T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_1-to’plam_May-2025
90
ISSN:3030-3613
YOSHLIK DAVRI PSIXOLOGIYASI NUQTAI NAZARIDAN O‘ZBEK XALQ
OG‘ZAKI IJODINING TARBIYAVIY AHAMIYATI
Vaxabova O‘g‘ilxon Tolibjonova
Andijon davlat pedagogika instituti dotsenti, PhD
Solijonova Barnoxon Anvarjon qizi
Andijon davlat pedagogika instituti
Filologiya fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti
yo‘nalishi I bosqich 101-guruh talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada yoshlik davrining psixologik, ma’naviy va
axloqiy shakllanish jarayonida o‘zbek xalq og‘zaki ijodining – xususan ertaklar,
maqollar va dostonlarning – o‘rniga e’tibor qaratilgan. Shuningdek, yoshlar
shaxsiyatining rivojlanishida xalq ijodiy merosining tarbiyaviy kuchini, ularning
tasavvur, tafakkur, axloqiy mezonlar va ijtimoiy qadriyatlarni shakllantirishdagi rolini
atroflicha tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar:
Xalq og‘zaki ijodi, ma'naviy-axloqiy yo‘l ko‘rsatuvchi manbalar,
axloqiy mezonlar tarbiya, o‘zbek ertaklari, maqollar, dostonlar, Alpomish, axloqiy
shakllanish, ma’naviy qadriyatlar, ideal qahramonlar, psixologik yetuklik
THE EDUCATIONAL SIGNIFICANCE OF UZBEK FOLK ORAL
LITERATURE FROM THE PERSPECTIVE OF YOUTH PSYCHOLOGY
Abstract:
This article focuses on the role of Uzbek folk oral literature - in
particular, fairy tales, proverbs and epics - in the psychological, spiritual and moral
formation of youth. This is comprehensively analyzed the educational power of folk
creative heritage in the development of the youth personality, their role in the formation
of imagination, thinking, moral criteria and social values
Keywords:
Folk oral literature, spiritual and moral guiding sources, moral
criteria, powerful psychological tool, education, Uzbek fairy tales, proverbs, epics,
Alpomish, moral formation, spiritual values, ideal heroes, psychological maturity
ВОСПИТАТЕЛЬНОЕ ЗНАЧЕНИЕ УЗБЕКСКОГО НАРОДНОГО
УСТНОГО ТВОРЧЕСТВА С ТОЧКИ ЗРЕНИЯ ПСИХОЛОГИИ
МОЛОДЕЖИ
Аннотация:
В статье рассматривается роль узбекского народного устного
творчества, в частности сказок, пословиц и эпосов, в процессе психологического,
духовного и нравственного формирования молодежи. Всесторонне анализирует
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_1-to’plam_May-2025
91
ISSN:3030-3613
воспитательную силу народного творческого наследия в развитии личности
молодежи, его роль в формировании воображения, мышления, нравственных
критериев, общественных ценностей.
Ключевые слова:
Устное народное творчество, духовно-нравственные
ориентиры, нравственные критерии, мощное психологическое средство,
воспитание, узбекские сказки, пословицы, эпосы, Алпомиш, нравственное
формирование, духовные ценности, идеальные герои, психологическая зрелость.
Yoshlik davri inson hayotining eng serharakat, izlanishlarga boy bo‘lgan
murakkab bosqichidir. Bu davr odatda o‘smirlikning ohiri va o‘spirinlik davrlarini
o‘z ichiga oladi. Shu tufayli inson shaxsiyati aynan shu davrda jadal shakllanadi,
shuningdek, atrof-muhitni anglash, o‘zini jamiyatda tutish, ijtimoiy normalarni qabul
qilish va ularga munosabat bildirish jarayoni boshlanadi. Psixologlar bu bosqichni
shaxs rivojida o‘ta muhim, hatto hal qiluvchi davr sifatida baholaydilar.
Avvalo, yoshlar bu davrda o‘zligini izlaydi, “Men kimman?”, “Nima uchun
yashayapman?”, “Hayotimdagi maqsad nima?” kabi falsafiy savollarni o‘ziga beradi.
Shu sababli, ular uchun
ma'naviy-axloqiy yo‘l ko‘rsatuvchi manbalar
, jumladan,
xalq og‘zaki ijodi nihoyatda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi
1
.
Shularga mansub bo‘lgan ertak va dostonlardagi qahramonlar, maqollardagi
chuqur ma’noli fikrlar yoshlar shaxsiyatida
axloqiy mezonlar
shakllanishiga xizmat
qiladi.
Yoshlik davrida hissiyotlar kuchli bo‘ladi. Quvonch, g‘am, qo‘rquv yoki ishonch
kabi tuyg‘ular chuqurroq va keskinroq namoyon bo‘ladi. Bu ularning adabiy asarlarga,
ayniqsa
dramatik voqealarga boy og‘zaki ijod namunalariga
bo‘lgan qiziqishini va
ehtiyojlarini kuchaytiradi. Masalan, “Zumrad va Qimmat”, “Ur to‘qmoq” ertaklari
“Alpomish” va “Go‘ro‘g‘li” kabi dostonlar yoshlarda sabr, fidoyilik, jasorat, sadoqat
va do‘stlik kabi sof insoniy fazilatlarni uyg‘otadi.
2
Yana bir muhim xususiyat — bu taqlidga moyillik. Yoshlar ko‘pincha o‘zlariga
ideal qahramonlar topadilar va ularga ergashishga harakat qiladilar. Bu jarayon tarbiya
uchun katta imkoniyat yaratadi. Xalq dostonlaridagi mard, vatanparvar, halol obrazlar
yoshlar ongida axloqiy ideal qahramon sifatida mustahkam o‘rnashadi. Shuningdek,
bu bosqichda inson tarbiyaviy ta’sirga ochiq bo‘ladi. Shuning uchun, aynan yoshlik
davrida xalq og‘zaki ijodi vositasida ijobiy qadriyatlarni singdirish o‘z samarasini
beradi. Shu jihatdan ertaklar, maqollar, dostonlar — faqatgina badiiy asar emas, balki
yosh ongini shakllantiruvchi
kuchli psixologik vosita
vazifasini o‘taydi.
O‘zbek xalq ertaklari xalqimizning asrlar davomida shakllangan hayotiy
tajribasi, dunyoqarashi va axloqiy qarashlarining ifodasidir. Bu ertaklar nafaqat
1
Yo‘ldoshev A. Xalq og‘zaki ijodi asoslari. – Toshkent: Fan, 2019.
2
Mirzayev M. "Alpomish" – milliy qadriyatlar timsoli. – Toshkent: Akademnashr, 2015.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_1-to’plam_May-2025
92
ISSN:3030-3613
ko‘ngilochar, balki kuchli tarbiyaviy va ma’naviy mazmunga ega. Xalq ertaklarida
ezgulik va yovuzlikning kurashi asosiy g‘oya sifatida ko‘rsatiladi. Bunday syujetlar
yoshlar ongiga ezgulik har doim g‘alaba qozonishi, mehnatkashlik, halollik, sabr-toqat
kabi fazilatlar qadrlanishini singdiradi. Masalan,
“Meshpolvon”, “Malikayi Ayyor”
Ertaklar ko‘pincha qahramonlik va mehnatsevarlik g‘oyalari bilan boyitilgan
bo‘ladi. “Boy va kambag‘al”, “Afandi haqidagi ertaklar” kabilarda sodda, kamtarin,
halol qahramonlar har doim hayot sinovlaridan o‘tib, baxtli hayotga erishadi. Bu
obrazlar orqali yoshlar psixikasida mehnatga muhabbat, to‘g‘rilikka intilish, sabrli
bo‘lish kabi qadriyatlar shakllanadi.
3
Bundan tashqari, xalq ertaklarida tasavvur va tafakkur kuchining rivojiga xizmat
qiluvchi obrazlar va voqealar ko‘p uchraydi. Ertaklardagi sehrli voqealar, hayvonlar
bilan suhbatlashish, mo‘jizaviy buyumlar kabi elementlar bolalarning tasavvurini
kengaytiradi, ijodiy fikrlashga undaydi. Psixologik nuqtai nazardan, bu yoshlarning
aqliy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ertaklar orqali bolalar va yoshlar ma’naviy
dunyosini boyitadi, xalqning axloqiy qarashlarini anglaydi, ijtimoiy qadriyatlarga
hurmat ruhida tarbiyalanadi. Bunday ertaklar og‘zaki an’ana orqali avloddan avlodga
o‘tganligi sababli, ular milliy o‘zlikni anglashda ham muhim o‘rin tutadi.
Shu boisdan, o‘zbek xalq ertaklari yosh avlodni tarbiyalashda bebaho vosita
bo‘lib, ularning shaxsiyati, dunyoqarashi, axloqiy pozitsiyasining shakllanishiga
bevosita ta’sir qiladi.
Xalq og‘zaki ijodiga mansub bo‘lgan o‘zbek xalq maqollari esa xalq
tafakkurining yirik namunasi, hayotiy donolik va tarbiya manbai hisoblanadi. Ayniqsa,
yoshlik davrida bu kabi qisqa, lekin mazmunan boy iboralar insonning axloqiy
qarashlari va dunyoqarashining shakllanishida muhim ro‘l o‘ynaydi. Maqollar nafaqat
saboq beradi, balki yoshlar ongiga ijtimoiy va axloqiy mezonlarni singdiradi. Ularni
doimiy yodga olib eslab turish va ularga amal qilish inson hayotidagi ko‘plab
bo‘shliqlarni to‘ldiradi va shukronalik tuyg‘usini uyg‘otadi. Masalan, “Mehnat qilib
topganing — qand-u, asal totganing” degan maqol yoshlar ongiga mehnatning qadri,
halol rizqning shirinligi haqida saboq beradi. Bu psixologik jihatdan ularda mas’uliyat
hissini, sabr-toqatni va harakatga bo‘lgan ishonchni shakllantiradi.
Axloqiy tanqid va fikr erkinligi kabi tushunchalar esa “Do‘st achitib gapirar,
dushman kuldirib”, “Aytar so‘zni ayt, aytmas so‘zdan qayt” kabi maqollar orqali
o‘rgatiladi. Yoshlar bu orqali haqiqatni aytish, egri yo‘ldan qaytishdan qaytish,
tanqidga ochiqlik kabi muhim fazilatlarni o‘zlashtira boshlaydi.
“Avval o‘yla, keyin so‘yla”, “Aytilgan so‘z – otilgan o‘q” kabi maqollar esa nutq
madaniyati va fikrni ifoda etish mas’uliyatini anglashga yordam beradi. Bu yoshlarning
tafakkurini puxta va og‘zaki muloqotini madaniyatli qiladi. Og‘izga kelgan har qanday
3
Karimova D. O‘zbek xalq maqollarining psixologik tahlili. – Toshkent, 2016.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_1-to’plam_May-2025
93
ISSN:3030-3613
so‘zni aytmaslik, aytmoqchi bo ‘lgan so‘zini esa chuqur mulohaza qilib, o‘ylab
gapirishga undaydi.
Shaxsiy javobgarlik va o‘zini tahlil qilishga undovchi maqollar ham katta
tarbiyaviy ahamiyatga ega. Masalan, “Aqlli o‘zini ayblar, aqlsiz do‘stini”, “Afting
qiyshiq bo‘lsa, oynadan o‘pkalama” degan maqollar o‘z xatolarini tan olish, o‘zini
tanqid qila bilish kabi jihatlarni rivojlantiradi. Bu psixologik jihatdan ichki nazorat va
tanqidiy fikrning shakllanishiga xizmat qiladi, bundan tashqari xatoni boshqalardan
emas o‘zidan izlashga chorlaydi.
4
Maqollar ko‘p hollarda hayotiy tajriba orqali kelgan muhim haqiqatlarni
anglatadi:
“Arpa ekkan arpa o‘rar, bug‘doy ekkan bug‘doy”, “Andishaning oti — qo‘rqoq”,
“Arqog‘ini ko‘rib bo‘zini ol, onasini ko‘rib qizini ol” kabi maqollar sabab–natija
bog‘liqligini, ehtiyotkorlikni, tajriba orqali xulosa chiqarishni o‘rgatadi.
Shu tariqa xalq maqollari yoshlarning shaxsiyati, fikrlash tarzi, axloqiy
qarashlarini shakllantirishda bevosita xizmat qiladi. Ular hayotiy saboq, odob, axloq,
do‘stlik, mehnat va ma’naviy qadriyatlar haqida aniq, esda qolarli tushunchaalar bilan
ta’sir ko‘rsatadi.
O‘zbek xalq eposlarining eng mashhurlaridan biri - “Alpomish” dostoni -
nafaqat xalqning tarixiy xotirasini, balki uning axloqiy g‘oyalarini, ma’naviy
qadriyatlarini, yosh avlodga berayotgan tarbiyasini ham ifoda etadi. Dostonda
keltirilgan har bir voqea, har bir hikmatli jumla yoshlar uchun saboq bo‘lishi mumkin.
Quyida yoshlar uchun ibratli bo ‘lgan “Alpomish” dostonidan bir parchani ko‘rib
chiqamiz:
Kunlardan bir kun Hakimbek kitob o‘qib o‘tirgan paytda baxildan, saxiydan gap
chiqib qoldi…
• Shunda u aytdi: “Vaqti-bevaqt birovnikiga mehmon kelsa, otini ushlab, joy bor
bo‘lsa, ko‘nglini xushlab jo‘natsa, bul ham saxiy;
• Agar joy bor turib, joy yo‘q, deb qo‘ndirmay jo‘natsa, bul odam baxil.
• Vaqti - bevaqt bir kishi mozorotning qabatidan o'tsa, chap oyog'ini uzangidan
chiqarib, mozordagi odamlarning haqqiga duo o'qib o'tsa, bul ham saxiylik;
• Agar har kim mozordan o'tganda, chap oyog'ini uzangidan chiqarmay, mozorotning
haqqiga duo qilmay o'tsa, bul ham baxil.
• Kishining moli zakotga yetsa, zakot bersa, bul ham saxiy ekan. Agar zakot bermasa,
bul ham baxil ekan”.
5
4
Haydarova G. Tarbiya nazariyasi va metodikasi. – Toshkent: TDPU, 2021.
5
“Alpomish”. O‘zbek xalq qahramonlik dostoni. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti,
1990.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_1-to’plam_May-2025
94
ISSN:3030-3613
Ushbu “Alpomish” dostonidan olingan parcha o‘zida chuqur sermazmun
ma’noni qamrab olgan, shu sabab uni quyida biroz tahlil qilib o‘tamiz. Dastlabki,
“Vaqti-bevaqt birovnikiga mehmon kelsa, otini ushlab, joy bor bo‘lsa, ko‘nglini
xushlab jo‘natsa, bu ham saxiy” deb boshlangan bu tanbehidan sezishimiz mumkinki,
mehmondo‘stlik, ochiqlik va insoniy mehr yoshlar ongiga singdiriladi. Bu yoshlar
ongida ijtimoiy empatiya - boshqalarni his qilish va qadrlash fazilatini shakllantiradi.
“Mozor oldidan o‘tayotganda duo o‘qish”, “Zakot berish” - bu harakatlar orqali yoshlar
diniy-axloqiy qadriyatlarni, saxovat, insof, boshqa odamlarning haqqini hurmat
qilishni o‘rganadi. Bu esa emosional ong va ijtimoiy mas’uliyatning kuchayishiga
sabab bo‘ladi.
Aksincha, har bir saxovatli inson qilishi kerak bo‘lgan harakatlarni bajarmaslik
— baxillik, befarqlik, ichki torlik sifatida ko‘rsatiladi. Bu ta’riflar orqali yoshlar
yaxshilik va yomonlikni ajrata olish, o‘z harakatlariga tanqidiy yondashishni
o‘rganadi.
Shunday qilib, bu parcha yoshlar shaxsida tarbiyaviy, diniy, axloqiy va ijtimoiy
yetuklikni rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari ayni shu
dostonda Oybarchinning umr yo‘ldosh tanlash uchun qo‘ygan shartlarini psixologik
yetuklik mezoni sifatida ko‘rsatishimiz mumkin.
Oybarchinning quyidagi shartlari yosh o‘quvchi ongiga ideal erkak obrazini taqdim
etadi:
1.
“Qirq kunlik yo‘l — Boboxonning orasi.
Boboxon tog‘idan poyga qilaman,
Oti ildam boybachchaga tegaman.”
Bu shartda jismoniy bardavomlik, sabr-toqat, yo‘l bosib o‘tish orqali mashaqqatni
yengish, maqsad sari qat’iy harakat qilish kabi psixologik jihatlar ilgari suriladi. Bu
yoshda shakllanadigan irodaviy fazilatlar asosidir.
2.
“Yoy tortishsa, yoyi sinmay qolganga,
Men tegaman shul yoyandoz polvonga.”
Bu sinov orqali Oybarchin ichki kuch, ruhiy barqarorlik, keskin vaziyatlarda o‘zini
yo‘qotmaslik, qattiq sinovlarda chidamlilik kabi psixologik jihatlarni sinaydi.
3.
“Ming qadimdan tanga pulni urganga,
Men tegaman shul qirag‘ay merganga.”
Bu shart — diqqat, aniqlik, hushyorlik va fikrni jamlay olish kabi psixologik
ko‘nikmalarning ifodasidir. Bunday sifatlar yoshlarda kognitiv rivojlanishni
ifodalaydi.
4. “Kurash qilib to‘qson alpni yiqqanga,
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_1-to’plam_May-2025
95
ISSN:3030-3613
Men tegaman nor bilakli polvonga.”
6
Bu yerda esa jismoniy kuch bilan birga mardlik, jasorat, daxlsizlik, shaxsiy ustunlikka
erishish ko‘zda tutiladi. Bu esa yosh yigitlar uchun nafaqat tana, balki ruhiy va ijtimoiy
tayyorgarlik mezonidir.
Oybarchinning bu shartlari orqali doston yosh avlodga ideal yigit — ma’nan,
ruhan, jismonan yetuk shaxs qanday bo‘lishi kerakligini aniq ko‘rsatib beradi.
Nafaqat “Alpomish” dostoni, balki shu kabi ko‘plab xalq og‘zaki ijodi
namunalari bugungi yoshlar tarbiyasida muhim ahamiyatga ega. Bugungi zamon
yoshlari tezkor texnologiyalar, raqamli aloqa va turfa-ta’sirlar ichra ulg‘aymoqda.
Bunday sharoitda xalq og‘zaki ijodi, ayniqsa dostonlar - yosh avlodning ma’naviy
immunitetini kuchaytirishda bebaho tarbiyaviy vosita bo‘lib qolmoqda. Xususan,
“Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li”va “Kuntug‘mish” dostonlari nafaqat qadimgi xalqning orzu-
intilishlari, balki bugungi yoshlar uchun ham hayotiy mezonlarni belgilovchi
manbadir.
Dostondagi qahramonlar - Alpomish nomini olgan Hakimbek, Oybarchin, Qorajon
kabi obrazlar orqali yoshlar:
o‘z so‘ziga sodiq bo‘lish,
saxiylik va halollik,
sabr, matonat va iroda,
do‘stlik, muhabbat, vatanparvarlik kabi fazilatlarni anglaydi.
7
Alpomishning jismoniy kuchi bilan birga, uning ruhiy chidamliligi, ota-onaga
sadoqati, va’dasiga sodiqligi yoshlar uchun ideal qahramon sifatida namoyon bo‘ladi.
Barchinoy esa aql-zakovat, qatiy qarorlar, psixologik yetuklik namunasi sifatida ayol
obraziga yuksak e’tibor qaratadi.
Shuningdek, dostonda keltirilgan oqilona nasihatlar va saxovat-baxillik haqida
bayonlar, Oybarchinning shartlari orqali bugungi yoshlar ham o‘zlarini sinab
ko‘rishadi:
- Men qanday insonman? Qaysi fazilatlar menda bor? Qaysilar ustida ishlashim
kerak? singari savollarga javob topishga harakat qilishadi.
Shunday qilib, “Alpomish” dostoni shunchaki tarixiy voqelik emas. Bu har bir
yosh ongida, psixik rivojlanishida shaxsiy tarbiya, ruhiy yetuklik, ma’naviy o‘sish
yo‘lini boshlab beruvchi yo‘lchi yulduzdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
1.
Yo‘ldoshev A. Xalq og‘zaki ijodi asoslari. – Toshkent: Fan, 2019.
6
“Alpomish”. O‘zbek xalq qahramonlik dostoni. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti,
1990.
7
Jo‘rayev O. Mumtoz va xalq eposlari tahlili. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2017.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_1-to’plam_May-2025
96
ISSN:3030-3613
2.
Haydarova G. Tarbiya nazariyasi va metodikasi. – Toshkent: TDPU, 2021.
3.
Jo‘rayev O. Mumtoz va xalq eposlari tahlili. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2017.
4.
Karimova D. O‘zbek xalq maqollarining psixologik tahlili. – Toshkent, 2016.
5.
Rasulov T. O‘zbek xalq og‘zaki ijodida axloqiy qadriyatlar. – Termiz, 2020.
6.
Mirzayev M. "Alpomish" – milliy qadriyatlar timsoli. – Toshkent: Akademnashr,
2015.
7.
“Alpomish”. O‘zbek xalq qahramonlik dostoni. – Toshkent: G‘afur G‘ulom
nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1990.