T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_1-to’plam_Iyul-2025
207
ISSN:3030-3613
“ICHIMIZDAGI NAZRUL ISLOM”
(maqola)
Ergasheva Nilufar Akramjon qizi
O‘zbekiston milliy universiteti o‘zbek
filologiyasi fakulteti 1-bosqich talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning
“Ruhlar isyoni” dostoni tahlil etiladi. Dostondagi har bir rivoyatning ma’naviy-
ma’rifiy jihatlari yoritib beriladi.
Kalit so‘zlar:
Jaholat, ma’rifat, Nazrul Islom, abadiyat, g‘alayon, isyon va
oriflik.
“Har bir san’atkor, – xoh u qo‘shiqchi, rassom bo‘lsin, xoh shoir-u yozuvchi, –
ijodining eng baland cho‘qqilari bo‘ladi. Bu cho‘qqilar yo o‘z vaqtida (muallifning
tirikligida) yohud ma’lum zamonlar o‘tgach (muallifdan keyin) ko‘zga tashlanadi.
O‘zbekning ulkan shoirlaridan biri Erkin Vohidovning “Ruhlar isyoni” dostoni shoir
ijodidagi ana shunday cho‘qqilardan biri”-, degan edi shoir, yozuvchi Ulug‘bek
Hamdam.
Har qanday jamiyatning milliy qiyofasini saqlab qoluvchi katta kuch shoirlardir.
Shoir so‘zining ikki xil ma’noda tushunamiz. Birinchisi, lirika masalasida. Inson
tuyg‘ularini o‘ziga oyna qilishda she’rdan foydalaniladi. Bir qatlam shoirlar “She’r bu
- tuyg‘u” desa yana bir toifadagilar “She’r bu – isyon” deydi. Shoirning ikkinchi
vazifasi, ijtimoiy hayot bilan hamnafasligi, muammolarga qarshi isyoni aks etishi.
Shoir Erkin Vohidov “Ruhlar isyoni” dostonini yozib o‘z ijodida HAYKAL asar
yaratdi. Nafaqat o‘z ijodi uchun, balki adabiyot, xalq uchun ham uzoq yillar
yashaydigan doston yozdi. Ilk marta “Ruhlar isyoni” dostonini o‘qib chiqqan
kezlarimda deyarli hech narsa tushunmagan ekanman. Nazrul Islom bir tomonda qolib,
“Jaholat to‘g‘risida rivoyat” dagi tabibga rahmim kelgan. Ha, faqat tabibga. Endi 18
yosh qiz tafakkuri bilan tabibga emas, undan ko‘proq avomga rahmim keladi:
Tinmay
Kechayu kunduzi
Topib kitob so‘zidan,
Dedilar:
“Dard bergan —
O‘zi!
Davosi ham
O‘zidan!
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_1-to’plam_Iyul-2025
208
ISSN:3030-3613
Bandasiga bermak doru
Yaratganga isyondir.
Demak,
Hakim ishi makru
Uning o‘zi
Shaytondir”
Yaxshilik qilgan inson har qanday davrda qadrlanmagan. Tabib obrazi esa zamonaning
olimiga tenglashtirilgan obraz edi. Demak, insonlar tabibni ham, shoirni ham, olimni
ham o‘z vaqtida qadriga yetmaydi degan xulosa chiqarish ham mumkin. Ammo meni
hayratlantirgan yana bir qahramon bor. Bu ko‘r odam obrazi. O‘z dunyosini qorong‘u
deb bilgan edi, afsuski ko‘zlari ochilganda ko‘rlik olamining qorong‘uligidan-da
kattaroq qorong‘ulik – jaholat borligini ko‘rdi. Qani endi ko‘zlari ko‘r bo‘lsa-yu shu
jaholatni ko‘rmasa edi:
O‘ylar edim dunyoda bor
Musaffolik, soddalik.
Ko‘zim ochib
Ko‘rdim ilk bor
Berahmlik,
soxtalik.
O‘g‘rilig-u fahshni ko‘rib
Jim yurarkan odamlar.
O‘z do‘stiga
Kulib turib,
Tig‘ urarkan odamlar.
Bir yonda aysh
Ko‘kka chirmash.
Bir yonda, boq, ohu voh…
Bukun mening ko‘nglimda g‘ash,
Imonimda — ishtiboh.
Shoirning eng katta topilmasi tabib emas. Chunki har doim ilm odamlari zulm ostida
qolishgan. Mening fikrimcha, eng katta yutug‘, topilma - ko‘r odam obrazi. Ko‘ngil
ko‘zlari ochilmay qolgan insonlar fojiasi haqida bu rivoyat. Har bir fasl alohida-alohida
tahlilga chorlaydi.
“Ruhlar isyoni” dostoni aslida Nazrul Islom hayot yo‘liga bag‘ishlangan.
Nazrul Islom aslida kim edi? Shoir, yozuvchi, musiqachi, faylasuf va jamoat arbobi. U
asosan insoniy tenglik, hurlik kuylangan jabr-zulmga qarshi ruhda yozilgan she’rlari
bilan mashhur. Otashqalb shoir ijtimoiy adolatsizlik qoralangan she’rlari va milliy
ozodlik uchun kurashganligi bois “Bidrohi Kobi”, ya’ni “Isyonkor shoir” laqabini
olgan. “Ruhlar isyoni” dostonining kompozitsion qurilmasi tizimli shaklda tartiblanib,
mustaqil besh fasl va o‘n rivoyatdan tashkil topgan. Har bir rivoyat keyingi faslning
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_1-to’plam_Iyul-2025
209
ISSN:3030-3613
mantiqiy davomi bo‘lib, yozuvchi qissadan hissa tarzida izchillikka amal qilgan.
Dostonning kirish qismida istibdod og‘ir dard sifatida aytiladi. “Abadiyat haqida
rivoyat” nomli bo‘limda insonning mangu yashashi emas, balki uning hayoti abadiyat
uchun xizmat qilishi lozimligi aytiladi. Xuddi shu bobda ko‘tarilgan mavzuni
shumerlarning eposi “Bilgamish” da ham ko‘rishimiz mumkin. Bilgamish abadiyat
uchun dengizlar oshib O‘tnaparshi ( abadiylikka erishgan shaxs) yoniga borganida ham
abadiylikka erisha olmaydi. Ammo Erkin Vohidovning rivoyatida mavzuga
yondashish uslubi o‘zgacha. Go‘yo Navoiy ham “Xamsa”sini hech qaysi “Xamsa”ga
o‘xshatmagandek. “Shoir qalbi” faslida azaldan insonga isyon ruhi hokimligi, inson
o‘zligini anglashga intilib yashashi aytiladi. Narzul Islom Xisrav Dehlaviy, Bedil,
Boburlar singari oshiqlik haqida she’r yozib, dillarni xushnud aylashi mumkin edi,
ammo taqdir unga ulug‘ ishni yukladi, u ozodlik haqida kuylashi o‘ziga qismat deb
bildi:
Yaramasang kuniga.
Shoir esang,
Shoir bo‘lib
Nega kelding hayotga
“Isyon qo ‘shig’i” faslida shoir inson ozod va hur bo‘lib tug‘ilgan, uning uchun
QULLIK ISNODLIGI aytilib, inson zulmga bosh egmasligi kerak, deya uni isyonga
chorlaydi. Isyon hodisaning asl mohiyatini anglash bilan boshlanadi. Isyon ham
turlicha: amal uchun, e’tiqod uchun.Vatan ozodligi bulardan eng afzalidir. “Fidoiylik
haqida rivoyat” faslida har bir boshga bir o‘lim, ammo sening o‘liming ham ezgulikka
xizmat qilsa, demak bekorga yashamabsan, degan g‘oya singdirilgan. She’r monolog
shaklida berilsa-da, ammo muallif o’zi bilan munozaraga kirishadi, murosaga
boradi.Askarning o‘limi malomat qilinsa-da, zero ayollarni qo‘shib ko‘mish odati
barham topdi:
Kel, ey ko‘nglim,
Inson aslo
Yaralmagan sabrga.
Sig‘inaylik o‘sha tanho
Tahqirlangan qabrga.
Haq uchun
Bosh tutgan tikka
Mardlar ruhi yor bo‘lsin.
Bu dunyoda nohaqlikka
Ko‘nmaganlar bor bo‘lsin.
“G‘alayon” deb nomlangan bo‘lim avvalgilari bilan ichki mantiqiy bog‘liqlikda bir
birini to‘ldiradi. Aslida, mantiqan o‘ylab ko‘rilsa, g‘alayon isyondan oldingi bosqich,
voqelikning pishib yetilish jarayonidir. Bo‘limda urushning asl sababchisi hind-u
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_1-to’plam_Iyul-2025
210
ISSN:3030-3613
musulmonni bir biriga qarshi qilib, ularni o‘ldirayotgan kimsalarning asl yuzi fosh
qilinadi. Keyingi qismda shoir shaxsiyati, shoir o‘zi kim, ijod nima kabi savollar
atrofida fikr yuritiladi. Elning koriga yaramagan shoir emas degan javobni aytadi.
“Tutqunlikda”, “Shohi jahon va Avrangzeb haqida rivoyat”, “Sharpalar” fasllarida
qahramonning uy kechinmalari, iztiroblari izchil tarzda ko‘rsatib beriladi. Har bir fasl
muallif maqsadi va niyatining ifodasi sifatida tartiblangan. Navbatdagi fasl “Oliy
ruhlar haqida rivoyat” deb nomlanib ulug‘ odamlarning ruhi ham buyuk bo‘ladi,
millatni yo‘lga boshlaydi degan fikrlar beriladi. Doston ayni dahriylik kuchaygan
yillarda yaratilib yozuvchi qandaydir oliy ruhlar borligiga ishora qiladi, aslida bu o‘z
davri uchun katta jasorat;
Bid’at yotdir menga,
Dahriy fikrat egadir.
Oliy ruhlar borligiga
Ishonaman negadir
“Ozodlik” “Zohidlar va oriflar haqida hikoyat” (rivoyat emas, hikoyat), “Nihoya”
fasllarida Narzul Islom nomi xalqni kurash sari ruhlantirdi, hindu musulmon
birlashtirdi, Vatan ozod bo‘lishiga xizmat qilganligi bayon qilinadi.
Nazrul Islom bo‘lib yashash qo‘rqmay yashash bilan barobar. Hind shoirini
emas, o‘zbek shoirini gavdalantirishga Erkin Vohidovda imkon bor edi. Yoki bizda
Nazrul Islomlar yo‘qmidi? Cho‘lpon, Qodiriy, Fitrat unda kim edi? Yoki biz jaholatdan
mutlaq qutulgan xalqmidik? Ha, bu doston ramziy ma’noda o‘zimizniki! Ichingizda
“Nega biz erkin emasmiz, nega bizning bolalar ham chet ellarda o‘qimaydi, nega
ochmiz, nega biz ichimizdagini ayta olmaymiz, nega, nega?” degan savollar hali hanuz
javobsiz. Zombilashayotgan, iste’molchiga aylanayotgan, insonga inson emas
“podpischik” deb qaralayotgan qiyin davrda ichimizdagi Nazrul Islomni tinglamaymiz.
Uning erkiga yo‘l bermaymiz. Uni ezg‘ilab o‘ldiramiz. Ana isyon qayerdan
boshlanadi... Ba’zi asarlar davriy chegaralangan bo‘ladi. Ba’zilari esa chek-chegarasi
yo‘q. “Ruhlar isyoni” chegarasiz. Millat, el tanlamaydi. Asarda hind xalqi esa butun
bir insoniyatning tipiklashtirilgan shakli aslida. Millat ochodligi kurashuvchilari ham,
umum-insoniy asarlar ham hech qachon o‘lmaydi. G‘oyasi bir bo‘lgan xalqlarning
missiyasi ham bir bo‘ladi:
“Tug‘ilgansan ozod, mudom Ozod bo‘lib qol!”
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbegim, Erkin Vohidov. “Zukko kitobxon” nashriyoti,2022. (246-264-
sahifalar)