THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
169
BRONXIAL ASTMA SINDROMI, XAVF OMILLARI,
PATOGENEZI,TASNIFI, KLINIKASI, DIAGNOSTIKASI.
Mustafayeva Niginabonu Najmiddinovna
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi talabasi
Qurbonova Sevinch Farxod qizi
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15307494
Annotatsiya:
Mazkur maqolada bronxial astma kasalligi va uning kelib
chiqish patogenezi haqida yoritilgan, bronxial astmani keltirib chiqaruvchi
sabablari, xavfli omillari, klinikasi, simptomlari, diagnostikasi haqida ma’lumot
berilgan, sog’lom turmush tarziga amal qilish, zararli omillardan vos kechish
masalan, chekish, ruhiy zo'riqish, stress kabi holatlardan vos kechish va uzoqroq
yurish aytib o'tilgan.
Аннотация:
Эта статья содержит информацию о болезни и патогенезе
бронхиальной астмы, диагностическом астматике, симптомах и передаче
вредного образа жизни, чтобы пройти через отличительный, умственный
напряженный стресс.
Annotation:
This article discusses bronchial asthma and its pathogenesis,
discusses the treatment methods, harms, clinical features, symptoms, and
diagnosis of bronchial asthma, discusses the importance of following a healthy
lifestyle, avoiding smoking, mental stress, stress relief, and walking more.
Kalit so‘zlar:
bronxial astma, patogenez, simptomlar, diagnostika, xavf
omillari, sog‘lom turmush tarzi, chekishni tashlash, stress, ruhiy zo‘riqish, yurish
Ключевые слова:
бронхиальная астма, патогенез, симптомы,
диагностика, факторы риска, здоровый образ жизни, отказ от курения,
стресс, психическое напряжение, прогулки
Keywords:
bronchial asthma, pathogenesis, symptoms, diagnosis, risk
factors, healthy lifestyle, smoking cessation, stress, mental tension, walking.
Bronxial astma ( asthma bronchiale) surunkali kechuvchi allergik kasallik
bo’lib, unga bronxlarning o’zgargan ( turli immunologik va immunologik
bo’lmagan mexanizmlar oqibatida ) reaktivligi xos. Uning asosiy klinik belgisi
bo’g’ilish xurujidir. Bronxial astma aholi orasida ko’p uchraydigan kasalliklar
qatoriga kiradi. Turli ma’lumotlarga ko’ra Amerika va Yevropa mamlakatlarining
3-7% ushbu kasallik bilan chalingan. So’nggi yigirma yil ichida astma bilan
kasallanish holatlari ko’paydi va bugungi kunda astma ta’siridan taxminan 300
million kishi aziyat chekmoqda. Bu jins va yoshdan qat’iy nazar, insonlarda eng
ko’p tarqalgan kasalliklardan biri hisoblanadi. Bronxial astma bilan
kasallanganlar orasida o’lim darajasi yuqori.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
170
Kasallikning rivojlanishida eng avvalo turli ekzogen allergenlar muhim rol
o’ynaydi. Ularga bo’lgan reaksiya bronxial astmaga chalingan bemorlarning 60-
80% i maxsus sinamalar yordamida aniqlanadi. Kelib chiqish asosi o’simliklar
bo’lgan allergenlar ( o’simlik changgi, qo’ziqorin va boshqalar ), uy allergenlari (
uy va kutubxona allergenlari, hayvonlar kepagi, akvarium baliqchalari uchun
quruq ovqat va boshqalar ), oziq ovqat yoki nutritiv allergenlari ( tuxum,
sitruslilar, oziq-ovqat bo’yoqlari, konservalar) hozir keng tarqalgan hisoblanadi.
Bronxial astmaning paydo bo’lishi va zo’rayishida tuli mikroorganizmlar,
bakteriyalar, viruslar, zamburug’lar va boshqalar katta ahamiyatga ega. Chunki
mikroorganizmlar ularning matabolik mahsulotlari allergen sifatida ta’sir qilishi
va shu sabab sensibilizatsiya olib kelishi mumkin. Oqsil tuzilishi bo’lmagan
allergenlar inson organizmiga tushishi va uning oqsillari bilan bog’lanishi
natijasida ham allergen xurujlar yuzaga kelishi va bronxial astma xavfini
oshiradi.
Patogenezi. Bronxial astmaga chalingan bemorlarning bronxlardagi
o’zgarishlar asosida sensibilizatsiya yotadi. Bunda IgE sinfiga mansub I tipdagi
allergic reaksiyalar katta ahmiyatga ega. Bu antitelalar bronxlarning shilliq osti
asosidagi semiz hujayralarda joylashadi. Allergenlar bronxlarga qayta tushganda
ular semiz hujayralardagi reagenli antitelalar bilan bog’lanib bronxospazm,
broxlarning shilliq qavati gipersekretsiyasi va shishga olib keluvchi biologik
aktiv moddalar – gitamin, anafilaksiyaning sekin javob beruvchi substansiyasi va
boshqalar ozod bo’lishiga sabab bo’ladi. Bronx giperaktivligi – bronxlar turli
omillarga chang, sovuq, hidlarga nisbatan haddan tashqari sezgir bolib qoladi.
Bronxial astmaga chalingan bemorlarda adashgan nervning tonusi ortib
organizmining 3- adrenergik faolligi susayadi. Bronxial astma patogenezida
protoglandinlar qatnashishi mumkin. Yakuniy natija : havo yo’llarining torayishi,
yallig’lanishi va balg’am bilan to’lishi natijasida nafas qisishi, yo’tal va xurujlar
paydo bo’ladi.
BRONXIAL ASTMA TASNIFI.
Yuzaga kelishi bo’yicha:
1.
Allergic bronxial astma
2.
Noallergik bronxial astma
3.
Aralash bronxial astma
Og’irlik darajasi bo’yicha:
1.
Intermitiv, yani davriy
2.
Yengil darajdagi persistiv
3.
O’rta darajadagi persistiv
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
171
4.
Og’ir darajadagi persistiv
Holati bo’yicha:
1.
Kuchayishi
2.
Remissiya
3.
Beqaror remissiya
4.
Barqaror remissiya
Klinik manzarasi . bronxial astma rivojlanishida 3 ta davr farqlanadi.
1.
Xabarchilar davri. Bronxial astmaning yuqumli allergic shakliga
chalingan bemorlarda uchrab, burun shilliq qavatining vozomotor reaksiyalari,
yo’tal, hansirash bilan namoyon bo’ladi. Keyinchalik bemorda bemalol nafas
olishda halaqt beruvchi ko’krak qafasida bitib qolish hissi paydo bo’ladi. Nafas
olish qisqa, nafas olish uzoqroq kechadi. Ajralishi qiyin bo’lgan yopishqoq yo’tal
paydo boladi.
2.
Avj olgan davrida yuz biroz shishgan, nafas chiqarish bosqichida
bo’yin tomirlari shishi kuzatiladi. Ko’krak qafasi perkussiyasida quticha tovushi,
o’pkaning pastki chegaralari pastga siljishi va ularning keskin chegaralanishi
qayd etiladi. O’pka ustida nafas chiqarish uzaygan kuchsiz vezikulyar nafas va
ko’p miqdorda quruq xirillashlar eshitiladi.
3.
Xurujning ortga qaytish davrida shilliq ko’chishi yengillashadi,
o’pkada quruq xirillashlar yengillashadi, bo’g’ilish sekin astalik bilan o’tib ketadi.
Bronxial astmada havo oqimining buzilishida quyidagi tarkibiy qismlar
yotadi: bronxlar silliq muskullarining spazmlari yoki ularning shilliq qavatining
shishi tufayli nafas olish yo’llarining to’silib qolishi. Nafas olish yo’llarining
shilliq osti bezlari giperfunksiyasi sababli sekretsiyasi tomonidan bronxlarning
to’silib qolishi. Bronxlar devorda sklerotik o’zgarishlarga olib keladigan,
kasallikning uzoq davom etishi natijasida broxning mushak to’qimasini
biriktiruvchi to’qimaga almashinishi.
Bronxial astmaning asoratlari. Bronxial astmaning zo’rayish davrlari
remissiya almashinishi bilan kechadi. Yengil kechganda kasallik xurujlari yiliga
2- 3 martdan ko’p bo’lmaydi va odatda bemorlarni ambulator sharoitida
davolasa bo’ladi. O’rtacha og’irlikda kechganda kasallik xurujlari yiliga 3- 4
martadan takrorlanib shifoxonaga davolanishni talab qiladi. Uning og’ir
kechishida tez – tez va uzoq davom etuvchi xurujlar, remissiya qisqa yoki
umuman bo’lmasligi mumkin. Kasallik og’it kechganda uning gormonga to’be va
gormonga – rezistent shakllari paydo bo’lishi mumkin.
Bronxial astma ko’pincha ikkilamchi o’pkali - yurak qo’shilishi bilan
kechuvchi o’pka emfizemasi bilan asoratlanadi. Astmatik holat yoki astmatik
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
172
status bronxial astmaning o’ta jiddiy asorati hisoblanadi. Astmatik statusning
rivojlanishida 3 bosqich ajratiladi:
1.
Boshlang’ich yoki nisbiy kompensatsiya bosqichi. 12 soatdan uzoq
davom etgan va to’xtatib bo’lmaydigan bo’g’ilish xurujidir. Bemorlarda
bronxolitik dorilarga rezistentlik rivojlanadi, shilliq ko’chmay qo’yadi.
2.
Dekompensatsiya bosqichi. Bronxlarning drenaj bosqichiga keskin
buzilishi xos. Ularning teshigi yopishqoq shilliq bilan to’lib qoladi vas hu tufayli
avval yaxshi eshitilgan quruq xirillashlar yo’qoladi. Qonning gaz miqdori
buziladi, gipoksemiya vujudga keladi.
3.
Giperkapnik koma. Samarali davolash choralari o’tkazilmaganda
vujudga keladi. Gipoksemiya, giperkapniya va atsidoz zo’rayib borishi natijasida
og’ir nevrologik, serebral va gemodinamik buzilishlar vujudga keladi va hatto
bemorning o’limi bilan tugashi mumkin.
DIAGNOSTIKA. Anamnez va shikoyatlar yig’ish.
Ob’ektiv ko’rish.
Auskultatsiya.
Perkussiya.
Palpatsiya usullarida tekshirish.
Spirometriya.
Pikfluometriya.
Bronxodilatator test.
Allergenni aniqlash uchun tahlili.
Balgam tekshiruvi.
Jismoniy faollik bilan testlar.
Ko'krak qafasi rentgeni
.
DAVOLASH. Bemor organizmiga u yoki bu allergenlarning ta’sirini
to’xtatishga qaratilgan choralar ( masalan, bemorni muayyan o’simliklar bilan
ularni gullash davrida aloqasini cheklash, oziq- ovqatga allergiyasi bo’lganda
maxsus, elimenatsiya parhezlarini qo’llash, kasbiy allergiya bo’lganda ratsional
ishga joylashtirish va kabilar). Bemorning muayyan allergenlarga reaksiyasi
aniqlanga ularning organizmning reaksiyasini pasaytirish maqsadida o’ziga xos
giposensibilizatsiya o’tkazishga harakat qilish.
Bo’g’ilish xurujlarini bartaraf qilish maqsadida bronxlarni tezkor
kengaytiruvchi B-adrenomimetik aerozollar qo’llaniladi: orsiprenalin sulfat,
terbutaline, salbutamol, fenoterol. Simptomatik davo tariqasida shilliq ajralishini
yaxshilovchi hamda balg’am ko’chiruvchi va mukolitik dori vositalari buyuriladi
( mukaltin, bromgeksin, termopsis ). Bronxial astma og’ir zo’rayib boruvchi
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
173
bo’g’ilish xurujlari bilan kechishida va boshqa dori vositalaridan foydalanish
samarasiz bo’lganida glyukokortikosteroidlar tayinlanadi. Bemorlarning
taxminan 20 % ularga muhtoj bo’ladi. Odatda 1kunda 15-20 mg prednizolon,
antatsid vositalar, H2 gistamin blokatorlari va proton pombasi ingibitorlari bilan
birgalikda qo’llaniladi.
PROFILAKTIKA. Allergiya chaqiradigan oziq ovqatlarni istemol qilmaslik.
Kamharakat turmush tarzini olib bormaslik. Atrof muhitni zaharlaydigan
qo’zg’atuvchilardan
saqlaning.
Sun’iy
oziqlantirishni
kamaytirish.
Antiobiotiklarni ortiqcha qo’llamaslik. Infeksiyalardan himoyalanish. Stressni
kamaytirish. Yashash sharoitlarini yaxshilash. Surunkali infeksiyalar ayniqsa,
halqumdagudan saqlanish. Chekish bilan kurashish. Kasbga bog’liq salbiy
ta’sirlardan saqlanish.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
S.K., Karimov R.N. Ichki kasalliklar propedevtikasi. – Toshkent: “Ibn Sino”
nashriyoti, 2019. – 456 b.
2.
asanov X.X., Rasulov S.R. Ichki kasalliklar. – Toshkent: O‘zMU nashriyoti,
2021. – 372 b.
3.
Gadoyev A.G. Bronxial astma: etiologiyasi, klinikasi va davolash usullari. //
“Tibbiyotda innovatsiyalar” jurnali, 2022, №4. – B. 45–50.
4.
https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Bronxial_astma#
5.
https://med24.uz/uz/bolezn/bronkhialnaya-astma