
Иқтисодиёт ва таълим / 2021 йил, 3-сон
202
13.
Бюджет
РУз
с
официального
сайта
Министерства
финансов
РУз.
URL:
https://www.mf.uz/ru/?option=com_content&view=article&id=580
14.
Статистические данные. Госкомстат РУз URL:
https://stat.uz/ru/ofitsialnaya-statistika/social-protection.
(Дата обращения 30.04.2021).
15.
Касымова Д.М. Молодёжь на рынке труда Узбекистана. Журнал: Экономика образования, Март-апрель.
№ 2(75). Москва 2013. C. 88-89.
16.
Наука и инновационная деятельность в Узбекистане 2015-2019. Госкомстат РУз. Ташкент 2020. С.94.
17.
Beard, D., & Surendran, K. (2008). Integrating Soft Skills Assessment through University, College, and
Programmatic Efforts at an AACSB Accredited Institution. Journal of Information Systems Educaton, 19(2), 229–241.
18.
Новый кроссплатформенный проект РБК, который рассказывает о тенденциях в бизнесе. 27.08.2020.
URL:
https://trends.rbc.ru/trends/innovation/5ee87fee9a794772d1f904bf. (Дата обращения 04.05.2021).
19.
Lazarus, A. (2013). Soften up: the importance of soft skills for job success. Physican Executive. 39 (5), 40-45.
20.
Ybarra, O., Kross, E., & Sanchez-Burks, J. (2014). The “big idea” that is yet to be: Toward a more motivated,
contextual, and dynamic model of emotional intelligence. Academy of Management Perspectives, 28, 93-107.
doi:10.5465/amp.2012.0106
21.
Salovey, P., & Mayer, J. D. (1990).Emotional intelligence. Imagination, Cognition and Personality, p. 185–211.
22.
BBC news. URL:
https://www.bbc.com/russian/features-40716336. (Дата обращения 04.05.2021).
23.
Sternberg, R. J. (1986). Critical thinking: Its nature, measurement, and improvement National Institute of
Education. Retrieved from http://eric.ed.gov/PDFS/ED272882.pdf. P. 3.
To’ychiyeva Odina Nabiyevna -
Farg’ona politexnika instituti,
Katta o’qituvchi, “Iqisodiyot” kafedrasi
ZAMONAVIY BIZNES - TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI
Annotatsiya:
Maqolada kichik biznesning xususiyatlari, iqtisodiyotni rivojlantirishda kichik biznes va tadbirkorlikning
roli va ahamiyati, kishilarda tadbirkorlik sohasidagi bilimlarni shaklantirishda biznes ta’limini o’rni va uni rivojlantirishning
zarurligi, iqtisodiy fanlarni o’qitishga qo’yiladigan talablar yoritilgan bo’lib, biznes ta’lim tizimining mazmun hamda shaklini
takomillashtirish va ularni bugungi kun talabiga moslashtirishni bo’yicha takliflar ishlab chiqilgan.
Kalit so’zlar:
biznes, ishbilarmonlik, tadbirkorlik, biznes ta’lim, iqtisodiy bilim, raqobat.
Туйчиева Одина Набиевна -
Ферганский политехнический институт,
Старший преподаватель кафедры «Экономика»
ВОПРОСЫ РАЗВИТИЯ СОВРЕМЕННОГО БИЗНЕС - ОБРАЗОВАНИЯ
Аннотация:
В статье описаны цели и роль малого бизнеса и предпринимательства в развитии экономики,
необходимость совершенствования бизнес-образования в формировании знаний в области предпринимательства,
требования к преподаванию экономических дисциплин в целях повышения эффективности бизнес-образования,
разработаны предложения по совершенствованию содержания и формы современного бизнес-образования с целью их
адаптации к современным требованиям.
Ключевые слова:
бизнес, предпринимательство, бизнес-образование, экономические знания, конкуренция.
Tuychieva Odina Nabievna -
Fergana Polytechnic Institute,
Senior lecturer of the Department of Economics
ISSUES OF DEVELOPMENT OF MODERN BUSINESS - EDUCATION
Annotation:
The article describes the purpose and role of small business and entrepreneurship in the development of the
economy, the need for the improvement of business education in the formation of knowledge in the field of entrepreneurship, the
requirements for the teaching of economic disciplines in order to enhance business education, developed proposals to improve
the content and form of modern business education in order to adapt them to current requirements.
Key words:
business, entrepreneurship, business education, economic knowledge, competition.
Kirish.
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan
iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichi kichik biz-
nes va tadbirkorlikni rivojlantirish, unga keng iqti-
sodiy erkinliklar berish bilan tavsiflanadi. Tadbir-
korlikni keng rivojlantirish va bu soha uchun yangi
sharoitlar yaratishga barcha imkoniyatlarimizni
safarbar etish muhim masalalardan biri bo’lib qola-
di. Mamlakatda kichik va o‘rta biznesni rivojlanti-
rishning aniq yondashuvlarini belgilab olish, tadbir-
korlikni moliyaviy va nomoliyaviy qo‘llab-quvvat-
ТАЪЛИМ

Иқтисодиёт ва таълим / 2021 йил, 3-сон
203
lashning maqsadga yo‘naltirilgan, ayniqsa, aholini
tadbirkorlikka o‘qitish va kasbga o‘rgatish ishlarini
tashkil etishda kamchiliklar kuzatilayotganligi ham
qo’yilgan masalaning dolzarbligini belgilaydi.
Ilmiy adabiyotlar tahlili.
Iqtisodiy bilimdon-
likni os hirishning zarurligi va iqtisodiy bilimlarning
jamiyat rivojidagi ahamiyatini yoritish masalalari
juda ko’p olimlar tomonidan tadqiq etilib kelingan.
Xususan, A.Avloniy, A.Fitrat kabi ma’rifatparvar
olimlarning o’z davrida o’zbek millatining iqtisodiy
savodxonligini oshirish bilan yoshlarni tijorat va
savdo ishlariga yo’naltirish lozimligi borasidagi
fikrlari bugun ham o’z dolzarbligi bilan ahamiyatga
molikdir. Shuningdek, iqtisodiy bilmlarning zarurli-
gi haqidagi masalalar yetuk olimlar Q. Muftaydinov,
Q.Yo’doshevning ilmiy tadqiqot ishlarida o’z aksini
topgan. Xususan, olimlarning “Iqtisodiyot va iqtiso-
diyot ilmi bir-biriga uzviy bog’liq bulgan tushuncha-
lardir. Zero shu narsa tarixiy haqiqatki, qayerda
iqtisodiyot rivoj topgan bo’lsa, o’sha yerda iqtisod
ilmi ham kamol topadi, chunonchi iqtisod ilmining
rivoji iqtisodiyot taraqqiyotiga turtki beradi” [5]
degan fikrlari diqqatga sazovordir. Iqtisodiy bilim-
larning zaruriyligi va ulardan jamiyat manfaatlari
yo’lida foydalanishga qaratilgan masalalar olimlari-
miz Sh.Shodmonov, U.G’ofurov asarlarida ham o’z
aksini topgan. Shuningdek, boshqa iqtisodchi olim-
lar I.Ismanov, G.Davlyatovalar tomonidan iqtisodiy
bilimlarning o’zlashtirilishi jamiyat rivojlantirish-
ning asosi ekanligi, ya’ni “zamonaviy ishlab chiqa-
rishni tashkil etish qoidalarini va shakllarini ham-
da usullarini mukammal o’zlashtirgan, har qanday
iqtisodiy jarayonlarga to’g’ri baho beradigan, iqtiso-
diyot oldida turgan muammolar yechimini hal qila
oladigan, mutaxassisgina mamlakat iqtisodiyotini
rivojlantirishni ta’minlaydi” deb ta’kidlangan [2].
Asosiy qism.
Bozor iqtisodiyotining eng mu-
him xususiyatlaridan biri, shubhasiz, uning ijtimoiy
ishlab chiqarishni demokratlashuvini, aholi bandli-
gini ta’minlash, biznes va tadbirkorlikka keng yo’l
ochish bo’lib hisoblanadi.
“Biznes” atamasi ingliz tilidagi “bisiness”
so’zidan olingan bo’lib, “ish” ma’nosini anglatadi.
Biznes bilan shug’ullanuvchi kishilarni “biznesmen”,
ya’ni –“ishbilarmonlar” deb yuritiladi.
Agar biznesning asosiy sharti biron bir foydali
ish qilish bo’lsa, biznesning o’zi bozor iqtisodiyo-
tining asoslaridan biridir.
Insonni biznesmen bo’lishiga majbur qilib
bo’lmaydi, faqatgina uning o’z g’oya va kashfiyotla-
rini ishga solish uchun sharoit yaratish mumkin
xolos. Lekin biznes bilan shug’ullanishdan avval
quyidagi uchta muhim tamoyillar (qoidalar)ga rioya
qilish zarur:
1.
Biznes qonunlari va qoidalarini yaxshi
bilish.
2.
Zaruriy boshlang’ich kapitalga ega bo’lish.
3.
Majburiyatlarni o’z vaqtida va to’liq hajm-
da bajarish.
Shuni yodda tutish kerakki, biznes har doim
muvaffaqiyatli va nafli emas, balki ma’lum tavakkal-
chilik (risk) hamdir. Biznes bu – keskin raqobat, ku-
rash va o’z o’rniga ega bo’lish ishtiyoqi, katta sport
va doimiy trening hamda ijodda bo’lganidek, o’z
qobiliyati va iste’dodini namoyish qilishdir.
Biznes va tadbirkorlik sohasi ko’pincha
“kichik iqtisodiyot” deb ham yuritiladi.
Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islo-
hotlarning eng muhim yo’nalishlaridan biridir.
Bandlik muammosini hal etish, bozorning mo’l-ko’l-
ligini ta’minlash hamda iqtisodiyotning raqobatbar-
doshligini oshirishdagi imkoniyatlarini inobatga
olib, mamlakatimizda kichik biznes va tadbirkor-
likning rivojlanishiga alohida e’tibor berilmoqda.
Jumladan, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlanti-
rishda o’ziga xos quyidagi xususiyatlar e’tiborga
olinmoqda:
bozordagi talabga tez moslasha borib,
sifatli mahsulot ishlab chiqarishi;
nisbatan qisqa muddatlarda aholi ehtiyoji
uchun zarur bo’lgan tovar va xizmatlarga bo’lgan
talabini qondira olishi;
dastlabki sarmoya hajmining nisbatan
kamligi;
yangi ish o’rinlarini barpo etish va bandlik
muammosini hal etishga ko’maklashish imkoniyati;
biznes egasi (tadbirkorlik)ning tadbirkor-
lik faoliyatini amalga oshirishdagi bevosita ishtiroki
va boshqalar.
Kichik tadbirkorlik mamlakat iqtisodiyoti-
ning rivojlanishiga sezilarli darajada ta’sir ko’rsata
oladi. U iste’mol talabining o’zgarishlariga tez
moslashadi, iqtisodiy vaziyatning tebranishlariga
muvofiq tarzda o’z faoliyatini va ixtisosini tez
hamda nisbatan asoratsiz o’zgartira oladi. Bundan
tashqari kichik tadbirkorlik iqtisodiyotdagi tarkibiy
o’zgarishlarni amalga oshirishni tezlashtiradi [8].
Alohida shaxs uchun esa kichik biznes bilan
shug’ullanish band bo’lish va daromad olishga, ishi
va shaxsiy hayotini yaxshiroq birlashtirishga, o’z
qobiliyati va iste’dodini namoyon qilishga imkon
yaratadi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivoj-
lantirishni rag’batlantirish bo’yicha ko’rilgan chora-
tadbirlar natijasida 2021-yilning yanvar-mart oyla-
rida yalpi ichki mahsulotdagi kichik biznes va tad-
birkorlikning ulushi 45,0 %ni, sanoat ishlab chiqari-
shining umumiy hajmida 22,2 %ni tashkil etdi[9].
Kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har
1000 aholiga 16,1 birlikni tashkil qildi. 2021 yilning
dastlabki uch oyi davomida 26,8 mingta yangi ki-
chik korxona va mikrofirmalar tashkil qilindi, Bu
o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15,0 foizga ko‘p
ТАЪЛИМ

Иқтисодиёт ва таълим / 2021 йил, 3-сон
204
demakdir. Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng
ko‘p kichik korxona va mikrofirmalar savdoda 9093
ta, sanoatda 5602 ta, qishloq, o‘rmon va baliqchilik
xo‘jaligida 4540 ta, qurilishda 1847 ta, axborot va
aloqada 700 ta tashkil etilgan[7].
Shuningdek, hozirda mamlakatimizda kichik
tadbirkorlikni rivojlantirish borasida quyidagi aniq
ishlar amalga oshirilmoqda:
ulgurji va chakana savdo tizimi isloh qilin-
moqda;
kichik tadbirkorlik korxonalariga infratu-
zilma bo’linmalari tomonidan xizmat ko’rsatishning
samarali tizimi yaratilmoqda;
kichik tadbirkorlik sub’ektlarining qonuniy
huquqlari va manfaatlarini muhofaza qilish hamda
tadbirkorlik erkinligini kafolatlash tizimi shakllan-
moqda;
tadbirkorlarni davlat ro’yhatiga olish va hi-
sobga qo’yishning yengillashtirilgan tartibi joriy
etildi;
statistika va soliq hisobotining qisqartiril-
gan shakli kiritildi;
kichik tadbirkorlik sub’ektlarining tashqi
iqtisodiy faoliyati erkinlashtirilmoqda;
ish boshlovchi tadbirkorlar uchun dastlab-
ki sarmoyani shakllantirish va boshqa shakllardagi
yangi moliyaviy qo’llab-quvvatlash tizimi joriy
etildi.
“Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida
o’z biznesini biznes muhitini yanada yaxshilash bo-
rasidagi ishlar faol davom ettirilmoqda;
yangi qabul qilingan Soliq kodeksiga mu-
vofiq soliq turlari 13 tadan 9 taga kamaytirildi,
soliqlarni to’lash muddatini uzaytirish yoki bo’lib-
bo’lib to’lashga ruxsat berish bo’yicha yengillash-
tirilgan mexanizmlar kiritildi;
tadbirkorlarga ichki bozorda sotgan mah-
suloti bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’ining bir qis-
mini qaytarish tartibi joriy etildi;
Jahon bankining “Biznes yuritish” reytingida
eng yaxshi 50 ta mamlakat qatoriga kirish bo’yicha
barcha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni qabul
qilindi.
Kichik biznes sohasida raqobat muhitini
shakllanishi va rivojlanishi, tadbirkorlarda biznes
yuritish bo’yicha malaka va tushunchalarni rivojlan-
tirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bu esa iqtiso-
diy bilimlarni o’rganishni taqozo etadi.
Iqtisodiy bilimlarni o’rganish zaruriyati nafa-
qat raqobat muxitini shakllanganligi va biznesni
yuritish uchun balki iqtisodiy resurslarning chek-
langanligi tufayli ham muhimdir[10]. Yer osti va
usti boyliklarining kamayib, yer yuzida aholi soni-
ning ko’payib borayotganligi, kishilarning yashashi
va kamol topishi uchun zarur bo’lgan taqchil re-
surslardan samarali va unumli foydalanish juda
ham ahamiyatli bo’lib qolmoqda. O’z-o’zidan savol
tug’iladi, taqchil resurslarni nima hisobidan to’ldi-
rish mumkin? Mavjudlaridan qanday qilib samarali
foydalanish mumkin? Bu kabi savollarga javob be-
rish uchun ilm-fan taraqqiyotini rivojlantirish zaru-
riyati kelib chiqadi.
Hozirgi zamonda iqtisodiyotni bir so’z bilan
bilimlar iqtisodiyoti deb ham atash mumkin. 20-asr-
ning yetuk mutaffakkirlaridan biri A.Fitrat ham
iqtisodiy bilimlarning zarurligi, yoshlarni iqtisod
ilmini egallashga, ularni tijorat va savdo ishlariga
o’qitish lozimligi haqidagi ilg’or fikrlarni bergan.
Xususan, u vatandoshlariga murojaat qilib “Sizlar
o’z farzandlaringizni tijorat maktablariga yuborib,
savdo ishiga o’qitingiz, chunki begonalar (xorijiy
savdogarlar) tijorat ilmidan xabardor. Siz esa bexa-
barsiz” [3] deb ta’kidlagan edi.
Yuqoridagi iqtisodiy fikrlardan ko’rinib turib-
diki, 20-asrning yetakchi olimlari ham vatanimiz
ozodligi va mustaqilligining moddiy va ma’naviy
asoslarini yaratish, ana shu asosda millatning o’z
mustaqilligi uchun kurashini ilmiy darajaga ko’ta-
rish maqsadlarini ko’zlaganlar.
Ayniqsa, hozirgi davrda iqtisodiy bilimlar
kishilarda tadbirkorlik qobiliyatini shakllantirish
zarurligi bilan ham muhimdir. Chunki jamiyat ta-
raqqiyoti tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlanti-
rishga bevosita bog’liqdir. Iqtisodiy bilimlar kishi-
larda tadbirkorlik, omilkorlik fazilatlarini shakllan-
tiradi. Ulardagi yalqovlik, loqaydlik kabi illatlarni
siqib chiqaradi. Iqtisodiy bilimlarning rivojlanishi
kishilarda mulkni tasarruf qilish va undan samarali
foydalanish bo’yicha yangidan-yangi g’oyalarni
hamda takliflarni shakllanishiga imkoniyat yaratadi.
Natijada, xususiylashtirish hamda mulkni davlat ta-
sarrufidan chiqarish, mayda va qo’shma korxonalar
tashkil etish asosida sohibkorlikka keng yo’l ochila-
di. Bozor iqtisodiyotining ko’p mulkchilikka yo’nal-
tirilganligi mulkdorlarni bozorga mahsulot va xiz-
matlarni olib chiqishlari erkin tarzda amalga oshiri-
lishini nazarda tutadigan bo’lsak yuqoridagi muam-
mo yanada jiddiylashadi.
Shuning uchun ushbu jarayonda ishtirok
etuvchilarni zamonaviy biznes yuritish tartib qoida-
lari va malakalari bilan qurollantirish zaruriyati
kelib chiqadi. Bu esa ta’lim tizimining mazmun va
shaklini takomillashtirish va ularni bugungi kun
talabiga moslashtirishni taqozo etadi.
2019-yilning oktyabr oyida O’zbekiston Res-
publikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 5847- sonli
Farmoni bilan qabul qilingan “O‘zbekiston Respubli-
kasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasi”da ham ishlab chiqarish, fan va ta’lim
uyg’unligini ta’minlashni ko’zda tutilgan. Xususan,
zamonaviy sharoitda biznesni yuritishni ta’lim
jarayoni bilan uyg’unlashtirish hozirgi davrning eng
dolzarb masalalaridan biri sifatida qayd etilgan[1].
ТАЪЛИМ

Иқтисодиёт ва таълим / 2021 йил, 3-сон
205
Xulosa.
Zamonaviy sharoitlarda iqtisodiy
bilimlarni berishni chuqurlashtirish masalasi eng
muhim, dolzarb masalalardan biriga aylandi. Chunki
rivojlangan davlatlarning iqtisodiy rivojlanish dara-
jasiga yetish uchun biz iqtisodiyotning rivojlanishini
ta’minlovchi shaxslar, kadrlarga ega bo’lishimiz
zarur. Iqtisod ilmidan boxabar bo’lgan kishilargina
har doim qiladigan sarf-xarajatlarining samarasini
oldindan hisob-kitob qiladilar, tadbirkorlik asosida
ish yuritadilar, biznesni to’g’ri tanlaydilar, qachon,
qaerda, nima va qancha ishlab chiqarishni yaxshi
biladilar. Pirovard natijada kelajak taraqqiyoti, ja-
miyat barqarorligi va oila farovonligi ta’minlanadi.
Yuqoridagilarni umumlashtirgan holda izox-
lash mumkinki, ta’lim yo’nalishlarining o’quv rejala-
riga biznesni tashkil etish va yuritish bo’yicha fan-
larning kiritilishi talabalarda biror-bir faoliyatni
amalga oshirish ko’nikmalarini shakllantirishga sa-
bab bo’ladi. Xususan, “Iqtisodiyot” va “BX va A”,
”Menejment” ta’lim yo’nalishlarining o’quv rejalari-
ga “Marketing”, “Biznesni rejalashtirish”, “Kichik
biznes va tadbirkorlik” fanlarining kiritilishi tala-
balarda biznesni tashkil etish va yuritish bo’yicha
amaliy ko’nikmalarni shakllantirish imkoniyatini
yaratmoqda. Shuningdek, noiqtisodiy ta’lim yo’na-
lishlariga “Xorijiy investitsiyalar”, “Soliq va soliqqa
tortish” kabi fanlarining kiritilishi esa talabalarda
iqtisodiyot to’g’risidagi bilimlarni o’zlashtirish va
ularni qo’llash imkoniyatini shakllantirmoqda.
Talabalarda eng zamonaviy bilim va ko’nikmalarni
shakllantirish uchun ta’lim sifatini oshirish maqsa-
dida dars mashg’ulotlarini takomillashtirish eng
ustuvor vazifalardan biridir. Ayniqsa, amaliy dars
mashg’ulotlarida ishbilarmonlar o’yinlaridan, keys-
stadi, biznes vaziyat tahlili kabilardan foydalanish
talabalarda biznesni yuritish bo’yicha ko’nikmalarni
tez shakllanishiga sabab bo’lmoqda. Zamonaviy biz-
nes-ta’limni rivojlantirish uchun quyidagilar taklif
qilinadi:
-
o’quv jarayoniga yetakchi mutaxassislarni
ma’ruza o’qish va seminarlar tashkil etish uchun
jalb etish;
-
ingliz tilini chuqur o’rganish, uni xalqaro
biznes sohasining asosiy muloqot tili ekanligiga
e’tibor qaratish;
-
talabalarga mamlakat iqtisodiyotida yuz
berayotgan o’zgarishlarni muntazam yetkazish;
-
kichik biznesni yuritishda muvaffaqqiyat-
larga erishgan tadbirkorlarning ish faoliyatini o’rga-
nish, tahlil qilish, tanqidiy va ijodiy yondoshishga
qaratilgan seminarlarni tashkil etish.
-
ajdodlarimizning tadbirkorlik va ishblar-
monlikka oid tarixiy manbalarni o’rganish va ularni
ommalashtirish;
-
o’quv jarayonini 4+2 shaklida, ya’ni 4 kun
nazariy va 2 kun amaliyotda shug’ullanishini yo’lga
qo’yish orqali biznesga oid bilimlarini rivolantirish;
-
biznesni yuritishga oid va investitsion qa-
rorlarni qabul qilish malakasini shakllantirishga
yo’naltirilgan amaliy mashqlar to’plamidan foydala-
nishga ustuvorlik berish;
-
biznes fanlarni o’qitishda nazariy mashg’u-
lotlar bilan amaliy mashg’ulotlar nisbatini 30:70
nisbatga keltirish;
-
hukumat darajasida amaliyotga oid ma’lu-
motlar bazasini aynan o’quv yurtlari uchun yara-
tish;
-
biznes fanlari o’qituvchilarining malaka da-
rajasi, pedagogik mahoratini baholash asosida ular-
ni sertifikatsiyalash jarayonini tashkil etish ma’su-
liyatini institut ilmiy kengashiga berish;
-
biznes fan o’qituvchilarini ishga qabul qi-
lishda ularning amaliyot tajribasini asosiy mezon
sifatida belgilanishini yo’lga qo’yish;
-
biznes fan o’qituvchilarini yetakchi biznes
tuzilmalarida stajirovkasini tashkil etish.
Shuningdek, biznesni yuritishga oid viktori-
nalarni tashkil etilishi ham talabalarda tadbirkorlik
faoliyatini yuritish bo’yicha ko’nikmalarni kengayi-
shiga olib kelmoqda. Tadbirkorlik ko’lamining ken-
gayishi esa mamlakat iqtisodiyotining mustahkam-
lanishiga, xalqning turmush darajasining oshishini
ta’minlaydi.
Manba va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoevning 5847- sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy
ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”. 08.10.2019 y
2. Ismanov I., Davlyatova G ”Biznesni rejalashtirish” Darslik. – F.: Classik,2020,-437 б.
3. Fitrat A. Tanlangan asarlar. 1- jild. ˗ T.: Ma’naviyat, 2000. -168 б.
4. Shodmonov Sh., G’afurov U. “Iqtisodiyot nazariyasi” Darslik. – T.: TDIU, 2009,- 529 b.
5. Yo’doshev Q., Muftaydinov Q., Mamatqulov Sh. “Iqtisodiyot asoslari”, Oquv qo’llanma. T.: Sharq, 2002,-272b
6. Tuychieva, O. N. (2020). On the problem of training competitive personnel for the digital economy. ISJ Theoretical & Applied
Science, 05 (85), 701-707. Soi: http://s-o-i.org/1.1/TAS-05-85-127
7. O’zbekiston Respublikasida kichik tadbirkorlik. O’zbekiston Respublikasi Davlat solq qo’mitasi axborot –tahliliy byuleteni
(2021-yil yanvar-mart)
8.
Sevarakhon Abdullaeva.
Improving of organizational mechanism of leasing
. //
Scientific Bulletin of Namangan State
University – 2019. Doi
https://uzjournals.edu.uz/cgi/viewcontent.cgi?article=1669&context=namdu
9. Abdullaeva Sevarakhon KHasanovna /
Issues of Ensuring Economic Stability in the Textile Industries
. //
JournalNX – 2020.
VOLUME 6, ISSUE 12
Doi
10.
GM Davlyatova, CX Abdullaeva. (2019)
Systemic principles and regularities of commercial enterprise as a socio-economic
. //
Journal of Economy and Business., (6-1). p.95. Doi https:// dx.doi.org /10.24411 /2411-0450-2019-10827.
https://cyberleninka.ru/article/n/18235040
ТАЪЛИМ