Mualliflar

  • Jaloliddinova Maftunaxon Mahmudjon qizi
  • Yo‘ldosheva Mubinaxon Zafarjon qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.93056

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: nutq o‘stirish interfaol usullar o‘yin texnologiyalari rivojlantirish yangi g‘oyalar bola pedagog tadqiqiot natija mashg‘ulot mustaqil fikrlash.

Annotasiya

 
Annotatsiya.  Maqolada  maktabgacha  ta’lim  tashkilotlarida  nutq  o‘stirish 
mashg‘ulotlarida bolalarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish texnologiyalari, bolalarda 
nutqiy  rivojlanishni  ta'minlash,  ularni  mustaqil  fikrlashga  o‘rgatish  qobiliyatlarini 
shakllantirish haqida so‘z yuritiladi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_1-to’plam_Aprel-2025

49

ISSN:3030-3613

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA NUTQ OʻSTIRISH

MASHGʻULOTLARIDA BOLALARNI MUSTAQIL FIKRLASHGA

OʻRGATISH TEXNOLOGIYALARI

Jaloliddinova Maftunaxon Mahmudjon qizi

Qo‘qon universiteti Ta’lim kafedra o‘qituvchisi

Yo‘ldosheva Mubinaxon Zafarjon qizi

Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 2.23-guruh talabasi


Annotatsiya.

Maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida nutq o‘stirish

mashg‘ulotlarida bolalarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish texnologiyalari, bolalarda
nutqiy rivojlanishni ta'minlash, ularni mustaqil fikrlashga o‘rgatish qobiliyatlarini
shakllantirish haqida so‘z yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

nutq o‘stirish, interfaol usullar, o‘yin texnologiyalari,

rivojlantirish, yangi g‘oyalar, bola, pedagog, tadqiqiot, natija, mashg‘ulot, mustaqil
fikrlash.

KIRISH

Bugungi kunda ta’lim tizimida bolalarning mustaqil fikrlash qobiliyatini

rivojlantirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida nutq o‘stirish mashg‘ulotlari orqali bolalarda mantiqiy tafakkurni
shakllantirish, ularning o‘z fikrini aniq va ravon ifodalash ko‘nikmalarini rivojlantirish
muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan
ilgari surilgan “Yangi O‘zbekiston – taraqqiyot va ma’rifat sari” tamoyili asosida
amalga oshirilayotgan islohotlar ta’lim sifatini oshirish, yosh avlodni ijodkor va
mustaqil fikrlovchi shaxs sifatida tarbiyalashga yo‘naltirilgan.

Xususan, 2022-yil 12-maydagi “Maktabgacha va maktab ta’limi tizimini yanada

takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-134-sonli Prezident farmoni hamda
2021-yil 6-noyabrdagi “Ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlash tizimini
tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5117-sonli qarori
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish,
innovatsion ta’lim usullaridan keng foydalanish zaruratini belgilab berdi.

Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida nutq o‘stirish

mashg‘ulotlari jarayonida bolalarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishning zamonaviy
pedagogik texnologiyalari, ilg‘or metodlar hamda samaradorlikka erishish yo‘llari
tahlil qilinadi.

ADABIYOTLAR SHARHI

Maktabgacha ta'limda bolalarning nutqini rivojlantirish va mustaqil fikrlashga

o‘rgatish texnologiyalarining samarali qo‘llanishi uchun zamonaviy pedagogik


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_1-to’plam_Aprel-2025

50

ISSN:3030-3613

metodlar, innovatsion texnologiyalar, shuningdek, muloqot va kreativ faoliyatga
asoslangan yondashuvlarning ahamiyatini ko‘rsatib beradigan adabiyotlar ham
o‘rganib chiqildi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishda
o‘yin, interaktiv mashg‘ulotlar, multimedia vositalari va guruhli faoliyatlar muhim rol
o‘ynaydi.

A. Qodirovaning "Maktabgacha ta'lim tizimida nutqni rivojlantirish"

kitobida maktabgacha ta'limda bolalarning nutqini rivojlantirish usullari va
metodologiyasiga oid to‘liq tavsiflarni ko‘rishimiz mumkin. Muallif bolalarni o‘z
fikrlarini erkin ifodalashga o‘rgatish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni
qo‘llash zarurligini ta’kidlaydi.Kitobda mustaqil fikrlashni rivojlantirish uchun bolalar
bilan interaktiv faoliyat va o‘yinlarni tashkil etish zarurligi haqida so‘z boradi.

R.

To‘xtasinova o‘zining "Nutqni rivojlantirishda innovatsion texnologiyalar"
maqolasida

nutqni rivojlantirishning innovatsion texnologiyalaridan, xususan,

kompyuter texnologiyalari va multimedia vositalaridan foydalanish jarayoni tahlil
qilingan. Muallif bolalarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishda multimedia vositalari va
onlayn resurslar yordamida interaktiv mashg‘ulotlar tashkil etishning samaradorligini
ko‘rsatadi.

Sh. Karimovaning "Maktabgacha ta'limda bolalarning mustaqil

fikrlashini rivojlantirish"

asarida maktabgacha yoshdagi bolalarda mustaqil fikrlash

va ijodkorlikni rivojlantirishning psixologik-pedagogik asoslari ko‘rib chiqiladi.
Muallif bolalarga erkin fikrlashni o‘rgatishda yengil va o‘yin asosida o‘qitish
metodlarining samarali ekanini ta'kidlaydi. Shuningdek, bu asarda nutqni rivojlantirish
mashg‘ulotlarida analitik fikrlash va qiziqarli masalalar yordamida bolalarni mustaqil
fikrlashga rag‘batlantirish ko‘rsatilgan.

Z.Mamaqulova "Pedagogik texnologiyalar va metodlar" kitobida

pedagogik texnologiyalarning bolalar ta'limidagi o‘rni va ularning mustaqil fikrlashni
rivojlantirishdagi roli haqida batafsil ma'lumot beradi. Muallif turli pedagogik
texnikalar, masalan, mashg‘ulotda erkin fikr almashish, kreativ faoliyat va guruhli
ishlarning bolalar nutqiga ta'sirini tahlil qiladi. Kitobda shuningdek, bolalar uchun
yangi metodik yondashuvlarni ishlab chiqish zarurligi va ularning ta'lim jarayoniga
kiritilishi muhimligi ta'kidlanadi.

T.Shavkatova "Bolalar bilan muloqotda nutqni rivojlantirish" nomli

ilmiy

ishida bolalar bilan muloqotda nutq rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilgan. Muallif
bolalarning muloqotdagi erkinligi va kreativ fikrlashini oshirish uchun pedagogning
roli, bolalarga nutqni o‘rgatishda innovatsion yondashuvlar va metodlarni qo‘llashning
ahamiyatini tahlil qiladi. Asarda nutqni rivojlantirishda o‘yinlar va didaktik
vazifalarning samaradorligi ko‘rsatilgan.

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL

Ushbu tadqiqotda kuzatish, eksperiment va tahlil usullari qo‘llanildi. Nutq

o‘stirish mashg‘ulotlarida bolalarning faol ishtirokini ta'minlash uchun interfaol


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_1-to’plam_Aprel-2025

51

ISSN:3030-3613

o‘yinlar, savol-javoblar, hikoya tuzish va muammoli vaziyatlarni hal qilish metodlari
qo‘llandi. Tadqiqotda 5-6 yoshli 30 nafar bolalar ishtirok etdi. Ular bilan 2 oy
davomida har hafta ikki marotaba nutq o‘stirish mashg‘ulotlari olib borildi.
Mashg‘ulotlarda "O‘ylab top", "Savol-yashirin", "Hikoya davom ettir" kabi metodlar
qo‘llanildi. Pedagoglarning bolalar bilan ishlash uslubi, ota-onalarning bolalarga
bo‘lgan munosabati ham kuzatildi. Maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirish davlat
siyosati darajasida ko‘tarilgan ulug‘vor vazifalaridan biridir. Bu tizimning asosiy
maqsadi bolalarni sog‘lom va rivojlangan shaxs bo‘lib shakllanishini ta'minlash, erta
yoshlikdan o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqini uyg‘otib, tizimli o‘qishga tayyyorlab
borishdan iborat. TMM ning asosiy maqsadi bolalarni maktabdagi o‘qishga tayyorlash
barkamol rivojlangan mustaqil shaxs bo‘lib shakllantirish va qobiliyatlarni ochib
berish tizimli ta'limga bo‘lgan ishtiyoqini tarbiyalashdir. Bundan tashqari
Prezidentimiz bu haqda shunday degan edi: "Oldimizda turgan eng muhim va dolzarb
masalalardan biri yuksak ma'naviyatli, zamonaviy bilim va kasb -hunarlarga, o‘z
mustaqil fikriga ega bo‘lgan yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida
tarbiyalashdan iborat"

1

NATIJALAR

Natijalar shuni ko‘rsatdiki, bolalarning nutqiy faolligi va mustaqil fikrlash

qobiliyatlari sezilarli darajada oshdi. Mustaqil hikoya qilish, o‘z fikrlarini aniq va
ravon ifodalash qobiliyatlari rivojlandi. Eksperimentda ishtirok etgan bolalarning 80%
mustaqil fikrlashda ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi. Bolalar yangi vaziyatlarda o‘z
fikrlarini bildirishga intilishdi, o‘yinlarda muammoli vaziyatlarni hal qilishda faol
ishtirok etishdi. Pedagogik yondashuvlar samaradorligi ota-onalar va pedagoglar
tomonidan ham ijobiy baholandi.

Bola tomonidan nutqni o‘zlashtirishga asosli

yondashuv bilan kelishgan holda biz shunga e’tiborimizni qaratdikki, qo‘llanma
mualliflari tez-tez «yordam berish», «mashq qildirish» va boshqa iboralarni
qo‘llaydilar-u, biroq qay tarzda yordam berish, mashq qildirish mumkinligiga kam
e’tibor qaratadilar.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bola har tomonlama maktab ta’limiga

tayyorlanadi. Ular orasida bola nutqini rivojlantirish eng asosiylaridan hisoblanadi.
Mashg‘ulotlar jarayonida mantiqan fikrlash va tafakkurini rivojlantirish orqali
bolalarni maktabga tayyorlash. Ularning so‘z boyligi oshishi, ravon gapirishi va
o‘z fikrini to‘liq ifoda etib, aytib bera olishi juda muhim. Shu sababli maktabgacha
ta’lim tashkilotlarida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar orasida nutq o‘stirish
mashg‘uloti eng asosiy mashg‘ulotlardan hisoblanadi.

XULOSA MUNOZARA

1

Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar nutqini o‘stirishda komunikativ muloqot o‘rni : Ergasheva G.B , Shodiyeva U


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_1-to’plam_Aprel-2025

52

ISSN:3030-3613

Nutq o‘stirish mashg‘ulotlarida mustaqil fikrlashni rag‘batlantiruvchi

texnologiyalarni qo‘llash katta samara beradi. Bu usullar bolalarning nafaqat nutqiy,
balki aqliy rivojlanishiga ham ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Tadqiqot davomida kuzatilgan
bolalarning qiziqishi va faolligi yuqori bo‘ldi, bu esa o‘quv jarayonining
samaradorligini oshirdi. Shuningdek, oila va jamiyatning bolalar fikrlash
qobiliyatlariga ta'siri, pedagoglarning motivatsiyasi va ta'lim jarayonidagi
hamkorlikning o‘rni ham muhim ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi. Kelgusida ushbu
texnologiyalarni yanada takomillashtirish, pedagoglarni maxsus o‘quv kurslari orqali
o‘qitish va ota-onalarni ham ushbu jarayonga jalb qilish lozim. Agar bola kichik
yoshidan boshlab to‘g‘ri gapirishga (so‘zlashishga) o‘rgatib borilsa, u vaqtda bunday
bola me’yoriy holatda rivojlanadi, ya'ni avval tasavvur etish, keyin esa fikr yuritish,
xayol qilish qobiliyati paydo bo‘ladi va bu qobiliyat har bir yosh bosqichida
takomillashib boradi. Bolalarda intellekt bilan barobar ravishda iroda kabi ruhiy
jarayon ham takomillashib boradi.

Ko‘pgina tajribalar shuni ko‘rsatadiki, nutqi rivojlanmagan bola to‘liq shaxs

sifatida kamol topmaydi. Demak, tarbiyachi har doim shuni esda tutishi kerakki, nutq
bu maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda barcha ruhiy jarayonlar rivojlanishiga
ko‘maklashuvchi vositadir. Bolaga ona tilini o‘rgatish bilan bir vaqtda, uni maktabda
muvaffaqiyatli o‘qishi uchun zamin tayyorlanadi, mehnat faoliyatiga ijodiy
yondashishga o‘rgatiladi. Bolalar bog‘chasining barcha tarbiyaviy-ta'limiy ishlarida
bolalarga ona tilini o‘rgatish orqali ularning nutqi o‘stiriladi. Ayniqsa, nutq o‘stirish
mashg‘ulotlarida har bir bolaning nutqiniostirish bo‘yicha ishlar rejalashtiriladi.
Bolalarga barcha mashg‘ulotlarning mazmuni faqat ona tili orqali singdiriladi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida nutq o‘stirish mashg‘ulotlarida bolalarni

mustaqil fikrlashga o‘rgatish uchun interfaol va innovatsion pedagogik
texnologiyalardan foydalanish zarur. Tadqiqot natijalari ushbu yondashuv
samaradorligini tasdiqladi va kelajakda bolalar rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga
ega ekanligini ko‘rsatdi. Shuningdek, bolalarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini
rivojlantirishda oila va jamiyat bilan hamkorlik qilish zarurligi ta'kidlanadi. Pedagoglar
uchun maxsus treninglar va o‘quv dasturlarini joriy qilish, ota-onalarni tarbiyaviy
jarayonga jalb qilish kelgusidagi muhim vazifalardan biridir.

ADABIYOTLAR

1.

D.R.Babayeva. Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi. Darslik. Barkamol fayz
media nashriyoti. 2018

2.

F.Qodirova, Sh.Toshpo‘latova, N.Qayumova, M.A’zamova. Maktabgacha
pedagogika. Darslik. Tafakkur nashriyoti. Toshkent 2019

3.

Sh.Sodiqova Maktabgacha pedagogika. Darslik. Tafakkur bo‘stoni. Toshkent
2013


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_1-to’plam_Aprel-2025

53

ISSN:3030-3613

4.

Jaloliddinova Maftunaxon Mahmudjon qizi “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida
bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning pedagogik asoslari” Ilmiy maqola.

5.

“Sciene and innovation” International scientifik journal. 2022. № 2 ISSN: 2181-
3337

6.

F.O‘rinova, M.Jaloliddinova Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tayyorlov guruhi
tarbiyalanuvchilarini maktabga tayyorlash tamoyillari ,,Academic excellence on
science and Research’’ Respublika jurnalida, ISSN: 2181-2608

Bibliografik manbalar

ADABIYOTLAR

D.R.Babayeva. Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi. Darslik. Barkamol fayz

media nashriyoti. 2018

F.Qodirova, Sh.Toshpo‘latova, N.Qayumova, M.A’zamova. Maktabgacha

pedagogika. Darslik. Tafakkur nashriyoti. Toshkent 2019

Sh.Sodiqova Maktabgacha pedagogika. Darslik. Tafakkur bo‘stoni. Toshkent

Jaloliddinova Maftunaxon Mahmudjon qizi “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida

bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning pedagogik asoslari” Ilmiy maqola.

“Sciene and innovation” International scientifik journal. 2022. № 2 ISSN: 2181-

F.O‘rinova, M.Jaloliddinova Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tayyorlov guruhi

tarbiyalanuvchilarini maktabga tayyorlash tamoyillari ,,Academic excellence on

science and Research’’ Respublika jurnalida, ISSN: 2181-2608

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари