Mualliflar

  • Hakimova Halima Halimovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.97261

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Millat oynasi mutafakkir ma’rifatparvar tilshunos tarixchi va siyosiy arbob chuqur tafakkuri egasi betakror ijodkor.

Annotasiya

Annotatsiya:  XX  asr  boshlarida  Oʻzbekiston  tarixida  yuz  bergan  ijtimoiy, 
siyosiy  va  madaniy  uyg‘onish  harakati  —  Jadidchilik  harakati  bilan  bog‘liq  ulkan 
siymolar ichida Abdurauf Fitrat o‘zining chuqur tafakkuri, betakror ijodi va fidokorona 
faoliyati bilan alohida ajralib turadi. U nafaqat adib, balki mutafakkir, ma’rifatparvar, 
tilshunos,  tarixchi  va  siyosiy  arbob  sifatida  ham  el-yurt  xizmatida  bo‘lgan.  Uning 
hayoti va ijodi o‘zbek ma’naviyati tarixida millatni uyg‘otgan nurli oynaga o‘xshaydi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_5-to’plam_May-2025

90

ISSN:3030-3613

MILLATNING OYNASI: ABDURAUF FITRAT HAYOTI VA IJODI.

Hakimova Halima Halimovna

Buxoro davlat universiteti

Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakulteti

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va

dastlabgi qayta ishlash texnologiyasi

3-kurs talabasi

hakimovahalima@icloud.com

+998904145505


Annotatsiya:

XX asr boshlarida Oʻzbekiston tarixida yuz bergan ijtimoiy,

siyosiy va madaniy uyg‘onish harakati — Jadidchilik harakati bilan bog‘liq ulkan
siymolar ichida Abdurauf Fitrat o‘zining chuqur tafakkuri, betakror ijodi va fidokorona
faoliyati bilan alohida ajralib turadi. U nafaqat adib, balki mutafakkir, ma’rifatparvar,
tilshunos, tarixchi va siyosiy arbob sifatida ham el-yurt xizmatida bo‘lgan. Uning
hayoti va ijodi o‘zbek ma’naviyati tarixida millatni uyg‘otgan nurli oynaga o‘xshaydi.

Kalit so‘zlar

: Millat oynasi, mutafakkir, ma’rifatparvar, tilshunos, tarixchi va

siyosiy arbob, chuqur tafakkuri egasi, betakror ijodkor.

Аннотация:

Среди великих деятелей, связанных с движением джадидов

— социальным, политическим и культурным возрождением, имевшим место в
истории Узбекистана в начале XX века, — Абдурауф Фитрат выделяется своим
глубоким мышлением, уникальным творчеством и самоотверженным трудом.
Он служил стране не только как писатель, но и как мыслитель, педагог, лингвист,
историк и политический деятель. Его жизнь и деятельность подобны яркому
зеркалу в истории узбекской духовности, пробудившему нацию.

Ключевые слова:

Зеркало нации, мыслитель, просветитель, лингвист,

историк и политический деятель, глубокий мыслитель, уникальный творец.

Abstract:

Among the great figures associated with the social, political and

cultural awakening movement of Uzbekistan at the beginning of the 20th century - the
Jadid movement, Abdurauf Fitrat stands out for his deep thinking, unique creativity
and selfless work. He served the people not only as a writer, but also as a thinker,
enlightener, linguist, historian and political figure. His life and work are like a luminous
mirror that awakened the nation in the history of Uzbek spirituality.

Keywords:

A mirror of the nation, a thinker, an enlightener, a linguist, a

historian and a political figure, a deep thinker, a unique creator.


Abdurauf Fitrat adabiyotimiz tarixida shoir va olim, nosir va dramaturg,

o'qituvchi va ma'rifatparvar sifatida muhim o'rin egallaydi. U 1886 yilda Buxoroda
ziyoli oilasida tug'ilgan bo'lib, Buxoro, Isthambul madrasalari va dorilfununlarida


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_5-to’plam_May-2025

91

ISSN:3030-3613

o'qiydi. U arab, fors, turk tillarini mukammal bilganligi tufayli Sharqning buyuk
allomalari ijodini yaxshi o'zlashtiradi. Adibning otasi savdogarchilik bilan
shug'ullangan bo'lib, 1918 yilgacha Qashqarda turib qoladi. U asosan onasi Mustafo
bibi (Bibijon) tarbiyasida bo'lib, undan Navoiy, Uvaysiy, Zebunniso, Bedil, Fuzuliy
kabi ulkan shoirlar g'azallarini birinchi tinglagan. Fitrat 1909 yilda Turkiyaga o'qishga
borib, 1913 qilgacha Istambul dorilfununida tahsil ko'rgan. Turkiyada tashkil bo'lgan
«Buxoro ta'limi maorifi» uyushmasida faollik ko'rsatgan. Behbudiy asos solgan jadid
usulidagi maktablar takomiliga xizmat etgan. Uning ilk to'plami 1911 yilda «Sayha»
(«Chorlov») nomi bilan chop etiladi. «Sayyohi hindi», «Munozara» kabi asarlari ham
shu yillarda nashr etilgan.

1909-1913 yillarda Turkiya dorilfununida o'qiyotganda uning zukko,

bilimdonligi professor-o'qituvchlarni hayratga soladi. Unga Fitrat - Donishmand
taxallusini beradilar. Fitrat ijodi Turkistonda inqilobiy harakatlar kuchaygan, «Sharq
uyg'ongan» davrlarga to'gri keladi. U ham o'z salaflari kabi avvalo ma'rifatparvarlik
g'oyalarini ilgari suradi. Uning1913 yilda tojik tilida yaratilgan «Munozara» nomli
asarida o'z xalqini zulm botqog'idan qutqarib, «najot yo'li»ni izlaganligi seziladi.

Bu davrda rus tili va rus madaniyatini targ'ib qilish ham Fitrat ma'rifatparvarligi

yo'nalishining muhim tarmogi bo'lgan.Bunday qarashlar uning o'zi tashkil etgan va
muharrirlik qilgan «Hurriyat» ro'znomasida keng targ'ib etiladi. Xuddi shu yillar
«Hayot yo'lida birinchi masala - maktab masalasidir» («Hurriyat», 1917 yil, 1-son)
degan shior bilan chiqadi. Uning«Hurriyat» (1917, 31-son) ro'znomasida bosilgan
«Yurt qayg'usi...» nomli lavhasida Turkiston uchun, uning ayollari ozodligi uchun
kurashga bel bog’laganligini aytadi. «Men sen uchun tug'ildim, sen uchun yasharman,
sening uchun o'larman, ey turning muqaddas o'chog'i!» degan da'vat eshitiladi. «Ulug'
Turkiston» (1917, 2-son) ro'znomasida «Yashasin turklik, yashasin Islom» shiori bilan
chiqadi. Uning «Hind ixtilolchilari», «Temur sag'anasi», «O'g'izxon», «Abo Muslim»,
«Turk tili» kabi asarlarida ham hurfikrlar, qarashlar, ko'zga tashlanadi. Shular qatorida
«Qon», «Begijon», «Chin sevish», «To'lqin», «Vose' qo'zg'oloni», «Ro'zalar» kabi
dramalari yaratildi. Fitratning 1922 yilda nashr etilgan «O'zbek shoirlari» to'plamiga
kirgan «Kecha», «Behbudiy mozorini izlab», «Sharq» kabi she'rlarida izlanish jarayoni
uchraydi. «Shoir» she'rida «o'zim uchun ko'p umidlar to'qidim» degan xulosaga keladi.
Uning 1920 yilda yozilgan «Kim deyay seni» kabi she'rida oshiqning ma'shuqqa katta
umid bilan intilishi, kutishi, suyishi lirik bir ohangda kuylanadiki, shoir endi ijodning
yangi pog'onasiga ko'tarilayotganligidan dalolat beradi. Shoir ijodida, dunyoqarashida
siljish, yangilikka, go'zallikka intilish seziladi. Xuddi shu hol uning«Abulfayzxon»,
«Arslon» va «Vose'» (tojik tilida), kabi dramalari g'oyasida ham seziladi.
Uning«Qiyomat», «Shaytonning tangriga isyoni» kabi nasriy asarlarida endi ijodkor
falsafasining chuqurlashganligi, katta ijtimoiy-hayotiy muammolarni hal etishga
intilishi ko'zga tashlanadi. Fitrat yirik olim, adabiyotshunos sifatida ham bir qancha


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_5-to’plam_May-2025

92

ISSN:3030-3613

asarlar yaratgan. Jumladan, «Adabiyot qoidalari», «Eski o'zbek adabiyoti namunalari»,
«Aruz haqida» kabi ilmiy kuzatuvlari adabiyotshunoslik fani tarixida muhim rol
o'ynaydi. Shuningdek, uning Umar Xayyom, Firdavsiy, Navoiy, Bedil, M. Solih,
Muqimiy, Furqat haqidagi tadqiqotlari ham adabiyotimiz tarixini o'rganishda muhim
manba bo'lib xizmat etishi shubhasiz. Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg'oniy kabi
o'ndan ortiq mumtoz adabiyot vakillari haqida maqolalar yozgan. Fitrat ayni chog'da
olim, ulkan pedagog, xalq maorifi tashkilotchisi sifatida ham faol ishladi. 1921- 1923
yillarda u Respublika Maorif xalq noziri bo'lib xizmat qildi. 1923-1924 yillar orasida
Moskvadagi Sharq tillari institutida, so'ng Peterburg dorilfununida ma'ruza o'qidi.
«O'zbek tili» darsligi, «O'zbek tili sarfi» (grammatikasi) kitoblari esa 1925-1930
yillarda besh marta chop etildi. Uning«Tilimiz», «O'zbekcha til saboqlari», «Imlo
konferensiyasi munosabati bilan» maqolalari ham yaratildi. U ana shu ishlari uchun
o'zbek olimlari orasida birinchilardan bo'lib professor degan yuksak ilmiy unvonga
sazovor bo'lgan. Fitrat 1938 yil 4 oktyabrda Abdulla Qodiriy, Cho'lpon, Otajon
Hoshim, Qayum Rhamazon, G'ozi Olim kabi xalqimizning buyuk ziyolilari qatorida
qatl etildi. Faqat 1956 yilga kelib u oqlandi. Oqlandiyu, qariyb yana o'ttiz besh yildan
so'nggina, mustaqillik davri sharofati bilan u haqdagi haqiqatni aytish va yozish
imkoniyati tug'ildi. Abdurauf Fitrat hayoti va adabiy faoliyati ziddiyatlarga o'ta boyligi
bilan ajralib turadi. 1991 yil 25 sentyabrda Abdurauf Fitratga o'zbek dramaturgiyasini
rivojlantirishdagi, realistik adabiy tanqidchilik hamda adabiyotshunoslik maktabiga
asos solishdagi xizmatlari uchun Alisher Navoiy nomidagi Respublika Davlat
mukofoti berildi.

Xulosa qilib shuni aytamanki Abdurauf Fitrat — bu bir inson emas, balki

millatning ko‘zgusi, uning qalbi va ongidir. Uning o‘zbek ma’naviy merosiga qo‘shgan
hissasi beqiyosdir. Bugungi biz yoshlar uning asarlarini o‘qib, milliy o‘zlik, istiqlol,
ma’rifat va taraqqiyot haqida chuqur o‘ylab ko‘rishimiz kerak. Zero, Fitrat yashagan,
Fitratni unutmagan xalq — aslo yo‘qolmaydi. Fitratning aybi — millatni sevishi,
uyg‘otishi, ozod ko‘rishni istagani edi. Bugun esa uning nomi tiklangan, asarlari qayta
nashr qilinmoqda, xotirasi hurmat bilan yodga olinmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar:

Asosiy manbalar (Fitratning oʻz asarlari)

1.

Fitrat, A. “Munozara” – Toshkent: “Fan”, 1991.

2.

Fitrat, A. “O‘zbek adabiyoti namunalari” – Toshkent: “Yozuvchi”, 1990.

3.

Fitrat, A. “Saylanma” – Toshkent: G’. G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at
nashriyoti, 1993.

4.

Karimov, I. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” – Toshkent: “Ma’naviyat”,
2008.

5.

Usmonov, M. “Fitrat – ma’rifatparvar adib” – Toshkent: “Fan”, 1974.

6.

Shukurov, N. “Abdurauf Fitratning adabiy merosi” – Toshkent: “Yozuvchi”, 1986.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_5-to’plam_May-2025

93

ISSN:3030-3613

7.

Mirvaliev, B. “O‘zbek adabiyoti tarixi” (universitetlar uchun darslik) – Toshkent:
“O‘zbekiston”, 2007.

8.

Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat – Tanlangan asarlar – Adabiy meros seriyasi.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

Asosiy manbalar (Fitratning oʻz asarlari)

Fitrat, A. “Munozara” – Toshkent: “Fan”, 1991.

Fitrat, A. “O‘zbek adabiyoti namunalari” – Toshkent: “Yozuvchi”, 1990.

Fitrat, A. “Saylanma” – Toshkent: G’. G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at

nashriyoti, 1993.

Karimov, I. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” – Toshkent: “Ma’naviyat”,

Usmonov, M. “Fitrat – ma’rifatparvar adib” – Toshkent: “Fan”, 1974.

Shukurov, N. “Abdurauf Fitratning adabiy merosi” – Toshkent: “Yozuvchi”, 1986.

Mirvaliev, B. “O‘zbek adabiyoti tarixi” (universitetlar uchun darslik) – Toshkent:

“O‘zbekiston”, 2007.

Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat – Tanlangan asarlar – Adabiy meros seriyasi.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари