Mualliflar

  • Uzoqova Maftuna Yori qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.93084

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: ta’lim tarbiya inklyuziv rivojlanish takomillashuv harakat

Annotasiya

ANNOTATSIYA 
Ushbu maqolada mamlakatimizda joriy qilinayotgan yangi ta’lim tizimi ya’ni 
inklyuziv  ta’lim  tizimining  takomillashuvi,  va  bu  ta’lim  tizimi  maktabgacha  ta’lim 
tashkilotlarida ham joriy qilinganligi, inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirish maqsadida 
yangi qaror va farmonlar qabul qilinib, vazifalar yuklatilganligi haqida so’z boradi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_1-to’plam_Aprel-2025

94

ISSN:3030-3613

MAKTABGACHA TA’LIMDA INKLYUZIV TA’LIM TIZIMINI

RIVOJLANTIRISH

Buxoro viloyati

Peshku tumani

39

davlat maktabgacha talim tashkilpti

tarbiyachisi

Uzoqova Maftuna Yori qizi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada mamlakatimizda joriy qilinayotgan yangi ta’lim tizimi ya’ni

inklyuziv ta’lim tizimining takomillashuvi, va bu ta’lim tizimi maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida ham joriy qilinganligi, inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirish maqsadida
yangi qaror va farmonlar qabul qilinib, vazifalar yuklatilganligi haqida so’z boradi.

Kalit so’zlar

: ta’lim, tarbiya, inklyuziv, rivojlanish, takomillashuv, harakat

DEVELOP AN INCLUSIVE EDUCATION SYSTEM IN PRESCHOOL

EDUCATION

ABSTRACT

This article discusses the new system of education in our country, ie the

improvement of the system of inclusive education, and the introduction of this system
of education in preschool education, the adoption of new decisions and decrees to
develop the system of inclusive education , it is said that the tasks are loaded.

Keywords

: education, upbringing, inclusive, development, improvement, action

KIRISH

Mamlakatimizda ta’lim tizimiga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilmoqda.

O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda o‘sib borayotgan avlodni sog‘lom va har
tomonlama yetuk voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va
tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha ta’limning
samarali tizimini tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Shu bilan
birga, olib borilgan tahlil, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrovini ta’minlash,
maktabgacha ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv-metodik materiallar va badiiy
adabiyotlar bilan to‘ldirish, sohaga malakali pedagog va boshqaruv kadrlarini jalb
qilish masalalarini hal etish zarurligini ko‘rsatmoqda. Maktabgacha ta’lim tizimini
yanada

takomillashtirish,

bolalarning

sifatli

maktabgacha ta’limdan teng

foydalanishini ta’minlash, maktabgacha ta’lim xizmatlarining nodavlat sektorini
rivojlantirish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-
yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu qarorda O‘zbekiston Respublikasi
maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_1-to’plam_Aprel-2025

95

ISSN:3030-3613

Maktabgacha

ta’lim

sohasidagi

normativ-huquqiy

bazani

yanada

takomillashtirish, maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual,
axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, bolalarning
sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrovini oshirish, undan teng foydalanish
imkoniyatlarini ta’minlash ko’zda tutildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston

Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini
tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni
rivojlantirish, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini
takomillashtirish hamda ularga ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash
maqsadida 2020 — 2025-yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish
konsepsiyasi ishlab chiqildi.

MUHOKAMA

2020 — 2025-yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantiris

konsepsiyasini 2020-2021-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab

chiqildi. Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ta’limini 2025-yilgacha

rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari (indikatorlari) tasdiqlandi.

Konsepsiya

erishilgan natijalar, maqsadli ko‘rsatkichlar va tegishli davrga mo‘ljallangan asosiy
yo‘nalishlardan kelib chiqqan holda 2022-yildan boshlab har yili tasdiqlanadigan
alohida “Yo‘l xaritasi” asosida bosqichma-bosqich amalga oshirilishi belgilandi.
Konsepsiya ikki bosqichda amalga oshirish, jumladan:

2020 — 2022-yillar davomida: inklyuziv ta’lim tizimi sohasidagi normativ baza

takomillashtirish; inklyuziv ta’lim tizimi uchun malakali pedagog kadrlarni tayyorlash,
qayta va malakasi oshirish; inklyuziv ta’lim joriy etilgan muassasalarning moddiy-
texnika bazasi mustahkamlanishi, ular maxsus moslamalar (ko‘tarish qurilmasi,
pandus, tutqich va boshqalar), zarur adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar, turli kasblarga
o‘qitish uchun uskuna va jihozlar bilan ta’minlanishi; inklyuziv ta’lim sohasiga
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalar joriy
etish;

alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning bilim olish huquqi, inklyuziv

o‘qitishning mazmun-mohiyatini tushuntirish orqali aholi o‘rtasida ijobiy ijtimoiy
muhit shakllantirish; alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni kamsitish, ularga
salbiy muomalada bo‘lishning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga
oshirish;

inklyuziv ta’lim tizimi tajriba-sinov tariqasida alohida ta’lim

muassasalarining faoliyatiga joriy qilish; 2023 — 2025-yillar davomida: inklyuziv
ta’lim tizimi bosqichma-bosqich boshqa umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida joriy
qilish; alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan har bir bolaning inklyuziv ta’lim olish

huquqini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirish; inklyuziv

ta’limda

o‘qitish

usullari

takomillashtiriladi

hamda

ta’lim

jarayoniga


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_1-to’plam_Aprel-2025

96

ISSN:3030-3613

individuallashtirish tamoyillari bosqichma-bosqich joriy etish; inklyuziv ta’lim
jarayonida o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga, ularning jismonan sog‘lom
va baquvvat shakllanishiga qaratilgan choralar ko‘rish;o‘quvchilarning jismoniy va
aqliy ehtiyojidan hamda ta’lim muassasalarining geografik joylashuvidan kelib chiqib
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim
muassasalari soni optimallashtirish belgilab qo’yildi.

NATIJA

Inklyuziv ta’lim vazifasi bolalarning qobiliyatlari va holatidan qat’i nazar,

ularning barchasiga sifatli ta’lim taqdim etishdan iborat. Shu bilan birga, inklyuzivlik
tamoyili imkoniyatlari cheklangan bolalar ijobiy ruhiy va ijtimoiy rivojlanishga ega
bo‘lishlari uchun oilada yashashlari va o‘z tengdoshlari bilan birga oddiy maktabda
bilim olishlari lozimligini nazarda tutadi. Inklyuziv ta’lim tizimi nogironlar
aravachasidagi bola yaqin atrofda joylashgan har qanday maktabda ta’lim olishi,
o‘zlashtirishda qiynalayotgan bo‘lsa, o‘qish va yozishga o‘rganish uchun maxsus
yordamga ega bo‘lishi, darslarga qatnamay qo‘ygan bolaga esa maktabga qaytish
uchun tegishli yordam ko‘rsatilishini kafolatlaydi.

XULOSA

Maktabgacha ta’lim tizimida inklyuziv ta’limning ahamiyati shundaki,

imkoniyati

cheklangan bolalarni ilk yoshlaridanoq sog’lom bolalar qatoriga qo’shib

sifatli ta’lim olishini ta’minlagan holda bolada ruhiy va jismoniy hissiyotlarini va
haraktlarini rivojlantirishdir. Inklyuziv ta'limda imkoniyati cheklangan bolalarga nima
beradi?

-o‘z imkoniyatini o‘zi uchun kashf etish imkonini beradi
- mustaqil harakatlanish birgalikda, hamkorlikda ishlash imkoniyati orqali

yuzaga keladi;

-dunyoqarashi kengayadi, hayotiy tajribasi oshadi;
-o‘qishga bo‘lgan ehtieji va qiziqishlari ortadi;
-O‘zini barcha bilan bir xil his qila boshlaydi;
-Ilgari sezilmagan imkoniyatlari ochiladi;
-Yotsirash, yakkalanish kabi xususi yatlari yo‘qoladi.
Inklyuziv ta'lim sog‘lom bolalar hayotiga qanday ta'sir ko‘rsatadi?
-O‘zlariga o‘xshamagan tengdoshlari va ularning hayoti, ehtiyojlarini his

qiladilar;

-Tengdoshlariga g‘amxo‘rlik hissi uyg‘onadi;
-Ularni qo‘llab-quvvatlash, yordam berishga intilish –insonparvarlik hissi

tarbiyalanadi;

-O‘quvchilarda atrofdagi insonlarga, imkoniyati cheklanganlarga pozitiv

munosabat,

o‘zaro hurmat tarbiyalanadi


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_1-to’plam_Aprel-2025

97

ISSN:3030-3613

-Yoramga muhtoj insonlarga e'tibosizlik qilmaydigan shaxsga aylanadilar
-Hozirda mamlakatimizda inklyuziv ta’limga yo’naltirilgan maktabgacha ta’lim
tashkilotlari kun sayin ko’payib va takomillashib bormoqda.

REFERENCES

1.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha
ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida
qarori PQ-4312 08.05.2019

2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining alohida ta’lim olish ehtiyojlari bo’lgan

bolalarga ta’lim- tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora – tadbirlari
to’g’risidagi qarori -4860 13.10.2020

3. Д.З. Ахметова, З.Г. Нигматов, Т.А. Челнокова, Г.В. Юсупова и др. Педагогика

и психология инклюзивного образования: учебное пособие . – Казань, 2013

4. Буторина, О. Г. Об опыте воспитания и обучения детей с ограниченными

возможностями здоровья / О. Г. Буторина // Воспитание школьников, 2010

5. Инклюзивная практика в дошкольном образовании. Современный

образовательный стандарт / Т. В. Волосовец, А. М. Казьмин, В. Н. Ярыгин. –
М.:Мозаика-Синтез, 2011. – 144 с.

6. D.S.Qaxarova “ Inklyuziv ta’lim texnologiyasi” o’quv va metodik qo’llanma 2014-

yil

Bibliografik manbalar

REFERENCES

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha

ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida

qarori PQ-4312 08.05.2019

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining alohida ta’lim olish ehtiyojlari bo’lgan

bolalarga ta’lim- tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora – tadbirlari

to’g’risidagi qarori -4860 13.10.2020

Д.З. Ахметова, З.Г. Нигматов, Т.А. Челнокова, Г.В. Юсупова и др. Педагогика

и психология инклюзивного образования: учебное пособие . – Казань, 2013

Буторина, О. Г. Об опыте воспитания и обучения детей с ограниченными

возможностями здоровья / О. Г. Буторина // Воспитание школьников, 2010

Инклюзивная практика в дошкольном образовании. Современный

образовательный стандарт / Т. В. Волосовец, А. М. Казьмин, В. Н. Ярыгин. –

М.:Мозаика-Синтез, 2011. – 144 с.

D.S.Qaxarova “ Inklyuziv ta’lim texnologiyasi” o’quv va metodik qo’llanma 2014-

yil

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари