifo» asariga
alohida bir qism qilib kiritilgan. Yuqoridagi asarlarda Ibn Sino musiqaning estetik
ahamiyati va ta’sir kuchiga e’tibor berib, ayrim jismoniy va ruhiy kasalliklarni musiqa
vositasi bilan shifolash usullarini o‘z amaliyotida joriy qiladi. Bu yana o‘sha davrda
musiqa san’atining yuksaklikka erishganini ham ko‘rsatadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. A. Odilov “ O‘zbek xalq cholg‘ularida ijrochilik tarixi” O‘qituvchi, 1995 yil
2. Sh. Umarov “Musiqa cholg‘ularini o‘rganish” Toshkent, 2018 yil
3. Sh. Ayxodjaeva . “O‘zbek musiqasi tarixi”. Toshkent 2021yil
4. Sh. Mirziyoev. “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir
qo‘shimcha chora-tadbirlar” to‘g‘risidagi qaror. 2 fevral, 2022 yil.
5. Sh. Rasulov “Oliy ta’limni rivojlantirishda elektron ta’limning roli” metodik
qo‘llanma Toshkent 2023 yil.

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

A. Odilov “ O‘zbek xalq cholg‘ularida ijrochilik tarixi” O‘qituvchi, 1995 yil

Sh. Umarov “Musiqa cholg‘ularini o‘rganish” Toshkent, 2018 yil

Sh. Ayxodjaeva . “O‘zbek musiqasi tarixi”. Toshkent 2021yil

Sh. Mirziyoev. “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir

qo‘shimcha chora-tadbirlar” to‘g‘risidagi qaror. 2 fevral, 2022 yil.

Sh. Rasulov “Oliy ta’limni rivojlantirishda elektron ta’limning roli” metodik

qo‘llanma Toshkent 2023 yil.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари