Mualliflar

  • Zamonova Farangiz Qo’ldosh qizi
  • Matkarimova Jamila Durdiyevna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.96136

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: Ijtimoiylashuv axloqiy me’yorlar deviant xatti-harakatlar psixologik muammolari oilaviy muhit o‘smirlar o‘rtasidagi huquqbuzarlik jinoiy faoliyat “Jinoyat va jazo” madaniy va institutsional omillar.

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu ishda pedagogik jarayonda deviant xulq-atvorning yuzaga 
kelish sabablari, uning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar hamda oldini olish yo‘llari 
yoritilgan. Mavzuga zamonaviy pedagogik va sotsiologik yondashuvlar asosida tahlil 
berilgan  bo‘lib,  Entoni  Giddensning  sotsiologik  nazariyalari  orqali  deviantlikning 
jamiyatdagi  o‘rni  va  ta’siri  tahlil  qilingan.  Shuningdek,  maktab,  oila  va  ijtimoiy 
muhitning o‘zaro hamkorligining ahamiyati asoslab berilgan. Ishning asosiy maqsadi 
– yoshlar orasida uchraydigan salbiy xulq-atvor turlarini erta aniqlash, tahlil qilish va 
tarbiyaviy ishlar orqali ularni ijobiy yo‘nalishga burish usullarini ko‘rsatishdir.   


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_2-to’plam_May-2025

25

ISSN:3030-3613

PEDAGOGIKADA DEVIANT XULQ-ATVOR MUAMMOSI

Zamonova Farangiz Qo’ldosh qizi

TDTrU Sotsiologiya yo`nalishi 2-bosqich talabasi

Matkarimova Jamila Durdiyevna

TDTrU f.f.d.(DSc), v.b.professor


Annotatsiya:

Ushbu ishda pedagogik jarayonda deviant xulq-atvorning yuzaga

kelish sabablari, uning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar hamda oldini olish yo‘llari
yoritilgan. Mavzuga zamonaviy pedagogik va sotsiologik yondashuvlar asosida tahlil
berilgan bo‘lib, Entoni Giddensning sotsiologik nazariyalari orqali deviantlikning
jamiyatdagi o‘rni va ta’siri tahlil qilingan. Shuningdek, maktab, oila va ijtimoiy
muhitning o‘zaro hamkorligining ahamiyati asoslab berilgan. Ishning asosiy maqsadi
– yoshlar orasida uchraydigan salbiy xulq-atvor turlarini erta aniqlash, tahlil qilish va
tarbiyaviy ishlar orqali ularni ijobiy yo‘nalishga burish usullarini ko‘rsatishdir.

Аннотация:

В данной работе освещены причины возникновения

девиантного поведения в педагогическом процессе, факторы, влияющие на его
формирование, а также пути его предотвращения. Тема проанализирована на
основе современных педагогических и социологических подходов, а роль и
влияние девиантности в обществе проанализированы через социологические
теории Энтони Гидденса. Также обоснована важность взаимодействия школы,
семьи и социальной среды. Основная цель работы - показать методы раннего
выявления, анализа негативных типов поведения, встречающихся среди
молодежи, и направления их в положительное русло посредством
воспитательной работы.

Abstract:

This work highlights the causes of deviant behavior in the pedagogical

process, the factors influencing its formation, and ways to prevent it. The topic is
analyzed based on modern pedagogical and sociological approaches, and the role and
influence of deviance in society are analyzed through the sociological theories of
Anthony Giddens. The importance of the interaction of school, family, and social
environment is also substantiated. The main goal of the work is the early identification,
analysis of negative types of behavior encountered among young people, and
demonstration of ways to turn them in the positive direction through educational work.

Kalit so’zlar:

Ijtimoiylashuv, axloqiy me’yorlar, deviant xatti-harakatlar,

psixologik muammolari, oilaviy muhit, o‘smirlar o‘rtasidagi huquqbuzarlik, jinoiy
faoliyat, “Jinoyat va jazo”, madaniy va institutsional omillar.

Ключевые слова:

Социализация, моральные нормы, девиантное

поведение, психологические проблемы, семейная среда, правонарушения среди


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_2-to’plam_May-2025

26

ISSN:3030-3613

подростков, преступная деятельность, "Преступление и наказание," культурные
и институциональные факторы.

Keywords:

Socialization, moral norms, deviant behavior, psychological

problems, family environment, juvenile delinquency, criminal activity, "Crime and
Punishment," cultural and institutional factors.


Bugungi davrda ta’lim tizimi nafaqat bilim berish, balki shaxs kamolotini

shakllantirish, uning ijtimoiylashuvi hamda psixologik barqarorligini ta’minlash
vazifasini ham bajaradi. Ushbu jarayonda o‘quvchilarning xulq-atvori, ularning
ijtimoiy muhitga moslashuvi, axloqiy me’yorlarga amal qilishi muhim o‘rin tutadi.
Afsuski, so‘nggi yillarda yoshlar orasida deviant xatti-harakatlar – ya’ni jamiyat
tomonidan qabul qilingan qoidalarga zid bo‘lgan xulq-atvor shakllari ko‘payib
bormoqda. Shunday holatlar maktabgacha ta’lim muassasalari, umumiy o‘rta
maktablar, kasb-hunar maktablari va hatto oliy ta’lim muassasalarida ham kuzatilib
kelinmoqda. Pedagogika fanining asosiy vazifalaridan biri bu – shaxs tarbiyasi va
rivojlanishiga ko‘maklashish bo‘lib, bu borada deviant xulq-atvorning sabablarini
aniqlash, uni oldini olish hamda tuzatish choralari muhim ahamiyatga ega. Mazkur
mavzuni o‘rganish dolzarbligi aynan shu jihatlar bilan belgilanadi: bugungi kunda esa
bolalar va o‘smirlarning psixologik muammolari, oilaviy muhit, axborot vositalarining
ta’siri, tengdoshlar bilan muloqot kabi omillar deviant xulq-atvorga sabab bo‘lishi ham
mumkin. Shu boisdan, pedagogikada bu muammoni chuqur o‘rganish, unga qarshi
samarali strategiyalar ishlab chiqish dolzarb ilmiy va amaliy masalalardan biri
hisoblanadi.

Har qanday jamiyatda doimiy e’tiborga muhtoj odamlar mavjud. Bular o‘z

navbatda jismoniy, ruhiy hamda ijtimoiy rivojlantirishida chetga chiqishi, og‘ishi bor
bo‘lgan odamlar hisoblanadi. Ular doim guruh bo‘lib ajralishga, jamiyat va davlatda
ularga nisbatan alohida munosabat shakllangan bo’ladi. Bunday insonlarga nisbatan
deviatsiya yoki deviant xulq-atvor so‘zlari ko’p ishlatiladi. Deviatsiya deb jamiyatda o
‘rnatilgan huquqiy, ijtimoiy, axloqiy qoida va me’yorlariga mos kelmaydigan
xattiharakat va xulq-atvorlarga aytiladi. Odatda deviant xulq-atvor o‘spirinlik davrida
yuzaga keladi. O‘spirinlik davri yoshlik davrlari ichida eng murakkab davr hisoblanadi.
Uni yana o‘tish davri ham deb ataladi. Kattalar bu davrda bolalarga e’tiborli bo‘lishlari,
o‘smirlarni tarbiyalash usullarini to‘g‘ri tanlash va ulardan foydalanishlari kerak
bo’ladi. O‘smir psixologiyasi haqida ma’lumotga ega emaslik, oilada tarbiyaning
noto‘g‘ri usuldan foydalanish, bola va ota-onalar o‘rtasida konfliktli holatlarni yuzaga
kelishi natijada musobatlarga shikast yetadi. Oiladagi salbiy, beshafqat muhit ma’lum
turdagi o‘smirlardagi qo‘pollik, yovvoyilik, sovuq munosabat kabi illatlarni paydo bo
‘lishiga zamin yaratadi hamda ularda atrofdagilarga nisbatan qarama qarshi ruhda
harakatlanib, tajavuzkorona buzuvchilar sifatini namoyon qilishadi. Bola baxtli,


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_2-to’plam_May-2025

27

ISSN:3030-3613

mustahkam va sog‘lom oilada muloqot qilsa, u o‘ziga va atrof muhitga ishongan,
atrofdagi madaniyat me’yorlarini adolatli qabul qiladigan, odobli shaxs sifatida
shakllanib boradi. Bola o‘z kelajagiga ma’lum bir tarzda yo‘naltiriladi. O‘smirlar
o‘rtasidagi huquqbuzarlik bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, deviant
xulq-atvorga ega bo‘lgan yoshlarning ko‘piligi disfunksional oilalarda tarbiyalangan.

Hozirgi kunda deviant xulq-atvorning quyidagi turlari mavjud: Jinoyatchilik.

Biror davlatda o‘rtanilgan qonun va me’yorlarda nisbatan ayrim shaxslarning salbiy
munosabat jinoiy faoliyat, mazkur shaxs esa jinoyatchi hisoblanadi. Narkomanlik va
ichkilikbozlik. Narkotik moddalardan foydalanish va ichkilikbozlik deviant xulq-
atvorning keng tarqalgan turlaridan biridir. Bu xulq-atvor shaxsning o‘zini
yo‘qotishiga va jismoniy hamda ruhiy salomatligiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi.
Shuningdek, narkomanlik va ichkilikbozlik jamiyatdagi tartibni buzish va ijtimoiy
izolyatsiyani keltirib chiqaradi. Yoshlar orasidagi ijtimoiy yakkalanish. Ba'zi yoshlar
o‘zini jamiyatdan ajratib ko‘rsatadi va jamoaviy faoliyatlardan, ijtimoiy aloqalardan
chetlanadi. Bu turdagi deviant xulq-atvor ko‘pincha psixologik muammolar, stress,
depressiya yoki o‘zini anglashdagi qiyinchiliklar natijasida yuzaga keladi. Giyohvand
yoki unga tenglashtirilgan vositalarga doimiy ro‘ju qo‘yish va tibbiy ko‘rsatmalarsiz
iste’mol qilish.

Deviant xulq-atvor muammosini sotsiologiya fani doirasida dastlab

E.Dyurkgeym o‘rgangan bo‘lsa-da, jamiyatning eng qadimiy muammolaridan biri
sifatida deviant holatlariga munosabatlar qadim davrlardan shakllanib kelgan
hisoblanadi. Misr, Hindiston va Xitoyning qadimiy xalqlarning diniy-mifologik
tasavvurlari, diniy qonun-qoidalari safi axloqiy me’yor sohadagi dastlabki
qarashlaridan biri edi. O‘rta asrlarda kelib esa axloqiy me’yorlari diniy qarashlar ta’siri
ostida rivojlandi va ulardan chekinish diniy nuqtai nazaridan baholangan. XVII- XVIII
asr mutafakkirlari ijtimoiy me’yor va undan chekinish muammosini yanada chuqurroq
o‘rganishdi. Deviant xulq-atvor muammolarini tahlil qilishda R. Merton ishlab chiqqan
ta’limot sotsiologiyada yetakchi o‘rin tutadi. E.Dyurkgeymning anomiya g‘oyasini
rivojlantirib, deviant xulq-atvorga quyidagicha ta’rif berib o’tadi:” Deviant xulq-atvor
jamiyatda e’lon qilingan qadriyatlar va rasmiy xulq-atvor standartlari bilan aholi xulq-
atvor motivlari va mavjud imkoniyatlarning bir-biriga mos kelmay qolishi natijasidir”
deggan fikrlarni ilgari surgan. Jamiyatda o‘rnatilgan ijtimoiy me’yorlardan chetga
chiqqan holatlarini o‘rganuvchi deviant xulq-atvor sotsiologiyasi muammolari
O‘zbekistonda istiqlol sharofati bilangina o‘rganila boshladi. Deviant xulq-atvorning
turli ko‘rinishlarini mamlakatimiz olimlari o‘z tadqiqot ob‘yektlari doirasida keng
o‘rganganlar. Respublika faylasuflari X.Shayxova, Q.Nazarov, M.Xolmatova,
N.Komilovlar “Shaxs tarbiyasida ma’naviy-axloqiy tarbiya ta’siri masalalari”,
sotsiolog M. Usmonaliyev “Jinoyatchilikning umumiy jihatlari hamda o‘smirlar
jinoyatchiligi masalalari”, psixolog olimlar G‘.B.Shoumarav, N.A.Sog‘inov,


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_2-to’plam_May-2025

28

ISSN:3030-3613

S.A.Axunjanova, Z.R.Qodirova, E.Sh.Usmonaliyev, B.M.Umarovlar “O‘z joniga qasd
qilish va jinoyatchilik muammolarining ruhiy-psixologik asoslari”, pedagog olimlar
O.Musurmonova, D.J.Sharipovalarning “Oilada barkamol shaxs tarbiyalash hamda
giyohvandlik, ichkilikbozlik, chekish kabi illatlarning oldini olish muammolari”ni olib
borgan ilmiy ishlarini shunday ishlar sirasiga kiritish mumkin. Bundan tashqari badiiy
adabiyotlarda deviant xulq-atvor haqida atroflicha ma’lumot ham berilgan va ulardan
ko‘p narsalarni o‘rganish ham mumkin. Dostoevskiyning “Jinoyat va jazo” romonidagi
Raskolnikovda deviant xulq - atvor namunasi ko‘rishimiz mumkin, u moddiy manfaat
uchun odam o‘ldirishga qaror qiladi. Tolstoyning “Anna Karenina” romanidagi bosh
qahramon ham deviant xulq-atvorga misol bo‘la oladi. Makarenkoning “Pedagogik
she’ri”da deyarli barcha bolalar uyi tarbiyalanuvchilari deviant xatti-harakatni
ifodalaydi va yana Balzakning “Goksek” qahramonining deviant xatti-harakatlarining
qiziqarli namunalaridan biridir.

Pedagogikada deviant xulq-atvor muammosi yoshlar tarbiyasida dolzarb bir

masalalardan biri bo‘lib, u ijtimoiy muhit, shaxsiy omillar hamda tarbiyaviy
ta’sirlarning o‘zaro murakkab aloqasi natijasida yuzaga keladi. Bunday holatni
samarali boshqarish uchun oila, maktab va jamiyat o‘rtasida uzviy hamkorlik zarur
bo’ladi. Sotsiolog olim Entoni Giddens o‘zining "Sotsiologiya" nomli asarida
deviantlikni ijtimoiy me’yorlardan chetga chiqish sifatida talqin etadi hamda ushbu
holat jamiyatdagi ijtimoiy tartibning barqarorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatishini
ta’kidlab o’tadi. Unga ko‘ra, deviant xulq-atvorni tushunish uchun faqat shaxsiy
sabablar emas, balki makro-iqtisodiy, madaniy va institutsional omillarni ham chuqur
tahlil qilish lozim bo’ladi. Giddens fikricha, ta’lim tizimi faqatgina bilim beruvchi
emas, balki ijtimoiy nazorat va me’yorlarni shakllantiruvchi muhim institut sifatida
faoliyat yuritishi kerak. Shu boisdan ham, deviant xatti-harakatlarning oldini olishda
maktablar nafaqat ta’lim, balki ijtimoiylashuv maydoni sifatida ham faol bo‘lishi
lozim. Shunday ekan, deviant xulq-atvor muammosiga kompleks, tizimli hamda
ijtimoiy ongni shakllantiruvchi yondashuv asosida yondashish – zamonaviy
pedagogikaning asosiy vazifalaridan biri bola olad.

Adabiyotlar:

1.

Egamberdiyeva N. “Ijtimoiy pedagogika” Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston
Milliy kutubxonasi nashriyoti. Toshkent -2009

2.

Xakimova M. “Deviant xulq-atvor psixologiyasi“ o‘quv qo‘llanma. Toshkent -2014

3.

Xidirоva, M., & Bahromov, A. (2024). O ‘QITUVCHINING KASBIY
DEFORMATSIYASI. Modern Science and Research, 3(5), 825-828.

4.

Sadriddinov S.R. Deviant xulq-atvorli bolalar psixologiyasi bilan ishlash
metodikasi. Toshkent: al-Buxoriy universitetida 2022-yil 28-fevral kuni o‘tkazilgan
7-sonli majlis yig‘ilishi qarori bilan nashr etishga ruxsat berilgan.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_2-to’plam_May-2025

29

ISSN:3030-3613

5.

K.Turg‘unboyeva, M.Tolipov, I.Oxunov “Ijtimoiy pedagogika asoslari. Toshkent
“Fan va texnologiya”-2008

6.

Shagazatova, B. K., & Alisherovna, K. N. (2023). Changes in the Incretin Levels
After Gastric Bypass. Central Asian Journal of Medical and Natural Science, 4(2),
446-450.

7.

Ra’no, D. S., Khidirova, M. Q., Nosirova, D. S., & Jonzoqova, S. A.
COLLABORATIVE LEARNING TECHNOLOGY BASED ON THE CONTENT
OF THE FORMATION OF STRATEGIC COMPETENCE.

8.

Жамолдинова, О., & Нарбаева, Т. (2012). Ёшлар маънавиятини юксалтиришда
ижтимоий лойиҳаларнинг аҳамияти. Ёшлар маънавияти ва соғлом турмуш
тарзи. Илмий мақолалар тўплами. Тошкент: Зиё, 107-109.

Bibliografik manbalar

Adabiyotlar:

Egamberdiyeva N. “Ijtimoiy pedagogika” Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston

Milliy kutubxonasi nashriyoti. Toshkent -2009

Xakimova M. “Deviant xulq-atvor psixologiyasi“ o‘quv qo‘llanma. Toshkent -2014

Xidirоva, M., & Bahromov, A. (2024). O ‘QITUVCHINING KASBIY

DEFORMATSIYASI. Modern Science and Research, 3(5), 825-828.

Sadriddinov S.R. Deviant xulq-atvorli bolalar psixologiyasi bilan ishlash

metodikasi. Toshkent: al-Buxoriy universitetida 2022-yil 28-fevral kuni o‘tkazilgan

-sonli majlis yig‘ilishi qarori bilan nashr etishga ruxsat berilgan.

K.Turg‘unboyeva, M.Tolipov, I.Oxunov “Ijtimoiy pedagogika asoslari. Toshkent

“Fan va texnologiya”-2008

Shagazatova, B. K., & Alisherovna, K. N. (2023). Changes in the Incretin Levels

After Gastric Bypass. Central Asian Journal of Medical and Natural Science, 4(2),

-450.

Ra’no, D. S., Khidirova, M. Q., Nosirova, D. S., & Jonzoqova, S. A.

COLLABORATIVE LEARNING TECHNOLOGY BASED ON THE CONTENT

OF THE FORMATION OF STRATEGIC COMPETENCE.

Жамолдинова, О., & Нарбаева, Т. (2012). Ёшлар маънавиятини юксалтиришда

ижтимоий лойиҳаларнинг аҳамияти. Ёшлар маънавияти ва соғлом турмуш

тарзи. Илмий мақолалар тўплами. Тошкент: Зиё, 107-109.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари

Ortiqova Maftuna Shuxrat qizi, Matkarimova Jamila Durdiyevna, YOSHLARNING JAMIYATDAGI OʻRNI VA ROLI , Tadqiqotlar: Jild 61 № 2 (2025)

O’roqboyeva Dilnoza Najmiddin qizi, Ahmadjonova Shahnozabonu, Matkarimova Jamila Durdiyevna, ZAMONAVIY TA’LIM , Tadqiqotlar: Jild 62 № 1 (2025)

Nazarova Nilufar Joʻrayevna, Zamonova Farangiz Qo’ldosh qizi, TA’LIMDA INNOVATSIYALAR VA YOSH AVLODNING ULARGA MOSLASHUVI , Tadqiqotlar: Jild 61 № 2 (2025)

O’roqboyeva Dilnoza Najmiddin qizi, Madiyorova Adolat Shavkat qizi, Matkarimova Jamila Durdiyevna, RAQAMLI JAMIYATDA SHAXSIY HAYOT VA IJTIMOIY NAZORAT VA ULARNI SOTSIOLOGIK TAHLILI. , Tadqiqotlar: Jild 62 № 1 (2025)

Matkarimova Jamila Durdiyevna, Ahmadjonova Shahnozabonu, IJTIMOIY INTEGRATSIYA VA MIGRATSIYA , Tadqiqotlar: Jild 61 № 2 (2025)