O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTINING YANGI YO‘NALISHI SIFATIDA TURIZMNI RIVOJLANISHI

Аннотация

Mazkur maqolada mamlakatning tarixiy-madaniy merosi, tabiiy resurslari va zamonaviy infratuzilma imkoniyatlari turizm sohasining salohiyatini belgilovchi asosiy omillar sifatida ko‘rsatib o‘tilgan.  Maqolada turizmning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy ahamiyati, hamda sohaning istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari xulosa qilingan.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
54-57
10

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Choriyeva, N., & Polvanov, A. . (2025). O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTINING YANGI YO‘NALISHI SIFATIDA TURIZMNI RIVOJLANISHI. Теоретические аспекты становления педагогических наук, 4(11), 54–57. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/tafps/article/view/88340
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur maqolada mamlakatning tarixiy-madaniy merosi, tabiiy resurslari va zamonaviy infratuzilma imkoniyatlari turizm sohasining salohiyatini belgilovchi asosiy omillar sifatida ko‘rsatib o‘tilgan.  Maqolada turizmning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy ahamiyati, hamda sohaning istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari xulosa qilingan.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

54

O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTINING YANGI YO‘NALISHI SIFATIDA

TURIZMNI RIVOJLANISHI

Choriyeva Nargiza Ibotovna

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti

kurs tayanch doktorant

Email:chorievanargiza257@gmail.com

+998931708807

Polvanov Azim Kuchkarovich

Toshkent Texnologiya, Menejment va kommunikatsiya instituti

“Tillar va ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi

Email:polvanovazim70@gmail.com

+998933948585

https://doi.org/10.5281/zenodo.15407837

Annotatsiya:

Mazkur maqolada mamlakatning tarixiy-madaniy merosi,

tabiiy resurslari va zamonaviy infratuzilma imkoniyatlari turizm sohasining
salohiyatini belgilovchi asosiy omillar sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Maqolada
turizmning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy ahamiyati, hamda sohaning
istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari xulosa qilingan.

Kalit so‘zlar:

turizm, ichki turizm, xalqaro turizm, tarixiy obidalar, turizm

infratuzilmasi, madaniy meros,

Annotation:

In this article, the country's historical and cultural heritage,

natural resources and modern infrastructure opportunities are mentioned as
the main factors determining the potential of the tourism sector. The article
summarizes the economic, social and cultural importance of tourism, as well as
the areas of future development of the industry.

Key words

: New Uzbekistan, Tourism, Domestic Tourism, International

Tourism, historical monuments, tourism infrastructure, , cultural heritage,

Аннотация:

В данной статье описывается развитие туристической

отрасли в Узбекистане. проанализированы тенденции развития,
Историко-культурное

наследие

страны,

природные

ресурсы

и

возможности современной инфраструктуры были названы основными
факторами, определяющими потенциал туристской отрасли. В статье
резюмируется экономическое, социальное и культурное значение
туризма, а также перспективные направления развития отрасли.

Ключевые слова:

Новый Узбекистан, туризм, внутренний туризм,

международный туризм, исторические памятники, туристическая
инфраструктура, культурное наследие,

Hozirgi kunda dunyo iqtisodiyotida xizmatlar sohasining ulushi ortib

borayotgan bir vaqtda, turizm sohasi ham jadal rivojlanayotgan tarmoqlardan


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

55

biri sifatida alohida ahamiyat kasb etmoqda. Bu holat O‘zbekiston uchun ham
xos bo‘lib, mamlakatimizda turizm iqtisodiyotning strategik yo‘nalishlaridan
biriga aylangan. Insonlar bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazish, dam olish, sog‘ligini
tiklash, boshqa xalqlar madaniyati, urf-odatlari bilan tanishish ehtiyoji tobora
ortib bormoqda. Shu bois, turizm faqat iqtisodiy foyda keltiruvchi soha emas,
balki xalqaro madaniy aloqalarni mustahkamlovchi omil ham hisoblanadi.
O‘zbekiston o‘zining boy tarixiy merosi, noyob me’moriy yodgorliklari, go‘zal
tabiati va mehmondo‘st xalqi bilan turizm sohasida katta salohiyatga ega.
So‘nggi yillarda ushbu sohaga davlat darajasida e’tibor kuchaytirilib, muhim
islohotlar amalga oshirilmoqda.

Hozirgi vaqtda butun dunyoda, jumladan O’zbekistonda ham

iqtisodiyotining noishlab chiqarish sohalaridan biri xususan turizm soxasiga
katta e’tibor kuchayib bormoqda. Insonlar borgan sari o’zlarining bo’sh
vaqtlarini samarali o’tkazishga, dam olishga, sog’ligini tiklashga, dunyoni,
xalqlarning urf odatlarini, qadriyatlarini bilishga intilmoqda. Bundan tashqari,
insoniyat har doim o’zining harakat doirasini o’zgartirib, yangi yerlarni kashf
qilishga intilgan. XX asrga kelib bunday intilishlar kuchaydi va turizm
industriyasining rivojlanishiga katta turtki bo’ldi.[1.1003]

Bizning mamlakatimiz esa ana shunday oʻzining boy tarixiy-madaniy

merosi, noyob moddiy va nomoddiy madaniy qadriyatlari, meʼmoriy obidalari
bilan jahonda alohida mavqega ega.

Oʻzbekistonda turizm sohasi rivojlanishi uchun barcha sharoit va

imkoniyatlar mavjud. Ushbu soha yangi ish oʻrinlarini yaratish, aholi
farovonligini oshirish, valyuta va soliq tushumlari koʻpayishida muhim
ahamiyatga ega.[B.102]

O‘zbekistonda turizm sohasiga e’tibor, bu industriyag ajratilayotgan

investitsiyalar ajratish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan bo‘lib, turizmni har
tomonlama rivojlantirish amalga oshirilayotgan islohotlarda namoyon
bo‘lmoqda. Bu esa o‘z navbatida fuqarolarimizda sayyohlik imkoniyatini
oshirish, turistik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Zero yurtimizda
qadimdan boshlab o‘zga hududlarga tijorat, ziyorat, harbiy va boshqa
maqsadlarda safar qilish holatlari faol kuzatilgan.[3.101]

O'zbekistonda xalqaro turizmni rivojlantirishning asosiy vazifalaridan biri

xorijiy turistlarni qadimiy tarixga ega bo'lgan Samarqand, Buxoro, Xiva va
Shahrisabz kabi shaharlarimizdagi tarixiy obidalar, m e’morchilik, diniy va
madaniy yodgorliklar hamda respublikadagi boshqa diqqatga sazovor


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

56

zamonaviy joylar bilan tanishtirish orqali ularga madaniy-ma’rifiy ozuqa
berishdir.[4.35]

Hozirgi kunda milliy iqtisodiyotga yuqori daromad keltiradigan istiqbolli

tarmoqlardan biri bu Milliy Turizmdir, dedi O’zbekiston Prezidenti Shavkat
Mirziyoyev, - O’zbekiston turizm sohasida katta salohiyatga ega davlatdir.

Mamlakatimizda 7 ming 300 dan ortiq madaniy meros ob’ektlari mavjud va

ularning aksariyati YuNESKO ro’yxatiga kiritilgan. Shu bilan birga,
mamlakatimizning o’ziga xos tabiati, go’zal dam olish zonalari imkoniyatlaridan
foydalangan holda yangi sayyohlik yo’nalishlarini ochish mumkin. Jahon
brendlarining faol ishtiroki bilan ushbu sektorda biz turizm, ekologik ma’rifiy,
etnografik, gastronomik, turizm va boshqa sohalarni rivojlantirishga alohida
e’tibor qaratishimiz kerak. Shu munosabat bilan biz davlat va xususiy sheriklik
munosabatlarini qo’llash sohani rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar
ochishini hisobga olishimiz kerak. Samarqand, Buxoro, Xorazim, Surxondaryo va
Toshkentdagi muqaddas qadamjolarni va yodgorliklarni ziyorat qilishdan iborat

bo’lgan “Kichik haj” dasturini ishlab chiqish va tezlashtirish zarur.

Shuningdek, ichki turizm sohasida keng ko’lamli imkoniyatlarni to’liq ishga
tushirish zarur.[5]

Mamlakatimizni 2017 — 2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor

yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida o‘tgan davr mobaynida
davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etishga qaratilgan
300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
qarorlari qabul qilindi. [6]

35-maqsad: “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qiling” dasturi doirasida mahalliy

sayyohlar sonini 12 million nafardan oshirish hamda respublikaga tashrif
buyuradigan xorijiy turistlar sonini 9 million nafarga yetkazish.

To‘siqsiz turizm infratuzilmasini mamlakatning asosiy turizm shaharlarida

keng joriy qilish. 2026-yilgacha turizm sohasida band bo‘lgan aholi sonini 2
baravar oshirib, 520 ming nafarga yetkazish.

Turizm va madaniy meros obyektlari infratuzilmasini rivojlantirish hamda

8 mingdan ortiq madaniy meros obyektlaridan samarali foydalanish bo‘yicha
davlat dasturini qabul qilish. [7]

Mamlakatimizning boy tarixiy-madaniy merosi, tabiiy go‘zalliklari va

zamonaviy infratuzilmasi xorijiy va mahalliy sayyohlarni jalb etishda muhim
omil bo‘lmoqda. Soha rivoji nafaqat iqtisodiy barqarorlik, balki yangi ish
o‘rinlarining yaratilishi, aholining farovonligi va xalqaro imidjning oshishiga
ham xizmat qilmoqda. Kelgusida bu yo‘nalishdagi islohotlar va innovatsion


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

57

yondashuvlar asosida O‘zbekiston turizmda jahonning ilg‘or davlatlari qatoridan
o‘rin olishi shubhasizdir.

Foydalangan adabiyotlar:

1.Ibroimov Sh. Ismoilov A. O’ZBEKISTONDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISH
TARIXIGA NAZAR. Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory
Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89. B.1003
2.Shovdirov.T. OʻZBEKISTONDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING JAHON
TAJRIBASI MUAMMO VA ISTIQBOLLAR. Builders of The Future . ISSN: 2181-
2705. B.102
3. Shakhzoda SH. Turizm madaniyati: tarixiy evolyutsiyasi va rivojlanish
bosqichlari. Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and
innovations. B.101
4. Kamilova F. Kamilov Z. Xalqaro turizm bozori. 'O’ZBEKISTON FAYLASUFLARI
M ILLIY JAMIYATI NAShRIYOTI . TOSHKENT - 2011. B.35
5. Mustanov N. Mirobodiva D. Azamatova D, Toshpo’latova M. O’ZBEKISTONDA
ZIYORAT TURIZMI VA ICHKI TURIZMNING RIVOJLANISH TAMOYILLARI HAMDA
TURIZMNING PANDEMIYA BILAN BOG’LIQLIGI."Экономика и социум" №5(84)
ч.1 2021
6.https://lex.uz/docs/-5841063
7.https://lex.uz/docs/-5841063

Библиографические ссылки

Ibroimov Sh. Ismoilov A. O’ZBEKISTONDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISH TARIXIGA NAZAR. Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89. B.1003

Shovdirov.T. OʻZBEKISTONDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING JAHON TAJRIBASI MUAMMO VA ISTIQBOLLAR. Builders of The Future . ISSN: 2181-2705. B.102

Shakhzoda SH. Turizm madaniyati: tarixiy evolyutsiyasi va rivojlanish bosqichlari. Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations. B.101

Kamilova F. Kamilov Z. Xalqaro turizm bozori. 'O’ZBEKISTON FAYLASUFLARI M ILLIY JAMIYATI NAShRIYOTI . TOSHKENT - 2011. B.35

Mustanov N. Mirobodiva D. Azamatova D, Toshpo’latova M. O’ZBEKISTONDA ZIYORAT TURIZMI VA ICHKI TURIZMNING RIVOJLANISH TAMOYILLARI HAMDA TURIZMNING PANDEMIYA BILAN BOG’LIQLIGI."Экономика и социум" №5(84) ч.1 2021

https://lex.uz/docs/-5841063

https://lex.uz/docs/-5841063