Mualliflar

  • Ortiqova Maftuna Shuxrat qizi
  • Matkarimova Jamila Durdiyevna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.96133

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: yoshlar jamiyat ijtimoiy tuzilma siyosiy faollik ta’lim barqaror rivojlanish O‘zbekiston-2030 strategiyasi.

Annotasiya

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  yoshlarning  jamiyat  ijtimoiy  tuzilmasining 
barqaror rivojlanishidagi o‘rni tahlil etiladi. Zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida 
yoshlarning  ijtimoiy  faolligi,  ularning  ijtimoiy-iqtisodiy,  siyosiy  va  ma’naviy 
taraqqiyotdagi  hissasi,  hamda  davlat  tomonidan  yoshlar  siyosatini  rivojlantirishga 
qaratilgan  islohotlar  yoritilgan.  Shuningdek,  maqolada  taniqli  olimlarning  fikrlari, 
mavjud  ilmiy  manbalar  hamda  O‘zbekiston-2030  strategiyasining  yoshlar  rivojiga 
ta’siri tahlil qilinadi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_2-to’plam_May-2025

41

ISSN:3030-3613

YOSHLARNING JAMIYATDAGI OʻRNI VA ROLI

Ortiqova Maftuna Shuxrat qizi

TDTrU

Sotsiologiya yo`nalishi 2 bosqich talabasi

Matkarimova Jamila Durdiyevna

-TDTrU

f.f.d.(DSc), v.b.professor


Annotatsiya

: Ushbu maqolada yoshlarning jamiyat ijtimoiy tuzilmasining

barqaror rivojlanishidagi o‘rni tahlil etiladi. Zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida
yoshlarning ijtimoiy faolligi, ularning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy
taraqqiyotdagi hissasi, hamda davlat tomonidan yoshlar siyosatini rivojlantirishga
qaratilgan islohotlar yoritilgan. Shuningdek, maqolada taniqli olimlarning fikrlari,
mavjud ilmiy manbalar hamda O‘zbekiston-2030 strategiyasining yoshlar rivojiga
ta’siri tahlil qilinadi.

Аннотация

: В данной статье анализируется роль молодежи в устойчивом

развитии социальной структуры общества. На основе современных научных
подходов освещается социальная активность молодежи, ее вклад в социально-
экономическое, политическое и духовное развитие, а также государственные
реформы, направленные на развитие молодежной политики. В статье также
анализируются взгляды видных ученых, имеющиеся научные ресурсы и влияние
стратегии «Узбекистан-2030» на развитие молодежи.

Annotation

: This article analyzes the role of youth in the sustainable

development of the social structure of society. On the basis of modern scientific
approaches, the social activity of young people, their contribution to socio-economic,
political and spiritual development, as well as state reforms aimed at developing youth
policy are covered. The article also analyzes the views of prominent scientists,
available scientific resources and impact of Uzbekistan-2030 strategy on youth
development.

Kalit so‘zlar

: yoshlar, jamiyat, ijtimoiy tuzilma, siyosiy faollik, ta’lim, barqaror

rivojlanish, O‘zbekiston-2030 strategiyasi.

Ключевые слова

: молодежь, общество, социальная структура,

политический активизм, образование, устойчивое развитие, Стратегия
«Узбекистан-2030».

Keywords

: youth, society, social structure, political activism, education,

sustainable development, Strategy Uzbekistan-2030.


Yoshlar har qanday jamiyatning kelajagini belgilovchi asosiy ijtimoiy qatlam

hisoblanadi. Ularning faolligi, bilim va salohiyati jamiyatning barqaror rivojlanishida
hal qiluvchi omil sifatida qaraladi. Bugungi globallashuv sharoitida yosh avlodni


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_2-to’plam_May-2025

42

ISSN:3030-3613

qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual va ijodiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish
davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlarga oid davlat siyosatini

takomillashtirish borasida ilgari surgan tashabbuslari, xususan, “O‘zbekiston – 2030”
strategiyasida belgilangan vazifalar, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga
qaratilgan chora-tadbirlar ushbu mavzuning dolzarbligini yanada oshiradi.
Shuningdek, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligi, kasbiy tayyorgarligi va ma’naviy
immunitetini mustahkamlash hozirgi jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan
biridir.

Yoshlarning jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy faolligi

Yoshlar jamiyatning eng

dinamik qatlami hisoblanadi. Ular ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy jarayonlarda
faol ishtirok etish orqali davlatning kelajakdagi rivojlanishini belgilaydi. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ta’kidlashicha, “Yosh avlodning
fuqarolik pozitsiyasi va faolligini oshirish, ularni mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy
bilim va kasb-hunarlarni egallagan barkamol shaxslar sifatida tarbiyalash bugungi
kunning eng muhim vazifalaridandir”. Davlat siyosati va yoshlarning rivojlanishiga
ta’siri O‘zbekiston davlatining yoshlarga oid siyosati “O‘zbekiston – 2030”
strategiyasi

doirasida

yanada

takomillashtirilmoqda.

Jumladan,

quyidagi

yo‘nalishlarda tizimli islohotlar olib borilmoqda:

Ta’lim va kasb-hunar o‘rgatish

yoshlarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish, ularning malakasini oshirish va
raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Axborot xavfsizligi va mafkuraviy immunitet

– yoshlarni globallashuvning salbiy

ta’siridan himoya qilish, ularning axborot madaniyatini shakllantirish bo‘yicha ishlar
olib borilmoqda.

Tadbirkorlik va innovatsiyalar

– yoshlarning biznes va startap

loyihalarini qo‘llab-quvvatlash orqali ularning iqtisodiy faolligini oshirishga e’tibor
qaratilmoqda[1].

Ta’lim olishi va zamonaviy kasblarni egallashi, Ijtimoiy va siyosiy jarayonlarda

faol ishtirok etishi, Innovatsiyalar va ilm-fan sohasiga hissa qo‘shishi muhim ahamiyat
kasb etadi.

Yoshlarning ijtimoiy tuzilmadagi o‘rni Jamiyat ijtimoiy tuzilmasi

murakkab tizim bo‘lib, unda yoshlar alohida mavqega ega. Sotsiolog olim S.
Otamuratovning fikriga ko‘ra, yoshlar jamiyatning ijtimoiy barqarorligini
ta’minlovchi kuch sifatida maydonga chiqadi[2]. Ijtimoiy guruhlar va
tabaqalanish

– yoshlarning o‘rta sinf vakillari sifatida shakllanishi jamiyat

barqarorligini ta’minlovchi asosiy omillardan biridir.

Ma’naviyat va milliy

qadriyatlar

– yoshlarning o‘z an’ana va urf-odatlarini saqlab qolishi hamda milliy

o‘zligini anglash jarayoni ijtimoiy tuzilmaning uzviyligini ta’minlaydi. Ilmiy qarashlar
va muallifning fikri Turli tadqiqotlarda yoshlarning jamiyatdagi o‘rni haqida turli xil
qarashlar mavjud. Masalan:

Gerodot

yoshlarning tarbiyasi jamiyat taraqqiyotining

asosiy omili ekanini ta’kidlagan [3].

Mahmudxo‘ja Behbudiy

yoshlarning ilm va

ma’rifat bilan shug‘ullanishi zarurligini uqtirgan.

Zamonaviy olimlar

yoshlarning


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_2-to’plam_May-2025

43

ISSN:3030-3613

innovatsion texnologiyalar va ijtimoiy loyihalardagi ishtirokini jamiyat taraqqiyotining
kaliti deb bilishadi. Muallifning fikricha, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish
uchun: Ta’lim tizimini zamonaviylashtirish va innovatsiyalarni rivojlantirish kerak.
Yoshlar orasida mafkuraviy immunitetni shakllantirish lozim. Davlat tomonidan
yoshlar uchun barqaror ish o‘rinlari va sharoitlar yaratish muhimdir [4].

Yoshlardan

doim ogohlik va ziyraklik talab etiladi. Buyuk marifatparvar bobomiz Yusuf Xos Hojib
aytganlar: Yoshlikni qadriga yeting, u bir kuni shaksiz sizdan ketadi, uni qanchalik
qattiq tutmang, bir kuni sizdan qochadi» deb aytganlar. Odam bolasi dunyoga
shunchaki emas, balki hazrat Alisher Navoiy aytganlaridek, komillikka, ezgu
niyatlarga yetishish, atrofdagi odamlar, yaqinlari, dustlari tasirida kamolot
pillapoyalarini zabt etish uchun keladi. Manan boy, jismonan sog‘lom va axloqan pok
bo‘lib borgani sari uning oilasi, manzil – makoni ham guzallashib, hayoti fayzli,
mazmunli kechadi [5].

Yoshlar jamiyatning eng muhim ijtimoiy guruhlaridan biri bo‘lib, ularning

rivojlanishi va faol ishtiroki mamlakatning taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liq. Davlat
tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar va strategiyalar yoshlarning o‘z
salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishiga imkon yaratmoqda. Shu sababli, yoshlarning
ta’lim, ijtimoiy faollik va innovatsiyalar sohasidagi ishtirokini yanada oshirish lozim
[6].

Jamiyatdagi yoshlarning huquqiy faolligi.

Yoshlarning huquqiy ongini oshirish,

ularning jamiyatdagi huquqiy faolligini kuchaytiradi. Huquqiy faoliyat nafaqat shaxsiy
huquqlarni himoya qilishda, balki jamiyatdagi muammolarni hal qilishda, qonunlar va
normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishda ham o'z ifodasini topadi. Yoshlarning
huquqiy faolligi fuqarolik jamiyatining rivojlanishiga xizmat qiladi, chunki ular
nafaqat o'z huquqlarini, balki boshqalarning huquqlarini ham himoya qilishga
intiladilar.

Yoshlar o'rtasida huquqiy faollikni oshirish, ular uchun ijtimoiy va siyosiy

mas'uliyatni oshiradi. Ularning huquqiy bilimi va ongli yondashuvi, jamiyatdagi turli
ijtimoiy muammolarga yechim topishda yordam beradi. Yoshlar o'zlarini fuqarolik
jamiyatining faol a'zolari sifatida his qilishlari uchun ularga qonunlar va ijtimoiy
qadriyatlar haqida kengroq tushunchalar berilishi kerak [7].

Yoshlar uchun huquqiy

xizmatlar.

Yoshlarning huquqiy ongini oshirishda huquqiy xizmatlar muhim

ahamiyatga ega. Huquqiy xizmatlar yoshlarni o'z huquqlarini himoya qilishga
tayyorlaydi va ularning yuridik yordamga ehtiyojlarini qondiradi. Bunga, yoshlar
uchun huquqiy maslahatlar, yuridik yordam markazlari, onlayn huquqiy xizmatlar va
boshqa shakllar kiradi. Yoshlar uchun maxsus huquqiy xizmatlarni tashkil etish, ularni
huquqiy muammolarni hal qilishda qo'llab-quvvatlash, ular uchun huquqiy tafsilotlar
va maslahatlar taqdim etish yoshlarning huquqiy
ongini yanada rivojlantirishga yordam beradi. Bu xizmatlar, yoshlar o'rtasida huquqiy
bilimlarni kengaytiradi va ular o'z huquqlarini bilgan holda jamiyatda faol ishtirok


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_2-to’plam_May-2025

44

ISSN:3030-3613

etishlari mumkin. Huquqiy xizmatlar yoshlar uchun nafaqat yuridik yordam, balki
huquqiy ongni rivojlantirishga xizmat qiluvchi vosita sifatida qaralishi kerak. Bu
xizmatlar yoshlarni jamiyatdagi huquqiy muammolarni hal
qilishga va o'z huquqlarini amalga oshirishga undaydi [8].

Yoshlar jamiyatning rivoji va barqarorligida muhim o‘rin tutadi. Ularning ta’lim

olishi, ijtimoiy faolligi va innovatsiyalarga intilishi mamlakat kelajagini belgilaydi.
Yoshlar jamiyatning asosiy kuchi sifatida nafaqat kelajakni belgilab beruvchi, balki
hozirgi zamonning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojlanishida ham faol ishtirok
etuvchi qatlamdir. Ular innovatsiyalarni kiritishda, ijtimoiy muammolarni hal qilishda
va madaniyatni rivojlantirishda yurgizuvchi liderlar bo'la oladilar. Yoshlar o'z fikrlarini
erkin ifoda etishlari, yangi g'oyalarni taklif qilishlari va o'zaro hamkorlikda faol
bo'lishlari orqali jamiyatda ijobiy o'zgarishlar qilishlari mumkin. Shu bilan birga, ular
kelajak avlodlar uchun namuna bo'lib, ta'lim va tarbiya jarayonlarida katta ahamiyat
kasb etadi. Ilmiy nuqtai nazardan, yoshlarning jamiyatdagi o'rni nafaqat ularning
yoshligi bilan, balki ularning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojlanganlik darajasi
bilan ham belgilanadi. Yosh avlodning faoliyatini kuzatish, ularga ta'lim berish va
imkoniyatlar yaratish jamiyatning barqaror rivojlanishi uchun juda muhimdir.
Natijada, yoshlar, o'zlarini jamiyatning faol a'zolari sifatida ko'rsatish imkoniyatiga ega
bo'lib, kelajakni birgalikda qurishdagi asosiy kuchga aylanishi zarur.

Takliflarim:

Yoshlar uchun zamonaviy ta’lim va kasb-hunar dasturlarini kengaytirish.

Ularni innovatsiyalar va startap loyihalariga jalb qilish.

Mafkuraviy immunitetni mustahkamlash va milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish.

Yoshlarning bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka rag‘batlantirish.

Bu chora-tadbirlar yoshlarning jamiyatda faol va samarali ishtirok etishiga
zamin yaratadi.

Adabiyotlar:

1.

Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2021.
– 54-55-betlar.

2.

Otamuratov S. Yoshlarning jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy faolligi. – Toshkent:
TDİU nashriyoti, 2023. – 120-125-betlar.

3.

Gerodot. Tarixiy yozuvlar. – Yunoniston, eramizdan avvalgi V asr. – 320-325-
betlar.

4.

Mahmudxo‘ja Behbudiy. Oyna jurnali maqolalari. – Toshkent: 1914-yil. – 41-43-
betlar

5.

Is’hoqjon Muhammadjon O‘g‘li. Ta’lim va tarbiya. – Toshkent: Hilol Nashr, 2018.
– 45-50-betlar.

6.

Kel Nyuport, “Diqqat asari” Ingiliz tilidan Sojida Samandarova tarjimasi, Toshkent:
“Ofset-print” MChJ, “Nihol nashiryoti, 2020.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_2-to’plam_May-2025

45

ISSN:3030-3613

7.

Abdullaeva, S. (2019). Jamiyatda huquqiy ongni rivojlantirishda yoshlarning roli.
Tashkent: Advokatura va huquqshunoslik nashriyoti.

8.

Zohidov, M. (2017). Yoshlarning huquqiy faolligini oshirish va huquqiy
maslahatlar tizimi. Tashkent: O'zbekiston Milliy Universiteti nashriyoti

Bibliografik manbalar

Adabiyotlar:

Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2021.

– 54-55-betlar.

Otamuratov S. Yoshlarning jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy faolligi. – Toshkent:

TDİU nashriyoti, 2023. – 120-125-betlar.

Gerodot. Tarixiy yozuvlar. – Yunoniston, eramizdan avvalgi V asr. – 320-325-

betlar.

Mahmudxo‘ja Behbudiy. Oyna jurnali maqolalari. – Toshkent: 1914-yil. – 41-43-

betlar

Is’hoqjon Muhammadjon O‘g‘li. Ta’lim va tarbiya. – Toshkent: Hilol Nashr, 2018.

– 45-50-betlar.

Kel Nyuport, “Diqqat asari” Ingiliz tilidan Sojida Samandarova tarjimasi, Toshkent:

“Ofset-print” MChJ, “Nihol nashiryoti, 2020.

Abdullaeva, S. (2019). Jamiyatda huquqiy ongni rivojlantirishda yoshlarning roli.

Tashkent: Advokatura va huquqshunoslik nashriyoti.

Zohidov, M. (2017). Yoshlarning huquqiy faolligini oshirish va huquqiy

maslahatlar tizimi. Tashkent: O'zbekiston Milliy Universiteti nashriyoti

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари

O’roqboyeva Dilnoza Najmiddin qizi, Ahmadjonova Shahnozabonu, Matkarimova Jamila Durdiyevna, ZAMONAVIY TA’LIM , Tadqiqotlar: Jild 62 № 1 (2025)

O’roqboyeva Dilnoza Najmiddin qizi, Madiyorova Adolat Shavkat qizi, Matkarimova Jamila Durdiyevna, RAQAMLI JAMIYATDA SHAXSIY HAYOT VA IJTIMOIY NAZORAT VA ULARNI SOTSIOLOGIK TAHLILI. , Tadqiqotlar: Jild 62 № 1 (2025)

Zamonova Farangiz Qo’ldosh qizi, Matkarimova Jamila Durdiyevna, PEDAGOGIKADA DEVIANT XULQ-ATVOR MUAMMOSI , Tadqiqotlar: Jild 61 № 2 (2025)

Matkarimova Jamila Durdiyevna, Ahmadjonova Shahnozabonu, IJTIMOIY INTEGRATSIYA VA MIGRATSIYA , Tadqiqotlar: Jild 61 № 2 (2025)