Mualliflar

  • Jo’rayeva Ruxshona Annaqul qizi
  • Farmonova Shahrizoda Sherali qizi
  • Elmurotova Dilnoza Baxtiyorovna
  • Qurbonov Jamshid Muyiddinovich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.96120

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar:Elektr maydoni elektromagnit nurlanish Inson salomatligi biologik xavfsizlik texnologik ta’sir ekologik monitoring sog‘liqni saqlash profilaktika choralar ilmiy tadqiqotlar.

Annotasiya

Annotatsiya: Ishda elektr va elektromagnit maydonlarning inson organizmiga 
ko‘rsatadigan  ta’siri  o‘rganildi.  Elektromagnit  ta’sirlarning  salbiy  oqibatlarini 
aniqlash,  ularni  bartaraf  etish  yo‘llarini  ishlab  chiqish  va  ijtimoiy  xabardorlikni 
oshirishdan  iboratdir.  kundalik  hayotda  uchraydigan  darajadagi  elektromagnit 
maydonlar odatda inson salomatligi uchun katta xavf tug‘dirmaydi, biroq kuchliroq va 
uzoqroq ta’sir sharoitida ehtiyot choralariga rioya qilish maqsadga muvofiqdir. Elektr 
maydonlarning ijobiy va salbiy tomonlarini hisobga olgan holda, ehtiyotkorlik, ilmiy 
asoslangan  qarorlar  va  profilaktik  choralarni  qo‘llash  zamonaviy  hayotda  muhim 
ahamiyat kasb etadi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_2-to’plam_May-2025

114

ISSN:3030-3613

ELEKTR MAYDONINING INSON ORGANIZMIGA TA’SIRI

Jo’rayeva Ruxshona Annaqul qizi

1

Farmonova Shahrizoda Sherali qizi

2

Elmurotova Dilnoza Baxtiyorovna

3

Qurbonov Jamshid Muyiddinovich

4

1-son davolash fakulteti 110”A”guruh talabasi

1,2

,

dotsent

3

, asistent

4

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

Annotatsiya:

Ishda elektr va elektromagnit maydonlarning inson organizmiga

ko‘rsatadigan ta’siri o‘rganildi. Elektromagnit ta’sirlarning salbiy oqibatlarini
aniqlash, ularni bartaraf etish yo‘llarini ishlab chiqish va ijtimoiy xabardorlikni
oshirishdan iboratdir. kundalik hayotda uchraydigan darajadagi elektromagnit
maydonlar odatda inson salomatligi uchun katta xavf tug‘dirmaydi, biroq kuchliroq va
uzoqroq ta’sir sharoitida ehtiyot choralariga rioya qilish maqsadga muvofiqdir. Elektr
maydonlarning ijobiy va salbiy tomonlarini hisobga olgan holda, ehtiyotkorlik, ilmiy
asoslangan qarorlar va profilaktik choralarni qo‘llash zamonaviy hayotda muhim
ahamiyat kasb etadi.

Kalit so’zlar:

Elektr maydoni,elektromagnit nurlanish Inson salomatligi,

biologik xavfsizlik,texnologik ta’sir,ekologik monitoring, sog‘liqni saqlash,
profilaktika choralar,ilmiy tadqiqotlar.

Elektr maydoni-bu zaryadlangan jismlar atrofida hosil bo'ladigan fizikaviy

maydon bo‘lib, u boshqa zaryadlangan jismlarga kuch ta’sirini ko‘rsatadi. Elektr
maydonlari tabiiy hamda sun’iy manbalardan paydo bo'lishi mumkin. Masalan, yer
atmosferasidagi chaqmoqlar tabiiy elektr maydonlarining namunasidir, uy-ro'zg'or
texnikalari, elektr uzatish tarmoqlari esa sun'iy manbalardir. Elektr maydoni ma’lum
bir kuchlanish va chastotaga ega bo‘lsa, inson organizmiga biologik ta’sir ko‘rsatishi
mumkin. Bu ta’sirlar qisqa muddatli va uzoq muddatli bo‘lishi mumkin.

Zamonaviy jamiyatning kundalik hayoti tobora ko‘proq texnologiyalarga

bog‘liq bo‘lib bormoqda. Xususan, kompyuterlar, mobil aloqa vositalari, Wi-Fi
routerlari, turli xil simsiz qurilmalar va sanoat texnikalari odamlarning yashash va
ishlash muhitini o‘zgartirmoqda. Bunday qurilmalar tomonidan hosil qilinadigan
elektr va elektromagnit maydonlar esa inson organizmiga bevosita yoki bilvosita ta’sir
ko‘rsatadi. Ilmiy manbalar bu maydonlarning markaziy asab tizimi, yurak-qon tomir
faoliyati va hujayraviy darajadagi jarayonlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini
ta’kidlaydi.

Ayniqsa, uzoq muddatli va intensiv ta’sirlar xavf tug‘dirishi ehtimoldan xoli

emas. Biroq, ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan tadqiqotlar hali yetarlicha emas,


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_2-to’plam_May-2025

115

ISSN:3030-3613

mavjud ilmiy-ijtimiy xabardorlik past darajada. Ushbu maqolada elektr maydonining
inson organizmiga ko‘rsatadigan salbiy ta’sirlari, mavjud muammolar, ularni hal qilish
yo‘llari hamda amaliy va ilmiy asoslangan tavsiyalar yoritiladi. Maqolaning asosiy
maqsadi – bu sohadagi muammolarga jamoatchilik e’tiborini qaratish, ilmiy
asoslangan yechimlar ishlab chiqish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga hissa
qo‘shishdan iborat.

So‘nggi yillarda insonlarning turmush tarzida elektr energiyasi va elektromagnit

qurilmalardan foydalanish keskin oshdi. Kompyuterlar, telefonlar, simsiz internet
qurilmalari, maishiy texnika va sanoat uskunalari har kuni millionlab odamlar
tomonidan qo‘llaniladi. Shu bilan birga, bu qurilmalar inson organizmiga sezilarli
darajada elektr va elektromagnit maydonlarni uzatadi. Tadqiqotlar shuni
ko‘rsatmoqdaki, uzoq muddatli va intensiv elektr maydoniga ta’sir qilish sog‘liq uchun
jiddiy salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuningdek, xalqaro sog‘liqni saqlash
tashkilotlari va ekologik muhofaza organlari ushbu masalani global darajadagi
muammo sifatida ko‘rib chiqmoqda. Bu mavzu O‘zbekiston kabi elektr
energetikasining keng rivojlanayotgan mamlakatlari uchun ham dolzarbdir.

Mavjud muammolar:

1.

Aholining xabardorligi past: Ko‘pchilik insonlar elektromagnit va elektr

maydonlarining organizmga salbiy ta’siri haqida yetarlicha ma’lumotga ega emas.
2.

Normativ-huquqiy cheklovlar sust: Hozirgi vaqtda elektr maydonning ta’sirini

cheklovchi aniq va qat’iy standartlar mavjud emas yoki barcha holatlarga tadbiq
etilmaydi.
3.

Tadqiqot yetishmovchiligi: O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda elektr

maydonlarning sog‘liqka ta’sirini o‘rganishga bag‘ishlangan fundamental ilmiy ishlar
soni kam.
4.

Texnologik ortiqcha yuklama: Uylar, ofislar va ta’lim muassasalari ortiqcha

elektromagnit nurlanish bilan to‘yingan, bu esa bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘iga jiddiy
xavf tug‘diradi.

Muammoni hal qilish yo‘llari.

Ilmiy monitoring va o‘lchovlar: Davlat

darajasida maxsus laboratoriyalar va mobil guruhlar tashkil etilib, binolarda elektr
maydoni darajasini o‘lchash kerak. Talim va targ‘ibot: Elektr maydonlarining zararli
ta’siri haqida ta’lim muassasalarida darslar va ommaviy axborot vositalarida
tushuntiruvchi chiqishlar yo‘lga qo‘yilishi lozim. Qonunchilik asoslari kuchaytirish:
Elektr maydon darajasining maksimal ruxsat etilgan chegaralarini aniq belgilab
beruvchi qonun va nizomlar ishlab chiqilishi kerak. Xavfsizlik standartlari: Uy-joy
qurilishi, ofislar va maktablarda elektr jihozlarining joylashuvi, izolyatsiyasi va
maydon darajasi bo‘yicha texnik reglamentlar joriy etilishi lozim.

Ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_2-to’plam_May-2025

116

ISSN:3030-3613

1.

Tibbiy-biologik tadqiqotlar yo‘lga qo‘yilsin:

Elektr maydonlarning yurak,

asab va immun tizimlariga ta’sirini o‘rganishga qaratilgan laboratoriya tajribalari
tashkil etilsin.
2.

Yoshlar salomatligiga alohida e’tibor:

Bolalar, o‘smirlar va homilador ayollar

elektromagnit muhitdan ehtiyotlanishi zarur. Maktab va bog‘chalarda ushbu holat
nazorat qilinsin.
3.

"Smart" texnologiyalarni ehtiyotkorlik bilan joriy etish:

5G, simsiz

uzatmalar va yangi texnologiyalarni joriy etishdan oldin biologik xavfsizlik
ekspertizasidan o‘tkazish kerak.
4.

Sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash

: Elektr qurilmalaridan

foydalanishda tanaffuslar qilish, ekologik dizaynni targ‘ib etish va "texnologiyadan
dam olish" odatini rivojlantirish.

Kutilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy samaralar.

Sog‘liqni saqlash xarajatlari

kamayadi: Elektr maydon ta’siridan yuzaga keladigan surunkali kasalliklarning oldi
olinsa, tibbiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyoj kamayadi. Ish unumdorligi oshadi:
Asabiylik, charchoq, uyqusizlik kabi holatlar kamaygan holda, insonlar ishda va
ta’limda yuqori natijalarga erishadi. Yangi ish o‘rinlari yaratiladi: Elektr xavfsizligi
bo‘yicha mutaxassislar, laboratoriya xodimlari, ekologik dizaynerlar uchun yangi
yo‘nalishlar shakllanadi. Barqaror rivojlanish: Aholining salomatligi bilan bog‘liq
xavflarni kamaytirish orqali iqtisodiy barqarorlik va ijtimoiy farovonlikka erishiladi.

Inson organizmiga ta’siri:

Markaziy asab tizimi: Elektr maydonlari asab impulslari o'tishiga ta'sir qilib, refleks

va sezuvchanlikka o'zgarishlar kiritishi mumkin.

Yurak-qon tomir tizimi: Ba’zi kuchli elektr maydonlari yurak ritmiga ta’sir qilishi,

qon bosimini o‘zgartirishi mumkin.

Gormonlar va metabolizm: Elektr maydonlari gormon ishlab chiqarishni va

hujayralar faoliyatini o‘zgartirishi mumkin.

Uyqu va psixologik holat: Ba’zi tadqiqotlar kuchli elektr maydonlari uyqu

buzilishlari, bosh og'rig'i va charchoq kabi alomatlarga olib kelishi mumkinligini
ko'rsatgan.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_2-to’plam_May-2025

117

ISSN:3030-3613

Yetakchi olimlar va ularning kashfiyotlari

1. Allan Frey – "Frey effekti" va neyron faoliyat

1960-yillarda Allan Frey radar to‘lqinlari inson miyasi bilan qanday o‘zaro ta’sir
qilishini o‘rgangan. U "Frey effekti" deb nomlangan hodisani aniqlagan, ya’ni odamlar
elektromagnit to‘lqinlarni eshitishlari mumkinligini ko‘rsatgan. Bu eshitish odatiy
tovush to‘lqinlari orqali emas, balki elektromagnit to‘lqinlarning miya hujayralari
bilan o‘zaro ta’siri natijasida yuzaga keladi. Frey, shuningdek, elektromagnit
maydonlar qon-miya to‘sig‘ini buzishi va neyronlarga zarar yetkazishi mumkinligini
aniqlagan.

2. Henry Lai – DNKga zarar yetkazish

1995-yilda Henry Lai va hamkasbi N.P. Singh past darajadagi mikroto‘lqinli
nurlanishning kalamushlarning miya hujayralaridagi DNKga zarar yetkazishini
aniqlagan. Ular hukumat tomonidan xavfsiz deb hisoblangan darajadagi nurlanishda
ham DNK zanjirlarining uzilishi kuzatilganini ko‘rsatgan.

3. Robert O. Becker – Bioelektrik tibbiyot asoschisi

Robert O. Becker hayvonlar va odamlarning bioelektrik xususiyatlarini o‘rganib,
elektr tokining suyaklarning bitishiga ijobiy ta’sirini aniqlagan. U, shuningdek, elektr
maydonlarining to‘qimalarning regeneratsiyasiga yordam berishi mumkinligini
ko‘rsatgan. Becker elektromagnit maydonlarning sog‘liq uchun xavfini erta tan olgan
olimlardan biri bo‘lib, yuqori kuchlanishli elektr liniyalarining salomatlikka salbiy
ta’siri haqida ogohlantirgan.

Emilia Entcheva – Yurak to‘qimalariga elektr maydonlarining ta’siri


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_2-to’plam_May-2025

118

ISSN:3030-3613

Emilia Entcheva yurak to‘qimalarining elektr maydonlariga qanday javob berishini
o‘rganib, yurak ritmini elektr maydonlari orqali boshqarish imkoniyatlarini tadqiq
qilgan. U yurak to‘qimalarining elektr maydonlariga nisbatan sezuvchanligini va bu
maydonlarning yurak ritmini o‘zgartirishdagi rolini aniqlagan.

Niels Kuster – Elektromagnit maydonlar va inson modeli

Niels Kuster elektromagnit maydonlarning inson tanasiga ta’sirini o‘rganish uchun
virtual inson modellarini yaratgan. Uning ishlari elektromagnit maydonlarning inson
organizmiga qanday ta’sir qilishini simulyatsiya qilish va baholashda muhim
ahamiyatga ega.

Xatoliklar va bahsli tajribalar

Roberts Bartholow – Etik me’yorlarga zid tajriba

1874-yilda Roberts Bartholow miya ochiq bo‘lgan bemor ustida elektr

stimulyatsiya tajribasini o‘tkazgan. Uning bu tajribasi bemorning o‘limiga olib kelgan
va tibbiyotda etik me’yorlarga zid deb baholangan. Bu holat ilmiy tajribalarda inson
huquqlari va etik me’yorlarga rioya qilish zarurligini ko‘rsatgan.

Kaliforniya Sog‘liqni Saqlash Departamenti – EMF xavflari bo‘yicha

hisobot

Kaliforniya Sog‘liqni Saqlash Departamenti elektr va magnit maydonlar

(EMF)ning sog‘liq uchun xavflari haqida hisobot tayyorlagan. Ushbu hisobotda
EMFning homiladorlikda tushish, bolalik leykemiyasi, miya o‘smalari va o‘z joniga
qasd qilish kabi xavflarni oshirishi mumkinligi ta’kidlangan. Biroq, bu hisobotda
EMFning salbiy ta’siri bo‘yicha ishonch darajasi turlicha bo‘lib, ba’zi hollarda hech
qanday ta’sir bo‘lmasligi ham mumkinligi aytilgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) pozitsiyasi

JSST elektromagnit maydonlarning inson salomatligiga ta’siri bo‘yicha keng

qamrovli tadqiqotlar olib borgan. Ularning xulosasiga ko‘ra, past chastotali
elektromagnit maydonlar odatda inson tanasida kichik elektr toklarini induktsiyalaydi,
ammo bu toklar odatda juda kichik bo‘lib, sezilarli biologik ta’sir ko‘rsatmaydi. Biroq,
uzoq muddatli ta’sirlar bo‘yicha hali ham to‘liq aniqlik yo‘q va qo‘shimcha tadqiqotlar
zarur.

Elektr maydonlarining inson organizmiga ta’siri bo‘yicha o‘tkazilgan ko‘plab

ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bu ta’sir murakkab va ko‘p qirrali jarayonlardan
iborat. Elektr maydonlari organizmda zaif elektr toklarini hosil qiladi, bu esa nerv
impulslarining uzatilishi, mushaklarning qisqarishi va hatto hujayra ichidagi ion
almashinuviga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Agar elektr maydonining kuchi va
chastotasi past bo‘lsa, odatda biologik ta’siri minimal bo‘ladi; lekin kuchli yoki uzoq
muddatli ta’sir organizmda salbiy natijalar keltirib chiqarishi ehtimoli mavjud. Allan
Frey tomonidan aniqlangan "Frey effekti" elektromagnit maydonlarning bevosita miya
faoliyatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ko‘rsatgan bo‘lsa, Henry Lai va N.P. Singh


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_2-to’plam_May-2025

119

ISSN:3030-3613

tadqiqotlari past darajadagi mikroto‘lqinli nurlanish ham DNK zararlanishiga sabab
bo‘lishi mumkinligini aniqlagan. Shuningdek, Robert O. Becker va Emilia Entcheva
kabi olimlar elektr maydonlarining to‘qimalarning regeneratsiyasi va yurak ritmini
boshqarish imkoniyatlari borasidagi ijobiy tomonlarini ham ko‘rsatib berganlar. Biroq
ushbu tadqiqotlarning ko‘pchiligi hali to‘liq isbotlanmagan, va ko‘pincha laboratoriya
sharoitlarida yoki hayvon modellarida o‘tkazilgan. Inson organizmiga haqiqiy hayot
sharoitida qanday uzoq muddatli ta’sir ko‘rsatishi to‘g‘risida aniq va yagona xulosa
chiqarish qiyin. JSST (Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti) ham elektromagnit
maydonlarning salbiy ta’siri haqida ehtiyotkorlik bilan yondashish lozimligini
ta’kidlagan, ayniqsa homiladorlar, bolalar va zaif immunitetga ega shaxslar uchun
ehtiyot choralarini tavsiya qilgan. Ayniqsa, yuqori kuchlanishli elektr uzatish
liniyalari, mobil telefonlar va Wi-Fi tarmoqlari kabi manbalar bilan bog‘liq uzoq
muddatli ta’sirlar hali ham o‘rganilmoqda. Ba’zi epidemiologik tadqiqotlar bolalik
leykemiyasi, miya o‘smalari va stress kabi kasalliklar bilan elektromagnit ta’sirlar
orasida bog‘liqlik borligini ko‘rsatgan bo‘lsa-da, boshqa tadqiqotlar bunday
bog‘liqlikni tasdiqlamagan. Shu bois, elektr maydonlarining organizmga ta’siri
masalasida bir taraflama va keskin xulosa chiqarish hozircha ilmiy asosga ega emas.
Hozirgi mavjud ma’lumotlarga asoslanib, shuni aytish mumkin: kundalik hayotda
uchraydigan darajadagi elektromagnit maydonlar odatda inson salomatligi uchun katta
xavf tug‘dirmaydi, biroq kuchliroq va uzoqroq ta’sir sharoitida ehtiyot choralariga
rioya qilish maqsadga muvofiqdir. Kelajakdagi yanada chuqur va uzoq muddatli
tadqiqotlar elektr maydonlarning inson organizmiga haqiqiy ta’sir mexanizmlarini
to‘liq aniqlab berishi va aniq sog‘liq uchun standartlarni belgilashga yordam berishi
kutilmoqda. Elektr maydonlarning ijobiy va salbiy tomonlarini hisobga olgan holda,
ehtiyotkorlik, ilmiy asoslangan qarorlar va profilaktik choralarni qo‘llash zamonaviy
hayotda muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Becker, R. O., & Selden, G. (1985).

The Body Electric: Electromagnetism and the

Foundation of Life

. New York:

2.

Lai, H., & Singh, N. P. (1995). "Acute exposure to a 60 Hz magnetic field increases

DNA strand breaks in rat brain cells."

Bioelectromagnetics

, 16(3), 207-210.

3.

World Health Organization (WHO). (2007).

Electromagnetic fields and public

health: Exposure to extremely low frequency fields

. Fact sheet No. 322.

4.

Frey, A. H. (1961). "Auditory system response to radio frequency energy."

AerospaceMedicine

,32(12),1140-1142.

5.

Kuster, N., & Schönborn, F. (2000). "Recommended minimal requirements and

development guidelines for exposure setups of bio-experiments addressing the
health risk of mobile communications."

Bioelectromagnetics

, 21(7), 508-514.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_2-to’plam_May-2025

120

ISSN:3030-3613

6.

National Institute of Environmental Health Sciences (NIEHS). (1999).

Health

Effects from Exposure to Power-Line Frequency Electric and Magnetic Fields

.

Research report.

7.

Blank, M., & Goodman, R. (2009). "Electromagnetic fields stress living cells."

Pathophysiology

,16(2-3),71–78.

8.

Hardell, L., & Carlberg, M. (2015). "Mobile phones, cordless phones and the risk

for brain tumours."

International Journal of Oncology

, 46(5), 1865–1871.

9.

Panagopoulos, D. J., Johansson, O., Carlo, G. L. (2015). "Real versus simulated

mobile phone exposures in experimental studies."

BioMed Research

International

,2015,ArticleID607053.

10.

Marino, A. A., & Becker, R. O. (1977). "Biological effects of extremely low
frequency electric and magnetic fields: A review."

Physiological Chemistry and

Physics

, 9(2), 131-147.

11.

Elmurotova D.B., Bozorov E.X., Isroilova Sh.A., Uzoqova G.S. “Qaytar aloqa”
usulidan foydalanib “skanerlovchi roentgen apparatlari nosozliklari” mavzusida
dars-ma’ruza o’tkazish // International Journal of Education, Social Science &
Humanities. FARS Publishers, SJIF-6.786, Finland, V.11, Issue-1, 2023, P.571-
576

https://doi.org/10.5281/zenodo.7542747

12.

Elmurotova D.B., Meyliyev L.O., Abdullayeva N.U., Bozorov E.X. Maintenance
and use of medical devices // Galaxy international interdisciplinary research
journal (GIIRJ) ISSN (E): 2347-6915, V.11, Issue 1, Jan. 2023, P.192-195.

13.

Elmurotova D.B., Ixrorova S.I., Ergashev A.A. Technical parameters of x-ray
equipment // European international journal of multidisciplinary research and
management studies ISSN: 2750-8587, V.03, Issue 01, Jan. 2023, P.78-83.

14.

Elmurotova D.B., Tursunboyev Q.N., Yusupova N.S., Odilova N.J., Jumanov
Sh.E. Main technical characteristics of radiation kilovoltmeter // International
Journal of Studies in Natural and Medical Sciences, Amstradam, Niderlandiya,
V02 Issue 06, June, 2023 ISSN (E): 2949-8848 Scholarsdigest.org, P.1-5.

15.

Elmurotova D.B., Ibragimova M.N., Tashev B.J. Historical X-Ray Tubes //
Scholastic: Journal of Natural and Medical Education. 2023, V.1, P.209-213.

16.

Elmurotova D.B., Abdullayev I.N., Yunusxodjaeva M.Z. Medical Computers for
Measuring Glucose and Blood Gas Levels in the Human Body // International
Journal of Studies in Natural and Medical Sciences V. 02 Is.05, May, 2023. P. 121-
124, ISSN (E): 2949-8848 Scholarsdigest.org

17.

Элмуротова Д. Б., Рахимов И. Т., Шакаров Ф. К., Эсонова М. Д., Ялгашева Э.
Б., Жураева Н. Ж. Влияние роста ZnO на электрооптические свойства ZnSe //
Белорусско-Узбекский инновационный форум, Минск, БНТУ, 2023, 14–15
марта С.191-193.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_2-to’plam_May-2025

121

ISSN:3030-3613

18.

Элмуротова Д. Б., Рахимберганова З. М., Юсупова Н. С. Распознавание
фибрилляции предсердий на основе нейронных сетей // Белорусско-
Узбекский инновационный форум, Минск, БНТУ, 2023, 14–15 марта С.255-
257.

19.

Yursinov O’.H., Elmurotova D.B., Bozorov E.X. Ko’krak bezi saratoninig hosil
bo’lish omillari // Proceedings of International Conference on Modern Science and
Scientific Studies Hosted online from Paris, France. Date: 19th May, 2023 ISSN:
2835-3730, P.106-109 Website: econferenceseries.com.

20.

Ахмедов А.Х., Элмуротова Д.Б., Бозоров Э.Х. Перспективы развития
биоматериалов в сфере биомедицине // Interdisciplinary innovation and
scientific research conference British International Science Conference. London
2023, P.74-76.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar

Becker, R. O., & Selden, G. (1985). The Body Electric: Electromagnetism and the

Foundation of Life. New York:

Lai, H., & Singh, N. P. (1995). "Acute exposure to a 60 Hz magnetic field increases

DNA strand breaks in rat brain cells." Bioelectromagnetics, 16(3), 207-210.

World Health Organization (WHO). (2007). Electromagnetic fields and public

health: Exposure to extremely low frequency fields. Fact sheet No. 322.

Frey, A. H. (1961). "Auditory system response to radio frequency energy."

AerospaceMedicine,32(12),1140-1142.

Kuster, N., & Schönborn, F. (2000). "Recommended minimal requirements and

development guidelines for exposure setups of bio-experiments addressing the

health risk of mobile communications." Bioelectromagnetics, 21(7), 508-514. 6. National Institute of Environmental Health Sciences (NIEHS). (1999). Health

Effects from Exposure to Power-Line Frequency Electric and Magnetic Fields.

Research report.

Blank, M., & Goodman, R. (2009). "Electromagnetic fields stress living cells."

Pathophysiology,16(2-3),71–78.

Hardell, L., & Carlberg, M. (2015). "Mobile phones, cordless phones and the risk

for brain tumours." International Journal of Oncology, 46(5), 1865–1871.

Panagopoulos, D. J., Johansson, O., Carlo, G. L. (2015). "Real versus simulated

mobile phone exposures in experimental studies." BioMed Research

International,2015,ArticleID607053.

Marino, A. A., & Becker, R. O. (1977). "Biological effects of extremely low

frequency electric and magnetic fields: A review." Physiological Chemistry and

Physics, 9(2), 131-147.

Elmurotova D.B., Bozorov E.X., Isroilova Sh.A., Uzoqova G.S. “Qaytar aloqa”

usulidan foydalanib “skanerlovchi roentgen apparatlari nosozliklari” mavzusida

dars-ma’ruza o’tkazish // International Journal of Education, Social Science &

Humanities. FARS Publishers, SJIF-6.786, Finland, V.11, Issue-1, 2023, P.571-

Elmurotova D.B., Meyliyev L.O., Abdullayeva N.U., Bozorov E.X. Maintenance

and use of medical devices // Galaxy international interdisciplinary research

journal (GIIRJ) ISSN (E): 2347-6915, V.11, Issue 1, Jan. 2023, P.192-195.

Elmurotova D.B., Ixrorova S.I., Ergashev A.A. Technical parameters of x-ray

equipment // European international journal of multidisciplinary research and

management studies ISSN: 2750-8587, V.03, Issue 01, Jan. 2023, P.78-83.

Elmurotova D.B., Tursunboyev Q.N., Yusupova N.S., Odilova N.J., Jumanov

Sh.E. Main technical characteristics of radiation kilovoltmeter // International

Journal of Studies in Natural and Medical Sciences, Amstradam, Niderlandiya,

V02 Issue 06, June, 2023 ISSN (E): 2949-8848 Scholarsdigest.org, P.1-5.

Elmurotova D.B., Ibragimova M.N., Tashev B.J. Historical X-Ray Tubes //

Scholastic: Journal of Natural and Medical Education. 2023, V.1, P.209-213.

Elmurotova D.B., Abdullayev I.N., Yunusxodjaeva M.Z. Medical Computers for

Measuring Glucose and Blood Gas Levels in the Human Body // International

Journal of Studies in Natural and Medical Sciences V. 02 Is.05, May, 2023. P. 121-

, ISSN (E): 2949-8848 Scholarsdigest.org

Элмуротова Д. Б., Рахимов И. Т., Шакаров Ф. К., Эсонова М. Д., Ялгашева Э.

Б., Жураева Н. Ж. Влияние роста ZnO на электрооптические свойства ZnSe //

Белорусско-Узбекский инновационный форум, Минск, БНТУ, 2023, 14–15

марта С.191-193.

Элмуротова Д. Б., Рахимберганова З. М., Юсупова Н. С. Распознавание

фибрилляции предсердий на основе нейронных сетей // Белорусско-

Узбекский инновационный форум, Минск, БНТУ, 2023, 14–15 марта С.255-

Yursinov O’.H., Elmurotova D.B., Bozorov E.X. Ko’krak bezi saratoninig hosil

bo’lish omillari // Proceedings of International Conference on Modern Science and

Scientific Studies Hosted online from Paris, France. Date: 19th May, 2023 ISSN:

-3730, P.106-109 Website: econferenceseries.com.

Ахмедов А.Х., Элмуротова Д.Б., Бозоров Э.Х. Перспективы развития

биоматериалов в сфере биомедицине // Interdisciplinary innovation and

scientific research conference British International Science Conference. London

, P.74-76.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари

Ne’matova Zahroxon Obidxon qizi, Meliboyeva Go’zal Shuxrat qizi, Elmurotova Dilnoza Baxtiyorovna, Majlimov Farrux Baxtiyor o’g’li, BUDILNIKNING INSON SALOMATLIGIGA AKUSTIK TA’SIRI. , Tadqiqotlar: Jild 61 № 2 (2025)

Azamatova Dilnoza O’ktam qizi, G’uzorova Ozoda Uchqun qizi, Elmurotova Dilnoza Baxtiyorovna, Qurbonov Jamshid Muyiddinovich, Xonkulova Yulduz Yuldashovna, POZITRON EMISSIYA TOMOGRAFIYASINING ILMIY TADQIQOTLARDAGI AHAMIYATI , Tadqiqotlar: Jild 61 № 1 (2025)