THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
178
MAKTABGACHA TA’LIMDA TA’LIMIY FAOLIYAT
SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA O’YIN TEXNALOGIYALARIDAN
FOYDALANISH
Kalendarova Zarafshan Kalbaevna
Ilmiy rahbar: Qo’qon Universiteti “Ta’lim” kafedrasi
Dotsent v.b.
Mamatojiyeva Barno Ismoiljon qizi
Maktabgacha Ta’lim yo’nalishi
1-22 guruh talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15709286
Annotatsiya:
Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasida
o`yin faoliyatining ahamiyati, turlari, o`yinni tashkil etishda pedagogik
texnologiyalardan foydalanishning mazmuni, ahamiyati, mexanizmi, xususiyati
va afzalliklari, hozirgi sharoitda maktabgacha ta’lim tizimi faoliyatida pedagogik
texnologiyalar, interfaol usullar, faoliyatning samaradorligini yanada oshirishda
texnologiyalarning ahamiyati to’g’risida so‘z yuritiladi.
Kalit so’zlar:
ta’lim, innovatsiya, texnologiya, o’yin, faoliyat, mazmun,
xususiyat, samaradorlik, raqobat.
Jamiyatimizda ta’lim tizimiga qo‘yilayotgan talablar kundan-kunga o‘zgarib,
yangilanib bormoqda. Xususan, har tomonlama rivojlangan, mustaqil fikrlovchi,
ijtimoiy faollikka ega shaxsni tarbiyalash bugungi kun ta’lim siyosatining dolzarb
muammosiga aylangan. Bunday shaxsni tarbiyalash esa, albatta, erta yoshdan
boshlanishi lozim. Shu jihatdan, maktabgacha ta’lim bosqichi ta’lim tizimining
muhim bo‘g‘ini sifatida alohida o‘rin egallaydi. Shuning uchun maktabgacha
ta’lim bolaning individual xususiyatlarini aniqlash, uni ijtimoiy hayotga
tayyorlash, dunyoqarashi, tafakkuri va nutq faoliyatini rivojlantirishda asosiy
zamin hisoblanadi.
Hozirgi globallashuv jarayonida taʼlim tizimi oldida turgan eng dolzarb
vazifalardan biri bu – raqobatbardosh, ijodiy fikrlovchi, mustaqil qaror qabul
qila oladigan, ijtimoiy faol, zamonaviy kasb-hunar va texnologiyalarni egallagan
barkamol shaxsni shakllantirishdir. Bu jarayon, o‘z navbatida, taʼlim
bosqichlarining har birida, ayniqsa, maktabgacha taʼlim bosqichida samarali
yondashuvlar, zamonaviy metodlar, innovatsion texnologiyalar, xususan, o‘yin
texnologiyalaridan oqilona foydalanishni taqozo etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’lim sohasidagi
islohotlar doirasida maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga alohida e’tibor
qaratmoqda. So‘nggi yillarda bu borada qabul qilingan qaror va farmonlar,
xususan, “Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
179
o‘yin asosida o‘qitish, innovatsion metodlar va texnologiyalarni joriy etish orqali
bolalarning rivojlanishiga erishishni asosiy vazifa qilib belgilagan. Mazkur
hujjatlarda bolalarda ijodiy tafakkurni, ijtimoiy-emotsional ko‘nikmalarni, til va
muloqot madaniyatini rivojlantirishda zamonaviy pedagogik yondashuvlar,
ayniqsa, o‘yin texnologiyalarining tutgan o‘rni yuqori baholangan.
Mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tizimi islohotlar yo‘liga qo‘yilgan bir
davrda, Prezidentimiz tomonidan 2019-yil 8-noyabrda imzolangan PQ–4527-
sonli, “2020–2030 yillarda “Maktabgacha va maktab ta’limini rivojlantirish
konsepsiyasi”da, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning individual
qobiliyatlarini rivojlantirish, innovatsion metodikalarni keng joriy etish, o‘yin
orqali o‘qitish va tarbiyalash samaradorligini oshirish asosiy vazifalardan biri
etib belgilangan
1
.
Shuningdek, 2022-yil 28-yanvardagi PF–60-sonli Farmoni – “Yangi
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”da ta’lim tizimini modernizatsiya qilish,
maktabgacha ta’limning qamrovini kengaytirish va sifatini oshirish, bolalarni
bog‘cha davridayoq zamonaviy bilim, ko‘nikma va kompetensiyalar bilan
tanishtirish zarurligi ta’kidlangan
2
.
“Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-
tadbirlari to’g’risida”gi 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-son
3
, ushbu qaror
maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish, davlat va nodavlat
maktabgacha ta’lim muassasalarini kengaytirish, kadrlar salohiyatini oshirish va
ta’lim sifatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilaydi.
Shu o‘rinda 2024-2025-yillarda maktabgacha ta’lim sifati va
samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturida maktabga tayyorlov
guruhlari va boshlang‘ich ta’limning o‘quv dasturlari uzviyligini ta’minlashga
ham alohida e’tibor qaratilgan. Ular quyidagilar:
1. Maktabga tayyorlov guruhlari va boshlang‘ich ta’limning o‘quv
dasturlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishchi guruhni shakllantirish.
2. Xalqaro tajribalar asosida maktabga tayyorlov guruhlari va boshlang‘ich
ta’limning o‘quv dasturlari uzviyligini ta’minlash maqsadida ushbu dasturlarni
qayta ko‘rib chiqish
3. Takomillashtirilgan o‘quv dasturlarini ta’lim jarayoniga bosqichma-
bosqich joriy etish.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
180
Zamonaviy pedagogikada o‘yin texnologiyalari nafaqat bolalarning
e’tiborini jalb etuvchi vosita, balki ularning faol ishtirokini ta’minlaydigan,
tafakkurini rivojlantiradigan, ijtimoiylashuvga olib keladigan kuchli pedagogik
mexanizm sifatida e’tirof etilmoqda. O‘yin – bu bolaning o‘zini anglash, atrofdagi
borliqni idrok etish va unda faol harakat qilish vositasi hisoblanadi.
O‘yin jarayonida bola nafaqat mavjud bilimlarni mustahkamlaydi, balki
o‘ziga xos muloqot uslubi, nutq madaniyati, muomala ko‘nikmalari, ijodiy
fikrlash va muammoli vaziyatlarni hal qilish qobiliyatlarini ham rivojlantiradi.
Bugungi kunda dunyoning ko‘plab rivojlangan mamlakatlarida
maktabgacha ta’limdagi eng samarali yondashuvlardan biri bu – Play-Based
Learning (o‘yin asosida o‘qitish) bo‘lib, ushbu modelda o‘yinlar orqali o‘rgatish
bolaning bilim, malaka va kompetensiyasini kompleks shakllantirishda muhim
omil sifatida qo‘llaniladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, ushbu yakuniy loyiha ishida maktabgacha
ta’limda o‘yin texnologiyalaridan foydalanish orqali ta’limiy faoliyatning
samaradorligini oshirish masalasi ilmiy asosda yoritiladi.
Bu orqali:
-
maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishida o‘yin texnologiyalarining
pedagogik salohiyati aniqlanadi;
-
o‘yin faoliyatining samarali metodlari va shakllari aniqlab chiqiladi;
-
innovatsion yondashuvlar asosida ta’limiy mashg‘ulotlarning natijadorligi
tahlil qilinadi;
-
ilg‘or xorijiy tajribalar asosida taklif va tavsiyalar shakllantiriladi.
Psixologik-pedagogik nuqtai nazardan qaraganda, o‘yin — bu bolaning eng
tabiiy faoliyat turi bo‘lib, u orqali bola atrof-muhitni o‘rganadi, o‘zini anglaydi va
o‘zaro munosabatlarni shakllantiradi. Vygotskiy, Elkonin, Leontev kabi klassik
olimlarning ilmiy merosida o‘yin bolaning shaxsiyati va kognitiv funksiyalarning
rivojlanishida yetakchi faoliyat turi sifatida qaraladi. Aynan o‘yin orqali bola
obrazli tafakkurga ega bo‘ladi, muloqot madaniyatini egallaydi, muammoli
vaziyatlarda yechim topishga o‘rganadi. Shu boisdan ham zamonaviy ta’limda
o‘yin texnologiyalari pedagogik jarayonning ajralmas bo‘lagiga aylanmoqda.
So‘nggi yillarda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki,
maktabgacha yoshdagi bolalarning kognitiv, emotsional va ijtimoiy
rivojlanishida o‘yin texnologiyalari alohida ahamiyat kasb etadi. Masalan, rol
o‘ynash o‘yinlari orqali bolalar ijtimoiy rollarni anglaydi, empatiya, hamdardlik,
tushunish kabi insoniy fazilatlarni o‘zlashtiradi. Didaktik o‘yinlar esa,
bolalarning diqqat, xotira, tafakkur, muammoli vaziyatlarni hal qilish
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
181
ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, sport-o‘yin faoliyati
bolalarning jismoniy rivojlanishini ta’minlash bilan birga, sog‘lom raqobat va
jamoaviylik tamoyillarini ham shakllantiradi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagoglar uchun
o‘yin texnologiyalarining mohiyatini chuqur anglash, ularni to‘g‘ri tanlash va
samarali tashkil etish, zamonaviy o‘quv-tarbiya metodikasining asosiy talablari
qatoriga kiradi. Bu borada tarbiyachining ijodiy yondashuvi, metodik bilim
darajasi, psixologik tayyorgarligi, bolalarning yosh va individual xususiyatlarini
inobatga olgan holda mashg‘ulotlarni olib borishi muhim hisoblanadi.
Shuningdek, o‘yin texnologiyalarini qo‘llashda bolaning mustaqil fikrlashi,
tashabbus ko‘rsatishi, erkin muloqotda bo‘lishi, ijtimoiy rollarni ijro etishi uchun
qulay psixologik muhit yaratish zarur.
Maktabgacha taʼlim tizimida bolalar shaxsini har tomonlama rivojlantirish,
ularning bilish faoliyatini faollashtirish va o‘quv jarayoniga qiziqishini oshirish
dolzarb masalalardan biridir. Bunda innovatsion texnologiyalardan, xususan,
oʻyin texnologiyalaridan foydalanish taʼlim samaradorligini oshirishda muhim
vosita sifatida qaralmoqda.
Shuningdek, yosh bolalar bilan ishlashda didaktik o‘yinlarning metodik
jihatdan yetarlicha ishlab chiqilmaganligi, amaliyotda umumiy va takrorlanuvchi
shakllarda qo‘llanilishi, tarbiyachilar orasida zamonaviy o‘yin texnologiyalari
bo‘yicha yetarli bilim va ko‘nikmalarning mavjud emasligi bilan ham bog‘liq.
Shuningdek, interaktiv vositalar — raqamli o‘yinlar, simulyatorlar va
multimedia platformalarining ham pedagogik jihatdan to‘g‘ri tanlanmasligi
ayrim hollarda bolalarning o‘quv motivatsiyasini pasaytirishi yoki ularning
ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu sababli, o‘yin
texnologiyalaridan foydalanishda ilmiy-metodik yondashuv muhim ahamiyat
kasb etadi.
O‘yin — bu bolaning psixologik va ijtimoiy rivojida yetakchi faoliyat turi
sifatida e’tirof etilib, ta’lim jarayonida o‘yin texnologiyalarining qo‘llanishi uning
bilish faoliyatini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirish, mustaqil qaror
qabul qilishga o‘rgatish kabi maqsadlarga xizmat qiladi. Bu borada ko‘plab
o‘zbek va xorijiy olimlar tomonidan nazariy asoslar ishlab chiqilgan hamda
amaliy tadqiqotlar olib borilgan. Quyidagi adabiyotlar tahlilida avvalo o‘yin
fenomenining psixologik va pedagogik asoslarini ishlab chiqqan klassik
olimlarning ishlari, so‘ngra zamonaviy o‘zbek va xorijiy olimlarning izlanishlari
yoritiladi.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
182
Ro‘zmatova M.B.
- maktabgacha ta’lim sohasidagi o‘yin texnologiyalari
bo‘yicha muhim ilmiy ishlanmalar yaratgan olimlardan biri. O’yin
texnologiyalarini ta’lim jarayonida qo‘llanilishi va pedagogik jarayonlarda
samaradorligini oshirishga doir olib borgan izlanishlari bolalarning kognitiv,
emotsional va ijtimoiy rivojlanishiga qaratilgan.
O
‘yin texnologiyalariga doir
ilmiy ishlanmalari asosan o‘yinlarni maktabgacha ta’limda pedagogik vosita
sifatida qo‘llashga qaratilgan.
M.B.Ro‘zmatovaning fikricha, o‘yinlar bolalar uchun faqat vaqt o‘tkazish
uchun emas, balki ta’limni rivojlantirish, bilim olishni qulay va qiziqarli
qilishning ham samarali usulidir. Ilmiy ishlanmalarida o‘yin texnologiyalarining
bolalarda yangi ma’lumotlarni o‘zlashtirish jarayonida qo‘llanilishi, shuningdek,
bolalarning kognitiv va emotsional rivojlanishiga ta’siri yoritilgan.
Ro‘zmatovaning ilmiy izlanishlarida o‘yinlar pedagogik va didaktik funksiyalarga
ega ekanligi ta’kidlanadi. Unga ko‘ra, o‘yinlar:
Kognitiv rivojlanishga ta’sir qiladi
: Bolalar o‘yinlar orqali o‘zlarining
tafakkur, diqqat, xotira kabi ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Emotsional jihatdan rivojlanadi
: O‘yinlar bolalarda hissiyotlar, his-
tuyg‘ular va ijtimoiy munosabatlarni shakllantiradi.
Ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantiradi
: Jamoaviy o‘yinlar bolalar orasida
muloqot, hamkorlik, o‘zaro hurmat va fikr almashish ko‘nikmalarini
rivojlantiradi
4
.
M.B Ro‘zmatova o‘zining ilmiy ishlarida maktabgacha ta’lim jarayoniga
innovatsion texnologiyalarni joriy etish, jumladan, raqamli o‘yinlar va interfaol
texnologiyalarni qo‘llash zarurligini ko‘rsatgan. U raqamli o‘yinlarning
pedagogik samaradorligi haqida ilmiy tahlillar olib borib, bu texnologiyalar
bolalarning o‘rganish jarayonini yanada qiziqarli va interfaol qilishga yordam
berishini ta’kidlagan. Raqamli o‘yinlar bolalarga an’anaviy metodlarga
qaraganda ko‘proq ma’lumotni samarali tarzda o‘rgatish imkonini beradi. Shu
bilan birga, bu texnologiyalar bolalarda ko‘nikmalarni rivojlantirishga, masalan,
raqamli vositalardan foydalanishni o‘rganishga yordam beradi. Ilmiy ishlarida
o‘yin texnologiyalarining ta’lim samaradorligini oshirishdagi roli katta.
Shuningdek o‘yinlarni maktabgacha ta’lim jarayoniga integratsiya
qilishning pedagogik ahamiyatini ko‘rsatib, o‘yin texnologiyalarining
tarbiyachilar uchun metodik vosita sifatida qanday ishlatilishini o‘rgangan. M.B
Ro‘zmatovaning fikriga ko‘ra, o‘yinlar bolalarni o‘rganishga jalb etishda eng
samarali vositalardan biridir, chunki o‘yin bolaning tabiiy qiziqishini uyg‘otadi
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
183
va o‘rganish jarayonini tabiatiga moslashtiradi. O‘yin texnologiyalarining bolalar
rivojlanishiga ijobiy ta’sirini bir nechta sohalarda aniqlagan:
Jismoniy rivojlanishi
: Jismoniy faoliyatga asoslangan o‘yinlar bolalarning
motorikasi va tanaviy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Emotsional va psixologik rivojlanishi
: Emotsional o‘yinlar bolalarning
hissiyotlarini boshqarish va atrof-muhitga moslashish ko‘nikmalarini
rivojlantiradi.
Ijtimoiy rivojlanishi
: Rolli o‘yinlar, guruhli o‘yinlar bolalarning ijtimoiy
ko‘nikmalarini, muloqot qilish va jamoaviy ish qilish ko‘nikmalarini
rivojlantiradi.
N.Qosimovaning fikricha, o‘yin bolaning hayotga bo‘lgan munosabatini,
o‘zini anglashini va boshqa bolalar bilan muloqotini shakllantiradi. O‘yinlarning
maktabgacha ta’limdagi o‘rnini aniq belgilab beradi. U o‘yinlarning pedagogik
maqsadlarga mos ravishda turlarga bo‘linishini ko‘rsatgan. Masalan, u o‘yinlarni
quyidagi turlarga ajratadi:
N.Qosimovaning ishlanmalarida har bir o‘yin turi o‘ziga xos pedagogik
maqsadga xizmat qiladi, va ularni tanlashda bolalarning yoshiga va individual
xususiyatlariga moslashtirish zarurati alohida ta'kidlanadi.
N.Qosimovaning tadqiqotlarida o‘yinlarning bolaning rivojlanishidagi roli
alohida o‘rin tutadi. U o‘yinlarni bolaning intellektual, emotsional va ijtimoiy
rivojlanishidagi muhim vosita deb hisoblaydi. Masalan:
Didaktik
o'yinlar
Bu o‘yinlar bolalarga ma'lum bir bilim yoki
ko‘nikmalarni o‘rgatish uchun mo‘ljallangan. U
didaktik o‘yinlar orqali bolalarga ranglarni, shakllarni,
sonlarni, harflarni o‘rgatish mumkinligini ko‘rsatadi.
Rivojlantiruvc
hi
o'yinlar
Bu o‘yinlar bolalarning tafakkurini rivojlantirishga yordam beradi.
Ular orqali bolalar o‘zlariga yangi bilimlar kiritadilar, shuningdek,
jismoniy va ruhiy rivojlanishda ham yordam beradi.
Rolli o'yinlar
Rolli o‘yinlar bolalarda ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga
qaratilgan bo‘lib, bola turli ijtimoiy vaziyatlarni sinab ko‘rish,
o‘z his-tuyg‘ularini boshqarish va boshqalar bilan muloqot
qilishni o‘rganadi.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
184
Kognitiv rivojlanish
: O‘yinlar bolalarning tafakkurini rivojlantiradi, ular
murakkab vaziyatlarda mantiqiy fikrlashni o‘rganadilar va yangi bilimlarni
o‘zlashtiradilar.
Emotsional rivojlanish
: O‘yinlar bolalarda hissiyotlarni boshqarish, o‘z
hissiyotlarini tushunish va boshqalarga hamdardlik ko‘rsatish ko‘nikmalarini
rivojlantiradi.
Ijtimoiy rivojlanish
: Rolli o‘yinlar va guruhli o‘yinlar bolalarda muloqot
qilish, jamoada ishlash va o‘zaro yordam berish kabi ijtimoiy ko‘nikmalarni
rivojlantiradi.
N.Qosimova o‘yin texnologiyalarining maktabgacha ta’lim jarayoniga
samarali tarzda joriy etilishi masalasi alohida muhim o‘rin egallaydi. U o‘yin
texnologiyalarini didaktik usul sifatida qo‘llashda pedagoglarning o‘z metodik va
kreativ yondashuvlarini qo‘llash zarurligini ta’kidlaydi. Olima pedagog-
tarbiyachilarni bolalar bilan o‘yinlar o‘ynashda metodik yondashuvlarga e’tibor
qaratishga chaqiradi va har bir o‘yin turini to‘g‘ri tanlash va uning maqsadga
muvofiqligini ta’minlash pedagog - tarbiyachilardan ijodiy yondashuvini talab
qiladi. O‘yinlarning ta’limda va bolalar rivojlanishidagi o‘rnini yagona tizim
sifatida ko‘rsatadi. U o‘yin texnologiyalarining nafaqat individual, balki guruhli
faoliyat sifatida ham samarali bo‘lishi mumkinligini ta’kidlaydi. O‘yinlar
bolalarda o‘z-o‘zini anglash va ijtimoiy qobiliyatlarni rivojlantirishga yordam
beradi, shu bilan birga, ularning individual xususiyatlarini hisobga olib,
ta’limning har bir bosqichida moslashtiriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi 2024-2025-
yillarda maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-
tadbirlar DASTURI. PF-152-son
2.Sharipova, G. S. (2019). Corporate basics of preparing students for professional
pedagogical activity. International Journal of Progressive Sciences and
Technologies (IJPSAT) ISSN, 2509-0119.
3.Sharipova, G. S., & Madaminjonova, M. S. (2022, April). BASIC CONCEPT IN
CLOTHES DESIGN. In International Scientific and Current Research Conferences
(pp. 12-15).
4.Qosimova N. MAKTAB VA MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMIDAGI
O'ZGARISHLAR:
https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=en&user=xdqI
y6gAAAAJ&citation_for_view=xdqIy6gAAAAJ:Y0pCki6q_DkC. (2020).
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
185
5.Ro‘zmatova M.B. .Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o’yinlardan foydalanishni
samarali vositasi sifatida. (2024). Modern Education and Development, 9(1),
182-187.
6. KALENDAROVA, Z. K. (2021). PRIMARY EDUCATION-THE FOUNDATION OF
GENERAL SECONDARY AND HIGHER EDUCATION. THEORETICAL & APPLIED
SCIENCE Учредители: Теоретическая и прикладная наука, (6), 350-332.
https://esiconf.org/index.php/AMSI/issue/view/9
7. Kalendarova Zaravshan Kalbaevna. (2021). PRIMARY EDUCATION - THE
FOUNDATION OF GENERAL SECONDARY AND HIGHER EDUCATION. Conference
Zone,
330–332.
Retrieved
from
https://www.conferencezone.org/index.php/cz/article/view/482
8.Kalendarova, Z. K. (2022). Innovative model of shaping students’ creative
thinking skills in primary education in the process of creating problem
situations and its content. INNOVATIVE ACHIEVEMENTS IN SCIENCE, 11-137.
9. Kalendarova Z. MAKTABGACHA TA’LIMDA XORIJIY TAJRIBALARNI QO
‘LLASHNING AHAMIYATI //Science and innovation. – 2024. – Т. 3. – №. Special
Issue 31. – С. 226-229.
Kalendarova, Z. (2024). MAKTABGACHA TA’LIMDA XORIJIY TAJRIBALARNI QO
‘LLASHNING AHAMIYATI. Science and innovation, 3(Special Issue 31), 226-229.
Kalendarova, Z. "MAKTABGACHA TA’LIMDA XORIJIY TAJRIBALARNI QO
‘LLASHNING AHAMIYATI." Science and innovation 3.Special Issue 31 (2024):
226-229.
10. Z.K. Kalendarova. (2025). DEVELOPING STUDENTS’ THINKING ABILITY
THROUGH THE USE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN PRIMARY EDUCATION.
Ethiopian International Journal of Multidisciplinary Research, 12(04), 125–129.
Retrieved from https://www.eijmr.org/index.php/eijmr/article/view/2859
11.BОSHLАNG‘ICH
TА’LIMDА
INNОVАTSIОN
TЕХNОLОGIYАLАRDАN
FОYDАLАNISH ОRQАLI О‘QUVCHILАRNING FIKRLАSH QОBILIYАTINI
RIVОJLАNTIRISH. https://scholar.google.com/citations? Volume 2 issue 22 (44)
| ISSN: 2181-4163.
12. Z.K.Kalendarova. (2025). TURLI DАRАJАDАGI АQLIY RIVОJLАNISHGА ЕGА
BОLАLАRNI ОʻQITISHGА YОʻNАLTIRILGАN TАBАQАLАSHTIRILGАN TА’LIM
(TАNLАB ОʻQITISH) . Ta’lim Innovatsiyasi Va Integratsiyasi, 46(2), 3-6.
https://scientific-jl.com/tal/article/view/17406