MAʼNAVIY TARAQQIYOTNI TAʼMINLASH VA SOHANI YANGI BOSQICHGA OLIB CHIQISH.

Аннотация

Ushbu maqolada Yangi O'zbekistonni barpo etish borasidagi "O'zbekiston -2030" strategiyasi va undagi mamlakatning eng asosiy ustunlaridan bo'lgan ma'naviyat sohasi haqida fikr mulohazalar keltirilgan. Bu boradagi fikrlarimizni o'rta asrlar sharq falsafasi bilan bog'lagan holda takliflar berildi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
84-89
11

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Toʻrayeva , M. . (2025). MAʼNAVIY TARAQQIYOTNI TAʼMINLASH VA SOHANI YANGI BOSQICHGA OLIB CHIQISH. Теоретические аспекты становления педагогических наук, 4(11), 84–89. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/tafps/article/view/90227
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada Yangi O'zbekistonni barpo etish borasidagi "O'zbekiston -2030" strategiyasi va undagi mamlakatning eng asosiy ustunlaridan bo'lgan ma'naviyat sohasi haqida fikr mulohazalar keltirilgan. Bu boradagi fikrlarimizni o'rta asrlar sharq falsafasi bilan bog'lagan holda takliflar berildi.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

84

MAʼNAVIY TARAQQIYOTNI TAʼMINLASH VA SOHANI YANGI

BOSQICHGA OLIB CHIQISH.

Toʻrayeva Mohigul Zahriddin qizi

Termiz davlat pedagogika instituti Musiqa

ta’lim yo’nalishi 1-bosqich magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15421918

Annotatsiya

: Ushbu maqolada Yangi O'zbekistonni barpo etish borasidagi

"O'zbekiston -2030" strategiyasi va undagi mamlakatning eng asosiy
ustunlaridan bo'lgan ma'naviyat sohasi haqida fikr mulohazalar keltirilgan. Bu
boradagi fikrlarimizni o'rta asrlar sharq falsafasi bilan bog'lagan holda takliflar
berildi.

Kalit soʻzlar

Milliy manfaatlar, umumbashariy muammolar, Oʻzbekiston,

ekologik xavfsizlik, xalqaro hamkorlik, barqaror rivojlanish, iqlim oʻzgarishi..

Xalqimizning erkin va farovon, qudratli Yangi O'zbekistonni barpo etish

bo'yicha xohish-irodasini ro'yobga chiqarish, har bir fuqaroga o'z salohiyatini
rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sog'lom, bilimli va ma'naviy
barkamol va madaniyatli avlodni tarbiyalashdir. Xususan, O'zbekiston
Respublikasi Prezidentining joriy yil 11 sentyabrdagi "O'zbekiston - 2030"
strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni hamda "O'zbekiston - 2030" strategiyasini
2023 yilda sifatli va o'z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi
qarorida ham ma'naviyat va ma'rifat sohasiga alohida e'tibor qaratilgan. Hozirgi
jadal rivojlanish davrida iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy o'zgarishlar bilan bir
qatorda ma'naviy-ma'rifiy sohada olib borilayotgan islohotlar hal qiluvchi
ahamiyat ega. Chunki, iqtisodiyot tana bo'lsa, ma'naviyat jon va ruhdir. Yangi
O'zbekistonni barpo etishdek ulug' maqsadni amalga oshirishda shu ikki
ustunga, ya'ni kuchli iqtisodiyot hamda milliy ma'naviyatimizga suyanamiz.

"Ma'naviyat, avvalo, ajdodlarimizning boy merosidan oziqlanadi, milliy va

umuminsoniy qadriyatlarga asoslanadi, insonlar orasidagi o'zaro ishonch va
hurmatda namoyon bo'ladi. Ma'naviyat-bu xalq taqdiriga befarq emaslik, uning
kelajagini birga qurish yo'lida jonbozlik ko'rsatishdir. Ma'naviyat har qanday
davlat va jamiyatning mustahkam poydevori bo'la oladi. Bu poydevorning
mustahkam bo'lishi davlatning kuchli bo'lishiga kafolat beradi Biz inson huquq
va erkinliklari kafolatlangan, farovon hayot sari, ma'naviy yuksalish, ma'rifatli
jamiyat qurish yo'lida harakatdamiz. Shu maqsadda har qanday sinov va
qiyinchiliklarni chetlab o'tib, ma'naviy sohadagi islohotlarimizni davom
ettiramiz. Ammo, barcha sohalarda bo'lganidek, ma'naviy-ma'rifiy ishlarda ham
yechimini kutib turgan masalalar yo'q emas. Misol uchun, ulkan o'zgarishlar,
yangi jamiyatning nazariy asosini belgilab beradigan milliy g'oyani


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

85

shakllantirish birinchi galdagi masala hisoblanadi. Chunki, jahon tarixidan ham
ma'lumki, qaysiki xalq yoki millat bir maqsad, yagona g'oya atrofida birlashsa,
o'sha davlat taraqqiyotda erishgan. Lekin oramizda hamon ma'naviyatning
mohiyatini tushunmagan, uning kerak yoki kerakmasligini bilolmay, milliy g'oya
haqida mutlaqo tushunchasi yo'q insonlar ham bor. Ba'zilar esa milliy g'oya
deganda, eski tuzumlardagi mafkuralarni ko'z oldiga keltiradi.

Ma'lumki, jamiyatning ajralmas qismi hisoblangan yoshlar masalasi

hamisha faylasuf, siyosatshunos, huquqshunos, tarixshunos, pedagog, psixolog,
yozuvchi, shoirlar kabi turli soha sohiblarini qiziqtirib kelgan. Faylasuflar
yoshlarning ijtimoiy hayotdagi o'rnini o'rgansa, huquqshunoslar ularning
huquqlari va huquqiy kafolotlarini, tarixchilar jamiyat tarixidagi o'rnini,
psixologlar esa bularning ahvoli - ruhiy xarakterlarini, pedagoglar esa yoshlarga
ta'lim-tarbiya berish masalalarini, siyosatshunoslar yoshlarning siyosiy
hayotdagi rolini va o'rnini o'rganib kelishgan. Yoshlar masalasiga bunchalik
e'tibor berib kelinayotganining sababi shundaki, ular o'z g'ayrati, shijoati,
istiqboli, bilim-ma'rifatga intiluvchanligi, izlanuvchanligi va boshqa fazilatlari
bilan kattalardan farqlanib turadi. Yoshlar o'zlaridan avvalgi ajdodlar qoldirgan
ma'rifat, madaniyat, ma'naviyatni, an'ana, urf-odatlarni boyitib boradi, yangi-
yangi tashabbuslar, islohotlar bilan ijtimoiy hayot tarixidan muayyan o'rinlar
oladi. Shuning uchun jamiyat yoshlarining bilim olishlari, ma'lum bir kasbi-korni
egallashlari, o'z dunyo qarashlarini shakllantirishlari, jismoniy yetukligini,
ma'naviy jihatdan boyligini rivojlantira borib o'zining kelajagiga asos soladi.
"O'tmishdagilar, - deb yozgan edi Abu Nasr Forobiy, - o'zlarida bo'lgan zavq-
na'sha, lazzatni o'zlaridan keyingi keladigan avlod orqali nasldan-naslga qoldirib
keladilar. Shu tartibda vaqt va zamon o'tishi bilan kishilarda zavq ustiga zavq,
na'sha ustiga na'sha qo'shilib, ulardagi lazzatlanish, zavqlanish obekti orta
boradi. Mana bu holni biz farovonlik, haqiqiy baxt-saodat deb
tasvirlaymiz"[2;190]. Ushbu satrlardan ham ko'rinib turibdiki, o'tmish avlod
o'zidan keyingi avlodga eng yaxshi boyliklarni meros qilib qoldiradi va
keyinchalik bu merosni yoshlar o'z navbatida asrab-avaylab davom
ettiradi.O'tmish

tarixni

varaqlar

ekanmiz,

yoshlar

ma'naviyatiga,

dunyoqarashiga,

axloq-odobiga

bag'ishlab

o'lmas

asarlar

qoldirgan

donishmandlarni alohida eslatib o'tishimiz lozim. Jumladan, Nizom ul-mulkning
«Siyosatnoma», «Rushnoinoma», Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig», Mahmud
Qoshg'ariyning «Devonu lug'atit turk», Kaykovusning «Qobusnoma», Ahmad
Yugnakiyning «Hibatul-haqoyiq», Alisher Navoiyning «Mahbubul qulub»,
«Vaqfiya» kabi ma'nosi qimmatli, sermazmun asarlari bu o'rinda haligacha o'z


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

86

qimmatini yo'qotmagan. Markaziy Osiyo mumtoz shoirlari Abdulqosim
Firdavsiy, Abdullo

Rudakiy, Nosir Xisrav, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Sakkokiy, Alisher

Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Zahiriddin Bobur, Mahtumquli, Ogaxiy va boshqalar
o'zlarining bebaho badiiy asarlarida jamiyat hayotiga, yoshlar ma'naviyati va
dunyoqarashiga, tarbiyasiga oid qimmatbaho g'oyalarini olg'a surganlar, Vatan
mehri, milliy g'urur, ma'naviyatni tarannum etganlar. Yoshlar ma'naviyati,
istiqboli haqida fikr yuritar ekanmiz, buyuk qadriyatlardan hisoblanmish
qadimgi zardushtiylik dini, buddizm, xristian va islom kabi jahon dinlarida
yoshlarga bo'lgan juda ko'p dasturlarni ham sira unutmasligimiz darkor.
Bulardan tashqari har bir jamiyat o'z sharoiti, xususiyati, ijtimoiy mazmuniga
tayanib yoshlarni tarbiyalaydi, ma'naviyatini boyitadi, dunyoqarashini
shakllantiradi. O'z navbatida yoshlar kattalardan orttirgan tajribalarini
amaliyotda qo'llab, o'zlariga ma'qul bo'lgan ta'limotlarga asoslanib ish
yuritadilar.Ular o'zlariga ma'qul an'ana, qadriyatlarni saqlab qolib, jamiyat
taraqqiyoti uchun halaqit beradigan tomonlarini uloqtirib yoki o'zgartirib,
tegishli ishda qatnashadilar. Mumtoz falsafa namoyondalari tarixning avlodlar
almashinuvi ekanligini va bunda har bir avlod o'zidan avval yashagan
ajdodlarning boyligidan, ishlab chiqaruvchi kuchlaridan, materiallaridan
foydalanishini, shu bilan birga eski sharoitlarni o'z faoliyatlari vositasida
o'zgartirib o'z manfaatlariga moslashtirib borishini ta'kidlagan edilar. Aynan ana
shu hayot haqiqati mamlakatimizning istiqlolga erishgan dastlabki o'n
yilliklarda ham, bugungi kunda ham o'z isbotini topmoqda. Mamlakatimiz
mustaqillikka erishganidan buyon 31 yildan ortiqroq vaqt o'tdi. Bu qisqa davrda
barcha sohalarda amalga oshirilgan tub islohotlar, demokratik o'zgarishlar o'z
samarasini bermoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan ishlab chiqilgan Yangi
O'zbekiston strategiyasi va unda ilgari surilgan "Harakatlar strategiyasidan -
Taraqqiyot strategiyasi sari" tamoyili ijtimoiy rivojlanishning muhim g'oyasi
sifatida tan olinmoqda. Bu tamoyil xalqqa xizmat qilishning samarali vositasi
sifatida xalqaro hamjamiyat tomonidan e'tirof etilmoqda. Xullas, O'zbekiston
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ta'biri bilan aytganda, "Yangi
O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi milliy rivojlanishimizning yangi bosqichini
boshlab berdi. Biz bundan buyon faoliyatimizni "inson-jamiyat-davlat" degan
tamoyil asosida tashkil etamiz. Bu boradagi vazifalarini amalga oshirishda
ma'naviyat va ma'rifat sohasini yanada rivojlantirish bo'yicha amalga
oshiriladigan ishlarning ommaviyligi va ochiqligiga erishish hamda ijtimoiy-
ma'naviy, ilmiy-ma'rifiy hamda ta'lim-tarbiya sohalarida tizimlilik, ilmiylik va


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

87

izchillikni ta'minlashga alohida e'tibor qaratish nazarda tutilgan. Ayni paytda
fuqarolar ma'naviy barkamolligini ta'minlash, ular orasida teng va o'zaro
manfaatli munosabatlarni ta'minlash, erkin tafakkur tarzi, inson huquqlari,
milliy va umumbashariy qadriyatlarni hurmat qilish va qarashlar xilma-xilligini
rivojlantirish, inson ruhiyati va kamolotiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi g'oya va
ta'limotlarga murosasiz kayfiyatni tarbiyalash ham bu boradagi dolzarb vazifalar
sirasiga kiradi. Ma'lumki, "insoniyatning ko'p ming yillik tajribasiga ko'ra, har
qanday tub yangilanish, inqilobiy o'zgarish ilm-ma'rifatsiz, ma'naviyat,
madaniyatsiz sodir bo'lishi mumkin emas. Buni barcha Renessans davrlarining
voqea-hodisotlari tasdiqlaydi. Shuning uchun ham mamlakatimizda mustaqillik
qo'lga kiritilishi bilan mazkur masalaga alohida e'tibor qaratildi. Bugungi kunda
esa unga e'tibor yanada kuchaydi. Bu jihatdan, Taraqqiyot strategiyasining
beshinchi yo'nalishi, ya'ni ma'naviy taraqqiyotni ta'minlash ushbu sohani
tubdan isloh etish va yangi bosqichga olib chiqish sohasidagi ustuvor maqsad va
vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan ishlar alohida ahamiyatga molikdir"[3;].

Yangi O'zbekiston taraqqiyotining ijtimoiy-ma'naviy va ilmiy-ma'rifiy

sohalarini yanada takomillashtirish, jamiyatdagi ma'naviy barqarorlik va
hamjihatlik, qonun ustuvorligi va xavfsizlik kafolatlarini mustahkamlash,
Uchinchi Renessansni barpo etuvchilarning yaksak ma'rifatli avlodini
tarbiyalash, barkamol shaxsni shakllantirish mamlakatimizda ma'rifatli jamiyat
barpo etish mazkur yo'nalishdagi faoliyatning asosiy mazmuniini belgilaydi. Bu
jihatdan, tarix fanlari doktori, professor A. Mavrulov ta'kidlaganidek: "Boy
o'zbek madaniyati bugun o'zining milliyligini saqlab qolgan holda, barkamol
shaxsni tarbiyalash, barqaror ijtimoiy-madaniy muhitni barpo etish, jamiyatda
sog'lom ma'naviy ehtiyojni shakllantirish, odamlarda tafakkur o'zgarishlarini
sodir etsagina o'zining asosiy vazifalarini bajargan bo'ladi. Ana shundagina
bugun yurtimizda keng jaranglayotgan "Yangi O'zbekiston - Uchinchi Renessans
sari" shiorini real harakatga keltira olamiz"[4;].

Ushbu yo'nalishda yoshlarga alohida ahamiyat qaratilayotgani aslo bejiz

emas, zero O'zbekiston - yoshlar mamlakati. Yurtimiz aholisining 60 foizidan
ko'pini yoshlar tashkil etadi. Shunday ekan, yoshlar masalasi har doim e'tiborda
bo'ladi. Ularning har tomonlama barkamol avlod bo'lib yetishlari uchun barcha
shart-sharoitlar yaratilmoqda. Ayniqsa, ularni madaniyat, san'at, jismoniy
tarbiya va sportga keng jalb etish, axborot texnologiyalari bo'yicha
savodxonligini oshirish, kitobxonlikni targ'ib qilish ham mamlakatimizda
Uchinchi Renessans poydevorini qurish yo'lidagi muhim qadamlardan biri
bo'ladi. Buni biz mamlakatimiz mustaqillikni qo'lga kiritgan paytidayoq


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

88

belgilangan tadbirlardan bilsak bo'ladi. Mamlakatimiz yangi jamiyat qurish
borasida eskidan meros bo'lib o'tgan hamma tuzilmalar, yo'nalishlar,
muassasalardan voz kechdi va mutlaqo yangi istiqlol yo'lini tanlab, yangi
boshqaruv tuzilmalarini tashkil qilishni lozim topdi. Shunday ekan, o'tish
davrida barcha iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy masalalar bilan bir qatorda yoshlar
siyosati masalasi ham alohida ahamiyat kasb etadi. Biz ma'naviy -ma'rifiy ishlar
samaradorligini oshirish, madaniyat va san'at muassasalari, ijodiy uyushmalar
hamda ommaviy axborot vositalari faoliyatini rivojlantirish yo'lida harakat

qilmoqdamiz. Madaniyat va ma'naviyat sohasida faoliyat yurituvchi

xodimlar mehnatini munosib qadrlash choralari ko'rilyapti.

Hozirgi kunda olg'a surilayotgan Yangi O'zbekiston g'oyasini ko'p millatli

elimizning qalbiga singdirish, ularni ushbu ezgu g'oya atrofida birlashtirib,
kelajakka ishoch ruhini, bunyodkorlik, tashabbuskorlik fazilatlarini kuchaytirish
ma'naviy sohadagi faoliyatimizning bosh mezonidir.

Shunday ekan, aholimizning hududiy, kasbiy hamda yosh xususiyatlarini

hisobga olgan holda, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar hamda targ'ibot-tashviqot
ishlarini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chorasini ko'rish kerak.

Yuqorida aytilganidek, biz globallashuv davrida, turli xil mafkuraviy

tahdidlar qurshovida yashayapmiz. Shunday sharoitda yurtimiz ma'naviy
hayotida namoyon bo'layotgan o'zgarishlar dinamikasining rivojlanish darajasi
va uning xalqimiz milliy xususiyatlariga ta'siri masalasiga e'tibor berishimiz
lozim. Ushbu fikrlarga hamohang ravishda xotin-qizlarning jamiyat va davlat
boshqaruvida faol ishtirok etishi bugungi kunning dolzarb masalasi sifatida qayd
etish lozimdir. "Sog'lom onadan sog'lom bola tug'iladi" deganlaridek,
jamiyatimizda farzand kamolotida onalarning ahamiyati beqiyosdir.

Jahonda hukm surayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar hamda yuzaga kelgan

tarixiy zarurat yurtimizning ma'naviy-ma'rifiy sohadagi buguni va ertasini
belgilaydigan amaliy faoliyat dasturlarini yaratish va hayotga tatbiq etish uchun
zaruriy asoslar yaratmoqda.

aʼnaviy taraqqiyot jamiyatning ichki kuchini

mustahkamlaydi, fuqarolarni Vatanga sadoqatli, axloqiy barkamol, madaniyatli
shaxslar qilib tarbiyalaydi. O‘zbekiston bugungi islohotlar bosqichida nafaqat
iqtisodiy yutuqlarga, balki maʼnaviy tiklanishga, xalq tafakkurining o‘sishiga,
milliy ongning mustahkamlanishiga alohida e’tibor qaratmoqda. Bu esa uzoq
muddatli taraqqiyotning mustahkam kafolati bo‘lib xizmat qiladi.

Foydananilgan adabiyotlar:

1.Бекмурадов М, Бегматов А Миллий менталитет ва маънавият. -Т.: Адолат,
2002.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

89

2.Жураев Н. Узбекистоннинг маънавият стратегияси. Т.: Маънавият, 2016. -
32 бет
3. Маънавият: асосий тушунчалар изошли .^ати / Тузувчи ва масъул
мухаррир К.Назаров. -Т.: F.Fулом номидаги НМИУ, 2009. - Б. 678
Абу Наср Форобий. Фозил одамлар шахри. - Тошкент, Абдулла Кодирий
номидаги халк мероси нашриёти, 1993, 190-бет.
4.Узбекистан

Республикаси

Президентининг

Фармони.

Янги

Узбекистоннинг 20222026 йилларга мулжалланган тараккиёт стратегияси
тугрисида (Узбекистон Республикаси крнун уужжатлари туплами, 2022 й,
6-сон). www.lex,uz
5.Mavrulov A. "Madaniyat va Uchinchi Renessans yohud beqiyos iroda kuchi va
vijdon amri bilan..." - "Yangi O'zbekiston" gazetasi 2021 yil 10 dekabr

Библиографические ссылки

Бекмурадов М, Бегматов А Миллий менталитет ва маънавият. -Т.: Адолат, 2002.

Жураев Н. Узбекистоннинг маънавият стратегияси. Т.: Маънавият, 2016. - 32 бет

Маънавият: асосий тушунчалар изошли .^ати / Тузувчи ва масъул мухаррир К.Назаров. -Т.: F.Fулом номидаги НМИУ, 2009. - Б. 678

Абу Наср Форобий. Фозил одамлар шахри. - Тошкент, Абдулла Кодирий номидаги халк мероси нашриёти, 1993, 190-бет.

Узбекистан Республикаси Президентининг Фармони. Янги Узбекистоннинг 20222026 йилларга мулжалланган тараккиёт стратегияси тугрисида (Узбекистон Республикаси крнун уужжатлари туплами, 2022 й, 6-сон). www.lex,uz

Mavrulov A. "Madaniyat va Uchinchi Renessans yohud beqiyos iroda kuchi va vijdon amri bilan..." - "Yangi O'zbekiston" gazetasi 2021 yil 10 dekabr