THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
102
YOSHLARDA MILLIY TAFAKKUR YUKSALISHIDA
IJTIMOIY VA TARIXIY ONG.
D.Mingbayeva
QDPI pedagogika va psixologiya fakulteti tyutori
https://doi.org/10.5281/zenodo.15201372
Annotatsiya:
Yoshlarda tarixiy voqea-hodisa haqida o’z fikrini (ijobiy yoki
salbiy) bildirish orqali, tarixni tadqiq etuvchi sifatida ma’lum bir dalilga
asoslangan holda, tarixiy dalilni bilish unga voqeani tahlil qilish, o’z xulosasini
aytishga imkon berishdir. Milliy tafakkur yuksalishida ijtimoiy va tarixiy ongni
o‘stirish, o’tmishni aks ettiruvchi g’oyalar, qarashlar bilan tarixiy ongni boyitish.
Shu bilan birga yoshlarda haqiqiy hayot hamisha har qanday dalil, hujjat yoki
manbadan ko’ra kengroq mazmunga ega bo’lishi haqidagi nuqtai nazarni qaror
toptirish. Yoshlarda milliy yuksalish tafakkurni rivojlantirishda ijtimoiy-siyosiy
omil sifatida milliy yuksalish g’oyalariga e‘tibor berish. Bugungi kunda buyuk
davlat, buyuk kelajagimizga erishish uchun siyosiy yetuk, ma’rifatli, o’zining
o’tmishi, uning qadriyatlari, millati bilan faxrlanadigan va kelajakka ishonadigan
insonlarni tarbiyalashdir.
Kalit so’zlar:
tarix, ma’naviyat, ong, tafakkur, madaniyat, shaxs, yetuklik,
millat,davlat, yuksalish.
Tarixiy ong ijtimoiy ongning muhim shakllaridan biri bo’lib, shaxsning
anglash jarayoni natijasi sifatida namoyon bo’ladi. Tarixiy ong tushunchasiga
xilma-xil ta’riflar berilgan: tarixiy ong – bu har qanday bilimda bo’ladigan,
hamma narsa, hatto ma’naviy borliq ham bo’lib o’tganligini anglashdir ; tarixiy
ong ilgari sodir bo’lgan tarixiy voqealarni o’zida aks ettirgan turli¬-tuman
manbalar, ashyolar avloddan avlodga meros sifatida o’tib, tariximiz,
madaniyatimizning uzluksizligini ta’minlaydi ; tarixiy ong – o’tmishni uning
umuman jamiyatga, xususan turli ijtimoiy¬-demografik, ijtimoiy¬-professional,
etnoijtimoiy, etnokonfessional guruhlarga, shuningdek alohida individlarga xos
bo’lgan butun rang-barangligini hisobga olgan holda baholash hamdir. Tarixiy
ong jamiyat, uning ijtimoiy guruhlari va individlarning o’z o’tmishi hamda butun
insoniyat o’tmishi haqidagi tasavvurlari yig’indisidir. Tarixiy ongda o’tmish,
bugun va kelajak uyg’unlikda in’ikos etadi .
Faylasuf olima D.Abdullajonovaning fikricha, tarixiy ong tushunchasiga
berilgan xilma-xil ta’riflardan kelib chiqqan holda uni umuman jamiyat, xususan,
turli ijtimoiy-demografik, ijtimoiy-professional va etnoijtimoiy guruhlar,
shuningdek alohida kishilarga xos bo’lgan va o’tmishni butun turfa xilligida aks
ettiruvchi, baholovchi g’oyalar, qarashlar, tasavvurlar, hissiyotlar, kayfiyatlar
majmui sifatida tushunish bahslidir:
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
103
birinchidan, shaxs tarixiy ongida o’tmishni aks ettiruvchi g’oyalar,
qarashlar, individ rivojlanishining muayyan bosqichi bilan bog’liqligini, hamma
vaqt ham bunday sifatiy holat kasb etmasligini ta’kidlash zarur;
ikkinchidan, tarixiy ongda “o’tmishni turfa xilligida aks ettirish” uchun
tarixiy tafakkur ishlashi kerak. Shundan keyingina, tarixiy faktlarning bir tizimga
solinishi va muayyan yaxlit tasavvurning paydo bo’lishi, tarixiy ong o’tmishni
aks ettiruvchi g’oyalar, qarashlar bilan boyishi mumkin .
Tarixiy ongda “o’tmish–bugun–erta”dan iborat ichki ziddiyat mavjud.
Ushbu xususiyatni e’tirof etgan holda A.X.Samiev “Tarixiy ong bu inson (ijtimoiy
guruh, jamiyat) tomonidan o’zining zamondagi o’rni, o’tmishning bugungi kun
va kelajak bilan aloqadorligining o’zlashtirilishidir. Bu istiqbol uchun muhim
bo’lgan o’tmishga qaratilganlikdir”, – degan fikrni bildiradi .
Demak, tarixiy ong o’quvchining ma’lum bir shaxs, ijtimoiy guruh va
etnoslarning zamondagi o’rni, o’tmishi, bugungi kuni va kelajagi o’rtasidagi
aloqadorlikni anglashining in’ikosi hisoblanadi.
Tarixiy ong tarixiy tasavvurlar asosida yuzaga kelib, mazkur jarayonda
tarixiy dalillar muhim rol’ o’ynaydi.
Tarixiy dalil kategoriyasi tarix fani tadqiqotchilari oldidagi eng muhim
o’lchov, ilmiy mezon hisoblanadi. Zotan, tarixiy dalilsiz tarix haqidagi
tasavvurlar mavhum va fikrlar isbotsizdir.
Amerikalik tarixshunos E.Karr xulosalariga ko’ra har qanday voqea emas,
balki tarixiy ahamiyatlilarigina tarixiy dalil bo’lishi mumkin. Tadqiqotchi o’zi
o’rganayotgan davr to’g’risidagi ma’lumotlarning maksimal miqdorini bilishi va
ularga ega bo’lishi lozim. Ikkovi o’z hukmiga ega bo’lmog’i kerak. Tarixchi
xolislikka, dalil esa voqelikning asosi sifatida isbotlanganlikka ega bo’lmog’i
darkor. Ana shunda kuchlar nisbati teng bo’ladi, bir-birini nazorat qiladi,
natijada xolis xulosa vujudga keladi. Karr bunday holatni nazarda tutib, “Tarix –
bu tarixchi va dalilning o’zaro aloqasiga bog’liq bo’lgan uzluksiz jarayon bo’lib, u
o’tmish va bugun o’rtasidagi tuganmas muloqotdir”, deydi .
Yoshlar tarixiy voqea-hodisa haqida o’z fikrini (ijobiy yoki salbiy) bildirar
ekan, tarixni tadqiq etuvchi sifatida ma’lum bir dalilga asoslanadi. Tarixiy dalilni
bilish unga voqeani tahlil qilish, o’z xulosasini aytishga imkon beradi.
Yoshlar tarixiy dalilni tarixiy bilimlarni oshirish, tarixiy ma’lumotlar,
manbalar (qoyatosh yozuvlari, tarixchilarning asarlari, afsona, rivoyatlar)dan
keltirilgan parchalardan oladi. Biroq ana shu manbalar ustida ishlash yoshlardan
alohida tayyorgarlikni, o’ziga xos qobiliyat va ko’nikmani taqozo etadi. Shuning
uchun avvalo ularda manbalarning ahamiyati to’g’risidagi tasavvurni hosil qilish
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
104
zarur. Ya’ni har qanday tarixiy manba, qay darajadaligidan qat’iy nazar, ulkan
tarixiy yodgorlik hisoblanadi va o’z davrining mohiyatini aks ettiradi. Boshqacha
qilib aytganda, manba o’zida tarixiy, ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy voqelikni
mujassam etadi. Zotan, har qanday manba o’z davrining mazmuni va hukmron
g’oyalari mohiyatining ko’zgusidir.
Shu bilan birga yoshlarda haqiqiy hayot hamisha har qanday dalil, hujjat
yoki manbadan ko’ra kengroq mazmunga ega bo’lishi haqidagi nuqtai nazarni
qaror toptirish lozim. O’quvchi va talaba-yoshlar manba bilan ishlash jarayonida
mavjud ijtimoiy-siyosiy jarayon, uning oqibatida yuzaga kelgan voqeliklar
hamda uning mantig’i, mazmuni va mohiyati manbadan ko’ra kengroq ekanligini
nazarda tutib, uning qanchalik to’liq bo’lmasin, nisbiy ekanligini unutmaslikka
o’rgatilishi lozim.
Tarixiy xotira tarixiy anglash asosida yuzaga kelib, tarixiy voqelikni
o’quvchi ongida o’ziga xos tarzda kodlanishi, qaytadan namoyon bo’lishidir.
Faylasuf olim A.Mavrulovning fikricha, tarixni, uning porloq, yorqin kunlari bilan
birga zulmat va mustamlakachilik, ayriliq va yo’qotishlardan iborat davrlarini
ham bilishimiz bizni turli balo-qazolardan asraydi, sergaklikka undaydi.
Erishilgan yutuqlarni, porloq kunlarni eslash va faqat ulardan g’ururlanishning
o’zi yetarli emas. Ayni paytda tariximizning qorong’i kunlarini ham esdan
chiqarmaslik tarixiy xotira uchun o’ta zarurdir .
Tarixiy ong va xotiraning umumlashgan ko’rinishi tarixiy bilim tarzida
namoyon bo’ladi. Tarix falsafasi bilan bog’liq fundamental tadqiqot ishini amalga
oshirgan N.Jo’raevning fikricha, tarixni anglash tarixiy bilim manbalariga
qiziqishdan, uni o’rganishdan boshlanadi . Olim o’z fikrini davom ettirib, har
qanday anglash jarayoni, tasavvurlar va tafakkur debochasi ekan, ayni paytda
tarixiy bilimga ehtiyoj insonning o’ziga, kelib chiqishiga, insoniyat taqdiri va
tarixiga qiziqishning mavjudligidan ekanligiga shubha qolmaydi , deb ta’kidlab
o’tadi.
Tarixiy bilim deganda insoniyat o’tmishi bilan bog’liq tassurotlar,
tasavvurlar va tushunchalar tizimi tushuniladi. Tarixiy bilim tabiatiga ko’ra eng
qadimgi, dastlabki insonning paydo bo’lishi, kishilik jamiyatining shakllanishi,
odamlarning guruh-guruh, jamoa bo’lib yashashga ehtiyojining paydo bo’lishi,
ana shu guruh, qabila, jamoani boshqarish usullarining vujudga kelishi bilan
bog’liq bo’lgan va hamon davom etayotgan ulkan shajarani o’rganishni taqozo
etadi.
Yoshlarda milliy yuksalish tafakkurini rivojlantirish bilan bog’liqlikda
tarixiy bilimlarni egallashga ehtiyoj quyidagi jihatlarda yorqin namoyon bo’ladi:
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
105
tarixiy bilimlarga ega bo’lish insonda o’z hayotini va o’zidan avval
yashab o’tgan ajdodlari turmushini birma-bir taroziga solib, ijobiy tomonlaridan
saboq chiqarishga, salbiy tomonlaridan tegishli xulosa chiqarishga imkon
beradi;
tarixiy bilimlar asosida odamzotning insoniy mohiyati, uning aql-
zakovati, qudrati va salohiyatining nimalarga qodirligi haqida aniq xulosalar
chiqara oladi;
o’tmish bilan kelajak o’rtasida turib, o’zining ajdodlar va avlodlar
oldidagi mas’uliyati, kishilik jamiyati tamadduniga taqdirdosh, mas’ul va daxldor
ekanligini anglab yetadi.
Tarixiy ong, tarixiy xotira va tarixiy bilimni tarkib toptirish orqali yoshlarda
tarixiy dunyoqarash tarkib topadi. O’z navbatida, tarixiy dunyoqarash yoshlarda
keng ko’lamda tarixiy tafakkur yuritish imkonini hosil qiladi.
Tarixiy dunyoqarash esa kishilik o’tmishi bilan bog’liq bo’lgan, uni o’rganish
jarayonida yuzaga kelgan qarashlar tizimidir. Tarixiy dunyoqarash ijtimoiy fikr
orqali ijtimoiy hayot va jamiyat tarixiy taraqqiyoti, uning bosqichlari haqidagi
tasavvurlar asosida vujudga keladi.
Yoshlarda tarixiy tafakkurni rivojlantirish qator omillar asosida amalga
oshirilib, ayrim olimlar mazkur omillarni vositalar sifatida ham talqin etishgan.
Falsafiy-siyosiy tadqiqotlarda tarixiy tafakkurni rivojlantirishning moddiy va
ma’naviy omillariga e’tibor qaratiladi, pedagogik-psixologik yo’nalishdagi ilmiy
izlanishlarda ijtimoiy-psixologik omillarni tadqiq etish etakchi o’rin tutadi.
Jumladan,
D.S.Abdullaevaning
ta’kidlashicha,
asrlar
osha
turli
ko’rinishlarda saqlanib kelgan o’tmish haqidagi bilimlar ertangi kun uchun
zarur bo’lgan xulosalarni chiqarishga zamin bo’ladi. Millatning o’tmish haqidagi
tasavvurlari milliy til, urf-odatlar, tarixiy janrdagi badiiy adabiyot namunalari,
maqollar, dostonlar, tarixiy qo’shiqlar va xalq og’zaki ijodining boshqa shakllari,
joy nomlari kabi ma’naviy, arxitektura yodgorliklari, nodir kitoblar,
qo’lyozmalar, buyumlar kabi moddiy madaniyat shakllarida mujassamlashgan
milliy tarixiy xotira haqida ham shunday deyish mumkin. Ob’ektivlashgan
moddiy va ma’naviy madaniyat elementlari esa, sub’ektiv shakldagi milliy tarixiy
xotiraning u yoki bu qatlamlarining aktuallashuvining muhim manbai
hisoblanadi.
Yoshlarda tarixiy tafakkurni rivojlantirishda prezidentimiz
Sh.Mirziyoyevning asarlari eng muhim dasturul amal bo’lib xizmat qilishi
shubhasiz. Prezident Sh.Mirziyoyevning “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib intizom va
shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
106
kerak”, “Qonun ustivorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti
va xalq farovonligining garovi”, “Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston
davlatini birgalikda barpo etamiz”, “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob
xalqimiz bilan birga quramiz”, “Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom
ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz”, “Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga
berilgan eng oliy bahodir”, “Niyati ulug’ xalqning ishi ham ulug’, hayoti yorug’ va
kelajagi farovon bo’ladi”, “Yangi O’zbekiston strategiyasi” kabi asarlarida tarixiy
tafakkurni rivojlantirish, ana shu asosdan kelib chiqqan holda, yangicha fikrlash
tarzini qaror toptirish masalalari chuqur yoritib berilgan.
Yoshlarda milliy yuksalish tafakkurni rivojlantirishda ijtimoiy-
siyosiy omil sifatida milliy yuksalish g’oya alohida o’rin tutadi.
Tafakkurning o’ziga xos ko’rinishi sifatida tarixiy tafakkurning g’oya bilan
o’zaro aloqadorligi masalasi juda murakkab va ko’p qirralidir. Bu holat nimada
namoyon bo’ladi, degan haqli savol tug’iladi. So’ngi yillarda xalqimiz milliy
o’zligini anglashida muhim o’zgarishlar yuz bermoqda. Bu jarayonda milliy
zaminlarimiz bulog’idan ozuqa olayotgan milliy yuksalish g’oyasi yetakchi
ahamiyat kasb etmoqda. Inson hayotida ham, jamiyat taraqqiyotida ham g’oyalar
muhim o’rin tutadi. Shu ma’noda aytish mumkinki, insoniyat tarixi – g’oyalar
tarixidan iboratdir. Har qanday millat va xalq, har qanday ijtimoiy tuzum va
davlat muayyan bir tamoyillar va qadriyatlar asosida hayot kechiradi. O’z
manfaatlari, maqsad-muddaolari, orzu-intilishlarini ko’zlab harakat qiladi.
Inson va jamiyat hayotida muhim islohot va o’zgarishlarni amalga
oshirishda muayyan g’oyalar inson faoliyatiga rahnomalik qiladi, o’ziga xos
alohida o’rin tutadi. Jamiyat taraqqiyotining turli davrlarda keskinlashuvi yoki
sekinlashuvi, yuksak taraqqiyot-u zalvorli inqirozlar, jamiyat hayotida ijobiy
yoki salbiy holatlarning ro’y berishi, jamiyatda qanday g’oyalar hukmronlik
qilishi, ular ma’naviy-ahloqiy negizlarga tayanganligi, qaysi bir ijtimoiy
qatlamning manfaatlariga xizmat qilishiga ko’p jihatdan bog’liqdir.
Inson ongi, aql-zakovati, tafakkuri voqelikni idrok etish mobaynida turli
fikrlar, qarashlar, g’oyalar va ta’limotlar yaratadi. Shunday ekan g’oyalar ham
inson tafakkurinng mahsuli hisoblanadi. Lekin tafakkur yaratgan har qanday
fikr, qarash, mulohaza yoki bo’lmasa nuqtai nazar g’oya bo’la olmaydi. Falsafiy
tafakkur erishgan natijalarga tayangan holda bugungi kunda g’oyaning mohiyat-
mazmuni, gnoseologik maqomi to’g’risida umumiy xulosalarga kelindi: g’oya
voqelik va hayot ta’sirida vujudga keladigan, uni aks ettirish asosida
shakllanadigan dunyoni bilishning o’ziga xos shakllaridan biridir. U shaxs,
jamiyat, ijtimoiy guruh, partiya va boshqalarning muayyan maqsadlarini
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
107
ifodalaydi, ularni bu yo’lda birlashtiradi, uyushtiradi, faoliyatga undaydi,
safarbar qiladi; milliy g’oya – milliy ongni uyg’otuvchi, millatning o’zligini
anglatuvchi, o’ziga xoslikka, mentalitetga “qiyofa” baxsh etuvchi, milliy ruhiyat,
g’urur, iftixor, e’tiqod va mas’ullik tuyg’ularini shakllantiruvchi fikrdir;
millatning o’tmishi, buguni va istiqbolini anglashni o’zida mujassamlashtirgan,
uning etnoijtimoiy birlik sifatidagi tub manfaatlari va maqsadlarini
ifodalaydigan, taraqqiyotiga xizmat qiladigan g’oyaga milliy g’oya deyiladi;
milliy g’oya – mamlakat xalqini olg’a yetaklovchi ezgu fikrlar to’plami; milliy
istiqlol g’oyasi – har bir vatandoshimiz, butun jamiyatimiz a’zolari uchun Vatan
oldidagi burchi va mas’uliyatini ijro etishga safarbar etuvchi axloqiy mezondir;
milliy g’oya – millatning oliy idealini (omolini), uzoq muddatli maqsadlarini,
orzu-umidlarini, irodasini, ta’bir joiz bo’lsa, o’ziga xos tarixiy “da’vosini” umumiy
shaklda ifodalaydi. U sodda va tushunarli tarzda ikki og’iz so’zda biz
intilayotgan, qurayotgan jamiyatning mohiyatini ifodalashi lozim.
G’oya inson tafakkurining mahsuli sifatida milliy-madaniy merosdan
oziqlanadi, umuminsoniy qadriyatlarga tayanadi, ijtimoiy-ma’naviy hayot va
tevarak-olamni o’rganish, tahlil qilish jarayonida toblanadi. Ijtimoiy ongning
barcha shakllari ilm-fan, falsafa, din, san’at va badiiy adabiyot, axloq, siyosat,
huquq sohalarida muayyan bir g’oyalarni yaratadi, ularga tayanadi va ularni
rivojlantiradi.
Har qanday hodisa kabi tarixiy tafakkur rivojida ham doimiy o’zgarish va
rivojlanish sodir bo’lishi tabiiy. Bunda xilma-xil omillarning o’ziga xos ta’siri va
o’rni borligini ko’rish mumkin. Ularning ichida siyosiy omil alohida ahamiyat
kasb etadi. Zero, har bir jamiyatning hayoti amaldagi siyosatning o’qi atrofida
kechadi. Shuning uchun ham, ushbu ta’sir olib borilayotgan siyosat mohiyatidan
kelib chiqib kuchli ijobiy yoki salbiy mazmunga ega bo’lishi mumkin .
Siyosiy omil – jamiyat hayotida siyosiy jabhada ro’y berayotgan
jarayonlarni harakatga keltiruvchi sabab sifatida chiqib pozitiv yoki negativ
ta’sirga ega bo’lishi, to’siq qo’yishi, cheklashi yoxud aksincha rag’batlantirish
vazifasini bajarishi mumkin.
Jamiyatimizning hozirgi taraqqiyot bosqichi inson omilining, shaxs ijtimoiy-
siyosiy faoliyatining qonuniy ravishda o’sib borayotganligi bilan ajralib turadi.
Bu bejiz emas, chunki barcha ijtimoiy munosabatlar yig’indisidan iborat bo’lgan
shaxsning ijodiy faoliyatini rivojlantirish, ishga solishning yangidan-yangi
yo’llari va imkoniyatlarini qidirib topmasdan, ijtimoiy ishlab chiqarish
samaradorligini oshirib bo’lmaydi.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
108
Insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ijtimoiy hayot uchun eng
muhim vazifalardan biri – shaxsning siyosiy ijtimoiylashuvi jarayonini amalga
oshirishdir. Boshqacha qilib aytganda, insonning ijtimoiy hayoti, uning siyosiy
jarayonlarda ishtirok etishi va mavjud siyosiy tuzum bilan o’zaro munosabatda
bo’lishi, mafkura va qonunchilik, ma’naviy qarashlar va qadriyatlar tizimini
o’zlashtirib borishi hamda ijtimoiy-siyosiy harakatlarda, jamoatchilik ishlarida
ishtirok etishi va jalb etilishi jarayonida amalga oshib boradi. O’z navbatida,
siyosiy hayotga qadam qo’ygan yangi avlodning ijtimoiylashuvi, jamiyat
hayotidagi siyosiy jarayonlar uzluksizligini va siyosiy taraqqiyotning
vorisiyligini ta’minlaydi. Bu esa, davlat bilan fuqarolar o’rtasidagi o’zaro
munosabatlar mutanosibligi erishuviga imkon beradi hamda mavjud tuzumning
barqaror rivojlanishini kafolatlaydi.
Siyosiy ijtimoiylashuv – shaxsning siyosiy tizimdagi mavjud siyosiy e’tiqod,
qarashlar, yo’nalishlar, siyosiy qadriyatlar va normalarni o’zlashtirish
jarayonidir .
Yoshlarning siyosiy ijtimoiylashuvi ikki o’zaro bog’langan bosqichdan
iborat. Dastlabki siyosiy ijtimoiylashuv – bu yoshlarning siyosiy kategoriyalarni
anglash orqali siyosiy tizimda individual saylov munosabatlarini
shakllantirishdir. Mazkur bosqichdagi eng asosiy vazifa yoshlarda
shakllantirilayotgan xususiyatlarning o’ziga xos institutsionallashuvi ularning
siyosat to’g’risidagi fikrlarini kengaytirib, siyosiy jarayonlarda mustaqil ishtirok
etishiga zamin yaratadi.
Siyosiy ijtimoiylashuvning ikkinchi bosqichi yoshlarning ilm olish
jarayonida qabul qilgan axborotlarini qayta ishlashi hamda har qanday guruh
tomonidan ko’rsatilayotgan ta’sirga mustaqil mafkuraviy pozitsiyani bayon
qilishi, madaniy me’yor va an’analarni qayta baholashi bilan tavsiflanadi.
Yoshlarni siyosiy ijtimoiylashtirish quyidagi vazifalarni nazarda tutadi:
1) jamiyat siyosiy tizimi, me’yorlari, qadriyatlari va munosabatlarini
takomillashtirish jarayoniga yoshlarni keng jalb etish;
2) siyosiy madaniyat me’yorlarida o’z aksini topgan siyosiy tajribani yangi
avlodlarga o’tkazish;
3) yoshlarning muntazam faoliyati yordamida yangi bilimlar va siyosiy
tajribani o’zlashtirishi.
Bugungi kunda buyuk davlat, buyuk kelajagimizga erishish uchun siyosiy
yetuk, ma’rifatli, o’zining o’tmishi, uning qadriyatlari, millati bilan faxrlanadigan
va kelajakka ishonadigan insonlarni tarbiyalash jamiyatimiz oldida turgan
dolzarb vazifadir. Faylasuf olima G.Tulenova tomonidan yoshlarda tarixiy
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
109
tafakkurni rivojlantirish bilan bog’liq tarzda “siyosiylashuv” tushunchasi
iste’molga kiritilgan bo’lib, uning ta’kidlashicha, mazkur jarayonning mohiyati
konkret tarixiydir va u yoshlarning shakllanishi hamda jamiyat rivojlanishining
o’ziga xos xususiyatlari bilan bog’liqdir. Yoshlar siyosiylashuvi bilan bog’liq
faoliyatni quyidagi turlarga ajratish mumkin: a) davlat; b) jamoaviy; v)
individual .
Tarixiy tafakkurning ma’naviy omillari xususida fikr yuritar ekanmiz, ona
zamin, Vatanga bo’lgan muhabbat, ilmiy madaniy va adabiy merosimiz,
umuminsoniy qadriyatlarni alohida e’tirof etish lozim.
Xalqimiz o’zining g’oyatda boy ilmiy, falsafiy, adabiy va madaniy merosi
bilan jahonga mashhurdir. Yurtimiz dunyoga ilm-fanning, madaniyatning barcha
sohalarida ko’plab buyuk siymolarni yetkazib berdi. Abu Rayxon Beruniy, Ibn
Sino, Muso al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg’oniy, Abu Nasr Farobiy, Mirzo Ulug’bek
kabi allomalarni, Lutfiy, Alisher Navoiy, Bobur, Furqat, Muqimiy kabi
mutafakkirlarni jahon madaniyati xazinasiga qo’shgan hissasi beqiyosdir. 1004
yilda Urganchda “Ma’mun Akademiyasi” tashkil etilib unda ijod qilgan olimlar
soni 300 tadan oshgan. Bu dargoh ilm-fanning turli sohalari bo’yicha samarali
ishlarni olib bordi. Astronomiya, riyozat, tibbiyot, falsafa, mantiq, musiqa,
adabiyot va boshqa fanlar rivojiga katta e’tibor berildi. Turkiston azal-azaldan
ilm-fan va madaniyatning adabiyot va san’atning eng qadimiy markazlaridan biri
bo’lib kelgan. Ayniqsa, IX–XV asrlarda Turkiston xalqlari safidan Sharq va
G’arbda o’rta asr matematika ilmi va maktabining asoschisi al–Xorazmiy, “Ustodi
soniy” – “Ikkinchi muallim” yoki sharq Aristoteli unvoniga sazovor bo’lgan Abu
Nasr Forobiy, tibbiyot ilmining yetakchisi “Shayx ur – rais” – olimlar podshosi
Abu Ali ibn Sino Sharqnigina emas, balki butun insoniyatning faxr-iftixori,
qomusiy aql egasi Abu Rayxon Beruniy, o’rta asr astronomiyasining yorug’
yulduzi al-Farg’oniy, hadis va fiqhning buyuk allomalari imom Ismoil Buxoriy,
Abu Iso Termiziy, Xoja Ahmad Yassaviy, donishmand podshoh, yulduzlar
jadvalining asoschilaridan biri Mirzo Ulug’bek, mumtoz she’riyatning yorqin
yulduzlaridan hisoblangan Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur singari
yuzlab va minglab ulug’ zotlar va ulamolar yetishib chiqqan. Sharqdan, xususan,
Turkiston o’lkasidan yetishib chiqqan buyuk mutafakkirlar jahon ilm-fani va
madaniyatini o’z kashfiyotlari va ulkan ilmiy asarlari bilan ijodiy boyitdilar,
yuqori cho’qqiga ko’tardilar, uning bir necha asrlik taraqqiyotiga samarali ta’sir
ko’rsatishdi.
Yoshlarda tarixiy tafakkurni rivojlantirish ko’plab psixologik omillar
ta’sirini hisobga olishni talab etadi. Jumladan, o’z-o’zini anglay bilishi, ya’ni o’z-
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
110
o’ziga baho berish mayli va istagi kabi ustanovkalar; o’zini boshqa shaxslar bilan
taqqoslashi; fikrlarini erkin, ochiq, mazmunli ifodalashi; o’zgalarning fikrini
eshita olishi va murosa qila olish kabi emotsional xususiyatlar, shaxs
motivatsion sohasi rivoji mazkur jarayonda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tarixiy tafakkurni rivojlantirish jarayoni yoshlarning intellektual
faoliyatining rivojlanishi bilan ham bog’liq. Intellektual ko’nikmalar o’zida
xotiraning rivoji; idrok etishning rivoji; tasavvurlarning rivoji; diqqatning
rivojini aks ettiradi .
Intellekt – shaxs xususiyati bo’lib, ob’ektiv borliqdagi predmet va
hodisalarni ularning o’ziga xos aloqalari va qonuniyatlari bilan ongimizda aniq
va chuqur aks ettiradigan qobiliyatdir. U barcha aqliy jarayonlarda, birinchi
navbatda, tafakkur va ijodiy xayolda ko’rinadi. U ko’proq yorqinroq yangi
muammoni mustaqil yechishda kuzatiladi.
Milliy
tafakkur
yuksalishini
rivojlantirish
emotsionallik
bilan
aloqadorlikdadir. Yoshlardagi salbiy his-tuyg’ularini yo’qotish, o’rnini ijobiylari
bilan to’ldirish zarur. Masalan, odamlarga nisbatan muhabbatni uyg’otish kerak.
Shu bilan birga yoshlarda turli vaziyatlarda o’ziga ishonch bilan qarash
tuyg’usini tarkib toptirish zarur. Agar boshqalarni sevish – bu boshqalarga
nisbatan munosabatni ifodalasa, o’z-o’ziga ishonch esa, o’z-o’ziga munosabatni
anglatadi. Ya’ni yoshlarda tor ma’nodagi “Men” hissini hosil bo’lishidir. Sevgi va
ishonchdan tashqari bir his-tuyg’udan voz kechish va o’rniga boshqasini chaqira
olish, qo’rquvni boshqara olishga o’rgatish ham muhim psixologik omillarning
emotsional sabablariga taalluqlidir.
V.I.Morasanova “Individual o’z-o’zini boshqarish va inson xarakteri” nomli
maqolasida xarakter tipologiyasi muammosiga alohida e’tibor qaratadi. Uning
fikricha, xarakter tipologiyasi va xususiyatlarini qo’yish muammosi tabiiyroq
bo’lib, uslubiy-qat’iy usulda shaxs omili nazariyalarida yechiladi. Bu yerda
xarakter xususiyatlari va tiplari har xil tartibdagi omillar sifatida qarab chiqiladi,
shaxs tuzilishining sifatiy har xil darajalaridek tasvirlanadi. Muallif xarakter
tipologiyasini o’rganishda psixikani tadqiq qilishga sub’ektiv yondashib,
anglangan o’z-o’zini boshqarishning rivojlanish xususiyatlari nuqtai nazaridan
qarab chiqadi. Bu o’rinda o’z-o’zini boshqarish sub’ektiv faollikning psixologik
mexanizmi sifatida o’rganiladi. U olib borgan tadqiqot natijalarining
ko’rsatishicha, individual o’z-o’zini boshqarish nafaqat xarakter ko’rinishini
nazorat qilishga imkoniyat yaratganini, balki o’z-o’zini boshqarish
xarakterining shakllanishi va shaxs yo’nalishining rivojlanishi bilan
bog’liqligini tasdiqlaydi .
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
111
Yoshlarning motivatsion faoliyatining rivoji ham tarixiy tafakkurni
rivojlantirishga ta’sir etuvchi psixologik omillar sirasiga kiradi.
Motivatsiya – motivlarning harakatlanish jarayoni, insonni asosiy
faoliyatga undovchi motivlar yig’indisi. Motiv esa fransuzchadan tarjima
qilinganda, undovchi kuch, sabab degan ma’noni bildiradi.
E.G’oziev va R.Asomovalarning tadqiqotlarida ta’kidlanganidek, motiv va
motivatsiya tizimi shaxsning faoliyati, muomalasi, xatti-harakatining ichki
regulyatsiyasi funksiyasini bajarib, ehtiyojini qondirish, xohish-istak, ezgu niyat,
orzu-tilak, mayl, his-tuyg’u, ustanovka, ideal, imon-e’tiqod, vijdon, maqsad qo’ya
olish va boshqalarni amaliyotda ro’yobga chiqarishning bosh omili hisoblanadi .
Yoshlarda milliy tafakkur yuksalishini rivojlantirishda munosabat
motivatsiyasi ham muhim o’rin tutadi. Yoshlarda tarixiy voqelikka sub’ektiv
munosabatni qaror toptirish uchun “odam – inson – shaxs – individuallik –
sub’ekt – komillik” ierarxiyasiga rioya qilish, shaxsga sub’ektiv munosabat, ya’ni
unda robot sifatida barcha xususiyatlarni bir tekis shakllantirish mumkin, degan
xato nazariyadan voz kechish, “sub’ekt-sub’ekt” aloqasini vujudga keltirish, har
qanday sub’ekt – shaxs, lekin har qaysi shaxs sub’ekt emasligi muammosini
yechish, shaxs sub’ekt bo’lishi uchun mustaqillik, shaxsiy pozitsiya, qat’iyatlilik,
dunyoqarash va ularni hayotga tadbiq etish imkoniyati mavjudligini tan olish
kabi mulohazalar shaxs munosabatlari motivatsiyasi talqinida muhim o’rin
tutadi.
Shuningdek, yoshlarda milliy tafakkur yuksalishini rivojlantirishda
V.M.Karimova rahbarligida yangicha ijtimoiy-psixologik munosabatlarga
bag’ishlangan tadqiqotlar ham diqqatga sazovordir. Ular zamirida yotgan
mulohazalarni ta’kidlash orqali O’zbekistonda munosabat tizimi motivatsiyasi
shakllanishining tarixi, buguni va kelajagi haqida ma’lum tasavvurlarni
shakllantirish mumkin . Zero, inson munosabatlari uning xulq-atvorida, ichki
dunyosining shakllanishida, barcha psixologik jarayonlarida muhim
boshqariluvchilik rolini o’ynaydi.
O’quvchilar tarixiy tafakkurni rivojlantirishda pedagogik omillarning
yetakchiligini ham alohida e’tirof etish zarur. Mazkur omillar yuqorida bayon
etilgan ijtimoiy-siyosiy, milliy-ma’naviy va psixologik omillarni yaxlitlikda o’zida
ifoda etishi bilan ham xarakterlidir.
Tarixiy tafakkurni rivojlantirish milliy tarbiya asosiga qurilishi, shubhasiz.
Ana shu jihatdan O’zbekiston umumiy o’rta ta’lim maktablarida milliy tarbiyani
tashkil etishning ilmiy-pedagogik asoslarini ilk bor tadqiq etgan olim
M.Quronovning fikrlari diqqatga sazovordir. “Milliy tarbiya” tushunchasi ko’p
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
112
qirrali qamrovga egadir: milliy qadriyatlar asosida olib boriluvchi maqsadga
yo’naltirilgan tarbiyaviy faoliyat; umuminsoniy tarbiyaning har bir xalqqa xos va
mos betakror shakli; xalq va uning madaniyatini saqlab qolish, tiklash va
rivojlantirish (YuNESKO tamoyili) vositasi; O’zbekiston Respublikasi Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi maqsad, vazifa va tamoyillarining tarkibiy qismi; turli
millatlar bolalarini har tomonlama rivojlantirish jarayonining xususiy, ma’naviy
manbai; o’quvchilarni axloqiy, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, go’zallik,
iqtisodiy, ekologiya va boshqa yo’nalishlarda tarbiyalashning bosh tamoyili;
millatlararo muloqot madaniyatini tarbiyalash va buning natijasida
O’zbekistonda umumfuqaroviy totuvlikka erishishning insonparvarlik yo’li va
vositasi; ijtimoiy tarbiya va maktab tarbiyasi uyg’unligining pedagogik sharti;
insoniyatni umumbashariy uyg’unlikka olib borishning pedagogik yo’li; ijtimoiy
ma’naviy jabhada milliy xavfsizlikni ta’minlashning strategik ob’ekti va vositasi;
o’quvchilarda milliy (avto va getero) streotiplarni maqsadli shakllantirish,
ma’naviy boyitish jarayoni ekanligi shundan dalolat beradi .
Milliy tarbiyalanganlik ilk bosqichi milliy bilimlarning sustligi, o’z milliy
mansubligini noaniqroq anglanishi, o’z millatiga mansub bo’lgan odamlar bilan
umumiyligini unchalik aniq bilmaganligi bilan xarakterlidir. Oilada tashkil
etiluvchi tarbiyaning aniq maqsadga yo’naltirilishi, ota-onalarning milliy
qadriyatlar va oila tarbiyasini tashkil etishning pedagogik-psixologik asoslaridan
yetarli darajada xabardor bo’lishlariga erishish bugungi kunning muhim
talabidir.
Shuningdek, milliy tarbiyaning ilk bosqichida til birinchi darajali
ahamiyatga ega. Ma’lumki, til milliy o’z-o’zini anglashning asosiy
komponentlaridan biri hisoblanadi. Chunki til ona tili sifatida anglanadi va bu
tilda ushbu millat vakillari o’zaro gaplashadilar. Milliy til orqali o’z millati
a’zolari orasida o’zaro tushunishni, milliy madaniy ma’lumot, axborotlarni,
madaniy merosni saqlagan holda avloddan avlodga o’tkazish ta’minlanadi.
Milliy yuksalish tafakkur rivojida tarixiy tarbiyaning roli beqiyosdir. Garchi
mazkur tushunchaga pedagogik adabiyotlarda keng o’rin berilmasada, uni
zamonaviy sharoitda qo’llashga alohida zaruriyat borligini e’tirof etib o’tish
lozim. Mahmudxo’ja Behbudiy ta’kidlab o’tganidek, “Dars ila tarbiya orasida bir
oz farq bor bo’lsa ham, ikkisi bir-biridan oyrilmaydurgan, birining vujudi biriga
boylangan jon ila tan kabidir” . Yuqoridagi fikrlarga asoslangan holda,
tadqiqotda “tarixiy tarbiya” masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Zero,
tarixiy tarbiya yordamida millat birinchidan, “Biz kimmiz?”, “Kimlarning
avlodimiz?” degan savollarga javob izlash zamirida o’zining tarixiy ildizlarini
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
113
anglashi, ikkinchidan, o’tmishda ro’y bergan jarayonlarni tahlil etish orqali
ulardan bugungi kun uchun zarur saboqlar chiqarishi, uchinchidan, real voqelik,
uni keltirib chiqargan sabablar, omillarni chuqurroq anglab yetishi va yo’l
qo’yilgan xatolardan xulosa chiqargan holda ertangi kunining optimal yo’llarini
belgilashi mumkin bo’ladi.
Tarixiy tarbiyani tashkil etishda xalq og’zaki ijodi, badiiy adabiyot
namunalari, ixcham shakldagi pand-nasihatlar, matallar, rivoyatlar, tarixiy
qo’shiqlar,
asrlar
davomida
sayqallashgan
urf-odatlar
mazmunida
mujassamlashgan ajdodlar tajribasiga tayanib ish ko’rish nihoyatda muhim.
Tarixiy tarbiyaning tarixiy tafakkur rivojidagi o’rni haqida gap ketar ekan,
masalaning quyidagi jihatiga ham e’tibor berish zarur. Ingliz olimi Ral’f Emerson
“tamaddunning haqiqiy darajasi boylik bilan emas, shaharlarning mahobati
bilan ham emas, mamlakatda tarbiyalanayotgan insonlar qiyofasi bilan
belgilanadi”, – deb yozgan edi . Ana shu qiyofani shakllantirishga qaratilgan
tarixiy tarbiya ikki xil – salbiy hamda ijobiy maqsadga yo’naltirilgan bo’lishi
mumkin. Shaxs, ijtimoiy guruh yoki millat tarixiy xotirasini bir yoqlama, noxolis,
noadekvat shakllantirishga qaratilgan tarbiya mohiyatan salbiy mazmunga
egadir. Chunki, bunda o’sib kelayotgan yosh avlodga bilim berishda bir yoqlama
tarixiy tarbiya amalga oshiriladi. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, yoshlar ongiga
singdirilgan noto’g’ri axborotni o’chirib tashlash oson kechmaydi. O’sib
kelayotgan yoshlarga tarixni noxolis singdirishni millat tarixiy xotirasidagi bir
ustunning ildiziga bolta urish, uni yemirishga qaratilgan siyosiy xatti-harakat
sifatida baholash mumkin .
Tarixiy tarbiya ijobiy mazmunga ega bo’lsa, barcha sa’y-harakatlar xolislik,
ob’ektivlik, chuqur ilmiy tahlil asosida olib boriladi, tarixiy tafakkur rivoji
o’zgacha xarakter kasb etadi. Ya’ni, bu yo’lda barcha harakatlar tarixiy,
ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlarga bog’liq holda tarixiy haqiqatni bilish, uni
muhrlash, yosh avlodga xolisona yetkazishga yo’naltirilgan holda olib boriladi.
Bunda buyuk mutafakkirlar ta’limotiga, boy milliy va umuminsoniy, ma’naviy-
ma’rifiy qadriyatlarga asoslaniladi. Milliy tiklanish jarayoni orqali milliy tarixiy
tafakkurdagi kemtiklarni to’ldirish jarayoni boshlanadi. Zero, xolis singdirilgan
tarixiy tarbiya insonda xatolardan himoyalanish, to’g’ri yo’lni belgilab olish
qobiliyatini shakllantiradi.
Demak, jamiyatni demokratlashtirish va insonparvarlashtirish falsafa
oldiga yuksak vazifalarni shart qilib qo’yadi. Ana shunday vazifalardan biri
yoshlarda milliy tafakkur yuksalishini rivojlantirishdir. Aynan yoshlarni
tafakkurini shakllantirishga yangicha yondashish orqali demokratik va
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
114
insonparvar jamiyat uchun asosiy qadriyat sanalgan “jamiyat hayotida faol
ishtirok etish”, “hamkorlik”, “individuallashtirish”, “ongli intizom”, “tolerantlik”,
“qadr-qimmat”, “erkinlik” kabi tushunchalar hayotda o’z amaliy tasdig’ini topadi.
Shu bilan birga, mazkur qadriyatlarni amalga oshirish orqali o’quvchilarda
tarixiy tafakkurni rivojlantirish samaradorligi ortadi.
Yoshlarda tarixiy tafakkurni rivojlantirish o’z navbatida yoshlardan
innovatsion faoliyatni samarali amalga oshirishni talab etadi.
Innovatsion faoliyat – yoshlarni harakatga keltiruvchi, olg’a boshlovchi,
taraqqiy ettiruvchi kuchdir. “Innovatsion faoliyat – bu yangi ijtimoiy talablar
bilan an’anaviy me’yorlarning mos kelmasligi, yoxud amaliyotning yangi
shakllanayotgan me’yorining mavjud me’yor bilan to’qnashuvi natijasida
vujudga kelgan majmuali muammolarni hal etishga qaratilgan faoliyatdir», – deb
ta’kidlaydi V.I.Slobadchikov .
M.Jumaniyozovaning fikricha, yoshlarni innovatsion faoliyatga tayyorlash
muammosiga murojaat etish jamiyatda innovatsion jarayonlar dinamikasining
o’sib borishi natijasida vujudga keldi. Uning tahlili faqat fan va texnika erishgan
zamonaviy yutuqlardan foydalanishni o’z ichiga olmasdan, balki yangiliklarni
izlash, yaratish, moslashtirish, tadbiq etish va olingan natijalarni qayta
tekshirish kabi jarayonlarini ham qamrab oladi .
Innovatsion faoliyatning tuzilishini o’rganib chiqqan olimlardan biri
V.A.Slastenin uni quyidagicha tuzilishga ega deb ko’rsatib o’tadi: “Innovatsion
faoliyatning tuzilishi – ijodiy yondashuv, ijodiy faollik, yangilikni kiritishga
texnologik va metodologik tayyorgarlik, yangicha fikrlash, muomala madaniyati.
Innovatsion faoliyatning darajalari: reproduktiv, evristik, kreativ bo’lishi
mumkin” .
Xulosa qilganda, har bir millat jahon sivilizatsiyasida o’z o’rnini egallashga
intilar ekan, u milliy madaniy meros bilan cheklanib qola olmaydi. Umuminsoniy
qadriyatlarsiz insoniyat tomonidan ko’p asrlar davomida to’plangan tarixiy
falsafiy, axloqiy, ilmiy va diniy merossiz mafkura haqida gapirish o’z-o’zini
maqtashdan nariga o’tmaydi. Har bir xalqning tarixiy, madaniy va ma’naviy
merosida umuminsoniy qadriyatlar ham o’ziga xos shakllar va ko’rinishlarda
ifoda etilgan bo’ladi. Milliy qadriyatlarni tiklash jahon ma’naviyati va
umuminsoniy qadriyatlardan ajralgan holda sodir bo’lmaydi. Milliy va
umuminsoniy qadriyatlar o’zaro uzviy bog’langan, bir-biriga ta’sir etadi. Chunki,
umuminsoniy qadriyatlarda butun insoniyatning, shu jumladan, o’zbek xalqining
ham intilishlari o’z ifodasini topadi. Xalqimizning qadriyatlarga sodiqligini
inobatga olib, insoniyat tomonidan yaratilgan, uning asrlar osha avaylab asrab
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
115
kelgan adolat, insonparvarlik va tenglik an’analarini qayta tiklash, ularga yangi
mazmun bag’ishlash, har bir kishining kamol topishiga erishish uchun zarur
shart-sharoit yaratishda namoyon bo’lmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Фалсафа: қомусий луғат (Тузувчи ва масъул муҳаррир Қ.Назаров). –
Т.: Шарқ, 2004. –Б. 190.
2.
Туленов Ж. Фалсафий маданият ва маънавий камолот. – Тошкент:
Меҳнат, 2000. –Б. 7.
3.
Рахмонов Р., Файзиев Ф. Ёшлар дунёқараши шаклланишида тарихий
онг ва тарихий хотира. – Т.: Ўзбекистон, 2009. –Б. 12.
4.
Абдуллажанова Д. Тарихий онг ва тарихий хотира. // Фалсафа ва
ҳуқуқ. – Тошкент, 2004. – № 2. – Б.83-85.
5.
Самиев А.Х.Историческое сознание и развитие духовного мира
человека.–Душанбе: Дониш, 1994. –С.34.
6.
Маврулов А. Маънавий баркамол инсон тарбияси. – Тошкент:
Ўзбекистон, 2008. –Б. 56.
7.
Жўраев Н. Тарих фалсафасининг назарий асослари. – Т.: Маънавият,
2008. –Б. 193.
8.
Жўраев Н. Тарих фалсафасининг назарий асослари. – Т.: Маънавият,
2008. –б. 194.
9.
Абдуллаева Д.С. Миллий тарихий хотиранинг моҳияти ва
ривожланишининг ўзига хос хусусиятлари (ижтимоий-фалсафий таҳлил):
Дисс. ... фал. фан. ном. – Т., 2006. –б. 54.