T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_1-to’plam_Aprel-2025
156
ISSN:3030-3613
MAKTABGACHA TA’LIMDA MUQOBIL TA’LIM SHAKLINING
RIVOJLANISHI
Buxoro viloyati Peshku tumani 39 davlat maktabgacha talim tashkilpti
tarbiyachisi
Uzoqova Maftuna Yori qizi
ANNOTATSIYA:
Ushbu maqolada kundan-kunga rivojlanib borayotgan
maktabgacha ta’lim tizimiga yangi innovatsion ta’lim shakllarining va
texnologiyalarining joriy etilishi, rivojlanish strategiyasining ishlab chiqilishi, chekka
qishloqdagi mamlakatimiz aholisi uchun maktabgcha ta’lim tashkilotlarini barpo
qilinishi va shart – sharoitlar yaratish, maktabgacha ta’limga qamrov sonini oshirish,
har bir bolani maktabgacha ta’limda mukammal ta’lim va tarbiya olishi uchun ijmoiy
ko’maklashish kabi isloatlar haqida so’z boradi.
Kalit so’zlar
: ta’lim, tarbiya, rivojlanish, innovatsiya, texnologiya, barkamol
avlod.
THE DEVELOPMENT OF AN ALTERNATIVE EDUCATION SYSTEM IN
PRESCHOOL EDUCATION
ABSTRACT:
This article discusses the introduction of new innovative forms
and technologies of education in the ever-evolving system of preschool education, the
development of development strategies, the establishment of pre-school educational
institutions for the population of rural areas and the creation of conditions for preschool
education. Reforms such as increasing the number of coverage, social support for every
child to receive a perfect education and upbringing in preschool education.
Keywords
: education, upbringing, development, innovation, technology,
harmoniously developed generation.
Mamlakatimizda ta’lim tizimi tubdan isloh etilib, ertangi kunimizning munosib
davomchilari bo‘lgan barkamol avlodni voyaga yetkazishga alohida e’tibor
qaratilmoqda.
2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga mo‘ljallangan
“Yo’l xaritasi” keng ko’lamli kompleks tadbirlarni amalga oshirish ko’zda tutilgan
bo’lib, hech kimdan kam bo‘lmagan navqiron avlodning har tomonlama sog‘lom,
yuksak ma’naviyatli bo‘lib kamol topishi yo‘lidagi muhim hujjatdir. Unda bolalarni
maktabga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga
zamonaviy ta’lim dasturlarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual,
axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish
belgilangan.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_1-to’plam_Aprel-2025
157
ISSN:3030-3613
Dastur doirasida 5-6 yoshli bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash bo‘yicha
muqobil shakllarni yaratish va rivojlantirish yuzasidan keng qamrovli ishlar amalga
oshirildi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qisqa muddatli guruhlar tashkil
etildi. Bunday guruhlarda maktabgacha yoshdagi bolalar uchun turli rivojlantiruvchi
amaliy mashg‘ulotlar olib boriladi. Shu asosda har yili 305 mingdan ortiq 5-6 yoshdagi
bolani maktab ta’limiga tayyorlash imkoniyati yaratildi.
Bundan tashqari, maktabgacha ta’limga qamrab olinmagan 3-6 yoshli
bolalarning ota-onalarini metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash va ular bilan
tushuntirish ishlarini olib borish orqali maktab ta’limiga tayyorlashning muqobil tizimi
ham joriy etildi.
Ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribasidan foydalangan holda maktabgacha ta’lim-
tarbiya tizimi uchun muqobil dasturlar ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq qilindi.
Yangilangan dasturlar bolalarni maktabga yanada sifatli tayyorlashga, ularning
intellektual qobiliyati va mantiqiy fikrlash salohiyatini yuksaltirishga, oldingidan farqli
ravishda yozish va o‘qishni yanada yaxshiroq o‘rganishiga xizmat qiladi.
Ta’lim va tarbiyaning muqobil shakli bu — maktabgacha ta’lim va tarbiya
tizimidagi innovatsion ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish modelidir.
Maktabgacha ta’lim muqobil shakllarini tashkil etishning maqsad va vazifalari.
-Bolalarni sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini oshirish,
-Maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan bolalar ilg’or horijiy tajribani
xisobga olgan holda davlat talablariga muvofiq xar tomonlama aqliy, axloqiy, estetik
va jismoniy kamol topishi uchun shart sharoitlar yaratish,
-Bolalarni boshlang’ich ta’limga sifatli tayyorlash,
-Uzoq hududlarda va qishloq joylarda yashovchi maktabgacha yoshdagi
bolalarni teng huquqli sifatli maktabgacha ta’limga ega bo’lishini ta’minlash,
-Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktabgacha ta’lim
soxasida nodavlat ta’lim xizmatlarini ko’rsatish bilan shug’ullanuvchi yuridik
shaxslarning moddiy –texnik bazasini mustahkamlash,
-Bola shaxsining asoslarini shakllantirish,unda bilimga qiziqishni rivojlantirish,
-MTT qurilishi imkoniyati bo’lgan uzoq qishloq joylari, tog’li tumanlar va
borish qiyin bo’lgan aholi punktlarida kamxarj bo’lgan, bepul sifatli maktabgacha
ta’limdan teng foydalanshini ta’minlash,
-Maktabgacha ta’lim xizmatlarining nodavlat sektorini rivojlantirish.
Maktabgacha ta’limga ehtiyoji mavjud mahallalarda, shu jumladan qishloq
joylarida maktabgacha ta’limning muqobil shakllarini tashkil qilish va ularni zarur
moddiy- texnika vositalari bilan ta’minlash choralarini ko‘rish nazarda tutilgan.
Shu o‘rinda savol tug‘iladi: davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari quvvati
bolalar soniga nisbatan kam bo‘lganda, yechimni nimada ko‘rish mumkin? Vazirlar
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_1-to’plam_Aprel-2025
158
ISSN:3030-3613
Mahkamasining “Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik
tayyorlashga bosqichma-bosqich o‘tish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida
2018-2019- o‘quv yilidan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona viloyati
va poytaxtimizning ayrim tumanlarida bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bepul
bir yillik tayyorlashni joriy etish tajriba loyihasi amalga oshirildi. Loyihani amalga
oshirish uchun jami 494 ta guruh tashkil etildi.
Tajriba guruhlari maktabgacha ta’lim muassasalariga bormaydigan bolalarga
maktabgacha ta’lim va tarbiya olishda yordam berish, buning uchun zarur shart-
sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etildi. Guruhlar davlat va nodavlat maktabgacha
ta’lim muassasalari, maktabgacha ta’lim sohasida nodavlat ta’lim xizmatlari
ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarning negizida ochildi.
— Tajriba guruhlarida 3-4 soat davomida bir yoki ikki smenada ta’lim-tarbiya
jarayoni tashkil etiladi. Bitta guruhdagi bolalar soni 30 nafardan oshmasligi kerak. —
Tajriba guruhlari maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat tomonidan belgilangan
talablarga muvofiq bolalarni tarbiyalaydi va maktabga tayyorlaydi. Bunda bolalarning
o‘ziga xos xususiyatlari, albatta, hisobga olinadi.
Tajriba guruhlariga 5 yoshdan oshgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga
borma- yotgan bolalar qabul qilinadi. Boshlang‘ich ta’limga majburiy yillik
tayyorgarlikdan o‘tgan bolalarga davlat namunasidagi sertifikat beriladi.
Maktabgacha ta’limning ushbu muqobil shakli bog‘chaga bormagan bolani
birinchi sinfga borganida tengdoshlaridan kam bo‘lmagan darajada faollashtirishni
ko‘zlaydigan dastur asosida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlaydi. Demak, bu barcha
ota-onalar uchun qulay va davlat tomonidan himoyalangan ta’lim shaklidir.
Maktabgacha ta`limning muqobil shakllari taqdimotida MTV tomonidan 16 ta
qayta jihozlangan avtobuslar, bolalar maydonchalari bo`lgan ikkita avtoturargoh va 2
ta modulli MTT taqdim etildi.
Isuzu HC 40 rusumli avtobuslar asosida harakatlanadigan MTTlar belgilangan
yo`nalish bo`ylab harakatlanadi. Ko`chma guruhlarda bo`lish muddati 3 soatdan
oshmaydi, maksimal soni 3 yoshdan 7 yoshgacha bo`lgan 16 nafar bola bo`ladi.
Darslarni barcha tarbiyalanuvchilar uchun qiziqarli qilish maqsadida, MTV
mutaxassislari turli yoshdagi
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PF-5198-son
farmoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi
“Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ-3955-son qarori
2.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMINI 2030-
YILGACHA
RIVOJLANTIRISH
KONSEPSIYASINI
TASDIQLASH
TO‘G‘RISIDA PQ-4312 08.05.2019
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_1-to’plam_Aprel-2025
159
ISSN:3030-3613
3.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “MAKTABGACHA
TA’LIM TIZIMINI TUBDAN TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI
TO‘G‘RISIDA” GI QARORI PQ-3261 09.09.2017
4.
LEX.UZ