Mualliflar

  • Ergasheva Nilufar Akramjon qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.119105

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar:

Annotasiya

Annotasiya: Ushbu maqolada Oʻzbekiston xalq shoiri, Oʻzbek qahramoni Erkin 
Vohidov sheʼrlaridagi qochirimlar, tashbeh, tazod kabi sheʼriy sanʼatlar muhokama 
qilinadi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

65-son_1-to’plam_Iyul-2025

214

ISSN:3030-3613

"ERKIN VOHIDOV – ELPARVAR SHOIR"

Ergasheva Nilufar Akramjon qizi

Oʻzbekiston Milliy universiteti oʻzbek

filologiyasi fakulteti 1-bosqich talabasi.

Annotasiya:

Ushbu maqolada Oʻzbekiston xalq shoiri, Oʻzbek qahramoni Erkin

Vohidov sheʼrlaridagi qochirimlar, tashbeh, tazod kabi sheʼriy sanʼatlar muhokama
qilinadi.

Kalit soʻzlar:

"Shoir yuragi", "Buloq", Anvar Obidjon, "Orzu chashmasi",

bulbul va boshqalar .

"Isyonkorlik, chorlovchanlik, olishqoq falsafa, teran mushohada she’riyat
kemasining yelkani uchun yo‘lchi shamol vazifasini o‘taydi, shiddatiga shiddat
qo‘shadi. Ammo bu shiddat ko‘psonli “oddiy she’rxonlar”ni o‘ziga eliktiruvchi
unsurlar – so‘zlar shirasi, tasvir nafosati, ifoda nazokati ila uyg‘unlasha olmas ekan,
she’r quruqshoqlanib, qofiyalashtirilgan nasr tusiga kiradi, ta’sir doirasi torayadi, bir
to‘p ziyolilar davrasidan nariga o‘tishi qiyin kechadi. Shu ikki muhim jihatni o‘z
ijodida omixtalashtira olish kamdan-kam shoirga nasib etgan"-deya yozganida Anvar
Obidjon haq edi. Bu shoir Erkin Vohidov edi.
Erkin Vohidov — nozik tuygʻularni sheʼr orqali yorqin ifodalangan shoirdir.
Uning she’rlari kelajak avlodning taqdiri uchun havotirga to‘la, muallif zamonaviy
hayotning chuqur ma’naviy va axloqiy jarayonlarini tushunishga intiladi. Uning
“Minora” she’ri o‘tmish xotirasini saqlab qolish haqida; “Samarqand kechasi” -
buzilmas vaqt aloqasi haqida; “Sharq afsonasi” - inson hayotining mazmuni haqida;
“Shoir yuragi”, “Abay”, “Yo‘qotilgan she’r” - shoirning fuqarolik burchi haqida.
E. Vohidov ijodida hajviy yo‘nalish alohida o‘rin egallaydi. “Donish-qishloq
latifalari” Matmus haqida bo‘lib, shoir unda laganbardorlik, sotqinlik, xasislik,
tamagirlikni mazax qiladi. She’rlari hayot kuzatuvlari, chuqur ma’nosi, o‘ziga xos
ifoda vositalari bilan qiziqarli.

“Tuyaqush” masalida E.Vohidov jonzodning ikkilamchi nomlanishidan

maromida foydalangan, ya’ni - tuya hamda qush. Shunday qilib, hajmi katta
bo‘lmagan, lekin ma’nosiz, munofiq va qo‘rqoq insonlar haqidagi juda o‘tkir she’r
yaraladi. Erkin Vohidovning muhabbatga yo‘g‘rilgan she’rlari ham e’tiborga loyiq.
Shoirni g‘azal janrining chinakam davomchisi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. “Bulbul
tuni bilan noladi”, “G‘uncha” kabi she’rlarida an’anaviy g‘azal belgilari - ixtirosli
fojiaviy sevgini jonlantiruvchi bulbul va atirgul, Farhod va Majnun timsollari mavjud.

Isyonkorlik, chorlovchanlik, olishqoq falsafa, teran mushohada she’riyat

kemasining yelkani uchun yo‘lchi shamol vazifasini o‘taydi, shiddatiga shiddat


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

65-son_1-to’plam_Iyul-2025

215

ISSN:3030-3613

qo‘shadi. Ammo bu shiddat ko‘psonli “oddiy she’rxonlar”ni o‘ziga eliktiruvchi
unsurlar – so‘zlar shirasi, tasvir nafosati, ifoda nazokati ila uyg‘unlasha olmas ekan,
she’r quruqshoqlanib, qofiyalashtirilgan nasr tusiga kiradi, ta’sir doirasi torayadi, bir
to‘p ziyolilar davrasidan nariga o‘tishi qiyin kechadi. Shu ikki muhim jihatni o‘z
ijodida omixtalashtira olish kamdan-kam shoirga nasib etgan.
An’analarga ehtiyotkorona rioya qilgan holda, muallif o‘zining mustaqil sevgi
tushunchasini yetkazib beradi. “Orzu chashmasi” she’rida u chashma oldida o‘tirgan
qiz timsolini gavdalantiradi. Real lavhalardan chekingan holda, shoir lirik sevgi
tarixini, to‘g‘rirog‘i, sevgi umidini yaratadi. She’rdagi lirik qahramon sevgisi yer
tubidan chiquvchi musaffo chashma kabi. Porloq tuyg‘u umididagi she’r qahramoni
mag‘rur va soddadir.
“O‘zbegim” qasidasida shoir xalqning eng qadrli yutug‘i — Vatan erkinligi va
mustaqilligini tarannum etadi. Erkin Vohidov “o‘rdani vahshiyona toptashdi va yer
jarohatlari sezildi” misralari orqadi ona diyorining tarixiy o‘tmishiga yuzlanadi. Erkin
Vohidov esa ona xalqi – o‘zbegimga qasida bag‘ishlaydi. Bu shoir ijodidagi dastlabki
badiiy pulitsistik isyon deya baholasak yanglishmagan bo‘lamiz, negaki, bunday ijodiy
jasorat shunisi bilan alohida ajralib turadiki, qasida yozilgan davr sobiq sho‘ro
mustamlakasi barcha millatlar «sovet xalqi» degan umumiy, sun’iy nom bilan atalar,
insonlarning ma’lum bir millat vakili ekani bilan faxrlanishlari millatchilik deya atalib,
bunday ijod na’munasini yaratgan ijotkorlar ham siyosiy ham ijtimoiy taziq ostiga
olinar edi. Ko‘rinib turibdiki adib ijodi iste’dodining dastlabki isyoni ayni “O‘zbegim”
qasidasida ulkan bir portlash ko‘rinishida, so‘z qudrati, millat qudrati, ijodkorning
mahoratida yaqqol ko ‘rinadi deb aytsak aslo yanglishmaymiz.

Bu oʻrinda qasidani maxsus sharhlab oʻtirishga hojat yoʻq: u haqda koʻp yozildi.

“Asar darsliklardan joy olgan. Millatning shaʼni-gʻururi toptalgan, tarix
darsliklarimizda xalqimizning shonli oʻtmishi qora boʻyoqlar bilan bulgʻangan, har
tongda kuylanadigan davlat madhiyasi ulugʻ ogʻaga, partiyaga hamdu sanolar bilan
boshlanadigan zamonlarda kechmishning shonli sahifalarini ulugʻlovchi “Oʻzbegim”
qasidasi gʻayrirasmiy milliy madhiyaga aylandi.” Ehtimol, uning she’rlarida yuzaki
o`rinlar bordir, ammo adib hech qachon yolg`on gap aytmagan, mustabid, mafkura,
siyosat nog`orasiga o`ynab vijdonini sotmagan, murosasozlik yo`liga kirmagan. U
o`tkinchi mayllarga berilmay, so`z san’atining azaliy muammosi – shaxs jumbog`i,
ijtimoiy adolat tuyg`usi ifodasi bilan qiziqdi. Shoir azaliy erkinlik uchun intilish va
diyor ravnaqini “Alpomish”, “Toro‘g‘li” kabi dostonlarida ifodalagan. Vatanni
afsonaviy qahramoni bo‘lmish baxodirlarning qanotli tulpori - kuch, qudrat va erkinlik
timsoli bilan uzviy va aniq bog‘lay olgan. Shoir Robert Rojdestvenskiy uning ijodi
bilan zavqlanib, shunday yozgan: Menga uning “Nido” dostoni juda manzur bo‘ldi,
uning bengal shoiri Nazrulla Islom haqidagi ko‘p qirrali va jarangdor “Ruhlar isyoni”
dostoni yoqdi. Bu yerda mualliflik ovozi barcha imkoniyat va qirralarni namoyon etgan


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

65-son_1-to’plam_Iyul-2025

216

ISSN:3030-3613

- shivirlashdan qichqiriqqacha. “Fikrimcha, bular — juda yaxshi va aniq she’rlar.
Shuningdek, ularda dono xotirjamlik va kenglik mavjud. Yana, og‘riq bor. Haqiqiy
inson og‘rig‘i...” - deb yozadi rus shoiri Robert Rojdestvenskiy o‘zbek shoiri Erkin
Vohidov haqida.

80-yillarga kelib Erkin Vohidov ijodida milliy adabiyotimiz istiqboli uchun

muhim ahamiyatga molik yangi tamoyillar ro`y berdi.

“Yani, avval So‘z kelgan, Olloxninng “bo‘l” degan nidosi kelgan va mayda

zarrachalar olamidan yangi Olam yaralgan. Agar shu ilohiy So‘z kelmaganda olam
kukunligicha qolgan bo‘lardi” Adib ijodida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan bu asar
ijodkorning butun bir hayotidagi so‘z bilan bo‘g‘liq bo‘lgan o‘y-hayollar, ilmiy-
nazariy qarashlar, insoniy kechinmalar, qadriyat va urf-odatlar, milliy madaniy
shuningdek diniy qarashlarda o‘z aksini topgan. Shuningdek inson va insoniyat
hayotida so‘zning naqadar katta ahamiyatga ega ekanligi, millatlarni bir biriga
bo‘g‘lovchi va shu bog‘lash orqali butun insoniyat bir-biriga naqadar kuchli
bo‘g‘langanligini chuqur his etishga qaratilgan asosli qarashlari o‘z aksini topgan.
Erkin Vohidov shaxsiyati va ijodi butun O‘zbek xalqi tomonidan qanchalik qadrlanishi
va e’zozlanishi, asarlari xalqning barcha qatlamlari tomonidan sevib o‘qilishi hech
qanday isbot talab etmaydigan haqiqat ekanligi barchamizga ayon, shuni alohida aytib
o‘tish joizki adibning qanchalik serqirra ekanligini u tomonidan yaratilgan sheriy
hamda nasriy asarlarida ko‘tarilgan mavzular misolida ko‘rishimiz mumkin jumladan;
“So‘z latofati” kitobida “Ibtido”, “Uch daryodan suv ichgan dengiz”, “Bo‘yinbog‘
desang o‘larmiding”, “Axiy men bitdim”, “Kenguru va belmes” kabi ilmiy nazariy
qarashlari jamlangan maqolalari adibning naqadar falsafiy va ilmiy dunyo qarashga
ega ekanligini ko‘rishimiz mumkin.

Yozuvchi, o‘zining nafaqat eng sara asarlari bilan balki, o‘zining badiiy

publististik maqolalari bilan ham kitobxonlar qalbini zabt etganligini ham alohida
takidlab o‘tishimiz lozim, shuningdek adibning radio va televideniya orqali jiddiy
chiqishlar shuningdek, matbuotda birin-ketin o`tkir publitsistik maqolalar e’lon qildi.
1999 yil Erkin Vohidovga O‘zbekiston qahramoni unvoni berilib, shoir xizmatlari
sharaflandi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:

1.

Erkin Vohidov “So‘z latofati”

2.

Ximik1991 ochiq ensiklopediya

3.

2020 yil 20 may “Adiblar hiyoboni” ochilishidagi aytib o’tgan edi prezidentimiz
Sh.Mirziyoyev

4.

Hoshimov O`. O`zbeklar.-T: O`qituvchi. 2006 yil

5.

Karimov A. Barkamol avlod-O`zbekiston taraqqiyotining poydevori.-T: Sharq. 1997 yil

6.

Erkin Vohidov asarlar 6-jild “Erk saodati” “Sharq” 2018 y

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:

Erkin Vohidov “So‘z latofati”

Ximik1991 ochiq ensiklopediya

2020 yil 20 may “Adiblar hiyoboni” ochilishidagi aytib o’tgan edi prezidentimiz

Sh.Mirziyoyev

Hoshimov O`. O`zbeklar.-T: O`qituvchi. 2006 yil

Karimov A. Barkamol avlod-O`zbekiston taraqqiyotining poydevori.-T: Sharq. 1997 yil

Erkin Vohidov asarlar 6-jild “Erk saodati” “Sharq” 2018 y

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари