Авторы

  • Furqat Sodiqov
    Oriental universiteti Tarix kafedrasi dotsenti v.b., t.f.f.d.(PhD)
  • Bexruz Mamarajabov
    Oriental universeteti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tafps.113283

Ключевые слова:

Amir Olimxon Yosh buxoroliklar Fayzulla Xoʻjayev Buxoro Kogon Chorjoy Kolesov Frunze qo‘mita Fitrat Sadriddin Ayniy.

Аннотация

1917-yilda Yosh Buxoroliklar tomonidan tayyorlangan islohotlar manifesti Buxoro amiri tomonidan qabul qilindi. Lekin, qadimchi diniy ulamolarning qarshiligi natijasida bu islohotlar amalga oshmay qoldi. Yosh Buxoroliklar vakillari Buxoroda ta’qib qilindi, zindonga tashlandi. Natijada, Buxorodan qochib ketgan ushbu tashkilot vakillari amirga qarshi siyosiy harakatlarni boshlab yubordi. Ushbu tezisda mazkur jarayonlar haqida ma’lumot beriladi.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

190

“YOSH BUXOROLIKLAR” PARTIYASI HAQIDA AYRIM FIKRLAR

Furqat Sodiqov

Oriental universiteti Tarix

kafedrasi dotsenti v.b., t.f.f.d.(PhD)

Bexruz Mamarajabov

Oriental universeteti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15718090

Annotatsiya

1917-yilda Yosh Buxoroliklar tomonidan tayyorlangan islohotlar manifesti

Buxoro amiri tomonidan qabul qilindi. Lekin, qadimchi diniy ulamolarning
qarshiligi natijasida bu islohotlar amalga oshmay qoldi. Yosh Buxoroliklar
vakillari Buxoroda ta’qib qilindi, zindonga tashlandi. Natijada, Buxorodan qochib
ketgan ushbu tashkilot vakillari amirga qarshi siyosiy harakatlarni boshlab
yubordi. Ushbu tezisda mazkur jarayonlar haqida ma’lumot beriladi.

Kalit soʻzlar:

Amir Olimxon, Yosh buxoroliklar, Fayzulla Xoʻjayev, Buxoro,

Kogon, Chorjoy, Kolesov, Frunze, qo‘mita, Fitrat, Sadriddin Ayniy.\

Buxoroda dastlab „Tarbiyai atfol“ („Bolalar tarbiyasi“) maxfiy jamiyati

shaklida tuzilgan tashkilot, 1910-20-yillarda „Yosh buxoroliklar“ partiyasi deb
atalgan. Unga taraqqiyparvar ziyolilar, savdogarlar va shahar kambagʻallari
vakillari kirgan. Ular mavjud amirlik tuzumi doirasida demokratik islohotlar
oʻtkazish, konstitutsiyaviy monarxiya oʻrnatish orqali amirning mutlaq
hokimligini cheklab qoʻyish tarafdori boʻlgan. 1917-yilda mazkur harakat
vakillari tomonidan 150 ta yacheyka shakllantirdi. Har bir yachaykada12 kishilik
kichik guruhlardan iborat edi

1

. Ushbu kichik guruhlar asosida sekin-astalik

bilan “Yosh buxoroliklar” safi kengayib bordi. 1916-1917 yillarda 12 kishidan
iborat “Yosh buxoroliklar” Markaziy Qoʻmitasi tashkil qilingan. Mazkur
partiyaning mustahkamlanishiga Abdurauf Fitrat, Ota Xoʻjayev, Sadriddin Ayniy,
Fayzulla Xoʻjayev, Mukamil Burxonovlar asosiy rol o‘ynagan. Asosan
ma’naviyatli qatlamdan tuzilgan ushbu partiya eski tuzum bilan yashab
boʻlmasligin tushungan, “Yosh buxoroliklar” partiyasi islohotlar qilishga
kirishgan. 1917-yilda Abdulrauf Fitrat tomonidan “Yosh buxoroliklar”
partiyasining “Buxoroda islohot oʻtkazish loyihasi”ni ishlab chiqdi

2

.

Islohotlar loyihasida majlis tuzish, davlat xazinasini taʼsis etish va mamlakat

byudjetini belgilash, poytaxtda bosmaxona ochish, sanoat va savdoni
rivojlantirish, soliqlarni tartibga solish, amaldorlar ustidan nazorat oʻrnatish va

1

Ўзбекистон тарихи (1917-1991 йиллар). Иккита китоб. Биринчи китоб. Ўзбекистон 1917-1939 йилларда.

Масъул муҳаррирлар: Р. Абдуллаев, М. Раҳимов, Қ. Ражабов. – Тошкент, “O‘zbekiston”, 2019. –B.97.

2

Joʻrayev N, Karimov Sh., Oʻzbekiston tarixi. “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. –

Toshkent: 2011. – B.214-215.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

191

ularga mo‘yana(maosh) toʻlash kabilar tilga olingan edi. Shuningdek,
haydalanadigan yerlar 3 qismga boʻlindi: 1.Vaqf yerlari; 2. Soliqdan ozod etilgan
yerlar (mulki hur); 3.Soliq olinadigan (Mulki xiroj) yerlar. Mulki xiroj yerlarda
umumiy yer soligʻi solinishi ortiqcha soliqlar bo‘lmish kafson (amin, oqsoqol va
boshqalar uchun), “Nanafti” (sadaqa), “uchkuna puli” (daraxtlar uchun) va
“Choʻp puli” (yaylov uchun) soliqlarni tugatishni maqsad qilgan. Davlat yerlari,
bogʻlari, binolarini hashar orqali obodonlshtirish taqiqlanib, bunday ishlarni
qilishni faqat irrigatsiya tizimiga nisbatan amalga oshirishga ruxsat berildi. Ariq
va kanallarni tozalashda qatnashmagan aholiga jarima qoʻllanishi belgilandi.

Ushbu manifest Buxoro amiri Olimxon tomonidan Rossiya muvaqqat

hukumatining Buxorodagi vakili Miller hamda “Yosh buxoroliklar” ta’siri ostida
qa’bul qildi. “Minifest” 1917-yil 7-aprel, juma kuni e’lon qilindi va 200ga yaqin
saroy amaldorlari oldida tantanali oʻqib eshittirildi

3

. 1917-yil 8-aprelda “Yosh

buxoroliklar” tomidan islohotlar manifestini qo‘llab, Buxoro arkining oldidagi
registonda namoyish oʻtqazildi. Ammo, ushbu namoyish shu hududdagi madrasa
talabalari va eskilik tarafdori bo‘lgan insonlarning to‘qnashuvi bilan tugadi.
Natijada, Buxoro amiri said Olimxon namoyishlarni kuch bilan bostirdi va
koʻplab jadidlarni ta’qib ostiga oldi. Fayzulla Xoʻjayev boshliq “Yosh
buxoroliklar” Kogon shahriga qochib ketdi

4

. Qo‘lga olingan “Yosh buxoroliklar”

vakillariga nisbatan turli jazo choralari ko‘rildi. Masalan, Sadriddin Ayniy 75-
tayoq urilgan. 1917-yil 14-aprelda amir “Minifest”ni bekor qildi. Ushbu voqealar
amirning katta xatosi bo‘lib, kelajakda sovet hukumati aynan “Yosh
buxoroliklar” yordami bilan Buxoroni bosib oladi. “Yosh buxoroloklar” vakillari
va amir hukumati o‘rtasidagi kelishmovchilikdan foydalangan ruslar, harakat
vakillariga yordam berish vajida ular bilan yaqin aloqalar o‘rnatildi.

1917-yil 2-dekabrda Fayzulla Xoʻjayev boshliq “Yosh buxoroliklar” Buxoro

amirligi hududidagi rus pasyolkalari vakillarining 2-syezdida “Rossiya va
Turkiston hukumatlarining Buxoro ishlari boʻyicha hukumat” saylanadi. Ular
Toshkentga yetib borganida, 30 ming Buxorolik qoʻzgʻolon koʻtarishga shay, deb
Toshkentdagi Sovet hukumatini ishontirishgan

5

. Sovet hukumati Kolesov

boshchiligidagi qoʻshinni Buxoroni bosib olish uchun joʻnatgan. 1918-yil 1-
martda Kolesov Kogonga joylashdi. Kolesov bilan birga 3500 qizil askarlar,
zambarak va pulemyotlar ham tayyor edi

6

.

3

Joʻrayev N, Karimov Sh., Oʻzbekiston tarixi. – B.215-217.

4

Ражабов Қ. Бухорога қизил армия босқини ва унга қарши кураш: тарих ҳақиқати. – Тошкент: “Маънавият”,

2002.–B.9.

5

Ўзбекистон тарихи (1917-1991 йиллар). Иккита китоб. Биринчи китоб. Ўзбекистон 1917-1939 йилларда. –

B.100.

6

Joʻrayev N, Karimov Sh., Oʻzbekiston tarixi.– B.223.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

192

Kolesov “Yosh buxoliklar” ning hokimiyat tepasiga chiqish rejasini tuzdi.

Ular urush e’lon qilish uchun bahona kerak edi. Fayzulla Xoʻjayev boshliq “Yosh
buxoroliklar” Buxoro amiri Olimxonga ultimatum qoʻydi. Unga ko‘ra:

1) Soʻz, matbuot va boshqa demokratik erkinliklarni berish;
2) Amir huzurida “Yosh buxoroliklar” dan iborat maxsus Kengash boʻlishi,

amirning maslahatchilari oʻz lavozimlaridan bo‘shatilishi;

3) Buxoro hukumatining barcha a’zolari Yosh buxoroliklar partiyasi

tomonidan tavsiya etilgan yangi a’zolar bilan almashtirilishi lozimligi;

4) Oʻlim jazosi va tan jazosi berishning bekor qilinishi;
5) bir qator soliqlarning bekor qilinishi zarurligi

7

.

Buxoro amiri ushbu Ultimatumga roziligini bildirdi. Ammo, xalq norozi

boʻlmasligi uchun shartlarni bosqichma-bosqich amalga oshirishini bildirdi.

Bundan qoniqmagan Kolesov boshliq ruslar, Buxoroga 1918-yil 2-mart kuni

hujum qildi. Kolesov Buxoroda jang olib borayotgan vaqtda, Buxoro xalqi yuzlab
kilometrlik temir yoʻllar va telegraf simyogʻochlarini buzib, Kolesovni
yordamdan mahrum qildi. Natijada, Buxoroni bosib olishning birinchi urinishi
muvaffaqiyatsiz tugadi. Qiziltepada sulh imzolandi.

“Yosh buxoroliklar” partiyasi vakillarini birlashtirish va aniq maqsadlarni

ishlab chiqsh uchun Abdurauf Fitrat tomonidan 1918-yil yanvarda “Yosh
buxoroliklar” partiyasining dasturini ishlab chiqildi. Unda mamlakatda
konstitutsiyaviy monarxiya oʻrnatish, Buxoroning iqtisodiy, siyosiy va harbiy
mustaqilligini taʼminlash, madaniy taraqqiyot, dehqonchilik va soliq tizimini
isloh qilish masalalariga alohida eʼtibor berildi. Zamonaviy armiyani tashkil
etish, 2 yillik majburiy harbiy xizmatni joriy qilish, davlat hisobidan maktablar
va oliy oʻquv yurtlari ochish, 10 ta nozirlikdan iborat Nozirlar kengashi tuzish
taklif etildi. Fayzulla Xoʻjayev Abdurauf Fitrat loyihasining ancha
cheklanganligini tanqid qilib, unda boshqaruvning respublika usulini joriy etish
talab qilinmaganligini taʼkidladi.

1920-yil yanvarda Toshkentda Fayzulla Xoʻjayev boshchiligida “Yosh

buxoroliklar” partiyasining Turkiston Markaziy byurosi tashkil etildi. 1920-yil
15-apreldan Yosh buxoroliklar partiyasining organi „Uchqun“ gazetasi chop etila
boshlangan. Ushbu gazeta Toshkentda chop qilinib, Buxoroda maxfiy ravishda
tarqatilgan.

Bolsheviklar Yosh buxoroliklardan amirlik hokimiyatini agʻdarishda

foydalandi. Yosh buxoroliklar ham o‘z maqsadlarni koʻzlagan holda bolsheviklar
bilan yaqinlashgan. Natijada, 1920-yil 2-sentabrda sovet armiyasi tomonidan

7

Ўзбекистон тарихи (1917-1991 йиллар). Иккита китоб. Биринчи китоб. Ўзбекистон 1917-1939 йилларда. –

B.100-101.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

193

Buxoro bosib olindi. 1920-yil 14 sentabrda Abdulqodir Muhiddinov
boshchiligidagi 9 kishidan iborat Butun Buxoro inqilobiy qoʻmitasi va Buxoro
respublikasi hukumati – 11 kishidan iborat Xalq Nozirlar Shoʻrosi tuzildi. Buxoro
hukumatiga Fayzulla Xo‘jayev rahbar bo‘ldi. Yosh buxoroliklar oʻz islohotchilik
gʻoyalarini yangi hukumatdagi faoliyati davomida amalga oshirishga harakat
qildi. Yosh buxoroliklar partiyasining aʼzolari 1920-yil 11 sentabrda umumiy
asosda Buxoro kompartiyasi safiga qo‘shildi

8

.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Ўзбекистон тарихи (1917-1991 йиллар). Иккита китоб. Биринчи китоб.
Ўзбекистон 1917-1939 йилларда. Масъул муҳаррирлар: Р. Абдуллаев, М.
Раҳимов, Қ. Ражабов. – Тошкент, “O‘zbekiston”, 2019.
2. Joʻrayev N, Karimov Sh., Oʻzbekiston tarixi. “Sharq” nashriyot-matbaa
aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. – Toshkent: 2011.
3. Ражабов Қ. Бухорога қизил армия босқини ва унга қарши кураш: тарих
ҳақиқати. – Тошкент: “Маънавият”, 2002
4. Олимхон Амир Саййид. Бухоро халқининг ҳасрати тарихи, «Фан»
нашриёти. – Тошкент: 1991.
5. Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси. Ё ҳарфи. “Ўзбекистон Миллий
Энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти. –Тошкент: 2000.

8

Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси. Ё ҳарфи. “Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси” Давлат илмий

нашриёти. –Тошкент: 2000. –B.56-57.

Библиографические ссылки

Ўзбекистон тарихи (1917-1991 йиллар). Иккита китоб. Биринчи китоб. Ўзбекистон 1917-1939 йилларда. Масъул муҳаррирлар: Р. Абдуллаев, М. Раҳимов, Қ. Ражабов. – Тошкент, “O‘zbekiston”, 2019.

Joʻrayev N, Karimov Sh., Oʻzbekiston tarixi. “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. – Toshkent: 2011.

Ражабов Қ. Бухорога қизил армия босқини ва унга қарши кураш: тарих ҳақиқати. – Тошкент: “Маънавият”, 2002

Олимхон Амир Саййид. Бухоро халқининг ҳасрати тарихи, «Фан» нашриёти. – Тошкент: 1991.

Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси. Ё ҳарфи. “Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти. –Тошкент: 2000.