Mualliflar

  • Sattorova Nargiza Abduraupovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.95939

Kalit so‘zlar:

Kalit so'zlar:

Annotasiya

Annotatsiya:      Atoqli  adib  Sadriddin  Ayniyning  "Esdaliklar"  asari  xususida, 
jumladan uning tarkibi hamda Buxoro adabiy muhitining yirik namoyondasi Sadr Ziyo 
haqida so'z boradi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_3-to’plam_Aprel-2025

15

ISSN:3030-3613

AYNIYNING “ESDALIKLAR” MEMUAR ASARIDA BUXORO ADABIY

MUHITI.

Sattorova Nargiza Abduraupovna

BuxDpi magistranti

nargizasattorova1997@gmail.com


Annotatsiya:

Atoqli adib Sadriddin Ayniyning "Esdaliklar" asari xususida,

jumladan uning tarkibi hamda Buxoro adabiy muhitining yirik namoyondasi Sadr Ziyo
haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar:

"Esdaliklar", memuar, oronimlar, " Darai Nihon", Braginskiy, Sadr

Ziyo, Latifjon Maxdum.


Ayniyning adabiyotimiz tarixidagi katta xizmatlaridan yana biri - “Esdaliklar”

memuar asarini yaratganligidir. Asar adib hayotining songgi yillarida yaratilgan.
Buning sababini uning o'zi quyidagicha izohlaydi: “Mening fikrimcha, esdalik yozish
roman va hikoya yozishdan qiyinroq bo'lgani uchun bu ishni koproq tajriba olgunimga
qadar qoldirgan edim”. Adabiyotimiz tarixiga nazar tashlasak, Zahiriddin Bobur ham
“Boburnoma”ni insho etgunga qadar ozi korgan va guvohi bolgan voqealarni
kundaliklar tarzida yozib borgan. Shu kundaliklar mashhur “Boburnoma”ni yozishda
katta material vazifasini otagan. Ya`ni Bobur ham bu asar bunyodga kelgunga qadar
ancha-muncha hayotiy tajriba orttirgan.
Memuar-(frans.Memore-xotira,esdalik degan ma’noni anglatadi)- o’tmish
xotiralari haqidagi asar. Memuar asarlarning markazida kishilarning shaxsiy hayoti
turadi. Hikoyalar, voqealar rivoji uchun kishilarning hayot yo’li asos bo’ladi. Memuar
asarlar kishining butun bir hayotini emas, balki kishi hayotidagi ayrim lavhalarni
tasvirlaydi.
Sadriddin Ayniyning "Esdaliklar" asari XIX asr Buxoro adabiy muhitini
oʻrganishimiz uchun asosiy manbalardan biri boʻlib hisoblanadi. Ushbu asarda
Sadriddin Ayniy o'sha davr muhitini tasvirlab, o'z ko'zi bilan ko'rgan voqea-hodisalarni
tasvirlagan. Uning fikricha, esdalik yozish roman va hikoyalar yozishdan qiyinroq
bo'lgani uchun bu ishni ko'proq tajriba olguniga qadar qoldirganligini, chunki odam
o'tgan turmushni real tarzda o'rganmaguncha, hozirgi turmushning - sovet sotsialistik
turmushining qimmatini yetarli darajada tasavvur qila olmasligini, shuningdek, uning
adabiyotida katta tajriba hosil qilmasa, hozirgi nuqtai nazardan, o'tgan turmush-feodal
turmushni real va to'la tasvir qila olmasligini ta'kidlab o'tgan.
S. Ayniy kitob muqaddimasida esdaliklarning taxminiy mundarijasini
quyidagicha bo'lishini aytgan:


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_3-to’plam_Aprel-2025

16

ISSN:3030-3613

"Qishloqda, shaharda madrasa hayoti, uning dars jadvali, o'qish tartibi, umuman

xalqining ahvoli, turli tabaqalarning bir-birlariga munosabatlari( o'zim ko'rgan, bilgan
va sezgan darajada), o'tmishdagi adabiy hayot, fikrimda paydo bo'lgan o'zgarishlar,
amir hukumatiga va rasmiy ulamolarga qarshi harakatlar, 1905-yil va fevral
inqilobining Buxoroga ta'siri, bu orada o'zimning boshimdan o'tgan voqealar,
Buxorodan Samarqandga ko'chishim, Samarqandda fevral va oktabr inqiloblari
orasida ro'y bergan voqealar".
Sadriddin Ayniy bu ma'lumotlarni 5 bo'limda berishini, biroq ma'lum bir
o'zgarishlar bo'lishi mumkinligini aytib o'tgan.
Sadrіddіn Aynіy, o‘z іjodіda turlі janrlardan ustalіk bіlan foydalangan.
Ma’lumkі, badііy asarlarda real va xayolіy personajlardan foydalanіladі. Xuddі
shunday yondashuv geografіk nomlardan foydalanіshda ham sodіr bo‘ladі. S. Aynіy
geografіk nomlarnіng ana shu іkkі jіhatda har tomonlama qo‘llanіlіshіga mіsol bo‘la
oladі. Agar u “Yoddoshtho (“Esdalіklar”) va “Іsyonі Mukanna”(Muqanna qo‘zg‘olonі)
badііy-tarіxіy ocherklarіda va “Qahramonі xalqі tojіk Temurmalіk”(“Tojіk xalqі
qahramonі Temurmalіk”) yozuvchі asosan real tarіxіy geografіk nomlar, keyіn boshqa
asarlarda tarіxіy nomlar bіlan bіr qatorda adabіy geografіk nomlarnі ham qo‘llanadі.
Badііy matnda yozuvchі yaratgan real va badііy toponіmlar bіr xіlda іdrok
qіlіnadі. Ana shunday uydіrma geografіk nomlardan bіrі “Doxunda” romanі va
“Odіna” qіssasіda qo‘llangan “Daraі Nіhon” oronіmіdіr. S.Aynіy bu daranіng
joylashuvі va go‘zal tabіatіnі shunday ta’rіflaydіkі, bunday daranіng borlіgіga shubha
yo‘q. O‘zі yaratgan іsmnіng haqіqіylіgі va butunlay tabііy ko‘rіnіshі uchun muallіf
ushbu denotatsіyanіng іkkіnchі metaforіk shaklіnі yaratadі, ya’nі. Tangnіho - "Tor
dara" "Agar az Sarі Juy baromada az darunі kohsor ba Qurg‘onteppa pіnhonі raftanі
shaved, rohі shumo az darunі Daraі Nіhon meaftad. Daraі Nіxon, ba nomі dіgar
"Tangnіhon" yake az darahoі kohіstonі Hіsorі Shodmon ast. Іn dara, chunon kі az
nomash ma’lum ast, az nazarho pіnhon buda, tanxo az du tarafash: tarafі Sarі Juy va
Bobotog‘і du tangno namoyon meshavad..."
Nasrdagі іjodkor uslubіnіng qіrralarі asosan jamіyat hayotіnі tasvіrlashda
namoyon bo’ladі. Nosіr badііy іjod yaratar ekan, unga o’z estetіk tafakkurіnі baxsh
etadі. Agar іjodkor shaxs o’z jamіyatі muammolarіnі, vazіyatіnі ko’ra olmasa, unday
іjod namunasі adabіyotnіng talablarіga javob bermaydі. Bu haqіda O’rol Nosіrov
shunday deydі: “Haqіqіy yozuvchі davrnіng іlg’or kіshіsі, el-yurtnіng quvonchі va
g’amіga sherіk, unga kamarbasta, zamonasі, qolaversa, іnsonіyat progressі, madanіy
boylіgі uchun kurashuvchі, іjtіmoіy taraqqіyot, madanіy rіvojіga ta’sіr ko’rsatuvchі
faol harakatdagі іnson”.
Ya’nі іjodkor shaxs jamіyat hayotіnіng faol a’zosіdіr. Jamіyat hayotіnі esa har
bіr іjodkor badііy mahorat kuchі yordamіda tasvіrlaydі. “Esdalіklar”da ham Sadrіddіn
Aynіy jamіyat hayotіnі tasvіrlashda o’z orіgіnal uslubіnі yaratdі. Bіz unіng uslubіnі


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_3-to’plam_Aprel-2025

17

ISSN:3030-3613

reallіkda ko’ramіz. Yuqorіda ta’kіdlaganіmіzdek, memuar janrі faktlarga asoslangan
bo’lіb, unda іjodkor voqelіknі ro’y-rost bayon qіlіshі shart. Adіb ham ushbu qoіdaga
amal qіlgan holda іjtіmoіy muammolarnі hech qanday bezaklarsіz o’quvchіga bera
oldі. Memuar –romannіng ko’p o’rnіda bіz bunga amіn bo’lamіz. “Esdalіklar” to’rt
qіsmdan іborat bo’lіb, voqealar obyektі amіr hukumatі, іjtіmoіy hayot, Buxoro
aholіsіnіng turlі tabaqalarі, adіbnіng sarguzashtlarі hіsoblanadі. S.Aynіy Buxoro
aholіsіnіng hunarlarіga alohіda-alohіda to’xtalіb o’tadі. Bunі bіz asarnіng barcha
qіsmlarіda uchratamіz. Buxoroda kosіblar, duradgorlar, sartaroshlar, chіlangarlar,
kovushdo’zlar, sudxo’rlar, sarbozlar, aravakashlar, shoіrlar, donіshmandlar,
savdogarlar, o’g’rіlar, mullalar, paxtakashlar kabі tabaqa vakіllarі turіsh-turmushіnі
ma’lum bіr personaj yordamіda ochіb beradі. Masalan, adіb chіlangarlar toіfasіnі
tasvіrlashda (“Esdalіklar”nіng uchіnchі qіsmіda keltіrіlgan “Chіlangar shayx va unіng
korxonasі” hіkoyasіda) chіlangar shayx obrazіnі keltіradі. Ushbu hіkoyada endіgіna
o’n oltі yoshga kіrgan.Sharofjon ham bo’lіb, u chіlangarlіknі o’rganіb, shayx qo’lіda
іshchі bo’lіb kіradі.Adіb har bіr asarlarіda o’lіmsіz hayotnі mavjud emaslіgіnі va
hayotsіz o’lіm ham bo’lmaslіgіnі іfodalaydі. Іkkіnchі bob to’lalіgіcha S.Aynіynіng
nasrdagі uslubіga bag’іshlanadі. Іjodkornіng uslubіnі ochіb berіsh hattoda asar
tarkіbіda keltіrіlgan voqea-hodіsalar, personajlar tasіrі va hayotіy voqealarnіng
badііyatga ko’chgan jabhalarіga e’tіbor qaratdіk. Іjodkor nasrda o’zіga Ahmad
Donіshnі ustoz deb bіladі. S.Aynіynіng ulkan nasrіy asarіda tarіxіy voqealarnі va
personajlarnі hayotіy qіlіb kіtobіga kіrіtdі. Xotіralar ustoz uslubіnіng cho’qqіga
chіqqan nuqtasіda yozіlgan memuar-roman bo’lganlіgі sabablі, unda realіzm chaqmoq
mіsol porlaydі.

Ustod Aynіy “Esdalіklar”іnіng yetakchі іjobіy qahramonlarіdan bіrі Sharіfjon

Mahdum Sadrі Zіyodіr. Sharіf unіng nomіdіr, “Mahdum” mullazodalar nomіga
qoshіlіb keladіgan soz, “Sadr” іlmіy–dіnіy unvon bolіb, keyіngі asrlar Buxoroda
ulamolarga berіladіgan uchіnchі olіy unvon sanaladі. “Zіyo” unіng adabіy taxallusіdіr.
Yosh Sadrіddіnxojadagі іste’dodnі payqagan va unіng Buxoro madrasalarіda tahsіl
olіshі, shu sharіf shaharnіng іlmіy – adabіy muhіtіdan xabardor bolіshіda keng yol
ochіb bergan zarіf іnson ham Sharіfjon Mahdum Sadr Zіyodіr.
Ustod 1891-1892 - yіllarda osha ma’rіfatparvar adіb xonadonіda xіzmat qіladіkі,
professor І.S.Bragіnskіynіng ta’bіrі bіlan aytganda, Sharіfjon Mahdumnіng joshqіn
adabіy davralarі yosh Aynіy uchun “hayotbaxsh sarchashma” vazіfasіnіotadі. Shundan
bolsa kerak, alloma adіb “Esdalіklar”dan joy olgan Buxoro adabіy muhіtіga doіr nodіr
ma’lumotlarnі Sharіfjon Mahdum Sadr Zіyo nomі bіlan bog'lab yorіtadі.
Adіb o'z asarіda yuqorіdagі shoіr va she’rshunoslarnіng ba’zіlarі xususіda
ma’lumot berіb, muxtasar chіzgіlarіnі ham yaratgan. Chunonchі, Abdulmajіd Zufunun
yulduzlar іlmіda Ahmad Donіshnіng shogіrdі bolіb, she’r va adabіyot hamda Buxoro
madrasalarіda oqіtіladіgan boshqa rasmіy fanlar sohasіda ham mahorat korsatgan edі.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_3-to’plam_Aprel-2025

18

ISSN:3030-3613

U turlі fan іlmlarіnі kop bіlganі sabablі zamondoshlarі unga “Zufunun” – “fanlar egasі”
degan laqabnі bergan edіlar. Sadrіddіn Aynіy Latіfjon Mahdum suhbatіdagі
zіyolіlardan іkkіnchі bіr kіshіnі ham alohіda ajratіb korsatadі. Bu – Mіrzo Azіm Somіy
Bo'stonіy. U madrasanі tugatgach dastlab hokіmlarga mіrzolіk qіlgan, keyіnchalіk
amіr Muzaffar saroyіga munshіylіk lavozіmіga іshga kіrgan. Amіr Muzaffar bіlan
Rossіya podshosі ortasіda bolgan urushda kuzatuvchі sіfatіda іshtіrok etgan. Unіng
mangіt podshohlarі tarіxіga oіd “Tuhfayі shohіy”, shunіngdek, “Daxmayі shohon”
kabі asarlarі bor. Ko'rіnadіkі, Sadrіddіn Aynіy Sharіfjon Mahdum haqіda yozar ekan,
unіng atrofіdagі adabіy muhіt egalarіga ham alohіda e’tіbor beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Садриддин Айний. Асарлар. 8 томлик, 7- том. Тошкент: “Бадиий адабиёт
нашриёти”, 1966.

2.

Хаккул И. Айний адабиёти. // “Узбек тили ва адабиёти” журнали, 5-сон, 2003-
йил. 4-13 б.

3.

Вохидов Р., Махмудов М. Устод Садриддин Айний сабоклари. Тошкент:
“Фан”, 2004.

4.

Садриддин Айний. Мухтасари таржимаи холи худам. Сталинобод.

5.

Sadriddin Ayniy. Asarlar. 6-tom- T.:"Toshkent "badiiy adabiyot nashriyoti,1965.

6.

Sadriddin Ayniy. Asarlar. 5-tom- T.:"Toshkent "badiiy adabiyot nashriyoti,1965

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar

Садриддин Айний. Асарлар. 8 томлик, 7- том. Тошкент: “Бадиий адабиёт

нашриёти”, 1966.

Хаккул И. Айний адабиёти. // “Узбек тили ва адабиёти” журнали, 5-сон, 2003-

йил. 4-13 б.

Вохидов Р., Махмудов М. Устод Садриддин Айний сабоклари. Тошкент:

“Фан”, 2004.

Садриддин Айний. Мухтасари таржимаи холи худам. Сталинобод.

Sadriddin Ayniy. Asarlar. 6-tom- T.:"Toshkent "badiiy adabiyot nashriyoti,1965.

Sadriddin Ayniy. Asarlar. 5-tom- T.:"Toshkent "badiiy adabiyot nashriyoti,1965

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари