T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_1-to’plam_May-2025
22
ISSN:3030-3613
IX-XII ASRLARDA ILM-FAN VA MADANIYATNING YUKSALISHI –
DINIY-HUQUQIY ILM RIVOJI
Saydullayeva Aynura Jiyenbay qizi
Toshkent Amaliy fanlar universiteti
Tarix 2-kurs talabasi
saydullayevaaynura2@gmail.com
Annotatsiya
Mazkur maqolada IX–XII asrlar oralig‘ida musulmon dunyosida yuz bergan
ilm-fan va madaniyatning yuksalishi jarayonlari, ayniqsa diniy-huquqiy tafakkur rivoji
tahlil qilinadi. Ushbu davrda Qur’on va hadis ilmlari, fiqh, kalom, tafsir kabi
sohalarning chuqurlashgani, shuningdek, Abu Hanifa, Imom al-Shofe’iy, Imom al-
G‘azzoliy, Imom Buxoriy kabi mutafakkirlarning hissasi yoritiladi. Maqolada ilmiy
maktablar, madrasalar va ulamolar faoliyati asosida islomiy huquq tizimining
shakllanishi va jamiyat hayotidagi o ‘rni ko ‘rib chiqiladi. Shuningdek, diniy
bilimlarning falsafa, mantiq, adabiyot kabi dunyoviy fanlar bilan uyg ‘unlashuvi ham
tahlil etiladi.
Kalit so ‘zlar:
IX–XII asrlar, islom sivilizatsiyasi, diniy huquq, fiqh, tafsir,
kalom, ulamolar, madaniy yuksalish, ilm-fan rivoji, madrasalar.
Аннотация
В статье анализируются процессы подъема науки и культуры в
мусульманском мире между IX и XII веками, в особенности развитие
религиозной и правовой мысли. В этот период будет уделено особое внимание
углублению таких областей, как науки о Коране и хадисах, фикхе, каламе и
тафсире, а также вкладу таких мыслителей, как Абу Ханифа, имам аш-Шафии,
имам аль-Газали и имам Бухари. В статье рассматривается формирование
исламской правовой системы и ее роль в обществе на основе деятельности
научных школ, медресе и ученых. Также анализируется интеграция религиозных
знаний со светскими науками, такими как философия, логика и литература.
Ключевые слова:
IX–XII вв., исламская цивилизация, религиозное право,
фикх, тафсир, калам, ученые, культурный подъем, развитие науки, медресе.
Annotation
This article analyzes the processes of the rise of science and culture in the
Muslim world between the 9th and 12th centuries, especially the development of
religious and legal thought. During this period, the deepening of such fields as the
sciences of the Quran and Hadith, jurisprudence, kalam, and tafsir is highlighted, as
well as the contribution of thinkers such as Abu Hanifa, Imam al-Shafi ‘i, Imam al-
Ghazali, and Imam Bukhari. The article examines the formation of the Islamic legal
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_1-to’plam_May-2025
23
ISSN:3030-3613
system and its role in social life based on the activities of scientific schools, madrasahs,
and scholars. The integration of religious knowledge with secular sciences such as
philosophy, logic, and literature is also analyzed.
Keywords:
9th–12th
centuries,
Islamic
civilization, religious law,
jurisprudence, tafsir, kalam, scholars, cultural rise, development of science, madrasahs.
Sharqda mavjud bo‘lgan sivilizatsiyasi butun g‘arbda ijobiy ta’sir o‘tkazgan.
Keyinchalik g‘arbda shakllangan sivilizatsiya Sharq taraqqiyotiga o‘z ijobiy ta’sirini
o‘tkazgan va shu asnosida sivilizatsiyalar millat, xalq va mamlakatlarning o‘zaro
yaqinlashuvida ham ijobiy ahamiyatga ega bo‘lib kelmoqda. G‘arb va Sharq
sivilizatsiyalarining o‘zaro bir-biriga ta’siri, bir-birini boyitishi insoniyat
taraqqiyotining muhim ma’naviy omilidir. Sharq sivilizatsiyasidagi o‘z mohiyatiga
ko‘ra insonparvarlik xususiyatiga ega bo‘lgan qadriyatlar jahon sivilizatsiyalar
rivojlanishida barqarorlikni ta’minlaydi. Ayniqsa, IX-XV asr musulmon tarixiy-
falsafiy merosi, Sharq, aniqrog‘i Markaziy Osiyo mutafakkirlarining o‘rta asrlar va
Uyg‘onish davri Yevropa falsafiy tafakkuriga ko‘rsatgan ta’siri hamda ahamiyatini
ochib berish xalqimizni, ayniqsa, yoshlarni tarbiyalashga samarali xizmat qilishi
shubhasizdir. Jahondagi ilm-fani rivojida Markaziy Osiyo mutafakkirlaridan Abu Nasr
Forobiy, Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va ko‘plab bobokalonlarimizning durdona
asarlari milliy-ma’naviy qadriyatlarimiz bo‘lib, ularning beqiyos ilmiy-ma’rifiy
kashfiyotlarisiz fan bir muncha achinarli holga tushib qolgan bo‘lar edi. Bu fikrni tarix
ham isbotlaydi.
IX-XII asrlarda Movarounnahr va Xurosonda sodir bo‘lgan o‘ta murakkab
siyosiy vaziyatning rivoji, ijtimoiy va iqtisodiy o‘zgarishlar mamlakat madaniy
hayotiga ham kuchli ta’sir etdi.
Ma’lumki, Movarounnahr istilo qilinib, xalifalikka
qo‘shib olingach, zabt etilgan o‘zga mamlakatlar qatorida, bu o‘lkada ham faqat islom
dinigina emas, balki arab tili va uning imlosi ham joriy etildi. Chunki arab tili
xalifalikning davlat tili edi. Shuningdek, Arab xalifaligida davlat tili va fan tili ham
edi. Shu boisdan ko‘p jihatdan arab tilining mohiyati oshib, uni o‘zlashtirishga bo‘lgan
intilish kuchli bo‘ldi.
Islomni qabul qilgan aholining ko‘pchilikka arab tili bilan
muloqoti, garchi faqat ibodat vaqtlarida Qur’oni Karimning qisqa suralarini tilovat
qilishdan iborat bo‘lsa-da, ammo mahalliy mulkdorlar arab tilini xalifalik ma’murlari
bilan yaqinlashish va mamlakatda o‘z siyosiy mavqelarini tiklab, uni
mustahkamlashning asosi deb hisoblardilar. Uni o‘zlashtirishga astoydil kirishadilar.
Arab tiliga bo‘lgan bunday ehtiyoj va intilish tufayli ko‘p vaqt o‘tmay
Movarounnahrda ham hatto o‘z ona tilidan ko‘ra arab tili va yozuvini yaxshiroq
o‘zlashtirib olgan bilimdonlar paydo bo‘ladi. Davlatni boshqarishda Abbosiylar
ma’muriyati ayniqsa, ko‘plab bilimdon siymolarga muhtoj edi. Chunki arablar orasida
bu paytda davlat ishiga yaroqli bo‘lgan bilimdonlar hali oz, bori ham zaif edi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_1-to’plam_May-2025
24
ISSN:3030-3613
Shu boisdan Movarounnahr, Xorazm va Xurosonda mahalliy tillarda yozilgan
asarlar yo‘q qilinib, yerli bilimdonlar quvg‘in ostiga olib turilgan bir paytda bu
mamlakatlarning ko‘pgina tolibi ilmlari xalifalikning markaziy shaharlari: Damashq,
Qohira, Bag‘dod, Kufa va Basraga borib bilim olishga va arab tilida ijod qilishga
majbur bo‘ladilar.
1
Ammo Samoniylar davriga kelib bir qancha o‘zgarishlar yuz berdi.
Somoniylar ilm-fan, adabiyot, san’at, umuman madaniyatning taraqiyotiga katta
ahamiyat bergan. Ular saroyga olim, shoir, bastakor, muhandis kabilarni jalb etganlar.
Bu davrda aholining tili sug‘di, tojik va turkiy bo‘lsa-da, arab tili ham keng tarqalgan
edi. Arab tili ilm-fan, adabiyot, din, fiqh tili va jahondagi eng katta davlat bo‘lgan
xalifalikda xalqaro aloqa tili ham edi. Shuning uchun arab tilini bilmay ijod etish yoki
biror vazifaga tayinlanish mumkin bo‘lmagan. IX—X asrlarda Buxoroda fors tili
shunchalik rivoj etadiki, bu til haligacha adabiy fors tili sifatida qo‘llanilmoqda.
2
Buyuk allomalarimiz Muhammad Muso al-Xorazmiy, Ahmad al–Farg‘oniy, Abu Nasr
Forobiy, Al-Beruniy, Ibn Sino, Mahmud Zamaxshariy ilmiy merosi haqida Sharq
uyg‘onish davrining buyuk mutafakkirlari IX–XI asrlarda yashab jahonda turli ilm–fan
sohalarida yangiliklar kiritib, Sharq renesanssiga asos soldilar. Muhammad Muso al-
Xorazmiy - matematika ilmi maktabining asochisi. Beruniy - tarix, astranomiya, Ibn
Sino - tibbiyot, falsafa, fanlari asoschisi bo‘lsalar, Abu Nasr Forobiy–faylasuf,
astronom qomusiy olim va ijtimoiy - siyosiy fikrlar rivojini belgilab berdi. Bu
olimlarning barchasi bir sohada emas, balki bir necha sohalarda kitob yozib,
ensiklapediya olimlaridir. Ular inson kamoloti uchun "Hayotbaxsh ko‘p fikrlilik"ni
targ‘ib qildilar. Ularning barchasi axloq-odob, inson tarbiyasi masalasiga ham katta
hissa qo‘shganlar. Jahondagi bir qancha loyhalar aynan IX-XII asrlardagi allomalar
haqida Kaliforniya va Yevropa olimlari fikr yuritib, ushbu olimlarning ism shariflari
arabcha bo‘lgani uchun ular arab olimlaridir, degan fikrni ilgari surdilar. Ushbu
olimlarni ilmiy kashfiyotlaridan bahramand bo‘lishmoqda ammo ularning tug‘ilgan
joyini bilishmaydi. Chunki bu olimlarning barchasi o‘z faoliyatini Bag‘doddagi
Ma’mun Akademiyasida olib borganlariga e’tibor berganlar.
Abu Nasr Forobiy (873-950) ilmning turli sohalariga oid katta ilmiy meros
qoldirdi. M.Xayrullayev o‘zining “Forobiy va uning falsafiy asarlari” monografiyasida
Forobiyning 119 ta asari ro‘yxatini keltiradi. O‘z davrining zukko, ilmli mutafakkiri
Forobiy 70 dan ortiq tilni mukammal bilgan va ko‘pgina tillardagi eng muhim asarlarni
asliyatda mutolaa qilgan.
3
Agar Aristotel Sharqda “Muallimi avval” degan unvon olgan
bo‘lsa, Forobiy Aristotel asarlarini targ‘ib qilgani va uning qarashlarini yanada
rivojlantirgani, Aristotel kabi universal ilmga ega bo‘lgani uchun “Muallimi soniy”
1
U.S. To ‘pchiyev, B.N. Mirzayev.
2
Fozila Sulaymonova-Sharq va G ‘arb Toshkent 1997
3
Ibrohimov A. Bizkim, o ‘zbeklar. “Sharq”, T:2011. B.142
.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_1-to’plam_May-2025
25
ISSN:3030-3613
(“Ikkinchi muallim”)
4
degan nom olgan. Forobiy ijtimoiy-siyosiy masalalarga
bag‘ishlangan, “Fozil shahar aholilarining fikrlari”, “Baxt-saodatga erishuv haqida
risola”, “Baxt-saodatga erishuv yo‘llari” kabi asarlarni yozgan. Forobiy fazilatli
shaharda ilm, falsafa, axloq, ma’rifatning ahamiyati birinchi o‘rinda bo‘lmog‘i kerak,
shundagina jamiyat yetuklikka erishadi, deya ta’kidlaydi. Uning fikricha, insonning va
jamiyatning g‘alabaga erishuvi, yaxshilikni qo‘lga kiritish, axloqiy va aqliy
mukammallikka erishuvi inson va jamoaning o‘z qo‘lidadir,
5
shuningdek, bilim-
ma’rifat, albatta, yaxshi axloq bilan bezanmog‘i lozim, — degan so‘zlari zamirida
oilada, ta’lim muassasalarida farzandlarga nafaqat bilim, balki tarbiya ham zarurligi
ilgari surilgan. Zero, dono xalqimiz “Bola – odobi bilan go‘zal”, deb bejiz aytmagan.
Muso al-Xorazmiy qadimgi Xorazm diyorida tug‘ilib voyaga yetgan. Dastlabki
savod va turli sohadagi bilimlarini u o‘z ona yurti Xorazm va Movarounnahr
shaharlarida oladi. So‘ngra u xalifa Ma’mun zamonida (813-833) «Bayt ul-hikma»da
mudir sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Xorazmiy zamondosh olimlar bilan birgalikda yer
aylanasining uzunligi – radiusini hamda geografik xaritalar tuzish kabi masalalar bilan
mashg‘ul bo‘ldi. Zamonasining mashhur matematigi, astronomi va geografi sifatida
fanga ulkan hissa qo‘shdi. Xorazmiy 20 dan ortiq asarlar yozdi. Ulardan faqat 10
tasigina bizgacha yetib kelgan. Bu kitoblar: «Aljabr va al-muqobala» hisobi haqida
qisqacha kitob; «Hind hisobi haqida», ya’ni arifmetik asar; «Kitob sural ul-arz», «Yer
surati» haqida geografiyaga oid kitob; «Zij»«Usturlob bilan ishlash haqida kitob» kabi
astronomiyaga oid asarlar; shuningdek «Kitob attarix», «Yahudiylarning taqvimi va
bayramlarini aniqlash haqida risola» nomlari bilan atalgan. Xorazmiy merosida
ayniqsa «Aljabr va al-muqobala» kitobining ilmiy ahamiyati nihoyatda buyukdir. Bu
kitobi bilan u matematika tarixida birinchi bo‘lib “algebra” faniga asos soldi.
Xorazmiyning bu risolasi XII asrdayoq Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilinadi va qayta
ishlanadi. Vatandoshimiz Xorazmiy matematika faniga asos solib, tarixda o‘zidan
o‘chmas iz qoldirdi.
«Bayt ul-hikma» da faoliyat ko ‘rsatgan olimlardan yana biri buyuk astronom,
matematik va geograf Ahmad al-Farg‘oniydir. U Farg‘onada tavallud topgani uchun
Sharqda Al-Farg‘oniy, Yevropada esa Alfraganus taxallusi bilan shuhrat topgan. U
avval Matu, so‘ngra Bag‘dod, Damashq va Qohira shaharlarida astronomiya,
matematika va geografiya fanlari bilan shug‘ullandi. Qator ilmiy va amaliy asarlar
yozib qoldirdi. U asosan Damashqdagi rasadxonada osmon jismlari harakati va o‘rnini
aniqlash yangicha «zij», ya’ni astronomik jadval yaratish ishlariga rahbarlik qildi. 832-
833-yillarda Suriyaning shimolida Sanjar dashtida va ar-Raqqa oralig‘ida yer
meridianining bir darajasini uzunligini o‘lchashda qatnashdi. 861-yilda uning
4
Forobiy Abu Nasr. Fozil odamlar shahri. “Abdulla Qodiriy” nashriyoti,T:.1993 B.10.
5
Forobiy Abu Nasr. Fozil odamlar shahri.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_1-to’plam_May-2025
26
ISSN:3030-3613
rahbarligida Fustat (Qohira) shahri yaqinida joylashgan Ravzo orolida Nil daryosi
sohilida qurilgan qadimgi gidrometr – daryo oqimi sathini o‘lchagich «Miqyos an-Nil»
inshooti va uning darajasi qayta tiklandi. Ahmad Farg‘oniy tarixda birinchilardan
bo‘lib Yerning dumaloqligini isbotlab bergan olimdir.
Tabiiy fanlarning paydo bo‘lishining boshlanishini aniqlash, shu jumladan
kimyo, ilmiy chuqur va keng o‘rganish kabi bebaho va qadimiy bilimlar xazinasi
merosi mashhur “Avesto”, ilmiy akademiyalarning rolini o‘rganish, o‘rta asr islom
Sharqi kabi mamlakatlarida faoliyat ko‘rsatuvchi va buyuk mutafakkirlarning ulkan
ijodiy merosi Hayyom, Muhammad Zakariya va Roziy, Abu Ali ibn Sino, Abumansur
Muvaffak, Beruniy va boshqalardir. Bu mutafakkirlarning tarixiy roli va hissasini
qadrlamasdan va bilmasdan umuminsoniy ilmiy merosni tasavvur etib bo ‘lmaydi,
masalan zamonaviy kimyo fani va boshqa tegishli sohalar tabiiy fanlar va ishlab
chiqarish kabiladir. Qadimgi “Avesto” asarini o‘rganish asosida ilk bor tahlil
qilinganda oʻrta asrlarda faoliyat koʻrsatgan ilmiy akademiyalar faoliyati Yaqin va
Markaziy Osiyoning keng hududida Sharqiy islom elementlarining paydo bo‘lishi va
keyingi rivojlanishining boshlanishi aniqlangan tabiiy fanlar, shu jumladan kimyo
fanlari ana shunday buyuklarning asarlarini atroflicha tahlil qilish natijasida Jobir ibn
Hayyon kabi o ‘rta asr islom Sharqi mutafakkirlari Muhammad Zakariyo va Roziy,
ularning belgilovchi roli eksperimental kimyoning paydo bo‘lishi; ustuvorligi
belgilangan bir qator moddalarni ajratib olish va sintez qilishda ularning tadqiqotining
ahamiyati organik va noorganik tabiat, shuningdek, yadrokimyoning paydo bo ‘lishida;
Muhammad Zakariyo va Roziyning nodir asarlari atroflicha tahlil qilingan, kimyoga
bag‘ishlangan bo‘lib, ularda aytilganlarni izohlash amalga oshiriladi zamonaviy
nazariy tushunchalar nuqtai nazaridagi materiallardir. Noyob keng qamrovli, tahliliy
o‘rganish asosida O‘rta asr Sharqining buyuk mutafakkirlarining asarlari birinchi marta
ularning kimyo fanining rivojlanishiga qo‘shgan bebaho va muhim hissasi
ko‘rsatilgan; farmakologiya va farmatsevtika kimyosi ishonchliligi aniqlashda
Beruniyning ilmiy tadqiqot olib borishdagi metodologiyasi, shuningdek, to‘g‘riligi
kimyoviy tajribalarni amalga oshirishda Avitsenna tomonidan ko‘rsatilgan yo‘l
alkimyoviy yo‘nalish vakillaridan farq qilgan.
Ispaniyada salkam VIII asr davom etgan arablar hukmronligi, yarim orolda
Sharq madaniyati, ilm-fan, falsafa, badiiy adabiyotning rivojlanishi, xalifalikni tashkil
etgan boshqa xalqlar, ayniqsa Movarounnahrda Eron madaniyatining arablar
tomonidan o‘zlashtirilishi, Ispaniyada esa yanada takomillashtirilishi Yevropa xalqlari,
ayniqsa Ispaniya bilan chegaradosh mamlakatlar uchun izsiz kechmadi. Aksincha,
G‘arb mamlakatlari xalqlari madaniyati va rivojiga turtki bo‘ldi. Ko‘p olimlar VIII-
XIII asrlar oralig‘ida Afrika qirg‘oqlari va Pireneya yarim orolidan to Xitoy
chegaralarigacha bo‘lgan mintaqada yaratilgan texnika, tabiatshunoslik, tibbiyot,
astronomiya, matematika, falsafa fanlari yutuqlarini Yevropa o‘zlashtirishi uchun besh
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_1-to’plam_May-2025
27
ISSN:3030-3613
asrdan ortiq vaqt kerak bo‘ldi, deb tan oladilar. Bu haqda italyan adabiyotining
bilimdoni I.N. Golenishchev-Kutuzov fransuz Olimi G.Kuardi (“arab falsafasi o‘rta asr
yevropasida”, Parij, 1847) asariga suyangan holda shunday deydi: “Bag‘dodda
Abbosiylar, Kardovada Ummaviylar va Almoviylar saroyida VII-XII asrlarda O‘rta
Osiyoda musulmon matematik va mutafakkirlari bilan bog‘liq bo‘lgan ajoyib olimlar
maktablari faoliyat yururtgan. Ular ilm-fanning yuksak rivojini taminladilar. Shunday
qilib, Samarqanddan Toshkentgacha yaxlit bir madaniy taraqqiyot yo‘li cho ‘zildi.
Yevropa to XII asrgacha Yunon-arab fanining chekka viloyati edi, xolos”.
Ispaniyada shakllangan tarjimonlar maktabi nafaqat "Grek-Arab fanigina emas,
balki Movarounnahr olim-faylasuflari Muhammad Muso Xorazmiyi, Forobiy,
Farg‘oniy, Beruniy, Ibn Sino kabi o‘nlab olimlarning asarlaridan ham G‘arbiy
Yevropani bahramand qildi. Sharq olimlari merosini tarjima etish borasida Yevropa
mamlakatlarida mingga yaqin tarjimonlar mehnat qildilar.
O‘rta asrlarda mamlakatimiz hududida ilm-fanning turli sohalari jadal sur’atlar
bilan rivojlandi. Bu davrda boshqa fan sohalari qatorida islom ilmlarida ham ko‘plab
olimlar ijod qilib, boy ilmiy meros qoldirdilar. Mazkur jarayonda samarali mehnat
qilib, yuksak natijalarga erishgan allomalar ko‘pchilikni tashkil etadi. Ana shunday
olimlardan biri Ali ibn Abi Bakr ibn Abduljalil Farg‘oniy Rishdoniy Marg‘inoniy
bo‘lib, u zot ko‘proq Burhonuddin Marg‘inoniy nomi bilan mashhur.
Dunyoviy fan olimlari bilan bir qatorda bu davrda islom ta ‘limoti va
mafkurasining takomili yo‘lida movarounnahrlik muhaddis ulamolarning ham xizmati
katta bo‘ldi. Bu borada ayniqsa Imom al-Buxoriy, uning zamondoshi va shogirdi Iso
Termiziy – (Abu Iso Muhammad at-Termiziy – 824-894-u. u.) larning hissasi
nihoyatda buyukdir. Birgina Imom al-Buxoriy islom ta’limotiga oid yigirmadan ortiq
asar yozdi. Uning «Jomi as-Sahih» nomli shoh asari musulmon Sharqida qariyb o‘n
ikki asr davomida islom ta’limotida Qur’oni Karimdan keying asosiy manba sifatida
yuqori baholanib kelinmoqda. Bu bebaho asarga kiritilgan 7275 hadislar va ularga
berilgan ko‘pdan-ko‘p sharhlarda faqat shariat ahkomlariga qoidalargina
ifodalanilmay, balki inson ma’naviy kamolotining ramzi hisoblanilgan mehr-
muhabbat, hurmat-u izzat hamda o‘zaro tinch-totuvlik kabi insoniy fazilatlar haqida
ma’lumotlar berilgan. Bu davrda Movarounnahr, Xuroson va Xorazmdan xalifalikning
markaziy shaharlariga borib, fanning turli sohalarida ijod qilgan olimlardan tashqari
madaniyatning deyarli barcha sohalari bo‘yicha ham yetuk ustod-u shogirdlarning soni
Bag‘dod shahrida oz emas edi. Abu Mansur al-Moturidiy. Hadis va fiqh olamining
ravnaqiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk alloma Abu Mansur al-Moturidiy taxminan 870
yilda Samarqand yaqinidagi Moturid qishlog‘ida tug‘ildi. Al- Moturidiy islomiy odob
qoidalari, shariat qonunlari, ma’naviy-axloqiy kamolot sirlaridan ta’lim berishga
mo‘ljallangan qator asarlar yozgan bo‘lsa-da, uning eng muhim «Kitob at-Tavhid»
(«Allohning birligi») va «Ta’vilot ahl as-sunna» nomli asarlarigina saqlanib qolgan.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_1-to’plam_May-2025
28
ISSN:3030-3613
Bu asarlar ilohiyot ta’limotining eng qadimiy asarlaridan bo‘lib, alohida ilmiy va
nazariy ahamiyatga egadir Moturidiy asos solgan ta‘limot kishilarni yaxshilikka,
rostgo‘ylikka, sabr-u qanoat-ga, sharm-hayoga, oliyhimmatlikka, vatanni sevishga
chorlaydi. Al-Moturidiy 944 yilda Samarqandda vafot etgan va shahar yaqinidagi
Chokardiza qabristonida dafn etilgan.
Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn al-Mug‘iyra ibn
Bardazbeh al-Juafiy al-Buxoriy bo‘lib, u hijriy hisobda 194 yil shavvol oyining 13 kuni
(810 yil 20 iyul)da Buxoro shahrida tavallud topgan. Boshqa ko‘pgina olimlardan farqli
o‘laroq al-Buxoriy tug‘ilgan sana aniq ko‘rsatilishiga sabab shuki, uning otasi Ismoil
o‘z davrining ilmli odamlaridan bo‘lib, o‘g‘lining tug‘ilgan kunini o‘z qo‘li bilan yozib
ketgan qog‘oz zamondosh olimlar ixtiyoriga yetgan va shu xususda ham uning
aniqligiga hech shubha yo‘q. Al-Buxoriy yoshligidayoq otasi vafot etib, onasi
tarbiyasida o‘sgan. U yoshligidan aql-idrokli, o‘tkir zehnli va maʼrifatga havasi kuchli
bo‘lib, turli ilm-fanlarni, ayniqsa, hadis ilmini zo‘r qiziqish bilan egallaydi.
Manbalarda ko‘rsatilishicha, u o‘n yoshidan boshlab o‘z yurtidagi turli
rivoyatchilardan eshitgan hadislarni, shuningdek, Abdulloh ibn al-Muborak va Vakiy
kabi olimlarning hadis toʻplamlarini mutolaa qilib, yodlagan, ustozi Shayx Dohiliy
bilan hadis rivoyatchilari haqidagi qizg‘in bahslarda qatnashgan. 825 yili o‘n olti
yashar al-Buxoriy onasi va akasi Ahmad bilan Hijozga qarab yo‘l tutadi, muqaddas
shaharlar Makka va Madinani ziyorat qilib, olti yil Hijozda yashab, hadis ilmidan oʻz
bilimini yanada oshirish maqsadida o‘sha paytda ilm-fanning yirik markazlaridan
hisoblangan Damashq, Qohira, Basra, Kufa, Bag‘dod kabi shaharlarda yashab, u
joylardagi mashhur olimlardan hadis bilan bir qatorda fiqh ilmidan ham taʼlim oladi,
yirik olimlar davrasida ilmiy bahslaru munozaralarda qatnashadi va ilm toliblariga dars
ham beradi. Imom al-Buxoriy hayotining koʻp qismi xorijiy ellarda, musofirchilikda
oʻtadi. Aynan Imom Buxoriy tufayli
Movarounnahr hududida IX—XII asrlarda
koʻplab hadisshunoslik maktablari shakllandi va muvaffaqiyatli faoliyat yuritdi.
Hozirgi kunda olimning asarlari dunyoning oʻnlab tillariga tarjima qilingan va islom
dunyosida uning ijodidan ko‘plab ilmiy tadqiqotlarda foydalanib kelinadi. Xorijiy
yurtlardagi safardan keyin Buxoroga qaytgach, hadis ilmini targ‘ib etishga kirishadi.
Ul zotning bu saʼyu ko‘chishlari bu vaqtda Buxoroda hisoblanadi. Bu asar Hindiston
va Qohirada chop etilgan. Buxoriy yaratgan „Kitob al-favoid“ („Foydali ashyolar
haqida kitob“), „Al-Jomeʼ al-kabiyr“ („Katta tayanch“), „Xalq af ‘ol alibod“, („Alloh
bandalari ishlarining tabiati“), „Al-Musnad al-kabiyr“ („Katta tayanch“), „At-tafsir al-
kabiyr“ („Katta tafsir“), „Kitob al-xiba“ („Xayr-ehson haqida kitob“) va boshqa
asarlarning baʼzilari bizgacha yetib kelmagan, baʼzilari jahonning turli mamlakatlari
kutubxonalarida saqlanayotganligi haqida maʼlumotlar bor.
Buxoriyning boshqa asarlari orasida „Tafsir al-Qur ‘on“ („Qur ‘on tafsiri“)
kitobini ham alohida taʼkidlash kerak. Buxoriy asarlari musulmon dunyosining barcha
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_1-to’plam_May-2025
29
ISSN:3030-3613
madrasa va dorilfununlarida payg‘ambar sunnatlari bo‘yicha asosiy darslik, qo‘llanma
hisoblanadi. Jamoat arboblari, olim-u ulamolar va din peshvolari Buxoriy asarlariga
tayanib ish tutadilar. Istiqlol sharofati bilan Buxoriyning o‘lmas merosi el-yurti
bag‘riga qaytdi.
Xulosa
Biz ajdodlarimiz qoldirgan buyuk merosni IX-XII asrlarda mamlakatimiz
hududida yuz bergan chuqur ijobiy o‘zgarishlar, ilm-fan, madaniyatning rivojlanishini
o‘rganar ekanmiz, ularning yaratilishida o‘zlarining buyuk hissalarini qo‘shgan buyuk
allomalar, olim-u fuzalolarining jahon sivilizasiyasi rivojlanishiga qo ‘shgan
ulushlarini alohida ta’kidlaymiz. Jahon madaniyati rivojida ularning o‘rinlarini aniqlab
olishimiz va ko‘rsatishimiz vaqti keldi. Ularning hammasi mustaqil O‘zbekistonda
yosh avlodni milliy g‘oya, milliy mafkura, Vatanga muhabbat, sadoqat, g‘urur ruhida
tarbiyalashda katta rol o‘ynaydi. Ko‘rinadiki, IX-XII asarlarda Markaziy Osiyoda
madaniy taraqqiyotning barcha sohalarida yuqori darajada rivojlanish yuz bergan. Bu
jarayonni esa «uyg‘onish» renessans deyishga asos bor. Uning muhim xislati
insonparvarlik bo‘lgan va markazida doimo inson, insoniy aql, his tuyg‘u, inson
ma’naviy boyligini egallash, uni yuksaltirish masalalari turgan. Bundan tashqari,
uyg‘onish madaniyati, birinchi navbatda feodal munosabatlarning tez rivojlanishi, yerli
mustaqil davlatlarning yuzaga kelishi bilan bog‘liq. U yangi davr ehtiyojlari asosida
shakllandi. Yana uyg‘onish madaniyati shahar madaniyatining yuksalishi, shaharning
jamiyat hayotidagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma’naviy rolining kuchayib borishi bilan
bog‘liqligini ham e’tibordan chetga qoldirmasligimiz lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
U.S. To ‘pchiyev, B.N. Mirzayev.
2.
Fozila Sulaymonova-Sharq va G ‘arb Toshkent 1997
3.
Forobiy Abu Nasr. Fozil odamlar shahri. “Abdulla Qodiriy”nashriyoti,T:.1993
B.10
4.
Ibrohimov A. Bizkim, o ‘zbeklar. “Sharq”, T:2011. B.142.