THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
88
YOSHLARVAZAMONAVIYTEXNOLOGIYALAR
Hazratova Aziza Ko’chkin qizi
Shahrisabz davlat pedagogika instituti talabasi
Email: azizahazratova13@gmail.com
Islomova Zahro Shuhrat qizi
Ilmiy rahbar:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15688360
Annotatsiya:
Ushbu maqolada, bugungi kunda axborot jamiyatida yoshlar
qatlamining dolzarb muammolari va ularga texnologiyalarning ijobiy va salbiy ta
ʼ sirlari haqida yoritilgan.
Kalit soʻ zlar:
zamonaviy texnologiyalar, yoshlarga ta ʼ sir, globa lashuv,
ijtimoiy tarmoqlar, madaniyat, virtual makon, ta ʼ lim, kompyuter.
Abstract:
This article discusses the current problems of the youth in today's
information society and the positive and negative effects of technology on them.
Keywords:
modern technologies, impact on youth, globalization, social
networks, culture, virtual space, education, computer.
Аннотация :
В статье рассматриваются актуальные проблемы
молодежи в современном информационном обществе , а также
положительное и отрицательное влияние технологий на них .
Ключевые слова :
современные технологии , влияние на молодежь ,
глобализация , социальные сети , культура , виртуальное пространство ,
образование , компьютер .
Bilamizki, XXI asr — bu raqamli texnologiyalar asri. Bugungi hayotimizdagi
globalashuv jarayonlari, sun’iy intelekt, internetning keng tarqalishi insoniyat
hayotining barcha sohalariga chuqur kirib bormoqda. Ayniqsa, yoshlar
qatlamining zamonaviy texnologiyalar bilan bevosita aloqasi ularning bilim
olish, muloqot qilish va ish faoliyatidagi yangicha yondashuvlarini
shaklantirmoqda.
Texnologiyalar, bugungi zamonaviy yoshlarning ta’lim olish imkoniyatlarini
kengaytirib, hayotiy tajribalarga asoslanib, ularga global miqyosdagi
ma’lumotlarga erkin kirish imkonini bermoqda. Masalan, onlayn kurslar,
videodarslar, interaktiv ilovalar orqali istalgan sohada bilim olish osonlashdi. Bu
esa o‘z navbatida yoshlarning o‘z ustida ishlashga bo‘lgan qiziqishini
oshirmoqda.
Axborot texnologiyalari bugungi kun hayotimiz uchun juda muhim
hisoblanadi. Texnologiya so’zi lotincha so’zdan olingan bo’lib “ thexnoz”- san’at,
hunar, “logos”- ta’lim degan ma’nolarni anglatadi. Bundan tashqari, Zamonaviy
telekommunikatsiya vositalari imkoniyatlari juda keng tizim hisoblanib, unga
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
89
informatika, raqamli iqtisodiyot va hisoblash texnikasi asoslari fanidan ma’lum
bo’lgan turli xil ijtimoiy tarmoqlar, kompyuter va multimedia vositalari,
kompyuter tarmoqlari internet kabi tushunchalardan tashqari yangi
tushunchalar ham kiradi.
Bugungi kunda, dunyodagi yoshlarning katta qismi zamonaviy
texnologiyalardan, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanadi va ularga juda ham qaram
bo’lib qolishi kuzatilmoqda. Bu holatni ko’proq ijobiy tomonlari ko’pmi yoki
salbiy? Buning natijasida insoniyat nimaga duch kelyapti? Nima uchun ijtimoiy
tarmoqlardan foydalanish kerak?
Albatta, zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning ko’plab ijobiy va
salbiy jihatlari bor. Avvalo, ijobiy jihatlaridan boshlasak, zamonaviy
texnologiyalardan foydalanish bugungi hayotimizning bir muhim bo’lagi
hisoblanadi, chunki zamonaviy texnologiyalar sababli insonlarning og’iri yengil
bo’lyapti, uzog’i yaqin bo’lyapti. Turli xil ishlarni zamonaviy texnologiyalarda
bajarish har bir inson uchun juda ham samarali. Ayniqsa, sun’iy intelekt
tomonidan bajarilayotgan ishlar va bizning xohishlarimizni a’lo darajada
qondirilishi buning yaqqol namoyondasi hisoblanadi. Misol uchun, oddiygina
sensorli telefon ham zamonaviy texnologiya hisoblanadi. Bu telefonsiz esa hech
bir inson hayotini tasavvur qilolmaydigan darajaga yetib qoldi. Uzoqdagi
tanishlariz bilan video chat orqali gaplashish va ularni diydorini ko’rish albatta
hayajonli holat, bu ham bir foydali tarmoq, shunday emasmi?
Bundan tashqari, albatta, zamonaviy texnologiyalar va ijtimoiy
tarmoqlardan foydalanishning salbiy tomonlari ham yo’q emas. Zamonaviy
dunyoda biz barcha tarafdan zamonaviy texnologiyalar bilan o’ralganmiz. Va
zamonaviy texnologiyalar kundalik hayotimizning bir qismiga aylanib qolgan.
1969-yilda Internet qurilishi tamoyilari qo’lanila boshlaydi. Shu paytdan boshlab
bu sohadagi texnologiyalar ancha tez rivojlana boshlaydi. Turli xil mikrosxemali
texnologiyalar ishlab chiqarila boshlaydi va uning sotilishi ham ommaviylashib
boradi. Barcha olimlar bunga juda chuqur kirib ketadi va ishlab chiqarishga
puxta yondashadiki, ko’pchilik ilm-fanning ushbu so’nggi yutuqlarining haqiqiy
narxi haqida o’ylashga vaqtlari yo’q. Elektron nurlanish va radio to’lqinlarining
inson salomatligiga ta’siridan boshlashingiz kerak. Dunyo bo’ylab ko’plab
korxonalar, agentliklar va idoralar tadqiqotlar o’tkazdilar, bu tadqiqotlar
natijalariga ko’ra turli xil gadjetlarning insonlarga qanday Zarar yetkazayotgani
kabi savolarga aniq javob berish mumkin emas. Ammo, bu kabi kamchiliklarni
ko’rib chiqsa bo’ladi. Radio to’lqinlari ta’sirlari haqida gapiradigan bo’lsak, inson
terisi radio to’lqinlarini yutish qobiliyatiga ega, bundan tashqari, issiqlik hosil
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
90
qiladi va buni tajribalarda ham isbotlash mumkin bo’ladi, inson tanasi esa
haroratning 4 darajaga ko’tarilishiga bardosh bera oladi. Shuning uchun, juda
kuchli radio to’lqinlarning ta’siri inson tanasi uchun zarar.
Xulosa qilib aytganda, zamonaviy texnologiyalar yoshlar hayotining
ajralmas qismiga aylangan. Ular nafaqat o‘qish, muloqot va o‘yin-kulguda, balki
shaxsiy rivojlanish va kelajak kasbini tanlashda ham muhim rol o‘ynaydi. Ammo
texnologiyalardan to‘g‘ri va samarali foydalanish yoshlarning ma’naviy-axloqiy
rivoji, tafakkuri va ijodkorligini oshirishda muhim omil bo‘lishi kerak. Shu bois,
texnologiyalarni faqat iste’mol qiluvchi emas, balki ularni yaratuvchi va
boshqaruvchi yosh avlodni tarbiyalash bugungi kunning asosiy vazifalaridan
biridir.
Foydalanilganadabiyotlar:
1.
Muqumov
Z.S.
TEXNIKA
VA
TEXNOLOGIYALAR
SOXASIDAGI
INNOVATSIYALAR 2023.
2. Hakimov O. DESCRIPTION OF SOCIAL SERVICES FOR THE ADAPTATION OF
CHILDREN WITH DISABLITIES IN SOCIETY// International Journal of
Contemporary Scientific and Technical Research. 2023.-T.1- N: 2
3. Khakimov O., Jaloliddinova S. IMPACT OF DEPRESSION ON HUMAN LIFE//
social sciences.
4. Aripova, Z. S. Philosophy as a unity of scientific and non-scientific knowledge
/ Z. S. Aripova // Экономика и социум .– 2022 5. Ortiqov A. O’zbekistonda fanni
rivojlantirish va yuqori texnologiyalarni tezkor joriy etish muammolari,
Iqtisodiyot va ta’lim jurnali