THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
167
ATROF-MUHIT BILAN BOGʻLIQ NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR
LOYIHALARINING JAMOATCHILIK MUHOKAMASINI
TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
Sherov Quvondiq Polvonnazarovich
Toshkent davlat yuridik universiteti
mustaqil izlanuvchisi
E-mail: quvondiq1191@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15425785
Annotatsiya:
Muallif ushbu maqolada Atrof-muhit bilan bogʻliq normativ-
huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasini takomillashtirish
boʻyicha amaldagi qonunchilikni tahlil qilishga harakat qilgan va ushbu
yoʻnalishda muammolarni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab
chiqqan.
Kalit so‘zlar:
normativ-huquqiy hujjat, loyiha, muhokama, ekspertiza,
taklif, platforma.
Soʻnggi yillarda ekologik muammolar kundan-kunga dolzarb bo‘lib, davlat
tomonidan atrof-muhitni muhofaza qilish masalalariga alohida e’tibor
qaratilmoqda. Atrof-muhitni nazorat qilish tizimining asosiy elementlaridan biri
jamoatchilik muhokamasi boʻlib, bu jarayon atrof-muhitga ta’sir qilishi mumkin
boʻlgan qarorlarni qabul qilishda jamoatchilik fikrini hisobga olish imkonini
beradi.
Jamoatchilik muhokamalari jarayonida loyihani ishlab chiquvchilar
tomonidan fuqarolarga atrof-muhitga ta’sir qilishi mumkin boʻlgan loyiha
toʻgʻrisida ma’lumot beriladi va muhokama davomida aholining xohish-istaklari
inobatga olinadi.
Jamoatchilik
muhokamalarning
maqsadi
fuqarolarning
ekologik
ahamiyatga molik qarorlar qabul qilish jarayonida har tomonlama ishtirok
etishini ta’minlash, ularga aholining turli qatlamlari manfaatlarini ifoda etish
imkoniyatini berish, mavjud ekologik vaziyatni yaxshilash boʻyicha takliflar
kiritishdan iborat. Bu esa loyihalarni amalga oshirishning tabiiy muhit uchun
yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlarini oʻz vaqtida aniqlash va
ularning oldini olish va zarur chora-tadbirlar sonini belgilash imkonini beradi.
Hududlarning barqaror rivojlanishini shakllantirish, aholining huquqiy
madaniyati va atrof-muhit muammolaridan xabardorligini oshirishda bunday
muhokamalarning o‘rni muhim.
Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 49-
moddasida Davlat fuqarolarning ekologik huquqlarini ta’minlash va atrof-
muhitga zararli ta’sir ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida shaharsozlik
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
168
faoliyati sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar
yaratishi, shaharsozlik hujjatlarining loyihalari qonunda belgilangan tartibda
jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilishi belgilab qoʻyildi [1].
Шу билан бирга, аholini atrof-muhit bilan bogʻliq normativ-huquqiy
hujjatlar loyihalariga jalb qilish maqsadida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari
muhokamasi portalida 2025-yil 5-may holatiga koʻra 300 ga yaqin hujjatlar
loyihalari muhokamaga qoʻyilgan boʻlib, bu loyihalar yuzasidan fuqarolar
tomonidan 395 ta takliflar berilgan, xolos [2]. Bu fuqarolarning ishlab
chiqilayotgan qonunchilik hujjatlari loyihalaridan bexabarligi hamda davlat
organlari va tashkilotlari tomonidan yetarlicha targʻibot-tashviqot ishlari olib
borilmayotganligidan dalolat beradi [3; 4].
Oʻzbekiston Respublikasi 2025-yil 11-martdagi OʻRQ-1045-son Qonun bilan
Atrof-muhit bilan bogʻliq boʻlgan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilish
jarayonida jamoatchilikning axborot olish imkoniyati, ishtiroki va odil sudlovga
erishish imkoniyati toʻgʻrisidagi Konvensiyaga (Orxus, 1998-yil 25-iyun)
qoʻshildi [5].
O‘zbekiston Respublikasining mazkur Konvensiyaga qo‘shilishi ekologiya va
atrof-muhit sohasida inson huquq va erkinliklarini munosib ta’minlashga, xorijiy
hamkor davlatlar bilan hamjihatlikda ekologik xavfsizlikka erishish bo‘yicha
birgalikdagi sa’y-harakatlarni amalga oshirishga, shuningdek, mamlakatimizning
xalqaro maydondagi ijobiy imiji va nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Mazkur Konvensiya insonning sog‘lom atrof-muhitga bo‘lgan huquqlarini
himoya qilishga qaratilgan muhim xalqaro hujjat hisoblanib, u tegishli davlat
organlari, fuqarolar va jamoatchilik o‘rtasida ekologik axborotlarni olish va
ulardan foydalanishni ta’minlashga qaratilgan.
Shunga koʻra, atrof-muhit bilan bogʻliq qonunchilik hujjatlari loyihalarining
jamoatchilik muhokamasiga chiqarish tizimini takomillashtirish davr talabi
hisoblanadi.
2019-yilda “Yuksalish” umummilliy harakati fuqarolar tomonidan
ko‘tarilgan taklif, masala va muammolarga tezkorlik bilan munosabat bildirish
va hal etish, shu orqali ularning davlat organlari bilan samarali muloqot
o‘rnatish mexanizmini yaratish maqsadida “Jamoatchilik” onlayn-platformasini
[6] ishga tushirdi.
Ushbu platforma orqali ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni hal etishda
fuqarolarning ishtirokini kengaytirish, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar,
davlat dasturlari hamda davlat organlarining boshqa qarorlarini ishlab chiqish
va takomillashtirish bo‘yicha takliflari qabul qilib borilishi belgilangan edi.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
169
Biroq, afsuski jamoatchilik bilan faol muloqot olib borilishi koʻzda tutilgan
“Jamoatchilik” onlayn-platformasi bugungi kunda ish faoliyatida emas.
Huquqshunos O.X.Narzullayevning fikricha, tabiatni muhofaza qilish va
undan oqilona foydalanish toʻgʻrisidagi qonun loyihalarini ishlab chiqish va
muhokama qilishga keng jamoatchilikni, nodavlat organlarini, siyosiy partiyalar,
shuningdek boshqa manfaatdor tashkilotlar, masalan, EKOSAN xalqaro
tashkilotini jalb etish katta samara beradi. Soʻnggi yillarda ekologiya sohasidagi
qonunlardan “Ekologik ekspertiza toʻgʻrisida”, “Muhofaza etiladigan tabiiy
hududlar toʻgʻrisida”, “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Qonunlarning loyihalari
umumxalq muhokamasiga havola etildi. Mazkur xalq ekspertizasi tufayli
loyihalar yuzasidan minglab qimmatli taklif va mulohazalar bildirilgan. Ular
qonunlarni mukammallashtirishda oʻzining ijobiy samarasini bergan [7].
O.X.Narzullayevning fikrini qoʻllab-quvvatlagan holda aytish mumkinki,
ekologiya va atrof-muhit sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini
muhokama qilish jarayonlariga fuqarolarni keng jalb qilish sohadagi
muammolarni bartaraf etishga xizmat qiladi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, atrof-muhit bilan bogʻliq normativ-huquqiy
hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasini takomillashtirish boʻyicha
quyidagi takliflar bildiriladi.
Avvalo,
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
deputatlari, shuningdek mahalliy kengashlar deputatlari tomonidan hududlarda
atrof-muhit bilan bogʻliq hujjatlar loyihalarini muhokama qilish amaliyotini
yoʻlga qoʻyish lozim;
Ikkinchidan,
fuqarolarga davlat organlari tomonidan atrof-muhitni
muhofaza qilish sohasidagi ichki hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlari
toʻgʻrisidagi axborotdan foydalanishlari uchun sharoit yaratib berish lozim. Bu
orqali ekologik faoliyatning shaffofligi darajasi oshiriladi;
Uchinchidan,
axborot oqimini kengaytirish, ekologiya va atrof-muhit holati
toʻgʻrisidagi axborot manbalarini koʻpaytirish zarur;
Toʻrtinchidan,
“Jamoatchilik” onlayn-platformasining faoliyatini qayta
tiklab, xalq bilan muloqot amaliyotini davom ettirish zarur.
Iqtiboslar:
1.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. https://lex.uz/uz/docs/-
6445145
2.
Normativ-huquqiy
hujjatlar
loyihalari
muhokamasi
portali.
https://regulation.gov.uz/oz
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
170
3.
Yo‘ldoshev A.E. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining jamiyat va davlat
ishlarini boshqarishda ishtirok etish istiqbollari: monografiya. – Toshkent:
TDYU nashriyoti, 2022. – 161 bet.
4.
Йўлдошев А.Э. Ўзбекистонда жамоатчилик муҳокамаларини ҳуқуқий
тартибга солишнинг долзарб масалалари // Юриспруденция ҳуқуқий
илмий-амалий журнали, 2021/4. – Б. 12-24.
5.
Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 11-martdagi “Atrof-muhit bilan
bogʻliq boʻlgan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilish jarayonida
jamoatchilikning axborot olish imkoniyati, ishtiroki va odil sudlovga erishish
imkoniyati toʻgʻrisidagi Konvensiyaga (Orxus, 1998-yil 25-iyun) Oʻzbekiston
Respublikasining
qoʻshilishi
haqida”gi
OʻRQ-1045-son
Qonuni.
https://lex.uz/uz/pdfs/7424688
6.
https://daryo.uz/2019/08/06/ozbekistonda-jamoatchilik-onlayn-
platformasini-ishga-tushirildi
7.
Нарзуллаев
О.Х.
Экология
соҳасидаги
қонунчиликнинг
устуворлигини таъминлаш хусусида // “Экологик қонунчиликни қўллаш
меxанизмини такомиллаштириш муаммолари” мавзусидаги илмий-
амалий конференция материаллари. – Тошкент: ТДЮИ, 2007. – Б.135-136.