https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
387
TOVARLARNI YETKAZIB BERISHDA TAQSIMOT
LOGISTIKASINING O‘RNI
Hoshimov Qurbonali Foziljon o‘g‘li
Andijon Mashinasozlik Instituti
Transport logistikasi yo`nalishi 4-kurs 102-21-guruh talabasi
Muxammadaliyev Qodirjon Iqboljon o‘g‘li
Andijon Mashinasozlik Instituti
Transport logistikasi yo`nalishi 4-kurs 102-21-guruh talabasi
Usmonov Abdushukur Roxatali o‘g‘li
Andijon Mashinasozlik Instituti
Transport logistikasi yo`nalishi 4-kurs 102-21-guruh talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada taqsimot logistikasi bu iste'molchining talab
va manfaatlariga muvofiq tayyor mahsulotni is’temolchigacha yetkazish
jarayonidagi tashish, omborga qo‘yish va boshqa moddiy va nomoddiy
operatsiyalarni rejalashtirish, nazorat qilish va boshqarish to‘g‘risidagi bilimlar
majmuidir. Shu bilan birga ushbu axborotni uzatish, saqlash va qayta ishlash
hamda tovarlarni yetkazib berish taqsimot logistikasiga kiradi.
Kalit so`zlar: Tovar, lagistik taqsimot, taqsimot,chakana savdo, mikro,
makro, ulgurji, savdo, bozor, ombor, tayyor mahsulot, qadoqlash, jo’natish.
Kirish.
Taqsimot logistikasining o‘rganish ob'ekti yetkazib beruvchidan
iste'molchigacha bo‘lgan harakat bosqichidagi moddiy oqimlardir. Moddiy oqim
taqsimoti anchadan buyon faoliyatining axamiyatli tomoni bo‘lib kelmoqda edi,
ammo nisbatan yaqindagina u eng muxim funksiyalardan biri mavqyeiga ega
bo‘ldi. Taqsimot logistikasi tushunchasi uning lug‘aviy ma'nosi – biror-bir narsani
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
388
kimlargadir (nimalargadir) bo‘lib berish, unda har biriga o‘ziga tegishli qismi
taqdim etilishi tushuniladi.
Iqtisodiyotdagi taqsimot – bu ishlab chiqarish jarayonining bir
bosqichidir, oldin moddiy ne'matlarni ishlab chiqarish, keyin esa taqsimlash, ya'ni
yaratilgan mahsulotdagi har bir ishlab chiqaruvchining ulushini aniqlash, lozim.
Bunda ushbu ishlab chiqarilgan mahsulotga bo‘lgan egalik xuquqi taqsimlanadi.
Mahsulotlarning o‘zi esa, masalan ombordagi sabzavotlar, ishlab chiqarish
jarayoni ishtirokchilari orasida taqsimlanmaydi.[1-2] Logistikada taqsimot
deganda ushbu jarayonning buyumlashgan, seziladigan bir ma'nosi tushuniladi.
Egalik xuquqlari taqsimoti bilan bog‘liq qonuniyatlar ham e'tiborga olinadi, ammo
ular tekshirish va optimallashtirishning asosiy predmeti hisoblanmaydi. Taqsimot
logistikasida o‘rganiladigan asosiy predmet – mavjud materiallar zaxirasining
jismoniy taqsimot jarayonini ratsionallashuvidir. Mahsulotni qanday qadoqlash
lozim, qaysi yo‘nalish bo‘yicha jo‘natish kerak, omborlar tarmog‘i kerakmi (kerak
bo‘lsa, qanday?), qanday vositachilar kerak – aynan shu masalalarni taqsimot
logistikasi yechishi lozim bo‘ladi. Logistika moddiy oqimlarning to‘liq
boshqaruvini o‘rganadi va amalga oshiradi, shuning uchun ham barcha
bosqichlarda taqsimot masalalarini yechish, ya'ni nimanidir kimlargadir bo‘lib
berish zarur bo‘ladi:
-tovarlar xarid qilinganda yetkazib beruvchilar orasida buyurtmalar
taqsimlanadi;
-yuklar korxonaga kelib tushgandan so‘ng, ular saqlash joylari bo‘yicha
taqsimlanadi;
- ishlab chiqarishning har xil bo‘limlari o‘rtasida moddiy zaxiralar
taqsimlanadi;
-savdo jarayonida moddiy oqimlar taqsimlanadi va hokazo.[2-5]
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
389
Taqsimot logistikasi chegaralarini belgilab olish uchun ma'lumki u uchta
bosqichdan iborat. Ishlab chiqarish vositalarini xarid qilish bosqichidagi moddiy
oqimlar xarid logistikasining o‘rganish va boshqarish ob'ekti bo‘lsalar, ishlab
chiqarish bosqichidagi moddiy oqimlar- ishlab chiqarish logistikasi ob'ekti
hisoblanadi. Tayyor mahsulotlarning taqsimoti va realizatsiyasi bosqichidagi
moddiy oqimlar esa - taqsimot logistikasining ob'ekti bo‘ladilar. Kapital ishlab
chiqarish jarayoni va logistikaning funksional sohalari Taqsimot logistikasi bu
iste'molchining talab va manfaatlariga muvofiq tayyor mahsulotni ungacha
yetkazish jarayonidagi tashish, omborga qo‘yish va boshqa moddiy va nomoddiy
operatsiyalarni rejalashtirish, nazorat qilish va boshqarish to‘g‘risidagi bilimlar
majmuidir. Shu bilan birga ushbu axborotni uzatish, saqlash va qayta ishlash ham
taqsimot logistikasi doirasiga kiradi.[3-4]
Taqsimot logistikasi quyidagi tamoyillarga asoslangan:
- moddiy va axborot oqimlarini boshqarish jarayonini marketing maqsadlari
va vazifalariga bo‘ysunishi;
- taqsimot jarayonining ishlab chiqarish va xarid jarayonlari bilan tizimli
o‘zaro aloqasi (moddiy oqimlarni boshqarish nuqtai-nazaridan);
- taqsimot ichidagi barcha funksiyalarning tizimli o‘zaro aloqasi.
Taqsimot logistikasining ta'rifi quyidagicha ifodalanadi: taqsimot
logistikasi – bu xar xil ulgurji xaridorlar o‘rtasidagi, ya'ni ulgurji savdo jarayonida
amalga oshiriladigan, o‘zaro aloqador funksiyalar majmuasidir. Chakana savdo
jarayoni, odatda, logistikada tadqiqot etilmaydi. Bu jarayon samaradorligi,
logistika doirasidan tashqaridagi omillarga bog‘liq, masalan iste'molchilar
psixologiyasini bilishga, savdo zalini bezash mahoratiga, reklamani tashkil etishga
va boshqalarga. Chakana savdo jarayonida moddiy oqimlarning ratsional tashkil
etilishi albatta zarur, ammo uning ahamiyati moddiy oqim harakatining oldingi
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
390
bosqichlaridagiga nisbatan ancha kam. Shuni ham aytish lozimki yuqorida
aytilganlarning barchasi butun chakana savdo jarayoniga emas, (u o‘z ichiga ulgurji
xarid va chakana savdolarni oladi), balki faqatgina chakana savdoga, ya'ni
iste'molchilarga xizmat ko‘rsatishga, tegishli.[5-7] Taqsimot logistikasining
o‘rganish ob'ekti – yetkazib beruvchidan iste'molchigacha bo‘lgan harakat
bosqichidagi moddiy oqimlardir. Moddiy oqim taqsimoti anchadan buyon
faoliyatining axamiyatli tomoni bo‘lib kelmoqda edi, ammo nisbatan yaqindagina
u eng muxim funksiyalardan biri mavqyeiga ega bo‘ldi. Rivojlangan bozor
iqtisodiyotiga ega davlatlarda 50-60chi yillargacha taqsimot tizimlari hyech
qanday boshqaruvsiz rivojlanib keldi. Taqsimot kanallarini tanlash, tovarlarni
qadoqlash, ularni tashish va iste'molchiga yetkazishga tayyorlash, ishlab chiqarish
va materiallarni xarid qilish masalalari bir-biri bilan o‘zaro aloqada yechilar edi.
Birgalikda taqsimot funksiyasini tashkil etuvchi ayrim kichikroq funksiyalar,
mustaqil funksiyalar sifatida ta'riflanar edi. 60-70chi yillarning boshlaridagina,
ishlab chiqilgan mahsulot taqsimotiga doir barcha funksiyalarni yagona boshqarish
funksiyasiga birlashtirish samaradorligini oshirishga olib kelishini angladilar.
Buning natijasida taqsimot funksiyalari korxona va tashkilotlarning funksional
boshqaruvi tuzilmasiga kiritildi. Savdodagi taqsimotning har xil funksiyalari
integratsiyasiga, do‘konlarni ta'minlovchi maxsus tuzilmalarni bo‘linishi va
rivojlanishi misol bo‘lishi mumkin. Rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega
mamlakatlarda, 70-chi yillarda, bunday taqsimot tuzilmalarini yirik chakana savdo
tashkilotlari barpo etib, ularni rivojlantirishga kirishdilar. Taqsimot markazlarining
samaradorligiga tovarlarning yirik partiyalarini olish munosabati bilan beriladigan
chegirmalar hisobiga, yetkazib berish samaradorligi hisobiga, hamda bir taqsimot
markazida xizmatlardan foydalanuvchi do‘konlar zaxirasi to‘planishi hisobiga
erishiladi. [6-7]
Taqsimot logistikasining vazifalari Taqsimot logistikasi, yetkazib beruvchi
– iste'molchi munosabatlarida moddiy oqimni boshqarish bo‘yicha barcha vazifalar
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
391
majmuini o‘z ichiga oladi. Bunda tayyor mahsulotni iste'molchigacha harakati
jarayonida yechiladigan moddiy oqimlar boshqaruvi vazifalari asosiy o‘rinni
egallaydi. Taqsimot logistikasi vazifalarini yechish jarayonida quyidagi savollarga
javob topish lozim:
-qaysi kanal bo‘yicha mahsulotni iste'molchiga yetkazish;
-mahsulotni qanday qadoqlash;
-logistikaga omborlar tarmog‘i kerakmi, agarda kerak bo‘lsa, qanday, qancha
va qaerda;
-xizmat ko‘rsatishning qaysi darajasini ta'minlash, va boshqa qator masalalar.
Mikro va makro darajadagi logistik taqsimot vazifalari tarkibi har xil.
Korxona darajasida, ya'ni mikro darajada logistika quyidagi vazifalarni
o‘z oldiga qo‘yadi:
-realizatsiya jarayonini rejalashtirish;
-buyurtma qabul qilishni va qayta ishlashni tashkil etish;
-qadoq turini tanlash, butlash haqida qaror qabul qilish, va yuklashdan oldingi
boshqa operatsiyalar bajarilishini ta'minlash;
-mahsulot yuklashni tashkil etish;
-yetkazib berishni tashkil etish va tashishni nazorat qilish;
-realizatsiyadan keyingi xizmat ko‘rsatishni tashkil etish.
Makro darajadagi logistika vazifalari quyidagilar:
-moddiy oqimni taqsimlash chizmasini tanlash;
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
392
-xizmat ko‘rsatiladigan hududdagi taqsimot markazlarning (omborlarning)
optimal miqdorini aniqlash;
-xizmat ko‘rsatiladigan hududda taqsimot markazi (ombor) joylashuvining
optimal joyini aniqlash, hamda moddiy oqimni tuman, viloyat, mamlakat
hududidan o‘tish jarayonining boshqaruvi bilan bog‘liq boshqa qator vazifalar.[8]
Xulosa:
Xulosa qilib aytganda savdodagi taqsimotning har xil funksiyalari
integratsiyasiga, do‘konlarni ta'minlovchi maxsus tuzilmalarni bo‘linishi va
rivojlanishi misol bo‘lishi mumkin. Rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega
mamlakatlarda, bir necha yillarda buyon, bunday taqsimot tuzilmalarini yirik
chakana savdo tashkilotlari barpo etib, ularni rivojlantirishga kirishdilar. Taqsimot
markazlarining samaradorligiga tovarlarning yirik partiyalarini olish munosabati
bilan beriladigan chegirmalar hisobiga, tovarlarni yetkazib berish samaradorligi
hisobiga, hamda bir taqsimot markazida xizmatlardan foydalanuvchi do‘konlar
zaxirasi to‘planishi hisobiga erishiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’xati.
1.
Gadjinskiy A.M. “ Logistika” M 2003 – 407s.
2.
Gadjinskiy A.M. Praktikum po logistike. M.: IVS
«Marketing», 2001
3.
Mirotin L.B., Sergeev V.I. Osnovo‘ logistiki. Uchebnoe
posobie. Moskva, “ Infra-M”, 1999 g.
4.
Nerush Yu.M. Logistika. Uchebnik dlya vuzov.-3-ye izd.,
pererab. i dop.- M.: YuNITI-Dana, 2003
5.
Nerush Yu.M. “ Kommercheskaya logistika” M “ Banki i birji”
Izdatelskoe obedinenie “ YuNITI” 1997.-240 s.: il
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
393
6.
Sarkisov S.V. Upravlenie logistikoy. Uchebnoe posobie.
Moskva ZAO «Biznes-shkola «Intel-Sintez» 2001.
7.
Samatov G‘.A. Yo.K.Qorieva. B.Payziev. Raqobat muhitida
xalqaro transport tizimi faoliyatining logistik ishonchligi. Toshkent 2003
8.
Chudakov A.D. Logistika. Uchebnik. M.: OOO «Izdatelstvo
RDL», 2001