T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_3-to’plam_Aprel-2025
105
ISSN:3030-3613
NEMRUT TOG‘I –QADIMIY SIVILIZATSIYALARNING UCHRASHGAN
MASKANI
Mushtariybegim Xolmirzayeva
TDSHU, Sharq sivilizatsiyasi va falsafa fakulteti
2-bosqich talabasi
Ilmiy rahbar:
I. Xudoynazarov
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Nemrut tog‘i va undagi diniy hamda madaniy
ahamiyatga ega bo‘lgan ulkan xudolar va hayvonlar haykallari haqida so‘z boradi.
Miloddan avvalgi davrlarga oid ushbu yodgorliklar qadimiy Kommagene qirolligiga
tegishli bo‘lib, sharq va g‘arb madaniyatini birlashtiruvchi tarixiy meros hisoblanadi.
Haykallar sharq va g‘arbiy terrasalarda joylashgan bo‘lib, ular diniy marosimlar uchun
mo‘ljallangan. Maqolada Levkodike, Ahura Mazda-Zeus, Mitra-Apollon, Artagnes-
Herakles kabi mifologik obrazlarning ramziy ma’nolari ham yoritilgan. Ushbu
yodgorliklar qadimiy yunon va fors madaniyatlarining uyg‘unligini aks ettiradi.
Kalit so‘zlar:
Nemrut tog‘i, Kommagene qirolligi, diniy madaniyat, Ahura
Mazda-Zeus, Mitra-Apollon, Artagnes-Gerakles, qadimiy haykallar, sharq va g‘arb
uyg‘unligi, madaniy yodgorlik, tarixiy arxeologiya, Antiox I, Ariobarza, Kapadokya.
Turkiyaning janubi-sharqiy qismida, Adıyaman viloyati hududida joylashgan
Nemrut tog‘i o‘zining tarixiy yodgorliklari va muhtasham haykallari bilan mashhurdir.
Semsur (Nemrut nomi kurd tilida “o‘lmas” degan ma’noni anglatadi) hududida
joylashgan Nemrut tog‘i diniy madaniyat markaziga aylangan. Nemrut tog‘ida
qurilgan yodgorliklar ushbu mafkuraning mahsulidir. Bu ulkan inshoot miloddan
avvalgi I asrda Kommagene podsholigi hukmdori Antiox I tomonidan barpo etilgan
bo‘lib, u o‘zining maqbarasi va muqaddas ibodat maskani sifatida qurdirgan. Antiox I
Kapadokya qiroli Ariobarzanning qizi bilan oila quradi. Tog‘ cho‘qqisidagi ulkan
yodgorliklar 2150 metr balandlikda joylashgan Nemrut tog‘i cho‘qqisida mayda
toshlardan tiklangan ulkan tümülüs (qabr tepaligi) mavjud. Uning balandligi 50 metr,
diametri esa 150 metrni tashkil etadi. Ushbu hudud sharq va g‘arb madaniyatlarining
uyg‘unlashganini aks ettiruvchi san’at asarlari bilan boyitilgan. Tog‘ cho‘qqisida ikkita
asosiy maydon – Sharqiy va G‘arbiy teraslar joylashgan bo‘lib, har ikkisi ulkan
haykallar bilan bezatilgan. Ushbu haykallar orasida yunon va fors xudolari,
shuningdek, Kommagene podshosi Antiox I ning o‘zi ham mavjud. Antiox I
Kommagenlarning eng mashhur qirollaridan biri edi. U mamlakatga yangi din olib
kelishni maqsad qilgan edi. G‘arbliklarning ya’ni, yunonlarning dini bilan sharqiy
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_3-to’plam_Aprel-2025
106
ISSN:3030-3613
forslarning dinini birlashtirishni niyat qilgan edi
1
. Nemrut cho‘qqisida ulkan xudolar
va hayvonlarning haykallari mavjud. Diniy marosimlar uchun terrasalar va shaxsiy
yodgorlik maqbarasi qurilgan. Quyosh chiqishi va botishi, sharq va g‘arbni
birlashtirgan bu joyda haykallar sharqiy va g‘arbiy terrasalarda ketma-ket joylashgan.
Haykallarning balandligi 8–10 metr orasida bo‘lib, toshdan yasalgan, o‘tirgan holatda
va tartib bilan joylashtirilgan
2
. Haykallar yonida osmonga himoyachi sifatida burgut,
yerni himoya qiluvchi sifatida esa sher tasvirlangan. Kommagene podsholigi o‘z nomi
bilan “turli xalqlarning birlashuvi” ma’nosini anglatar edi. Podsho Antiox I sharq va
g‘arb madaniyatlari o‘rtasida muvozanatni saqlashga intilib, ikkala madaniyatning
xudolarini bir joyda aks ettirgan. Masalan, haykallar orasida Zeus (yunon), Oromasdes
(fors), Apollon (yunon), Mithras (fors), Herakl (yunon) va Artagnes (fors) kabi ilohiy
shaxslar nomlari birlashtirilgan. Antiox I o‘zini ham xudo deb e’lon qilib, o‘z haykalini
ham shu qatorga qo‘shgan. Ushbu san’at asarlari Kommagene podsholigining sharq va
g‘arb o‘rtasida mustaqillik saqlashga bo‘lgan urinishlarini ko‘rsatib turadi. Nemrut
tog‘ining sirli astronomik yulduz xaritasi Nemrut tog‘ida joylashgan eng sirli san’at
asarlaridan biri – shoh aslan (sher) tasviridir. Bu haykalning o‘ziga xos jihati shundaki,
uning bo‘ynida yarim oy, gavdasida 19 ta yulduz, yuqori qismida esa uchta katta
yulduz (Mars, Yupiter, Venera) tasvirlangan. Tadqiqotchilar ushbu tasvir qadimgi
yulduz xaritasi (horoskop) ekanligini va unda miloddan avvalgi 7-iyul, 62-yil sanasi
aks etganligini ta’kidlaydilar. Ushbu sana Antiox I ning taxtga chiqish sanasiga mos
kelishi mumkin deb taxmin qilinadi. UNESCO himoyasidagi madaniy meros 1987-
yilda Nemrut tog‘i UNESCO Butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi va bu
hudud milliy bog‘ sifatida e’lon qilindi. Hozirgi kunda u nafaqat tarixiy va diniy
ahamiyatga ega joy, balki dunyodagi eng go‘zal quyosh chiqishi va botishini kuzatish
mumkin bo‘lgan maskanlardan biri hisoblanadi. Bu yodgorlik Kommagene
podsholigining madaniy merosi, sharq va g‘arb uyg‘unligining timsoli hamda tarixiy
sirlarni o‘zida saqlab qolgan noyob maskan sifatida qadrlanadi. Nemrut tog‘ida
joylashgan haykallar orasida hukmdor sharafiga o‘rnatilgan yodgorlikdan tashqari
yana to‘rtta muhim haykal mavjud. Ulardan biri – Gerakl haykalidir. Yunon
mifologiyasida mashhur qahramon sifatida tanilgan Gerakl Kommagene madaniyatida
Ares va Artagnes nomlari bilan ham eslatib o‘tiladi. Rivoyatlarga ko‘ra, u Yunon
xudosi Zevsning o‘g‘li hisoblangan. Favqulodda jismoniy kuchi bilan ajralib turuvchi
Heraklga qadimgi afsonalarda o‘ta murakkab 12 ta sinov topshirilgan. Ushbu obraz
asosan qudrat, sabr va bardoshlilik ramzi sifatida qaraladi. Nemrut tog‘ida joylashgan
haykallar orasida muhim ilohiy obrazlardan biri – Apollon haykalidir. Bu xudo
qadimgi Yunon madaniyatida san’at, ilm va musiqa homiysi sifatida tanilgan. Eron
1
Önay Yılmaz. Türkiye ve Türkler hakkında doğru bildiğimiz yanlışlar. 2008. S-254.
2
İbrahim Tikan. Antik Kürdistan ve Dünya Tarih, Na Yayınları. 2021. S-183.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_3-to’plam_Aprel-2025
107
ISSN:3030-3613
mifologiyasida esa u Mithras nomi bilan ma’lum bo‘lib, quyosh va adolat ilohisi
sifatida ulug‘langan. Antiox I ning ushbu haykallarni qurdirishdan maqsadi, ikki
madaniyatni birlashtirish va xudolarining hurmatli ekanligini isbotlash bo‘lgan
3
.
Terassada Antiox I ning 237 satrlik vasiyatnomasi ham topilgan. Ushbu vasiyatnomada
qirol Antiox I o‘zining dindor bir qirol bo‘lganligini, shu sababli hamma ishlarning
uddasidan chiqqanligini aytgan
4
. Ushbu xudoga bag‘ishlangan ulkan haykal Nemrut
tog‘ining tepasida joylashgan bo‘lib, qadimgi diniy e’tiqodlarning uyg‘unligini
namoyon etadi. Nemrut tog‘idagi haykallar qanday kashf etilgan? Adıyaman viloyatida
joylashgan 2150 metr balandlikdagi Nemrut tog‘ining cho‘qqisidagi ulkan haykallar
qanday topilgani haqida bilasizmi? Bu haykallarni kashf etish tarixi juda qiziq va
hayratlanarlidir. Nemrut tog‘i odatda quyosh chiqishi va botishi bilan bog‘liq manzara
sifatida tasavvur qilinadi, lekin aslida bu yer arxeologiya tarixidagi eng muhim
haykallar joylashgan maskan sanaladi. Ularning kashf etilishi esa 1881-yilda nemis
muhandisi Karl Sester nomi bilan bog‘liq. Karl Sester temir yo‘l qurilishi bilan
shug‘ullanar ekan, mahalliy aholining Nemrut cho‘qqisidagi g‘aroyib yodgorliklar
haqidagi gaplariga qiziqib qoldi. U bu mish-mishlarni tekshirib ko‘rishga qaror qildi
va tog‘ cho‘qqisiga qiyin safar uyushtirdi. U yerda u titanik o‘lchamdagi haykallar va
ulkan bir qabrtosh (tumulus) borligini ko‘rib, Germaniya rasmiylariga darhol xabar
berdi. Karl Sester bu joyning arxeologik kashfiyot uchun mislsiz ahamiyatga ega
ekanini tushungan edi. U Germaniyaga xat yo‘llab, ushbu hududni batafsil o‘rganish
uchun mutaxassislar jamoasini yuborishni talab qildi. Nemrut tog‘idagi sirli
yodgorliklar va arxeologlarning dastlabki reaktsiyalari Sesterning chaqirig‘idan so‘ng
1882-yilda arxeolog Otto Puchstein boshchiligidagi ekspeditsiya Nemrut tog‘iga yo‘l
oldi. Puchstein cho‘qqiga yetib borgach, hayratini quyidagi so‘zlar bilan ifodalagan:
“Ko‘z o‘ngimda paydo bo‘lgan manzara meni hayratga soldi. Eng baland qoyali
cho‘qqi ustida, yana bir tepalik joylashgandek ko‘rinardi. Ulkan platforma ustida esa
o‘ziga xos kiyimlarda tasvirlangan beshta iloh haykali bor edi.” Bu ulkan haykallar
yunoncha uslubda ishlangan bo‘lsa ham, ularning kiyimlari va bosh kiyimlarida Fors
va Ermaniston madaniyati ta’siri sezilar edi. Dastlab, bu yodgorliklar Assur
sivilizatsiyasiga oid bo‘lishi mumkin deb taxmin qilindi. Lekin, haykallar o‘rnatilgan
taxtlarning orqa tomoniga nazar tashlaganlarida, qadimgi yunon yozuvi bilan o‘yilgan
yozuvlarni uchratishdi. Bu yozuvlar Kommagene podshosi I. Antiochos sharafiga
bag‘ishlangan bo‘lib, haykallarda yunon va fors ilohlari aks ettirilgan edi. Shunday
qilib, Nemrut tog‘idagi sir ochildi va bu joy qadimgi Kommagene podsholigining diniy
va siyosiy ramzi bo‘lib xizmat qilganligi aniqlandi. Nemrut tog‘ining bugungi
ahamiyati. 1987-yilda UNESCO Nemrut tog‘ini Butunjahon madaniy merosi
3
Emrullah Fatiş. Arkeolojik Tanrı Algıları ve Kur'an. Eğitim Yayınevi. 2018. s-244
4
Abdullah Karaman. Türkiye'nin UNESCO Değerleri ve Turizm Potansiyeli. Eǧitim Yayınevi. 2018.s-79.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_3-to’plam_Aprel-2025
108
ISSN:3030-3613
ro‘yxatiga kiritdi va u hozir Turkiyaning eng muhim tarixiy yodgorliklaridan biri
sifatida himoya qilinmoqda. Haykallar qadimgi sivilizatsiyalar o‘rtasidagi madaniy
bog‘liqlikning beqiyos namunasi bo‘lib, bugungi kunda ham tarix va arxeologiya
ixlosmandlarini hayratga solishda davom etmoqda.
Xulosa qilib aytganda, Nemrut tog‘i yodgorliklari madaniy uyg‘unlikning boy
merosidir. Nemrut tog'i nafaqat tarixiy ahamiyatga ega, balki sayyohlar uchun ham
diqqatga sazovor joylardan biri hisoblanadi. Ushbu yodgorliklar qadimiy
madaniyatlarning boy merosini namoyish etadi va bugungi kunda ham o'zining sirli va
jozibadorligi bilan ko'plab tadqiqotchilar va sayyohlarni jalb etadi. Haykallarning
tarixiy ahamiyatiga keladigan bo‘lsak, ushbu haykallar orqali tarixning turli yordamchi
sohalari bir qancha boy manbalarga ega bo‘lib kelmoqda. Bu kabi qadimiy va qimmatli
ma’lumotlar sharq sivilizatsiyasining naqadar boy va uzoq yillik o‘tmishga ega
ekanligini ko‘rsatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Önay Yılmaz. Türkiye ve Türkler hakkında doğru bildiğimiz yanlışlar. 2008. S-254.
2. İbrahim Tikan. Antik Kürdistan ve Dünya Tarih, Na Yayınları. 2021. S-183.
3. Emrullah Fatiş. Arkeolojik Tanrı Algıları ve Kur'an. Eğitim Yayınevi. 2018. s-244
4. Abdullah Karaman. Türkiye'nin UNESCO Değerleri ve Turizm Potansiyeli. Eǧitim
Yayınevi. 2018.s-79
5.
https://kahtaturizmdanismaburosu.ktb.gov.tr/TR-150100/nemrut-dagi.html