T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_1-to’plam_May-2025
86
ISSN:3030-3613
YOSHLARDA INSONIY FAZILATLARNI SHAKLLANTIRISHDA
“HIBATUL HAQOYIQ” ASARINING O‘RNI
Karimova Dilobod Halimovna
Andijon davlat pedagogika instituti
Filologiya fakulteti O‘zbek tili va
adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi
Solijonova Barnoxon Anvarjon qizi
Andijon davlat pedagogika instituti
Filologiya fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti
yo‘nalishi I bosqich 101-guruh talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Ahmad Yugnakiyning “Hibatul Haqoyiq”
asarining mazmun-mohiyati, uning axloqiy-tarbiyaviy g‘oyalari chuqur tahlil etiladi.
Asarda ilgari surilgan sabr, halollik, tavoze, haqiqatgo‘ylik kabi insoniy fazilatlar
yoshlar uchun ibrat manbai sifatida yoritiladi. Ayniqsa, dunyoviy boylikka haddan
ortiq berilmaslik, ochko‘zlik va manmanlikdan tiyilish, ustozlarga hurmat, ezgu niyat
bilan amal qilish kabi g‘oyalar zamonaviy yoshlar uchun dolzarb tarbiyaviy
yo‘riqnoma sifatida ko‘rsatiladi. Shoirning baytlari asosida berilgan tahlillar orqali
asarning bugungi kun ma’naviy hayotdagi o‘rni ochib beriladi.
Kalit so‘zlar:
Hibatul Haqoyiq, o‘zbek adabiyoti, didaktik she’riyat, axloqiy
tarbiya, sabr, halollik, tavoze, kibr, ochko‘zlik, yoshlarga ibrat, ma’naviyat, hikmatli
baytlar, tasavvufiy tafakkur.
O‘zbek adabiyotining ulkan meroslaridan biri bo‘lgan Ahmad Yugnakiyning
“Hibatul haqoyiq” asari unchalik katta hajmga ega bo‘lmasa-da, uning deyarli barcha
satrlari falsafiy-didaktik ruhda yozilgan bo‘lib inson hayotida yo‘l ko‘rsatuvchi eng
sara yo‘riqnomalardan biri bo‘la oladi. Sababi nazmiy yo‘lda yozilgan ushbu asarda
inson hayoti davomida duch keladigan ko‘plab muammolarga yechim berilishi bilan
bir qatorda hali duch kelmagan to‘siqlarga qanday yondashish kerakligi haqida bir
qancha tarbiyaviy axamiyatga ega bo‘lgan yo‘l yo‘riqlar ko‘rsatilgan.
1
Tangrim, senga hamdu sano aytaman,
Rahmingdan umidvor ming bir qatla man
2
deb boshlanuvchi ushbu asar parchasidan ko‘rinib turibdiki,o‘sha zamon an’anasiga
binoan har bir didaktik ruhda yozilgan asar, jumladan, ushbu asar ham Tangri taologa
hamd-u sano, Hazrati Muhammad alayhissalom va ul zotning izdoshlariga salom bilan
1
Qo‘chqorova N. O‘zbek adabiyotida didaktik asarlar. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2012.
2
Ahmad Yugnakiy “Hibatul haqoyiq” asari-2-bet
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_1-to’plam_May-2025
87
ISSN:3030-3613
boshlangan. Shuningdek, asarda juda ko ‘p insoniy fazilatlar shu qatorda sabr, halollik,
haqiqat yo ‘lini topish va haqqa yetishish kabilar ulug ‘lanishi bilan birgalikda, turli xil
insoniy illatlar jumladan, ilmsizlik, baxillik, xasislik va johillik kabilar qoralanadi,
shuningdek kimning fitratida bunday illatlarga moyillik bo‘lsa ulardan xalos bo‘lishi
lozimligi haqida uqtiriladi va shu yo‘l orqali yoshlarga turli xil tanbehlar beriladi.
Ushbu asardagi “Tavozelik manfaati, kibrlik va xarislik zarari haqida” deb
nomlangan qismiga to ‘xtaladigan bo ‘lsak, takabburlik asli yomom illat bo‘lganligi
tufayli xalqda nafrat qo‘zg ‘atishi, kim o‘zini boshqalardan afzalroqman deb bilsa unga
Tangri taolo shavqat qilmasligi aytib o ‘tilgan. Aksincha, tavoze egasi ezgu fazilat
sohibida bo ‘lishligini va u mo‘minlik belgisi bo ‘lishini ta’kidlaydi. Ming takabbur bo
‘lgani bilan bir kuni bu dunyoni tark etishini, barcha yig‘ib tergani dunyoning o‘zida
qolib ketishini, quyidagi baytlarida qisqacha aytib o‘tadi:
Boylik bois ersa ko‘krak kerganing,
Manmanliging to‘rt tanga zar ko ‘rganing
O ‘lganda yalang‘och ketursan inson
Qolib ketar barcha yig‘ib terganing
3
shu sababdan, kibr libosining o‘rniga tavoze libosini kiyib mo‘minlik belgisini o‘zida
mujassam etishini aytadi.
Adib, shuningdek, o‘z asarida ibratli insonlarning hikmatli hayoti haqida ham bir
nechta nasixatlarni berib o‘tgan, bularga misol qilib, “Muhammad Payg‘ambarning
madhi”, “Odam Ato va Moma Havodan ibrat olish haqida”, “Alayhi Rahma Amir
Sayfitdinning ta’rifi” deb nomlangan she’rlarini keltirishimiz mumkin:
Adiblar adibi, fozillar boshi,
So‘z durların termish — marjonning toshi.
4
Ahmad Yugnakiy bu baytda Amir Sayfiddinga yuksak ehtirom ko‘rsatgan holda,
uni "adiblar adibi" — ya’ni yozuvchilar orasida eng bilimdon, eng komil inson sifatida
ta’riflaydi. "Fozillar boshi" ifodasi orqali esa fazilatli kishilar ichida yetakchi, o‘rnak
bo‘ladigan zot ekanini bildiradi. Yugnakiy nazarida haqiqiy adib — bu faqat chiroyli
yozuvchi emas, balki axloqiy komillikka yetgan, boshqalarga ibrat bo‘la oladigan
insondir.
Ikkinchi misra — "So‘z durların termish — marjonning toshi" — juda nozik tashbehga
ega. Shoir bu orqali yozuvchining fikrlari so‘zdan terilgan durlarga, ya’ni marvariddek
qadrli va chiroyli so‘zlarga o‘xshashini anglatadi. Bu, o‘z navbatida, ilm va adabiy
so‘zning naqadar muqaddas va qadrli ekanini ko‘rsatadi.
3
Ahmad Yugnakiy “Hibatul haqoyiq” asari-13-14-betlar
4
Ahmad Yugnakiy “Hibatul haqoyiq” asari-23-24-betlar
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_1-to’plam_May-2025
88
ISSN:3030-3613
Bugungi yoshlar uchun bu bayt katta saboq: har bir inson o‘z so‘ziga mas’ul bo‘lishi,
so‘z bilan yaxshilik qilishga harakat qilishi kerak. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda
so‘zning kuchini anglash va uni foydali maqsadlar uchun ishlatish juda muhim.
5
Tangri shu soatda unga yor bo‘lsin,
Qiyomatda yoronlari — yo‘ldoshi.
6
Bu baytda Ahmad Yugnakiy Alayhi Rahma Amir Sayfiddinga faqat dunyoviy hurmat
bildirmay, balki u uchun duo qiladi. U Yaratgandan o‘z salafi — Amir Sayfiddinga
nafaqat bu dunyoda, balki oxiratda ham yor bo‘lishini so‘raydi. Bu ikki satr - o‘zaro
hurmat, ustozlarga mehr va ehtirom madaniyatining ifodasidir. Ilm egalarini qadrlash,
ularni duo bilan yodga olish - bu o‘zbek adabiyotida va xalqimiz tafakkurida doimiy
qadriyat bo‘lib, yoshlarni ham shunday qilishga chorlaydi
Yoshlar bu baytdan quyidagi ibratni olishi mumkin: faqat tiriklikdagi hurmat
emas, balki ustozlarga, ilm ahliga duo qilish - chin ma’naviyat belgisi. Ustozga rahmat
aytish, ularni eslash - bu komil insoniylik belgisi hisoblanadi.
Yoki bo ‘lmasa ”, “Odam Ato va Moma Havodan ibrat olish haqida” gi she’riga
ham nazar tashlaydigan bo ‘lsak, u bu baytlarda hayotda ko‘p so‘zlash, ko‘p reja qilish
emas, balki amalga o‘tish, ya’ni harakat qilishni ustun qo‘yadi. "Amal zamirida
yashirin ajal" deyish orqali shoir hayot abadiy emasligini, har lahzaning qadriga yetish
lozimligini eslatadi. Yoshlar ko‘pincha orzular va rejalar qurish bilan band bo‘lishadi,
ammo bu bayt ularga "niyat yetarli emas, harakat kerak" degan fikrni singdiradi.
Yugnakiy, aslida, har bir ongli yoshni faol, mas’uliyatli va samimiy amal qiluvchi
bo‘lishga chaqiradi. Shuningdek, shoir dunyoviy boylikka haddan ortiq berilib
ketmaslikni uqtiradi. U mol-dunyo, qulay hayot, xizmatkorlar - bularning barchasi
vaqtinchalik ne’mat ekanini aytadi. Eng e’tiborlisi, "Bo‘rkingni kiyar bosh kerak"
degan satrda o‘lim falsafasi yotadi - ya’ni hatto bosh kiyim (ya’ni kafan) kiygudek
"bosh"ing bo‘lmasa (ya’ni tirik bo‘lmasang), hech bir mol foyda bermaydi. Bu bayt
bugungi kunda dunyoga haddan ortiq berilib ketayotgan yoshlar uchun kuchli ibrat
bo‘la oladi. Haqiqiy boylik - bu toki tiriklik bor ekan, unda ma’no bilan yashashdir.
Bundan tashqari, ochko‘zlik, haddan ortiq istak - inson tabiatidagi eng zararli
odatlardan biri ekanini aytadi. Ochko ‘z odam hech qachon to‘ymas, hech narsa unga
yetarli tuyulmaydi, oxiri esa hasrat, ranj va g‘am uni tugatadi. Yugnakiy "boylik va
kambag‘allik Tangridan qismat" deya ta’kidlab, har bir inson o‘z holidan rozi bo‘lib,
mehnat bilan yashashi lozimligini bildiradi. Bu baytlar yosh avlodga shukr qilish,
nafsni tiyish, va hayotdan nolimay yashash g‘oyasini yetkazadi.
Ahmad Yugnakiyning “Hibatul Haqoyiq” asari - nafaqat o‘z davrining, balki bugungi
kunning ham dolzarb tarbiyaviy, axloqiy va ma’naviy masalalariga javob bera oladigan
5
Usmonov M. Ahmad Yugnakiyning “Hibatul Haqoyiq” asari va uning axloqiy-falsafiy qarashlari. –
Adabiyotshunoslik jurnali, 2019, №3.
6
Ahmad Yugnakiy “Hibatul haqoyiq” asari-24-bet
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_1-to’plam_May-2025
89
ISSN:3030-3613
bebaho durdona asar. Asarda insoniy kamolotga eltuvchi eng muhim fazilatlar: sabr,
halollik, haqiqatgo‘ylik, tavoze va qanoat ulug‘lanadi. Ayniqsa, bugungi yoshlar uchun
muhim saboqlar beruvchi baytlar orqali adib insonni o‘z nafsiga qarshi kurashishga,
amalda ezgulikni yoyishga, moddiy boylikka emas, ma’naviy yuksaklikka intilishga
da’vat etadi. Ustozlarga ehtirom, sabrli va halol hayot tarzi - bularning barchasi
yoshlarni barkamol shaxs sifatida shakllantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Ushbu asarni o‘rganish orqali yoshlar o‘zlikni anglash, iymon, ma’naviyat va
insoniylik asoslarini chuqur tushunishga erishadilar. Shunday qilib, “Hibatul Haqoyiq”
- asrlar osha o‘z qadrini yo‘qotmagan, qalblarni uyg‘otuvchi, ma’naviyatni charog‘on
qiluvchi abadiy manba sifatida qadrlanishi lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Ahmad Yugnaki. Hibatul Haqoyiq. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi NMIU,
1991.
2.
Qo‘chqorova N. O‘zbek adabiyotida didaktik asarlar. – Toshkent: Fan va
texnologiya, 2012.
3.
Sobirov R. Tasavvuf va o‘zbek mumtoz adabiyoti. – Toshkent: Akademnashr,
2016.
4.
Usmonov M. Ahmad Yugnakiyning “Hibatul Haqoyiq” asari va uning axloqiy-
falsafiy qarashlari. – Adabiyotshunoslik jurnali, 2019, №3.