Mualliflar

  • Saydullayeva Aynura Jiyenbay qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.96052

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: matriarxat ibtidoiy jamiyat ona urug‘i ayol yetakchiligi arxeologik dalillar etnografiya jamiyat tuzilmasi. Аннотация

Annotasiya

Annotatsiya 
Ushbu  maqolada  insoniyat  tarixining  ibtidoiy  davrlarida  mavjud  bo‘lgan 
matriarxat  jamiyat  tuzilmasi,  uning  shakllanish  sabablari,  ijtimoiy  va  madaniy 
hayotdagi o‘rni tahlil qilinadi. Matriarxat davrida ayollarning urug‘ boshqaruvidagi 
yetakchilik roli, ona urug‘i tizimi, mulk munosabatlari va diniy e’tiqodlar bilan bog‘liq 
jihatlar  ilmiy  manbalar  asosida  yoritilgan.  Shuningdek,  bu  davrning  arxeologik  va 
etnografik dalillar orqali tasdiqlangan holatlari ham ko‘rib chiqiladi. Maqola tarixiy 
jarayonlarning mantiqiy izchilligida matriarxatning ahamiyatini ochib beradi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_1-to’plam_May-2025

17

ISSN:3030-3613

INSONIYATNING TARIXIY RIVOJLANISHIDA MATRIARXAT DAVRI

Saydullayeva Aynura Jiyenbay qizi

Toshkent Amaliy fanlar universiteti

Tarix 2-kurs talabasi

saydullayevaaynura2@gmail.com

Annotatsiya

Ushbu maqolada insoniyat tarixining ibtidoiy davrlarida mavjud bo‘lgan

matriarxat jamiyat tuzilmasi, uning shakllanish sabablari, ijtimoiy va madaniy
hayotdagi o‘rni tahlil qilinadi. Matriarxat davrida ayollarning urug‘ boshqaruvidagi
yetakchilik roli, ona urug‘i tizimi, mulk munosabatlari va diniy e’tiqodlar bilan bog‘liq
jihatlar ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Shuningdek, bu davrning arxeologik va
etnografik dalillar orqali tasdiqlangan holatlari ham ko‘rib chiqiladi. Maqola tarixiy
jarayonlarning mantiqiy izchilligida matriarxatning ahamiyatini ochib beradi.

Kalit so‘zlar:

matriarxat, ibtidoiy jamiyat, ona urug‘i, , ayol yetakchiligi,

arxeologik dalillar, etnografiya, jamiyat tuzilmasi.

Аннотация

В статье анализируется матриархальная социальная структура,

существовавшая в первобытные периоды истории человечества, причины ее
формирования и ее роль в общественной и культурной жизни. На основе
научных источников рассматриваются руководящая роль женщин в управлении
родом в эпоху матриархата, аспекты, связанные с матриархально-родовой
системой, имущественными отношениями и религиозными верованиями. В нем
также рассматриваются обстоятельства этого периода, подтвержденные
археологическими и этнографическими свидетельствами. В статье раскрывается
значение матриархата в логической последовательности исторических
процессов.

Ключевые слова:

матриархат, первобытное общество, материнский род,

женское лидерство, археологические свидетельства, этнография, социальная
структура.

Abstract

This article analyzes the matriarchal social structure that existed in the primitive

periods of human history, the reasons for its formation, and its role in social and cultural
life. The leadership role of women in the management of the clan, the maternal clan
system, property relations, and religious beliefs during the matriarchy period are
covered based on scientific sources. The cases of this period, confirmed by
archaeological and ethnographic evidence, are also considered. The article reveals the
importance of matriarchy in the logical sequence of historical processes.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_1-to’plam_May-2025

18

ISSN:3030-3613

Keywords:

matriarchy, primitive society, maternal clan, , female leadership,

archaeological evidence, ethnography, social structure.


Tarix insoniyatning buyuk xotirasidir. Unda ajdodlarning maʼnaviyati,

madaniyati va amalga oshirgan ishlari mujassam. Tarixsiz kelajakka qadam bosib
boʻlmaydi. Biz tarixni o’rganar ekanmiz o’zligimizni anglay boshlaymiz. Ko’plab
savollarimizga javobni ham tarixni o’rganish orqali bilib olishimiz mumkin. Tarixni
o’rganishda bizga katta yordam beradigan tayanch bu davrlar hisoblanadi. Olimlar
axreologik topilmalarni o’rganish mobaynida tosh qurollarining yasalish usuliga qarab
davrlashtirishni ma’qul ko’rishgan. Har bir davr o‘ziga xos iqtisodiy, siyosiy asosga,
moddiy, ma’naviy va madaniy turmush tarziga ega. Har bir tarixchi davrlar
xususiyatlarini aniq bilishi va talqin qila olishi lozim. Davrlar xususiyatini to‘liq
anglash tarixiy voqealarni haqqoniy baholashda va o‘sha davr ruhiyatini to‘liq
anglashda muhim ahamiyat kasb etadi. Tarixini davrlashtirish masalasi
A.Asqarovning “O‘zbek halqining kelib chiqish tarixi” monografiyasida keng
yoritilgan va unda tarixni davrlashtirishda nimalarga e’tibor berish lozimligi
ta’qidlanib, O‘zbekiston tarixini 7 ta davrga bo‘lib o‘rganish muvofiqligi ilgari
surilgan.

I.O‘zbekistonda “Ibtidoiy to‘da davri” (mil. avv. I million – 40 ming yilliklar).
II. O‘zbekistonda “Ibtidoiy urug‘chilik jamoasi va mulk egaligining shakllanish

davri” (bundan 40 ming yil avval to milodiy III-IV asrlargacha). Bu davrni uch
bosqichga bo‘ladi: 1 bosqich – matriarxat urug‘ jamoasi bosqichi. 2 bosqich - patriarxal
urug‘ jamoasi bosqich. 3 bosqich urug‘ jamoalarining harbiy demokratiya bosqichi.

III. O‘zbekistonda “Ilk o‘rta asrlar davri” (milodiy V asrdan to VIII asr

oxirigacha).

IV. “O‘rta asrlar davri” ( 9 asrdan Somoniylar davlatini tashkil topishidan to XIX

asr o‘rtalarigacha).

V. O‘rta Osiyo, jumladan, O‘zbekiston tarixining beshinchi davrini

“Mustamlakachilik va milliy uyg‘onish davri” deb atash mumkin. Uning davriy
chegarasi – Chor Rossiyasi bosqinidan to 1917 yil Oktyabr to‘ntarishiga qadar davom
etgan davrni o‘z ichiga oladi.

VI. O‘zbekiston tarixining oltinchi davri “Sovetlar hokimiyati davri” bo‘lib, bu

davr 1917 yildan 1991 yilgacha davom qilgan.

VII. O‘zbekiston tarixining yettinchi davri “Milliy istiqlol, demokratik davlat va

fuqarolik jamiyati qurish davri” deb atab, bu davr 1991 yil 31 avgustdan to bugungi
kungacha bo‘lgan davrlarni qamrab oladi

1

. Paleolit davri insoniyat tarixida eng uzoq

davom etgan tarixiy davr boʻlib 2,5-mln yildan 12-ming yillikkacha boʻlgan davrni oʻz

1

A.Asqarovning “O‘zbek halqining kelib chiqish tarixi”


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_1-to’plam_May-2025

19

ISSN:3030-3613

ichiga oladi. Paleolit davri oʻz navbatida ilk paleolit (2,5 mln–100-ming yilliklar), oʻrta
paleolit (100–40-ming yilliklar) va soʻnggi (yuqori) paleolit (40–12-ming yilliklar)
bosqichlariga boʻlinadi. Paleolit davri, shuningdek, shel, ashel, muste, orinyak,
solyutre va madlen kabi arxeologik bosqichlarga ham boʻlinadi. 0’zbekistonning
paleolit davri yodgorliklarini o’rganishda qadimshunos olimlarning xizmatlari katta A
.P. Okladnikov, O’. Islomov, M.R. Qosimov, T. Mirsoatov, R.H. Sulaymonov, E.B.
Bijanov va boshqalar. Ilk paleolit davri odamlari toshdan ishlangan sixchalar,
chopqichlar, qo‘l cho‘qmorlari, tosh parchalari va siniqlaridan ishlangan qurollardan
foydalanishgan. Qurollarning ko'pchiligi tashqi ko‘rinishda qo'pol va soddadir. Eng
qadimgi tosh qurollar mintaqaning turli hududlarida Janubiy Tojikistondagi Qizqal’a,
Janubiy Turkmanistonda Qoratangir, Qirg'izistondagi On-Archa daryosi bo'yida
(Norin tumani), Janubiy Qozog'istonda Chimkent shahridan shimoldagi Kichik
Qoratog’ oldida Bo‘riqazigan va Tanirqazigan makonlaridan topilgan.

2

Bu davr

odamlari tabiatga to'la qaram bo’lib, uy-joy qurilishini ham, olovdan foydalanishni
ham bilmaganlar. Yirtqich hayvonlardan oddiy va dag‘al qurollar bilan
himoyalanganlar. Tabiat ham insonlar yashashi uchun qulay, issiq bo'lgan. O’rta
paleolit davri ilmiy adabiyotlarda muste davri deb nomlanadi. Bu davrga oid moddiy
yodgorliklar dastlab Fransiyaning Muste g'or makonida topilgani uchun shunday nom
olgan. O'rta paleolit davri mil.avv. 100-40 ming yilliklami o‘z ichiga oladi. Hozirda
esa, 0’zbekiston arxeologiyasining yutuqlariga asoslanib, uning davri mil.avv. 200-100
ming yilliklar bilan belgilanmoqda.

3

0‘rta paleolit davrida ibtidoiy odamlar hayoti

nihoyatda og‘ir kechgan. Bu davrda er yuzida muzlik davri bo'lgan. Ibtidoiy odamlar
sovuqqa moslashish uchun avvalgi turmush tarzini o‘zgartirishga majbur bo‘lishgan.
Sovuqdan himoyalanib, g‘orlarni o'zlashtirganlar. Hayvon terisidan kiyim tikib
kiyganlar va gulxan atrofida jon saqlaganlar. Termachilikning ahamiyati pasayib
ketgan. Ovchilikning insonlar tirikchiligida ahamiyati oshgan. Bu esa ov uslublarini va
qurollarini takomillashtirishni taqoza etgan. Ular to‘da - to‘da bo‘lib yurib, olov bilan
hayvonlarni yo jarlikka, yo g‘or ichiga haydab tutganlar. Toshni qayta ishlash texnikasi
takomillashgan. Ixcham qurollar yasay boshlaganlar. Bunda yangi usul

yorma

texnikadan

foydalanganlar. Bunda qurol yasaladigan chaqmoqtoshning bosh tomoni

urib, tekis maydoncha hosil qilinib, shu maydoncha orqali toshning mayda paraqalari
ajratib olingan. Toshdan barcha paraqalar olingach, uchirib bo‘lmaydigan o‘zak
qolgan. Bu o‘zak

nukleus

deb atalgan. So‘nggi paleolit davriga kelib qadimgi odamlar

0’rta Osiyoning keng hududlariga tarqala boshlaydilar, ulaming turmush tarzida va
mehnat qurollarida yangi unsurlar paydo bocladi. Qurollarning turlari ko‘payadi.
Ayniqsa, ovchilik bilan bog‘liq bo‘lgan nayzasimon o‘tkir qurollar, turli pichoqlar,

2

A. Sagdullaev. O’zbekiston tarixi. 42-bet.

3

Egamberdiyeva. N. Arxeologiya. 22-bet.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_1-to’plam_May-2025

20

ISSN:3030-3613

qirg‘ichlar va keskichlar shular jumlasidandir. So’nggi paleolit davrining eng muhim
xususiyati shundaki, bu davrda ibtidoiy to‘dadan urug‘chilik jamoasiga o‘tila
boshlandi. So‘nggi paleolit davri odamlaming zamonaviy jismoniy qiyofasi
shakllanishida, ibtidoiy to‘dadan urug‘ jamoasiga o‘tilishida, tosh qurollar
tayyorlashda yangi yutuqlar qo’lga kiritilishida muhim ahamiyat kasb etgan davrdir.
Bu davrga kelib, mehnat qurollari yasash texnikasida, qadimgi odamlaming yashash
sharoiti hamda turmush tarzida, ulaming ijtimoiy munosabatlarida, fikrlash va
dunyoqarashida, jismoniy qiyofasida keskin o‘zgarishlar bo’lib o’tdi.

4

Matriarxat lotincha “mater” - ona va yunoncha “arche”- hokimiyat ya’ni ona
hukumronligi davri hisoblanadi. Ibtidoiy jamiyatning ilk davridagi ijtimoiy tuzum
shakllaridan biri hisoblanadi. Matriarxat turli xil muhim masalalarda ayollar erkaklar
ustidan ma’lum ustinlikka ega bo’lgan. Masalan: ayollar turli siyosiy, ijtimoiy, oilaviy,
iqtisodiy va diniy rollarda kuch va yetakchilikka ega bo’lishgan. Ular muhim qarorlarni
qabul qilganlar, boshqalarga buyriq berganlar va qarindoshlik ayollar tomonidan
belgilangan. Matriarxatning rivojlangan davrlaridan biri bu – mezolit hisoblanadi.
Mezolit davri – milloddan avvalgi 12-ming yillikdan 7-ming yillakgacha bo’lgan
davrlarni o’z ichiga oladi. Mezolit - odamlaming yer yuzi bo’ylab keng tarqalish davri
bo’lib, ular dengiz, ko’llar va daryo bo’ylari hamda tog'li hududlarda yoyilishgan.
Mezolit davriga kelib yer yuzidagi ulkan muzlikning yana shimolga tomon siljishi
natijasida iqlim barqarorlashib, hozirgi davrdagiga ancha o'xshab qolgan edi. Mazkur
davrning eng katta yutuqlaridan yana biri Yaqin Sharq hududlarida yovoyi hayvonlar
- it, qo‘y, echki kabilaming qo’lga o‘rgatilib, xonakilashtirilishi bo‘ldi. O’q-yoy ixtiro
qilindi. Mezolit davrining mashhur yodgorliklaridan biri Surxon vohasidagi Machay
(Boysun) g’or-makonidan ko’plab suyak va tosh qurollar topilgan. Suyak qurollar
bigiz, igna, kabilardan iborat bo’sa, tosh qurollar - pichoqlar, arrasimon qurollar,
kesgichlar, ushatgich toshlar, nayza va o’q uchlari kabilardir. Machay g’orida bo’ri,
tulki, bars, mo’ynali suvsar, quyon, jayra, olmaxon kabi hayvonlarning ham suyak
qoldiqlari topilgan. Machaylik mezolit davri odamlari olovdan keng foydalanishgan
hamda hayvon va parranda go’shtlarini olovda pishirib yeyishgan. Matrialxatning yana
bir rivoj topgan davrlaridan biri neolit hisoblanadi. Neolit davri xronologik jihatdan
miloddan avvalgi V I - IV ming yilliklarni o ‘z ichiga oladi. Neolit davrida ibtidoiy
qabilalar o'troq turmush tarziga o'tganlar. Doimiy yerto’la loy guvaladan qurilgan
kulbalarda yashaganlar. O'troq turmush tarzi janubiy hududlarda dehqonchilikning
kelib chiqishiga, cho’l mintaqalarda esa, o'troq ovchilik xo'jaligining qaror topishiga
olib kelgan. Keyinchalik ovchilik xo'jaligi zamirida chorvachilik paydo bo'ladi. Neolit
davrining eng katta yutug'i ham dehqonchilik va chorvachilikning vujudga kelishi edi.
Ko'pchilik olimlar bu kashfiyotning insonlar hayotidagi ahamiyatini inobatga olib,

4

Egamberdiyeva. N. Arxeologiya. 44-bet.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_1-to’plam_May-2025

21

ISSN:3030-3613

neolit davri inqilobi deb baho beradilar. Ibtidoiy odamlarning o'zlashtiruvchi
xo'jalikdan ishlab chiqaruvchi xo‘jalikka o'tishdi. Bu davrda Oʻrta Osiyonin iqlimli
janubiy oʻlkalarida yashagan kishilar dehqonchilik, chorvachilik va uy
hunarmandchiligi bilan mashgʻul boʻlishgan. Shimoli - sharqiy qismida yashovchi
aholi tabiiy sharoit tufayli , asosan, oʻzlashtiruvchi xoʻjalik bilan shugʻullanib, moddiy
madaniy jihatidan orqada qolib ketgan. Janubiy Turkmaniston aholisi 8 - 7 ming yil
avval dehqonchilikning dastlabki shakllari bilan shugʻullana boshlashgan. Bu
hududlarda ilk neolitda oʻtroq manzilgohlar va guvaladan qurilgan uylar paydo
boʻladi. Oʻrta Osiyoning boshqa hududlarida neolit davri qabilalari daryo sohillari va
tarmoqlari yoqasida, koʻl boʻylarida yashashgan va asosan, ovchilik, baliqchilik bilan
shugʻullanganlar. Neolit davrining eng katta yutuqlaridan biri bu kulolchilikning kashf
qilinishi boʻlgan. Neolit davrida kulolckilikdan boshqa toʻqimachilik ham kashf
qilingan va oʻzaro buyum va oziq - ovqat almashinuvi rivojlangan.

Xulosa:

Matriarxat davrida turli xil oʻzgarishlar yuz berdi. Insoniyat turli tabiat

hodisalarini anglay boshladi va turli muammolarga yechimlar topishdi. Vaqtlar oʻtib
turli qurollarning yaratilishi va oʻzgara borishi sababli ayollar undan foydalanishi
qiyinlasha boshladi. Bu esa ularning ovda qatnashishini qiyinlashishiga olib keldi.
Ovda olib kelingan oʻljalarni taqsimlash, bolalar tarbiyasi va uydagi ishlar bilan
shugʻullana boshlagan ayollarning birmuncha mavqei pasaydi. Bronza davriga kelib
esa patriarxat davri boshlandi. Yaʼni ota urugʻ davri endilikda har bir ish erkaklar
tomonidan hal etiladigan boʻldi.

Adabiyotlar:

1. A. Sagdullaev. O’zbekiston tarixi. – Toshkent. 2000.
2. A. Sagdullaev. Qadimgi O’rta Osiyo tarixi. – Toshkent. 2004.
3. Abisher Elmurodovich. Markaziy Osiyo va jahon sivilizatsiyasi. – Toshkent 2020.
4. Узбекистон миллий энсеклопедияси. – Тошкент. 2000.
5.Джураев Икром. Узбек халки этногенезининг илк боскичи. – Тошкент. 2021.
6. Egamberdiyeva. N. Arxeologiya. – Toshkent. 2011.

Bibliografik manbalar

Adabiyotlar:

A. Sagdullaev. O’zbekiston tarixi. – Toshkent. 2000.

A. Sagdullaev. Qadimgi O’rta Osiyo tarixi. – Toshkent. 2004.

Abisher Elmurodovich. Markaziy Osiyo va jahon sivilizatsiyasi. – Toshkent 2020.

Узбекистон миллий энсеклопедияси. – Тошкент. 2000.

Джураев Икром. Узбек халки этногенезининг илк боскичи. – Тошкент. 2021.

Egamberdiyeva. N. Arxeologiya. – Toshkent. 2011.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари