Авторы

  • Izzatilla Nasirov
    Jazoni ijro etish faoliyati kafedrasi, katta o‘qituvchisi, mayor
  • Amirbek Sa’dulloyev
    Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 3-oʻquv kursi kursanti,

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tafps.109025

Ключевые слова:

Konstitutsiya islohot qiynoqqa solinishi zoʻravonlikka shafqatsizlik qadr-qimmat qonunchilik.

Аннотация

Soʻngi yillarda mamlakatimizda inson manfaatlari, huquqlari erkinligini himoya qilish, sud-huquq sohasida shaffoflikni yaratish borasida bir qator amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida jinoyat–ijroiya qonunchiligiga ham bir qator ishlar amalga oshirilayotganini koʻrishimiz mumkin. Olib borilayotgan islohotlar natijasida mamlakatimizda inson huquq va erkinliklari yanada yuqorilandi.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

22

JAZONI IJRO ETISH MUASSASALARIDA QIYNOQ HOLATLARINI

OLDINI OLISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH YUZASIDAN

QILINAYOTGAN ISLOHOTLAR

Nasirov Izzatilla Sunnat o‘g‘li

Jazoni ijro etish faoliyati kafedrasi, katta o‘qituvchisi, mayor

Sa’dulloyev Amirbek Dehqon oʻgʻli

Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 3-oʻquv kursi kursanti,

https://doi.org/10.5281/zenodo.15672803

Annotatsiya:

Soʻngi yillarda mamlakatimizda inson manfaatlari, huquqlari

erkinligini himoya qilish, sud-huquq sohasida shaffoflikni yaratish borasida bir
qator amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida jinoyat–ijroiya qonunchiligiga
ham bir qator ishlar amalga oshirilayotganini koʻrishimiz mumkin. Olib
borilayotgan islohotlar natijasida mamlakatimizda inson huquq va erkinliklari
yanada yuqorilandi.

Kalit soʻzlar:

Konstitutsiya, islohot, qiynoqqa solinishi, zoʻravonlikka,

shafqatsizlik, qadr-qimmat, qonunchilik.

Аннотация

: В результате ряда реформ, проводимых в последние годы

в нашей стране по защите интересов, прав и свобод человека, созданию
прозрачности в судебно-правовой сфере, мы видим, что в уголовно-
исполнительном законодательстве также проводится ряд работ. В
результате проводимых реформ права и свободы человека в нашей стране
достигли высокого уровня.

Ключевые слова:

Конституция, реформа, пытки, насилие, жестокость,

достоинство, законодательство.

Mavzuni dolzarbligi

: So‘ngi yillarda butun dunyoda inson huquqlarini

ta’minlashga qaratilgan bir qator ishlar amalga oshirildi. Shuningdek yurtimizda
ham inson huquqlarini ta’minlashda amalga oshirilayotgan islohotlarning tub
zamirida inson huquqlari uning erkinliklari, sha’ni-qadr-qimmati yotadi.
Bugungi kunga kelib tergov jarayonida, jazoni ijro etish muassasalarida va
harakat erkinligi cheklangan joylarda ushlab turilgan shaxslar va mahkumlarni
sha’ni hamda qadr-qimmatini kamsitib qiynoqqa solish holatlariga qarshi bir
qator chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.

Bugungi kunda Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning

barchasi inson manfaatlarini ulug‘lash, ularning huquqlari, erkinliklari
va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, ularni jinsi, tili, dini, ijtimoiy
kelib chiqishidan qat’iy nazar qadr-qimmati kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik
shaxslarning huquq va erkinliklarini to‘liq amalga oshira olishi, fuqarolarning
qonun oldida tengligi masalalarini ta’minlash yotibdi. Buning isboti sifatida


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

23

O‘zbekiston Respublikasi yangi tahrirdagi Konstitutsiyasining 26-moddasida
“O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi,
unga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa
ajralmas huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklar
Konstitutsiya hamda qonunlar bilan himoya qilinadi” milliy qonunchiligimizni
asosiy manbasida belgilab qo’yilgan. So‘ngi yillarda sud-huquq tizimida amalga
oshirilayotgan ishlar natijasida inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash
oldingi o‘rinlarga chiqarilmoqda.

Mamlakatimizda inson huquqlarini ta’minlash borasida qiynoq holatlariga

chek qo‘yishda bir qator islohotlar amalga oshirilayotganligini ko‘rishimiz
mumkin.

Qiynoq tushunchasi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 235-moddasi

quyidagicha ta’rif berilgan. “Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz g‘ayriinsoniy
yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala bo‘lish hamda og‘ir jazo turlarini
qo’llash ya’ni ma’muriy qamoqqa olingan shaxsga shuningdek, gumon
qilinuvchiga ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga, guvohga, jabrlanuvchiga
jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilariga yoxud ularning yaqin
qarindoshlariga ulardan yoki boshqa uchinchi shaxsdan biron-bir axborot olish,
jinoyat sodir etganligida iqrorlik ko‘rsatuvi olish maqsadida ularni sodir etilgan
qilmish uchun o‘zboshimchalik bilan jazolash yoxud biror-bir harakatni sodir
etishga majburlash maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organning yoki
boshqa davlat organining xodimi tomonidan yoxud dalolatchiligida yoki
xabardorligida yoxud indamay bergan roziligi bilan boshqa shaxslar tomonidan
qo‘rqitish, urish do‘pposlash, qiynash, azob berish yo‘li bilan qonunga xilof
boshqa harakatlar sodir etilgan qonunga xilof ruhiy, psixologik, jismoniy bosim
o‘tkazish yoki boshqacha tarzda bosim o‘tkazish”

1

. Aynan yurtimizda amalga

oshirilayotgan ishlar natijasi yurtimizda qiynoq holatlarini oldini olish unga
qarshi kurashish hisoblanadi.

Birlashgan Millatlar tashkiloti tomonidan 1984-yil 10-dekabrda qabul

qilingan “Qiynoqlarga hamda muomala va jazolashning boshqa shafqatsiz,
g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsitadigan turlariga qarshi konvensiyaning
1-moddasida “Ushbu Konvensiyada qiynoqning ta’rifi shunday istalgan
harakatni anglatadi-ki, u bilan qandaydir shaxsga undan yoki uchinchi shaxsdan
ma’lumotlar yoki e’tirof olish, uni u yoki uchinchi shaxs sodir etgan yoki sodir
etishda u gumon qilinadigan harakat uchun jazolash shuningdek, uni yoki
uchinchi shaxsni qo‘rqitish, zo‘rlash maqsadida, yoki bunday og‘riq yoki azob


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

24

davlatning mansabdor shaxsi yoki rasmiy sifatdagi boshqa shaxs, ularning
xabardorligida yoki indamay roziligi bilan har qanday tusdagi kamsitish
asoslangan istalgan sabab bo‘yicha ataylab kuchli og‘riq va azob berilishi
mumkin. Bu ta’rifga qonuniy sanksiyalar natijasida paydo bo‘ladigan shu
sanksiyalardan ajralmas yoki ulardan tasodifan chiqqan og‘riq yoki azoblar
kirmaydi

2

deb belgilab o‘tilgan. O‘rnatilgan normalardan shuni ko‘rishimiz

mumkinki, qiynoq shaxsni uning erkinligi cheklangan paytda yoki joyda davlat
organi xodimlari tomonidan qandaydir maqsadni ko‘zlab yoki g‘arazli
maqsadda, o‘zaro dushmanlik kayfiyatida ushlab turilgan shaxslar, mahkumlarni
jismoniy, ruhiy bosim o‘tkazish, urish, do‘pposlash kabi qiynoq va uning turlarini
misol qilib olishimiz mumkin.

Qiynoq holatlari qayerlarda uchrashi mumkin? O‘zbekiston Respublikasi

Prezidenti tomonidan 2021-yilda 26-iyun “Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash
va ularning oldini olish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida’’gi PQ-5163-son qaror imzolandi. Ushbu qarorning 2-
bandida quyidagi joylarda qiynoqqa solishning oldini olish bo‘yicha monitoring
olib borish belgilangan: gauptvaxta, maxsus qabulxona, vaqtincha saqlash
hibsxonasi, tergov hibsxonasi, jazoni ijro etish muassasasi, intizomiy qism,
majburiy davolash muassasalarida.

Ushlab turilgan shaxs -

Jinoyat sodir etganlikda gumon qilinib,

O‘zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasida
nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha ushlab turilgan shaxs.

Qamoqqa olingan shaxs -

O‘zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual

kodeksining normalarga muvofiq o‘ziga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi
ehtiyot chorasi qo‘llanilgan shaxslarni qamoqda saqlash

3

.

Qiynoqdan ko‘zlagan maqsad:

Biror bir axborot yoki jinoyat sodir

etganligiga iqrorlik ko‘rsatuvi olish, kishini sodir etilgan qilmish uchun
o‘zboshimchalik bilan jazolash yoxud biror bir harakatni sodir etishga
majburlash maqsadida davlat organlari xodimalari tomonidan, mansabdor
shaxslar tomonidan sodir etiladi.

Mansabdor shaxs:

Mansabdor shaxs davlat organlarida o‘z xizmat

vazifasini bajarayotgan muayyan vakolatga ega bo‘lgan jismoniy shaxs (masalan,
surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, Ichki ishlar organi xodimi).

Taʼqiqlangan harakatlar:

Ruhiy yoki jismoniy taʼsir koʼrsatish (masalan,

qoʼrqitish, urish, do‘pposlash, qiynash, azob berish yoki qonunga xilof boshqa
harakatlar) hisoblanadi.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

25

Rivojlanib borayotgan davrda jahonning barcha davlatlarida inson

huquqlari, erkinliklarini ta’minllash, ularning ijtimoiy kelib chiqishi, oilaviy
ahvoli, fuqaroligidan qat’iy nazar umume’tirof etgan normalarga asoslangan
holda insonlarning barcha huquqlari ta’minllanishi zarurdir. O‘zbekiston
Respublikasi yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi 26-moddasiga binoan, “Hech kim
qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini
kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin yemas. Qiynoqqa
solish va boshqa shafqatsiz, gʼayriinsoniy yoki qadr-qimmatni tahqirlovchi
muomala qatʼiyan taʼqiqlanadi”.

4

Ushbu normada O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan chet el

fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar har qanday holatda ham ularga nisbat
qiynoq va uning ko‘rinishidagi holatlarga uchrashlari mumkin emas. O‘zbekiston
Respublikasi BMTning 1984-yil 10-dekabrda qabul qilingan “Qiynoqlarga
hamda muomala va jazolashning boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-
qimmatni kamsitadigan turlariga qarshi” Konvensiyaning 2-moddasida:

1. Har bir ishtirokchi davlat uning yurisdiksiyasidagi istalgan hududda

qiynoq harakatlarining oldini olish uchun samarali qonun chiqarish, ma’muriy,
sudlov va boshqa choralarni ko‘radi.

2. Hech qanday favqulodda holatlar, ular qanday bo‘lmasin: xoh, urush

holatimi yoki urush xavfimi, ichki siyosiy beqarorlikmi yoki boshqa istalgan
favqulodda holatmi ekanligidan qat’iy nazar, qiynoqni oqlashga xizmat
qilolmaydi.

3. Yuqori turgan boshliq yoki davlat hokimiyatining buyrug‘i qiynoqni

oqlashga xizmat qilolmaydi.”

5

Ushbu xalqaro normani ratifikatsiya qilgan

davlatlar tomonidan ushbu xalqaro hujjat qoidalari to‘liq shartlarda bajarilishi
lozim.

Normada ko‘rsatib o‘tilganidek qiynoq va uning holatni oldini olish

maqsadida har bir ishtirokchi davlat qiynoq hamda uning ko‘rinishlarini oldini
olish yuzasidan ichki normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat ijroiya kodeksi 4-modda (Jinoyat-ijroiya
qonunchiligi va xalqaro-huquqiy hujjatlar)” Jinoyat-ijroiya qonunchiligi xalqaro
huquqning jazoni ijro etish va mahkumlar bilan muomalada bo‘lishga taalluqli
prinsiplari va normalarini inobatga oladi. Jinoyat-ijroiya qonunchiligining
normalari mahkumlarni qiynoqqa solish va boshqa g‘ayriinsoniy yoki
kamsituvchi muomala turlaridan himoya qilish to‘g‘risidagi xalqaro hujjatlarga
zid bo‘lishi mumkin emas. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro



background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

26

shartnomasida jinoyat-ijroiya qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha
qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnomaning qoidalari qo’llaniladi”.

6

Ushbu normada milliy qonunchilik hujjatlari xalqaro qonunchilik hujjatlariga
asosan qabul qiladi. Agarda milliy qonunchilik normalari xalqaro qonunchilik
normalari o‘zaro zid bo‘lsa xalqaro qonunchilik normalariga asoslanadi.

Qiynoqlarni oldini olish, unga qarshi kurashish davlatga nima foyda

beradi? degan savolga quyidagicha javob berishimiz mumkin. Ya’ni butun dunyo
davlatlari tomonida bugungi kunga kelib inson huquqlari davlat va jamiyat
boshqaruvida alohida o‘rin kasb etmoqda. Xususan jazoni ijro etish
muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar, qamoqqa olingan
shaxslarning huquqlarni-erkinliklarini ta’minlash, jazoni o‘tash davrida ham
fuqarolik huquqlarida foydalana olishlari mumkin. Mahkum barcha fuqaroviy
huquqlardan istisno va cheklovlarni inobatga olgan holda foydalanadi. Uning
huquqiy maqomi O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida
berilgan. Mahkum fuqaroviy, mulkiy, vorislik, mualliflik, kashfiyotchilik, mehnat,
uy-joy huquqlariga ega.

Mahkum jazoni o‘tash tartibi va shartlari, o‘z huquq va majburiyatlari

to‘g‘risida axborot olish, o‘quv, badiiy va boshqa turdagi materiallardan
foydalanish, sog‘lig‘ini saqlash, shu jumladan, ambulatoriya va statsionar
sharoitida davolanish, advokatlardan malakali yuridik yordam olishi mumkin.
Mahkumlarning ushbu huquqlari jahon hamjamiyati tomonidan qabul qilingan
normalarga muvofiq bo‘lishi lozim. Xususan “Inson huquqlari Umumjahon
deklaratsiyasi” (1948-yil 10-dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh
Assambleyasining 217-A (III) ko'rsatmasi orqali qabul qilingan va e'lon
qilingan.), “Bola huquqlari to’g’risida”gi konvensiya (BMT Bosh Assambleyasi
tomonidan 1989-yil 20-noyabrda qabul qilingan.), Birlashgan Millatlar
Tashkilotining mahkumlar bilan muomala qilishning minimal standart qoidalari
(Nelson Mandela qoidalari) (2015) va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda
mustahkamlangan.

Yuqoridagi normalarning ijrosini to‘liq taminllash maqsadida ishchi

guruhlar tomonidan qiynoq holatlarini aniqlash va uning oldini olish bilan
bog‘liq murojaatlarni tezkor ko‘rib chiqish BMTning ustav organlari va
shartnomaviy qo‘mitalari tavsiyalarini hamda inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va
ularning oldini olish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Ombudsman huzurida qiynoqqa solish


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

27

holatlarini aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha jamoatchilik guruhlari
tashkil etildi. Aynan shu guruhlar tarkibida xalqaro vakillar ham ishtirok
etishlari normativ-huquqiy hujjatlarda belgilab o‘tilgan. 2021-yil 26-iyunda
qabul qilingan “Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish
tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror
qiynoqqa

solishning

oldini

olish

borasida

xalqaro

tashkilotlar

va xorijiy davlatlarning milliy institutlari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish

7

belgilab o‘tilgan.

Bugungi kunda shaxslarning erkinligi cheklangan joylarda ushlab turilgan

shaxslarga nisbatan qiynoq va uning har qanday ko‘rinishlari uchraydigan
taqdirda, ushlab turilgan shaxslar tomonidan yuqori turuvchi tashkilotlarga
murojaat qilishning sustligi yoki bu tizim yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligini
ko‘rishimiz mumkin.

Murojaat tizimini yaxshilash maqsadida shaxslarning erkinliklari

cheklangan joylarda elektron murojaatlarni yo‘lga qo‘yish qiynoq holatlarini
oldini olishda katta ahamiyat kasb etadi.

Xulosa

Jazoni ijro etish muassasalarida qiynoqlarni oldini olish va samaradorlikni

oshirishga qaratilgan islohotlar kompleks va ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, ularning
asosiy maqsadi inson huquqlarini himoya qilish va jinoyatlarni qayta sodir etish
ehtimolini kamaytirishdir. Muassasalar infratuzilmasini yangilash, xodimlarni
o‘qitish, xalqaro standartlarga rioya qilish va mustaqil monitoring tizimlarini
joriy etish islohotlarning asosiy yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Shu bilan birga,
elektron monitoring va raqamli texnologiyalarning joriy etilishi, mahkumlarga
kasb-hunar o‘rganish va psixologik yordam ko‘rsatish, shuningdek, huquqiy
islohotlar samarali natijalar berishga xizmat qilmoqda.

Bularning barchasi jazoni ijro etish tizimida qiynoqlarni oldini olish

va tizimning samaradorligini oshirishga qaratilgan qat'iy va uzluksiz
harakatlarning bir qismi sifatida amalga oshirilmoqda. Ushbu islohotlar nafaqat
mahkumlar huquqlarini himoya qilish, balki jamiyat xavfsizligini ta'minlash
hamda muassasalarda adolat va insonparvarlik prinsiplarini mustahkamlashga
yordam beradi.

Shu tariqa, amalga oshirilayotgan islohotlar jazoni ijro etish tizimining

yanada samarali va adolatli bo‘lishini ta'minlashga qaratilgan bo‘lib, ular uzoq
muddatli ijobiy o‘zgarishlarga olib keladi.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

28

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat protsessual kodeksi //
https://lex.uz/docs/161253 // (murojaat vaqti: 01.04.2025-yil).
2. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi // https://lex.uz/docs/111453
// (murojaat vaqti: 01.04.2025-yil).
3.

O‘zbekiston

Respublikasi

Jinoyat-ijroiya

kodeksi

//

https://lex.uz/docs/163629 // (murojaat vaqti: 01.04.2025-yil).
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 noyabrdagi “Jinoyat-
ijroiya qonunchiligini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-
4006-sonli qaror // https://lex.uz/docs/4045443 // (elektron bazaga murojaat
vaqti: 01.04.2025-yil).
5. M.X.Rustamboyev.“O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga sharhlar”.
Umumiy qism. 1-kitob Toshkent. Yuridik adabiyotlar publish. 2021.
6. Nasirov I., To‘rayev Q. Jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarning
murojaatlari bilan ishlashni takomillashtirish //Общественные науки в
современном мире: теоретические и практические исследования. – 2024. –
Т. 3. – №. 12. – С. 99-104.
7. Носиров И., Жабборов Т. Жазони ижро этиш муассасаларидан озод
килинаётган маҳкумларни ижтимоий реабилитaцияси ва адаптaциясини
амалга оширишнинг тушунчаси ва мохияти //Наука и технология в
современном мире. – 2022. – Т. 1. – №. 7. – С. 361-370.
8.

O‘zbekiston

Respublikasining

Konstitutsiyasi

//

URL:

https://lex.uz/docs/20596 (Murojaat vaqt: 29.01.2025-yil).
9. Nasirov I. Typology of women released from penal jurisdiction //International
Bulletin of Applied Science and Technology. – 2023. – Т. 3. – №. 4. – С. 219-224.
10. Насиров И., Абдуғафуров Ж. Жазони ижро этиш муассасаларида
маҳкумларнинг психологияси ва ижтимоий мослашуви //Академические
исследования в современной науке. – 2024. – Т. 3. – №. 14. – С. 157-161.
11. Насиров, Иззатилла, and Мўминжон Муродкулов. "Жазони ижро этиш
муассасаларида маҳкумларни касб-ҳунарга ўқитиш бўйича хорижий
давлатларининг тажрибаси." Development of pedagogical technologies in
modern sciences 3.6 (2024): 104-109.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat protsessual kodeksi // https://lex.uz/docs/161253 // (murojaat vaqti: 01.04.2025-yil).

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi // https://lex.uz/docs/111453 // (murojaat vaqti: 01.04.2025-yil).

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi // https://lex.uz/docs/163629 // (murojaat vaqti: 01.04.2025-yil).

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 noyabrdagi “Jinoyat-ijroiya qonunchiligini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4006-sonli qaror // https://lex.uz/docs/4045443 // (elektron bazaga murojaat vaqti: 01.04.2025-yil).

M.X.Rustamboyev.“O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga sharhlar”. Umumiy qism. 1-kitob Toshkent. Yuridik adabiyotlar publish. 2021.

Nasirov I., To‘rayev Q. Jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarning murojaatlari bilan ishlashni takomillashtirish //Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования. – 2024. – Т. 3. – №. 12. – С. 99-104.

Носиров И., Жабборов Т. Жазони ижро этиш муассасаларидан озод килинаётган маҳкумларни ижтимоий реабилитaцияси ва адаптaциясини амалга оширишнинг тушунчаси ва мохияти //Наука и технология в современном мире. – 2022. – Т. 1. – №. 7. – С. 361-370.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi // URL: https://lex.uz/docs/20596 (Murojaat vaqt: 29.01.2025-yil).

Nasirov I. Typology of women released from penal jurisdiction //International Bulletin of Applied Science and Technology. – 2023. – Т. 3. – №. 4. – С. 219-224.

Насиров И., Абдуғафуров Ж. Жазони ижро этиш муассасаларида маҳкумларнинг психологияси ва ижтимоий мослашуви //Академические исследования в современной науке. – 2024. – Т. 3. – №. 14. – С. 157-161.

Насиров, Иззатилла, and Мўминжон Муродкулов. "Жазони ижро этиш муассасаларида маҳкумларни касб-ҳунарга ўқитиш бўйича хорижий давлатларининг тажрибаси." Development of pedagogical technologies in modern sciences 3.6 (2024): 104-109.