T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_5-to’plam_May-2025
65
ISSN:3030-3613
BRONXIAL ASTMA RIVOJLANISH XAVFI YUQORI BO‘LGAN
GURUHLARNI TAHLIL QILISH (BRONXOOBSTRUKTIV SINDROM
BILAN OG‘RIGAN BOLALAR MISOLIDA)
Tursunkulova Durdona
Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti
Pediatriya fakulteti 4-kurs
Ilmiy rahbar:
Umarova.S.S
Annotatsiya:
Ushbu ilmiy ish bronxoobstruktiv sindrom bilan og‘rigan bolalar
misolida bronxial astma rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan guruhlarni aniqlashga
qaratilgan. Tadqiqot davomida genetik, ekologik va klinik omillar tahlil qilinib, astma
rivojlanishiga olib keluvchi asosiy xavf omillari aniqlandi. Ish yakunida profilaktika
choralari va erta tashxis qo‘yishning ahamiyati ko‘rsatib berildi.
Kalit so‘zlar:
bronxial astma, bronxoobstruktiv sindrom, bolalar, xavf
omillari, irsiyat, atrof-muhit, profilaktika, erta tashxis
Annotation:
This study focuses on identifying high-risk groups for the
development of bronchial asthma among children with broncho-obstructive syndrome.
Genetic, environmental, and clinical factors contributing to asthma onset were
analyzed. The research concludes with recommendations for preventive measures and
emphasizes the importance of early diagnosis and medical supervision.
Keywords:
bronchial asthma, broncho-obstructive syndrome, children, risk
factors, heredity, environment, prevention, early diagnosis.
Аннотация:
Данное исследование посвящено выявлению групп высокого
риска развития бронхиальной астмы среди детей с бронхообструктивным
синдромом. В ходе работы проанализированы генетические, экологические и
клинические факторы, способствующие возникновению астмы. В заключение
приведены рекомендации по профилактике и подчеркивается важность ранней
диагностики заболевания.
Ключевые слова:
бронхиальная астма, бронхообструктивный синдром,
дети, факторы риска, наследственность, окружающая среда, профилактика,
ранняя диагностика
Bolalar orasida bronxial astmaning (BA) tarqalish sur’atining yiliga 20% gacha
oshib borishini hisobga olib, bugungi kunda bronxoobstruktiv sindrom (BOS)
rivojlanish xavfi omillarini aniqlash va ularning bolalarda BA rivojlanishiga ta’sirini
o‘rganish dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Shu boisdan, BOS kechishi va
natijasini oldindan baholash hamda bu bilimlarni amaliyotga joriy qilish orqali
bemorlarni tekshirish va davolash-reabilitatsiya tadbirlarini optimallashtirish zarur
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_5-to’plam_May-2025
66
ISSN:3030-3613
bo‘lmoqda.
So‘nggi yillarda BA ayniqsa hayotini dastlabki yillaridagi bolalarda tez-tez
uchrab turadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda nafas olishda hushtakli xirillashlar BA
rivojlanishining prognoz belgisidir va bu butun dunyoda dolzarb muammo sanaladi.
Tadqiqotchilar BA prognozi bilan bog‘liq masalalarning dolzargligini ta’kidlaydi. Bu
boradagi tadqiqotlar OOB (o‘tkir obstruktiv bronxit) bilan kechadigan bolalarni
reabilitatsiyalash va qaytalanishlarning oldini olishga qaratilgan davolash usullarini
tanlashda diferensial yondashuvga xizmat qilishi mumkin. Bundan tashqari, BOSning
birinchi epizodini boshdan kechirgan bolalar orasidan xavf guruhini ajratish orqali
ularning keyinchalik BA rivojlanishiga olib keluvchi qaytalanishlarining oldi olinadi.
BA ni erta yoshda prognozlash hanuz murakkablik tug‘diradi. Ayrim tadqiqotlar
shuni ko‘rsatadiki, astmali bolalarning uchdan ikki qismi erta yoshda BOS
simptomlariga ega bo‘lmagan. Bu esa BAning kech tashxislanishiga olib keladi. Yu.L.
Mizernitskiyning ma’lumotlariga ko‘ra, O‘RVI bilan bog‘liq BOS sababli kasalxonaga
yotqizilgan bolalarning 50% dan ortig‘i 4–8 yildan so‘ng astma bilan og‘rigan, ammo
bu ular kichik yoshda bo‘lganida aniqlanmagan.
Xavf guruhidagi bunday bolalarni aniqlash BA kechishini nazorat qilish va
kasallik darajasini kamaytirishda muhim ahamiyatga ega. Shu boisdan, bolalik davrida
astma rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan bolalarni erta aniqlash va simptomlarini
boshqarish maqsadga muvofiq.
BA rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan guruhni shakllantirish maqsadida OOB
fonida BOSni boshdan kechirgan bolalar misolida asosiy, zamin yaratuvchi va
ehtimoliy xavf omillarining ta’siri o‘rganildi. Ular ustidan bir yil davomida kuzatuv
olib borildi. Barcha bemorlar stasionarda davolanib, keyinchalik uyga mahalli pediatr
nazoratiga chiqarilgan. Asosiy xavf omillari sifatida quyidagilar ajratib olindi: erta
yoshdagi bolalar, erkak jinsi, atopik dermatit, xalqona usullar bilan o‘zbilarmonlik
bilan davolanish, yilning qish va bahor fasllari, allergik anamnezning og‘irligi,
timomegaliya, paratrofiya, limfa-gipo-plastik diatez (LGD), oziq-ovqat allergiyasi,
oilada passiv chekish, erta sun’iy oziqlantirish.
Хavf omillariga quyidagilar kiritildi: tez-tez O‘RVI bilan kasallanish, BOSning
tez-tez takrorlanishi, raxit, homiladorlik davridagi asoratlar (gestoz), noqulay yashash
va ekologik sharoitlar, muddatidan oldin tug‘ilish, ota-onaning zararli odatlari.
Ehtimoliy xavf omillari esa quyidagilar deb baholandi: qishloq joylarda yashash,
yoz va kuz fasllari, gipoksik-iskemik ensefalopatiya (GIE), nafas yo‘llariga begona
jismlarning tushishi, mushak gipotoniyasi, ko‘krak qafasi va umurtqa tuzilishidagi
deformatsiyalar (masalan, raxit sababli).
Yuqoridagi barcha xavf omillari BA rivojlanish ehtimolini oshiruvchi “yuqori
xavfli guruh”ga birlashtirildi. Umuman olganda 35 nafar OOB bilan og‘rigan bola
kuzatuvga olindi. Ular ikki guruhga bo‘lindi:
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_5-to’plam_May-2025
67
ISSN:3030-3613
- 1-guruh: 18 nafar bemor – yuqori xavf omillariga ega.
- 2-guruh: 17 nafar bemor – ehtimoliy xavf omillariga ega.
Kuzatuv har chorakda bir yil davomida olib borildi. Natijalarga ko‘ra, birinchi
guruhda BOS epizodlari ikkinchi guruhga nisbatan uch baravar ko‘p (59,2% ga 14,3%)
qayd etildi. 3 holatda esa ularda bronxial astma tashxisi qo‘yilgan
1-guruhdagi
bemorlar orasida quyidagi salbiy omillar ustunlik qildi: BOS va O‘RVI epizodlarining
tez-tez takrorlanishi, atopik dermatit, allergik holatlar, erkak jinsi, o‘zbilarmonlik bilan
davolanish, kech tibbiy yordamga murojaat qilish.
Xulosa
qilib aytganda, BOS epizodini boshdan kechirgan, asosiy va zami
yaratuvchi xavf omillariga ega OOB bilan og‘rigan bemorlar BA rivojlanishi uchun
yuqori xavfli guruh sifatida e’tirof etildi. Ular orasida kasallikning tez-tez takrorlanishi
va og‘irlashuvi kuzatildi. Bir qancha holatlarda BOS fonida OOB bronxial astmaga
o‘tishi aniqlangan. Demak, BA rivojlanishida prognoz nuqtai nazaridan muhim
bo‘lgan xavf omillari – tez-tez O‘RVI bilan kasallanish, og‘ir kechish, kech murojaat,
allergik kasalliklar, erkak jinsi va erta yosh – asosiy rol o‘ynaydi.
Shu sababli oilalarda, shuningdek, birlamchi tibbiyot muassasalarida bu kabi xavf
omillariga ega bolalar bilan oldini olish ishlari olib borilishi muhim sanaladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Toʻraeva, X. S. (2023). Bolalarda bronxo-obstruktiv sindromning klinik va
immunologik xususiyatlari. O'zbek ishi hisobotlari jurnali, 3(1), 22-27.
2.
Toʻraeva, N. O. (2023). Bolalarda bronxo-obstruktiv sindromning rivojlanishida B
VITAMINI taqchilligining ahamiyati va uning sitokin holati bilan bog'liqligi.
National Scientific Research International Journal natijalari, 2(2), 280-290.
3.
Sulaymonovna, U. S., Muyassarovna, K. M., Farrux, I., & Sherali, T. (2024). ΜΑΙN
CAUSES
AND
FACTORS
OF
DEVELOPMENT
OF
BRONCHO-
OBSTRUCTIVE SYNDROME IN CHILDREN. AMALIY VA TIBBIYOT
FANLARI ILMIY JURNALI, 3(2), 285-292
4.
Umarova, S. S., Nabiyeva, F. S., & Diamatova, D. I. (2023). HOZIRGI
BOSHQACHA BOLALARDA O‘tkir REVMATİK ISITMANI KLINIK
XUSUSIYATLARI. Ochiq kirish ombori, 10(10), 63-69.
5.
Хусаинова, Ш. К., Мухамадиева, Л. А., & Умарова, С. С. БОЛАЛАРДА
ҚАЙТАЛАНУВЧИ ЗАМОНАВИЙ ТУШУНЧАЛАР. БРОНХИТ ХАҚИДА
6.
Umarova, S. C. va Normaxmatov, B. B. (2024). Bolalarda bronxo-obstruktiv
sindrom: tarqalish, differentsial diagnostikadagi qiyinchiliklar, prognoz. Travma va
nogironlik bo'yicha tadqiqotlar jurnali, 3 (2), 254-261.
7.
Ruzmetova, S. U., Umarova, S. S., Husainova, S. K. (2021). BOLALARDA O'tkir
obstruktiv bronxitning hozirgi davri.