THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
9
AFROSIYOB ARXEOLOGIK YODGORLIGINING DUNYO MIQYOSIDA
TUTGAN O’RNI
Ra’no Ergasheva Muzaffarbek qizi
Namangan davlat universiteti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15672496
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Afrosiyob yodgorligining geografik
joylashuvining o’rganilishi, dunyo miqyosidagi o’rni, avvalo, uning arxitekturasi,
san’ati va tarixiy ahamiyati bilan bog’liqligi to’g’risidagi ma’lumotlar bayon
qilingan. Yodgorlikdan topilgan artefaktlar, freso va boshqa san’at asarlari
qadimgi O’rta Osiyo madaniyatining boyligini ko’rsatgan. Shuningdek, Afrosiyob
tarixiy yo’llar, savdo va madaniy almashinuv markazi sifatida ham muhim rol
o’ynagan. Bu joy, shuningdek, tarixiy tadqiqotlar va arxeologik ishlanmalarda
muhim ma’lumot manbai bo’lib, insoniyatning madaniy merosini o’rganishda
katta ahamiyatga ega. Uning o’rni dunyo merosi ro’yxatiga kiritilgan boshqa
qadimiy yodgorliklar bilan bir qatorda, turizm va ilmiy tadqiqotlar uchun
jozibador manzil hisoblanadi.
Kalit so’zlari:
Afrosiyob, YUNESKO, ark, darvoza, devoriy suratlar, xorijiy
davlatlar.
Abstract:
This article describes the study of the geographical location of the
Afrosiyab monument, its place on the world scale, and, first of all, information
about its architecture, art and historical significance. Artifacts, frescoes and
other works of art found in the monument show the richness of ancient Central
Asian culture. Afrosiyab also played an important role as a center of historical
routes, trade and cultural exchange. This place is also an important source of
information in historical research and archaeological developments, and is of
great importance in the study of the cultural heritage of mankind. World
heritage has played its role. This place is also an important source of information
in historical research and archaeological developments, and is of the cultural
heritage of mankind. Its location, along with other ancient monuments on the
World Heritage List, is an attractive destination for tourism and scientific
research.
Keywords:
Afrosiyab, UNESKO, arch, gate, murals, foreign countries.
Аннотация:
В данной статье описано исследование географического
положения памятника Афросиаба, его места в мировом масштабе и,
прежде всего, сведения о его архитектуре, художественном и
историческом значении. Артефакты, фрески и другие произведения
искусства, найденные в памятнике, свидительствуют о богатстве древней
среднеазиатской культуры. Афросиаб также играл важную роль как центр
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
10
исторических маршрутов, торговли и культурного обмена. Это место
также является важным источником информации в исторических
разработках, а также имеет большое значение в изучении культурного
наследия человечества. Мировое наследие сыграло свою роль. Это место
также является важным источником информации в исторических
исследованиях и археологических разработках, а также имеет большое
значение в изучении культурного наследия человечества. Его
расположение, наряду с другими древними памятниками, включенными в
Список всемирного наследия, является привлекательным местом для
туризма и научных исследований.
Ключевые слова:
Афросиаб, ЮНЕСКО, арка, ворота, фрески,
зарубежные страны.
“Samarqand yerlari bepayon va unumdor bo’lib, juda barakali hosil beradi.
Gullar va mevalari haddan tashqari serob. Odamlari san’at va
hunarmandchilikda dong taratgan”, deb yozadi VII asrda yashagan xitoylik
buddaviy missioner Syuan Szyan o’z kundaligida. X asrda taniqli arab geografi
Istaxriy Sharqning juda ko’p mamlakatlari bilan yaqindan tanishgan. U
Samarqandni “Alloh yaratgan eng suyukli yurtlardan biri”, deb ta’riflab, uni eng
shirin, jannatiy mevalar yetishtiriladigan “yer yuzidagi rohatbaxsh joy”, deb
atagan.
Arxeologlarning ko’p yillik qazishmalari, nihoyat, shaharning dastlabki
madaniy qatlamlarigacha yetib borib, undagi nafaqat madaniy qatlam tizmalari,
shu bilan birgalikda istehkom-inshoot qoldiqlari, turar joylar, ro’zg’or buyumlari
va zeb-ziynat buyumlari yuqori qatlamlarda uchramagan.
O’zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida juda faollashgan
tadqiqotlar ko’lami va ularning ilmiy samarasi tufayli, O’zbekiston arxeologiyasi
dunyo ilm-fan darajasiga ko’ratildi. Bunday natija esa, o’z navbatida, davlat
arxeologiyasi uchun dunyodagi yetakchi markazlar bilan ilmiy hamkorlik
o’rnatishga, teng huquqli asosda shartnomalar tuzishga zamin yaratdi. Ayni
paytda, O’zbekiston hududida – Avstraliya, AQSH, Germaniya, Italiya, Polsha,
Chexiya, Rossiya, Fransiya, Yaponiya kabi davlatlarning arxeolog olimlari bilan
hamkorlikda, xalqaro miqyosda, arxeologik tadqiqotlar olib borilmoqda.
2019–yil 4–oktabrdagi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining
“Moddiy madaniy merosning ko’chmas mulk obyektlari milliy ro’yxatini
tasdiqlash to’g’risida”gi 846–sonli qarorida mamlakat hududidagi arxeologik
yodgorliklarda qidiruv va qazuv ishlarini amalga oshirilishi uchun ma’lumotlar
berib o’tilgan.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
11
Shunday qarorlar natijasida bugungi kunda Fransiya Respublikasi Ilmiy
Tadqiqotlar Milliy Markazi (UMR – 126,6) bilan hamkorlikda tashkil etilgan
O’zbekiston – Fransiya – Sug’diyona xalqaro ekspeditsiyasi qadimgi Afrosiyob
yodgorligida keng miqyosda arxeologik qazishma ishlari olib borilmoqda.
TADQIQOT
Afrosiyob yodgorligi hozirgi Samarqandning shimoli-sharqida joylashgan.
Obyekt mil.avv. XIII-VII asrlarga taalluqli bo’lib, maydoni 219 ga.ni tashkil etadi.
Shahar dastlab tuproq bilan, keyinchalik xom g’ishtdan qurilgan devor bilan
o’rab olingan. Devorning ma’lum joylarida o’q otish uchun mo’ljallangan
shinaklari bo’lgan. Shimolda joylashgan 19 ga.ni tashkil qilgan ark qismi
qo’shimcha ravishda ham mustahkamlangan edi. Ark qismining qurilish
ishlarida mil.avv.VIII-VII asrlar uchun g’oyat xususiyatli bo’lgan guvalaksimon
g’ishtlardan foydalanilganligi aniqlangan. Afrosiyobning umumiy 4 ta darvozasi
bo’lib, shimolda – Buxoro, sharqda – Xitoy, janubda – Kesh, g’arbda – Navbahor
darvozalari nomi bilan atalgan. Shaharning dastlabki tarixi haqida yozma
manbalarda ma’lumotlar kam uchraydi. Bu yerda o’tkazilayotgan qazuv ishlari
esa ma’lumotlar miqdorini ko’paytirmoqda.
Afrosiyob nomining kelib chiqishi haqida turli rivoyatlar mavjud. Masalan:
A.V.Shishkinning yozishicha, XVII-XVIII asrlarda bu joyning nomi podsho
Afrosiyob haqidagi afsonalar bilan bog’langan. Unga ko’ra, qadim zamonlardagi
shahar uning rezidensiyalaridan biri bo’lgan. O’sha davrdan boshlab tepalik
“Afrosiyob” degan nom bilan xalq orasida mashxur bo’lgan. Ushbu xaroba
nomining lug’aviy ma’nosi va kelib chiqishi masalasida olimlar o’rtasida hozirgi
kunga qadar ham bir fikrga kelinmagan. Ulardan haqiqatga yaqinroq keladigan
fikrni Leningradlik mashxur so’g’dshunos olim V.A.Livshid aytgan: “Afrosiyob” –
“apar” va “shavar” so’zlari birikmasidan iborat bo’lib, “qora suv ostidagi shahar”
yoki “Siyob atrofidagi yerlar” degan ma’noni bildiradi [1. B – 10].
Afrosiyob va uning topilmalariga qiziqish 1868-yilda Rossiya Imperiyasi
tomonidan Samarqand bosib olingandan so’ng boshlangan. Bu yerdagi dastlabki
qazuv ishlari bilan 1874-yilda mayor Borzenkov, 1883-yilda podpolkovnik
V.V.Krestovskiy, 1884-1885, 1895-yillarda sharqshunos olim N.I.Veselovskiy,
1904-yilda V.V.Bartold, 1905, 1912-1913-yillarda V.L.Vyatkin kabi olimlar
shug’ullangan [2. B – 796].
Afrosiyob devoriy rasmlari qazilma natijasida topilgan mahobatli rang-
tasvirning noyob na’munalaridan biri bo’lgan. O’zbek arxeologlari 30 ga yaqin
saroy xonasini ochishga muvaffaq bo’lgan, bu xonalarning ko’plari devoriy
rasmlar, naqshlar bilan bezatilgan. Xona devorlariga ishlangan rasmlarda to’y
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
12
marosimi, Sug’d hukmdorining xorijiy davlatlarning elchilarini qabul qilishi, bu
elchilarning yo’ldagi sarguzashtlari, yirtqich hayvonlar bilan olishuv, ov
manzaralari, afsonaviy maxluqlar bilan tasvirlangan. Ushbu devoriy suratlarning
“Elchilar xonasi” deb nomlangan qismi qadimgi davlatlar tarixiga yangilik
kiritishi oydinlashgan. Yanada aniqrog’i, devoriy suratda bir qator qadimiy
davlatlar, jumladan, Koguryo davlatidan tashrif buyurgan elchilar surati ham
tasvirlangan edi.
Ilk o’rta asrlarda O’rta Osiyo xalqlari san’ati devoriy suratlar,
haykaltaroshlik, turli taqinchoq buyumlari orqali izohlangan. Devoriy suratlar
Dilbarjin (Afg’oniston), Varaxsha, Afrosiyob, Panjikentdan topib o’rganilgan
bo’lsa, Kuyovqo’rg’on, Vaxsh vohasi, Chaqaloqtepa (Afg’oniston), Yerqo’rg’ondan
turli hajmdagi haykallar, zargarlik buyumlari topib o’rganilgan. Umuman
olganda, loy bezaklar, sopol, metal idishlar, devoriy suratlar, hatto kiyimlardagi
tasvirlar bu davrda O’rta Osiyodagi tasviriy san’atning rivojidan dalolat bergan
[3. B – 306].
2001-yilda YUNESKOning Finlandiyada o’tkazilgan 25-sessiyasida
Samarqand Madaniyatlar kesishgan shahar sifatida me’moriy-tarixiy
yodgorliklarning Jahon merosi ro’yxatiga kiritildi.
2014-yilda Afrosiyobdagi devoriy suratlarni restavratsiya qilish ishlari
boshlangan. Bu ishni O’zbekiston Respublikasi hamda AQSh, Shvetsariya,
Fransiya va Janubiy Koreya davlatlari ko’magida davom ettirishi aytib o’tilgan.
2015-yilda Janubiy Koreyaning “Shimoli-Sharqiy Osiyo tarixi” fondi
ko’magida mazkur davlat tarixchi olim va mutaxassislari hamkorligida devoriy
suratlarning vaqt ta’sirida yemirilgan qismlarini ham qayta tiklashga kirishilgan.
Shuningdek, yana bir muhim ishga qo’l urilganki, bu O’rta Osiyo tarixida ilk mart
va hatto dunyo tajribasida ham kamdan kam uchraydigan tajribadir. Janubiy
Korey va O’zbekiston olimlari hamkorligida to’liq ilmiy asoslangan holda
qadimiy Afrosiyob shahri o’sha davrda qanday bo’lgan bo’lsa, xuddi o’sha
holatda qayta tiklangan. Aniqrog’i, qadimiy shahar maketi va shahar
ko’rinishining 3D formatdagi videolavhalari ham tayyorlangan.
YUNESKO tomonidan Afrosiyob va uning madaniyatini tan olish, nafaqat
tarixiy ahamiyatni tasdiqlash, balki bu hududda yashagan xalqlarning tarixiy
merosini saqlash va kelajak avlodlarga yetkazish maqsadida olib borilayotgan
sa’y-harakatlarning bir qismi sifatida qaralib kelinadi.
Xulosa qilib shuni aytish lozimki, Afrosiyob – Samarqandning qadimiy
shahri bo’lib, dunyo miqyosida o’zining tarixiy, madaniy va arxeologik ahamiyati
bilan e’tirof etilgan yirik yodgorlikdir. Uning YUNESKO Jahon merosi ro’yxatiga
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
13
kiritilishi, nafaqat O’zbekiston, balki butun insoniyat uchun uning muhimligini
tasdiqlaydi.
Afrosiyob
Samarqandning
tarixiy
rivojlanishida
asosiy
markazlardan biri bo’lgan va uning o’zi bir necha ming yillik madaniyatning
guvohidir. Shunday qilib, bu shahar butun dunyo tarixining ajralmas qismi
sifatida o’zining betakror ahamiyatini saqlab qoladi. Uning madaniy merosi,
xalqlararo aloqalar va rivojlanish tarixining o’rganilishi insoniyat uchun o’ta
muhimdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Шорахимов Ш. Афросиёбга саёхат. – Т. “Ёш гвардия”. 1979. – 30 б.
2.
O’zbekiston
Milliy
ensiklopediyasi.
–
T.
“O’zbekiston
Milliy
ensiklopediyasi”. 2000. – 879 b.
3.
Sagdullayev A. O’zbekiston tarixi. – T. “VNESHINVESTPROM”. 2021. – 624
b.
4.
http://mustaqillik.uz/uz/events/view/132