THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
59
MASHG‘ULOTLAR JARAYONIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI
BOLALARNI LOGOPEDIK O‘QITISHDA INNOVATSION
YONDASHUVNING O‘RNI
Djamolova Noila Zayniddinovna
O ‘zbekiston Finlandiya pedagogika instituti
Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi
(maktabgacha ta ‘lim) 1 bosqich magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15599587
Annotatsiya.
Ushbu maqolada mashg‘ulotlar jarayonida maktabgacha
yoshdagi bolalarni logopedik o‘qitishda innovatsion yondashuvning o‘rni
to‘g‘risidagi masalalar o‘rganilgan.
Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi
bolalarning nutqiy rivojlanishida logopedik mashg‘ulotlarning ahamiyati va bu
sohada innovatsion texnologiyalarni qo‘llash orqali erishiladigan natijalar tahlil
qilinadi. Amaliy tajriba natijalariga tayangan holda, raqamli vositalar,
multimodal mashg‘ulotlar va o‘yinli yondashuvlar logopedik faoliyatni samarali
tashkil etishda muhim omil bo‘lishi ta’kidlanadi. Xorijiy va o‘zbek
pedagoglarining ilg‘or fikrlari asosida tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so‘zlar:
logopediya, maktabgacha yosh, innovatsion yondashuv,
multimodal mashg‘ulotlar, raqamli texnologiya, fonematik rivojlanish, nutqiy
nuqson.
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tizimida logopedik xizmat ko‘rsatish
jarayoni yangicha yondashuv va zamonaviy innovatsion texnologiyalarni talab
qilmoqda. Maktabgacha yosh davri bolaning nutqiy, aqliy va emotsional
rivojlanishida eng muhim bosqich bo‘lib, aynan shu davrda nutq buzilishlarini
barvaqt aniqlash va samarali korreksiya qilish imkoniyati yuqoridir. Zamonaviy
logopediya sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), interfaol
o‘yinlar, multimediya vositalari, neyropsixologik metodlar va gamifikatsiya
elementlarini qo‘llash orqali ta’lim jarayoni samaradorligini oshirishga katta
e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim sifatini
oshirish va maktabgacha ta’lim muassasalarida innovatsion yondashuvlarni
joriy etish bo‘yicha qabul qilgan qarorlari bu borada muhim turtki bo‘lib xizmat
qilmoqda. Logopediya fanining asosiy maqsad va vazifalarini yoritib, yosh avlod
tarbiyasida logopedlarning o‘rnini tahlil qiladi. U innovatsion yondashuvlar,
jumladan, interaktiv texnologiyalar va zamonaviy metodikalarni qo‘llash orqali
logopedik xizmatlarning samaradorligini oshirish zarurligini ta’kidlaydi.(1)
Xususan, logopedik mashg‘ulotlarga zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish
orqali bolalarning nutqiy muammolarini bartaraf etish samaradorligi sezilarli
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
60
darajada ortgani amaliy tajriba bilan isbotlangan. Shu bois, maktabgacha
yoshdagi bolalarni logopedik o‘qitishda innovatsion yondashuvlarning o‘rni va
ahamiyatini ilmiy-metodik asosda chuqur o‘rganish dolzarb masalalardan
biridir.
XXI asrda ta’lim tizimining raqamlashtirilishi logopedik faoliyatda ham
innovatsion yondashuvlarni joriy qilish zaruratini yuzaga keltirmoqda.
Logopedik mashg’ulotlarni tashkil etishda yoshga xos yondashuvlar va metodlar
hamda yangi texnologiyalarni logopedik amaliyotga joriy etish afzalliklarii
nazarda tutiladi.(2)Ayniqsa, maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqiy
rivojlanishdagi muammolar erta bosqichda aniqlanib, malakali logoped
tomonidan to‘g‘ri yo‘naltirilsa, bolaning keyingi ta’lim bosqichlaridagi
muvaffaqiyatlari sezilarli darajada oshadi.Mavzuning dolzarbligi shundaki,
hozirgi kunda bolalarning nutqiy faoliyatida pasayish, fonematik eshituvning
zaiflashuvi va noto‘g‘ri talaffuz kabi muammolar ko‘paymoqda. Shuning uchun
logopedik mashg‘ulotlarda zamonaviy, o‘yinli va raqamli texnologiyalarni
qo‘llash muhim vazifaga aylangan.
Ushbu maqolaning asosiy maqsadi – bolada to‘g‘ri nutq, aniq talaffuz, boy
so‘z boyligi va grammatik tuzilmalarni shakllantirishdir. An’anaviy uslublar
(artikulyatsion mashqlar, she’rlar, rasmlar bilan ishlash) bilan bir qatorda
innovatsion yondashuvlar — raqamli ilovalar (Logopediya Mobile, Speech
Blubs), interaktiv doskalar, QR kodli o‘yinlar, video-treninglar katta ahamiyat
kasb etmoqda.O‘yinli yondashuv, multimodal ta’lim elementlari (ko‘rish,
eshitish, harakat) va bolalarning yosh xususiyatlariga moslashtirilgan
topshiriqlar logopedik jarayonni qiziqarli, samarali va individuallashtirilgan
holga keltiradi. Bu yondashuv orqali bola o‘rganishni emotsional ijobiy
kayfiyatda qabul qiladi.
Metodologiya va adabiyotlar tahlili
Tadqiqot metodologiyasi sifatida O'zbekiston, Rossiya va xorijiy davlatlar
olimlari tomonidan chop etilgan ilmiy adabiyotlar, maqolalar, monografiyalar va
darsliklarning tahlili tanlangan. Mashg‘ulotlar jarayonida maktabgacha yoshdagi
bolalarni logopedik o‘qitishda innovatsion yondashuvning o‘rni bo'yicha so'nggi
10 yil ichida nashr etilgan manbalar o'rganilgan va tizimlashtirilgan.
.
Mamatqulova, M. (2021). Logopediya darslarida interfaol metodlardan
foydalanish samaradorligi nazariy jihatdan ochib bergan.Mobil ilovalar va QR
kod texnologiyasi asosida mashg‘ulotlar tashkil etilgan. So‘rovnoma va kuzatuv
metodlari orqali sifatli ma’lumot to‘plangan.Natijalar deskriptiv statistik usulda
tahlil qilingan.(3)
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
61
Kurganova E.V. (2020)– “Multimediya asosidagi darslar logopediya
tizimida” yondashuvi bilan logopedik darslarda audio-video kontent bilan til
o‘rgatish samarasini oshirishda bolaning nutq organlariga vizual ta’sir
o‘tkazishni joriy etdi. Bu orqali ko‘rish-esitish asosida nutqni tezroq tiklash.(4)
Solieva M. (2020) "Maktabgacha yoshdagi bolalarda logopedik
mashg‘ulotlarda o‘yin texnologiyalaridan foydalanish metodlarini ishlab
chiqqan. Logopedik o‘yinlar va dramatik rolli mashg‘ulotlar. Nutqiy muammolar
bilan kurashishda 75% hollarda ijobiy natija bergan.(5)
Садрина Т.Н. (2022)"Инновационные подходы в логопедии: теория и
практика" yani Sensorli texnologiyalar (taktil doskalar, QR-kodlar) va
gamifikatsiya elementlari bilan mashg‘ulotlar o‘tkazish. Ushbu yondashuv bilan
logopedik mashg‘ulotlarning samaradorligi 65-70% gacha oshgani aniqlangan.
(6)
Kaderavek, J.N. (2020)"Language Disorders in Children: Fundamental
Concepts of Assessment and Intervention" Baholash va aralashuvni
integratsiyalashgan tizimda olib borish, bola markazida yondashuv (child-
centered)ini o‘rgangan. Individual yondashuv orqali har bir bolaning nutqiy
o‘sishi va korreksiyasi samarali bo‘lgani ko‘rsatilgan.(7)
Rustamova N. (2021)"Nutqiy rivojlanishida sust bo‘lgan bolalar bilan
ishlash metodikasi". O‘yin va harakatli mashqlar orqali nutqiy tahlil va sintez
ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali 6 oylik amaliyotda bolalarning fonematik
eshitish va artikulyatsiyasi yaxshilangan.(8)
Иванова М.П. (2020)"Мультимедийные технологии как средство
коррекции речи у детей дошкольного возраста"Ivanova M.P animatsiya,
audiovizual vositalar va interaktiv dasturlar yordamida nutqni korreksiya
qilishni ilgari surdi. Bolalarda qiziqish va faollik oshgan, multimedia orqali
mashg‘ulot samaradorligi 75% ga yetgani aniqlangan.(9)
Maktabgacha ta’lim tizimida logopedik xizmatni tashkil etish va uning
innovatsion rivojlanish yo‘llari" (2023) O‘zbekistonda logoped mashg‘ulotlarini
multimedia, virtual platformalar va mobil ilovalar orqali olib borishni yo‘lga
qo‘ygan. Innovatsion yondashuvlar logopedik xizmatlarning qamrovini
kengaytirgan va natijadorlikni oshirgan.(10)
Natijalar Va Muhokama
Adabiyotlar tahlili natijasida maktabgacha yoshdagi bolalarni logopedik
o‘qitishda innovatsion yondashuvi uchun samarali bo'lgan bir qator pedagogik
yondashuvlar va interaktiv metodlar aniqlandi.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
62
Birinchidan,
logopedik
mashg‘ulotlar
jarayonida
innovatsion
yondashuvlarni qo‘llash maktabgacha yoshdagi bolalarning nutq rivojlanishida
sezilarli ijobiy o‘zgarishlarga olib keladi. Tadqiqotlar va amaliy kuzatishlar shuni
ko‘rsatdiki, zamonaviy texnologiyalar, interaktiv usullar va individual
yondashuv asosida tashkil etilgan logopedik mashg‘ulotlar bolalarning nutqiy
faolligini oshirish, fonematik eshitish, talaffuz, lug‘aviy zahira va grammatik
tuzilmani rivojlantirishda samarali vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Mamatqulova
M (2021) ta’kidlaganidek,
"Logopedik mashg‘ulotlar jarayonida har bir bola
shaxsiy xususiyatlariga ko‘ra yondashuvni talab qiladi. Interfaol metodlar esa
bolada nutqqa qiziqish uyg‘otib, uni faol muloqotga jalb etadi. Shu sababli
logopedik ishda individual va interaktiv yondashuvlar uzviy uyg‘unlikda bo‘lishi
lozim." (3)
Ikkinchidan,Innovatsion yondashuvlar jumlasiga logoritmika, sensor-
integrativ texnologiyalar, AR (kengaytirilgan reallik) va VR (virtual reallik),
logopedik o‘yinlar, multimediali dasturlar, interaktiv doskalar orqali
mashg‘ulotlar olib borish, shuningdek, mobil ilovalar orqali mustahkamlovchi
topshiriqlarni kiritish mumkin. Bu usullar bolalarda qiziqish uyg‘otadi,
o‘rganishga rag‘batni oshiradi va nutqiy muammolarni bartaraf etishda
an’anaviy usullarga qaraganda tezroq natija beradi. Bu haqida Ivanova M. P
ta’kidlashicha, “Logopedik mashg‘ulotlarda multimediali texnologiyalarni
qo‘llash bolalarning nutqiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Interaktiv
dasturlar orqali o‘quvchilarning e’tiborini jalb qilish, motivatsiyasini oshirish va
nutqiy faoliyatini faollashtirish mumkin.” Individual yondashuv har bir bolaning
nutqiy xususiyatlarini hisobga olib, moslashtirilgan mashg‘ulotlar tashkil etishni
nazarda tutadi. Multimediali dasturlar orqali o‘quv materiallarini vizual va
audial tarzda taqdim etish bolalarning qiziqishini oshiradi va o‘zlashtirish
darajasini yaxshilaydi. Interaktiv o‘yinlar va mashqlar bolalarning faol
ishtirokini ta’minlab, nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. (9)
Uchinchidan, Solieva M (2020) tomonidan taklif etilgan, “Oʻyin
texnologiyalari (oʻyin taʼlimi) — ijtimoiy tajribalarni oʻzlashtirishning barcha
koʻrinishlari: bilim, koʻnikma, malaka hamda hissiy baholovchi faoliyat
jarayonini hosil qilishga yoʻnaltirilgan shartli oʻquv vaziyatlarini ifodalovchi
shaxsga yoʻnaltirilgan taʼlim (pedagogik texnologiya) turlaridan biri
hisoblanadi.” Oʻyinlar bolalarning faolligini oshiradi: Oʻyinlar bolani tezkorlikda
harakat qilishga, chaqqonlik, topqirlik, topshiriqlarni aniq va tez bajarishga
oʻrgatadi, unda qonun-qoidalarga rioya qilish koʻnikmalari shakllanadi. Shaxsiy
rivojlanishga yordam beradi: Oʻyinlar bolalarda oʻzaro hamkorlik, ijodkorlik, bir-
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
63
biriga qaygʻurish va oʻzaro hurmat kabi odatlarni rivojlantiradi. Ayniqsa, ularda
tashqi dunyoni tasavvur etish, erkin fikr yuritish, emotsional faollik va oʻzaro
muloqotga kirishuvchanlik vujudga keladi. Didaktik oʻyinlar taʼlim
samaradorligini oshiradi: Didaktik oʻyinlarni tanlashda ishtirokchilarning yoshi,
bilimi va tarbiyalanganlik darajasi hisobga olinadi.
Sadrina T. H ta‘kidlaganidek, bolaning sezgi a’zolari orqali nutq faolligini
kuchaytirishda relefli harflar, sirtli geometrik shakllar, harorat sezuvchi
materiallardan foydalanish sezgi-motor faoliyati orqali artikulyatsion harakatlar
aniqroq bajariladi. QR-kodli topshiriqlar esa, mustaqil ishlashni rag‘batlantirish
va vizual-audio materiallarni uyg‘unlashtirish, multimodal yondashuv tufayli
eslab qolish tezligi ortadi.(6)
Maktabgacha ta’lim tizimida logopedik xizmatni tashkil etish va uning
innovatsion rivojlanish yo‘llari" (2023)
maktabgacha yoshdagi bolalarni
rivojlantirish sohasida ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish, umumlashtirish va joriy
etish hamda sensorli uskunalar, multimedia vositalari hamda o‘yinli interaktiv
metodlarni qo‘llash orqali taʼlim samaradorligi oshadi. Bunda logoped va
psixolog hamkorligi asosida kompleks yondashuv muhim ahamiyat kasb etishi
nazarda tutilgan.(10)
Kurganova E.V.(2020) ning ta‘kidlashicha, “Multimediya texnologiyalaridan
foydalanish logopedik mashg‘ulotlarda bolalarning eshitish, ko‘rish va nutq
faoliyatlarini birgalikda faollashtiradi. Bu esa axborotni ko‘p kanalli qabul qilish
orqali o‘zlashtirish darajasini sezilarli darajada oshiradi.”
Xulosa
Maktabgacha yoshdagi bolalarni logopedik o‘qitish murakkab , ammo
muhim vazifadir. Adabiyotlat tahlili shuni ko‘rsatadiki, maktabgacha yoshdagi
bolalarda logopedik o ‘qitishda quyidagi yindashuvlar samarali hisoblanadi:
1.
Gamifikatsion yondashuv o‘quv jarayoniga qiziqish va ixtiyoriy ishtirokni
oshiradi, bu esa bola nutqining faollashuviga olib keladi;
2.Sensorli texnologiyalar (interaktiv doskalar, QR-kodlar, taktil qurilmalar)
orqali ta’lim berish ko‘p kanalli idrokni faollashtiradi, bu esa sezgi orqali nutqiy
rivojlanishga kuchli turtki beradi;
3.Multimediali dasturlar bolalarda vizual va eshitish asosidagi nutqni
aniqlashtirish, talaffuzni yaxshilash va mustahkamlashga xizmat qiladi;
4.Mobil logopedik ilovalar orqali esa mashg‘ulotlar mustaqil va individual
asosda olib borilishi, bola bilan doimiy muloqotda bo‘lish imkonini yaratadi;
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
64
5.Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari esa logopedik jarayonni
moslashtirilgan, interaktiv va diagnostik jihatdan kuzatiladigan shaklga
keltiradi;
6.O‘yin texnologiyalari nutqiy faoliyat bilan bir qatorda bolalarning
ijtimoiy-psixologik holatini, muloqotga kirishish ko‘nikmasini ham rivojlantiradi.
hunday qilib, olib borilgan tahlillar va kuzatuvlar natijasi shuni ko‘rsatadiki,
maktabgacha yoshdagi bolalarda logopedik o‘qitish jarayoniga innovatsion
yondashuvlarni joriy etish nafaqat ta’limning samaradorligini oshiradi, balki
bola shaxsining individual rivojlanish trayektoriyasini shakllantirishda ham
muhim omil sifatida xizmat qiladi. Zamonaviy interaktiv vositalar – xususan,
multimediya texnologiyalari, mobil ilovalar, sensorli qurilmalar, gamifikatsiya
elementlari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan logopedik
mashg‘ulotlar orqali bolalarning nutqiy faolligi, diqqat-e’tibori, eslab qolish
darajasi va kommunikativ qobiliyatlari sezilarli darajada yaxshilanmoqda.
Ayni paytda innovatsion texnologiyalarni logopedik faoliyatga tadbiq
etishning muvaffaqiyati, avvalo, pedagogning metodik tayyorgarligi, texnologik
savodxonligi, shuningdek, bolaning psixofiziologik holatini chuqur tahlil qila
olish qobiliyatiga bog‘liqdir. Shuningdek, ta’lim jarayonida bolalarning
ehtiyojlariga moslashtirilgan individual yondashuvlar va raqamli resurslar
asosida tuzilgan moslashtirilgan mashg‘ulotlar samarali natijalarga erishishda
muhim rol o‘ynaydi.
Demak, bugungi kun logopediya amaliyotida an’anaviy va innovatsion
yondashuvlar integratsiyasi orqali pedagogik faoliyatni qayta ko‘zdan kechirish,
metodik vositalarni yangilash va bolaning shaxsiy imkoniyatlariga asoslangan
rivojlantiruvchi muhitni yaratish zaruriyati kundan-kunga ortib bormoqda. Bu
esa nafaqat nutqiy buzilishlarning oldini olish, balki maktabgacha ta’lim
tizimining zamonaviy talablarga javob berishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Adabiyotlar ro'yxati:
1.
Nazarova Aziza Baxtiyorovna “Logopediya fanining maqsad va vazifalari
hamda yosh avlod tarbiyasida logopedlarning o‘rni”Manba: Eng yaxshi
xizmatlari uchun jurnali, 2023-yil, №6, 441–443-betlar
2.
Nodira Aripova “Logopediya asoslari’’ Innovatsion yondashuvlar va
individual metodlar. 45-67 bet
3.
Mamatqulova M. (2020). Zamonaviy logopediya asoslari. Toshkent:
O‘qituvchi. Ivanova M.P. (2020). Logopediya darslarida multimediali
texnologiyalar. Moskva: Pedagogika nashriyoti. 75-92
4.
Bazarova N.B. (2019). Logopedik diagnostika va individual yondashuv.
Toshkent: Fan va texnologiya.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
65
5.
. Sadrina T.H. (2022). Innovatsion yondashuvlar logopediyada: nazariya va
amaliyot. Qozon: Psixologiya va defektologiya markazi.
6. Solieva M. (2021). Maktabgacha taʼlimda o‘yinli logopedik mashg‘ulotlar
metodikasi. Samarqand: Ilm ziyo.
7. Vlasova V.I. (2019). Logopedik amaliyotda AKT vositalaridan foydalanish
usullari. Sankt-Peterburg: Logos. 60-80
8. Rustamova N. (2021)"Nutqiy rivojlanishida sust bo‘lgan bolalar bilan ishlash
metodikasi".Toshkent.
9. Kurganova E.V. (2020). Multimediya asosidagi darslar logopediya tizimida.
Moskva: Logopediya markazi. 40-52
10
“Maktabgacha
ta’lim tizimida
innovatsion
rivojlanish
yo‘llari”
konsepsiyasidan, renessans-edu.uz, 2023