THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
88
MANTIQIY TAFAKKUR TUSHUNCHASI VA UNING MAZMUN-
MOHIYATI.
Zikiryayeva Manzura Mavlonovna
Buxoro davlat tibbiyot instituti 2-kurs tayanch doktoranti
manzurazikiryayeva83@gmail.com
tel: +998907457413
https://doi.org/10.5281/zenodo.15194824
Annotatsiya:
Mazkur maqola mantiqiy tafakkur tushunchasini o‘rganishga
bag‘ishlangan bo‘lib, uning mazmuni va mohiyatini tahlil etadi. Maqolada
mantiqiy tafakkurning falsafiy, psixologik va pedagogik jihatlari, uning kundalik
hayotdagi ahamiyati va ta’lim tizimidagi o‘rni keltirilgan. Shuningdek, mantiqiy
tafakkurning rivojlanishi va uning ijtimoiy-hayotiy faoliyatdagi roli haqida ham
so‘z yuritiladi. i. Maqola o‘quvchilarga va talabalar uchun mantiqiy tafakkurni
rivojlantirish yo‘llari va metodikalariga oid ilmiy asoslangan tavsiyalarni taqdim
etadi.
Kalit so‘zlar:
tafakkur, til, nutq, mantiqiy tafakkur, sezgi, idrok, tasavvur,
fikrlash faoliyati, tushunish, faraz qilish, fikr, mulohaza, g‘oya, faraz, hukmlar.
Аннотация:
Данная статья посвящена изучению понятия логического
мышления, а также анализу его содержания и сущности. В статье
рассматриваются философские, психологические и педагогические
аспекты логического мышления, его значение в повседневной жизни и
роль в системе образования. Кроме того, освещается развитие логического
мышления и его роль в социальной и жизненной деятельности. Статья
предлагает научно обоснованные рекомендации по методам и способам
развития логического мышления для учащихся и студентов.
Ключевые слова:
мышление, язык, речь, логическое мышление,
ощущение, восприятие, представление, мыслительная деятельность,
понимание, гипотеза, мысль, рассуждение, идея, предположение,
суждения.
Annotation:
This article is dedicated to the study of the concept of logical
thinking, as well as the analysis of its content and essence. The article examines
the philosophical, psychological, and pedagogical aspects of logical thinking, its
importance in everyday life, and its role in the education system. In addition, it
discusses the development of logical thinking and its role in social and practical
activities. The article offers scientifically grounded recommendations on
methods and ways of developing logical thinking for students and learners.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
89
Keywords:
thinking, language, speech, logical thinking, sensation,
perception, imagination, cognitive activity, understanding, hypothesis, thought,
reasoning, idea, assumption, judgments.
Tafakkur - inson aqliy faoliyatining yuksak shakli, obyektiv voqelikning
ongda aks etish jarayoni hisoblanib, qadim zamonlardan boshlab, doimiy
ravishda falsafiy, pedagogik, psixologik, fiziologik tadqiqotlar ilmiy qiziqishlari
doirasida asosiy obyektlardan biri sifatida o‘rganilib kelingan.
Tafakkur atrof muhitni, ijtimoiy hodisalarni, voqelikni bilish quroli,
shuningdek, inson faoliyatini amalga oshirishning asosiy sharti sanaladi. U sezgi,
idrok, tasavvurlarga qaraganda voqelikni to‘la va aniq aks ettiruvchi yuksak
bilish jarayonidir.
Tafakkur - inson miyasining alohida funksiyasi. Uning nerv fiziologik asosi
birinchi va ikkinchi signal sistemalarining o‘zaro munosabatidan iborat.
Tafakkur jarayonida insonda fikr, mulohaza, g‘oya, faraz kabilar vujudga
keladi va ular shaxsning ongida tushunchalar, hukmlar, xulosalar shaklida
ifodalanadi.
Tafakkur til va nutq bilan chambarchas bog‘liq ravishda namoyon bo‘ladi.
Fikrlash faoliyati nutq shaklida namoyon bo‘ladi. Nutq aloqasi jarayonida
insonning hissiy mushohada doirasi kengayib qolmay, orttirilgan tajriba boshqa
kishilarga ham beriladi. Inson o‘zining tafakkuri, nutqi hamda ongli xatti-
harakati bilan boshqa mavjudotlardan ajralib turadi. U fikr yuritish faoliyatida
o‘zida aks ettirgan, idrok qilgan, tasavvur etgan narsa va hodisalarning
haqiqiyligini aniqlaydi, hosil qilingan hukmlar, tushunchalar, xulosalar chin yoki
chin emasligini belgilab oladi.
Inson tafakkuri orqali voqelikni umumlashtirib, bavosita (bilvosita) aks
ettiradi, narsa va hodisalar o‘rtasidagi eng muhim bog‘lanishlar, munosabatlar,
xususiyatlarni anglab yetadi. Binobarin, inson muayyan qonun, qonuniyat va
qoidalarga asoslangan holda ijtimoiy voqea va hodisalarning vujudga kelishi,
rivojlanishi hamda oqibatini oldindan ko‘rish imkoniyatiga ega.
Tafakkur ko‘pgina fan sohalari (falsafa, mantiq, jamiyatshunoslik,
pedagogika, fiziologiya, kibernetika, biologiya)ning tadqiqot obyekti hisoblanadi.
Psixologiyada tafakkur voqelikni umumlashtirish darajasiga, muammoni
yechish vositasi xususiyatiga, holatlarning inson uchun yangiligi, shaxsning
faollik ko‘rsatish darajasiga ko‘ra bir necha turlarga (ko‘rgazmali harakat,
ko‘rgazmali obrazli, amaliy, nazariy, ixtiyoriy, ixtiyorsiz, mavhum, ijodiy va h.k.)
ajratib tadqiq qilinadi.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
90
Ijtimoiy hayotda, ta’lim jarayoni va ishlab chiqarishda odamlar o‘rtasidagi
aloqa va munosabatlar ham tafakkur yordamida namoyon bo‘ladi. Jamoada
tanqidiy qarash, o‘zini o‘zi tanqid, baholash, tekshirish, o‘zini o‘zi tekshirish,
nazorat qilish, o‘zini o‘zi nazorat qilish, guruhiy mulohaza yuritishdan iborat
tafakkur sifatlari vujudga keladi.
Insonning inson tomonidan idrok qilinishi ham tafakkur bilan uzviy
aloqadadir. Ijodiy ishlar, kashfiyotlar, ixtirolar, takliflar tafakkurning mahsuli
hisoblanadi. Psixologiya tafakkurning filogenetik (insoniyat paydo bo‘lishi
davri), ontogenetik (kishi umri davomida) bilishga oid tarixiy jihatlarini ham
o‘rganadi. Hozirgi zamon fanining juda ko‘p murakkab masalalari tafakkurdagi
mantiqiy jarayonlarni yanada chuqurroq o‘rganishni taqozo etmoqda.
Antik davr faylasuflari Arastu, Demokrit, Suqrot, Epikur tafakkurni ruhiyat
hamda taassurotlar birligi sifatida e’tirof etgan holda, tafakkur qonuniyatlari,
shakllarini birinchilardan bo‘lib tasniflaganlar. Yangi davr faylasuflari Dj. Lokk,
F.Bekon, K.Galvesiy, D.Yumlar esa tafakkurning namoyon bo‘lishini: his etish,
idrok etish, tasavvur qilish hamda refleksiya sifatida belgiladilar.
Klassik nemis falsafasida (E. Kant, I. Fixte, F. Shelling, G. Gegel) tafakkur
subyektning mustaqilligi ramzi sifatida namoyon bo‘ladi. XVIII asr nemis
faylasuflari tafakkurning mehnat faoliyati, hamda ijtimoiy amaliyot natijasida
yuzaga keladigan o‘ziga xos shakllari sifatida namoyon bo‘lishiga e’tiborlarini
qaratdilar.
Shuni qayd etish lozimki, falsafiy tadqiqotlar yo‘nalishida tafakkur
avvalambor insonning bilish imkoniyatlarini ro‘yobga chiqaruvchi ijtimoiy-
tarixiy jarayon sifatida yuzaga keladi.
G‘arb psixologiyasi tarixida tafakkurni o‘rganishning assotsiativ, bixevorial,
geshtatpsixologiya hamda kognitiv yo‘nalishlari asosiy konseptual yondashuv
sifatida e’tirof etiladi. Assotsiativ psixologiya yo‘nalishi namoyondalari (D. Xartli,
Dj. Pristli, I. Ten, G. Ebbingauz, V.Vundt) tafakkurni o‘tmishdagi aloqalar hamda
mavjud sensor tajribaning assotsiativ bog‘liqligi yuzaga chiqaradigan jarayon
sifatida qaraydilar, uning asosiy funksiyalaridan bo‘lgan bilimlarni ijodiy sintez
qilish holatini inkor etadilar hamda bilishning asosiy va yagona obyekti sifatida
subyektiv olam va g‘oyalar olami chegarasidan chiqa olmaydilar .
Psixologiya tarixida tafakkurni eksperimental tadqiq qilishga Vyursburg
maktabi vakillari (A. Kyulpe, A. Mayer, N. Ax, K. Byuler, K. Teylor) harakat qilib
ko‘rishdi. Assotsiativ nazariyaga qarama qarshi o‘laroq ular tafakkurning tartibli
yo‘nalganlik xususiyatlarini ko‘rsatgan holda, fikrlash jarayoni orqali insonning
o‘zligini namoyon qilishda tafakkurning hal qiluvchi ahamiyatini ko‘rsatishdi .
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
91
Shuningdek, bixeviorizm, geshtalt psixologiya hamda psixoanaliz vakillari
(B.Skinner, A.Bandura, Z.Freyd, A.K.Yung) ham o‘z ta’limotlari negizida
tafakkurning turli hodisa sifatidagi ko‘rinishlarini tadqiq qilib o‘z nuqtai
nazarlarini asosladilar.
Xulosa qilib aytganda, psixologiyada tafakkur voqelikni umumlashtirish
darajasiga, muammoni yechish vositasi xususiyatiga, holatlarning inson uchun
yangiligi, shaxsning faollik ko‘rsatish darajasiga ko‘ra bir necha turlarga
(ko‘rgazmali harakat, ko‘rgazmali-obrazli, amaliy, nazariy, ixtiyoriy, ixtiyorsiz,
mavhum, ijodiy va h.k.z) ajratib tadqiq qilinadi.
Tafakkur – inson aqliy faoliyatining yuksak shakli, obyektiv voqelikning
ongda aks etish jarayoni. Tafakkur atrof muhitni, ijtimoiy hodisalarni, voqelikni
bilish quroli, shuningdek, inson faoliyatini amalga oshirishning asosiy sharti
sanaladi. U sezgi, idrok, tasavvurlarga qaraganda voqelikni to‘la va aniq aks
ettiruvchi yuksak bilish jarayonidir. Tafakkur – inson miyasining alohida
funksiyasi. Uning nerv fiziologik asosi birinchi va ikkinchi signal sistemalarining
o‘zaro munosabatidan iborat. Tafakkur jarayonida insonda fikr, mulohaza, g‘oya,
faraz kabilar vujudga keladi va ular shaxsning ongida tushunchalar, hukmlar,
xulosalar shaklida ifodalanadi. Tafakkur til va nutq bilan chambarchas bog‘liq
ravishda namoyon bo‘ladi. Fikrlash faoliyati nutq shaklida namoyon bo‘ladi.
Nutq aloqasi jarayonida insonning hissiy mushohada doirasi kengayib qolmay,
orttirilgan tajriba boshqa kishilarga ham beriladi. Inson o‘zining tafakkuri, nutqi
hamda ongli xatti-harakati bilan boshqa mavjudotlardan ajralib turadi. U fikr
yuritish faoliyatida o‘zida aks ettirgan, idrok qilgan, tasavvur etgan narsa va
hodisalarning haqiqiyligini aniqlaydi, hosil qilingan hukmlar, tushunchalar,
xulosalar chin yoki chin emasligini belgilab oladi. Inson tafakkuri orqali
voqelikni umumlashtirib, bavosita (bilvosita) aks ettiradi, narsa va hodisalar
o‘rtasidagi eng muhim bog‘lanishlar, munosabatlar, xususiyatlarni anglab yetadi.
Binobarin, inson muayyan qonun, qonuniyat va qoidalarga asoslangan holda
ijtimoiy voqea va hodisalarning vujudga kelishi, rivojlanishi hamda oqibatini
oldindan ko‘rish imkoniyatiga ega.
Tafakkur ko‘pgina fan sohalari (falsafa, mantiq, jamiyatshunoslik,
pedagogika, fiziologiya, kibernetika, biologiya)ning tadqiqot obyekti hisoblanadi.
Psixologiyada tafakkur voqelikni umumlashtirish darajasiga, muammoni yechish
vositasi xususiyatiga, holatlarning inson uchun yangiligi, shaxsning faollik
ko‘rsatish darajasiga ko‘ra bir necha turlarga (ko‘rgazmali harakat, ko‘rgazmali-
obrazli, amaliy, nazariy, ixtiyoriy, ixtiyorsiz, mavhum, ijodiy va h.k.) ajratib
tadqiq qilinadi. Ijtimoiy hayotda, ta’lim jarayoni va ishlab chiqarishda odamlar
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
92
o‘rtasidagi aloqa va munosabatlar ham tafakkur yordamida namoyon bo‘ladi.
Jamoada tanqidiy qarash, o‘zini o‘zi tanqid, baholash, tekshirish, o‘zini o‘zi
tekshirish, nazorat qilish, o‘zini o‘zi nazorat qilish, guruhiy mulohaza yuritishdan
iborat tafakkur sifatlari vujudga keladi. Insonning inson tomonidan idrok
qilinishi ham tafakkur bilan uzviy aloqadadir. Ijodiy ishlar, kashfiyotlar, ixtirolar,
takliflar tafakkurning mahsuli hisoblanadi. Psixologiya tafakkurning filogenetik
(insoniyat paydo bo‘lishi davri), ontogenetik (kishi umri davomida) bilishga oid
tarixiy jihatlarini ham o‘rganadi. Hozirgi zamon fanining juda ko‘p murakkab
masalalari tafakkurdagi mantiqiy jarayonlarni yanada chuqurroq o‘rganishni
taqozo etmoqda
Tafakkur – miya faoliyati bo‘lib, u tufayli inson, so‘zlar va obrazlar
yordamida o‘z organizmining turli-tuman holatlarini hamda borliqda real
mavjud va mavhum jismlar va hodisalarni ko‘z oldiga keltirishi va ifodalashi
mumkin. Tafakkurning umumiy tasnifidan ko‘rinib turibdiki, odam miya
faoliyatining ushbu bosh funksiyasida so‘zlar va obrazlar, ya’ni organizmning
turli-tuman faoliyati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va so‘z orqali ta’sirlanishning
hamkorligi orqali shakllangan vaqtli aloqalar muhim rol o‘ynaydi. Bunda, vaqtli
aloqalar tafakkurning fiziologik apparati, uning tahlilli-sintetik mexanizmi
hisoblanadi. Qo‘zg‘atuvchilarni tahlil va sintez qilish hamda organizmni ularga
nisbatan javob faoliyati natijasida vaqtli aloqalar xotirada yig‘ilibgina
qolmasdan, balki undan qaytarib olinadi va ularning o‘zidan hamda doimiy hosil
bo‘ladigan aloqalardan yangi aloqalarni vujudga keltirish uchun material bo‘lib
xizmat qiladi. Ushbu mexanizmlar o‘z-o‘zini boshqarish va doimiy faollik
xususiyatlariga ega bo‘lib, oqibatda xotirada saqlanadigan vaqtli aloqalarni
qaytarib olish, ulardan yangi va tizimli aloqalarni, ularni doimiy shakllanuvchi
assotsiatsiyalar bilan majmuasini hosil qilish amalga oshiriladi. Zamonaviy
fiziologiyada ushbu mexanizmlar reflektorli hisoblanadi, lekin bu, reflektorlik
doirasida o‘z-o‘zini boshqarish asosida yotgan sirkulyatorli jarayonlar
mavjudligini ham inkor etmaydi.
Odamda vaqtli aloqalar hosil bo‘lishining qonuniyatlari hayvonlarniki bilan
umumiylikka ega bo‘lsa ham, ular sifat jihatdan o‘zaro farqlanishi to‘g‘risida
aytgan edik. Shu tufayli, odam va hayvonlarning tafakkuri ham bir-biridan farq
qiladi. I.P.Pavlov hayvonlarda, xususan itlarda «tushunish», «faraz qilish»,
«tafakkur» qobiliyatlari mavjudligini tan olgan. Uning fikricha, itning
«tafakkuri», uning sezgi a’zolariga ta’sir ko‘rsatayotgan qo‘zg‘atgichlarni tahlil va
sintez qilishning natijasi hisoblanadi. Insonga esa, yuksak tafakkur mansub
bo‘lib, unda ikkinchi signal tizimi mavjudligi tufayli, bu tafakkur voqelikdan
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
93
chetga chiqishga asoslangan. O‘rganish (tajriba), fikr, tafakkur, ma’no – vaqtli
aloqalar hosil bo‘lish jarayoni bo‘lib, ulardan foydalanish esa – tushunishdir.
Ushbu omillarning o‘zaro aloqadorligini ta’minlash mexanizmida bir qator
mu-ammolar bo‘lishiga qaramasdan mustaqil fikrlovchi shaxs hamisha erkinlik
va o‘zini o‘zi boshqarishga ehtiyoj sezadi. Inson qancha mayda-chuyda
nazoratlardan, cheklashlardan xoli bo‘lsa, mustaqil fikrlash madaniyatini
shakllantirish uchun shuncha real imkoniyat vujud¬ga keladi. Xuddi shuning
uchun ham mustaqil fikrlash madaniyati, o‘z navbatida, mustaqil ishlash va
mustaqil yashash jarayonida rivoj¬lanib, mustahkamlanib boradi .
Bizning dunyoni, uning sir-asrorlarini tushunishimizning zaminida narsa va
hodisalarning biz uchun shaxsiy aloqasi, ahamiyatliligi darajasi yotadi. Ana
shunday dunyoni tushunishimiz, anglashimiz va unga ongli muno¬sabatimizni
bildirib, izhor qilishimizga aloqador bilish jarayoni psixologiyada tafakkur,
fikrlash deb ataladi.
Tafakkur – inson ongining bilish obyektlari hisoblanmish narsa va hodisalar
o‘rtasida murakkab, har tomonlama aloqalarning bo‘lishini ta’minlovchi
umumlashgan va mavhumlashgan aks ettirish shaklidir.
Tafakkurning oliyligi va murakkabligi shundaki, u idrokdan farqli, bevosita
aks ettirish bo‘lmay, narsalar va ularning xossalarini ular yo‘q paytda ham aks
ettirishga imkon beradi. Masalan, Afrikaning subtropik hududlari to‘g‘risida gap
ketganda, umrida biror marta Afrikaga bormagan odam ham subtropiklik
xossasini bilgani uchun ham ushbu axborotni tushunib, uni qabul qila oladi.
Tafakkur qilishimizni ta’minlovchi organ – bu bizning miyamiz. Barcha
hisob-kitob ishlari – eng elementar harakatlarni rejalashtirishdan tortib,
murakkab mavhum teoremalarni isbot qilishga qaratilgan operatsiyalar miyada
sodir bo‘ladi. Shuning uchun ham juda charchab turgan paytda odamdan biror
qiyinroq masala xususida fikr bildirishini so‘rasangiz, «hozir boshim og‘rib
turibdi, juda charchaganman, biroz o‘zimga kelay, keyin fikrlashamiz», deb javob
beradi. Demak, miya faoliyati bilan fikrlash faoliyati o‘zaro uzviy bog‘liq ekan.
Miyamizning fikrlash qobiliyati va imkoniyatlari shunchalik salmoqliki, ayrim
olimlarning fikricha, uning ishlash qonunlari hozir biz ishlatayotgan
komyuterlar emas, yana 100-200 yillardan keyin paydo bo‘ladigan murakkab,
o‘ta «aqlli» kompyuterlar faoliyatiga yaqin ekan.
Mantiqiy tafakkur – bu mavhum tafakkur bo‘lib, so‘zlar, so‘zda ifodalangan
bilim, g‘oya va tushunchalarga tayangan holda bevosita idrokimiz doirasida
bo‘lmagan narsalar yuzasidan chiqargan hukmlarimiz, mulohazalarimiz bu
tafakkurga misol bo‘la oladi. Masalan, olam, uning noyob va murakkab
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
94
hodisalarini falsafiy o‘rganish faqat mavhum, abstrakt tafakkur yordamida
mumkin bo‘ladi.
Mantiqiy tafakkur tushunchasi – bu insonning o‘z fikrlash jarayonini
mantiqiy qonuniyatlar va qoidalarga asoslangan holda tashkil etishi, tahlil va
xulosa chiqarish qobiliyatidir. Bu tafakkur turi insonlarga muammolarni hal
qilish, asosli qarorlar qabul qilish va bilimlarni tizimli o‘zlashtirish imkonini
beradi.
Mantiqiy tafakkur insonning ilmiy va amaliy faoliyatida muhim rol o‘ynaydi,
ayniqsa tibbiyot, muhandislik, huquq va boshqa sohalarda u juda zarur.
Mantiqiy masalalar. Ko‘p masalalar borki, ularni yechish uchun odamdan
maxsus bilimga ega bo‘lish talab etiladi: algebra, geometriya, fizika masalalari va
boshqalar shular jumlasidandir. Ammo shunday masalalar ham borki, ularni
yechishda odamdan faqat fikr yurita olish qobiliyati, zehn o‘tkirligi talab qilinadi.
Bunday masalalar mantiqiy masalalar deb ataladi.
Shunisi qiziqki, mantiqiy masalalarni yechish fikriy amallar bosqichlarining
sxemasiga mos kelib, xuddi ilmiy izlanishga o‘xshaydi. Mana, sizga, uncha qiyin
bo‘lmagan bitta mantiqiy masala: Tolya Seryojaning yoshiga yetganida
Seryojaning yoshi Sashanikidan ikki baravar ortib ketadi. Yosh jihatidan
bolalarning qaysi biri katta, qaysinisi o‘rtancha, qaysi bola kenjatoy?
Shunga o‘xshash masalalarni yechishingizda yordam berish maqsadida bu
masalaning javobini o‘zim aytib qo‘ya qolay: bolalar ichida yoshi kattasi –
Seryoja, o‘rtanchasi – Tolya, eng kenjatoyi – Sasha .
Pavlov o‘z xodimlari bilan o‘tkazgan suhbatlarini ana shunday, ya’ni
ko‘pchilikning aqli, deb atagan va bu suhbatlar «Pavlov chorshanbaliklari» nomi
bilan fanda o‘z o‘rnini egallagan.
Xalqda ham shunday bir maqol bor: «Bir kalladan – bir aql, ming kalladan –
ming aql». Darvoqe, biron masala ustida ko‘pchilik odamning birgalikda aql
yuritishi ular fikrlarining shunchalik jamlanishimi? Yoki ko‘pchilik bo‘lib o‘ylash
– o‘zicha alohida boshqa narsami?
Yo‘q. Psixologik jihatdan ko‘pchilikning aqli masalasi ancha murakkab
masaladir.
Biron masala ustida, chunonchi brigadada ko‘pchilik odamlarning
birgalikda muhokama yuritishlari shu muhokamada qatnashayotgan har bir
kishidan ham yaxshi aql chiqishiga foydali ta’sir ko‘rsatadi. Buning quyidagicha
sabablari bor:
- kollektiv oldida turgan umumiy masalani hal qilishda hamma bir-biriga
dalda bo‘ladi;
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
95
- masalani har tomonlama puxta va shu bilan birga tanqidiy jihatdan ham
o‘ylab ko‘rish imkoni tug‘iladi;
- o‘zaro fikr almashish natijasida har bir kishining bilim va tajribasi boyiydi;
- ko‘p miqdorda dadil tashabbuslar tug‘iladi; musobaqalashish va o‘zaro
yordam ko‘rsatish hissi uyg‘onadi;
- bir masalani ko‘pchilik bo‘lib yechish yangi masalalarni ilgari surish
ishtiyoqini uyg‘otadi.
Faqat shugina emas. Odam biron narsa haqida o‘zi «yigirma martalab»
o‘ylagan chog‘ida ham, u ko‘pincha miyasiga mahkam o‘rnashib olgan bir fikrdan
tashqariga chiqa olmaydi: miyaning ishlab turgan uchastkalari va ular
o‘rtasidagi bog‘lanishlar bir xilligicha turaveradi. Odam o‘z fikrini boshqalarga
aytib berayotgan choqda og‘zidan chiqayotgan gaplarini o‘zi ham eshitadi, bu esa
miyaning boshqa uchastkalarini ham ishga tushirib, miyada yangi
assotsiatsiyalar yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. «O‘z fikringni boshqalarga bir
necha marta gapirib bersanggina, nima demoqchi bo‘lganingni nihoyat o‘zing
ham tushunib olasan» deyilgan gapning boisi ham shundadir .
Gap aql haqida ketar ekan, tasavvufda aytiladi:
1)
aql - Alloh tomonidan berilgan to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatgich;
2)
aql ham pog‘onalidir: zaiflik va kamchilik, baland-past bo‘lishi
mumkin, umumiy zaifligi – Allohni to‘la bila olmasligi;
3)
aql-zakovat – yuksak ruhning javhari, substansiyasi, xazinasi, tili;
4) aql – ruhning yuksak darajada namoyon bo‘lishi;
5) aql – intellektual markaz, u ikki xil namoyon bo‘ladi: a) quyi pog‘onada
tashqi tomonga qaratilgan, b) yuqori pog‘onada ichki ko‘rinish «baspra». Bunday
odamlar ko‘p emas, ular shariat nuri bilan sug‘oriladi.
Tasavvuf o‘z-o‘zini bilishda aql, ruh, nur munosabatlarini shunday bayon
etadi: ruhdan aql nuri chiqadi, aql nurida barcha bilimlar shakllanadi. Nur a)
pastga qarab nafsga tushadi, yaratilganni parchalaydi, osoyishtalikni buzadi,
nojo‘ya ish qiladi; b) yuqoriga qarab ko‘tariladi, to‘g‘rilanadi, yurak ruhga madad
beradi, Allohga yaqinlashish yo‘li imkoniyatini topadi, endi yaratuvchi nimani
yaratgani bilinadi.
So`fiy hech vaqt o‘zini o‘rganishni tark etmaydi. Ruhni bilish bilan Allohni
bilish orasidagi aloqa doimiydir. O‘zimni bildim, deyish – Allohni bildim,
deyishdir. Kechani bilish bilan kunduzni bilish orasidagi aloqa qanday bo‘lsa, u
aloqa ham shundaydir.
Maorif – Allohni bilish, Allohni bilish esa – so`fiyning Allohga e’tiqod bilan
ruhiy kamolotga yetishidir.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
96
Olam aql va qalb bilan bilinadi. Moddiy olam aql vositasida, Alloh,
qo‘shimcha, qalb bilan! Moddiy olam – sodda, zaif narsalardir, ularni oliy ilohiy
mavjudlik bilan qiyoslab bo‘lmaydi.
Aql miyadagi bilim, ilohiy ilm esa qalbda jo etiladi. Ma’lum ma’noda yurak
kalladan yuqoriroqdir. Shunday qilib, odam aql ishlatib e’tiqod, sadoqat, sabr
bilan, qunt qilib o‘zini ruhan kamolotga yetkazishi ham qarz, ham farzdir. Zero,
Allohni aqlning yordamida biladi, boshqa hamma narsalarni uning nurlari
yordamida bilib oladi .
Shunday qilib, “kasbiy tafakkur” tushunchasi fanda umumiy qabul qilingan
aniq ta’rifga ega bo‘lmasdan, u yoki bu kasbiy faoliyatni amalga oshirish
jarayonida mutaxassisning yetuklik darajasini belgilovchi tafakkur shakli
sifatida namoyon bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
2017
yil
7
fevraldagi ―O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha
Harakatlar Strategiyasi to‘g‘risida‖gi PF-4947-son Farmoni. – O‘zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 6-son
2.
Эббингауз Г. Очерк психологии; Психология / Г. Эббингауз, А. Бэн. –
М.: АСТ-ЛТД, 1998. – 528 с. – (Ассоциативная психология). – (Классики
зарубежной психологии).
3.
Хрестоматия по общей психологии. Психология мышления /под ред.
Ю.Б. Гиппенрейтер, В.В.Петухова. – М.: Изд-во МГУ, 1981. – 240 с.
4.
Ўзбекистон миллий энциклопедияси 8-том.299 б
5.
Мулоқот. №6 24-26 б
6.
Platonov K.K. Qiziqarli psixologiya.T.,”O‘qituvchi”. 1971, 189 b
7.
Karimov B.X, Qalandarov A.D. Sonlar falsafasi. “Buxoro” nashriyoti.2010.
295-296 b.
8.
“Avesto”.Tarixiy-adabiy yodgorlik. A. Mahkam tarjimasi –T.: Sharq
nashriyoti- matbaa konserni. 2001
9.
Буравкова, А. Г. Ситуационные задачи как способ формирования
клинического мышления врача / А. Г. Буравкова, О. Б. Демянова //
Личност, семя и общество: вопросы педагогики и психологии. – 2014. – №
38. – С. 41–45.
10.
Kurbanova G.N. Talabalar kasbiy tafakkurini rivojlantirishda zamonaviy
ma’ruza mashg‘ulotlarining ahamiyati // Биология и интегративная
медицина. 2021. №2 (49).
11.
Петров, В. И. Клиническое мышление в современной системе
высшего медитсинского образования в России / В. И. Петров, М. Ю.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
97
Фролов// Мед. образование и профессионалное развитие. – 2010. – № 1. –
S. 59–62
12.
Kurbanova G.N. Kasbiy pedagogika. Darslik-2021 375b
13.
Психологические
механизмы
формирования
социалного
воображения у подростков. АА Ахмедов, ММ Зикиряева. Новый ден в
медитсине.151-154, 1(29)2020
14.
Зикиряева Манзура Мавлоновна/ Методика описания и развития
процессов педагогикопсихологического творчества у студентов высших
учебных заведений/Journal of new century innovations/ Volume–50_Issue-
1_April_2024/41-54 р.
15.
Зикиряева
Манзура
Мавлоновна/
Механизм
развития
профессионально-логического
мышления
учащихся
студентам
медицинского института/ Лучшие интеллектуальные исследования/
Часть-22_ Том-2_ Июнь -2024/ 111-117стр.
16.
Зикиряева
Манзура
Мавлоновна/
Формирование
навыков
логического мышления у студентов-медиков: методы и способы/ Ta'lim
innovatsiyasi va integratsiyasi / 14-son_4-to’plam_Fevral -2024/ 151-155 б.
17.
Zikiryayeva Manzura Mavlonovna/ Tibbiyot talabalarida klinik amaliyot
davrida mantiqiy tafakkurini shakllantirishning usul va yoʻllari/ ―PEDAGOGIK
MAHORAT‖ ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2024, № 4/ 105-115 б.
18.
Zikiryayeva Manzura Mavlonovna,/ Klinik amaliyot jarayonida bo‘lajak
shifokorlarni mantiqiy tafakkur vositasida kasbiy tafakkurni rivojlantirishning
nazariy asoslari/“Pedagogik Mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2025, №
3/169-173b.
19.
Zikiryayeva Manzura Mavlonovna/ Klinik amaliyot jarayonida boʻlajak
shifokorlarning
mantiqiy
tafakkurini
rivojlantirish
ijodiy
jarayon
sifatida/“Pedagogik Mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2025, № 3/ 183-
187b.