Авторы

  • Shukurov Xursan Gadoyevich,
  • Norova Intizor Haqberdiyevna,
  • Turdiyev Yorqin Ochilovich.

Биографии авторов

  • Shukurov Xursan Gadoyevich,

      Matematika fani o‘qituvchisi, BuxMTI akademik litseyi

  • Norova Intizor Haqberdiyevna,

      Matematika fani o‘qituvchisi, BuxMTI akademik litseyi

  • Turdiyev Yorqin Ochilovich.

      Matematika fani o‘qituvchisi, BuxMTI akademik litseyi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99518

Ключевые слова:

Kalit so‟zlar: Iqtidor amaliy-yo‘naltirilgan tizim yuksak qobiliyatlar individual mashg‘ulotlar.

Аннотация

Annotatsiya: Maqolada iqtidorli bolaning shaxsiy faolligi asosida individual iste‘dodni shakllantirish va amalga oshirish yo’llari, shaxsning o’z-o’zini rivojlantirish psixologik mexanizmlari muhim ahamiyatga egaligi haqida bir necha qarashlar ilgari surilgan.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025

291

IQTIDORLI O’QUVCHILAR BILAN YANGI TEXNOLOGIYALAR

ASOSIDA ISHLASH YO’LLARI.

Shukurov Xursan Gadoyevich,

Norova Intizor Haqberdiyevna,

Turdiyev Yorqin Ochilovich.

Matematika fani o‘qituvchilari, BuxMTI akademik litseyi

Annotatsiya: Maqolada iqtidorli bolaning shaxsiy faolligi asosida

individual iste‘dodni shakllantirish va amalga oshirish yo’llari, shaxsning o’z-

o’zini rivojlantirish psixologik mexanizmlari muhim ahamiyatga egaligi haqida bir

necha qarashlar ilgari surilgan.

Kalit so‟zlar: Iqtidor, amaliy-yo‘naltirilgan tizim, yuksak qobiliyatlar,

individual mashg‘ulotlar.

Iqtidorli o’quvchi - bu u yoki bu faoliyatda yorqin, oshkora, ba‘zida mashhur

yutuqlari (yoki bu kabi yutuqlar uchun ichki asosga egaligi) bilan ajralib turuvchi

boladir. Bugungi kunda ko’pchilik psixologlar tan olishlaricha, iqtidorning sifat

jihatdan o’ziga xosligi va rivojlanish xususiyati darajasi - bu doim irsiyat va

bolaning faoliyati bilan bog’liq bo’lgan (o’yin, ta‘lim, mehnat) ijtimoiy muhitning

murakkab o’zaro ta‘siri natijasidir. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari

(AKT)dan foydalanish o’quvchilarga ularni qiziqtirgan savollarga javob

topishlariga yordam beradi, ular uchun mohiyati noma‘lum bo’lib, ammo qiziq

bo’lgan hodisalar to’g’risida o’ylanishga undaydi. Muammoni o’ylash jarayonida

bahs-munozaralar, turli-tuman fikr-mulohazalar yuzaga keladi. A.Maslou,

N.A.Bernshteyn va boshqa mashhur olimlarning fikrlariga tayangan holda,

psixolog V.S.Yurkevich tomonidan yuksak qobiliyatlar rivojlanishining


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025

292

(iqtidorning) uch qonuni ajratib berilgan: Bola ijobiy hissiyotlari yuzaga keladigan

faoliyatdagina qobiliyatlarning rivojlanishi yuz beradi.

Qobiliyatlarning rivojlanishi uchun bolaning asosiy faoliyati (ta‘lim va

darsdan tashqari faoliyat) murakkablik darajasini doimiy oshirib borish zarur.

Faoliyat rivojlantiruvchi bo’lishi uchun (ham qobiliyati hamda bolaning shaxsi)

bola uchun (ichki motivatsiyasi bo’yicha) ahamiyatga ega bo’lishi zarur.

Iqtidorning erta namoyon bo’lishi ikki yoshdan olti yoshgacha kuzatiladi. Bunday

bolalar ikki-uch yoshdan o’qishga intiladilar, uch-to’rt yoshda o’qishni va sanashni

biladilar, besh-olti yoshda so’zlarni va uncha katta bo’lmagan jumlalarni yoza

oladilar.

Yetti yoshdan o’n yoshgacha bo’lgan davrda bolalar ko’p hollarda kolleksiya

yig’ishga (markalar, medallar, sevimli mul‘tfil‘m va kino qahramonlarining

rasmlari va hk), qog’oz, yog’och va boshqa materiallardan turli predmetlarning

loyihalarini yasashga qiziqadilar. Iqtidorli bolalar 3 yoshdan 5 yoshgacha barcha

noma‘lum bo’lgan narsalarga va yangiliklarga nisbatan mustaqil ravishda javob

axtarishda faollik ko’rsatib, kattalarga turli savollar beradilar. Bu savollarga

berilgan javoblar orqali atrof olamni, voqeahodisalarning sabab va oqibatlarining

bog’liqligini anglaydilar, shaxsiy hatti-harakatlarini ongli ravishda boshqara

oladilar.

Maktab faoliyatining vazifasi o’quvchilarning qobiliyatlari va shaxsiy-

individual sifatlarini rivojlanirish uchun sharoitlar yaratish hisoblanadi va bu bozor

iqtisodiyoti sharoitida o’quvchini uzluksiz ta‘limga tayyorlaydi, bo’lajak

bitiruvchini mehnat bozorida raqobatbardoshligini ta‘minlaydi. Pedagog va

o’quvchilarning hamkorlikdagi ilmiytadqiqot ishlarining maqsadi – AKT -

kompetentlikni oshirish, pedagogika fanining yutuqlarini o’rganish va innovatsion

faoliyatda uni sinovdan o’tkazish, jamiyatga moslashuv, shaxsning ijodiy o’z-

o’zini rivojlantirishida AKTdan foydalanish hisoblanadi. Ilmiy-tadqiqot faoliyati,


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025

293

bu o’qituvchi va o’quvchining o’zaro ta‘siri vositasidir. An‘anaviy ta‘limiy

dasturlarda odatda kreativlik va kommunikativ qobiliyatlarni rivojlantirish muhim

hisoblanmaydi. U faqatgina zarur bilim, ko’nikma va malakalarni egallashga

imkoniyat yaratadi. Iqtidorli bolalarning ta‘lim olishlarida yangicha yondashuv,

kompyuter orqali ta‘limiy va rivojlantiruvchi dasturlar, AKTdan foydalanuvchi ish

metodlari va shakllari zarurdir. O’quvchilar bilan ishlash jarayonida vazifani

imkon qadar yaxshiroq bajarib o’qituvchining maqtoviga sazovor bo’lishga

intiladigan, bir-birlari bilan raqobatlashuvchi o’quvchilar guruhi shakllanadi.

O’quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, shuningdek,

o’quvchilarning ta‘lim va tarbiya mazmunining har bir bosqichlari uchun vazifalar

belgilanadi: Ta‘limning birinchi bosqichi: kichik maktab yoshidagi

o’quvchilarning ijodiy imkoniyatlarini aniqlash va rivojlantirish; o’quv faoliyatiga

barqaror

qiziqishni

shakllantirish;

tadqiqotchilik

faoliyatiga

qiziqishni

shakllantirish; mustaqil faoliyat elementlarini shakllantirish; ijodiy faoliyat asosi

sifatida obrazli idrok va xayol elementlarini rivojlantirish; o’ziga, insonlarga ijobiy

munosabatni shakllantirish; olam, hayot, jamiyatga qadriyatli munosabatni

shakllantirishdan iborat.

Ta‘limning ikkinchi bosqichida: o’quvchilarning intellektual va ijodiy

imkoniyatlarini rivojlantirish; o’quv va ijodiy faoliyatga bo’lgan barqaror motivni

shakllantirish; tadqiqotchilik faoliyati elementlarini o’zlashtirish; mustaqil faoliyat

asoslarini shakllantirish; tasavvurni rivojlantirish; shaxs sifatida o’ziga, insonlar

shaxsiga qadriyatli munosabatni shakllantirish; olam, hayot, jamiyatga qadriyatli

munosabatni shakllantirish.

Ta‘lim uchinchi bosqichi vazifalari: katta sinf o’quvchilarining aqliy va

ijodiy faolliklarini rivojlantirish; o’quv va ijodiy faoliyatga barqaror motivatsiyani

shakllantirish; mustaqil ta‘lim olishga ehtiyojni shakllantirish; tadqiqotchilik

faoliyati metodlarini egallash; mustaqil intellektual va ijodiy faoliyatni


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025

294

rivojlantirish; obrazli idrok va xayolga oid qobiliyatlarini amalga oshirish; shaxs

sifatida o’ziga va inson shaxsiga qadriyatli munosabat xulqini amalga oshirish;

hayotiy vaziyatlarni va ularning yechimini to’g’ri idrok eta olish qobiliyati.

Iqtidorli o’quvchilar bilan ish quyidagi yo’nalishlarda amalga oshiriladi:

o’quvchilarning sinfdan tashqari va maktabdan tashqari ijodiy faoliyatlarini tashkil

etishda maktabning intellektual, moddiy-texnik imkoniyatlaridan ko’proq

foydalanish: fan to’garaklari va qiziqishlar bo’yicha to’garaklar; sport seksiyalari,

kompyuter ijodkorligi to’garaklari; ijodiy guruhlar; teatr studiyalari; tadqiqotchilik

ishlari; olimpiada ishtirokchilarining tayyorgarliklari; individual mashg’ulotlar;

Bolalar va o’smirlar iqtidorlari diagnostikasi; O’quvchilarning ilmiy-tadqiqotchilik

faoliyatiga qiziqish va moyilliklarini barvaqt uyg’otish, bu jarayonga jiddiy

tayyorlash; Faol fuqarolik pozitsiyasini, yuksak axloqiy sifatlar va ma‘naviy

madaniyatni tarbiyalash. Mazkur yo’nalishdagi ishlarni amalga oshirish

quyidagilarni nazarda tutadi: O’quvchining ijodiy faoliyat tajribasini egallashiga

yo’naltirilgan ta‘lim metodlari mazmunini ishlab chiqish, bu quyidagi elementlarni

qamrab oladi: tushunish, hodisalarning yashirin mexanizmlarini anglab yetish,

ularning sababoqibatli aloqadorligi, mazkur hodisalarning rivojlanish tarzini

oldindan ko’ra bilish qobiliyati sifatida; dalillarni anglab yetish va tahlil yetishda

muammoni aniqlash va qo’yish qobiliyati; olingan bilimlarni tadqiqotchilik va

konstruktorlik vazifalariga unumdor ko’chira olish; obrazli, belgili, mazmunli

analogiyalar asosida tadqiqotchilik va konstruktorlik vazifalarini yechish; obrazlar

va g’oyalarni o’zgartirish, ularning interpretatsiyasi. O’quvchilarning o’quv

faoliyatlarida metodologiya va o’quv fanini hamda uning metodlarini kuchaytirish.

Ilmiy bilimlarni ijodiy qo’llash va o’quvchilarning ijodiy faolliklarini rivojlantirish

uchun asos sifatida texnik modellashtirishdan foydalanish.

Ta‘limda yakuniy natijani ko’zlash, nafaqat matnli vazifalarning

murakkablik darajasi bilan, balki predmet mazmunining hajmi, ijodiy faoliyat

tajribasining davomiyligi bilan ham belgilanadi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025

295

Foydalanilgan adabiyotlar.

1. Локк Д. Мысли о воспитании. Т.З. – М.: Мысль, 1985.

2. Штерн В. Умственная одаренность. – СПб.: Союз, 1997.

3. Малева Н.И. Английские песни в марийской столице // Марийская правда.

2012. 5. Малева Н.И. Школьники рассказывали сказки на английском //

Марийская 73.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)