THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
171
SAMARQAND VILOYATIDA G‘ALLA YETISHTIRISHNING HOLATI,
MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI
(1990–2001 yy.)
Bosimov Doston Olim o‘g‘li
Jizzax davlat pedagogika universiteti xodimi
Tel: +998332071999.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15705989
Annatatsiya.
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida, xususan
Samarqand viloyatida 1990–2001-yillar davomida g‘alla yetishtirish jarayonlari,
uning rivojlanish bosqichlari, yuzaga kelgan muammolar hamda erishilgan
natijalar tahlil qilingan. Mustaqillikdan so‘ng mamlakat don ta’minoti borasida
murakkab bosqichlarni bosib o‘tgan bo‘lib, importga qaramlikni bartaraf etish,
ekin maydonlarini diversifikatsiya qilish va hosildorlikni oshirish bo‘yicha qator
islohotlar amalga oshirilgan. Maqolada Samarqand viloyati misolida g‘alla
yetishtirishning statistika ma’lumotlari asosida dinamik o‘zgarishlari yoritilgan,
ayrim yillarda yuzaga kelgan qiyinchiliklar va ularning sabablari tahlil etilgan.
Shuningdek, g‘allachilikdagi agrotexnik, tashkiliy va nazorat tizimidagi
kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha xulosalar keltirilgan. Tadqiqot
natijalari hududiy agrar siyosatni takomillashtirish va oziq-ovqat xavfsizligini
ta’minlashda muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
Abstract.
This article analyzes the processes of grain cultivation in the
Republic of Uzbekistan, in particular in the Samarkand region, its development
stages, problems encountered and results achieved during 1990-2001. After
independence, the country has gone through difficult stages in terms of grain
supply, and a number of reforms have been implemented to eliminate
dependence on imports, diversify acreage, and increase productivity. The article
highlights the dynamic changes in grain cultivation on the example of the
Samarkand region based on statistical data, analyzes the difficulties that arose in
certain years and their causes. It also presents shortcomings in the
agrotechnical, organizational, and control systems in grain cultivation and draws
conclusions on their elimination. The results of the study are of significant
scientific and practical importance in improving regional agrarian policy and
ensuring food security.
Аннотация.
В статье анализируются процессы зерноводства в
Республике Узбекистан, в частности в Самаркандской области, этапы его
развития, возникшие проблемы и достигнутые результаты за 1990-2001
годы. После обретения независимости страна прошла через сложные
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
172
этапы в обеспечении зерном, был реализован ряд реформ по устранению
зависимости от импорта, диверсификации посевных площадей и
повышению производительности. В статье на основе статистических
данных освещаются динамические изменения в зерноводстве на примере
Самаркандской области, анализируются трудности, возникшие в
отдельные годы, и причины их возникновения. Также приводятся
недостатки в агротехнической, организационной и контрольной системах
в зерноводстве и делаются выводы по их устранению. Результаты
исследования имеют важное научное и практическое значение в
совершенствовании региональной аграрной политики и обеспечении
продовольственной безопасности.
Kalit so‘zlar
. G‘allachilik, qishloq xo‘jaligi, hosildorlik, don siyosati, agrar
islohotlar, oziq-ovqat xavfsizligi, fermer xo‘jaliklari, g‘alla importi, davlat
buyurtmasi.
Keywords:
Grain production, agriculture, productivity, grain policy,
agrarian reforms, food security, farms, grain imports, government orders.
Ключевые слова:
Производство зерна, сельское хозяйство,
производительность,
зерновая
политика,
аграрные
реформы,
продовольственная безопасность, фермерские хозяйства, импорт зерна,
государственный заказ.
O‘zbekistonda g‘alla yetishtirish va u bilan aholini ta’minlash muhim
ahamiyat kasb etadi. Arpa, bugʻdoy va sholi respublikamiz gʻallachiligining
asosiy negizini tashkil etadi. Mustaqillikkacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston sobiq
SSSR Kanada va Amerikadan har yili 40-50 million tonna sotib olgan g‘alladan
ulush olardi. Ittifoq parchalanib ketganidan keyin yillik ehtiyojiga yetarli 6
million tonna g‘allani va uni sotib olishga bo‘lgan valyutani topish muammo
bo‘lib qoladi . 1990-1991-yillarda hammasi bo‘lib O‘zbekistonda 940 ming tonna
g‘alla yetishtirilgan, o‘rtacha hosildorlik esa 17 sentnerni tashkil qilgan . 1993-
yilga kelib esa respublika qishloq xo‘jaligida 2,2 mln. tonna don mahsulotlari
yetishtirilgan .
1995-yilda mamlakat g‘alla mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha katta
qadamlar tashladi. Shu maqsadda ekin maydonlarining tarkibiy tuzilishi
o‘zgartirilib, g‘alla maydonlarining ulushi 40 foizga yetkazildi. Natijada 1995-yil
3,3 million tonna g‘alla tayyorlashga muvaffaq bo‘lindi . 1998-yilda
mamlakatimizda boshoqli don, ayniqsa, bug‘doydan yuqori hosil olindi, ya’ni 3,5
million tonna yoki 1997-yildagidan 15,4 foiz ko‘p bug‘doy hosili olindi . Agar
1990-yilda respublikada iste’mol qilinadigan bug‘doyning 90 dan ortiq foizi
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
173
importga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 1998-yilda import ulushi 19 foizdan kamroqni
tashkil qildi .
Davlatga g‘alla yetkazib berish bo‘yicha yirik viloyatlardan biri bo‘lgan
Samarqandda ham bu davr oralig‘ida ko‘plab muammolar, o‘zgarishlar va
o‘sishlar mavjud edi. 1992-yilda Samarqand viloyat bo‘yicha 164 ming 600
gektar maydonga boshoqli ekinlar ekilgan, biroq ob-havoning noqulay kelganligi
natijasida 5,5 ming gektar maydonga jiddiy zarar yetdi . Shunday bo‘lishiga
qaramasdan, g‘alla maydonlari 1991-yilga nisbatan 20 ming gektarga ko‘p bo‘lib,
200 ming tonna don tayyorlangan. Davlatga 78 ming tonna g‘alla sotildi .
1993-yilga kelib esa viloyat bo‘yicha 184 ming tonna g‘alla ishlab chiqarildi.
Uning 110 ming tonnasi davlatga sotildi. Ammo Qo‘shrabot va Nurobod
tumanlari davlatga g‘alla sotish rejasini bajara olmadi . 1994-yilda viloyat
bo‘yicha 194-ming gektar yerga g‘alla ekilgan bo‘lib, yetishtirilgan don 220 ming
tonnani (79 foiz) tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 1993-yildagidan 34 ming tonnaga
ko‘p deganidir. Raqamlar ortidan quvish, ko‘zboyamachilik, hisob-kitoblarda
aldash oqibatida 1994-yilda viloyat bo‘yicha 202635 gektar yerga g‘alla ekildi,
deb ko‘rsatilgan ma’lumotlar o‘rim-yig‘im boshlanishida kamayib, 201000
gektarga tushib qoladi. Haqiqatda hosili o‘rib olingan maydon esa bundan ham
kamni tashkil etadi. Don ishlab chiqarish rejasi 16 ta rayonning ikkitasida ya’ni
Tayloq tumani 105 foiz, Nurobod 101 foiz bajarilgan, xolos.
1994-yili viloyat bo‘yicha 18.458 tonna g‘alla sifatini yo‘qotib, yemga
aylantirilgan. Bu umumiy hirmonning 8 foizini tashkil etadi. Ba’zi tumanlarda
chiqit foizining viloyat ko‘rsatkichidan ham yo‘qoriligi achinarlidir. Masalan,
Qo‘shrabot rayonida ishlab chiqarilgan hosilning 16 foiz, Urgutda 12 foiz,
Payariqda foiz, Nurobodda 11 foiz, Past Darg‘omda 10 foiz, Ishtixonda 9.9 foiz
hosil chiqitga chiqarilib yuborilgan .
1993-1994-yillarda Samarqand viloyatida g‘alla yetishtirish bo‘yicha
rejalari barbod bo‘lishiga qaramay, 1995-yil ham mo‘ljallangan maqsadga
erishish uchun 90 ming tonna don kam yetishtirildi ya’ni gektar boshiga
belgilangan 19,4 sentner o‘rniga 15,9 sentner hosil olindi . 1995-yil topshiriqqa
nisbatan davlatga g‘alla sotish 80 foizga bajarilgan . Agarda ayrim tumanlar
kesimida olinadigan bo‘lsa, Bulung‘ur tumani 1995-yilda davlatga g‘alla
topshirish rejasi bajarilmagan bo‘lib, belgilanganidan 14 ming tonna kam g‘alla
ishlab chiqarilgan . Oqdaryo tumanida g‘alla sug‘oriladigan yerlarda
yetishtirilishiga qaramay, hosildorlik rejadagi 34,1 sentner o‘rniga 30,4
sentnerni tashkil etgan, yoki belgilanganidan 4.700 tonna dom kam ishlab
chiqarilgan . Chelak tumani 7634 tonna , Narpay tumani 3 ming tonna ,
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
174
Kattaqo‘rg‘on tumani 9.370 tonna , Paxtachi tumani 2700 tonna kam g‘alla
yetishtirgan.
Umuman olganda, 1995-yillarda g‘alla butun dunyo mamlakatlari
muammosiga aylanib qoldi. Uning jahon bozoridagi narxi tinimsiz o‘sib
bormoqda. Har tonnasi 200 dollarga yetgan .
1997-yilga kelib, viloyat bo‘yicha yalpi g‘alla sotish miqdori ko‘payib, 200
ming tonnadan oshdi. Suvli maydonlarda g‘alla ekish miqdori 25 ming gektarga
qisqartirilganiga qaramasdan g‘alla ishlab chiqarish ko‘paydi .
1998-yilda g‘allachilikning barcha ko‘rsatkichlari bo‘yicha samarqandliklar
Xorazm viloyatidan keyin ikkinchi o‘ringa chiqib oldi. Ishlab chiqarilgan
g‘allaning 232 ming tonnasi davlatga sotildi. Bu xo‘jaliklar moliyaviy-iqtisodiy
aholining yanada barqarorlashishiga imkoniyat yaratadi. 15 ming tonna rejadan
ortiq topshirilgan g‘alla erkin narxda sotiladi . Birinchi marta 400 ming tonnaga
yaqin g‘alla ishlab chiqarildi. Suvli maydonlarda hosildorlik gektar hisobiga 41
sentnerdan oshdi . 1999-yilga kelib esa, g‘allachilikda 520 ming tonnalik xirmon
bunyod etildi. Davlatga 270 ming tonnadan ko‘proq don sotildi. Buning evaziga 6
milliard so‘m daromad olindi .
Samarqand viloyatining ayrim tumanlarida 2000-yilda g‘alla yetishtirish
bo‘yicha pasayishlar kuzatildi. Jumladan, Past Darg‘om tumanida 2000-yilda
g‘allachilikda don sotish rejasi 1435 tonna o‘rniga 2020 tonnagacha yetkazilib,
oshirib uddalangan bo‘lsa-da, ushbu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan 284 ta
fermerning 32 tasi tuzilgan shartnomani bajarmadi .
G‘allachilik bo‘yicha Jomboy tumani hosildorligi jihatidan viloyatda yuqori
o‘rinlarda turadi. Lekin 2000-yilda tuman xo‘jaliklari va fermerlarda g‘alla ishlab
chiqarish rejasi 79,6 foizga bajarilgan, hosildorlik rejadagi 40 sentner o‘rniga 30
sentnerni tashkil etgan. Ishtixon tumanida 2000-yilda 1999-yilga nisbatan g‘alla
ishlab chiqarish 48 foizga kamayib ketdi .
2001-yilga kelib, Samarqand tumani viloyatda birinchi bo‘lib davlatga don
sotish rejasini bajardilar ya’ni, davlatga 9000 tonna o‘rniga 9054 tonna don
topshirgan bo‘lib, bu bilan belgilangan topshiriqni 100,6 foizga uddalagan.
Shuningdek, Narpay tumani 5 ming 295 gektar ekan maydonidan 13363 tonna
don yig‘ishtirib olib, davlatga don sotish rejasini ortig‘i bilan bajardi .
Samarqand viloyatining ayrim tumanlarida g‘alla ekish bo‘yicha
tekshiruvlar o‘tkazilganda bir qancha qoidabuzarlik holatlari ham uchrab
turgan. Jumladan, Go‘zalkent, Payariq va Ishtixon tumanlarining mansabdor
shaxslari qariyb 8 ming gektar maydondagi ekinlarini hisobdan yashirgan. Paxta
uchun belgilangan 335 gektar yer maydoniga sholi ekilgani, 2000-yil suv
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
175
kamchil bo‘lishiga qaramasdan, viloyatda 1600 gektar sholi rejasiz ekilib,
hisobdan yashirib qolingan. Aksariyat hollarda qator tumanlarda 2000-yilda
g‘alla ekish dekabr oyigacha davom etgan. Xususan, Ishtixon, Payariq,
Go‘zalkent, Pastdarg‘om tumanlarida yaxshi tekislanmagan, agrotexnika nuqtai
nazaridan talab darajasida bo‘lmagan yerlarga g‘alla ekilgan. 2001-yilda viloyat
bo‘yicha g‘alla hosildorligi o‘rtacha 23 yarim sentnerni tashkil qilib, 2000-yilga
nisbatan 55 ming tonna kam don tayyorlangan. G‘alla yetishtiruvchi 16
tumandan 6 tasigina davlat buyurtmasini bajargan, xolos .
Xulosa qilib aytshganda, 1990-yillarning boshidan boshlab O‘zbekiston,
xususan Samarqand viloyati g‘allachilikda o‘ziga to‘liq ta’minlovchi darajaga
chiqishga intildi. Mustaqillikdan so‘ng mamlakat uchun g‘alla – strategik
ahamiyatga ega mahsulot sifatida qaralib, bu borada tizimli islohotlar amalga
oshirildi.
Dastlabki yillarda yetishtirilgan g‘alla hajmi past bo‘lib, davlat ehtiyojini
qoplash uchun xorijdan katta hajmda don xarid qilishga to‘g‘ri kelgan. 1995-
yildan boshlab esa ekin maydonlari tarkibi qayta ko‘rib chiqilib, g‘alla
yetishtirish ustuvor vazifa etib belgilandi. Natijada boshoqli ekinlar, ayniqsa
bug‘doy hosildorligi keskin oshib, 1998-yilga kelib mamlakat o‘z ehtiyojining
deyarli to‘liq qismini o‘zida yetishtirgan don bilan ta’minlay boshladi.
Samarqand viloyati ham bu jarayonda faol ishtirok etib, ayrim yillarda
Xorazmdan keyingi ikkinchi o‘rinni egallagan. Hududda g‘alla hosildorligi yildan-
yilga oshgani holda, 1999-yilda 520 ming tonnalik rekord ko‘rsatkichga
erishilgan. Biroq ayrim yillarda ob-havo sharoiti, agrotexnik talablarning
buzilishi, noqonuniy ekin maydonlari va hisob-kitobdagi noto‘g‘riliklar tufayli
ko‘zlangan rejalarning bajarilmay qolgani ham kuzatildi.
2000–2001-yillarda esa ayrim tumanlarda g‘alla yetishtirish bo‘yicha
pasayishlar, fermerlarning shartnomaviy majburiyatlarini bajarmasligi, yerlarni
noto‘g‘ri foydalanish, rejadan tashqari sholi ekilishi, hosildorlikning pasayishi
kabi muammolar mavjud bo‘ldi. Bu esa viloyat bo‘yicha umumiy natijalarga
salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
Shunday bo‘lsa-da, mazkur yillardagi tajribalar Samarqand viloyati uchun
g‘allachilikni yanada rivojlantirish, hosildorlikni oshirish, tizimli nazoratni
kuchaytirish va fermer xo‘jaliklarini mas’uliyatli ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha
muhim saboqlar bo‘ldi. Shu asosda keyingi yillarda barqaror o‘sishga erishish
imkoniyati yaratildi.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
176
Foydalanilgan adabiyotla:
1.O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimovning respublika
Oliy Kengashi 10-sessiyasida so‘zlagan nutqi // Zarafshon. 1992-yil 7-iyul, 99
(18.939)-son.
2.2003-yilning birinchi yarmida mamlakatimiz iqtisodiyoti hamda ijtimoiy
sohani rivojlantirish yakunlari va bu sohalarda eng muhim ustuvor yo‘nalishlar
bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida. O‘zbekiston Respublikasi
Birinchi Prezidenti I.Karimovning Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi.
Zarafshon // 2003-yil 22-iyul. 89 (20.665)-son.
3. A.Abdug`aniev, A.A.Abdug`aniev. Qishloq xo`jaligi iqtisodiyoti. Darslik. Ikkinchi
nashr. Toshkent – 2011, 30-bet.
4. Birinchi Prezident I.Karimovning O‘z Res Oliy Majlisining IV sessiyasidagi
nutqi // Zarafshon. 1995-yil 26-dekabr, 140 (19.438)-son.
5.Birinchi
Prezident
I.Karimovning
O‘zbekistonni
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishning 1998-yilgi yakunlari va 1999-yilda iqtisodiy islohotlarni
chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan VM
majlisida qilgan ma’ruzalari // Zarafshon. 1999-yil 20-fevral, 22 (19.969)-son.
6.O.Ostonov O‘zbekistonning eng yangi tarixi. O‘quv qo‘llanma. T.: “Lesson
Press” nashriyoti, 2022. 84-bet.
7. Zarafshon. 1992-yil 11-iyun, 88 (18.939)-son.
8. Xalq deputatlari viloyat Kengashining o‘ninchi sessiyasi. Viloyat hokimi
P.M.Abdurahmonov ma’ruzasi // Zarafshon” gazetasi, 1992-yil 22-oktyabr, 145
(18.996)-son.
9. Samarqand viloyat hokimi P.M.Abdurahmonov nutqi // Zarafshon. 1993-yil
28-oktyabr, 129 (19.154)-son.
10. Viloyat g‘allakorlari seminar-kengashida . g‘alla mustaqilligi – faravonik
tayanchi // Zarafshon. 1994-yil 27-sentyabr, 77 (19.258)-son.
11. I.Karimovning xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi sessiyasidagi
nutqi // Zarafshon. 1995-yil 23-noyabr, 127 (19.425)-son.
12. I.Karimovning xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi sessiyasidagi
nutqi // Zarafshon. 1995-yil 23-noyabr, 127 (19.425)-son.
13. Bulung‘ur tumani. “Zarafshon” gazetasi maxsus muhbir A.Sattarov //
Zarafshon. 1995-yil 19-dekabr, 137 (19.435)-son.
14. Oqdaryo tumani. J.Jalilov - “Zarafshon” gazetasi maxsus muhbiri //
Zarafshon. 1995-yil 16-dekabr, 136 (19.434)-son
15. Chelak tumani. “Zarafshon” gazetasi maxsus muhbiri M.Tangiyorova //
Zarafshon. 1995-yil 12-dekabr, 134 (19.432)-son.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
177
16. Narpay tumani va Oqtosh shahri. “Zarafshon” gazetasi maxsus muhbiri
H.Bozorov // Zarafshon. 1995-yil 12-dekabr, 134 (19.432)-son.
17. Kattaqo‘rg‘on tumani. “Zarafshon” gazetasi maxsus muhbiri H.Ne’matov //
Zarafshon. 1995-yil 8-dekabr, 133 (19.431)-son.
18. Paxtachi tumani. “Zarafshon” gazetasi muhbiri H.Ne’matov // Zarafshon.
1995-yil 5-dekabr, 132 (19.430)-son.
19. Paxtachi tumani. “Zarafshon” gazetasi muhbiri H.Ne’matov. // Zarafshon”
gazetasi, 1995-yil 5-dekabr, 132 (19.430)-son.
20. Xalq deputatlari viloyat Kengashining sakkizinchi sessiyasi, viloyat hokimi
A.Mardiyev ma’ruzasi // Zarafshon” gazetasi, 1998-yil 8-yanvar, 3 (19.794)-son.
21. Narpay tumanidagi Hamza nomli jamoa xo‘jaligida viloyat qishloq xo‘jaligi
xodimlarining kengashi. Viloyat hokimi A.Mardiyev nutqi // Zarafshon. 1998-yil
16-iyul, 81 (19.872)-son