MILLIYLIKNING ZAMONAVIY DUNYODA QAYTA TALQINI

Аннотация

Ushbu maqolada mustaqillik yillarida milliy qadriyatlar bilan bir qatorda milliy liboslarimizni targ‘ib-tashviq qilish, milliylik va zamonaviylikning uyg‘unligi masalasi o‘rganilgan. Liboslarni yaratishda ipak, so‘zana, atlas, adras kabi matolarni zamonaviy dizaynga moslab takomillashtirishga e’tibor qaratilgan.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
19-22
8

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Saidova , Z. . (2025). MILLIYLIKNING ZAMONAVIY DUNYODA QAYTA TALQINI. Теоретические аспекты становления педагогических наук, 4(11), 19–22. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/tafps/article/view/88347
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada mustaqillik yillarida milliy qadriyatlar bilan bir qatorda milliy liboslarimizni targ‘ib-tashviq qilish, milliylik va zamonaviylikning uyg‘unligi masalasi o‘rganilgan. Liboslarni yaratishda ipak, so‘zana, atlas, adras kabi matolarni zamonaviy dizaynga moslab takomillashtirishga e’tibor qaratilgan.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

18

MILLIYLIKNING ZAMONAVIY DUNYODA QAYTA TALQINI

Saidova Ziyoda Mirvosilovna

Kamoliddin Bexzod nomidagi MRDI, katta oʼqituvchi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15394091

Annotatsiya

Ushbu maqolada mustaqillik yillarida milliy qadriyatlar bilan bir qatorda

milliy liboslarimizni targ‘ib-tashviq qilish, milliylik va zamonaviylikning
uyg‘unligi masalasi o‘rganilgan. Liboslarni yaratishda ipak, so‘zana, atlas, adras
kabi matolarni zamonaviy dizaynga moslab takomillashtirishga e’tibor
qaratilgan.

Kalit so‘zlar:

Milliylik, zamonaviylik, liboslar, ipak, so‘zana, atlas, adras,

mato, uslub, urf, kiyofa,millat qiyofasi, inson ko‘rki, milliy iftixor.

Аннотaция

В данной статье исследуется вопрос о национальных ценностях и

популяризации наших национальных костюмов, гармонии национализма
и современности в годы независимости. При создании платьев уделяется
внимание совершенствованию таких тканей, как шелк, сюзане, атлас,
адрас в соответствии с современным дизайном.

Annotation

This article explores the issue of national values and the popularization of

our national costumes, the harmony of nationalism and modernity in the years
of independence. When creating dresses, attention is paid to the improvement of
such fabrics as silk, suzani, satin, adras in accordance with modern design.

Key words:

Nationality, modernity, clothes, silk, sozana, satin, address,

fabric, style, tradition, dress, image of the nation, national pride.

Mustaqillik yillarida milliy qadriyatlarimiz bilan bir qatorda milliy

liboslarimizni targ‘ib-tashviq qilishda salmoqli tajribalar to‘plandi. Ayni paytda,
erishilgan yutuklarni mustahkamlab, jamiyatimizda milliylik va zamonaviylik
uyg‘un liboslarni yaratish, samaradorligini oshirish, xususan, bunda milliylik
aks etgan ipak, so‘zana, atlas, adras kabi matolarni zamonaviy dizaynga moslab
differensiyalashtirish, ya’ni fasllar va joylardagi o‘ziga xosliklarni
uyg‘unlashtirish, tizimda milliy liboslarni yangi dasturlarini zamon talablari
asosida takomillashtirishni taqozo qilmoqda. Biz mazkur mavzuni ayni shu
bugungi kun talabi, ehtiyojidan kelib chiqib tanladik.

Libos, uslub, urf haqida so‘z ketganida Amerikalik modeler, “business

women” Donna Karanning “Mening ishim – qulaylik va hasham, foyda
hamda istakni uyg‘unlashtirish”, – degan fikri yodimga tushadi [1,17-b].
Muhimi ham shu!

Har bir millat va elat o‘z milliy liboslari bilan ko‘rkam


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

19

ko‘rinadi va g‘ururlanadi. Milliylik va zamonaviylik o‘rtasidagi oltin oraliqni
topish va uning asosida xalqimizga mos yangi libos andozalarini yaratish —
asosiy maqsadimiz. Kiyinish uslubimiz nafaqat bizning dunyoqarashimiz
va jamiyatdagi tutgan o‘rnimiz, balki dunyo ko‘z o‘ngida o‘zbek modasi degan
mezonni o‘rnatishimiz uchun ham alohida e’tibor talab etadi. Insonning yoshi,
ijtimoiy maqomi va muloqot vaziyatiga mos bo‘lgan libos unga go‘zal qiyofa,
ishchan kayfiyat berishi, shubhasiz. Bu jihatdan biz tanlagan mavzu bizni milliy
tariximiz, ayollar kiyinish madaniyatining o‘ziga xos qirralarini chuqur
o‘rganishni talab etadi.

Ko‘pchilikdan shu savolni eshityapmiz: chindan ham, nega milliy

liboslarimizni kundalik faoliyatimizda kiya olmaymiz? Balki ob-havoga mutanosib
liboslarni tanlash kerakdir yoki doimiy kiyish uchun chidamli va qulay mato
zarurdir? Milliy liboslarimizni faqat bayramlarda, to‘y-shodiyonalarda,
ko‘rgazmalarda, kelin-kuyov bo‘lganda kiyish odat bo‘lgan. Kundalik
faoliyatimizda esa milliy liboslarni deyarli kiymaymiz. Zamonaviy liboslar esa
bugungi yoshlar talabiga javob berishi zarur. Aks holda, yangi brendlarga talab
yuqori bo‘lmaydi.

Xo‘sh bizning milliy liboslarimiz qay darajada zamonga moslasha olyapti?

Masalan, hindistonliklar o‘z milliy liboslarini hamisha kiyib yuradilar. Deyarli
barcha filmlarida zamonaviy liboslar bilan bir qatorda albatta milliy liboslarni
ham ko‘ramiz. Bu mamlakatda sariyning urfdan qolmaydi va hind xalqi uni
egnidan tushirmaydi. Ularning liboslarida innovatsion yondashuvni deyarli
sezmaysiz. Shunga qaramay, necha asrlardan buyon o‘zgarmagan milliy
liboslarini kiyib yurishlariga sabab ularning milliy qadriyatlari, liboslari,
manfaatlariga bo‘lgan sadoqatidir.

Darhaqiqat, ularning milliy liboslari Hindistondagi iqlim sharoitiga

moslashganligi bilan ahamiyatlidir. Milliy liboslarga sadoqat ko‘rsatishni hind
xalqidan o‘rganishimiz kerakdir! Ma’lumki, yer sharida tabiiy jarayonlarning tez-
tez o‘zgarib turishi liboslarga ehtiyoj tug‘dirgan. Miloddan avvalgi V ming
yilliklargacha bo‘lgan davrda kiyimlar uchun hayvonlar terisi, daraxt po‘stlog‘i,
o‘simliklar tolasidan foydalanilgan [2]. U davrlarda kiyilgan kiyimlarning asosiy
vazifasi kishi tanasini sovuq yoki issiqdan himoya qilish bo‘lgan. Shu tarzda mato
liboslarning himoya va ijtimoiy vazifasi kengayib, o‘zgarib borgan. Dastavval,
kiyimlarning asosiy vazifasi kishi tanasini sovuq yoki issiqdan himoya qilish
bo‘lgan bo‘lsa, bugun uning ahamiyati odamlarni ko‘rkam va chiroyli ko‘rinishini
ta’minlashdagina ko‘rinmoqda.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

20

Yashirmaylik, bugungi davrda ust-bosh, kiyinish uslublariga qarab muomala

qiladigan, xarakter-xususiyatlarni baholaydigan, ijtimoiy kelib chiqishimizni
taxmin qiladigan bo‘ldik. Bunga sabab shiddat bilan rivojlanayotgan zamon
talablarimi yoki odamlarning kiyimga bo‘lgan munosabati o‘zgarib
borayotganimi? Balki dunyo dizaynerlarining har soatda ikkitadan yangi uslub
o‘ylab topayotgani sababdir? Hatto shunday ayollarimiz borki, bir tadbirga kiygan
libosini ikkinchi tadbirga kiymaydi. Uslublar, usullar tez o‘zgarmoqda. Bir-biri
bilan raqobatlashayotgan brendlar kim o‘zarga chiroyli, qulay, modellarni taqdim
qilib to‘xtamayapti. Bas, shunday ekan, yoshlarga ham qulay, ham arzon va
urfdagi liboslarni kiyish har jihatdan ma’qul kelishi tabiiy hol.

Manbalardan ko‘rinadiki, milliy libos deganda faqatgina adras va yoki atlasni,

turli do‘ppilarnigina tushunish xato, matosidan qat’i nazar, tikilish jihatidan ham
o‘zbek milliy libosi deb atalishga haqli liboslar juda ko‘p ekan. Hatto milliy bosh
kiyimlarimizdan biri bo‘lgan do‘ppining yuzdan ortiq turlari mavjud ekan [3].

Mavzuyimizning yana bir jihati kundalik faoliyatimizda ham kiya oladigan

milliy liboslar yaratishni maqsad qildik! O‘zligimizga xos milliy urfdagi liboslarga
zarur me’yorlarni saqlagan holda zamonaviylik singdirilsa, haqiqiy nafosat va
go‘zallik namoyon bo‘ladi. Milliy kiyimlarning zamonaviy ko‘rinishi yoki
bo‘lmasa zamonaviy kiyimlarga milliy ruh berishda bir necha o‘ziga xos uslublar
mavjud bulib, bularga - milliy bichimlardan foydalanilgan holda, yoki milliy
amaliy bezak turlaridan foydalangan holda ornamentli liboslar yaratish mumkin
[4,111-b]. Kamoliddin Bexzod nomidagi MRDI talabaliri ham o‘z ijodiy ishlarida
bunday liboslar yaratish ustida katta izlanishlar qilib kelishmoqda

.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

21

Turli sohalarda mehnat qilayotgan ayollarga idorabop kiyim tikish ustida

izlanishlarni ustozlarimiz bilan maslahatlashib olib bormoqdamiz. Liboslar
dizaynini yaratishda ularning bejirim va xushbichim bo‘lishiga e’tibor qaratdik.
Bugungi kunda qizlar o‘rtasida urfga aylanib borayotgan antiqa liboslar sabab,
ba’zida

milliyligimiz

biroz

unutilayotgandek

tuyuladi.

O‘zligimizga

xos liboslarga zarur me’yorlarni saqlagan holda zamonaviylik singdirilsa,
haqiqiy nafosat va go‘zallik namoyon bo‘ladi.

Milliy libos – millat qiyofasi, inson ko‘rki, milliy iftixor ifodasi.

Milliy

libosimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, qadimiy urf-odat va an’analari,
didi, estetik qarashlari shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlari mujassam. Milliy
liboslarimizda qizlarimizga mos ibo va hayo aks etgan. Liboslarda zamonaviylik
va milliylik uyg‘unligi, taqinchoq va aksessuarlarning matolar rangiga mosligi
kabi jihatlarga alohida e’tibor qaratilsa, ayniqsa, atlas, adras, beqasam singari
matolardan tikilgan milliy liboslarning ko‘rkam va xushbichimligi, o‘ziga xosligi
uni kiygan insonga manzur bo‘ladi. Libos – inson ziynati. Davrlar, zamonlar
yangilangani sari liboslar o‘zgarib boradi. Bir-biridan rang-barang, uzun-kalta,
tor-keng, dabdabali-ko‘rimsiz, qimmat-arzon liboslar. Ko‘pchilik uchun bu
liboslarning yarashgani, o‘ziga munosibligi, yoshiga, qomatiga, kiyadigan
davrasiga to‘g‘ri kelish-kelmasligi muhim emas. “Yangi chiqqan narsa, albatta,
kiyilishi kerak, tamom. “Moda”ning talabi shu!” - singari qarashlar mavjud.
So‘nggi paytlarda yoshlarimizning kiyinish madaniyati haqida juda ko‘p
gapirilyapti. Ularning aksariyatida yoshlar sha’niga nisbatan keskin, e’tirozli


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

22

fikrlar bildirilmoqda. Ayrim yigit-qizlarning ko‘r-ko‘rona moda izidan quvishi,
ularning kiyinishi milliy an’analardan uzoqlashayotgani, tor, kalta, ochiq
kiyimlarga qiziqish borgan sari ortayotgani, bu odatlar o‘zbekchilikka zidligi
tanqid ostiga olinmoqda. Albatta, bunday munosabatda jon bor. Haqiqatan ham
oxirgi vaqtlarda yoshlarning kiyinishi mislsiz darajada o‘zgardi. Vaziyatning
bunday tus olishi kishini o‘ylantiradi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, bugungi kunda libos ustalari milliy

liboslarimizni zamonaviylik bilan uyg‘unlashtirib bera olsa, milliy
madaniyatimizga libos yaratish sohasida ham yangi islohotlariga hissa
qo‘shadilar. Umid qilamizki, bugunning yoshlari, zamon qahramonlariga mos,
o‘zida milliylikni aks ettirgan zamonaviy liboslar ko‘payib, biz tanlagan
mavzuyimiz tadqiqotimiz natijalari o‘z samarasini beradi!

Shuningdek, biz yaratayotgan milliy va zamonaviylik uyg‘un liboslarimiz

ajdodlar xotirasi, o‘tmish va kelajakni bog‘lab turuvchi ko‘prik vazifasini
bajaradi. Tarixdan shakllangan va hozirda o‘z rivojiga erishgan milliylik uyg‘un
liboslar katta tarbiyaviy ahamiyatga molik ko‘plab milliylik uyg‘un ishlarimiz
kelajakda katta hajmda yoshlarimiz uchun milliy mahobatli, dunyo arenalariga
javob bera oladigan chiqishlarga debocha bo‘ladi deb umid qilamiz.
Yaratayotgan liboslarimizda ifodalangan tasvirlar, tarixiy davrlar, milliy kalorit,
zamonaviylik, odamlarining hayoti va ijodi so‘zana, atlas, adras kabi mato,
qadimiy, tarixiy bezak an’analarni qo‘llaganimiz hozirgi Yangi O‘zbekiston,
mustaqillik zamoni kishisini milliylik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bilan
birga ularda cheksiz qiziqish uyg‘otishi shubhasizdir.

Adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Драмашко Т “Так говорили великие кутюрье. О моде, о жизни, а

себе”.- Питер, 2014г.
2.

A.A.Xakimov.O‘zbekiston san’ati tarixi.Toshkent. 2018y.

3.

Sh.Shoyoqubov “O‘zbekistonning bugungi miniatyura rangtasviri”: Albom.-

T.: Sharq, 1994.-200b. O‘zb, rus va ingliz tillarida.
4.

Saidova Z.M. 2022. “O‘zbek milliy liboslarining shakllanish tarixi va

taraqqiyoti tamoyillari haqida”. O‘zbekiston: til va madaniyat 3, 111-119b.
5.

Ataxanova F.Z. 2022. “O‘zbek an‘anaviy libosi va zamonaviy modaning

o‘zaro integrasiyasi jarayonini tahlil etishdagi metodologik muammolar. Взгляд
в прошлое, 4(6).
6.

Abutalibovna, Y. S., & Muratovna, K. U. 2022. Formation of the national

clothes of the inhabitants of Surkhandarya under the influence of local living
conditions. Eurasian Journal of History, Geography and Economics, 5, 31-35.

Библиографические ссылки

Драмашко Т “Так говорили великие кутюрье. О моде, о жизни, а себе”.- Питер, 2014г.

A.A.Xakimov.O‘zbekiston san’ati tarixi.Toshkent. 2018y.

Sh.Shoyoqubov “O‘zbekistonning bugungi miniatyura rangtasviri”: Albom.-T.: Sharq, 1994.-200b. O‘zb, rus va ingliz tillarida.

Saidova Z.M. 2022. “O‘zbek milliy liboslarining shakllanish tarixi va taraqqiyoti tamoyillari haqida”. O‘zbekiston: til va madaniyat 3, 111-119b.

Ataxanova F.Z. 2022. “O‘zbek an‘anaviy libosi va zamonaviy modaning o‘zaro integrasiyasi jarayonini tahlil etishdagi metodologik muammolar. Взгляд в прошлое, 4(6).

Abutalibovna, Y. S., & Muratovna, K. U. 2022. Formation of the national clothes of the inhabitants of Surkhandarya under the influence of local living conditions. Eurasian Journal of History, Geography and Economics, 5, 31-35.