Авторы

  • Shohzodbek Aminboyev
    O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 3-bosqich kursanti
  • Nafosat Sobirova
    O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi ma’muriy huquq kafedrasi o’qituvchisi, leytenant

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tafps.108996

Ключевые слова:

Prezident farmon qaror farmoyishi tezkor qidiruv kriminogen vaziyat tizimli tahlil prognoz mahalla huquq tartiboti chora tadbirlar rejasi baholash islohot.

Аннотация

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qilgan islohotlari va bu borada bugungi kunda yurtimizda sohada amalga oshirilayotgan ishlar,faoliyat samaradorligini mustahkamlash maqsadida xodimlar shuningdek rahbarlar ish salohiyatini baholash mexanizmlarini ko‘rishimiz mumkin.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

158

ICHKI ISHLAR ORGANLARI SOHAVIY XIZMATLAR FAOLIYATINI

TAKOMILLASHTIRISH YUZASIDAN BAHOLASH TIZIMINI JORIY

QILINISHI

Aminboyev Shohzodbek San’at o‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 3-bosqich kursanti

Sobirova Nafosat Gulmirzo qizi

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi ma’muriy

huquq kafedrasi o’qituvchisi, leytenant

https://doi.org/10.5281/zenodo.15705916

Annotatsiya

Ushbu

maqolada

O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidenti

Shavkat

Miromonovich Mirziyoyevning Ichki ishlar organlarini xalqchil professional
tuzilmaga aylantirish va aholi bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish
bo‘yicha qilgan islohotlari va bu borada bugungi kunda yurtimizda sohada
amalga oshirilayotgan ishlar,faoliyat samaradorligini mustahkamlash maqsadida
xodimlar shuningdek rahbarlar ish salohiyatini baholash mexanizmlarini
ko‘rishimiz mumkin.

Abstract

In this article, we can see the reforms implemented by the President of the

Republic of Uzbekistan, Shavkat Miromonovich Mirziyoyev, aimed at
transforming internal affairs bodies into a people-centered professional
structure and further improving the system of work with the population, as well
as the work being done in this area in our country today, mechanisms for
assessing the labor potential of employees and managers in order to increase
the effectiveness of their activities.

Аннотация

В этой статье мы можем увидеть реформы Президента Республики

Узбекистан Шавката Миромоновича Мирзиёева по превращению органов
внутренних дел в народную профессиональную структуру и дальнейшему
совершенствованию системы работы с населением, а также механизмы
оценки потенциала сотрудников, а также руководителей в целях
укрепления эффективности деятельности, проводимой в этой сфере в
нашей стране.

Kalit so‘zlar:

Prezident

farmon,

qaror,

farmoyishi,tezkor

qidiruv,kriminogen

vaziyat,tizimli tahlil,prognoz,mahalla huquq tartiboti, chora tadbirlar
rejasi,baholash,islohot.

Keywords:


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

159

Presidential decree, resolution, order, operational search, criminogenic

situation, system analysis, forecast, mahalla law enforcement agencies, action
plan, assessment, reform.

Ключевые слова:

Указ Президента, постановление, распоряжение,оперативный розыск,

криминогенная ситуация, системный анализ, прогноз, махаллинский
правопорядок, план мероприятий, оценка,реформа.

Mamlakatimizda ichki ishlar organlari tizimini takomillashtirish, ularning

quyi bo‘g‘inlarini aholiga yanada yaqinlashtirgan holda mustahkamlash, barcha
darajadagi tuzilmalarning vazifalari va funksiyalarini aniq belgilash, zamonaviy
xavf-xatarlarni hisobga olgan holda kuch va vositalarni oqilona taqsimlashga
qaratilgan keng qamrovli ishlar amalga oshirildi. Amalga oshirilgan chora-
tadbirlar ichki ishlar organlari rolini oshirish, ularni har bir xodim tomonidan
o‘z xizmat burchi — “Xalq manfaatlariga xizmat qilish”ni so‘zsiz bajaradigan
ijtimoiy yo‘naltirilgan professional tuzilmaga aylantirish imkonini berdi. Shu
bilan birga, ichki ishlar organlarining kundalik faoliyatini tashkil etishda qator
tizimli kamchiliklar mavjud bo‘lib, ular, kuch va vositalar boshqaruvining yetarli
darajada muvofiqlashmaganligi, shaxsiy tarkib bilan tarbiyaviy ishlar va
ularning kasb mahorati, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka
qarshi kurashishning maqsadli nazorat-tahlilini ta’minlash holatining past
darajadaligi namoyon bo‘lmoqda .

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Ushbu farmonda ta’kidlaganidek

“Yangi O‘zbekistonda” yangi ichki ishlar organlari tizimini yaratish maqsadida
tub islohotlar amalga oshirildi. Jumladan ichki ishlar organlari sohaviy
xizmatlar,xodimlar va rahbarlar faoliyatini ish samaradorligini yaxshilash ularni
ijtimoiy,iqtisodiy, ta’minlash shuningdek tizimda uzliksiz kariyera yaratish
maqsadida o‘qish tizimini joriy etish kabi tizimli ishlar yo‘lga qo‘yildi.Shu bilan
birgalikda har bitta ichki ishlar bo‘g‘inlarida ular faoliyatini kompleks tekshirish
va nazorat qilib borish bo‘yicha ham ishlar amalga oshirildi.

Ichki ishlar organlari bo‘limlari faoliyatini baholashda quyidagi tartibni

ko‘rishimiz mumkin:

Ichki ishlar organlari faoliyatining asosiy yoʼnalishlarini baholashga asos

boʼlayotgan eng muhim mezonlarning koʼpchiligi, mutlaq koʼrsatkichlardan
tashqari, odatda qandaydir mutlaq koʼrsatkichning u yoki bu hodisaning
umumiy soniga nisbatini aks ettiruvchi qiymat orqali ifodalanadi. Masalan,
maxsus apparat ishtirokida ochilgan jinoyatlar soni – ochilgan jinoyatlarning
umumiy soni bilan, qoʼshimcha tergovga qaytarilgan jinoyat ishlari soni –


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

160

prokurorga yuborilgan jinoyat ishlarining umumiy soni bilan, qidirilayotgan
jinoyatchilarning qoldigʼi qidiruvda boʼlgan shaxslarning umumiy soni bilan
solishtiriladi.

Qonuniylikka rioya etilishi holati operativ xizmat faoliyatining barcha

jihatlari boʼyicha baholanadi hamda ichki ishlar organi barcha yetakchi
xizmatlarining faoliyatini baholashda hal qiluvchi jihat hisoblanadi. Uning asosiy
mezonlari quyidagilardan iborat: jinoyatlar sodir etilishi haqidagi ariza va
xabarlarni hisobga olish va koʼrib chiqishning qanchalik toʼliq qayd etilishi;
belgilangan muddatdan ortiq vaqt sarflab hal qilingan jinoyatlar haqidagi ariza
va xabarlarning koʼrib chiqilgan arizalarning umumiy soniga nisbati; asossiz
ravishda qoʼzgʼatilgan jinoyat ishlari va jinoyat ishi qoʼzgʼatishni asossiz ravishda
rad etishlarning ulushi (tegishli tarzda qoʼzgʼatilgan jinoyat ishlarining va rad
etilgan materiallarning umumiy soniga nisbati); fuqarolarni asossiz ravishda
jinoiy javobgarlikka tortish, ushlab turish va hibsga olish; maʼmuriy taʼsir
choralarini asossiz ravishda qoʼllash; shuningdek hujjatlarni (materiallarni)
qalbakilashtirish, qurol-yarogʼ, kishanlarni noqonuniy qoʼllash, urish hamda
qonuniylikni hamda fuqarolarning qonun bilan muhofaza etiladigan huquq va
manfaatlarini buzishning boshqa turlari. Qonuniylikni buzishning har bir alohida
holati boʼyicha maxsus tekshiruvlar oʼtkaziladi va ular natijasida muayyan
aybdor shaxslar aniqlanadi

1

.

Profilaktik faoliyat natijalarining bahosi ham umumiy, ham individual

profilaktika baholaridan tashkil topadi. Ichki ishlar organlari amalga oshiradigan
umumiy profilaktika organ, korxona, muassasa va tashkilot rahbarlariga
jinoyatlarning aniqlangan sodir etilish sabablari va ularga imkon bergan
sharoitlar boʼyicha yuborilgan hamda ularni bartaraf etishga doir aniq takliflar
berilgan axborotning umumiy soni boʼyicha baholanadi. Ushbu axborotning
umumiy sonida muammoli masalalarga doir mavzular boʼyicha axborot alohida
hisobga olinadi. Аxborotning ushbu turlarining har biri boʼyicha olingan javoblar
yoxud ular yuzasidan qabul qilingan maxsus hal qiluv qarorlari yoki qarorlar
soni hisobga olinadi. Xodimlarning aholi oʼrtasida (jumladan, ommaviy axborot
vositalaridan foydalangan holda) oʼtkazgan maxsus reydlarining sonini umumiy
hisobga olish umumiy profilaktikaning keyingi koʼrsatkichi hisoblanadi. Mazkur
koʼrsatkichlarning barchasi umuman organ boʼyicha ham, alohida xizmatlar
boʼyicha ham hisobga olinadi. Voyaga yetmaganlarga nisbatan oʼtkaziladigan
tadbirlarning koʼrsatkichlari alohida hisobga olinadi.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

161

Organda oʼtkaziladigan yakka tartibdagi profilaktika quyidagi asosiy

koʼrsatkichlar boʼyicha baholanadi: profilaktik hisoblarga qoʼyilishi va maʼmuriy
nazoratga olinishi lozim boʼlgan shaxslarni hisobga olishning toʼliqligi (bunday
hisoblarga qoʼyilgan va nazoratga olingan shaxslar umumiy sonining bunday
turdagi hisoblarga olinishi lozim boʼlgan shaxslar soniga nisbati); axloqi
tuzalganligi sababli hisobdan chiqarilgan shaxslarning soni (ham dinamikasi,
ham hisobda turganlarning soni bilan nisbati olinadi); jinoyatlar va
huquqbuzarliklar sodir etgan va hisobda turgan shaxslarning soni (ham
dinamikasi, ham hisobda turganlarning soni bilan nisbati olinadi).
Tayyorlanayotgan yoki sodir etishga urinilgan bosqichdagi jinoyatlarning oldini
olish ishlarining natijasi oldi olingan jinoyatlar sonining qayd etilgan
jinoyatlarning umumiy soniga nisbati qanday oʼzgarganiga qarab baholanadi.
Organdagi har bir xizmatning oldi olingan jinoyatlar umumiy sonidagi ishtiroki
ham aynan shu oʼrinda baholanadi.

Tezkor qidiruv faoliyati natijalarini baholash jinoyat qidiruv, uyushgan

jinoyatchilikka qarshi kurash va narkotiklar bilan g‘ayriqonuniy muomala qilish
yo‘nalishi bo‘yicha olib boriladigan faoliyatni baholashni nazarda tutadi va
quyidagi asosiy mezonlarni o‘z ichiga oladigan bir qator baholardan tashkil
topadi:

Yil boshidan e’tiboran hisobot davri uchun foizlarda aks ettirilgan

jinoyatlarning umumiy ochilishi, jumladan og‘ir jinoyatlar, noaniq sharoitda
sodir etilgan jinoyatlarning ochilish darajasi (noaniq sharoitlarda sodir etilgan
jinoyatlarning umumiy sonidan kechiktirib bo‘lmas operativ qidiruv harakatlari
o‘tkazish natijasida ushbu jinoyatlarning ochilish darajasi ham shu tariqa
hisoblab chiqiladi) hamda alohida turdagi jinoyatlarning ochilish darajasi.
Jinoyatlardan ko‘rilgan zararni qoplash darajasi alohida baholanadi.
Jinoyatlarning o‘tgan yillardagi ochilish darajasi o‘sha vaqtlarda sodir etilgan va
hisobot davrida ochilgan jinoyatlar sonining o‘tgan davrlarda ochilmay qolgan
jinoyatlarning umumiy qoldig‘iga nisbati sifatida foizlarda hisoblanadi.

Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatining faoliyati asosan

quyidagi mezonlar boʼyicha baholanadi: jinoyatchilarni hamda aholini qayd etish
va hisobga qoʼyish qoidalarini buzuvchi shaxslarni aniqlash; qarzdorlarni va
alimentlarni toʼlamaydigan shaxslarni qidirib topish, shuningdek xorijiy
fuqarolar va fuqaroligi boʼlmagan shaxslarning Oʼzbekiston Respublikasida
boʼlish qoidalarini buzganligi uchun ularni maʼmuriy javobgarlikka tortish

2

.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

162

Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida ichki boshqaruv faoliyatini

baholashning bir qator juzʼiy (xususiy) usullari ishlab chiqilgan. Bularga: ichki
ishlar organlarini tinchlik va urush davrida himoya qilishning ahvolini baholash
usullari; boshqaruv faoliyati, kadrlar bilan ishlash va xoʼjalik taʼminotini
baholash usullari kabi bir qator boshqa usullar kiradi. Biroq shularga qaramay,
ichki ishlar organlari tizimining faoliyatini xolisona va har tomonlama baholash
muammosi bugungi kunda toʼliq hal qilingan, deya olmaymiz. Birinchidan, bu
gap ichki ishlar organlari oldida turgan maqsadlarni asoslash va aniqlashtirishga
taalluqli boʼlib, bu ish tegishli mezonlarni ishlab chiqish uchun zaruriy shartdir.
Ikkinchidan, shahar, tuman, transportdagi ichki ishlar organlarini baholashning
ilmiy asoslangan tizimi hamda bunga mos tabaqalangan baholash mezonlarining
ishlab chiqilmaganligi jiddiy muammoligicha qolmoqda; ichki ishlar organlari
tizimidagi hisobga olish va qayd etish tizimining oʼzi ham takomillashtirishga
muhtojdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 23.08.2018 yildagi PQ-

3919-son
2.

I.Ismailov, D.S. Muhamadaliyev, E.U. Azizov Ichki ishlar organlarida

boshqaruv va Axborot -Tahlili faoliyati asoslari 2019 yil 300-301b
3.

O.A. Jo‘raboyev; Sarabekov X.D. Nasriddinova N.F Ichki ishlar organlarida

murojatlar bilan ishlash va ish yuritishni ta’minlash faoliyati asoslari.
4.

Yuridik fanlari doktori SH.A.G‘aniyev ; Sarabekov X.D Nasriddinova N.F

Ichki ishlar organlarining Tashkiliy departamenti faoliyati “O’quv amaliy
qo‘llanma”

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 23.08.2018 yildagi PQ-3919-son

I.Ismailov, D.S. Muhamadaliyev, E.U. Azizov Ichki ishlar organlarida boshqaruv va Axborot -Tahlili faoliyati asoslari 2019 yil 300-301b

O.A. Jo‘raboyev; Sarabekov X.D. Nasriddinova N.F Ichki ishlar organlarida murojatlar bilan ishlash va ish yuritishni ta’minlash faoliyati asoslari.

Yuridik fanlari doktori SH.A.G‘aniyev ; Sarabekov X.D Nasriddinova N.F Ichki ishlar organlarining Tashkiliy departamenti faoliyati “O’quv amaliy qo‘llanma”