Mualliflar

  • Sattorova Nargiza Abduraupovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.95938

Kalit so‘zlar:

Kalit so'z: Ahmad Donish Edvard Olvort

Annotasiya

  Annotatsiya:  Buxoro  adabiy  muhitining  yirik  vakili,  qomusiy  olim  Ahmad 
Donish to'g'risida, jumladan Ayniyning "Esdaliklar" asarida u haqida bildirilgan fikrlar 
hamda uning " Navodir ul-vaqoe" asari xususida batafsil ma'lumot berilgan. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_3-to’plam_Aprel-2025

19

ISSN:3030-3613

BUXORO ADABIY MUHITI NAMOYONDASI AHMAD DONISH

Sattorova Nargiza Abduraupovna

BuxDpi magistranti

nargizasattorova1997@gmail.com


Annotatsiya:

Buxoro adabiy muhitining yirik vakili, qomusiy olim Ahmad

Donish to'g'risida, jumladan Ayniyning "Esdaliklar" asarida u haqida bildirilgan fikrlar
hamda uning " Navodir ul-vaqoe" asari xususida batafsil ma'lumot berilgan.

Kalit so'z:

Ahmad Donish, Edvard Olvort, "Navodir ul-vaqoe”, " Qori Ne'mat",

Siddiqhon Hashmat.

Yurt tarixi, millat taqdiririga befarq bo’lmagan ma’rifat ahli uning nomini

eshitgan, albatta. Biroq “Ahmad Kalla”, “Ahmadi Maxdum”, “Muhandis” nomlari
bilan zamonasida shuhrat qozongan va ilmiy-adabiy tafakkurning yangilanishiga
sezilarli ta’sir ko’rsatgan allomaning amirlik tuzumini isloh qilish, Rossiya va Yevropa
mamlakatlaridan andoza olib, huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati
barpo etish, turli tabaqa vakillaridan iborat parlament (mashvarat) tuzish, barcha
qonun, nizomlarni shu kengashda ishlab chiqib, hayotga tatbiq etish, maktab va
madrasa fanlari, o’qitish usullarini tubdan yangilash xususidagi ilg’or qarashlaridan
bexabar chiqamiz. U ana shunday hur fikrlari, qomusiy ilmi tufayli Rossiya imperatori
Aleksandr IIning ham nazariga tushgan edi.
Ahmad Donish 1827 yili Buxoroda shofirkonlik mudarris oilasida tug’ilgan.
Dastlab maktabda, so’ngra otasining madrasasida o’qigan Ahmad adabiyot, tarix,
falsafa, tabobat, astronomiya ilmlarini puxta o’zlashtirgan. Shuningdek, u nomi
chiqqan xattot va rassom ham edi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Ahmad Donish Buxoro amiri elchilari safida
uch marotaba — 1856, 1869, 1873-74 yillari Rossiyaga borgan va safar chog’ida
Peterburg hamda Moskvada ko’rgan-kechirganlari haqida maxsus risola bitgan. 1874
yil fevral-mart oylarida Rossiyada chiqadigan “Golos”, “Novoe vremya” gazetalarida
uning bilim-saviyasi va siyosatdonligi ta’riflangan fikrlar bosilgan. Bundan shunday
xulosaga kelish mumkinki, yurtdoshimiz rus podshosi xizmatidagi yozuvchi va
olimlarning e’tiborini tortgan, hurmatiga sazovor bo’lgan.

Ma’naviyatimizning zabardast vakillaridan bo’lgan Ahmad Donishdan bizga

ulkan meros qolgan bo’lib, uning qamrovi nihoyatda keng.Sadriddin Ayniy, Yevgeniy
Bertels, Ibrohim Mo’minov, Sadri Ziyo, Sotim Ulug’zoda, Ibrohim Haqqul kabi atoqli
olim va adiblar mutafakkir hayoti va ijodini tadqiq etishgan.

S.Ayniy ta’kidlaganidek, “Ahmad Donish doimo o‘z izdoshlari, shogirdlari va

hamrohlari orasida edi. U o‘z taassurotlari va mulohazalari bilan o‘sha paytgacha


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_3-to’plam_Aprel-2025

20

ISSN:3030-3613

“shunday bo‘lishi kerak, degan fikrdan bosh tortgan” Buxoro ziyolilarining mazkur
qatlaminining uyg‘onishiga hissa qo‘shdi.

Jadidlar nomi bilan mashhur bo‘lgan o‘sha ijtimoiy kuchlarni tarbiyalash va

birlashtirishda Ahmad Donish asarlari katta rol o‘ynadi. U zamondoshlari orasida
mashhur boʻlgan, oʻsha davrda ziyolilarning yetakchi qismi uchun maʼlumotnoma
boʻlgan “Navodir-ul vaqoe” (“Eng nodir voqealar”) asari muallifi edi. S.Ayniyning
yozishicha, XIX-XX-asrlar boʻsagʻasida Buxoroda yosh avlod aynan Ahmad Donish
ijodi va gʻoyalari asosida tarbiyalangan. Uning amir hokimiyatining
illatlari,amaldorlar, qozi va raislarning suiiste’mollari, madrasa, uning o‘qitish
uslublari va unda o‘qitiladigan narsalar haqidagi tanqidlari haqidagi asarlari madrasa
talabalarining ilg‘or qismi orasida "haqiqiy ma’naviy inqilob" yaratdi. “Uning
kitobining bizga ta’siri shunchalik kuchli ediki, o‘sha davrdagi hayotga bo‘lgan
qarashlarimiz, amir, vazir va mullalar bilan munosabatlarimiz deyarli butunlay
o‘zgarib ketdi". Ahmad Donish g‘oyalari O‘rta Osiyo mintaqasi, xususan, o‘sha davr
Buxoroning yetakchi arboblari dunyoqarashiga ta’sir ko‘rsatdi va XX-asr boshidagi
jadidchilik harakatining g‘oyaviy arsenaliga kirib keldi. S.Ayniy A.Donishni
“Buxoroning qorong‘u ufqidagi tong yulduzi” deb bejiz atamagan. Markaziy Osiyo
bo‘yicha g‘arb olimi Edvard Olvortning fikricha, "Ahmad Donish mahalliy
islohotchilarning nazariy asoschisi bo‘lgan”.
S.Ayniy Ahmad Donishning mashhur “Navodir-ul-vaqoe” (“Nodir voqealar”)
asari buxorolik yoshlarning ma’lum bir qismini rag‘batlantirish uchun muhimligini
ta’kidlab, unda qiziqarli hikoyalar bilan bir qatorda Ahmad Donish “o‘zimiz har kuni
kuzatadigan kundalik hayotning salbiy hodisalarini tasvirlaydi. Bu hodisalarning
keskin tanqidi bizni o‘ziga tortdi”. Natijada, S.Ayniy ta’kidlaganidek, “bu kitob bizda
juda katta taassurot qoldirdi, amir va uning vazirlari, mullalar va o‘sha davrning butun
hayoti bizga butunlay yangicha ko‘rinishda namoyon bo‘ldi”. Shuning uchun ham
S.Ayniy o‘zining va safdoshlarining Ahmad Donishning bu ajoyib asari
bilantanishishini “haqiqiy ma’naviy inqilob” deb bilgan. S.Ayniyning yozishicha, XIX
asr oxirlarida Ahmad Donishning Buxorodagi suhbatdoshlaridan eng mashhurlari
Sharif Maxdum Mo‘tasim, Iso Maxdum, Inoyat Maxdum, Yahyoxo‘ja, Qori
Abdulmajid Zufunun, Mulla Sharif Soat, Mirzo Somiy va boshqalardir.

"Navodir ul-vaqoe” 15 yil davomida, ya’ni 1870—1885-yillar oralig’ida

yozilgan tarixiy, falsafiy, memuar asar hisoblanadi. U 23 bobdan tashkil topgan bo’lib,
ota-ona va farzand munosabatlari (1-bob), mol-dunyo (2-bob), tarix (Z-bob), olim va
johil taqdiri (4-bob), vaqt qadri (5-bob), safar qilish foydalari (6-bob), ilm-fan manfaati
(9-bob), haqiqiy va majoziy ishq hamda uning odobi (10-bob), nikoh (11-bob), taqdir
(12-bob), kasb-kor (13-bob), jism va ruh (14-bob), yer tuzilishi va ma’danlar (16-bob),
tush ta’biri (19-bob), ayrim hadislar talqini (22-bob), inson axloqini belgilash (23-bob)
kabi rang-barang mavzularni qamrab olgan.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_3-to’plam_Aprel-2025

21

ISSN:3030-3613

Esdaliklar" asarida Ahmad Donish haqida quyidagi fikrlar aytilgan:
"U ajoyib odamning nomi Ahmad Maxdum, adabiy taxallusi Donish, ilmiy
taxallusi muhandis(handasadon) lik va munajjimlik (yulduzshunoslik) ekan. U
odamning boshi haddan ortiq katta bo'lganidan, unga " Kalla" degan laqab bergan
ekanlar. Odamlar uni " Ahmad Maxdum", " Ahmadi Maxdumi Donish", " Ahmad
Maxdumi muhandis", " Ahmad Maxdumi munajjim" yoki butunlay qisqartirib "
Ahmad Kalla" deb yuritar ekanlar. Ammo o'zini hazil bilan " Ahmadi Porina" ( o'tgan
yilgi Ahmad) Der va " Odamlar meni ne desalar desinlar" " Men hamon Ahmadi Porina
ki budam, hastam" ( men o'sha bulturgi Ahmadman, hozir ham o'shaman) der ekan.
Men qozi bilan Ahmad Donish haqida kunda uzoq suhbat qilishdan tashqari,
Donish qo‘li bilan yozilgan katta daftardan uning asarlarini o‘qib chiqardim. Qizil
charm muqovali bu daftarning bo‘yi taxminan ikki qarich, eni bir yarim qarich bo‘lib,
Q jaydar kitobat qog‘oziday tuzilgan edi.
Bu daftar qozining Qori Ne’mat degan oshpazi qo‘lida edi, u Ahmad mahdum
tirikligida unga oshpazlik qilgan. Qori Ne’mat yoshligidan Ahmad mahdum vafot
etguncha hamisha uning xizmatida bo‘lgan. Mahdum vafotidan so‘ng, aza kunlarini
birga o‘tkazish uchun Sharifjon mahdum talabi bilan uning xizmatiga kelib, oshpazlik
vazifasini ado qilarkan.
Qori Ne’matning so‘ziga qaraganda Ahmad mahdum bu daftarni “yodgorlik”
deb bergan ekan. Biroq bu to‘g‘rida daftarni hech narsaga yozilmagan edi. Har holda
men uchun bu daftarni o‘qib chiqish tasodifan topilgan nodir gavharga teng edi.
Daftarda ba’zi xotiralar, hikoyalar va ba’zi voqealardan muallifning taassuroti parishon
va egri-bugri qilib yozilgan edi. Men marhumning eng yirik asari bilan tanishdim,
so‘ng ma’lum bo‘ldiki, bu daftarda yozilgan ko‘p narsalar shu asarga kiritiladigan
materiallar ekan. Bundan ko‘rinadiki, muallif esiga kelgan har bir narsani avval
peshma-pesh bu daftarda tarqoq holda yozib, so‘ngra ularni ikkinchi marta ishlab,
tartibga solgan va boblarga ajratib, “Navodir ul-vaqoe” asarini yaratgan.
Albatta, bu daftarda “Navodir ul-vaqoe”ga kiritilmagan parchalardan ham,
shuningdek, bu kitob yozilib bo‘lgandan keyin yozilgan narsalar ham bor edi. “Navodir
ul-vaqoe”ga kiritilgan parchalardan biri muallifning ilmi nujum (astronomiya) bilan
shug‘ullanishining sababi haqida edi. Bu haqda u daftarda quyidagilarni yozgan edi
(albatta men bu yerda uning yozganini mazmunan bayon qilaman, chunki u daftar hozir
qo‘limda emas, shuningdek, muallifning iboralarini aynan esimda ham qolmagan):

“Men yoshligimda kelajagimni va ishning oqibatini bilishga zo‘r ehtiros bilan

qiziqardim, bu maqsadimni ilmi nujum vositasi bilan amalga oshirishga ishonardim
(ma’lum bo‘ladiki, Ahmad mahdum dastavval yulduzlar bilan astronom sifatida emas,
balki astrolog sifatida shug‘ullangan). Binobarin, bu fan ustozlari huzuriga uni
o‘rganish umidida qatnadim. Lekin u ustozlarning hammasi xasis va baxil edi. Moddiy
va ma’naviy jihatdan katta xizmat ko‘rsatsam ham, menga hech narsa o‘rgatmas yoki


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_3-to’plam_Aprel-2025

22

ISSN:3030-3613

mening dardimga darmon bo‘lmaydigan narsani o‘rgatardi. Shuning uchun bu fanga
doir kitoblarni topish, mutolaa qilish va bu kitoblardan o‘rgangan narsalarni tajriba
qilib ko‘rish bilan mashg‘ul bo‘ldim, natijada bu ilmda muvaffaqiyat qozondim.”

Muallif bu esdalikning oxirida (o‘sha daftarda) ilova qilgan edi (mazmunan):

ilmi nujumni o‘rganish bilan shug‘ullangan vaqtlarimda ko‘p tashvish, azob va
mashaqqat chekardim, ko‘nglimda, agar men bu ilmni qo‘lga kirittsam, bu fanni
o‘rganish uchun oldimga keladigan har bir kishiga mamnuniyat bilan tekinga
o‘rgatardim, deb ahd qilgan edim. Bu ilmga erishgach, ahdimga vafo qildim. Afsuski,
umrimg davomida biroq munajjim yetkizolmadim. Lekin ko‘p folbinlarni vujudga
keltirdim. Mening oldimga kelib bu ilmni o‘qigan har bir kishi, hali biron narsa
o‘rganmay, olti oy, bir yil o‘tar-o‘tmas, baxtga qarshi, savdogarlar eshigida darbadar
yurib, ularga yangi yilda qaysi mol va matoning arzon bo‘lishi va qaysi molning narxi
ko‘tarilajagidan xabar berib, shu razilona yo‘l bilan kissa va jig'ildonini to‘ldirib
yurganini ko‘rib qolar edim.

Daftarda ko‘rganim boshqa bir parcha muallifning bemorlik kunlaridagi

taassuroti edi. Ma’lumki, u umrining oxirida uzoq vaqt bemor bo‘lib yotgan edi va
daftardan bilinadiki, bemorligi qabziyat kasali ekan. U bu haqda yozgan edi
(mazmunan):
“Men o‘zimni taniganimdan beri erkin yurganman. Hech qachon va hech bir
mavridda asoratga tushmaganman, saroyga mansub bo‘lib, ma’mur va maoshxo‘r
bo‘lgan vaqtlarimda ham erkinligimni qo‘ldan bermay asoratni tan olgan emasman.
Podshohga yozganim maktub va arizalarim ham har xil riyokorlik, tamakorlik va
xushomadgo'ylikdan xoli edi.
Ahmad Donishning yirik asari "Navodir ul-vaqoe" bilan uning vafotidan 3–4 yil
o‘tgandan keyin tanishgan edim. Ammo voqealarning ichki bog‘lanish tartibini
ko‘zlab, muallif vafotini hayd qilish bilan darhol bu hodisani eslatishni lozim topdim.
Ilm va adabiyotga aloqador odamlar Ahmad Mahdumning "Navodir ul-vaqoe"
degan yirik asari borligini bilardi, biroq uning nusxasi hech kimning qo‘lida yo‘q edi.
Bu asarni faqat muallifning uyiga qatnab yurgan kishilargina bilardi, ular asarni muallif
qo‘lida ko‘rgan va do‘stona o‘tirishlarda uning mazmunini yuz xil yangilik va
o‘zgartishlar kiritib hikoya qilib yurganlar.

Ahmad Donish hayotligida bu kitobning o‘z qo‘li bilan yozilgan nusxasini

Siddiqqhon Hashmatga tuhfa etgani keyinroq ma’lum bo‘ldi. Siddiqhon Hashmat amir
Abdulahadning ukasi bo‘lib, otasi Muzaffar zamonida Chorjo‘yning hokimi edi. U
Muzaffarning bemorligida uni ko‘rish bahonasi bilan ruxsatsiz Buxoroga keldi. Biroq
u kelganda otasi vafot etgan va saroy ahli uning o‘limini yashirib, valiahd Abdulahadga
taxt-tojni topshirish uchun uni Karmanadan keltirgan va otasining vafotidan bexabar
Siddiqqhonni ham aldashgan.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_3-to’plam_Aprel-2025

23

ISSN:3030-3613

Siyosiy ishlardan chetlashtirilgan, Buxoro Arkidan ancha yiroq bir hovliga
joylashtirilgan, jamiyatdan judo etilgan Siddiqqhon ilm va adabiyot bilan shug‘ullandi,
podshohlikda berilgan maoshni kitob sotib olishga sarflab, vaqtini mutolaaga
bag‘ishladi. Oradan uch-to‘rt yil o‘tmay, u donishmand sifatida shuhrat topdi va shoir
bo‘lib, o‘ziga “Hashmat” degan taxallus qo‘ydi.

Ahmad Mahdum asarlarining oshig‘i Sharifjon Mahdum Siddiqxon bilan maxfiy

aloqa bog‘lab, nusxa ko‘chirish uchun u kitobni omonat olgan va ko‘chirishni xushxat,
puxta mirzo Abdulvohid Munzimga (uning haqida Esdaliklarda ko‘p aytilgan)
topshirgan. Mirzo Abdulvohid kitobni ko‘chirib bo‘lguncha bu sirni hech kimga,
hattoki menga ham bildirmadi. Biroq kitobat tamom bo‘lgach, Sharifjon Mahdum meni
chaqirib keltirdi, voqeani (uning maxfiyligini ta’kidlab) menga hikoya qildi va mirzo
Abdulvohid bilan u ko‘chirgan nusxani asl nusxa bilan solishtirib, tuzatib chiqishda
ishtirok etishimni iltimos qildi. Bu ishni G‘oziyon guzari (mahallasi)dagi Mulla
Muhammad Sharif madrasasining mirzo Abdulvohid hujrasi (xonasi)da ado etdik.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Ахмад Дониш. Путешествие из Бухары в Петербург. Душанбе, 1960

2.

Sadriddin Ayniy. Asarlar. 8 tomlik. Toshkent, 1965

3.

Девонақулов А. Аҳмад Махдуми Дониш – Меъѐр-ат-тадайюн. Душанбе, 2008.

4.

Раҳимӣ Ф., Олимов К. Девони Аҳмади Дониш бозѐфти пурарзиши адабӣ ва
таърихӣ.

5.

Девонақулов А. Аҳмад Махдуми Дониш – Меъѐр-ат-тадайюн. Душанбе, 2008.

6.

Адашев М. Чанд мулоҳиза доир ба таносуби шаклу мазмун дар адабиёти
маорифпарварии тожик //Масъалаи филологияи тожик. Мақола ва
гузоришоти илмй. – Самарқанд: УДС, 1997. www.oriens.uzm

7.

Axmatov A. Buxoro adabiy harakatchiligi haqida ayrim mulohazalar (XX asr
boshlari). “Uchinchi renessans: ilm-fan va ta’lim taraqqiyoti istiqbollari”. Ilmiy
maqolalar to’plami. Uzbekistan: www.oriens.uz. 2021. –B. 367-370.

8.

Axmatov A. Buxoro adabiy muhiti tarixi (XX asr) Tarix fanlari bo’yicha falsafa
doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. Buxoro, 2022. –B.32.

9.

Ulugmurod, A. S. Abdurauf fitrat is one of the earliest researchers of Uzbek
folklore. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal.
Year: 2020, Volume: 10, Issue: 6. First page:(669) Last page:(673). Online ISSN,
2249-7137.

10.

Амонов, У. С. (2022). JADIDCHILIK HARAKATI VA «BUXOROYI SHARIF»
RO ‘ZNOMASI: Amonov Ulug ‘murod Sultonovich, BuxDUPI dotsenti, filologiya
fanlari bo ‘yicha falsafa doktori. Образование и инновационные исследования
международный научно-методический журнал, 5, 62-67.

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

Ахмад Дониш. Путешествие из Бухары в Петербург. Душанбе, 1960

Sadriddin Ayniy. Asarlar. 8 tomlik. Toshkent, 1965

Девонақулов А. Аҳмад Махдуми Дониш – Меъѐр-ат-тадайюн. Душанбе, 2008.

Раҳимӣ Ф., Олимов К. Девони Аҳмади Дониш бозѐфти пурарзиши адабӣ ва

таърихӣ.

Девонақулов А. Аҳмад Махдуми Дониш – Меъѐр-ат-тадайюн. Душанбе, 2008.

Адашев М. Чанд мулоҳиза доир ба таносуби шаклу мазмун дар адабиёти

маорифпарварии тожик //Масъалаи филологияи тожик. Мақола ва

гузоришоти илмй. – Самарқанд: УДС, 1997. www.oriens.uzm

Axmatov A. Buxoro adabiy harakatchiligi haqida ayrim mulohazalar (XX asr

boshlari). “Uchinchi renessans: ilm-fan va ta’lim taraqqiyoti istiqbollari”. Ilmiy

maqolalar to’plami. Uzbekistan: www.oriens.uz. 2021. –B. 367-370.

Axmatov A. Buxoro adabiy muhiti tarixi (XX asr) Tarix fanlari bo’yicha falsafa

doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. Buxoro, 2022. –B.32.

Ulugmurod, A. S. Abdurauf fitrat is one of the earliest researchers of Uzbek

folklore. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal.

Year: 2020, Volume: 10, Issue: 6. First page:(669) Last page:(673). Online ISSN,

-7137.

Амонов, У. С. (2022). JADIDCHILIK HARAKATI VA «BUXOROYI SHARIF»

RO ‘ZNOMASI: Amonov Ulug ‘murod Sultonovich, BuxDUPI dotsenti, filologiya

fanlari bo ‘yicha falsafa doktori. Образование и инновационные исследования

международный научно-методический журнал, 5, 62-67.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари