Авторы

  • R. Musaboyev
    Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san'ati instituti o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tafps.109011

Ключевые слова:

jonli suz ta'sirchan nutk sahna nutqi adabiy nutq me'yorlari aktyorlik mahorati sahna nutqining lisoniy-uslubiy vositalari sahna nutqini rivojlantirish

Аннотация

Mazkur maqola talalarga sahna nutqining adabiylashuviga to‘siq bo‘layotgan omillar, ta’lim jarayonida ularni bartaraf etish usullari tahlil qiliNgan. Unda adabiy nutqning sahna san’atidagi roli va tinglovchiga ta’siri masalalari atroflicha yoritib beriladi.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

106

TALABALARNI SAHNA NUTQIGA O‘RGATISH MASALALARI

R.Musaboyev

Yunus Rajabiy nomidagi

O‘zbek milliy musiqa san'ati instituti o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15689426

Mazkur maqola talalarga sahna nutqining adabiylashuviga to‘siq

bo‘layotgan omillar, ta’lim jarayonida ularni bartaraf etish usullari tahlil
qiliNgan. Unda adabiy nutqning sahna san’atidagi roli va tinglovchiga ta’siri
masalalari atroflicha yoritib beriladi.

Kalit so‘zlar

: jonli suz, ta'sirchan nutk, sahna nutqi, adabiy nutq me'yorlari,

aktyorlik mahorati, sahna nutqining lisoniy-uslubiy vositalari, sahna nutqini
rivojlantirish

Adabiy til xalq tilining mukammallashgan, rasmiy, me’yorlashtirilgan

shaklidir.

O‘zbekiston milliy entsiklopediyasida adabiy tilga quyidagicha ta'rif

beriladi: “Adabiy til — muayyan umumxalq tilining qayta ishlangan va
me'yorlashtirilgan, mazkur tilda so‘zlashuvchi xalqning madaniy extiyojlariga
xizmat qiluvchi shakli. «Qayta ishlangan» tushunchasi nisbiy (tarixan turli
davrlarda, turli xalqlarda Adabiy til o‘zgarib turgan).

Hatto ayrim bir xalqning

adabiy tili turli davrda turlicha bo‘lgan (mas, qadimgi turkiy adabiy til, hoz.
o‘zbek adabiy tili). Ba'zi davrlarda bir xalq uchun boshqa bir xalq tili adabiy til
vazifasini o‘tagan. Macalan, fors va turkiylar uchun mumtoz arab tili, yaponlar
uchun mumtoz xitoy tili; ba'zi Yevropa xalqlari uchun lotin tili adabiy til
bo‘lgan

1

. U o‘zining grammatik, fonetik va leksik jihatlari bilan boshqa til

shakllaridan, хусусан, шевалардан ajralib turadi.

Adabiy til me’yorlari deganda quyidagilar nazarda tutiladi:

1.

Fonetik me’yorlar – so‘zlarning talaffuzdagi aniqlik va ohangdorligi.

Masalan, “qayerga” o‘rniga “qa’rg’a” deyish talaffuz xatosidir.

2.

Grammatik me’yorlar – so‘zlarning adabiy nutq talablariga muvofiq

talaffuz etilishi, nutq kontekstida kelishik qo‘shimchalarining to‘g‘ri
qo‘llaninlishi.

3.

Leksik me’yorlar – so‘zlarning adabiy kontekstda ishlatilishi.

Masalan, “bormoqchimisiz?” o‘rniga “bormaymisan?” kabi shevaga xos shakllar
sahna nutqida nojoiz.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

107

“Adabiy til me’yorlariga rioya qilish milliy madaniyatning

yuksalishiga va uning dunyo miqyosidagi obro‘sini oshirishga xizmat
qiladi.”

2

Sahna nutqi – tinglovchi va tomoshabinlarga muayyan badiiy asar (novella,

kinofilьm, mumtoz qo‘shiqlar)ning sahnaviy talqinini aktyor, boshlovchi,
qo‘shiqchi ijrosida taqdim etishda qo‘llaniladigan chiroyli, ta'sirchan, badiiy
yetuk nutq san'atidir. “Sahna nutqi texnikasi talaffuz, nafasni boshqarish va
intonatsiya san’atidan iborat bo‘lib, bu komponentlar adabiy til me’yorlariga
muvofiq ishlatilishi kerak

3

.

O‘zbek madaniyati tarixida o‘chmas iz qoldirgan mufakkir, shoh va shoir

Zahiriddin Muhammad Boburning uqtirishcha, ҳар бир инсоннинг нутқидан
унинг кимлигини англаш мумкин

.

San'atshunos L.Xo‘jayevaning fikricha, “nutq madaniyati - fikr madaniyati»

bo‘lib, fikrlar aniq ifodalangan, grammatik to‘g‘ri tuzilgan, mantiqqa ega, badiiy
ifodalarga boy nutqnigina madaniy deb atash mumkin”

4

.

Sahna nutqi lug‘aviy boylik, talaffuz, ohangdorlik, intonatsiya va ritmik

uyg‘unlikni o‘z ichiga oladi. Bu jihatlar adabiy til asosida to‘g‘ri shakllansa, sahna
нутқи жозибадор ва samaraли бўлади.

“Adabiy tilning sahna san’atida

qo‘llanilishi faqat estetik jihatdan emas, balki milliy qadriyatlarning targ‘iboti
uchun ham muhim ahamiyatga ega”. Sahna san’ati madaniyatning muhim qismi
hisoblanadi va unda adabiy til me’yorlariga qat’iy rioya qilish talabi qo‘yiladi.
Sahna nutqini adabiylashtirish quyidagi sabablar tufayli zarur:

1. Tinglovchilarning keng doirasiga mo‘ljallanganligi: Sahna nutqi har

qanday auditoriya uchun tushunarli bo‘lishi lozim.

2. San’atning estetik qadrini saqlash: To‘g‘ri talaffuz va me’yoriy til

nutqning estetik jihatdan yuksak bo‘lishini ta’minlaydi.

3. Milliy tilning rivoji va obro‘sini mustahkamlash: Adabiy til san’atkorlar

tomonidan faol qo‘llanilsa, til madaniyati ham yuqori darajada rivojlanadi.

Adabiy tilning sahnadagi ahamiyati:

-

sahna nutqi tinglovchilarga aniq, to‘g‘ri va tushunarli bo‘lib, sahna

asarining muvaffaqiyatini ta’minlaydi;

-

nutqni ma’nodor va ta’sirchan qilib, madaniy axborotning estetik

shaklda yetkazilishiga asos bo‘ladi;

-

xos shakllar sahna nutqida nojoiz.



background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

108

“Adabiy til me’yorlariga rioya qilish milliy madaniyatning

yuksalishiga va uning dunyo miqyosidagi obro‘sini oshirishga xizmat
qiladi.”

5

Sahna madaniyati faqat adabiy tilga tayanadi, chunki u jamiyatning

barcha qatlamlariga mo‘ljallangan. Shevaga xos so‘zlarning ishlatilishi esa
tinglovchi ongida adabiy tildan uzoqlashishni keltirib chiqarishi mumkin.

Sheva – tilning mintaqaviy xususiyatlarga ko‘ra shakllangan ko‘rinishidir.

Shevalarning o‘ziga xosligi:

Fonetik xususiyatlar:

sheva xos so‘zlarda tovushlar toaffuzi orqali

so‘zlarning adabiy nutqda qo‘llaniladigan variantidan keskin farqlanishi,
natijada tinglovchilar so‘zning ma'nosiga tushunmaydilar, sahna asari ta'sir
kuchini yo‘qotadi.

Leksik xususiyatlar:

adabiy tilda qabul qilingan so‘z varianti qo‘llanilmay,

shevaga xos so‘zning qo‘llanilishi holatlari sahna nutqining mantiqiy
chalkashliklarni keltirib chiqaradi.

Grammatik xususiyatlar:

so‘zga qo‘shiladigan qo‘shimchalarning

shevaga xos bo‘lishi ham sahna nutqinining yaxlitligi va adabiy mukammalligiga
putur yetkazadi.

Shevalar xalq og‘zaki ijodining bir qismi sifatida boy madaniy meros

sanaladi. Ammo ular sahna nutqida ishlatilganda:

1)

mintaqaviy cheklovlarni keltirib chiqaradi;

2)

adabiy tilning me’yoriy qoidalariga amal qilishni cheklab qo‘yadi;

3)

tinglovchilarni chalkashtiradi yoki tushunishni qiyinlashtiradi.

Sahna nutqini rivojlantirishda o‘quv jarayonida quyidagi maxsus

mashqlarдан фойдаланиш мумкин:

Fonetik mashqlar:

So‘zlarning har bir harfini to‘g‘ri talaffuz qilishga

o‘rgatиш. Masalan, “o” va “a” tovushlarini to‘g‘ri farqlash.

Nafas olish mashqlari:

Nutq davomida kontekstning mantiqiy me'yoriga

mos tarzda, gap ichida to‘xtash, nafasni to‘g‘ri olish sahna nutqi ohangdorliгиni
saqlashga yordam beradi.

Intonatsiya mashqlari:

Har bir so‘zning nutq tarkibida qo‘llaniladiyotgan

ma'nosiga urg‘u berib, ajratib ko‘rsatishga qaratilgan intonatsiya mashqlariga
talabani sahna nutqida zarur urg‘uni to‘g‘ri qo‘llashga o‘rgatadi.

Adabiy til me’yorlarini o‘zlashtirish uchun o‘zbek klassik asarlarini o‘qish

va ulardan parcha yodlash mashqlarini bajarish ayniqsa foydali. Masalan:

-

Alisher Navoiy, Lutfiy, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat kabilarning

asarlaridagi she'riy misralar, nasriy matnlarni ifodali o‘qish.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

109

-

zamonaviy poeziyadan she’rlarni to‘g‘ri intonatsiya bilan yod olish.

Talaba sahna nutqiga tayyorgarlik ko‘rishda nutq matnini oldindan yozib

olib, shevaga xos unsurlarni tahlil qilishi kerak. Masalan:

Qaysi so‘zlar noto‘g‘ri talaffuz qilindi?

Qanday ohanglar noaniqlik keltirib chiqardi?

Sahna nutqida nafaqat talaffuz, balki ohangdorlik va intonatsiya ham

muhimdir. To‘g‘ri intonatsiya bilan gapirilganda:

tinglovchilar diqqatini jalb qilish osonlashadi;

nutqning ta’sirchanligi oshadi.

Xulosa o‘rnida ta'kidlash joizki, sahna nutqi san'atkor faoliyatining

muvaffaqiyatini ta'minlovchi birlamchi asos hisoblanadi. Nafaqat teatr yoki kino
sanati , balki milliy musiqa san'ati vakillari ham sahna nutqini yaxshi egallashi,
nutq texnikasi va texnologiyasini yaxshi bilishi, sahna nutqi jozibadorligiga,
ta'sirchanligiga ta'sir ko‘rsatuvchi muhim omillarni o‘zlashtirishi, talabalik
davridanoq sahna nutqi ustida ishlashi zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Арипова А. Нотиклик нуткининг лисоний-услубий воситалари.

Филол.фан.номз.дис. - Тошкент, 2002.
2.

Aripova, A., Khodjayeva, K., Yuldasheva, N. (2020). METHODS, ASPECTS

AND COMPONENTS OF TEACHING THE UZBEK (RUSSIAN) LANGUAGE AS A
FOREIGN LANGUAGE ON THE EXPERIENCE OF FOREIGN STUDENTS. Journal of
Critical Reviews, 7(4), 393-398.
3.

Abdullayev, A. (2002). O‘zbek adabiy tili me’yorlari. Toshkent: Fan

nashriyoti, 34-bet.
4.

Ўзбекистон миллий энциклопедияси. А ҳарфи - Qomus info

5.

Karimov, M. (2010). Sahna nutqi asoslari. Toshkent: San’at nashriyoti, 58-

bet.

Библиографические ссылки

Арипова А. Нотиклик нуткининг лисоний-услубий воситалари. Филол.фан.номз.дис. - Тошкент, 2002.

Aripova, A., Khodjayeva, K., Yuldasheva, N. (2020). METHODS, ASPECTS AND COMPONENTS OF TEACHING THE UZBEK (RUSSIAN) LANGUAGE AS A FOREIGN LANGUAGE ON THE EXPERIENCE OF FOREIGN STUDENTS. Journal of Critical Reviews, 7(4), 393-398.

Abdullayev, A. (2002). O‘zbek adabiy tili me’yorlari. Toshkent: Fan nashriyoti, 34-bet.

Ўзбекистон миллий энциклопедияси. А ҳарфи - Qomus info

Karimov, M. (2010). Sahna nutqi asoslari. Toshkent: San’at nashriyoti, 58-bet.