T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_3-to’plam_Aprel-2025
109
ISSN:3030-3613
INSONNING O‘Z HUQUQLARINI ANGLASHIDA QONUNNING ROLI
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti,
Sharq sivilizatsiyasi va falsafa fakulteti 2-kurs talabasi
Xolmirzayeva Mushtariybegim Ergash qizi
Ilmiy rahbar:
I. Xudoynazarov
Annotatsiya:
Ushbu maqolada jamiyatning rivojlanishida muhim ahamiyat
kasb etgan inson huquqlari mavzusiga to‘xtalib o‘tilgan. Qolaversa, inson huquqlarini
mustahkamlash va tatbiq etishda alohida ahamiyat kasb etgan qonunlarga ham e’tibor
qaratilgan. Jamiyatimizning rivojlanishi bevosita va bilvosita insonning o‘z
huquqlarini anglab yetishi, shuningdek, qonunning bu boradagi asosiy kuch ekanligini
yoritib berishga qaratilgan.
Kalit so‘zlar:
BMT, Assambleya, referendum, huquq, nizom, modda, jamiyat,
deklaratsiya, ombudsman.
Bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri insonlarning o‘z huquqlarini
yetarlicha
anglay
olmasligidir.
Bu
esa
turli
anglashilmovchiliklar
va
qonunbuzarliklarga sabab bo‘lmoqda. Inson huquqlarini barcha jabhalarda keng
miqyosda targ‘ib qilish ushbu muammoning yechimi bo‘la oladi. Agar mamlakat
bo‘ylab barcha sohalarda qonun ustuvorligini ta’minlasak va aholining huquq hamda
erkinliklarini himoya qilsak, bu bizning jahon miqyosida maqtana oladigan
yutuqlarimizdan biri bo‘la oladi.Inson huquqlari bo‘yicha qabul qilingan qarorlar,
xalqaro qonunlar va hujjatlarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, eng avvalo Inson huquqlari
umumjahon deklaratsiyasi diqqatimizni tortadi. Ushbu deklaratsiyaning tarixiga nazar
tashlasak, quyidagi ma’lumotlarga duch kelamiz: 1776-yil 12-iyunda AQShning
Virjiniya shtatida deklaratsiya qabul qilingan. Keyinchalik ushbu deklaratsiya 1948-
yilning 10-dekabrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan Bosh Assambleyaning
217 A (III) qarori bilan qabul qilingan va hujjatga zamin vazifasini o‘tab bergan
1
.
Ushbu deklaratsiyaning asosiy maqsadi tashkilotga a’zo mamlakatlar aholisining
barchasida inson huquqlari, qadr-qimmati va erkinliklariga e’tibor qaratishni eng
ustuvor yo‘nalish sifatida belgilashdan iborat. So‘nggi yillarda mamlakatimizda ushbu
sohada olib borilayotgan tadbirlarga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston
hududida inson huquqlarini mustahkamlashga doir tashkiliy-huquqiy ishlar, xalqaro
qonun standartlarini milliy qonunchiligimizga implementatsiya qilish bo‘yicha tizimli
ishlar olib borilmoqda. Xususan, O‘zbekiston inson huquqlariga doir 80 dan ortiq
xalqaro hujjatlarga, jumladan, 6 ta asosiy shartnoma va 4 ta fakultativ protokolga
1
Human Rights Watch:HRW Yangiliklar
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_3-to’plam_Aprel-2025
110
ISSN:3030-3613
qo‘shilgan
2
. Ayni vaqtda ushbu shartnomalarning ijrosi yuzasidan BMTning Inson
huquqlari bo‘yicha kengashiga muntazam ravishda hisobot taqdim etib kelmoqda.
Bunga qo‘shimcha ravishda, xalqaro standartlarga mos ravishda yurtimizda ham turli
chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish
mexanizmlarini yanada takomillashtirish maqsadida 2017—2021-yillarda O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar
strategiyasi ijrosini ta’minlash rejalashtirilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan
vazifalarni samarali va o‘z vaqtida amalga oshirish ham aynan inson huquqlarini
mustahkamlashga qaratilgan
3
. Shuningdek, qonun ustuvorligi va uning inson
hayotidagi o‘rni quyidagi jihatlarga ega: Huquqiy savodxonlik va inson huquqlarini
anglashda qonunning roli Huquqiy savodxonlik: Qonun ustuvor bo‘lgan jamiyatda
fuqarolar o‘z huquqlari va majburiyatlarini bilishlari uchun sharoit yaratiladi. Ta’lim
tizimi va davlat institutlari insonlarga huquqiy bilim berishga ko‘maklashadi. Bu esa
insonlarning o‘z huquqlarini anglab, ularni amalga oshirishda faol bo‘lishlariga imkon
yaratadi. Adolat va tenglikni ta’minlash: Qonun ustuvorligi fuqarolar o‘rtasida
tenglikni ta’minlaydi, ya’ni har bir fuqaro, shuningdek, davlat organlari va mansabdor
shaxslar qonunga bo‘ysunishi shart. Bu tamoyil insonlarga huquqlari buzilganida
qonuniy himoya olishlariga ishonch bag‘ishlaydi va ularga adolat izlash imkonini
beradi. Huquqni himoya qilish: Qonun ustuvor bo‘lgan davlatda insonlar o‘z
huquqlarini himoya qilish uchun sud va boshqa huquqni himoya qiluvchi organlarga
murojaat qilishlari mumkin. Bu jarayon adolatli, shaffof va samarali bo‘lsa, insonlar
o‘z huquqlarini anglab, ulardan foydalanishda ishonch hosil qiladi
4
. Erkinlik va
xavfsizlikni ta’minlash: Qonun ustuvorligi inson huquqlarining kafolati hisoblanadi.
Agar qonunlar adolatli bo‘lsa va barcha fuqarolar uchun bir xil qo‘llanilsa, inson o‘z
huquqlaridan to‘liq foydalanishi, erkin yashashi va xavfsizligini ta’minlashi mumkin
bo‘ladi. 1Qonun ustuvor bo‘lgan jamiyatda davlat organlari ham fuqarolar oldida
mas’uldir. Bu esa insonlarni o‘z huquqlari buzilganida davlatdan javobgarlik talab
qilishga, shuningdek, qonunlar to‘g‘risida ochiq muloqotda bo‘lishga undaydi. Ushbu
tamoyillar asnosida dunyoning bir qator mamlakatlarida inson huquqlarini anglab
yetishga qaratilgan muzokaralar va amaliy ishlar olib borilgan. Quyida ulardan bir
nechtasiga to‘xtalib o‘tamiz. Mamlakatimiz misolida ko‘rib o‘tishimiz kerak bo‘lgan
jihatlar shulardan iborat. BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi 2006-yil 5-mart
kuni BMT Bosh Assambleyasining 60/251-rezolyutsiyasi bilan tashkil etilgan
5
.
2
3
Inson huquqlari [Matn]: o‘quv qo‘llanma / F. Yusupova. – TDYU nashriyoti, 2024. – 6-bet.
4
http://insonhuquqlari.uz/oz/news/m10038
insonhuquqlari.uz (http://insonhuquqlari.uz/oz/news/m10038)
5
Mo‘minov A. R., Tillabaev M. A. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Adolat” nashriyoti, 2013.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_3-to’plam_Aprel-2025
111
ISSN:3030-3613
Mazkur rezolyutsiya asosida Kengash inson huquqlari sohasida har bir davlat
majburiyatlari bajarilishining Universal davriy tahlilini amalga oshiradi hamda shu
orqali universal miqyosda va barcha davlatlarga bir xil munosabatni ta’minlaydi. 2009-
yil BMT tomonidan Inson huquqlari bo‘yicha ta’lim xalqaro yili deb e’lon qilindi.
Inson huquqlari bo‘yicha kengash BMTning butun dunyoda barcha inson huquqlarini
rag‘batlantirish va himoya qilish uchun mas’ul asosiy organi hisoblanadi. Kengashning
bosh vazifasi – erkinlik, qonun ustuvorligi va adolatni targ‘ib qilishdir. Inson huquqlari
bo‘yicha kengash qarorgohi Jeneva shahrida joylashgan. BMTning Inson huquqlari
bo‘yicha kengashi 47 ta a’zo davlatdan iborat bo‘lib, O‘zbekiston 2020-yilda Kengash
a’zoligiga uch yil muddatga – 2021–2023-yillarga saylangan. Mamlakatimiz 2021-yil
1-yanvardan boshlab bu boradagi vazifasini bajarib kelmoqda
6
. Jahon miqyosida ham
bir qator anjumanlar o‘tkazilgan bo‘lib, ulardan birinchisi Jeneva (Shveysariya)
kengashidir. BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi dunyodagi eng muhim inson
huquqlari tashkiloti bo‘lib, uning asosiy yig‘ilishlari Jenevada o‘tkaziladi. Ushbu
yig‘ilishlar yil davomida bir necha marta o‘tkazilib, dunyo davlatlarining inson
huquqlarini himoya qilishdagi yutuqlari va muammolari muhokama qilinadi. Kengash
a’zolari global inson huquqlari bo‘yicha muammolarni muhokama qiladi va tavsiyalar
beradi. Yana bir muhim anjumanlardan biri Vena (Avstriya) kengashi bo‘lib, u alohida
ahamiyatga ega. Inson huquqlari bo‘yicha Vena konferensiyasi (1993) tarixdagi
muhim anjumanlardan biri bo‘lib, unda birinchi marta inson huquqlari global
tamoyillari tasdiqlandi. Ushbu konferensiya inson huquqlarini xalqaro miqyosda
himoya qilishda muhim bosqich hisoblanadi. Yillik inson huquqlari forumi – Varshava
(Polsha). Har yili Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) tomonidan
Polshaning Varshava shahrida inson huquqlari va demokratik institutlar bo‘yicha yillik
forum o‘tkaziladi. Bu forumda 50 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etadi va unda
inson huquqlariga oid muammolar muhokama qilinadi. Global Inson huquqlari
sammiti – Nyu-York (AQSH). Bu sammit inson huquqlari bo‘yicha xalqaro
tashkilotlar va davlat rahbarlarini birlashtirib, turli muammolarni hal qilishga
qaratilgan
7
. Yig‘ilishda xalqaro va milliy darajadagi huquqlar, shuningdek, yangi
siyosiy yo‘nalishlar muhokama qilinadi. Asiya Inson huquqlari forumi (Bangkok,
Tailand). Ushbu forum Osiyo mintaqasidagi inson huquqlari muammolarini hal qilish
va ularni yaxshilashga qaratilgan tadbir bo‘lib, Tailandda o‘tkaziladi. Mintaqaviy
huquq himoyachilari va nodavlat tashkilotlar bu forumda ishtirok etib, muammolarni
hal qilish yo‘llarini muhokama qiladilar. Afrika Inson va xalqlar huquqlari bo‘yicha
komissiya yig‘ilishlari (Banjul, Gambiya). Afrika qit’asida inson huquqlari bo‘yicha
yirik yig‘ilishlardan biri bu Afrika Inson va xalqlar huquqlari bo‘yicha komissiyasi
6
Global Inson huquqlari forumlari https://www.gchr.org
7
Abdukamol Rahmonov. “Inson huquqlari va dastlabki tergov” – T.: TYI nashriyoti, 2006. – 4-bet.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_3-to’plam_Aprel-2025
112
ISSN:3030-3613
tomonidan Gambiada o‘tkaziladigan yig‘ilishdir. Ushbu komissiya qit’adagi inson
huquqlarini himoya qilish va targ‘ib qilishga qaratilgan. Yevropa Kengashi Inson
huquqlari yig‘ilishlari (Strasburg, Fransiya). Yevropa Kengashi ham inson huquqlari
bo‘yicha muntazam yig‘ilishlar va konferensiyalar o‘tkazadi
8
. Strasburg shahrida
joylashgan Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi bu jarayonning muhim qismi
hisoblanadi. O‘zbekistonning inson huquqlari bo‘yicha milliy yig‘ilishlari.
O‘zbekistonda ham inson huquqlari bo‘yicha milliy anjuman va yig‘ilishlar o‘tkazilib,
unda inson huquqlari va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha masalalar
muhokama qilinadi. Bu anjumanlar ko‘pincha davlat va xalqaro tashkilotlar
hamkorligida o‘tkaziladi
9
. Mamlakatimizda o‘tkazilayotgan tadbirlar o‘zbek xalqining
manfaatlari uchun, shu muqaddas o‘lkada yashayotgan har bir insonning ozod
yashashi, go‘zal hayoti va farovon turmushi, insoniy qadr-qimmati uchun xizmat
qiladi.
Qonunning har jabhada ahamiyati beqiyosdir. Inson huquqlarini anglashda
qonun ustuvorligi muhim rol o‘ynaydi. Qonun ustuvorligi deganda, barcha fuqaro va
davlat organlari qonunlar va me’yorlarga muvofiq harakat qilishini nazarda tutadi. Bu
esa inson huquqlarini himoya qilish, erkinlik va adolatni ta’minlashda asosiy shartdir.
Birinchidan, qonun ustuvorligi fuqarolarni har qanday qo‘pol muomaladan himoya
qiladi. Bu holat fuqarolarning qonuniy huquqlari poymol qilinmasligini ta’minlaydi.
Ikkinchidan qonun barchaga bir xil darajada tatbiq etiladi, bu esa ijtimoiy adolatni
kuchaytiradi. Har bir fuqaro qonun oldida tengdir. Uchinchidan, qonunlar va qonun
ustuvorligi inson huquqlarini ta’minlashga qaratilgan harakatlar va siyosatlarning
asosini tashkil etadi. To‘rtinchidan, qonun ustuvorligi hukumat va boshqa davlat
organlarining javobgarligini oshiradi, bu esa inson huquqlari buzilishining oldini
olishda muhimdir. Shu bois, qonun ustuvorligi inson huquqlarini himoya qilish va
rivojlantirishda zaruriy shart hisoblanadi. Barcha davlatlar va jamoatchilik qonun
ustuvorligini ta’minlashga intilishi lozim, chunki bu jarayon inson huquqlari va
erkinliklarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Inson huquqlari [Matn]: o‘quv qo‘llanma / F. Yusupova. – TDYU nashriyoti, 2024.
– 6-bet.
2.
Mo‘minov A. R., Tillabaev M. A. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
huzuridagi “Adolat” nashriyoti, 2013.
3.
Abdukamol Rahmonov. “Inson huquqlari va dastlabki tergov” – T.: TYI nashriyoti,
2006. – 4-bet.
4.
Human Rights Watch (HRW) Yangiliklar –
8
Yevropa Inson huquqlari sudi
9